Quantcast
Channel: Maqolalar – O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati
Viewing all 153 articles
Browse latest View live

Nega prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda korruptsiyani kamaytira olmayabdi?!

$
0
0

2018-yilning yanvar, fevral oylarida O’zbekistonda qama-qamalar nihoyatda ko’payib ketdi. MXX va prokuraturaning yuqori lavozimdagi amaldorlari qamalyapti.  Bu qama-qamalarning Ozodlikda yoritilgan ro’yxatidan oltita misol keltiraman.

 1. 22-yanvar kuni (2018-izoh meniki) hibsga olingan Surxondaryo viloyat MXX Tergov bo’limi sobiq rahbari Nodir To’raqulov ustidan O’zbekiston Harbiy prokuraturasi ochgan jinoiy ish doirasida 14 tergovchidan iborat sayyor guruh Termiz shahriga kelgan. Surxonlik tadbirkorlarga ko’ra, To’raqulov mazkur viloyatdagi faoliyati davomida jinoiy guruh tuzganlikda gumonlanmoqda va bu guruh ta’qibiga uchraganlar bittama-bitta suhbatga chaqirtirilib, ulardan To’raqulov-Norqobilov ikkiligiga qarshi ko’rsatma olinmoqda. Harbiy prokuraturaning “alohida topshirig’i”ga ko’ra, ushbu jarayon doirasida Erkin Norqobilov va uning yaqin odami bo’lgan Orifjon Sattorovning o’ndan ortiq mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli avtotransport vositalari hibsga olingan.[1].

2. O’zbekiston MXX Tergov boshqarmasi sobiq tergovchisi, adliya polkovnigi Nodirbek To’raqulovning qudasi, Surxondayoda nom chiqargan boylardan biri Erkin Norqobilov va uning yaqinlariga tegishli bo’lgan o’nlab korxona tekshirilmoqda, uning mol-mulki xatlanmoqda.[2].

.Surxondaryolik bir tadbirkorning aytishicha, MXXning Surxondaryodagi bosh tergovchisi Nodir To’raqulovga qudaligi bois Erkin Norqobilovga bu viloyatda “hech kimning tishi o’tmagan”.

Yana shu tadbirkordan iqtibos: “Norqobilov shunaqa ham o’zidan ketgan ediki, unga prokuratura va militsiya xodimlari xizmat qilar va o’z navbatida ularning g’ayriqonuniy ishlariga qudasi, MXX zobiti “krisha” edi. Bir prokuratura tergovchisi Damas va Neksiyalarni to’ldirib, Norqobilovning Termiz tumanidagi ofisiga milliardlab so’m tashiganini o’zim ko’rganman. Bu ofisni ko’rsangiz hayron qolasiz, devorlari huddi turmanidek baland qilib qurilgan. Nodir To’raqulov ishdan ketganida bu tergovchi ham bir oy qamoqda yotib chiqdi. Lekin hozir yana bir tumanning prokuror o’rinbosari bo’lib ishlayabdi”. Iqtibos tugadi. [2].

3. O’zbekiston MXX Tergov boshqarmasi sobiq tergovchisi, polkovnik Nodir To’raqulovning otasi Dilmurod To’raqulovga qarashli “Poytug’ gaz to’ldirish korxonasi” (GNEZ)da tekshirish boshlandi.[2].

4. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabariga ko’ra, mamlakat sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olinib, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

O’zbekiston Bosh prokuraturasida ishlaydigan va ismi aytilishini istamagan xodimning iddao qilishicha, bu jinoyat ishi doirasida “o’nlab mulozim so’roq qilinmoqda”.

Davlat va xalq mulkini besh qo’llab og’ziga tiqqanlar ro’yhati hali uzun. Ularga ham sekin-sekin navbat keladi”, dedi Ozodlik suhbatlashgan bu mulozim.

5. O’zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi xabariga ko’ra, 26-fevral kuni Jamshid Fayziyev ustidan sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov ko’rsatmasiga binoan jinoiy ish qo’zg’atilgan.

Toshkent viloyatining sobiq prokurori, adliya katta maslahatchisi Jamshid Fayziyev 23 fevraldan 24 fevralga o’tar oqshomi Shayxontoxur tumanidagi hovlisidan prokuraturaning maxsus guruhi tarafidan qo’liga kishan, boshiga esa qop kiygizilib olib ketilgan.

6. O’zbekiston Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi sobiq boshlig’i Ulug’bek Xurramov Toshkent shahar prokurorining korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo’yicha sobiq o’rinbosari Mirag’lam Mirzayevlar ustidan ham jinoiy ish ochilgan.[3]

Boshqa qama-qamalr to’g’risida quyidagi foydalanilgan adabiyotlardan qo’shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.[3,4(Zokirjon Almatov),5(Toymuraz Alimov),6(Mirag’lam Mirzayev).

 Yana bu qama-qamalarga O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev korruptsiyani kamaytirish uchun to’ylarni ixchamlashtirish bo’yicha kampaniyani boshlab yubordi va hattoki, to’ylar to’g’risida qonun qabul qilishni ko’satma berdi. 2 mart kuni Navoiy viloyatiga safar qilgan O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari bilan o’tkazgan yig’ilishida,”ertaga O’zbekiston Senati”ning davlat amaldorlarining to’y-hashamlariga borishini taqiqlovchi qarori chiqajagini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevdan iqtibos:-Mana ertaga qaror chiqadi, Bosh vazirdan, hokimdan boshlab ijroiya organi vakillarining to’y-marosimlarga borishi man etiladi. Choyxonalarda davlat mashinasini ko’rgan kunim, o’shalarni ishdan olib tashlayman, jazolayman. Iqtibos tugadi.[7]

Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’ruzasidan yana iqtibos:-Birorta rahbar, mandan boshlab, tug’ilgan kuniniyam nishonlamaydi. Bo’ldi, u zamonlar o’tdi, odamlarning g’ashini keltiryabdi bu narsa, la’natini keltiryapti. Marosim ham, to’y ham rahbarlarsiz bo’ladi. Bosh vazir boradi g’o’ddayib hamma muovini bilan, hamma turadi… San o’sha 20 kilo go’shtning puliga kambag’alning uyini kraska qilib ber, uyiga televizor olib ber, noinsof. Iqtibos tugadi.

Korruptsiyaga qarshi kurash kampaniyasi marhum diktator Islom Karimov davrida ham olib borilgan edi.  Faqat farqi shundaki, Shavkat Mirziyoyev prezidentligida qama-qamalarning ko’lami keng va eng yuqori, oliy hokimiyatdagi amaldorlargacha yetib bordi.  To’ylarni ixchamlashtirish, amaldorlarning tug’ilgan kunlarini o’tkazishini ta’qiqlashi qat’iyroq va keskinroq amalga oshiriladiganga o’xshaydi.  Mustaqil O’zbekistonning 26 yil korruptsiyaga qarshi kurash natijasi o’laroq O’zbekiston hamon dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 davlatlari qatorida.  Shavkat Mirziyoyevning bir yarim yillik O’zbekistonni boshqarishi davomida O’zbekistonda korruptsiya darajasi atigi 1 ballga yaxshilandi.[8,9]

Jahon tajribasiga ko’ra O’zbekiston dunyoning eng korruptsiyalashgan 20ta mamlakatlari qatoridan chiqib ketib, hech bo’lmaganda ikkinchi 50talik mamlakatlar qatoriga qo’shilishi uchun islohotlar amalga oshirilib, quyidagilar barataf qilinishi kerak:

1. O’rta sinf shakllanmagan;

2. Erkin, demokratik saylovlar orqali xokimiyat almashishi yo’q;

Nobel mukofoti laureati Barak Obama, Nelson Mandela, Roza Otunbayeva.

3. Erkin matbuot yo’q;

4. Siyosiy raqobat, kuchli demokratik muxolifat yo’q;

5. Mustaqil sud tizimi yo’q;

6. Davlat lavozimida ishlayotgan amaldorlar uchun daromad va mol mulk dekleratsiyasi yo’q va hokazo.

Hamma gap prezident Shavkat Mirziyoyev bu islohotlarni amalga oshiradimi?!

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

4-mart, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. МХХнинг Сурхондарëдаги “уюшган жиноий гуруҳи” тергов қилинмоқда. 27.02.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/turaqulov-norqobilov-mxx-jinoyat/29065880.html ).

2. Ҳибсга олинган МХХ полковнигининг оилавий бизнесида текшириш бошланди. 01.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/mxx-nodir-turaqulov-dilmurod-gaz/29070863.html ).

3. Мирзиëев “ўғри” деб атаган Каримов маслаҳатчиси ҳибсга олинди.27.02.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/prokuror-qamoq-qodirov/29065696.html ).

4. Собиқ Ички ишлар вазири Зокиржон Алматов яна вазирликка қайтди. 27.02.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/zokirjon-almatov-general-iiv-mxx-inoyatov/29065384.html ).

5. Ўзбекистон қамоқхоналарининг собиқ куратори¸ МХХ полковниги қамоққа олинди. Toymuraz Alimov. 28.02.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/mxx-qamoq-qiynoq/29067853.html ).

6. Тошкентни титратган прокурор Мирағлам Мирзаев ва оиласи қўлга олинди.01.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/miraglam-mirzaev-mansur-abdurashid-mxx-prokuratura/29071128.html ).

7. Президент Мирзиëев коррупцияни камайтириш учун давлат амалдорларининг тўйга боришини тақиқлади (АУДИО). 02.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/navoiy-prezident-toy-taqiq/29075428.html ).

8. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

9. Ўзбекистон дунëнинг энг коррупциялашган йигирмалигида қолмоқда. 22.02.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29056678.html ).


Nahotki O’zbekistonda konstitutsiya ishlay boshladi?! Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasreddinov, Ravshan Salayev, Shavkat Olloyorovlarga soxta jinoiy ish ochganlar jazolanadimi???

$
0
0

2018-yilning 7-mart sanasida jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdullayevning birinchi mahkama yig’ilishi bo’lib o’tdi.  Sud’ya Zafar Nurmatov advokat Sergey Mayorovning qiynoqlar bo’yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlash so’rovini qondirdi [1].

Aslida sud 5-mart kuni o’tkazilishi rejalangan edi, lekin bu ilk mahkama “prokuror yetib kelmadi” degan asosda 7-martga qoldirilgan edi.  5-martdagi mahkamada jurnalist Bobomurod Abdullayev, blogger Hayotxon Nasriddinov, shuningdek tadbirkorlar Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorovlar ishi ko’rilishi kerak edi [2]..

Advokat Sergey Mayyorovdan iqtibos: “Avvaliga MXX xodimlari, Bosh prokuror va vazir bo’yicha ma’lumot talab qilishgan. Natijada Bobomurodni, Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev ma’lumotlarni Ravshan Salayevga, Ravshan esa Bobomurodga bergan deb yozishga majburlashgan. Xuddi shunday, vazir Po’lat Bobojonov ma’lumotlarni Ollayorovga bergan, u esa o’z navbatida Bobomurodga bergan, deb yozdirishgan. Bosh prokuror va vazirga qarshi kompramatlar shunga asoslangan.  Iqtibos tugadi.

Yana advokat Sergey Mayorovning yozishicha, tergovchilar Nodir To’raqulov va Aleksandr Veselevlar jurnalistdan Muhammad Solihning talabi bilan 2013-yildan boshlab “Usmon Haqnazarov” nomi ostida yozishni boshladim, deb ko’rsatma berishga majburlashgan [1].

 

Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorovlar O’zbekiston Jinoyat Kodeksining 159-moddasi bo’yicha ayblanmoqda.

159-modda.

O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish.

 

To’rt sudlanuvchi ustidan o’tkazilayotgan ish, shartli ravishda Bobomurod Abdullayev ishi prezident Shavkat Mirziyoyev davrida boshlangan ko’p shov-shuvlarga, keng jamoatchilik nazariga tushgan ish bo’ldi.  Birinchi marta mening bilishim bo’yicha, va ko’pchilikning e’tirof etishi bo’yicha birinchi marta sudlanuvchilarga MXX tergovchilari tomonidan qiynoqlar qo’llanilganligi, noinsoniy munosabatlarga duchor qilinganligi sud’ya Zafar Nurmatov tomonidan tan olindi va sud- tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Jamoatchilikda O’zbekistonda konstitutsiya ishlay boshladi degan ijtimoiy fikr paydo bo’lganday.  Aslida shundaymi? Men shunga batafsilroq to’xtalib o’tmoqchiman. Menimcha, Bobomurod Abdullayevning ishi bo’yicha kamida O’zbekiston konstitutsiyasining 10ta moddasi oyoq osti qilingan va qilinmoqda [3]:

1.Bobomurod Abdullayev 2017-yilning 27-sentyabrida yo’qolib qolgan edi va ikki kundan keyin uning Gvardeyskaya ko’chasida joylashgan MXX tergovxonasida ekanligi, daragi chiqqan edi.  Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 25-moddasi oyoq osti qilingan.

25-modda.

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.

2.Bobomurod Abdullayev MXX tomonidan o’g’irlab ketilgan va ikki kechayu-kunduz davomida oilasiga xabar berilmagan [4].  Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 30-moddasi oyoq osti qilingan.

30-modda.

O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

3.Agar Bobomurod Abdullayevga nisbatan jinoiy ish qonunan ochilganda uning oilasi bundan xabardor bo’lib Bobomurod Abdullayev himoyasi uchun advokat yollanardi.  Bobomurod Abdullayev advokat himoysisiz qolgan.

Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 26-moddasi oyoq osti qilingan.

26-modda.

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.

4.MXX tergovchilari Bobomurod Abdullayevga nisbatan qiynoq qo’llashgan[5,6].  Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 26-moddasi yana oyoq osti qilingan.

26-modda.

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.

5. Bobomurod Abdullayevga nisbatan davlat organlari tomonidan zo’ravonlik, nohaqlikka va adolatsizlikka uning oila a’zolari, yaqinlari, jamoatchilik norozilik bildirish huquqiga ega, lekin O’zbekistonda vatandoshlar o’z noroziligini konstitutsion huquqlaridan foydalanib bildirmoqchi bo’lsalar ular amalda jazolanadilar.  Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 33-moddasi oyoq osti qilingan, qilinmoqda.

33-modda.

Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

6.Bobomurod Abdullayevning o’g’irlanib ketilishi, uning qiynoqlarga duchor qilinishi va boshqa barcha davlat organlarining zo’ravonliklari O’zbekiston ommaviy-axborot vositalarida yoritilmadi. (Eslatma, Ozodlik, BBC, Amerika ovozi, facebook, youtube larda yoritildi) Jamoatchilik ob’yektiv ma’lumot (informatsiya) izlash, olish, tarqatish konstitutsion huquqidan mahrum. Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 29-moddasi oyoq osti qilingan.

29-modda.

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.

7.Bobomurod Abdullayevning oila a’zolari unga nisbatan zo’ravonliklarga chidolmasdan o’zbek muxolifatiga, O’zbekistondagi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat etishlari mumkin edi, biroq O’zbekistonda muxolif partiyalar Birlik Xalq Harakati partiyasi, Erk demokratik partiyasi, Birdamlik xalq harakati, O’zbekiston xalq harakati va inson huquq tashkilotlarining ko’pchiligi(shu jumladan O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati ham) ro’yxatga olinmagan.   Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 34-moddasi oyoq osti qilingan, qilinmoqda.

34-modda.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

8.O’zbekiston konstitutsiyasiga ko’ra, O’zbekiston davlat organlari o’z vatandoshlarining huquq va erkinliklarini ta’minlashlari kerak, lekin O’zbekistonda vatandoshlarning huquq va erkinliklari davlat organlari tomonidan oyoq osti qilinyapti.   Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 43-moddasi oyoq osti qilingan, qilinmoqda.

43-modda.

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

9.Bobomurod Abdullayevning onasi Gavharjon Madaminova O’zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ochiq murojaatlar bilan chiqdi [7]. Bu murojaatlar Ozodlik, BBC, Amerika Ovozi, Youtube, Facebooklarda e’lon qilindi.  Shunday murojaatlar bilan Hayotxon Nasriddinovning onasi Sobira Tolipova ham prezident portaliga murojaat qilgan va bir oydan keyin Hayotxon Nasriddinovni qayerdaligini aniqlashga muvaffaq bo’lgan. Sobira Tolipova o’g’lini besh oydan keyin birinchi marta 7-mart kuni bag’riga bosishga erishgan [8,9].

Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 93-moddasi oyoq osti qilingan.

93-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:

1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir; …

10.O’zbekistonda erkin demokratik saylovlarda hokimiyat almashishi ro’y berganida edi O’zbekiston vatandoshlari o’zlarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa huquqlari oyoq osti qilinganligidan norozi bo’lib saylovlarda muxolifatdagi partiyalarga ovoz bergan bo’lar edi.  Shu yo’l bilan davlat organlarining zo’ravonligi jazolanardi, barham berilardi. Lekin, O’zbekistonda erkinlik yo’q, demokratiya yo’q, erkin demokratik saylovlar yo’q. Bu yerda O’zbekiston konstitutsiyasining 13,43-moddalari oyoq osti qilingan.

13-modda.

O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.

43-modda.

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda konstitutsiya ishlayabdi deyishga hali juda erta. O’zbekistonda vatandoshlarning huquq va erkinliklari kafolatlangan deyish uchun O’zbekiston vatandoshlari ko’p kurashishlari kerak. O’zbekistonda konstitutsion tuzumning o’zi yo’q. O’zbekiston Vatandoshlarini konstitutsion tuzumni ag’darishda ayblashning o’zi be’manilikdir, absurddir.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

11-mart, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бобомурод Абдуллаев ишида қийноқлар бўйича суд-тиббий экспертизаси ўтказилади. 07.03.2018. ( http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-43317247 ).

2. Журналист Бобомурод Абдуллаев устидан суд 7 мартга қолдирилди. 05.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29079118.html ).

3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

4. Журналист Бобомурод Абдуллаев, пропавший в среду нашёлся в изоляторе спецслужб. 02.10.2017. ( https://www.anhor.uz/news/zhurnalist-bobomurod-abdullaev-propavshiy-v-sredu-nashyolsya-v-izolyatore-specsluzhb ).

5. “Нодир Тўрақулов гуруҳи Бобомурод Абдуллаевни 38 кун тинимсиз қийнаган!” 05.03.2018.

( https://www.ozodlik.org/a/bobomurod-abdullayev-muhammad-solih-mxx-tergov-qiynoq/29079638.html ).

6. AI қийноқ қўллаганликда гумонланган МХХ подполковниги ҳибс қилинганини олқишлади. 09.02.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29028958.html ).

7. МХХ қамоғидаги Абдуллаевнинг онаси Мирзиёевдан ўғлини ҳимоя қилишда ёрдам сўради. 05.01.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-miliciya-zoravonlik/28956755.html ).

8. Abdujalil Boymatov. Videoblog. Chaqirtikanak. 24 Bobomurod Abdullayev sudi oldidan videoreportaj. 3. 07.03.2018. ( https://www.youtube.com/watch?v=D3qJPCXUFKo ).

9. 12та халқаро ташкилот Бобомурод Абдуллаев, Ҳаёт Насриддинов ва Акром Маликовни озод этишни талаб қилди. 14.02.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29038797.html ).

Abdukarim Shodiyev ustidan jinoiy ish ochilib, hibsga olindi.  O’zbekistonda qiynoq va korruptsiya o’rtasida qanday bog’liqlik bor?

$
0
0

2018-yilning 9-mart kuni Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar sudining qaroriga ko’ra, O’zbekiston Ichki Ishlar Vazirligi jazoni ijro etish boshqarmasining sobiq boshlig’i, militsiya polkovnigi, 56 yashar Abdukarim Shodiyev ustidan jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida sudgacha hibs qilindi.  Hibsga olingan paytda O’zbekiston IIV akademiyasida o’qituvchi bo’lib ishlagan (1999-yildan 2018-yilgacha Jazoni ijro etish boshqarmasida rahbar lavozimlarda ishlagan). Abdukarim Abdurahmonovich Shodiyevga nisbatan Jinoyat Kodeksining 301-moddasi(“hokimiyatni suiste’mol qilish”) va 230-moddasi (“aybsiz odamni javobgarlikka tortish”) asosida ayblov ilgari surilgan.

 Shodiyev bir umrga ozodlikdan mahrum qilingan MXX raisining sobiq o’rinbosari Shuhrat G’ulomov ishi doirasida hibsga olingan. Shodiyevning hibsga olinishiga aloqador boshqa bir mulozimning, ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka aytishicha, MXXning 2018-yilida tugatilgan Korruptsiya va uyushgan jinotchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari bo’lib ishlagan Toymuraz Alimov ustidan qo’zg’atilgan mahbuslarni muntazam qiynaganiga oid jinoiy ishda ham Abdukarim Shodiyev figurantdir.[1]

Qamoqxonada bo’lib chiqqan ko’plab mahbuslarning aytishlari bo’yicha Abdukarim Shodiyev boshchilik qilgan Jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli qamoqxonalarda mahbuslar o’ta vahshiylarcha , keng miqyosda qiynoqlar qo’llanilganligi, o’ta shavqatsiz noinsoniy munosabatlarga duchor qilinganliklari uchun unga palach (jallod) deb laqab qo’yishgan.

Bu maqolani yozayotganimda, Abdukarim Shodiyevning hibsga olinmaganligi, uning IIV akademiyasida o’qituvchilikni davom ettirayotganligi haqidagi xabar IIV web saytida 16-mart kuni paydo bo’lganligini OAV tarqatgan [2,3].

Abdukarim Shodiyevning hibsga olinganligi yoki olinmaganligi O’zbekistondagi qiynoq va korruptsiya bilan bog’liq bo’lgan vaziyatga uning hozirgi kunlarda egallab turgan lavozimining, mavqeining ta’siri yo’q.

Qoraqalpog’iston respublikasida joylashgan Jasliq qamoqxonasidagi (kantslager) mahbuslarga bo’lgan o’ta noinsoniy qiynoqlar haqida O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati Sirdaryo viloyati bo’limining raisi A’zam Farmonov , shoir, huquq faoli Yusuf Juma va Erk Demokratik partiyasining faoli, jurnalist Muhammad Bekjonlar batafsil, mukammal jamoatchilikka oshkor etganlar.

A’zam Farmonovga oid iqtibos: “Judayam ozib ketibdi yanvar oyida ko’rganimdan. Nimaga ozib ketdingiz, deb so’raganimda, xo’jayinim, yashashni ham xohlamay qoldim, dedi qattiq iztirobga tushib”,dedi Ozoda Yoqubova Ozodlik bilan suhbatda.

Uning ilova qilishicha, A’zam Farmonov ozodlikka chiqishiga sanoqli oylar qolar ekan uch marta izolyatorga tashlashgan.

 

Yanvar oyida 5 kunga izolyatorga tashlashgan, fevral oyida 10 kunga izolyatorga tashlashgan, mart oyida 20 kunga izolyatorga tashlashgan.Ya’ni umrbod qamoqda o’tiradiganlar turmasiga olib o’tib, 20 kunda juda qattiq qiynashgan. Boshiga nafas qisuvchi maxsus rezinali moslamalar kiygizib, qiynoqqa solishgan. Havo qisganda, hattoki, hushimdan ketib qolayozdim. Boshimga qop kiygizib, boshimni engashtirib olib o’tishdi meni, deb menga gapirib berdi. Hattoki, qo’lida qolgan naruchnik izlarigacha ko’rsatdi menga”, deydi Ozoda Yoqubova Ozodlik bilan suhbatda. Iqtibos tugadi [4].

O’zbekiston qamoqxonalaridagi qiynoqlar va noinsoniy munosabatlar to’g’risida “O’tyuraklar klubi” Xalqaro huquq tashkilotining raisi Mo’tabar Tojiboyeva, “Sahwii” radioblogining muharriri Muhammadsolih Abutov, “Serquyosh O’zbekiston” muxolif tashkilotining raisi Sanjar Umarov, iqtisodchi olim, tadbirkor Rustam Usmonov, huquq faoli A’zam Turg’unov o’z xotiralarida keng, batafsil yoritganlar.

Yuqoridagi siyosiy mahbuslarning xotiralari bilan tanishib nahotki, Jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli qamoqxonalarda ishlovchi xodimlar insoniylik qiyofasini shunchalik darajada yo’qotganlar degan savol tug’iladi.

O’zbekistonda tergov jarayonida va qamoqxonalarda qiynoqlarning keng qo’llanilganligi, ayblanuvchi va mahkumlarning noinsoniy munosabtlarga duchor qilinganligi sabablarini quyidagi oliy darajadagi rahbarlarning jinoyatlari misolida javob topganday bo’lamiz.

O’zbekistonning marhum diktatori Islom Karimovning ko’plab jinoyatlaridan faqat to’rtagina misol :

1.Diktator Islom Karimov o’z jiyani Jamshid Karimovni jurnalistik faoliyati uchun sud qarorisiz, tibbiy ekspertizasisiz 11 yildan ortiq ruhiy kasallar shifoxonasida saqladi;

2.Diktator Islom Karimov o’z muxoliflari: diniy va dunyoviy muxolifat uchun Jasliq qamoqxonasini (kantslageri) qurdirdi;

3.2005-yilning 13-may kuni Andijon shahrida 10 minglab tinch namoyishchilarga o’q otishga buyruq berdi.  Bu Andijon qirg’inida minglab tinch namoyishchilar nobud bo’ldi;

4.Diktator Islom Karimov o’zining qizlari Gulnora Karimova (korruptsiya, zo’ravonlik bilan 2milliarddan ortiq boylik o’margan), Lola Tillayeva-Karimovalar (korruptsiya yo’li bilan 2 milliardcha boylik o’margan) uchun korruptsiya yo’li bilan boylik o’marishga sharoit yaratib berdi.

Diktator Islom Karimov vafotidan keyin (2016-yilning sentyabri) uning qo’l ostida ishlagan yuqori lavozimdagi rahbarlar:

1.MXX raisi Rustam Inoyatov (katta boylik to’plagan)[5];

2.MXX raisining o’rinbosari Shuhrat G’ulomov(0.5 milliarddan ko’proq boylik to’plagani);

3.O’zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov, (2000-2015-yillar davomida korruptsiya yo’li bilan yarim milliarddan ortiq) korruptsiya yo’li bilan boylik to’plaganligi jamoatchilikka oshkor bo’ldi [6].

Diktator Islom Karimov, uning qizlari va yuqori lavozimda ishlagan rahbarlar O’zbekiston konstitutsiyasining 26-moddasi[7] qiynoq qo’llanilganligini,

26-modda.

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shavqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.

O’zbekiston parlamenti 1995-yilning sentyabrida ratifikatsiya qilgan Fuqaroviy va siyosiy huquqlar haqidagi paktning 7-moddasi[8]

Статья 7

Никто не должен подвергаться пыткам или жестоким, бесчеловечным или унижающему его достоинство обращению или наказанию. В частности, ни одно лицо не должно без его свободного согласия подвергаться медицинским или научным опытам.

bilgan holatda shu jinoyatlarni amalga oshirishgan.

O’zbekistonning yuqori lavozimlarida ishlagan rahbarlar uchun BMTning mahbuslar bilan muomala qilishning minimal standart qoidalaridan [9] xabardor bo’lishgan.

Bu qoidalar 122 ta. Birinchi qoidada qiynoq taqiqlangan:

RULES OF GENERAL APPLICATION

Basic principles

Rule 1

All prisoners shall be treated with the respect due to their inherent dignity

and value as human beings. No prisoner shall be subjected to, and all

prisoners shall be protected from, torture and other cruel, inhuman or

degrading treatment or punishment, for which no circumstances whatsoever

may be invoked as a justification. The safety and security of prisoners, staff,

service providers and visitors shall be ensured at all times.

 Bundan tashqari O’zbekiston parlamenti tomonidan BMTning qiynoqlar bo’yicha konvensiyasi, 1995 yil, korruptsiya bo’yicha konvensiyasi 2009-yilda ratifikatsiya qilinganidan mutlaqo xabardor bo’lganlar.

O’zbekistonning yuqori darajadagi rahbarlarining O’zbekiston konstitutsiyasi, BMTning 2 ta paktlari va konvensiyalarini tap tortmasdan oyoq osti qilishi, bu rahbarlarning zehniyati 21-asr emas, o’rta asrlarning zehniyati ekanligini eslatadi. Bu rahbarlarni yetishtirib chiqqan O’zbekistondagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy muhit ham o’rta asrlarga xos.  O’zbekiston vatandoshlarining aksariyati O’zbekiston konstitutsiyasi, BMTning 2ta pakti va 70tacha konvensiyalari haqida hech qanday tasavvurga ega emaslar. Zero, o’rta asrlarda konstitutsiya ham, BMT ham, paktlar ham, konvensiyalar ham yo’q edi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

18-mart, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ўзбекистон қамоқхоналарини қарийб 20 йил бошқарган Абдукарим Шодиев ушланди. 12.03.2018. ( https://www.ozodlik.mobi/a/qamoq-jazo-nozir/29094499.html ).

2. ИИВ: полковник Абдукарим Шодиев ушлангани ҳақида хабар нотўғри тарқатилган. 16.03.2018. ( https://sputniknews-uz.com/society/20180316/7729916.html ).

3. В МВД Узбекистана опровергли задержание «главного тюремщика страны» . 16.03.2018. ( https://www.centralasian.org/a/29103386.html?ltflags=mailer ).

4. Аъзам Фармонов турмуш ўртоғи унинг қийноққа тутилганини билдирди. 05.07.2015. ( https://www.ozodlik.org/a/27110785.html ).

5. МХХнинг эски раҳбари ҳақида нималар маълум? (ВИДЕО). 31.01.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/rustam-inoyatov-kim-edi/29009551.html ).

6. Ўзбекистон собиқ Бош прокурори Рашиджон Қодировнинг ҳибсга олингани расман тасдиқланди. 24.02.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/rashid-qodirov-arrested-mxx/29057058.html ).

7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

8. Международный пакт о гражданских и политических правах. (http://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/pactpol.shtml ).

9. United Nations Standard Minimum Rules for the Treatment of Prisoners

(the Nelson Mandela Rules). ( https://www.unodc.org/documents/justice-and-prison-reform/GA-RESOLUTION/E_ebook.pdf ).

Prezident Shavkat Mirziyoyev majburiy mehnatga barham bera oladimi?  Diana Yenikeeva o’limi.

$
0
0

2018-yilning 14-mart kuni Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumanida baxtsiz hodisa ro’y berdi.[1]  Kattaqo’rg’on tuman markazidagi 42-umumta’lim maktabining mehnat o’qituvchisi Diana Yenikeevani Suv ombori qishlog’idan o’tuvchi avtomobil yo’lini tozalashga olib chiqilgan paytda KamAZ yuk mashinasi urib yuborgan.

Bu haqda ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka xabar bergan o’qituvchilardan birining aytishicha, og’ir tan jarohati olgan Diananing joni kasalxonada uzilgan:

Voqea guvohi bo’lgan hamkasbimning aytishicha, o’qituvchilar yo’l chetini tozalash ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Dianani katta tezlikda kelayotgan yuk mashinasi urib yuborgan. Darhol bir mashinaga yuklab, kasalxonaga olib borishgan. Lekin borganda uning joni uzilib bo’lgan ekan”, dedi o’qituvchi.

Diana Enikeevaning onasi Oksana Enikeevaning Ozodlik radiosiga aytishicha, uning qizini dars o’tayotgan joyidan ko’cha supurishga haydashgan:

Qizim darsdan qaytib kelib, kiyimini almashtirdi va ularni ko’cha tozalashga majburlashayotganini aytib ketdi. 42-maktabdan o’n nafar o’qituvchi prezidentning kelishiga trassani tozalashga majburan chiqarilgan ekan.

Qizim bilan birga bo’lgan o’qituvchilarning aytishlaricha, ular mashinalar g’izillab o’tib turgan trassada ishlashgan. Hech qanday ogohlantiruvchi belgilar qo’yilmagan, hatto GAI inspektorlari ham bo’lmagan. Bordyurni supirib turgan qizimni o’tayotgan KamAZlardan biri urib yuborgan. Nahotki, prezidentga yaxshi ko’rinish uchun qaynab yotgan yo’lning o’rtasiga himoyasiz o’qituvchilarni olib chiqishga ishlatishsa. Men buni shunday qo’ymayman, prezidentgacha boraman!”, deydi Oksana Yenikeeva.

Onaning aytishicha, qizi vafotidan keyin tuman hokimligidan unga 3 million so’m olib kelishgan:

 “Mening bolam uchun uch million so’m taklif qilishdi. Men yolg’iz farzandimni sotish uchun tug’magandim. Uning o’rnini pul bilan to’ldirib bo’ladimi.

O’qituvchini o’z ishidan boshqa ishga majbur qilgan va qizim o’limiga bevosita sababchi bo’lgan hokim va xalq ta’limi bo’limi javob bersin”, deydi marhuma o’qituvchi onasi.

Oksana Enikeevaning aytishicha, qizi turmushga chiqqan va uning 2 yashar bolasi yetim qolgan.[1].

Har bir vatandosh voqealarning rivojini osongina tasavvur qila oladi, Diana Yenikeevaning o’limi bo’yicha tergov ishlari olib boriladi va aybdorlar sud hukmi bo’yicha jazolanadi.

 Lekin kutilmagan voqea ro’y berdi. 18-mart kuni Kattaqo’rg’on tuman hokimligi va Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Diana Yenikeeva yo’l tozalashga chiqarilganini inkor qildi.[2]. 19-mart kuni esa, hokim o’rinbosari, “inkor xatini imzolagan Musaxon Muzaffarov, Ozodlik savollariga javob berarkan, “hozircha Diananing ish paytida tozalash ishlariga chiqarilgani masalasi o’rganilayotgani va uning natijasi hali ma’lum emasligini” bildirdi.

Shu kuni kechga yaqin esa, viloyat hokimi Turobjon Jo’rayev o’qituvchilar yo’l tozalashga hech qachon chiqarilmagani to’g’risida bayonot berdi. [2].

Yana shu yerda xalq ta’limi vazirining o’rinbosari 23 yoshli Alisher Sa’dullayev ro’y bergan fojeaga facebookdagi sahifasida jasurona, ajoyib o’z munosabatini bildirdi:

Bas, yetar! O’qituvchilarni tinch qo’ying. Hamma o’z ishini qilsin. Parlament a’zolari, deputatlar va boshqa davlat organlari kelinglar birlashaylik. Millat taqdiri-ku axir!”.

Majburiy mehnatga qarshi kurashayotgan Berlindagi O’zbekiston-Germaniya forumi rahbari Umida Niyozova Diana Enikeevaning o’limiga aybdor rahbarlar ham jazolanishi lozimligini ta’kidlaydi:

Umida Niyozovadan iqtibos:-”O’zbekiston Mehnat Kodeksining 7-moddasida majburiy mehnatni ta’qiqlash ko’zda tutilgan.  Unda aytilishicha, qandaydir jazo tahdidi bilan kimnidir mehnat qilishga majbur qilish ma’n etiladi. Iqtibos tugadi.[2].

Nega endi tergov ishlari tugashini va sud hukmini kutmasdan Kattaqo’rg’on tuman hokimi va Samarqand viloyat hokimi o’qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinmagan deb bayonot berishdi?

 Buning menimcha ikkita sababi bor, birinchidan Diana Enikeeva o’limi O’zbekistondagi mahalliy nashrlarda yoritildi, Ozodlik, BBC, Amerika ovozi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.

Ikkinchi sabab, asosiy sabab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida qilgan nutqida O’zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish haqida shunday degan edi.[3].

Nutqdan iqtibos: “ Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rildi”. Iqtibos tugadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo’yicha O’zbekiston xalqini Konstitutsiya kuni bilan tabriklagan nutqida [4] ( 7-dekabr, 2017-yil) quyidagilarni ta’kidlab aytgan edi.

Nutqdan iqtibos:

Hurmatli yurtdoshlar!

Konstitutsiyamizning 37-moddasida belgilangan majburiy mehnatni taqiqlash to’g’risidagi qoidaga qat’iy amal qilish uchun yil davomida bir qator ishlar bajarildi.

Xususan, ta’sirchan parlament va jamoatchilik nazorati o’rnatildi. Fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo’yicha Parlament komissiyasi tuzildi. Deputat va senatorlardan iborat ishchi guruhlar respublikamizning barcha hududlariga chiqib, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo’l qo’ymaslik bo’yicha parlament nazoratini amalga oshirmoqda.

Mana, bu yil hammangiz ko’rdingiz, eshitdingiz, biz byudjet tashkilotlari xodimlari va talabalarni majburiy ravishda paxta terimiga chaqirishni qat’iyan taqiqladik.

Paxta mavsumida Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan bolalar mehnati va majburiy mehnatning oldini olish bo’yicha tizimli monitoring yo’lga qo’yildi.

Bu muhim masalani avvalo o’zimiz qattiq nazoratga olganimiz tufayli bironta salbiy holat aniqlanmadi. Amalga oshirilgan ishlar samarasi xalqaro tashkilotlar, qolaversa, keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda”. Iqtibos tugadi. [4].

Kattaqo’rg’on tuman hokimi va Samarqand viloyat hokimining o’qituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilmagani sababi “siri” shu yerda.

 Ya’ni bu yerda tergovchilarga, prokurorga,sud’yaga majburiy mehnat O’zbekistonda yo’q, Diana Enikeeva majburiy mehnat paytida o’lmagan degan mujda jo’natilyapti.  Ya’ni boshqacha aytganda, O’zbekistonda oliy darajadagi rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari tomonidan sodir etilgan jinoyat xaspo’shlanyapti.

Bundoq o’ylab qaralganda, marhum diktator Islom karimov davrida bolalar mehnatiga barham berilgan edi, prezident Shavkat Mirziyoyev davrida majburiy mehnatga barham berilgani katta ijobiy voqea bo’lib tuyuladi.  O’zbekistonda majburiy mehnatga barham berildi, faqat bu barham berilish og’izda, qog’ozda amalga oshirildi, amalda esa majburiy mehnat marhum diktator Islom Karimov davridagiga qaraganda ham ko’proq va shavqatsizlarcha qo’llanilyapti.

Bunga misol, Andijon, Namangan, Farg’ona va Surxondaryo viloyatlaridagi O’zbekiston vatandoshlari birinchi marta poezdlarda Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm , Jizzah va Toshkent viloyatlariga paxta terimiga majburan jo’natildi.

Ozodlik radiosi 2017 yil paxta terish mavsumida Farg’ona viloyatidan qariyb 17 ming, Namangan viloyatidan 1900 va Surxondaryo viloyatidan 14 900 nafar hasharchi paxta terish uchun ixtiyoriy majburiy tarzda Qoraqalpog’iston, Xorazm, Jizzah viloyatlariga maxsus poezdlarda yuborilgani, Toshkent viloyat paxtazorlarida esa Andijondan olib kelingan xasharchilar paxta terayotgani haqida xabarlarni tarqatgan edi.[5].

O’zbekistonda o’qituvchilar, shifokorlar ko’cha tozalash, maydonlarni tozalash, gaz, svet uchun pul yig’ish va turli tuman qishloq xo’jaligi va qurilish ishlariga jalb etilish hamon davom etmoqda.

O’zbekistondagi majburiy mehnat bo’yicha men quyidagi 2ta ma’lumotni aytishni lozim ko’rdim:

1.Zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha Ozbekiston Shimoliy Koreyadan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Dunyoning beshta mamlakati Hindiston, Xitoy, Pokiston, Bangladesh va O’zbekistonda zamonaviy qullar dunyo bo’yicha qullarning 58 foizni tashkil qiladi.  2016-yilda O’zbekistonda zamonaviy qullar soni 1.236.600 kishini tashkil qilgan va bu aholining 3.973 foizini, ya’ni qariyb 4 foizni tashkil qiladi.[6].

2.O’zbekistondagi yuqori sinf o’qituvchilarining maoshi bilan dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi o’qituvchilarning maoshlari bilan taqqoslasak:

O’zbekistonda yuqori sinf o’qituvchilari maoshi o’rtacha 125 AQSH dollariga teng, umuman olganda 100-200 AQSH dollari atrofida.[7,8].

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari;

1.Lyuksemburgda yangi ishni boshlagan o’qituvchi bir yilda 80.000 dollarga teng yillik maosh oladi.  15 yil ishlagandan keyin esa 140.000 AQSH dollaridan ham ko’proq yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni bir oylik maoshi 6.600 dollardan boshlanib 12.000 dollardan ham ko’proq bo’lishi mumkin [9].

2.Frantsiyada yangi ish boshlagan o’qituvchi bir yilda 35.000 AQSH dollari, eng ko’pi bilan 60.000 AQSH dollarigacha yillik maosh olishi mumkin.  Bir oylik maosh 3.000 AQSH dollaridan 5.000 gacha olishi mumkin.

3.Janubiy Koreyada 30.000 AQSH dollari, ular eng ko’pi bilan 80.000-85.000 yillik maosh olishi mumkin.  Ya’ni oylik maoshi 2.500 dan 7.000 AQSH dollarigacha bo’ladi.

4.Yaponiyada 20.000-23.000 AQSH dollaridan 60.000 AQSH dollari yillik maosh olishi mumkin.  Ya’ni oylik maoshi 2.000 dan 5.000 AQSH dollarigacha.[9].

O’zbekistonning zamonaviy qullik ko’rsatkichi va yuqori sinf o’qituvchilarining oylik maoshidan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonning iqtisodi va ta’lim sohasi nihoyatda ayanchli ahvolda.

 O’zbekiston vatandoshlari, O’zbekiston fuqarolik jamiyati, O’zbekiston hukumati bu ayanchli ahvoldan chiqish uchun tinmay izlanishlari kerak, tinmay qattiq mehnat qilishlari kerak.  Qisqacha mening fikrim, O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik berilishi kerak.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

25-mart, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Мирзиёев келишига кўча тозалашга олиб чиқилган 23 яшар ўқитувчини машина босиб кетди. 15.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/kucha-tozalashga-olib-chiqilgan-uqituvchini-mashina-bosdi/29101801.html ).

2. Диананинг ўлими юзасидан вилоят ҳокими раддия берди. Туман ҳокимлиги “раддия”сини рад қилди. 19.03.2018. (https://www.ozodlik.org/a/uzbek-uzbekistan-diana-majburiy-mehnat-oqituvchi-hashar/29109161.html ).

3. Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида нутқ сўзлади. 20.09.2017. (http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017 ).

4. Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон халқини Конституция куни билан табриклади. Тўлиқ нутқ. 07.12.2017. ( https://kun.uz/news/2017/12/07/savkat-mirzieev-uzbekiston-halkini-konstitucia-kuni-bilan-tabrikladi-tulik-nutk ).

5. Мирзиёев мажбурий меҳнатга барҳам берилганини айтди.08.12.2017.

( https://www.ozodlik.org/a/28904582.html ).

6. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

7. Педагогларнинг таътил пуллари қандай ҳисобланади? 13.05.2017. (http://idum.uz/archives/11394 ).

8. Average monthly salary in Uzbekistan is US$125- Statistics committee. 15.12.2017.

( http://tashkenttimes.uz/national/1814-average-monthly-salary-in-uzbekistan-is-us-125-statistics-committee ).

9. Different Teacher Salaries Around the World. 2017. (https://www.educationdegree.com/articles/teaching-salaries-around-the-world ).

Afg’oniston bo’yicha Xalqaro anjumandan keyin menda tug’ilgan fikrlar. O’zbekistonga investitsiyalar kirib kelishi ko’payadimi?!

$
0
0

Toshkentda 27 mart kuni “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va “mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afg’oniston bo’yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferentsiyasi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan mazkur konferentsiya jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg’otdi. Konferentsiyada Afg’oniston Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G’ani, BMTning Afg’onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo’yicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek jami 25 davlat va xalqaro tashkilot vakillari qatnashdilar.[1].

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro anjumanda nutq so’zladi. [2].

Shavkat Mirziyoyev nutqidan iqtibos:-” Bu zamindagi keskinlik Markaziy Osiyo mamlakatlari jahon iqtisodiyotining faol integratsiya jarayonlaridagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Misol uchun, tinch Afg’oniston savdo -iqtisodiy, transport-logistik imkoniyatlari bilan O’zbekistonga boshqa mintaqalarga dengiz orqali qisqa yo’l bilan chiqish imkonini berar edi“. Iqtibos tugadi.

Bu Xalqaro anjuman oldin bo’lib o’tgan voqealarning mantiqiy yakuni bo’ldi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonni bir yarim yil davomida boshqarayotganidan beri erkin konvertatsiyani amalga oshirdi, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston bilan sovuq munosabatlar ancha iliqlashdi, Qozog’iston bilan esa munosabatlar yanada yuqoriroq darajaga ko’tarildi.

15-mart kuni Qozog’iston poytaxti Ostona shahrida Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston parlamentining senat spikeri Akja Nurberdiyevalar, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining o’zaro birinchi maslahat uchrashuvi bo’lib o’tgan edi.[3].

 Bu bo’lib o’tgan voqealardan menda shunday taassurot tug’ildiki, O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisod nuqtai-nazaridan qaraganda Markaziy Osiyodagi 6ta mamlakatni qamrab olgan umumiy bozor yaratmoqchi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi umumiy bozor bu mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarning kuchayishi bu mamlakatlarning iqtisodi rivojlanishiga olib keladi. Ya’ni O’zbekiston fuqarolarida, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarida bu mamlakatlarda iqtisod rivojlanib, hamma yoq gullab-yashnab ketadigandek taassurot paydo bo’ladi.

O’zbekiston vatandoshi O’zbekiston ommaviy-axborot vositalari targ’iboti (propagandasi) ta’sirida O’zbekiston erkin konvertatsiyaga o’tganligi, qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar yaxshilanganligi tufayli O’zbekistonning xalqaro miqyosda imidji yaxshilandi, endi O’zbekistonga investitsiylar kirib keladi, iqtisod rivojlana boshlaydi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvol yaxshilanadi degan umid paydo bo’ladi.

 Lekin, bu umidning tagi puch, nega? Chet el investorlari O’zbekiston ommaviy-axborot vositalarining targ’ibotidan xoli muhitda yashaydi. Shu sababli ular O’zbekiston vatandoshlaridan butunlay boshqacha fikrlaydi, butunlay boshqacha harakat qiladi.

Dunyoning erkin, demokratik davlatlarida yashaydigan fuqarolar, shu jumladan investorlar birinchi navbatda O’zbekistondagi inson huquqlari vaziyatiga e’tibor beradilar.

O’zbekistondagi inson huquqlari vaziyati va biznes yuritish muhiti esa o’ta abgor holatda. Bunga men to’rtta misol keltiraman:

1.Majburiy mehnat.  O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda Shimoliy Koreyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi.[4].

2.Korruptsiya.  O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[5].

3.Iqtisodiy erkinlik.  O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[6].

4.Fuqaroviy va siyosiy huquqlar.  Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[7].

Yana shu yerda qo’shimcha beshinchi misol sifatida Jahon Bankining tadbirkorlik muhiti (Doing Business) ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston dunyoda 74-o’rinni egallaydi.[8].

Bu ko’rsatkich menimcha har holda unchalik yomon emas.

Lekin, yuqoridagi to’rtta misoldan ko’rinib turibdiki, xalqaro investor nuqtai-nazaridan olganda O’zbekistonning investitsiya jozibadorligi o’ta abgor holatda.  Shu sababli O’zbekistonga chet el investitsiyalarining kirib kelishiga va O’zbekiston iqtisodining gullab-yashnab ketishiga menda umid kam.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonning investitsiya jozibadorligini oshirish uchun majburiy mehnatga barham berishi kerak, korruptsiyani keskin kamaytirishi kerak va albatta O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy va siyosiy erkinlik berishi kerak.  Va albatta bu ishlarni amalga oshirish uchun O’zbekistonda o’rta sinfning va fuqarolik jamiyatining oyoqqa turib olishi uchun sharoit yaratilishi kerak.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

30-mart, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Афғонистон бўйича Тошкент декларацияси қабул қилинди. 27.03.2018.( http://uza.uz/oz/politics/af-oniston-b-yicha-toshkent-khal-aro-konferentsiyasi-deklara-27-03-2018?ELEMENT_CODE=af-oniston-b-yicha-toshkent-khal-aro-konferentsiyasi-deklara-27-03-2018&SECTION_CODE=politics&print=Y ).

2. Шавкат Мирзиёевнинг Тошкент Конференциясида сўзлаган нутқи. 27.03.2018. ( https://www.youtube.com/watch?v=RuuWdH1sLD0 ).

3. Марказий Осиё давлат раҳбарларининг биринчи маслаҳат учрашуви. 15.03.2018. ( http://uza.uz/oz/politics/markaziyafaf-osiye-davlat-ra-barlarining-birinchi-masla-at-uchra-15-03-2018 ).

4. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

5. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

6. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

7. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

8. The World Bank. Doing Business. 2018.

( http://www.doingbusiness.org/rankings ).

Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlarning ko’zbo’yamachiliklariga barham bera oladimi?

$
0
0

 

Marhum diktator Islom Karimov davrida va mustaqil O’zbekistonning ikkinchi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning viloyatlarga tashrif buyurganida viloyat va tuman hokimlarining ko’zbo’yamachiliklari jamoatchilikning noroziliklariga va bahs-munozaralarga sabab bo’lar edi.

Lekin, kutilmaganda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikkita ijobiy ish qilindi.

Shavkat Mirziyoyevning birinchi ko’zbo’yamachilik bo’yicha qilgan ijobiy ishi 2018-yilning 14-mart kuni Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tuman markazidagi 42-umumta’lim maktabining mehnat o’qituvchisi Diana Yenikeevani Suv ombori qishlog’idan o’tuvchi avtomobil yo’lini tozalashga olib chiqilgan paytida KaMAZ yuk mashinasi urib yuborganligini o’rgangan jurnalist Karimberdi To’ramurod taqdiri bilan bo’gliq.

Jurnalist Karimberdi To’ramurodning o’rganib aniqlashi bo’yicha o’qituvchilar yo’l chetini tozalash ishlari bilan mashg’ul bo’lgan.  Diana Yenikeevani katta tezlikda kelayotgan yuk mashinasi urib yuborgan. Diana bir yuk mashinasiga yuklanib kasalxonaga olib borilgan, lekin kasalxonaga yetib borguncha uning joni uzilgan bo’lgan.  42- maktabdan 10 nafar o’qituvchi prezidentning kelishiga trassani tozalashga majburan olib chiqilgan.[1].

Karimberdi To’ramurodning Diana Yenikeevaning fojeasini mahalliy matbuotga olib chiqishi, yana bu fojeani ko’plab chet ommaviy axborot vositalarida yoritilgani, jamoatchilikda fojea bo’yicha ko’p noroziliklarga va bahs-munozalarga sabab bo’ldi.  Jurnalistga nisbatan Samarqand viloyat hokimiyati va Kattaqo’rg’on tuman hokimiyati tomonidan ta’qib-tayziqlar boshlandi.[2].

Unga nisbatan telefon orqali qo’rqitishlar, uyidan chiqayotganida uni mashina bosib ketishiga ozgina qolishi va hokazolar. Jurnalist o’ziga bo’layotgan ta’qib-tayziqlar haqida Ozodlik,BBC va boshqa OAVga intervyu berdi.[3].

 Uning intervyusi prezident Shavkat Mirziyoyevning qulog’iga yetib borgan ko’rinadi, O’zbekiston Bosh prokuraturasi jurnalistni o’z himoyasiga oldi.[4].

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi ijobiy ishi uning 30-mart kuni Jizzax viloyatiga borganida yangi qurilgan “Zarbdortekstil” shirkati  bilan tanishishiga bog’liq.

Zarbdorda Qishloq xo’jalik va iqtisodiyot kolleji qizlari ish bilan ta’minlangan yoshlar rolini o’ynab bergandi, prezidentga bu qizlar yangi ishga kirgan tikuvchilar sifatida tanishtirilgandi.[5].

Ozodlik manbalari bu hodisani “prezident uchun uyushtirilgan shou” deb atashgandi.  Negaki “Zarbdortekstil” hali ishga tushirilmagan korxona bo’lgan. “Zarbdortekstil” ko’zbo’yamachiligi Ozodlikda yoritilgandan keyin ko’plab ommaviy axborot vositalarida yoritildi va dunyo jamoatchiligi bundan xabardor bo’ldi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev Zarbdor tumani hokimi Sanaqul Anqayevni 3-aprel kuni ishdan bo’shatgan. Bu haqda Ц-1 vebsaytida chop etildi.[6,7].

Bunday ko’zbo’yamachiliklar haqida bundan oldin ham ko’plab xabarlar ommaviy axborot vositalarida yoritilgandi.[8,9,10].

Viloyat va tuman hokimlarining ko’zbo’yamachiliklari marhum diktator Islom Karimov davrida O’zbekistondagi ommaviy axborot vositalarida yoritilimas edi.  Asosan, Ozodlik, BBC, Amerika ovozi, fergana.ru va boshqa o’zbek inson huquqlari va muxolifat tashkilotlarining veb saytlarida yoritilardi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida bu ko’zbo’yamachiliklar O’zbekistondagi ommaviy axborot vositalarida yoritila boshlandi.

 Ommaviy axborot vositalarida bu ko’zbo’yamachiliklar viloyat va tuman hokimlari tomonidan amalga oshiriladi degan jamoatchilik fikri yaratilyapti. O’zbekiston vatandoshlari viloyat va tuman hokimlarining ko’zbo’yamachiliklaridan O’zbekiston prezidentining xabari yo’q deb o’ylaydilar.  Prezidentni xabardor qilsak, prezident bu hokimlarni jazolaydi va bu ko’zbo’yamachiliklar qayta takrorlanmaydi deb o’ylashadi.

Bu ko’zbo’yamachiliklar nafaqat viloyat va tuman hokimlari tomonidan uyushtiriladi hattoki, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham uyushtiriladi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan uyushtirilgan ko’zbo’yamachiliklarga bir nechta misol keltiraman:

1.Marhum diktator Islom karimov vafotidan keyin O’zbekiston konstitutsiyasi bo’yicha vaqtinchalik O’zbekiston prezidenti vazifasini Senat raisi Nig’matulla Yo’ldoshev bajarishi kerak edi.  Lekin O’zbekistonni vaqtinchalik prezidenti vazifasini Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bajardi. [11];

2.Shavkat Mirziyoyev erkin, demokratik bo’lmagan, soxta  saylovlarda prezident etib saylandi. O’zbekiston tarixida biron marta erkin, demokratik saylovlar bo’lmagan.  Shu sababli O’zbekiston vatandoshlari erkin, demokratik saylovlar nima ekanligini bilmaydilar;

3.Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining (19.09.2017) 72-sessiyasida so’zlagan nutqida va O’zbekiston xalqini konstitutsiya kuni bilan tabriklagan nutqida (07.12.2017) majburiy mehnatga barham berilganini aytgan edi.[12,13,14];

4.O’zbekiston ommaviy axborot vositalari vatandoshlarga mamlakatda erkin, demokratik jamiyat quryapmiz deb targ’ibot-tashviqot ishlarini olib boradi, aslida marhum diktator Islom Karimov davrida o’ta shavqatsiz diktatura hukmron edi.  Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida, hozirda bu avtoritarizm ancha yumshagan.

Prezident, viloyat va tuman hokimlari ko’zbo’yamachiliklariga barham bersa bo’ladimi?

Mening fikrim, ha, albatta barham bersa bo’ladi.  Dunyoning 90tacha erkin, demokratik va rivojlangan mamlakatlarida bunday ko’zbo’yamachiliklarga barham berilgan.  O’zbekistonda erkin, demokratik jamiyat qurish uchun kuchli fuqarolik jamiyat zarur, kuchli fuqarolik jamiayt qurish uchun o’rta sinf shakllanishi kerak.  Afsuski, O’zbekistonda na o’rta sinf shakllangan, na fuqarolik jamiyati.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

7-aprel, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Мирзиёев келишига кўча тозалашга олиб чиқилган 23 яшар ўқитувчини машина босиб кетди. 15.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/kucha-tozalashga-olib-chiqilgan-uqituvchini-mashina-bosdi/29101801.html ).

2. Диананинг ўлими юзасидан вилоят ҳокими раддия берди. Туман ҳокимлиги “раддия”сини рад қилди. 19.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/uzbek-uzbekistan-diana-majburiy-mehnat-oqituvchi-hashar/29109161.html ).

3. Каримберди Тўрамурод: Эркин бўлишга уринаëтган матбуотни қўрқитиш бошланди. 26.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/diana-samarqand-majburiy-mehnat-karimberdi-toramurod/29124907.html ).

4. Журналист из Самарканда перестал опасаться за свою жизнь. 29.03.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/zhurnalist-iz-samarkanda-perestal-opasatsya-za-svoyu-zhizn/ ).

5. Президент учун шоу – Коллеж ўқувчилари ишга тушмаган завод ишчилари ролини ўйнаб берди. 30.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/prezident-mirziyoyev-jizzah-zarbdor-tekstil-kollej/29135680.html ).

6. Президент матбуот котибининг Мирзиёевга қилинган кўзбўямачиликдан “хабари бор”. 03.04.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29141482.html ).

7. Хоким в Джизакской области поплатился за показуху для президента. 05.04.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/hokim-v-dzhizakskoj-oblasti-poplatilsya-za-pokazuhu-dlya-prezidenta/ ).

8. Мирзиёев учун сохта парникларни энди Самарқандда қуришмоқда (ВИДЕО). 16.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/parnik-issiqxona-samarqand-andijon-mirziyoyev/29104200.html ).

9. АНДИЖОН – “Бир пайтлар Каримовга кўзбўямачилик қилинган эди, энди эса Мирзиёевга!”. 25.03.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/sizdan-telegram-uy/29122447.html ).

10. Сергелидаги Президент бориб кўрган янги уйлар ярим йилга бормай таъмирталаб ҳолга келган. 06.04.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29149269.html ).

11. Бош вазир Шавкат Мирзиëев конституцияга зид тарзда муваққат президент бўлди. 08.09.2016. ( https://www.ozodlik.org/a/karimov-mirziyoyev-yuldashev-senat-gulnora-lola/27974899.html ).

12. Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида нутқ сўзлади. 20.09.2017. ( http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017 ).

13. Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон халқини Конституция куни билан табриклади. Тўлиқ нутқ. 07.12.2017. ( https://kun.uz/news/2017/12/07/savkat-mirzieev-uzbekiston-halkini-konstitucia-kuni-bilan-tabrikladi-tulik-nutk ).

14. Мирзиёев мажбурий меҳнатга барҳам берилганини айтди.08.12.2017.

(https://www.ozodlik.org/a/28904582.html ).

 

 

Tashqi ishlar vazirligi O’zbekistonning imidjini yaxshilay oladimi?

$
0
0

2018-yilning 6-aprelida Ozodlik radiostantsiyasining veb saytida “O’zbekistonning “imidjini yaratish” Tashqi ishlar vazirligiga topshirildi” maqolasi chop etildi.  Maqoladan iqtibos: ” Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Tashqi ishlar vazirligini isloh qilish nazarda tutilgan “O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonni imzoladi.

Jumladan, farmonda:”… Mamlakatdagi keng ko’lamli o’zgarishlar va respublikaning xalqaro tashabbuslari haqida jahon hamjamiyatini xabardor qilish ishlari sust tashkil etilgan bo’lib, mamlakatning ijobiy imidjini yaratish va xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash vazifalari samarali bajarilishiga to’sqinlik qilmoqda”, deyiladi.

Prezident bu muammoni hal etish maqsadida farmonda “milliy va xorijiy ekspertlar jamoalari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ilmiy doiralar bilan muntazam hamda maqsadli axborot almashish ishlarini kuchaytirish orqali O’zbekistonning ijobiy xalqaro nufuzini shakllantirishda “ommaviy diplomatiya” vositalarini faol qo’llash” ko’rsatmasini bergan.

Farmonda ta’kidlanishicha, buning uchun Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati negizida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi, Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo’limi tashkil etiladi. “Jahon axborot agentligi negizida esa “Dunyo” axborot agentligi va Media-markaz tuziladi.

Prezidentining “Is’tedod” jamg’armasi Tashqi ishlar vazirligiga bo’ysunadigan Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi sifatida qayta tashkil etiladi.

Tashqi ishlar vazirligi amaliyotiga axborot-tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratish, xorijdagi vatandoshlar bilan har tomonlama muloqotni qo’llab quvvatlash, ularni savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar va ijtimoiy loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga faol jalb qilish kabi vazifalar ham kiritilmoqda”.  Iqtibos tugadi.[1].

Bu uzun iqtibosning mazmunidan shu narsa kelib chiqadiki, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yilning sentyabridan buyon O’zbekistonni boshqarish davomida uning mamlakatda bo’lgan o’zgarishlarni Tashqi ishlar vazirligi orqali dunyodagi asosan biznesmenlar, investorlarni xabardor qilish, O’zbekistonga investitsiyalar kelishini ko’paytirishni maqsad qilib qo’ygan.  Prezident Shavkat Mirziyoyevning bir yarim yildan ortiq faoliyati davomida erkin konvertatsiyaga o’tildi, qo’shni mamlakatlar Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog’iston va Afg’oniston bilan iqtisodiy-siyosiy va madaniy aloqalar ancha yaxshilandi, xalq qabulxonalari tashkil qilindi, Davlat Xavfsizlik Xizmati haqida qonun qabul qilindi, ommaviy-axborot vositalari, qiynoq to’g’risidagi qonunlarga o’zgartirishlar kiritlidi.  Boj to’lovlari va soliqlarga katta o’zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda va hokazo.

Demak, Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi elchixonalari shu o’zgarishlarni chet ellardagi targ’iboti (agitatsiya) va tashviqoti (propaganda) bilan shug’ullanishi barobarida O’zbekistonning imidjini yaxshilaydi.  Mening fikrimcha, O’zbekistonning imidjini yaxshilashda Tashqi ishlar vazirligi juda katta qiyinchiliklarga duch keladi, O’zbekistonning imidjini yaxshilashning uddasidan chiqa olmaydi. Uddasidan chiqa olmasligi sabablari haqida “Afg’oniston bo’yicha Xalqaro anjumandan keyin menda tug’ilgan fikrlar.  O’zbekistonga investitsiyalar kirib kelishi ko’payadimi?!” nomli maqolam va youtubeda chop etilgan videoda aytib o’tgan edim. [2.3].

Maqoladan iqtibos: ”Chet el investorlari O’zbekiston ommaviy-axborot vositalarining targ’ibotidan xoli muhitda yashaydi. Shu sababli ular O’zbekiston vatandoshlaridan butunlay boshqacha fikrlaydi, butunlay boshqacha harakat qiladi.

Dunyoning erkin, demokratik davlatlarida yashaydigan fuqarolar, shu jumladan investorlar birinchi navbatda O’zbekistondagi inson huquqlari vaziyatiga e’tibor beradilar.

O’zbekistondagi inson huquqlari vaziyati va biznes yuritish muhiti esa o’ta abgor holatda. Bunga men to’rtta misol keltiraman:

1.Majburiy mehnat.  O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda Shimoliy Koreyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi.[4].

2.Korruptsiya.  O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[5].

3.Iqtisodiy erkinlik.  O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[6].

4.Fuqaroviy va siyosiy huquqlar.  Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[7].

Yana shu yerda qo’shimcha beshinchi misol sifatida Jahon Bankining tadbirkorlik muhiti (Doing Business) ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston dunyoda 74-o’rinni egallaydi.[8].

Bu ko’rsatkich menimcha har holda unchalik yomon emas.

Lekin, yuqoridagi to’rtta misoldan ko’rinib turibdiki, xalqaro investor nuqtai-nazaridan olganda O’zbekistonning investitsiya jozibadorligi o’ta abgor holatda.  Shu sababli O’zbekistonga chet el investitsiyalarining kirib kelishiga va O’zbekiston iqtisodining gullab-yashnab ketishiga menda umid kam.  Iqtibos tugadi.[2,3].

Yana bu iqtibosga men qo’shimcha qilib, O’zbekistonga xalqaro kredit reyting agentliklari: Standard & Poor’s, Fitch, va Moody’s tomonidan reyting berilmaganidir. Bu reyting agentliklari qo’shni mamlakatlar Qozog’iston, Qrg’iziston va Tojikistonga reyting bergan, lekin O’zbekistonga emas. [9,10].

O’zbekistonga kredit reyting berilmagani uning moliyaviy imkoniyatlarini cheklaydi,iqtisodiy rivojlanishini cheklaydi.

Men keltirgan misollar shuni ko’rsatadiki, dunyo jamoatchiligida O’zbekistonning imidji allaqachon shakllanib bo’lgan, bu imidj o’ta abgor holatda, bu imidj inson huquqlarini hurmat qilish, iqtisodiy erkinlik nuqtai nazaridan o’ta abgor holatda yoki obrazli qilib aytganda o’ta qora rangda.  O’ta qora rangni salgina oqartirish mumkin, lekin oq qilib bo’lmaydi.

O’zbekistonning imidjini yaxshilash uchun majburiy mehnatga barham berish kerak, korruptsiya darajasini keskin kamaytirish kerak, O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy erkinlik, fuqaroviy va siyosiy huquqlar berish kerak.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

13-aprel, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ўзбекистоннинг “ижобий имиджини яратиш” Ташқи ишлар вазирлигига топширилди. 06.04.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29149211.html ).

2. Afg’oniston bo’yicha Xalqaro anjumandan keyin menda tug’ilgan fikrlar. O’zbekistonga investitsiyalar kirib kelishi ko’payadimi?! 30.03.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/662 ).

3. Afg’oniston bo’yicha Xalqaro anjumandan keyin menda tug’ilgan fikrlar. O’zbekistonga investitsiyalar kirib kelishi ko’payadimi?! Video. 01.04.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/671#more-671 ).

4. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

5. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

6. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

7. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

8. The World Bank. Doing Business. 2018.

( http://www.doingbusiness.org/rankings ).

9. Big Three (credit rating agencies) .

( https://en.wikipedia.org/wiki/Credit_rating_agency ).

10. List of countries by credit rating.

( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_credit_rating ).

Nahotki, prezident Shavkat Mirziyoyevda, viloyat va tuman hokimlarida iqtisodiy erkinlik degan tushuncha bo’lmasa!?

$
0
0

Ozodlik radiostantsiyasi 2018-yilning 16-17-18-aprel kunlari O’zbekistonda ikkitasi tomorqa xo’jaligiga tegishli bo’lgan, bittasi fermer xo’jaligiga tegishli bo’lgan ajablanarli, ensani qotiradigan voqealardan bizni xabardor qildi.

Birinchi voqea.

Ozodlikdan iqtibos: “Farg’ona viloyat, Furqat tumanida aholi tomorqasiga ekilgan terak daraxtlari yoppasiga kesib tashlanyapti. Farg’onaliklarning Ozodlikka aytishicha, maxsus ishchi guruh uyma-uy yurib, teraklarini kesmagan aholining tomorqasi tortib olinishi yoki 3 barobar ko’p soliq solinishini aytib, tahdid qilayapti. Hokimlik kesilgan teraklar o’rniga qalampir ektirayapti.

 Iqtibosning davomi: ”Furqat tumanida shunaqa tadbir bo’layapti. Teraklarni yoppasiga kestiryapti. Tomorqamizga pomidor, kartoshka va piyozdan tashqari terak ham ekkanmiz. Teraklarni odamlar sotib, daromad qilishi umkin yoki o’z ehtiyoji uchun uy qurilishida ishlatishi mumkin. Deyarli hamma tomorqasining 3-4 sotix joyiga terak ekkan. Bizning tomorqamiz jami 15 sotix, shundan 3 sotixiga terak ekilgandi. Ukamga uy qurish uchun terak o’stirayotgandik. Hammasi kesib tashlandi. Kesilgan teraklar kichkina bo’lgani bois ular kichkina xodadan boshqa narsaga yaramaydi ham”, deydi Furqat tumanida yashovchi ayol Ozodlik bilan suhbatda.

Furqat tumanida yashovchi yigitga ko’ra, maxsus ishchi guruh kesilgan terak o’rniga qalampir ekishni buyurgan:

Hozir prezident qalampir ekishga katta e’tibor qaratayapti” deyishdi, Bu haqda televizorda ham eshitgandim. Hokimiyatdagilar “shuning uchun qalampir ekinglar, qalampirdan katta daromad ko’rasizlar”, deyishdi. Lekin hamma qalampir eksa, uni kimga sotamiz, qanday sotamiz? Bu bilan hech kimning ishi yo’q. Ekilgan qalampirning bir qismini o’zimiz yermiz, lekin qolganini nima qilamiz? Hamma hayron, ba’zilar qo’rqqanidanqan qalampir ekishni boshladi. Lekin biz nima qilishni bilmay o’tiribmiz”, dedi farg’onalik yigit“.  Iqtibos tugadi.[1].

Ikkinchi voqea.

Yana ozodlik maqolasidan iqtibos: “Toshkent viloyatining Yangiyo’l tumanida fermer xo’jalik yerlari paxta maydonlariga aylantirilishi va’ji bilan ziroat ekinlari vayron qilingan. Tumandagi Grain Wheel fermer xo’jaligi rahbari Alisher Tursunov Ozodlik bilan suhbatda bu yil 16 gektar maydonga chet elga eksport qilish uchun no’hat ekkani, hokimlik esa o’sib turgan no’xatni ustidan haydab, ag’darib, o’rniga paxta urug’i ektirganini aytdi. Ammo, Yangiyo’l tumani hokimining o’rinbosari fermerni no’xatni noqonuniy ekkanlikda aybladi.

Yangiyo’llik fermer Alisher Tursunov o’zining Grain Wheel fermer xo’jaligiga biriktirilgan 16 gektar yerga bu yil no’xat ekib, paxtaga nisbatan bir necha baravar ko’p daromad olishni rejalashtirgandi.

Lekin fermerning Ozodlikka arz qilishicha, tuman hokimiyati o’sib turgan no’xat maydoni ustiga traktor haydab, o’rniga paxta ektirgan.

-Toshkentdan kilosini 15 ming so’mdan no’xat urug’i olib kelganman. Gektariga 100 kilodan urug’ ketgan. 16 gektar maydonga ekdik. Bundan tashqari mineral o’g’it solganman, fosfor solganman, kaliy solganman, yerni haydaganman, ekkanman. Qurtga qarshi dori sepganman. To’rtta-beshta shoxli bo’lib, katta bo’lib chiquvdi. Hokim kelib traktor tashlab hammasini vayron qildi, o’rniga paxta ektirdi.Shuncha mehnat va mablag’ zoe ketdi,- deydi yangiyo’llik fermer Tursunov.  Iqtibos tugadi.[2].

Uchinchi voqea.

Ozodlikdan yana iqtibos:”Buxoro viloyat, Jondor tuman hokimi Kamol Kamolov aholi tomorqasidagi pishib qolay degan bug’doy, arpa va bedani xom o’rdirtirib, o’rniga chigit ektirdi.

Ozodlik suhbatlashgan jondorliklarning aytishicha, qamish va o’t bosib ketgan bu yerlar, paxta yaxshi hosil bermay qo’yganidan so’ng, aholiga bundan ikki yil oldin 10 sotixdan bo’lib berilgan edi. Hammasi bo’lib 200 dan ortiq xo’jalikning tomorqasi buzilgani aytildi.

Aholi o’z hisobidan bu yerlarni o’zlashtirib, hosildor qilganidan so’ng yilning boshida tayinlangan tuman hokimi aholiga hosilini yig’ishtirib olishiga imkon bermadi.

Jondor tumanining Xumin qishlog’ida yashaydigan dehqon Suhrob Hakimovning aytishicha, 8 aprel kuni tuman hokimi qishloqda majlis o’tkazib, ortiqcha yerlarni qaytarib olishi haqida gapirgan:

Hokim Jondor tumani necha yildan buyon paxta plani to’lmayotgani va shuning uchun aholiga tomorqa sifatida berilgan 10 so’tixlik yerlarni olib qo’yishga qaror qilganini aytdi. Odamlar, mayli, hech bo’lmasa hosilimizni yig’ib olaylik, bug’doylar boshoq tortib qoldi, xalq shunga ko’zini tikib turibdi, desa ham hokim rozi bo’lmadi”, deydi Suhrob Hakimov.

Uning aytishicha, ikki kundan keyin prokuror bilan ichki ishlar xodimlari kelib, aholidan tomorqadagi ekinlarni o’rib olishni, aks holda shunday ag’darib tashlashini aytgan:

Odamlar norozilik bildirsa, bu prezidentning qarori, kim prezidentga qarshi chiqadi, deb do’q urdi. Aholining endi bosh tortayotgan bug’doyu arpasi uvol bo’ldi. Odamlar hech bo’lmasa xashak bo’lar deb, ko’zlarida yosh bilan o’rib oldi. Keyin plug solib hammasini haydab tashlashdi”, deydi Suhrob Hakimov. [3].  Iqtibos tugadi.

Bu uch voqea bilan tanishib chiqib, mendagi birinchi taassurot nahotki, 21-asrda O’zbekistonda prezident tomonidan, hokimlar tomonidan tomorqa egalariga nisbatan, fermerlarga nisbatan shu darajada zo’ravonlik bo’ladimi-a!?.  Zero, Ozbekiston konstitutsiyasida mulk daxlsizligi kafolatlangan: [4].

53-modda

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

54-modda

Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.

55-modda

Yer, er osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Bu yerda mening fikrimcha ikkita nuqta bor, birinchisi huquqi buzilgan tomorqa egasi yoki fermer hokimlarning, prezidentning zo’ravonligi ustidan sudga murojaat qilishlari mumkin.  Qonun ustuvorligi hukmron bo’lgan mamlakatda mulkdorga yetkazilgan zarar qoplanadi, uning mulkiga tajovuz qilgan mansabdor shaxslar jazolanadi. Lekin, afsuski O’zbekistonda mustaqil sud tizimi yo’q, qonun ustuvorligi hukmron emas.

 Ikkinchi nuqta, O’zbekistonda yerlar asosan davlatga qarashli, shu sababli yerlarni davlat amaldorlari tasarruf qiladi, buning oqibatida tadbirkorlarning huquqlari muntazam ravishda poymol qilinib turiladi.

O’zbekistondagi iqtisodiy siyosatni 21-asrda qanday bo’lishini tasavvur qilish uchun The Heritage Foundation tashkilotining iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, 2018, mamlakatlarning o’rni (Index of economic freedom 2018, Country Rankings) ko’rib chiqamiz. [5].

 Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha mamlakatlarning o’rni 12 iqtisodiy erkinlik bilan aniqlangan.  12 iqtisodiy erkinlik 4 guruhga bo’lingan:

1.Qonun ustuvorligi (Rule of Law);

2.Hukumatning ulushi(Government Size);

3.O’yin qoidalarining samaradorligi (Regulatory Efficiency);

4.Ochiq bozorlar (Open Markets).

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 51.5 ball bilan 180ta mamlakatlar ichida 152-o’rinni egallagan.  O’zbekiston ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar guruhiga kiradi.

Shu yerda yana qo’shimcha qilib aytishni lozim topdimki, Qirg’iziston 62.8 ball bilan 78-o’rin, Qozog’iston esa 69.1 ball bilan 41-o’rin bilan mo’tadil erkin (Moderately Free) mamlakatlar qatoriga kiradi.  Shu yerda ham ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi Qozog’iston va Qirg’izistonga nisbatan o’ta abgor holatda.

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 1-o’rinni 90.2 ball bilan Gonkong (Honkong) egallagan.

Lekin Gonkong O’zbekiston vatandoshlariga uncha tanish bo’lmaganligi uchun O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichini AQShning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bilan taqqoslaymiz.

 AQSh 75.7 ball bilan 18-o’rinda.

1.AQShning mulk huquqi bo’yicha ko’rsatkichi (Property Rights) 79.3,

O’zbekistonniki esa 48.7;

2.AQSh hukumatning halolligi (Government Integrity) 71.9,

 O’zbekistonniki esa 24.2;

3.AQSh sud tizimining samaradorligi (Judicial Effectiveness) 76.9,

O’zbekistonniki esa 35.3; Sud tizimi ham abgor holatda.

4.AQSh savdo erkinligi (Trade Freedom) 86.7,

O’zbekistonniki esa 62.5;

5.AQSh investitsiya erkinligi (Investment Freedom) 85.0,

O’zbekistonniki esa 0.0; Eng abgor ko’rsatkich.

6.AQSh Moliyaviy Erkinlik (Financial Freedom) 80.0,

O’zbekistonniki esa 10.0.

Qolgan 6ta erkinlik ko’rsatkichlarini keltirib o’tirmayman, hoxlovchilar [5]dan qarab tanishib, o’rganishlari mumkin.

Yuqorida keltirilgan iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi ballari qanchalik yuqori bo’lsa shu mamlakatning iqtisodi erkinroq bo’ladi va mamlakat shunchalik farovon bo’ladi.

Xulosa shuki, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik darajasi juda past, aholining ko’p qismi qashshoqlikda yashaydi, millionlab O’zbekiston vatandoshlari mehnat muhojiri sifatida Rossiya, Qozog’iston, Janubiy Koreya, Turkiya va dunyoning ko’plab mamlakatlariga ish izlab ketganlar.

O’zbekiston vatandoshlari farovon yashashlari uchun O’zbekiston hokimiyati o’z vatandoshlariga iqtisodiy erkinlik berishi kerak.  Yerlarni O’zbekiston vatandoshlariga xususiy mulk sifatida bo’lib berishi kerak. O’zbekistonda xususiy mulkning ulushi 70-80 foizni tashkil qilishi kerak.  Lekin, afsuski, O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, viloyat va tuman hokimlarida iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik tushunchasi yo’q. Bu katta muammo.  Nima qilish kerak?

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

20-aprel, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Фарғонада терак “қирғини” томорқаларга етди. Терак ўрнига қалампир экиш буюрилди. 16.04.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/terak-qalampir-fargona-prezident-mirziyoyev-uzbek/29170583.html ).

2. Янгийўлда ҳоким фермер нўхатини ҳайдаттириб пахта эктирди. 17.04.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-miliciya-zoravonlik-hokim-nohat/29172651.html ).

3. Бухорода ҳоким аҳолининг бошоқлаётган буғдойини буздириб ташлади . 18.04.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/jondor-aholining-pishmagan-bugdoyi-buzib-tashlandi/29174855.html ).

4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

5. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).


O’zbekistonda ham Armanistondagiday rangli inqilob bo’ladimi?

$
0
0

2018-yilning 23-aprel kuni Serj Sargsyan Bosh vazir lavozimidan iste’fo berdi.  Serj Sargsyan iste’fosi Armanistonda ommaviy noroziliklarning boshlanganidan 11 kun keyin ro’y berdi.  Sargsyan 17-aprel kuni Armaniston parlamentida ko’pchilikni tashkil qilgan Respublikachilar partiyasi va ularning hamkori bo’lgan Dashnoqsutyun partiyasi qo’llab-quvvatlashi natijasida bosh vazir etib saylandi.

Sargsyan Bosh vazir bo’lib saylanmasidan oldin 10 yil Armanistonni prezident sifatida boshqargan edi. U 2015-yilda referendum yo’li bilan konstitutsiyaga o’zgartirish kiritib Armanistonni prezident boshqaruvidan parlament boshqaruviga o’tishga Armaniston fuqarolarining roziligini olgan edi va o’zining nomzodini qaytadan prezidentlik va Bosh vazir lavozimiga qo’ymaslikka va’da bergan edi.

 Konstitutsiyadagi o’zgartirishlarga ko’ra prezident vakolatlari kamaytirilib, bosh vazir vakolatlari ko’paytirirlgan edi. Lekin Serj Sargsyan o’z va’dasida turmadi, u o’z nomzodini Bosh vazirlikka qo’ydi. Serj Sargsyanning nomzodini Bosh vazirlikka qo’yishi bilan Armanistonda ommaviy noroziliklar boshlanib ketdi. Oxir oqibatda politsiyachilar, harbiylarning namoyishchilar tarafiga o’tib ketishi natijasida Serg Sargsyan iste’fo berishga majbur bo’ldi.[1,2] .

 Armanistonda rangli inqilob g’alaba qozondi, bironta odam halok bo’lmadi, hech qanday talon-tarojlikka yo’l qo’yilmadi. Ya’ni Armanistondagi rangli inqilob 2010-yilda Qirg’izistonda, 2014-yilda Ukrainada va “arab bahori” ro’y bergan arab mamlakatlari Suriya, Iroq, Liviya, Yaman, Misrdan farqli o’laroq qurbonlarsiz, talafotlarsiz, vayronagarchiliklarsiz ro’y berdi.

Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki, namoyishchilar lideri Nikol Pashinyan parlament deputati bo’lgan, Pashinyan parlament saylovlari kampaniyasi davrida Armaniston tumanlarida Serg Sargsyan yana qaytadan Bosh vazir yoki prezident lavozimiga nomzodini qo’ysa, Armaniston vatandoshlarini ommaviy norozilik namoyishlariga chiqishga targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borgan.  Ya’ni Armanistonda rangli inqilobni tinch yo’l bilan talafotlarsiz amalga oshishiga Nikol Pashinyan Elk koalitsion blokining, partiyasining parlamentda fraksiyasi borligi birinchi sabab bo’lsa, namoyishlarning ommaviyligi ikkinchi sabab va politsiyachi va harbiylarning namoyishchilar tarafiga o’tishi uchunchi sabab bo’ldi.[3].

Ko’pchilikda Armanistonda bo’lib o’tgan rangli inqilobning O’zbekistonga nima aloqasi bor degan istehzoli savol tug’ilishi mumkin. Chunki, O’zbekistonda Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida O’zbekistonni boshqarayotganiga hali ikki yil ham bo’lgani yo’qku, O’zbekistonda rangli inqilobga balo bormi?!

O’zbekistonda ham rangli inqilob bo’lishi mumkinligi haqida mening mulohozalarim.O’zbekiston tarixida xonliklar davrida ham, Chor Rossiyasi tarkibida bo’lgan davrda ham, SSSR davrida ham, mustaqil O’zbekiston davrida ham biron marta ham hokimiyat erkin, demokratik saylovlarda almashgan emas.  Shu sababli, O’zbekistonda hokimiyat faqat zo’ravonlik bilan, davlat to’ntarishi yo’li bilan amalga oshirilgan.

O’zbekistonda erkin, demokratik saylovlar bo’lmaganligi uchun O’zbekiston vatandoshlari o’zlari maqbul ko’rgan O’zbekiston vatandoshini yuqori lavozimlarga saylay olmaydi, buning natijasida kelajakda ommaviy noroziliklar kelib chiqishi mumkin.  Zero, O’zbekiston konstitutsiyasining 33-moddasida norozilik bildirish huquqi kafolatlangan.

33-modda.

Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

O’zbekistonda ommaviy norozilik namoyishlari yaqin tarixda ko’p marta bo’lib o’tgan.  Ommaviy norozilik namoyishlaridan to’rtta misol keltiraman:

1.Toshkentning Chuqursoyida bo’lib o’tgan miting.  Bu miting 1989-yilning 6-aprelida Toshkentning Chuqursoyida Birlik Xalq harakati tomonidan uyushtirilgan edi.  Mitingda bir necha ming kishi qatnashgan. Bu miting Rafiq Nishonov tomonidan ruxsat berilgan edi. Mitingda Birlik xalq harakatini ro’yxatga olish, namoyishlar o’tkazishga hukumat tomonidan to’sqinlik qilmaslik, Orol muammosi, o’zbek tiliga davlat maqomi berish va ekologik muammolar ko’tarilgan edi;

2. 1989-yilning sentyabr-oktyabr oylarida o’zbek tiliga davlat maqomi berish talabi bilan ko’plab ommaviy norozilik aktsiyalari o’tkazilgan edi.  Namoyishlarning eng ommaviysi Lenin maydonidan (Hozirgi Mustaqillik maydoni) talabalar shaharchasigacha namoyishchilarning katta magistral yo’l bo’ylab yurish qilib borishi edi.  Bu yurishda 50 mingcha namoyishchi qatnashgan edi. Bu namoyishni uyushtirgan Birlik xalq harakati rahbariyati o’sha paytlarda ikkiga bo’lingan bo’lsa ham, a’zolar bo’linishga ulgurmagan edi;

3. 1992-yilning 16-yanvarida talabalar noroziligi.  1991-yilning dekabrida Islom Karimov prezident etib saylandi.  Prezident saylovi davrida non, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari barqaror ushlab turildi, prezident saylovi bo’lib o’tgandan keyin esa, non, oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror ushlab turishni uddasidan chiqa olmadi.  Shu sababli 16-yanvarda talabalar shaharchasida non va oziq-ovqat mahsulotlarining keskin taqchilligi kelib chiqdi, buning natijasida talabalar ommaviy ko’chalarga chiqib ketdi. Hokimiyat vakillari talabalar bilan uchrashdi, uchrashuvda hokimiyat tomonidan talabalar ichiga kiritilgan ig’vogarlar(provakatorlar) tomonidan hokimiyat vakillariga toshlar otilgan va norozi talabalar militsiya tomonidan shafqatsiz do’pposlangan. Ikki talaba halok bo’lgan edi;

4. Andijon fojeasi.  Andijon qirg’ini. 2005-yilning 13-may kuni Andijon shahrida 10minglardan ko’p namoyishchilar qatnashgan miting bo’lib o’tdi.  Mitingdagi asosiy talab tadbirkorlarga hokimiyat tomonidan bo’layotgan adolatsizliklarga barham berish edi. Namoyishchilar o’qqa tutildi, minglab tinch namoyishchi halok bo’ldi.  Namoyishni uyushtirgan rahbarlar tomonidan katta bir xatoga yo’l qo’yilgan edi. Bir necha namoyishchilarning qo’lida qurol bo’lgan. Ular bu qurollarni o’zlarini himoya qilish uchun olgan.  Islom Karimov rejimi maxsus xizmatlar orqali namoyishchilarning rahbarlariga o’zlaringni faqat mudofaa qilishlaring uchun kerak deb ularni qurol bilan ta’minlashga erishgan edi.

Yuqoridagi to’rtta misoldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston hokimiyati norozilik namoyishchilari talablarini qisman bajarishi yoki ularning talablarini bajarmasdan namoyishchilarni shafqatsiz jazolash orqali O’zbekistonda tinchlik, barqarorlikni hozirgacha saqlashga muvaffaq bo’ldi.  Tinch namoyishchilarning talablarini bajarmasdan zo’ravonlarcha bostirish har doim ham muvaffaqiyatli bo’la olmaydi. Misol uchun qo’shni mamlakat Tojikistonda zo’ravonlarcha hokimiyat uchun kurash 1992-1997-yillar fuqarolar urushiga olib keldi. O’zbekistonda ommaviy noroziliklar kelib chiqishiga sabablar bisyor:  

1.Ishsizlik;

2.Qashshoqlik;

3.Maoshlarning kamligi;

4.Elektr energiyasi, suv, gaz taqchilligi;

5.Korruptsiya;

6.Ijtimoiy tengsizlik va hokazo.

Dunyoda aholi jon boshiga sotib olish pariteti (PPP- Purchasing Power Parity per capita) 16.000 AQSh dollari, O’zbekistonda esa 7.000. [4,5].

Shu ko’rsatkichning o’zi ham O’zbekistondagi iqtisodiy ahvolning o’ta nochorligini ko’rsatib turibdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu qiyin iqtisodiy-ijtimoiy ahvoldan chiqish uchun siyosiy-iqtisodiy islohotlar o’tkazishga majbur.

 Afsuski, marhum diktator Islom Karimov davrida O’zbekistonda o’rta sinf shakllanishi uchun, fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun sharoit yaratilmadi.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev ham O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik berish to’g’risida o’ylagani yo’q.  Iqtisodiy erkinlik bo’lmasa o’rta sinf shakllanmaydi, siyosiy erkinlik bo’lmasa fuqarolik jamiyati shakllanmaydi. O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy inqirozdan chiqa olmaydi.

 Lekin, Markaziy Osiyoga allaqachon iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik, demokratiya yetib borgan. Mo’g’ulistonda 1992-yildan beri demokratiya hukmron. Qirg’izistonda ham iqtisodiy erkinlik ham siyosiy erkinlik bor.  Qozog’istonda esa o’rta sinf oyoqqa turib olgan. Hattoki, qo’shni mamlakat Afg’onistonda ham nisbatan erkin, demokratik saylovlarda prezident, parlament hokimiyati almashishi ro’y berdi.

O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda rangli inqilob bo’lishiga ancha uzoq, lekin muqarrar.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

27-aprel, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Арманистонда нималар юз бермоқда? Ким ғалаба қозонди? Ҳокимиятга энди ким келади? 24.04.2018. ( http://www.bbc.com/uzbek/world-43881239 ).

2. Музокаралар бекор қилиниши ортидан Арманистонда намойишлар қайта бошланди. 25.04.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/%D0%B0%D1%86armaniston-inqilob-sargsyan-pashinyan/29191956.html ).

3. Человек, над которым смеялись. Как делается революция по-армянски. 25.04.2018. ( http://www.fergananews.com/articles/9916 ).

4. GDP per capita, PPP – World Bank Open Data – World Bank Group.2016.( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.PP.CD ).

5. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. ( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

O’zbekiston Turkiyadan nimani o’rgansa bo’ladi?

$
0
0

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’onning 1-may kunining ikkinchi yarmida O’zbekistonga qilgan uch kunlik davlat tashrifi yakunlandi.  [1].

Ozodlikdan iqtibos: Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’on safarining ““samarali va mazmunli” bo’lgani ta’kidlangan rasmiy bayonotga ko’ra, davlat rahbarlarining Ko’ksaroyda bo’lib o’tgan muzokaralari natijasida 25 ta hujjat imzolangan, Ekspomarkazda ikki mamlakat 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishgan”.

Turkiya prezidenti Buxorodan Janubiy Korea poytaxti Seulga uchib ketdi. Erdo’g’on va rafiqasini Buxoro xalqaro aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo’ydi. Iqtibos tugadi.

Yana Ozodlikdan iqtibos:”Birgalikda qilgan harakatlarimiz oqibatida 2018 yil boshiga kelib ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga o’sib, 1,5 milliard dollarlik ko’rsatkichga etdi. So’zsiz, bu qoniqarli ko’rsatkich emas. Maqsadimiz bu ko’rsatkichni 5 milliard dollarga etkazishdir”,-dedi Erdo’g’on.

 Iqtisodiy shartnomalardan tashqari O’zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashiga qo’shiladigan bo’ldi.

 Prezident Shavkat Mirziyoyevning ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o’tkazilgan brifingda bergan bayonotida shunday dedi: ““Muzokaralar xalqlarimiz o’rtasidagi azaliy do’stlik va qardoshlik an’analariga mos holda, ochiq, sermazmun va samarali bo’ldi. Hamkorligimizning bugungi holati xolisona baholanib, uning ustuvor yo’nalishlari va istiqboldagi vazifalari aniq belgilab olindi. Ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish bo’yicha kelishuvga erishildi”.

Turkiya deganda mening ko’z oldimga aholisi 81 million (O’zbekistonda 33 millionga yaqin), iqtisodi G20 (katta yigirma)ning 17-o’rinini egallagan, NATOga 1952-yildan beri a’zo bo’lgan mamlakat keladi.

 O’zbekiston Turkiyadan nimani o’rganishi mumkin degan savolga javob berish uchun O’zbekiston va Turkiyadagi inson huquqlari vaziyati va tadbirkorlik muhitining qiyosan ko’rsatkichlarini keltiraman:

1.O’zbekistonning yalpi ichki mahsuloti(PPP- Purchasing Power Parity) 222,792 million dollar, Turkiyada esa 2,132,717.[2].

2.Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti (PPP- Purchasing Power Parity per capita) 16ming AQSh dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000, Turkiyada 26.453. Shu ko’satkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan nihoyatda orqada, Turkiya esa nihoyatda oldinda. [3,4].

3.Majburiy mehnat.  Zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 4 foiz (aniqrog’i 3,973) bilan Shimoliy Koreyadan keyin 2-o’rinda,Turkiya esa 0.626 foiz bilan dunyoda 20-o’rinda.[5].

4.Korruptsiya. O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha (Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 davlati qatoriga kiradi,Turkiya esa 81-o’rinda. Bu yerda ko’rinib turibdiki, Turkiyada O’zbekistonga nisbatan korruptsiya darajasi ko’rsatkichi ancha kam.[6].

5.Iqtisodiy erkinlik.  O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha(Economic Freedom Index) 51.5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan(Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi. Turkiya esa 65.4 ball bilan 58-o’rinda, iqtisodi mo’tadil erkin (Moderately Free). Turkiyaning iqtisodi O’zbekistonnikiga qaraganda ancha erkinroq.[7].

6.Fuqaroviy va siyosiy huquqlar.  Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekistonning fuqaroviy va siyosiy huquqlar bo’yicha ko’rsatkichi 7 ball va dunyoning 10ta eng yomonlari qatorida.

Turkiyada esa 32 ball bo’lib qisman erkin mamlakatlar qatorida. O’zbekistonda ham Turkiyada ham matbuot, internet erkin emas.[8].

7.Tadbirkorlik muhiti (Doing Business).  Jahon Bankining tadbirkorlik muhiti ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston dunyoda 74-o’rinni egallaydi, Turkiya esa 60-o’rinda.[9].

8.O’zbekistonga xalqaro kredit reyting agentliklari: Standard & Poor’s, Fitch, va Moody’s tomonidan reyting berilmagan.  Bu reyting agentliklari Turkiyaga reyting bergan, shu jumladan Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga reyting bergan, lekin O’zbekistonga emas.[10,11].

Yuqoridagi inson huquqlari va biznes muhiti bo’yicha ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Turkiya darajasiga yetishi uchun o’z vatandoshlariga iqtisodiy erkinliklar, siyosiy erkinliklar berishi kerak, ya’ni O’zbekistonda o’rta sinf va fuqaroviy jamiyatning shakllanishi uchun sharoit yaratish kerak.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

4-may, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. LIVE BLOG: Эрдўғон уч кунлик давлат ташрифини Бухорода якунлаб¸ Сеулга учиб кетди. 01.05.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/uzbekiston-turkiya-davlat-tashrifi/29200271.html ).

2. List of countries by GDP (PPP). 2017. ( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP) ).

3. GDP per capita, PPP – World Bank Open Data – World Bank Group.2016.( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.PP.CD ).

4. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. ( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

5. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

6. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

7. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

8. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

9. The World Bank. Doing Business. 2018.

( http://www.doingbusiness.org/rankings ).

10. Big Three (credit rating agencies) .

( https://en.wikipedia.org/wiki/Credit_rating_agency ).

11. List of countries by credit rating.

( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_credit_rating ).

O’zbekistonni sovet davri tarbiyasini olgan rahbarlar boshqaryapti, 21-asr rahbarlari emas

$
0
0

2018-yilning 8-9-may kunlari Xotira va Qadrlash kuni oldingi yillarga nisbatan boshqacha nishonlandi, boshqacha nishonlanishdan oldin boshqacha tayyorgarlik ham ko’rilgan edi.

Ozodlikdan iqtibos: “Sovet davrida “birinchi o’zbek generali” deya nomi afsonaga aylantirilgan Sobir Rahimovning haykali o’zining 1981 yilda o’rnatilgan joyiga qaytarildi. Madaniyat vazirligi qoshidagi Yodgorliklarni saqlash boshqarmasi mulozimlarining Ozodlikka aytishicha, haykal 2010 yilning 6 yanvarida o’sha paytda Bosh vazir lavozimida ishlagan Shavkat Mirziyoyevning buyrug’i bilan olib tashlangan edi”.  Iqtibos tugadi.

Yana Ozodlikdan iqtibos: “Shuningdek, Toshkentdagi Yo’ldosh Oxunboboyev, Hamza Hakimzoda, Fayzulla Xo’jayev, Akmal Ikromov kabi davlat va adabiyot arboblariga qo’yilgan haykallar ham aynan Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir bo’lgan 2003-2016-yillar orasida demontaj qilingan. [1]. Iqtibos tugadi.

Samarqandlik haykaltarosh Nurmuhammad Qodirovning Ozodlik bilan 8-may kuni eslashicha, Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimi bo’lgan 2001 yildan to 2003 yilgacha o’tgan davrda shahar markazidagi bir nechta haykallar olib tashlangan:

-Registonda Abu Abdullo Rudakiyning to’la bo’yli granit haykali bor edi. Qayerga ketdi shu haykal-hech kim bilmaydi. Alisher Navoiy bilan Abdurahmon Jomiyning marmar haykali bor edi Registonda. Olib, boshqa joyga ko’chirishdi. Keyin umuman yo’q bo’lib ketdi. Bularning hammasi Shavkat Mirziyoyev hokim bo’lgan davrda bo’ldi. Yozuvchi Sadriddin Ayniy uy muzeyining vayrona ahvolga kelishi ham Shavkat Mirziyoyev Samarqandga hokim bo’lgan davrida yuz berdi”,- deydi haykaltarosh.  [1].

1999-yildan O’zbekistonda Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlab kelinayotgan 9-may 2018-yilga kelib, “Xotira va Qadrlash kuni hamda 2-jahon urushida qozonilgan g’alabaning 73 yilligiga, bayramga” aylandi.

Toshkent Botanika bog’i ichkarisida prezident ishtirokidagi maxsus tadbir qattiq xavfsizlik choralari ostida o’tkazildi va unga faqat taklif qilinganlargina qo’yildi. [2].

Prezident qatnashgan harbiylashgan shouda “Katyusha” aytilayotgan ayni paytda, Botanika bog’i ichkarisiga kirolmay, uning tashqarisida to’planganlar ham gitara jo’rligida “Katyusha” kuylashdi.

2018-yil 9-may kuni SSSRni qayta tiklash yo’lidagi madaniy-mafkuraviy tadbir sifatida ko’riladigan “O’lmas polk” aktsiyasi O’zbekiston poytaxti va boshqa shaharlarda bo’lib o’tdi.

Xususan, Georgiy lentasi va SSSR bayrog’ini ko’tarib chiqqan Toshkentdagi bu tadbir ishtirokchilari, “Birodarlik qabristoni”ga yurish qildi.

O’lmas polk”ka chiqqanlarning hammasi harbiy orkestr hamrohligida “Smuglyanka”ni kuylamoqda. Uraaaa!” deb xabar tarqatdi bu tadbir ishrokchilari.

9-may kuni Samarqand shahar markazidagi Universitet xiyobonidan “Motamsaro Ona” haykaliga harbiy yurish bo’lib o’tdi. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan o’tkazilgan orkestr sadolari ostida o’tgan bu tadbirda ko’ksiga Georgiy lentasi taqib, sovetcha harbiy kiyim kiydirilgan bog’cha bolalari ham qatnashdi. Hokim qatnashgan rasmiy tadbirga olib kelingan bolalarni bu tarzda kiyintirib, O’zbekiston uchun yot ramzlar taqish tashabbusi aynan qaysi idora va mutasaddilarga oid ekani Ozodlikka hozircha ma’lum emas.  [2].

9-may tadbirlaridan bir kun oldin 8-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent Botanika bog’ida o’tkazilgan tantanali marosimda urush va mehnat faxriylarini tabriklab ma’ruza qildi.  [3].

Men prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasini youtube orqali tomosha qildim.  U o’z ma’ruzasida O’zbekistonning o’sha paytda 1941-yilda 6,5 million aholisidan 1.5 millioni urushga ketgani, bu urushda yarim milliondan ko’p O’zbekistonliklar halok bo’lgani, O’zbekistonga ko’plab zavod va fabrikalar ko’chirib kelinganligi, SSSRning urush bo’layotgan hududlaridan O’zbekistonga evakuatsiya qilingan bir necha yuz minglab kishilarni qabul qilib olinganligi va yetim bolalarga alohida g’amxo’rlik qilingani to’g’risida gapirib o’tdi.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z ma’ruzasida Shomahmudovlar oilasining 14 yetim bolalarni asrab olinganligi to’g’risidagi jasoratni va ularga o’rnatilgan qahramonlik kompozitsiyasini, haykalini ilgari Xalqlar Do’stligi nomidagi maydonga qayta o’rnatilganligini adolatli to’g’ri ish qildik deb ta’kidladi.

Lekin meni hayron qoldirgan shu narsa bo’ldiki, prezident Shavkat Mirziyoyev Ulug’ Vatan urushi, 2-Jahon urushining keltirib chiqargan Molotov-Ribbentrop pakti (23.08.1939), Hitler va Stalinning dunyoni bo’lib olish to’g’risidagi yashirin rejalari, amaliyotlari natijasi ekanligi haqida lom-mim demadi. [4].

 9-may paradlarida Georgiyev tasmalari (lentalari)ning taqib olinishi, SSSRga tegishli gimn va harbiy qo’shiqlarning aytiliishi O’zbekistonning Chor Rossiyasi va SSSRdek imperiyaga tegishli ekanligi to’g’risida ham hech qanday fikr bildirmadi. [3].

Ko’pchilikka ma’lumki, mustaqil O’zbekiston SSSR degan imperiyadan bolalar mehnati, majburiy mehnat, korruptsiya, davlat repressiyalari, terrori, qiynoqlar, Orol fojeasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilmaslik kabi illatlarni meros qilib olgan edi.

O’zbekistonning mustaqil bo’lganiga 27 yil o’tgan bo’lsada, majburiy mehnatga hanuz barham berilgani yo’q.

1.Majburiy mehnat.  O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda Shimoliy Koreyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi.[5].

2.Korruptsiya.  O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[6].

3.Iqtisodiy erkinlik.  O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[7].

4.Fuqaroviy va siyosiy huquqlar.  Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[8].

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, prezident Shavkat Mirziyoyev SSSRdek imperiyadagi illatlar haqida, undan mustaqil O’zbekistonga meros bo’lgan illatlar haqida lom-mim demasdan  SSSRga qaytish qilayotgandek. Yana Shavkat Mirziyoyev Kamolotni Yoshlar ittifoqiga aylantirdi, Islom Karimovning Kamoloti SSSR komsomolining merosxo’ri edi. SSSRning, O’zbekistonning komsomoli, Islom Karimovning Kamoloti  bolalar mehnati, majburiy mehnatga, Orol fojeasiga, korruptsiyaga, inson huquqlari va erkinliklarining oyoq osti qilinishiga ko’z yumgan edi.Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar Ittifoqi ham ko’z yummoqda.

 Yana prezident Shavkat Mirziyoyev islom dinini ham o’zining siyosiy maqsadlarida ishlatyapti.  Chunki, kommunistik mafkuraga O’zbekiston fuqarolari ishonmay qo’ygan.

Umuman postsovet respublikalari Rossiya, Belorussiya, Qozog’iston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston va shu jumladan, O’zbekiston 27 yil davomida erkin-demokratik jamiyat qura olmadi.

Bu mamlakatlarning siyosiy elitasi ijtimoiy,iqtisodiy muammolar, korruptsiya, ishsizlik, maoshlarning kamligi va hokazolardan chalg’itish maqsadida din va SSSRning “yutuq”,”tajribalaridan” foydalana boshladi.

Boshqacha aytganda, bu mamlakatlarning siyosiy elitasi mamlakatni 21-asrga mos boshqarishni bilmagani uchun 19-20-asr boshqaruvi usulidan foydalanayapti.

Shu yerda O’zbekiston fuqarolik jamiyatining faol vakillaridan uch kishining fikrlarini keltirmoqchiman:  

Kinohujjatchi Abdulaziz Mahmudov, haykallarning qaytarilishi “Sovet simvolikasi va kommunizm ritorikasining qayta tirilishi” deya baholadi:

– Sovet davri haykallarining qaytarilishi puxta o’ylanmagan qarordir. Sovet simvolikasi va kommunizm ritorikasining tirilishi biz uchun xayrli ish emas. Mirziyoyev Sobir Rahimov va boshqa haykallarni qaytarish qarorini o’z maslahatchilari gapiga kirib qabul qilgan deb bilaman. Bu maslahatchilar ko’proq rus g’oyalarini, rus tadbirlarini qo’llaydiganlar, Rossiya bilan, Kreml bilan qalin bo’lishni istaganlar Mirziyoyevning qulog’ini sovet ritorikasi bilan to’ldiryapti,-deydi Mahmudov.  [1].

O’zbekiston demokratik tashabbus guruhi” asoschisi Iskandar Xudoyberganov: “Bizning ota-bobolarimizni qilichdan o’tkazgan rus harbiylariga berilgan oliy unvonning rasmiy tadbirlarda bemalol taqib yurilishi, SSSR bayroqlarining mustaqil O’zbekiston ko’chalarida yana bemalol ko’talishi nafaqat xunuk, balki xavfli hodisadir. Agar yuqoridagilar, buni o’yin deb o’ylashayotgan bo’lsa, ular o’t bilan o’ynashayapti. Putin Rossiya imperiyasini u yoki bu shaklda tiklashni o’z asosiy maqsadi qilib belgilagan va Gruziya va Ukrainadagi qonli voqealar uning bu maqsad yo’lida muttasil ish olib borilayotganligini ko’rsatdi. Xalq, afsuski, tarixni bilmaydi, kim qayoqqa etaklasa,ketaveradi. Lekin bu xalqqa yo’lboshchilik qilayotganlar, ketayotgan bu yo’lning mustaqil davlatchilik uchun tahdidli ekanini anglashi va shunga qarab, siyosat yurgizishi kerak”.  [2].

Mustaqil jurnalist Ulug’bek Bakir: “Har kim o’z ishini bilib qilishi kerak! Tarixchi tarixchiligini, siyosatchi siyosatchiligini, oshpaz oshpazligini, Tarixchi oshpazga ovqat pishirishni o’rgatmagani kabi siyosatchilar ham tarixchilar ishiga aralashmasligi kerak.

Shundagina biz millat bo’lamiz,el bo’lamiz, xalq bo’lamiz!

Bo’lmasa, yana quruq aravani har kim har tomonga olib qochavaradi. [9].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

11-may, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бош вазир Мирзиëев олиб ташлаган ҳайкалларни президент Мирзиёев жойига қайтарди. 08.05.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-mirziyoev/29215414.html ).

2. Хотира ва Қадрлаш куни ëнига расман Ғалаба байрами атамаси ҳам қўшилди (ВИДЕО). 09.05.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/xotira-va-qadrlash-galaba-bayrami-president-georgiy-lentasi/29216929.html ).

3. ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ УРУШ ВА МЕҲНАТ ФАХРИЙЛАРИНИ ТАБРИКЛАДИ. 08.05.2018. ( https://www.youtube.com/watch?v=nIghpRLOxbs ).

4. Договор о ненападении между Германией и Советским Союзом. 23.08.1939. ( https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%94%D0%BE%D0%B3%D0%BE%D0%B2%D0%BE%D1%80_%D0%BE_%D0%BD%D0%B5%D0%BD%D0%B0%D0%BF%D0%B0%D0%B4%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D0%B8_%D0%BC%D0%B5%D0%B6%D0%B4%D1%83_%D0%93%D0%B5%D1%80%D0%BC%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D0%B5%D0%B9_%D0%B8_%D0%A1%D0%BE%D0%B2%D0%B5%D1%82%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%BC_%D0%A1%D0%BE%D1%8E%D0%B7%D0%BE%D0%BC ).

5. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

6. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

7. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

8. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

9. OzodBlog: “Катюша”дан “Боже, Царя храни!”гами? 09.05.2018.

( https://www.ozodlik.org/a/29217000.html ).

Prezident Shavkat Mirziyoyev qanday qilib AQShga rasmiy tashrif bilan borishga erishdi?

$
0
0

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 15, 16,17-may kunlari AQShda rasmiy davlat tashrifi bilan bo’ldi.  [1].

Ushbu  rasmiy tashrifning qanday qilib amalga oshirishda zarur, muhim ishlar qilinganini tushunish uchun O’zbekistondagi va AQShdagi inson huquqlari vaziyati va tadbirkorlik muhitining qiyosan ko’rsatkichlarini keltiraman:

1.AQSh deganda mening ko’z oldimga aholisi 323,9 million(O’zbekistonda 33 millionga yaqin), iqtisodi G20(katta yigirmaning) 1-o’rinini egallagan, NATOning yetakchisi bo’lgan iqtisodiy, moliyaviy va harbiy jihatdan dunyoning eng qudratli mamlakati keladi;

2.O’zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (PPP- Purchasing Power Parity) 222,792 million dollar, AQSHda esa 19,390,600.[2];

3.Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti (PPP- Purchasing Power Parity per capita) 16ming AQSh dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000, AQSHda 59,495. Shu ko’satkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan nihoyatda orqada, AQSH esa nihoyatda oldinda. [3,4];

4.Majburiy mehnat.  Zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 4 foiz (aniqrog’i 3,973) bilan Shimoliy Koreyadan keyin 2-o’rinda, AQSH esa 0.018 foiz bilan dunyoda 52-o’rinda.[5];

5.Korruptsiya. O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha (Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 davlati qatoriga kiradi, AQSH esa 16-o’rinda. Bu yerda ko’rinib turibdiki, AQSHda O’zbekistonga nisbatan korruptsiya darajasi ko’rsatkichi juda kam.[6];

6.Iqtisodiy erkinlik.  O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha(Economic Freedom Index) 51.5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan(Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.

AQSH esa 75.7 ball bilan 18-o’rinda, iqtisodi ko’proq erkin (Mostly Free). AQSHning iqtisodi O’zbekistonnikiga qaraganda ancha erkin.[7];

7.Fuqaroviy va siyosiy huquqlar.  Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekistonning fuqaroviy va siyosiy huquqlar bo’yicha ko’rsatkichi 7 ball va dunyoning 10ta eng yomonlari qatorida.

AQSHda esa 86 ball bo’lib erkin mamlakatlar qatorida. O’zbekistonda matbuot, internet erkin emas. AQSHda esa matbuot, internet erkin.[8];

8.Tadbirkorlik muhiti (Doing Business).  Jahon Bankining tadbirkorlik muhiti ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston dunyoda 74-o’rinni egallaydi, AQSH esa 6-o’rinda.[9];

9.O’zbekistonga xalqaro kredit reyting agentliklari: Standard & Poor’s, Fitch, va Moody’s tomonidan reyting berilmagan.  Bu reyting agentliklari AQSHga reyting bergan, shu jumladan Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga reyting bergan, lekin O’zbekistonga emas.[10,11].

Yuqoridagi inson huquqlari va biznes muhiti bo’yicha ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekistondagi inson huquqlari vaziyati va iqtisodiy erkinlik o’ta abgor holatda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrif bilan borishiga ikki geopolitik omil katta rol o’ynadi.

1. Birinchi geopolitik omil bu Afg’onistondir. AQSh Afg’onistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun O’zbekistonning yordamiga muhtoj.

2.Ikkinchi geopolitik omil Rossiya, Ukrainadir.

AQSh Rossiyaning Qrimni anneksiya qilib olishi munosabati bilan sanksiyalar kiritgan edi.  AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlarining va shu jumladan O’zbekistonning ham hayrixohligiga umidvor.

3. Prezident Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari ahvoli abgor bo’lgan holatda AQShga rasmiy tashrif bilan bora olmas edi.  Chunki, AQShda fuqarolik jamiyati nihoyatda kuchli. AQSh soliq to’lovchilari AQSh prezidenti Donald Trampning ularning pullarini inson huquqlari abgor bo’lgan O’zbekistondek mamlakat uchun sarflashini hoxlashmaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistondagi inson huquqlari vaziyatining abgor holatini yaxshilash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirdi.(Albatta bu sanalgan misolllar to’liq emas).

1.Siyosiy mahbus Faxriddin Tillayev ozod qilindi.  Hammasi bo’lib eng kamida 28 huquqbonlar, jurnalistlar, siyosiy faollar ozod qilindi;

2.Maktab o’qituvchilarini, shifokorlarni, talabalarni majburiy mehnatga jalb qilish “favqulodda holat” deb e’lon qilindi.  Majburiy mehnatga yo’l qo’ygan amaldorlarni qattiq jazolanishi ta’kidlandi;

3.Jamoatchilik nazorati to’g’risidagi qonun qabul qilindi.  Human Rights Watch tashkilotiga O’zbekistonda faoliyat yuritish uchun ruxsat berildi.  Amerika Ovozi muxbiri Navbahor Imomova O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tdi;

4.BMTning inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari Zayd Raad al Husaynning 2017-yilning 10-may kuni O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.[12];

5.BMTning din va e’tiqod bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shaxid O’zbekiston hokimiyatining taklifi bilan O’zbekistonda 2017 yilning oktyabr oyida 10 kunlik rasmiy safarda bo’ldi.[13];

6.O’zbekistondagi inson huquqlari vaziyatining abgor holatini yaxshilash uchun men keltirgan misollardan tashqari ham ko’p ishlar qilindi.  Yana shuni qo’shimcha qilishni lozim topdim, Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 may kuni O’zbekistonga amaliy safar bilan borgan AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo’mondonligi qo’mondoni general Jozef Votelni qabul qildi. [14].

Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan, AQSH rasmiylari bilan muzokaralari juda samarali bo’ldi.

Amerika ovozidan iqtibos: “Amerika O’zbekistonda siyosiy mahbuslar ozod etilishini yuqori baholaydi, majburiy mehnat va qiynoqlar singari og’ir muammolarni bartaraf etish uchun qonuniy va amaliy choralar ko’rilmoqda.

Inson huquqlari, jumladan diniy erkinlik va matbuot erkinligi bobida oldinga qadamlar tashlanmoqda, deya ta’kidlanadi qo’shma bayonotda. “Amerika Ovozi” jurnalisti Navbahor Imomova yaqinda O’zbekistondan axborot uzatish uchun akkreditatsiya olgani bayonotda alohida tilga olinib, progress sifatida baholangan.

Amerikadan ta’lim sohasida yordam oshishi kutilmoqda, jumladan ingliz tilini o’rganish, huquqshunoslik va jurnalistika yo’nalishida.

O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari orasida 4,8 milliard dollarga teng 20 dan ortiq yirik shartnoma imzolangan.

Vashington O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini quvvatlaydi. Respublika o‘z savdo rejimini tashkilot normalariga moslashi kerak. Bu degani tizim liberallashadi, deydi rasmiylar. Iqtibos tugadi. [15].

Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi tarixiy deb baholandi.  Men bu rasmiy tashrifni qachonki tarixiy deb baholayman?! Qachonki, O’zbekiston vatandoshlarining fuqaroviy va siyosiy huquqlari, iqtisodiy erkinliklari hurmat qilinsa.  Qachonki O’zbekistonda baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilsa.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

18-may, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. AQSh-O’zbekiston: Strategik hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda. 16.05.2018. ( https://www.amerikaovozi.com/a/4397130.html ).

2. List of countries by GDP (PPP). 2017. ( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP) ).

3. GDP per capita, PPP – World Bank Open Data – World Bank Group.2016.( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.PP.CD ).

4. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. ( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

5. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

6. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

7. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

8. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

9. The World Bank. Doing Business. 2018.

( http://www.doingbusiness.org/rankings ).

10. Big Three (credit rating agencies) .

( https://en.wikipedia.org/wiki/Credit_rating_agency ).

11. List of countries by credit rating.

( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_credit_rating ).

12. БМТ Инсон ҳақлари бўйича Олий комиссари тарихда илк бор Тошкентга борди. 10.05.2017. ( https://www.ozodlik.org/a/28478324.html ).

13. “Ўзбекистонда диний эркинлик ҳаддан зиёд чекланган”. 13.10.2017.

( http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41600518 ).

14. Вашингтон сафари олдидан Мирзиёев АҚШ Қуролли Кучлари қўмондонини қабул қилди. 13.05.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29223940.html ).

15. Prezident Mirziyoyevning AQSh safari yakunlandi. 18.05.2018. (https://www.amerikaovozi.com/a/4398821.html ).

O’zbekistonda majburiy mehnatga barham beriladimi yoki o’yin yana davom etadimi?

$
0
0

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 15, 16,17-may kunlari rasmiy tashrif bilan AQShda bo’ldi.  Prezidentning AQShga rasmiy tashrifi oldidan O’zbekistonda inson huquqlari vaziyatining va tadbirkorlik muhitini yaxshilash uchun ko’p chora tadbirlar ko’rilgan edi.  Men bu haqda “ Prezident Shavkat Mirziyoyev qanday qilib AQShga rasmiy tashrif bilan borishga erishdi”?degan maqolam va shu nomdagi youtubedagi videoda o’z fikrlarimni bayon etgan edim.  [1,2].

Bu safar faqat O’zbekistondagi majburiy mehnat bo’yicha to’xtalmoqchiman. Quyida majburiy mehnat bo’yicha menga ma’lum bo’lgan ko’rilgan chora tadbirlardan misollar keltiraman:

1.AQSh O’zbekistonni qo’llab quvvatlaydi. Amerika ovozidan iqtibos: “ Amerika O’zbekistonda siyosiy mahbuslar ozod etilishini yuqori baholaydi, majburiy mehnat va qiynoqlar singari og’ir muammolarni bartaraf etish uchun qonuniy va amaliy choralar ko’rilmoqda”. Iqtibos tugadi.[3].

2.O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori.  Ozodlikdan iqtibos: “O’zbek rasmiylari mamlakatda inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to’liq barham berishga doir qo’shimcha chora tadbirlarni amalga oshirmoqchilar.

Bu muddao O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10 may kuni qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 349-sonli qarorida o’z ifodasini topgan.

Mazkur qaror O’zbekiston Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlangani, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish, biron-bir jazo qo’llanishi bilan qo’rqitgan holda ishlarni bajarishga majburlashni taqiqlovchi normalar mustahkamlanganini e’tiborga olgan holda qabul qilingani urg’ulanmoqda.

Qarorning amalga oshirilishi yuzasidan hokimliklar, prokuratura, Bandlik va mehnat munosobatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Adliya vazirligiga tegishli topshiriqlar berilgan”.  Iqtibos tugadi. [4].

3.Sog’liqni Saqlash Vazirligida maxsus komissiyalar tuzilishi.

Yana Ozodlikdan iqtibos: “Sog’liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarida xodimlarning majburiy mehnatga jalb etilishiga yo’l qo’ymaslik uchun maxsus komissiyalar tuzilishini ma’lum qildi.

Vazirlikka tayanib Gazeta.uz saytining xabar qilishicha, vazir Alisher Shodmonov Bosh vazir Abdulla Aripov bilan o’tgan videoselektor yig’ilishidan so’ng topshiriq bergan.

Rasmiy xabarga ko’ra, komissiyalar doimiy ravishda ishlaydi va shifokorlar, hamshiralarning dala, kommunal va obodonchilik ishlariga ish haqisiz jalb qilinishi hollarini nazorat qiladi.

Bundan buyon sog’liqni saqlash sohasining birorta xodimi jamoatchilik ishlariga jalb qilinmaydi. O’z-o’zini aldash, ko’zbo’yamachilik bilan bir-ikki kun kechirish mumkin, ammo bu bilan kelajakni qurib bo’lmaydi”, deya iqtibos keltiradi nashr vazir Alisher Shodmonovdan.  [5].

4.Vazirlar mahkamasida yig’ilish.  Ozodlikdan iqtibos: “17-aprel kuni (2018- izoh meniki) Vazirlar mahkamasida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yig’ilish bo’lib o’tgan edi.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan majburiy mehnatga qarshi kampaniya doirasida o’tkazilgan yig’ilishda Bosh vazir bu borada sodir etilgan qonunbuzarliklarni sanadi.

Shu yig’ilishda o’qituvchi va shifokorlarning majburiy mehnatga jalb etilayotganini yashirgani uchun xalq ta’limi vaziri Ulug’bek Inoyatov va sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan e’lon qilingandi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev qat’iy ogohlantirilgan, Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jo’rayev hayfsan olgan edi. Xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari ham intizomiy jazoga tortilgan. [5].

5.Diana Yenikyeyevaning o’limi bo’yicha amaldorlarga ko’rilgan choralar.  Sud qarori.

Ozodlikdan iqtibos: “Maktubda aytilishicha, Diana Yenikyeyevaning fojeali o’limi bo’yicha O’zbekiston Jkning 266-moddasi, 2-qismi asosida 14 mart kuni qo’zg’atilgan jinoyat ishi surishtiruvi tugab, 29 mart kuni ish sudga oshirilgan.

Surishtiruv natijasida “obodonlashtirish ishlarini o’tkazishda yo’l qo’ygan kamchiliklari uchun” Kattaqo’rg’on tumani Xalq ta’limi bo’limi mudiri Jumanazarov A., 42-maktab direktori Boltayeva N, ishdan olingan, maktab direktori o’rinbosari Mamatov X.ga hayfsan e’lon qilingan.

Shuningdek, viloyat prokurori javob xatida Dianani urib yuborgani uchun JKning 266-moddasi,2-qismida ayblangan haydovchining ishi sudga oshirilgani aytilgan.

Jkning 266-moddasi,2-qismida transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish o’lim holati bilan tugashi ko’zda tutilgan va aybi isbotlansa, haydovchi 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin”. Iqtibos tugadi.[6].

Yana Ozodlikdan iqtibos:”14 mart kuni ko‘cha tozalashga chiqarilgan 23 yoshli Diana Yenikyeyevani urib ketgan yuk mashinasi haydovchisi Akram Elmurodov Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi hukmi bilan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) da ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 6 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Diana o‘limiga sabab bo‘lgan halokat aybdori¸ shuningdek¸ uch yil davomida transport vositasini boshqarish haqqidan ham mahrum etildi. [7].

Gazeta.uz nashrining yozishicha¸ Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Musaxon Muzafffarov va Kattaqo‘rg‘on tuman Xalq ta’limi bo‘limi rahbari Alisher Jumanazarovlar Jinoyat Kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) da ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va ikki yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan. Sud hukmiga ko‘ra¸ ikkala sobiq mas’ul o‘z ish haqining 20 foizini davlatga to‘laydi va ularning bir yil davomida rahbarlik lavozimiga tayinlanishi taqiqlanadi”. Iqtibos tugadi.[7].

Majburiy mehnat bo’yicha chora tadbirlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga rasmiy safaridan keyingi amaliyoti bo’yicha uchta misol:

1.Prezidentning Andijonga tashrifi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga rasmiy safardan qaytib kelganidan keyin 19-may kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

 Ozodlikdan iqtibos: “Prezident tashrifi bilan bog’liq vaziyatdan xabardor andijonlik mulozimning Ozodlikka aytishicha, 19 may kuni Andijon shahrida maktablar o’qituvchilari prezident borishi rejalangan qishloqlarga jo’natilgan.

Masalan, 15,4,3-maktablar Ulug’nor tumaniga jo’natildi. Ular Ulug’norda prezident boradigan joylarda aholini ko’chaga chiqarmasdan ushlab turishadi. Bugun soat 20:00da Ulug’norda prezident yig’ilish o’tkazadi. Prezident o’sha yerda video selektor qilishi rejalashtirilgan. Andijon shahridagi selektor ishtirokchilari faqat ayollar bo’lishi mumkin.Chunki erkaklar kelishini bekor otmen (bekor) qilishdi. Hozircha sababi ma’lum emas, dedi andijonlik mulozim”.  Iqtibos tugadi. [8].

Yana ozodlikdan iqtibos: “Andijondan olingan ma’lumotga ko’ra, prezident tashrifi bois huquq-tartibot idoralari 19-may kuni Ertalab soat 4dan “oyoqqa turgan”.

Soat to’rtda aeroportda razvod bo’ldi. Yo’llarda harakatlanish to’htadi. Xuddi Karimovni kutib olishga o’xshagan vaziyat. Yo’llar to’silgan. Katta ko’chalarga katta mashinalar qo’yilib,to’sildi. Har yuz metrga militsiya va soliq xodimlari ikkitadan tashlangan. Hammamiz grajdanskiy kiyimda turibmiz”, dedi o’zi bevosita ushbu tadbirlarda ishtirok etayotgan huquq-tartibot idorasi xodimi”.  Iqtibos tugadi. [8].

2.Azamat Umarov, ko’cha supurtirish.  

Ozodlikdan iqtibos: “Prezident Mirziyoyevning Samarqand safari arafasida ko’cha tozalashga majburlangan 23 yashar kattaqo’rg’onlik o’qituvchining 14 mart kungi fojiali o’limi ortidan Azamat Umarov viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rahbari lavozimidan bo’shatilgan edi.

Ozodlikka ma’lum bo’lishicha, Umarov 18 may kuni Samarqand shahridagi 62-sonli maktab-internatga direktor etib tayinlangan va darhol o’qituvchilarni yana obodonlashtirishga haydagan. Samarqand shahridagi 62-sonli aqliy imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatining ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan o’qituvchilardan biri yangi tayinlangan direktor Azamat Umarov ishga chiqishi bilan hammani ko’cha tozalashga majburlanganini aytadi:

-Yangi direktor o’sha kunning o’zida (18 may kuni) yig’ilish o’tkazib, shanba, yakshanba kunlari hamma o’qituvchi, tarbiyachi, ishchi xodimlarni obodonlashtirish, ko’cha tozalash ishlariga kelishga majbur qildi. Ko’pchilik yosh bolali xodimlar, bolasini yetaklab ertalabdan maktab internatiga kelishga majbur bo’ldi”,- deydi 62-son maktab-internati o’qituvchisi”.  Iqtibos tugadi. [9].

Ozodlikning bu xabaridan voqib bo’lgan Samarqand viloyati rahbariyati darhol Azamat Umarovni ishdan bo’shatgan. Juda tez chora ko’rildan.

Ozodlikdan iqtibos:”Samarqand viloyatidagi 62-sonli maxsus maktab-internatga 18 may kuni direktor etib tayinlangan Azamat Umarov o‘qituvchilarni shanba va yakshanba kunlari majburiy mehnatga jalb qilgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Ozodlikka Samarqand Xalq ta’limi boshqarmasi mulozimi ma’lum qildi. Umarovning ishdan olinishi uning o‘qituvchilarni ko‘cha tozalashga majburlagani haqdagi 22 may kungi Ozodlik xabari ortidan ro‘y berdi”.Iqtibos tugadi.[10].

3.Obodonlashtirishdagi “o’lik jonlar”ga yozilayotgan oylik.

Ozodlikdan iqtibos: “Men – Ulbeke Gulmanova, Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumani TTZ-1 dahasi, 26-uy, 42-xonadonda istiqomad qilaman, 2001 yildan beri Toshkent shahri Obodonlashtirish boshqarmasining sun’iy inshootlardan foydalanish va ularni saqlashga ixtisoslashtirilgan bo’limida farrosh bo’lib ishlab kelaman.

Men Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlardan ruhlanib, tizimda davlat pulini o’zlashtirish bilan bog’liq holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga qayta-qayta murojaat yo’lladim, ammo shikoyatlarimga e’tibor bermasdan men ayblayotgan kimsalarning yolg’on axboroti asosida rad javobi berilmoqda. Shu bois men davlatimiz rahbariga “Sizdan telegram” rukni orqali murojaat qilmoqdaman.

TTZ zavodi oldida ikkita tunnel bor, ularni ozoda saqlash bizning zimmamizda. Kadrlar bo’limidan shuni bildimki, ikkita tunnel ozodaligini saqlash uchun 6 nafar farroshga buyruq chiqarilgan. Ammo amalda ikkita tunnelni 2 kishi-men va sherigim supirib-sidirib, tozalaymiz. Sherigim tug’ruq ta’tiliga chiqqach, ikkala tunnelni tozalashni mening zimmamga yuklab qo’yishdi. Vaqtinchalik bo’lsa-da, qo’shimcha odam olishni xohlashmadi. Natijada men kasal bo’lib qoldim. Kasal bo’lganimdan norozi bo’lgan rahbariyat esa ishdan bo’shashimni talab qildi. ”Ustlaringdan ariza yozaman”, desam, rahbarim Yunus Muhamedov “Tanishlarim orqali yo’q qilib yuboraman” deb tahdid qildi. Avvaliga norasida qizimni o’ylab qo’rqib yurdim, endi kasalmand bo’lib qolganimdan keyin bor haqiqatni yozmoqdaman.

Yuqorida aytganimdek, rasman 6 kishi ishlashi ko’zda tutilgan joyda amalda faqat ikki kishi mehnat qiladi. Qog’ozda yana to’rt nafar farrosh rasmiylashtirilgan va ularning maoshini kimlardir o’zlashtirib kelmoqda.

Men “o’lik jonlar” kim ekani, ya’ni soxta ishga rasmiylashtirilganlarni aniq bilaman va maktubimdagi da’volarimni isbotlab bera olaman.

Obodonlashtirish tizimidagi qonunbuzarliklar adolatli tekshirilishi, davlat mablag’larini o’zlashtirish uchun jazo muqarrarligi ta’minlanishi, menga nisbatan qilingan haqsiz munosobatga barham berilishini talab qilaman”.  Iqtibos tugadi. [11].

4.Obodonlashtirishga 714 milliard ajratilgan, necha milliard sarflangan?

Ozodlikdan iqtibos: “Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda majburiy mehnatning oldini olishning moliyaviy asoslari ham mavjud. Kun.uz sayti ma’lumotiga qaraganda, 2018 yili ishsiz aholini jamoat ishlariga jalb qilish maqsadida 714 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu pulning 84 milliard so‘mi Farg‘ona viloyatiga ajratilganini, undan faqat 5 milliardi o‘zlashtirilganini viloyat hokimi o‘zining yuqorida keltirganimiz “tavba-tazarrusida” tan oldi.

Abdulla Aripov pul to‘g‘risida:

Shuncha pul bor edi. Birinchi chorakda salkam 150 milliard pul ajratilgandi. Bor yo‘g‘i 40 milliard so‘m ishlatilgan. Bu hududlardagi ko‘p hokimlar hujjatlarni to‘g‘ri o‘qishni bilmasligi, yoki prezident yaratib berayotgan imkoniyatlardan foydalana olmasligiga yaqqol namuna». Iqtibos tugadi.[12].

Oxirgi ikki misol majburiy mehnat bilan korruptsiya o’rtasidagi bog’liqlikka yorqin misollardir.  Bu ikki misol O’zbekistondagi amaldorlar majburiy mehnatdan nima uchun voz kechishni hoxlamayotganliklarining sababini, ildizini ko’rsatadi.

Majburiy mehnatga barham berishning qog’ozda,og’izda va amaliyoti o’rtasidagi katta farq 2017-yilda ko’rilgan edi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida qilgan nutqida O’zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish haqida shunday degan edi.

Nutqdan iqtibos: “ Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rildi”. Iqtibos tugadi. [13].Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMTda minbarga chiqishidan keyin talabalar,o’qituvchilar, shifokorlar paxta maydonlaridan chaqirilib olingan edi.

Bir haftalar o’tmasdan ommaviy paxtaga majburiy safarvarlik boshlangan edi.

Ozodlikdan iqtibos: “Bunga misol, Andijon, Namangan, Farg’ona va Surxondaryo viloyatlaridagi O’zbekiston vatandoshlari birinchi marta poezdlarda Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm , Jizzah va Toshkent viloyatlariga paxta terimiga majburan jo’natildi.

Ozodlik radiosi 2017 yil paxta terish mavsumida Farg’ona viloyatidan qariyb 17 ming, Namangan viloyatidan 1900 va Surxondaryo viloyatidan 14 900 nafar hasharchi paxta terish uchun ixtiyoriy majburiy tarzda Qoraqalpog’iston, Xorazm, Jizzah viloyatlariga maxsus poezdlarda yuborilgani, Toshkent viloyat paxtazorlarida esa Andijondan olib kelingan xasharchilar paxta terayotgani haqida xabarlarni tarqatgan edi”. Iqtibos tugadi.[14].

Men buni oldin ko’p aytganman, yana eslatib o’tmoqchiman O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha Shimoliy Koreyadan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Dunyoning beshta mamlakati Hindiston, Xitoy, Pokiston, Bangladesh va O’zbekistonda zamonaviy qullar dunyo bo’yicha qullarning 58 foizni tashkil qiladi.  2016-yilda O’zbekistonda zamonaviy qullar soni 1.236.600 kishini tashkil qilgan va bu aholining 3.973 foizini, ya’ni qariyb 4 foizni tashkil qiladi. [15].

 Bu O’zbekiston uchun uyat, sharmandalik. Biroq, O’zbekistonda korruptsioner va maddohlar hukmron. Korruptsioner, maddohlarda uyat, sharmandalik hissi yo’q.

Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda majburiy mehnatga barham berish qog’ozda, og’izda amalga oshirilib bo’ldi.  Lekin, amalda amalga oshishiga menda katta shubha bor.

Chunki, O’zbekistonda har yili konstititsiya kuni nishonlanadi, lekin konstitutsiya ishlamaydi, O’zbekistonda konstitutsion sud bor, lekin bu sud majburiy mehnat bo’yicha qilinayotgan jinoyatlarni ko’rmaydi. O’zbekiston vatandoshlarining huquqlari oyoq osti qilinayotganini ko’rmaydi.

 O’zbekistonda kasaba uyushmalari bor, lekin bu kasaba uyushmalari O’zbekiston vatandoshlarining mehnat huquqlari oyoq osti qilinayotganini faqat prezident aytgandan keyingina ko’radi.

O’zbekistonda “erkin, demokratik saylovlar” o’tkazilgan, o’tkazilmoqda. Nahotki, majburiy mehnatga barham berilish ham qo’shtirnoq ichida amalga oshiriladi?!

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

26-may, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Президент Шавкат Мирзиёев қандай қилиб АҚШга расмий ташриф билан боришга эришди? 18.05.2018. ( http://uz.hrsu.org/archives/8995 ).

2. Президент Шавкат Мирзиёев қандай қилиб АҚШга расмий ташриф билан боришга эришди? Видео. 19.05.2018. ( http://uz.hrsu.org/archives/8998 ).

3. AQSh-O’zbekiston: Strategik hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda. 16.05.2018. ( https://www.amerikaovozi.com/a/4397130.html ).

4. Ўзбек расмийлари мажбурий меҳнатга тўлиқ барҳам берилишига эришмоқчи. 11.05.2018. ( https://123ru.net/smi/ozodlik-org/147726300 ).

5. Ариповдан ҳайфсан олган вазир мажбурий меҳнатга қарши комиссия тузмоқчи. 22.04.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/aripovdan-hayfsan-olgan-vazir-majburiy-mehnatga-qarshi/29185077.html ).

6. Ўқитувчи Диана вафот этган туманда мудир ва мактаб директори ишдан олинди. 08.04.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/oqituvchi-diananing-olimida-2-kishi-ishdan-olindi/29152648.html ).

7. “Ободонлаштириш” қурбони – Диана Еникеева ўлимида айбланганлар устидан ҳукм ўқилди. 14.05.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/diana-enikeeva-prezidetn-samarqand-avariya-majburiy-mehnat/29226138.html ).

8. Мирзиёев Андижонда: Ҳар юз метрга иккитадан мелиса қўйилди, аҳолига уйдан чиқмаслик айтилди. 19.05.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29237337.html ).

9. Диана ўлими ортидан бўшатилган амалдор янги ишини яна ўқитувчига кўча супуртиришдан бошлади. 22.05.2018. (https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-majburiy-mehtat-samarkand-oqituvchilar/29243263.html ).

10. ОзодТаъсир: Мактаб директори ўқитувчиларга кўча супиртиргани учун ишдан олинди. 25.05.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-miliciya-zoravonlik-majburiy-mehnat/29250237.html ).

11. ТОШКЕНТ – “Ободонлаштиришдаги “ўлик жонлар”га ёзилаётган ойликни ким олаяпти?” 23.05.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/sizdan-telegram-obodonlashtirish/29245256.html ).

12. Ҳокимлар ва вазирлар маориф ва тиббиёт ходимларини мажбурий меҳнатга жалб этмасликка ваъда берди. 18.04.2018. (https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-majbiriy-mehnat/29174177.html ).

13. Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида нутқ сўзлади. 20.09.2017. ( http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017 ).

14. Мирзиёев мажбурий меҳнатга барҳам берилганини айтди.08.12.2017.

( https://www.ozodlik.org/a/28904582.html ).

15. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

Orol fojeasiga barham berib bo’ladimi?!

$
0
0

2018-yilning 28-may kuni youtubeda Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatida 27-may, ya’ni yakshanba kuni bo’lib o’tgan tuz-qum bo’roni aks etgan bir nechta videolar paydo bo’ldi.  [1,2,3].

Ozodlikdan iqtibos: “Sinoptiklarga ko’ra, shanba kuni Qoraqalpog’iston hududida havo ochiq bo’lib,shamol tezligi shtil holatida kuzatilgan. Havoning harorati kunduzi 37-39 darajagacha ko’tarilishi natijasida tuproqning yuqori qatlamidagi qoplangan namliklar bug’lanib, 1-10 santimetr qalinlikda qurg’oqchilik paydo bo’lgan, 27 may kuni esa shimoliy-g’arbiy tomondan kelgan sovuq havo oqimi ta’siri bilan shamolning tezligi 10-15 metr sekunddan 22-27 metr sekundgacha yetgan. Bu shamol kuchi ta’sirida paydo bo’lgan qurg’oq tuproqning ko’tarilishiga olib kelgan”.  Iqtibos tugadi. [4].

BBCdan iqtibos: “Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston yakshanba kuni kun davomida tuz va qum bo’roni ostida qoldi. Aholi ko’chaga chqishga qo’rqqan, mashinalar qatnovi kamaygan, yangi ekilgan ko’chatlar va gullar esa tuz ostida so’lib qolgan. Ba’zilar buni tabiiy ofatga tenglayotgan bo’lsa-da, O’zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozircha hech qanday bayonot bilan chiqmadi. Bi -bi-ci mazkur vazirlikka murojaat qildi, ammo javob ololmadi.

Ekosan” ekologiya va salomatlik fondining Qoraqalpog’iston bo’limi rahbari Nurlibek Yusupov bu kabi bo’ron avval hech sodir bo’lmaganini aytadi.  Iqtibos tugadi. [3].

Ozodlikdan iqtibos: “ Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida 27 may kuni yoqqan tuz yomg‘irining odamlar salomatligiga va qishloq xo‘jalik ekinlariga ta’siri sezila boshladi.

Ozodlik suhbatlashgan dehqonlarning aytishlaricha, tomorqalardagi ekinlar qovjirab, o‘sishdan to‘xtab qolmoqda.

Qoraqalpog‘iston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ko‘rilgan zarar miqdori hisoblanayotganini Ozodlikka aytdi.

Ayni paytda, Xorazm viloyat hokimligi mulozimi tuz bo‘ronidan umuman zarar ko‘rilmaganini bildirdi. Iqtibos tugadi. [5].

Yana Ozodlikdan iqtibos: “Ijtimoiy tarmoqlar mushtariylari, Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi bu tabiiy ofatga rasmiylar yetarli e’tibor bermayotgani, mahalliy hokimiyatlarning zarar ko‘rganlarga yordam bermayotgani va bu holatni yashirishga urinayotgani haqida yozmoqdalar.

Jumladan, mushtariylardan biri facebookda bu haqda shunday deb yozdi:

Bu ofatning odamlarga ta’siri yaxshi deb bo‘lmaydi, davleniyasi bor odamlarning ahvoli og‘irlashgan, ekinlarimiz qovjirab qurib qolmoqda, dehqonchilik katta talafot ko‘rdi, lekin insonlarniki undan yomonroq. Meditsina xodimlari qayerda, sog‘likni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘istonga kelishga qo‘rqib, jim yashirinib o‘tiribdimi. To‘g‘ri, bunday ekologiyaga kelishni kim ham xohlardi”. Iqtibos tugadi. [5].

Ozodlikdan iqtibos: ”Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida yashaydigan, o‘zini Mahmud, deb tanishtirgan dehqon uch kun oldin sodir bo‘lgan tabiiy ofat – chang-tuz yomg‘iridan keyin tomorqasidagi ekinlarini bir sidra suv bilan yuvib chiqqan bo‘lsa ham, ekinlari qovjirab qolayotganini Ozodlikka aytdi:

– Bu ofatdan keyin yosh ko‘chatlarning hammasi o‘lib qoldi, kattaroqlari esa bir xil shalpayib turibdi, o‘zgarish yo‘q. Bo‘yi besh santimetrga yetib qolgan sholi, pomidor tamom bo‘ldi. Qurib-qovjirab qolyapti, dedi Mahmud”. Iqtibos tugadi.[5].

Men bu maqolani 1-iyun kuni yozyapman, O’zbekiston telekanallari 27-maydan 1-iyungacha asosiy mavzular Namanganda “Hyundai” yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan zavodi qurilishi [6], O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning korruptsion ishlari [7] va O’zbekistonning eksport-importi bo’yicha prezident Shavkat Mirziyoyevning aytganlari bo’ldi [8], tuz-qum bo’roni haqida emas.

Men kutgandimki, prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog’iston respublikasi va Xorazm viloyatiga borib, u yerdagi ahvol bilan tanishadi, u yerdagi aholi bilan, rahbarlar bilan uchrashadi va bu uchrashuvlar ommaviy-axborot vositalari orqali yoritiladi.  Biroq men kutganim bo’lmadi, bu meni juda ajablantirdi.

Shu yerda men kichik lirik chekinish qilmoqchiman. Orol dengizi quriyotgani to’g’risida men 1990-yillarda “Noviy mir” jurnalida chop qilingan 59 betli “Aralskaya katastrofa” deb nomlangan katta hisobot maqolani o’qib bilgan edim.

 Men u paytlar O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutida ishlar edim. Lekin dahshatlisi, ajablanarlisi shundaki, men Orol dengizining quriyotgani to’g’risida O’zbekistondagi ommaviy-axborot vositalaridan hech qanday ma’lumot olmaganman, hattoki, odamlardan ham eshitmagan edim.

Men 5-10-sinf o’quvchisi bo’lgan paytlarim (1970-1975-yillar) kuz oylarida 3-4 oylab paxta terimida qatnashganman. Shunisi aniq esimda, dekabr oyida dalada juda kam paxta qolgan bo’lsa ham paxta terganimni eslayman. Dalada paxta bo’lmasa ham bitta men emas, butun respublika paxtaga haydab chiqarilgan edi.

Lekin u paytlar men Orol dengizining quriyotgani to’g’risida mutlaqo xabarsiz bo’lganman. Biroq o’sha paytlarda O’zbekistonni boshqargan Sharof Rashidov, viloyat va tuman rahbarlari, obkom kotibi va raykom kotiblari bilishgan. Orol dengizining qurishi o’sha paytlarda O’zbekiston fuqarolaridan, SSSR fuqarolaridan yashirilgan. O’zbekiston mustaqil bo’lganiga qariyb 30 yil bo’lyapti, nega tuz-qum bo’roni O’zbekiston ommaviy-axborot vositalarida asosiy mavzuga aylanmadi?!

Lekin men shuni tan olib aytamanki, Ozodlik va BBCda tuz-qum bo’roni atroflicha yoritildi, hattoki, BBCda Orol fojeasini bartaraf etish yo’llari ham muhokama qilindi.  O’zbekistonlik akademik, ekolog, tabiat xavfsizligi bo’yicha mutaxassis Anvarmirzo Husainov Sibir daryolarining suvini Qoraqalpog’iston respublikasi va Xorazm viloyati ekinzorlariga katta kanal qazib olib kelish muammoni hal qilishini aytdi.  Ayniqsa, Rossiya g’arb mamlakatlarining iqtisodiy sanktsiyalari ostida bo’lgan paytda bunga moyilroqligini ta’kidladi. Qozog’istondan yetakchi iqtisodiy tahlilchi Saparboy Jubayev Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston mamlakatlari rahbarlari o’zaro kelishib, Turkmanistondagi Qoraqum kanalini betonlab va umuman Amudaryoning suvini tejab ishlatish orqali Orol fojeasini bartaraf etish mumkin degan fikrni bildirdi. [9].

Mening fikrimcha, Orol fojeasini bartaraf qilish yaqin yillarda o’ta mushkul.  Buning ikkita asosiy sababi bor:

1.Orol fojeasiga barham berishga aloqador bo’lgan mamlakatlar rahbarlarining o’ta korruptsiyalashgani.  Transparency International tashkilotining 2017-yil korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptions Index 2017) [10] Qozog’iston 31 bal bilan dunyodagi 180 mamlakat ichida 122-o’rinda, Rossiya 29 bal bilan 135-o’rinda, Qirg’iziston 29 bal bilan 135-o’rinda, O’zbekiston 22 bal bilan 157-o’rinda, Tojikiston 21 bal bilan 161-o’rinda, Turkmaniston 19 bal bilan 167-o’rinda, Afg’oniston esa 15 bal bilan 177-o’rinda.

 Korruptsiya darajasi eng kam bo’lgan Yangi Zelandiya 89 bal bilan 1-o’rinni egallaganini hisobga olsak, yuqorida keltirilgan mamlakatlardagi korruptsiya darajasining juda yuqoriligini, abgorligini ko’ramiz. [10].

Darhaqiqat, Vladimir Putinning oligarxlari korruptsiya yo’li bilan trillionlab AQSh dollarlarini, Nursulton Nazarboyevning oilasi 10 milliardlab AQSh dollarini, Islom Karimovning qizlari Gulnora Karimova va Lola Karimova-Tillayevalarning milliardlab AQSH dollarida O’zbekiston xalqining pullarini o’marganligi dunyo jamoatchiligiga ma’lum.

2.Orol fojeasiga barham berishga aloqador bo’lgan mamlakatlar vatandoshlarining, fuqarolarining huquqiy bilimsizligi.  Freedom House tashkilotining siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar ko’rsatkichi bo’yicha Qirg’iziston 37 ball bilan qisman erkin, Afg’oniston 26 ball bilan erkin emas, Qozog’iston 22 ball bilan erkin emas, Rossiya 20 ball bilan, erkin emas, Tojikiston 11 ball bilan, erkin emas, O’zbekiston 7 ball bilan, erkin emas, Turkmaniston 4 ball bilan, erkin emas mamlakatlar qatorida.[11].

Finlandiya, Norvegiya, Shvetsiya 100 ball bilan, Kanada esa 99 ball bilan erkin mamlakatlar qatorida ekanlgini hisobga olsak, Qirg’iziston,Afg’oniston, Qozog’iston, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston va Turkmaniston kabi mamlakatlarning aksariyat vatandoshlari erkinlik nima, siyosiy huquqlar nima, fuqaroviy erkinliklar nima degan tushunchaga ega emaslar va bu qadriyatlar uchun kurashmaydilar.

 Bu mamlakatlarni boshqarayotgan korruptsioner rahbarlar va ularning maddohlari o’z xizmat mavqelaridan foydalanib, boylik orttirish bilan mashg’ul. Bu mamlakatlarning vatandoshlari o’z huquqlari uchun kurashmasalar, o’z huquqlarini himoya qila olmasalar, ular qanday qilib Orolni himoya qilishsin!?

Qisqasi, korruptsionerlar va maddohlar hukmron bo’lgan mamlakatlarda va vatandoshlari siyosiy huquqlardan, erkinliklardan mahrum etilgan mamlakatlarda Orol fojeasini bartaraf etish o’ta mushkul.

Demak, Orol fojeasini hal qilish uchun bu mamlakatlarga kuchli fuqaroviy jamiyat zarur.  Kuchli fuqaroviy jamiyat bu mamlakatlarni boshqarayotgan rahbarlarning korruptsiyalashihsiga yo’l qo’ymaydi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

1-iyun, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Шок видео сольный дождь в каракалпакстан Нукус Tuzli yomg’ir Qoraqalpog’iston Nukus 2018. 28.05.2018.

( https://www.youtube.com/watch?time_continue=70&v=oALg-q2ZZoo ).

2. Мана Хоразмдаги УЛКАН КУМ Бурони ЯНГИ ВИДЕО. 28.05.2018.

( https://www.youtube.com/watch?v=VUvnRFgk–U ).

3. “Ўзбекистонда бундай туз бўрони аввал ҳеч бўлмаган”. 28.05.2018.

( https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-44281754 ).

4. Қорақалпоғистонлик пенсионер: “Осмондан туз ёққанини биринчи кўришим”. 28.05.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/qoraqalpogistonda-tuz-yomgiri/29255371.html ).

5. O‘zbekiston g‘arbida tuz yomg‘iridan keyin bemorlar ahvoli og‘irlashdi, ekinlar qurib qolmoqda. 31.05.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29260082.html ).

6. Наманганда “Hyundai” юк автомобиллари ва автобуслар ишлаб чиқарилади. 28.05.2018. ( https://www.youtube.com/watch?v=_QQy34djvvE ).

7. General Parpievning polkovnik jiyanlaridan so‘ng “profsoyuz” ukasi va diplomat o‘g‘li ishdan olindi (VIDEO). 29.05.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29257816.html ).

8. ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ ИМПОРТ ТОВАРЛАРНИ ОЛИБ КИРИШ БЎЙИЧА ИМТИЁЗЛАРНИ ТАҚДИМ ЭТИШ. 31.05.2018. ( https://www.youtube.com/watch?v=8vDVYhcb3HM ).

9. Ўзбекистондаги сўнгги туз бўрони фожианинг бошланишими? 30.05.2018. ( https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-44309998 ).

10. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

11.Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

 

Nega prezident Shavkat Mirziyoyev o’rta sinf, fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratmayapti?!

$
0
0

2018-yilning 5-iyun kuni Ozodlik radiostantsiyasi O’zbekistonda prokuratura tizimida va soliq tizimida korruptsiyaning nihoyatda gullab-yashnagani haqida ikkita maqola yoyinladi.

Birinchi maqola prokuratura tizimidagi korruptsiyaga tegishli.

Ozodlikdan iqtibos: “5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura binosida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot brifingi o‘tkazildi.

Bu haqda xabar bergan mahalliy nashrlarga ko‘ra¸ brifing mamlakatda ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi mavzusida bo‘lgan.

Kun.uz nashrining xabar qilishicha¸ savol-javob tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov ishi bo‘yicha borayotgan tergov jarayoniga oid ayrim tafsilotlar ochiqlangan.

Rasmiy bayonotga ko‘ra¸ Qodirov ishi doirasida jami 24 shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan va ulardan 21 nafari hibsga olingan. Iqtibos tugadi. [1].

Yana Ozodlikdan iqtibos: “Prezident Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqandda qilgan ma’ruzasida sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov o‘z qo‘l ostidagilardan har oyda katta miqdorda pora olib kelgani uchun qamalganini ta’kidlagandi.

Bosh prokurorni nega qamadim? Hammasi o‘g‘ri edi. Har bir tuman prokurori qanchadan pul berganini bulbuldek sayrab yotibdi turmada. Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Har oyda 2 ming dollardan bergan, prokuror bo‘lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tayloq tumani prokurori 40 ming bergan bo‘lsa, bu pulni qaytarishi uchun Tayloqni sotishi kerak-ku? Mana qanday vaziyatda yashaganmiz”, deb iqtibos keltirdi prezident so‘zlaridan “Kun uz” nashri.

19 may kuni Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida viloyat faollari bilan uchrashuvida esa Shavkat Mirziyoev sobiq prokurorni “ikki-uch oy ichida” televidenie orqali gapirtirishini aytdi.

– Sobiq bosh prokuror butun jamoasi bilan qamoqda. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televidenie orqali o‘zini gapirtiraman. Negaki, korrupsiyalashtirib yuborgandi, har bir tuman prokuroridan 30-40 ming dollar olgan. Hammasini qaytarib beryapti. Qodirov kim o‘zi? Qip qizil o‘g‘ri odam bo‘lgan. Shuning uchun, prokuraturada 70 foiz odam almashdi, halol odamlarni qo‘ydim. Kim xiyonat qilsa, shunday yo‘ldan boradi, – degan edi 19 may kungi chiqishida prezident Shavkat Mirziyoev. Iqtibos tugadi. [1].

Ikkinchi maqola soliq tizimidagi korruptsiyaga tegishli.

Ozodlikdan iqtibos: “Prezident Mirziyoyev 5 iyun kuni o’tgan videoselektor yig’ilishida soliq tizimidagi korruptsiya masalasini tilga oldi. Mirziyoyevning aytishicha, Toshkent bozorlaridan soliqlar byudjetga emas, amaldorlarning cho’ntagiga tushgan. “Chilonzor” buyum savdo kompleksida 791 nafar shaxs soliq to’lamasdan savdo qilib kelayotgani aniqlangan.

Toshkent shahridagi avtomobillarni saqlash joylaridagi tushumlar nazorati yo’qligi tufayli mahalliy byudjetga 18 milliard so’mdan ortiq soliq tushirilmagan. Shuncha pul cho’ntakka ketyapti”, deb aytgan prezident.

Soliq qo’mitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning qamoqqa olinganini tilga olgan prezident: “Turmada o’tirganlar aytib beryapti-bitta soliqchi ishga joylashish uchun 30-40 ming dollar berarkan”, deb bildirgan. Iqtibos tugadi.[2].

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 oydan keyin O’zbekistonni boshqarayotganiga ikki yil bo’ladi.  Shu muddat davomida O’zbekistonda korruptsiyaning qanchalik gullab-yashnagani to’g’risida keng jamoatchilikka oshkor qildi. Prezidentning korruptsiya bo’yicha chiqishlari O’zbekiston ommaviy-axborot vositalari orqali O’zbekiston va dunyo jamoatchiligiga yetkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda korruptsiyaning gullab-yashnaganligini oshkor qilmasdan oldin ham Transparency International tashkiloti O’zbekistonning korruptsiya bo’yicha ko’rsatkichi marhum diktator Islom Karimov davrida dunyoning eng korruptsiyalshgan 5, 10 mamlakatlari qatoridan joy olib kelgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida dunyoning 180 mamlakati ichida 157-o’rinni egallab turibdi. Ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatorida. [3].

O’zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi uchun o’rta sinf va qonun ustivorligini o’rnatish uchun kuchli fuqaroviy jamiyat lozim.  Chunki, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanishiga o’rta sinf eng katta hissa qo’shadi, kuchli fuqaroviy jamiyat esa hokimiyat faoliyatini nazorat qiladi, korruptsiyaga qarshi ashaddiy kurash olib boradi, uning gullab-yashnab ketishiga mutlaqo yo’l qo’ymaydi.

Lekin, meni ajablantirgan narsa shundaki, prezident Shavkat Mirziyoyev o’rta sinf va fuqaroviy jamiyatni shakllanishi uchun sharoit yaratish haqida lom-mim demayapti va hech qanday amaliy choralar ko’rmayapti.

Men o’rta sinfning shakllanishi uchun kichik va o’rta biznesga iqtisodiy erkinlik berish to’g’risida to’xtalib o’tmoqchiman.  Men 2018-yilning 20-21-aprel sanalarida “Nahotki, prezident Shavkat Mirziyoyevda, viloyat va tuman hokimlarida iqtisodiy erkinlik degan tushuncha bo’lmasa!?” nomli maqola va shu nomdagi videoni chop qilgan edim. [4,5].

Shu maqoladan iqtibos:”Bu uch voqea bilan tanishib chiqib, mendagi birinchi taassurot nahotki, 21-asrda O’zbekistonda prezident tomonidan, hokimlar tomonidan tomorqa egalariga nisbatan, fermerlarga nisbatan shu darajada zo’ravonlik bo’ladimi-a!? Zero, Ozbekiston konstitutsiyasida mulk daxlsizligi kafolatlangan: [6].

53-modda

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

54-modda

Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.

55-modda

Yer, er osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Bu yerda mening fikrimcha ikkita nuqta bor, birinchisi huquqi buzilgan tomorqa egasi yoki fermer hokimlarning, prezidentning zo’ravonligi ustidan sudga murojaat qilishlari mumkin.  Qonun ustuvorligi hukmron bo’lgan mamlakatda mulkdorga yetkazilgan zarar qoplanadi, uning mulkiga tajovuz qilgan mansabdor shaxslar jazolanadi. Lekin, afsuski O’zbekistonda mustaqil sud tizimi yo’q, qonun ustuvorligi hukmron emas.

 Ikkinchi nuqta, O’zbekistonda yerlar asosan davlatga qarashli, shu sababli yerlarni davlat amaldorlari tasarruf qiladi, buning oqibatida tadbirkorlarning huquqlari muntazam ravishda poymol qilinib turiladi.

O’zbekistondagi iqtisodiy siyosatni 21-asrda qanday bo’lishini tasavvur qilish uchun The Heritage Foundation tashkilotining iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, 2018, mamlakatlarning o’rni (Index of economic freedom 2018, Country Rankings) ko’rib chiqamiz. [7].

 Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha mamlakatlarning o’rni 12 iqtisodiy erkinlik bilan aniqlangan.  12 iqtisodiy erkinlik 4 guruhga bo’lingan:

1.Qonun ustuvorligi (Rule of Law);

2.Hukumatning ulushi(Government Size);

3.O’yin qoidalarining samaradorligi (Regulatory Efficiency);

4.Ochiq bozorlar (Open Markets).

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 51.5 ball bilan 180ta mamlakatlar ichida 152-o’rinni egallagan.  O’zbekiston ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar guruhiga kiradi.

Shu yerda yana qo’shimcha qilib aytishni lozim topdimki, Qirg’iziston 62.8 ball bilan 78-o’rin, Qozog’iston esa 69.1 ball bilan 41-o’rin bilan mo’tadil erkin (Moderately Free) mamlakatlar qatoriga kiradi.  Shu yerda ham ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi Qozog’iston va Qirg’izistonga nisbatan o’ta abgor holatda.

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 1-o’rinni 90.2 ball bilan Gonkong (Honkong) egallagan.

Lekin Gonkong O’zbekiston vatandoshlariga uncha tanish bo’lmaganligi uchun O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichini AQShning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bilan taqqoslaymiz.

 AQSh 75.7 ball bilan 18-o’rinda.

1.AQShning mulk huquqi bo’yicha ko’rsatkichi (Property Rights) 79.3,

O’zbekistonniki esa 48.7;

2.AQSh hukumatning halolligi (Government Integrity) 71.9,

 O’zbekistonniki esa 24.2;

3.AQSh sud tizimining samaradorligi (Judicial Effectiveness) 76.9,

O’zbekistonniki esa 35.3; Sud tizimi ham abgor holatda.

4.AQSh savdo erkinligi (Trade Freedom) 86.7,

O’zbekistonniki esa 62.5;

5.AQSh investitsiya erkinligi (Investment Freedom) 85.0,

O’zbekistonniki esa 0.0; Eng abgor ko’rsatkich.

6.AQSh Moliyaviy Erkinlik (Financial Freedom) 80.0,

O’zbekistonniki esa 10.0.

Qolgan 6ta erkinlik ko’rsatkichlarini keltirib o’tirmayman, hoxlovchilar [7]dan qarab tanishib, o’rganishlari mumkin.

Yuqorida keltirilgan iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi ballari qanchalik yuqori bo’lsa shu mamlakatning iqtisodi erkinroq bo’ladi va mamlakat shunchalik farovon bo’ladi.

Xulosa shuki, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik darajasi juda past, aholining ko’p qismi qashshoqlikda yashaydi, millionlab O’zbekiston vatandoshlari mehnat muhojiri sifatida Rossiya, Qozog’iston, Janubiy Koreya, Turkiya va dunyoning ko’plab mamlakatlariga ish izlab ketganlar.

O’zbekiston vatandoshlari farovon yashashlari uchun O’zbekiston hokimiyati o’z vatandoshlariga iqtisodiy erkinlik berishi kerak.  Yerlarni O’zbekiston vatandoshlariga xususiy mulk sifatida bo’lib berishi kerak. O’zbekistonda xususiy mulkning ulushi 70-80 foizni tashkil qilishi kerak.  Lekin, afsuski, O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, viloyat va tuman hokimlarida iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik tushunchasi yo’q. Bu katta muammo.  Nima qilish kerak?” Iqtibos tugadi.

O’zbekistonda kuchli fuqaroviy jamiyat qurish uchun O’zbekiston konstitutsiyasining VII-bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar (24-31-moddalar), VIII-bob. Siyosiy huquqlar (32-35-moddalar),konstitutsiya moddalari hayotga tadbiq qilinishi kerak. [6].Shu yerda konstitutsiydan ikki moddani alohida ta’kidlamoqchiman;

33-modda

Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

34-modda.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

Men o’ylaymanki, O’zbekistonning iqtisodiy yuksalishi uchun rivojlangan mamlakatlardagidek o’rta sinfni shakllantirish va qonun ustuvorligini ta’minlash uchun, korruptsiyani jilovlash uchun, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratish payti keldi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

8-iyun, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bosh prokuratura Rashitjon Qodirov ishi doirasida 24 shaxsga ayblov e’lon qilinganini bildirdi. 06.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29273956.html ).

2. Президент: Тошкент бозорларидан солиқлар бюджетга эмас, амалдорларнинг чўнтагига тушган. 06.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29274522.html ).

3. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

4. Nahotki, prezident Shavkat Mirziyoyevda, viloyat va tuman hokimlarida iqtisodiy erkinlik degan tushuncha bo’lmasa!? 20.04.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/684 ).

5. Nahotki, prezident Shavkat Mirziyoyevda, viloyat va tuman hokimlarida iqtisodiy erkinlik degan tushuncha bo’lmasa!? Video. 21.04.2018. (http://oz.hrsu.org/archives/687 ).

6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

7. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).


Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonni korruptsiya botqog’idan olib chiqa oladimi?

$
0
0

2018-yilning 8-iyun kuni mening “Nega prezident Shavkat Mirziyoyev o’rta sinf, fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratmayapti?!” nomli maqolamda va shu nomda 9- iyunda youtubeda qo’yilgan videoda O’zbekistondagi prokuratura va soliq tizimidagi korruptsiya haqida o’z fikrlarimni bayon etgan edim.  [1,2].

2018-yilning 13,14 iyun kunlari “Ozodlik”da O’zbekistondagi korruptsiyaga tegishli uchta maqola chop etildi.  Bu maqolalar O’zbekistondagi soliq tizimiga, bojxona tizimiga va prokuratura tizimiga tegishli.

Birinchi maqola  soliq tizimiga tegishli.  Ozodlikdan iqtibos: “Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga uch yil rahbarlik qilgan Muzaffar Pardaev hibsga olingan. Bu haqda Ozodlikning O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasiga yaqin ikki manbasi bir-biridan mustaqil ravishda xabar qildi.

Bu ikki manbaning bir xil ma’lumotlariga ko‘ra, “yirik kamomad”da gumonlanayotgan Pardaev o‘n kundan buyon Davlat xavfsizlik xizmatining tergov izolyatorida so‘roq qilinmoqda.

Muzaffar Pardaev 2015 yil iyunidan buyon Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Ozodlikning Soliq qo‘mitasiga yaqin birinchi manbasiga ko‘ra, Pardaev soliq tizimida olib borilayotgan tekshiruvlar doirasida 4 iyun kuni hibsga olingan.

Hibs etilishidan bir kun o‘tib Muzaffar Pardaevning lavozimidan olingani e’lon qilindi va o‘rniga uning muovini bo‘lib ishlagan Normat Tursunov Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi.

– Shahar byudjetiga tushumlar tekshirilgan, yirik kamomad chiqqan. Hozir Pardaev soliq tizimidagi boshqa o‘nlab amaldorlar bilan birga so‘roq qilinmoqda, – dedi Ozodlikning O‘zbekiston Soliq qo‘mitasiga yaqin ikkinchi manbasi”. Iqtibos tugadi. [3].

Ikkinchi maqola Bojxona tizimiga tegishli.  Ozodlikdan iqtibos;”O’zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida viloyat faollari ishtirokida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida import bilan bog’liq vaziyatdan norozi bo’lib, bojxonachilarni keskin tanqid qildi. Daryo.uzning bu haqda xabar qilgan Farg’onadagi muxbiri Prezident so’zlaridan iqtibos keltirgan:

O’zi sizlarni, mana, nechtangni qamadim. Hammang bulbulday sayrab yotibsan, bir-biringga pora berganingni. Bitta tashkilotga vakil eding hammang. Go’yo sizlar juda adolatli. Eng katta poraxo’r-sizlar”,-degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bundan oldingi chiqishlarida moliyachilarni “kalamushlar”, prokuratura xodimlarini “o’g’ri va axlat”, deya atagan.

G’o’daygan it”, “davlat sotqinlari”, “Surxondaryoni ot o’yin qilib tashlagan”, “bu noinsoflar harom qilib tashlagan”, “bir yerini pisib majlisga kelib o’tirsin”, “hammang poraxo’rlik qilib hamma yerni sharmanda qilib yuribsan”.

Bu so’z birikmalari va jumlalarni Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni Qiziriq tuman hokimligi binosida Surxondaryo viloyat faollari bilan o’tkazgan uchrashuvdagi nutqi davomida ishlatgan edi”.  Iqtibos tugadi. [4].

Uchinchi maqola prokuratura tizimiga tegishli.

Ozodlikdan iqtibos:”Ozodlikka bir necha manbadan kelgan ma’lumotga ko‘ra, joriy oy boshida Toshkent shahar prokurorining sobiq 1-o‘rinbosari Mirag‘lam Mirzaevning yigirmaga yaqin qarindoshi uyida bir kunning o‘zida tintuv o‘tkazilgan. Bu xabarni huquq tizimidagi mulozim tasdiqladi.

Tintuvga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi mulozimlari yetakchilik qilgan.

Ozodlikning mazkur voqea yuzasidan ma’lumot so‘rab Bosh prokuratura matbuot xizmatiga qilgan murojaatiga “bu ish yuzasidan tergov ketayotganligi sababli qaerda va qanday tergov harakatlari o‘tkazilayotganligi haqida batafsil ma’lumot bera olmaymiz”¸ degan javob berildi.

Ozodlikka bu voqea yuzasidan huquqiy izoh bergan advokat¸ O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq tergov amaliyotlari davomida bunday tintuvlar o‘tkazish va moddiy ashyolarning olib qo‘yilishi qonuniyligini bildirdi.

Tintuvlar tafsiloti

Tintuv o‘tkazilgan oilalardan biriga yaqin tadbirkorga ko‘ra¸ Mirzaevlar oilasi ustidan ochilgan jinoiy ish doirasida ularga tegishli boylik qidirilmoqda va tintuv o‘tkazilgan qarindoshlar nomiga rasmiylashtirilgan mulk va boylikning¸ aslida sobiq prokurorga qarashli ekani taxmin qilinmoqda.

1 iyun kuni Mirag‘lam Mirzaev va uning xotini Muhabbat Mirzaevaning yaqin qarindoshlaridan 20 tasini uyini birdan bosishdi. Gruppa kirib kelgan va nima to‘g‘ri kelsa¸ hammasini akt qilib olib ketishgan. Sanikimi¸ Mirag‘lamnikimi¸ farqi yo‘q – naqd pul¸ tilla-brilliant¸ mashina hammasini olishgan. Ochig‘i¸ Mirzaevlar qamalishi bilan ularning yaqinlari bekitadigani bekitib bo‘lgan edi. Olib ketilganlar undan qolgani¸” dedi shaxsi ochiqlanishini istamagan Mirzaevlarga yaqin manba.”. Iqtibos tugadi. [5].

Prezident Shavkat Mirziyoyev  soliq tizimidagi, bojxona tizimidagi, prokuratura tizimidagi davlat xavfsizlik xizmati(DXX), sobiq MXX tizimidagi, maorif, sog’liqni saqlash tizimidagi korruptsiyalashgan amaldorlarni tinmay fosh qilib kelyapti.  Men prezident Shavkat Mirziyoyevning korruptsiyalashgan amaldorlarga qarshi “mardonavor” kurashishidan “ilhomlanib” bir necha maqolalar yozdim, videolar tayyorladim.

Endi o’ylanib qoldim, prezident Shavkat Mirziyoyevning korruptsiyaga qarshi kurashishi qanchalik samarali bo’ladi?

Prezident Shavkat Mirziyoyevday korruptsiyaga qarshi keskin kurashgan post sovet rahbarlardan biri Belorussiya prezidendi Aleksandr Lukashenkodir.  Aleksandr Lukashenko 1994-yili prezidentlik saylovlarida Belorussiyada korruptsiyaga qarshi kurashchi sifatida g’alaba qozongan edi.

Transparency International tashkilotining 2017-yil korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perception Index 2017) bo’yicha Belorussiya 44 ball bilan dunyodagi 180 mamlakat ichida 68-o’rinni egallagan.

O’zbekiston esa 22 ball bilan 157-o’rinda. [6].

Yuqoridagi ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, Belorussiyada korruptsiya darajasi O’zbekistonga qaraganda ancha past.

Freedom House tashkilotining siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar ko’rsatkichi bo’yicha Belorussiya 21 ball bilan erkin bo’lmagan mamlakatlar qatorida,

O’zbekiston ham 7 ball bilan erkin bo’lmagan mamlakatlar qatorida.  [7].

Erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha Belorussiya ham, O’zbekiston ham erkin bo’lmagan mamlakatlar qatorida bo’lsada, Belorussiya O’zbekistonga qaraganda ozgina erkinroq.

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha(2018 Index of economic freedom) Belorussiya  58.1 ball bilan dunyodagi 180 mamlakat ichida 108-o’rinda,

O’zbekiston esa 51.5 ball bilan 152-o’rinda.  [8].

O’zbekiston ham, Belorussiya ham iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida bo’lsada, Belorussiyaning iqtisodi O’zbekistonnikiga nisbatan erkinroq.

Uchala ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, Belorussiyaning siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar bo’yicha erkinroq bo’lgani va iqtisodi O’zbekistonga nisbatan erkinroq bo’lgani uchun ham Ozbekistonga nisbatan Belorussiyada korruptsiya darajasi ancha past.

Shu yerda yana qo’shimcha qilib aytmoqchimanki, Aleksandr Lukashenko Yevropaning eng oxirgi diktatori hisoblanadi.  U Belorussiyani prezident sifatida 24 yildan beri boshqarib kelyapti. Lekin, Yevropaning eng oxirgi diktatori o’g’li bilan kartoshka kavlashdan or qilmaydi.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev o’g’li, qizlari bilan paxta terganini eslayolmayman.

Korruptsiyaga qarshi kurashib eng samarali, yaxshi yutuqlarga erishgan Gruziya prezidenti Mixail Saakashvilidir.

Transparency International tashkilotining 2017-yil korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perception Index 2017) bo’yicha Gruziya 56 ball bilan dunyodagi 180 mamlakat ichida 46-o’rinni egallagan.

O’zbekiston esa 22 ball bilan 157-o’rinda. [6].

Yuqoridagi ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, Gruziyada korruptsiya darajasi O’zbekistonga qaraganda judayam past.

Freedom House tashkilotining siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar ko’rsatkichi bo’yicha Gruziya 64 ball bilan erkin mamlakatlar qatorida,

O’zbekiston esa 7 ball bilan erkin bo’lmagan mamlakatlar qatorida.  [7].

Erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha Gruziya erkin mamlakatlar qatorida, O’zbekiston esa erkin bo’lmagan mamlakatlar qatorida.

Erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha farq juda katta, ya’ni Gruziya O’zbekistonga qaraganda nihoyatda erkin.

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (2018 Index of economic freedom) Gruziya  76.2 ball bilan dunyodagi 180 mamlakat ichida 16-o’rinda,

O’zbekiston esa 51.5 ball bilan 152-o’rinda.  [8].

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha Gruziya post sovet respublikalari ichida eng yuqori ko’rsatkichga erishgan (Estoniyadan keyin).

Pezident Shavkat Mirziyoyevning bir yarim yildan ortiq prezidentlik faoliyatidan ko’rinib turibdiki, hozircha uning Aleksandr Lukashenko yoki Mixail Saakashvili yo’lidan borishi noma’lum.  Gruziyadagidek korruptsiya bo’yicha kurashda samarali, juda yaxshi natijalarga erishish uchun prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy, siyosiy erkinliklar berishi kerak va 10 yildan keyin Mixail Saakashvilidek prezidentlikdan ketishi kerak.

Biroq, afsuski, Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston vatandoshlariga na iqtisodiy, na siyosiy erkinlik berish to’g’risida, na o’zining 10 yildan keyin prezidentlik lavozimidan ketish-ketmasligi to’g’risida lom-mim degani yo’q.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

15-iyun, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Nega prezident Shavkat Mirziyoyev o’rta sinf, fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratmayapti?! 08.06.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/745 ).

2. Nega prezident Shavkat Mirziyoyev o’rta sinf, fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratmayapti?! Video. 09.06.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/747 ).

3. Toshkent shahrining bosh soliqchisi “yirik kamomad”da gumonlanib hibsga olindi. 14.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29289275.html ).

4. Мирзиёев божхоначиларни “энг катта порахўрлар”, деб атади. 13.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29288619.html ).

5. Toshkent prokurori eks-muovinining boyligi qidirilmoqda. Qarindoshlari uyida tintuv o‘tkazildi.14.06.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29290779.html ).

6. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

7. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

8. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

 

Zokir Aliyev, Rustam Usmonov, Shoira Hasanova va fermerlar ishi

$
0
0

1.Zokir Aliyev ishi.

Amerika ovozidan iqtibos: “25 yildan so’ng AQShdan tarixiy vataniga qaytgan Zokir Ali O’zbekiston islomiy harakatiga (O’IH) aloqadorlikda ayblanmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati uning O’IHga qasamyod keltirganlikda, Afg’onistondagi janglarda qatnashganlikda ayblanayotgani to’g’risida ma’lumotnoma tarqatgan.

Inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” tashkilotining O’zbekiston bo’yicha vakili Stiv Sverdlov Aliyev taqdiridan xavotirda ekanini bildirib, uning huquqlari hurmat va himoya qilinishi kerak, deya chaqirmoqda. Adolat qaror topishi uchun sharoit yaratilishi shart, deya eslatmoqda Sverdlov.

Uning O’zbekistondagi qarindoshlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning chaqiriqlaridan ilhomlanib vatanga qaytgan Zokir Aliga nisbatan tuhmat qilinayotganini ta’kidlashmoqda.

AQSh fuqarosi Zokir Ali ayni paytda Davlat xavfsizlik xizmati hibsxonasida saqlanmoqda. U 16-iyun kuni 25 yillik tanaffusdan so’ng O’zbekistonga qaytgan, o’zi tug’ilib o’sgan Chiroqchi tumaniga yetib borishi ortidan hibsga olingan.

Zokir Ali ikki kunlik tergov harakatlari ortidan terrorchi guruh hisoblangan O’IHga aloqadorlikda, Afg’onistondagi jangovar harakatlarda qatnashganlikda ayblanmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmatining matbuotda e’lon qilingan xabarida ta’kidlanishicha, Zokir Aliyev qidiruvda bo’lgan, unga nisbatan 2005-yilda jinoiy ish qo’zg’atilgan. Xabarda ta’kidlanishicha, Aliyev o’z aybiga iqrorlik bildirgan. Iqtibos tugadi. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining milliy agentlikka bildirishicha¸ 2014 yili AQSh fuqaroligini olgan asli qashqadaryolik Zokir Aliev dunyoning aksar davlatlari¸ xususan¸ AQShda xalqaro terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan “O‘zbekiston islomiy harakati”ga a’zolik aybi bilan 16 iyun kuni qo‘lga olingan.

46 yashar chiroqchilik Zokir Aliev mazkur guruh faoliyatiga aloqadorlikda gumonlanib¸ 2000 yillar boshidan O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan.

DXXning O‘zAga bildirishicha¸ Aliev “qo‘lga olish jarayonida noqonuniy faoliyatiga iqror bo‘lgan”.

Milliy agentlik chop etgan rasmiy baënotga ko‘ra¸ Aliev 2000 yili O‘IHga bay’at keltirgan¸ Afg‘onistonda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib¸ hukumat va xalqaro koalitsiya qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashgan.

O‘IHning boshqa a’zolari bergan ko‘rsatmalar asosida O‘zbekiston DXXsi (sobiq MXX) 2005 yili Alievga nisbatan Jinoyat Kodeksining 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish)¸ 223 (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) va 2442 ( Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik aybi bilan 646-sonli jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan berilgan viza bilan O‘zbekistonga qaytgan Aliev ustidan bundan 13 yil avval ochilgan jinoiy ishning bundan so‘ng davom etish-etmasligiga oid rasmiy ma’lumot yo‘q.

O‘zbekistonda rasman qidiruvda bo‘lgan shaxsning Vashingtondangi o‘zbek elchixonasidan qanday qilib o‘zbek vizasi olgani tafsilotlari ham hozircha ochiqlanmadi. Iqtibos tugadi. [2].

Yana ozodlikdan iqtibos:”AQShda yashayotgan o‘zbek jurnalisti Jahongir Muhammad O‘zbekiston DXXsi siyosiy va diniy ayblovlarda ayblab, qo‘lga olgan Zokir Alievni shaxsan tanishini, hatto ketayotgan kuni u bilan oshxo‘rlik qilganini aytadi.

Jahongir Muhammad Zokir Alievning hibsga olinishini prezident Mirziyoevning xorijdagi vatandoshlarni qaytarish harakatlarini to‘xtatish urinishi sifatida baholaydi. “Shu orqali Mirziyoevni qo‘rqitishmoqchi” deydi suhbatdosh.Iqtibos tugadi. [3].

Centre1.com internet saytining 21-iyun kungi maqolasida yozilishicha Qarshi shahrining DXX boshqarmasi Zokir Aliyev bilan uchrashuvga kelgan uning advokati Umid Davlatovga ruxsat bermagan.  [4].

2.Rustam Usmonov ishi.

Ozodlikdan iqtibos: “Moskva politsiyasi O‘zbekistondagi ilk xususiy bank asoschisi Rustamjon Usmonovga O‘zbekiston elchixonasi oldida futbol bo‘yicha Jahon chempionati yakuniga qadar norozilik piketi uyushtirishga ruxsat yo‘qligini bildirdi. Xalq orasida “Rustambank” nomi bilan tanilgan tadbirkor uni 19 yil qamoqda saqlagan amaldorlar jazoga tortilishini talab qilmoqda. O‘zbekiston elchixonasi esa tadbirkorning talablaridan xabari yo‘qligini bildirdi.

14 iyun kuni taniqli o‘zbekistonlik tadbirkor, respublikadagi ilk xususiy bank ta’sischisi Rustamjon Usmonovning Feysbuk sahifasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga qilgan murojaati paydo bo‘ldi.

Karimov davrida umrining 19 yilini panjaralar ortida o‘tkazib, mamlakatda eng uzoq qamoqda saqlangan siyosiy mahkumlardan biri sifatida tanilgan Rustam Usmonov O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi oldida yakka piket o‘tkazishini e’lon qildi.

“Men Moskvada. 15 iyundan O‘zbekiston Bosh prokuraturasidagi pogondagi poraxo‘rlarga qarshi norozilik aksiyasi boshlanadi… Sud va tergovsiz prokurorlar meni sudning soxta hukmi bilan 19 yil garovda saqlashdi”, deb yozdi ishi qayta ko‘rib chiqilishini talab qilayotgani va aksiya 5 kun davom etishini bildirgan o‘zbekistonlik tadbirkor.

Ammo 15 iyun kuni O‘zbekiston elchixonasi oldida yakka norozilik piketiga chiqqan Rustamjon Usmonov elchixona eshigiga yaqinlashishi bilanoq politsiya xodimlari qurshoviga olindi.

“Rustambank” vakolatxona oldiga “O‘zbekiston prokurorlari meni noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum etishdi. Ular meni 19 yil qamoqda ushlashdi va 30 000 000 dollar so‘rashdi. Ochiq sud mahkamasi o‘tkazilishini talab qilaman!!!” degan yozuvlar bitilgan plakatni ko‘tarib chiqqandi.

Ammo politsiyachilar Rustamjon Usmonovga futbol bo‘yicha Rossiyada o‘tkazilayotgan Jahon Kubogi kunlarida norozilik namoyishlari, yakka piketlar va norozilik aksiyalariga Vladimir Putinning maxsus buyrug‘i bilan taqiq qo‘yilganini bildirishdi”. Iqtibos tugadi. [5].

3.Shoira Hasanova ishi.

BBCdan iqtibos: “2011 yili Shoira Hasanova oʻz ona shahri Chelakda yangidan qayta qurilayotgan dehqon bozoriga sarmoya yotqizishga jazm qildi.

Kanadada yashovchi Hasanova bozor va doʻkonlarni oʻz ichiga olgan markazga 150 ming dollar sarmoya sarfladi.

Uch oydan soʻng bozor bitib, odamlar doʻkonlarni ijaraga olib ishlay boshladilar. Yuzlab ish oʻrinlari yaratildi.

Oʻzining ham bolalik yillari shu bozorda oʻtgan Shoira Hasanovaning aytishicha, ona shahrida odamlarga kun koʻrish imkonini yaratganidan juda hursand edi.

Lekin 2015 yil yozida Shoira Hasanova ona shahriga borgan vaqti eshitdiki, bozor buzilar ekan.

Yangi tayinlangan hokim Abdumoʻmin Joʻrayev buyrugʻi va taklif qilgan yangi loyihasi tufayli bozor vayron etilishini eshitgan doʻkonlarni sotib olgan yoki ijaraga olganlar u yerdan keta boshladilar.

Sarflagan sarmoyasidan hali biron soʻm foyda koʻrmagan Shoira Hasanova hokim huzuriga borib izoh talab qildi.

Bozorning buzilishiga turli vajlarni keltirgan hokim, soʻngida buzmaymiz deb vaʼda berdi.

Lekin Shoira Hasanova 2016 yili noyabr oyida Chelakka borganda koʻrdiki, bozor vayron etilgandi.

Savdogarlar ishsiz, bizneslar toʻxtagan, ketkazilgan sarmoya koʻkka sovurilgan”. Iqtibos tugadi. [6,7].

4.Farg’onalik fermerlar ishi.

Ozodlikdan iqtibos: “Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidan Ozodlikka murojaat qilgan ikki nafar fermer, har gektar yerdan topshiriladigan bug‘doy sentneri hokimning buyrug‘i bilan 4-5 sentnerga sun’iy ravishda oshirilganidan shikoyat qildi.

Fermerlar so‘zlariga ko‘ra, ular davlatga bug‘doy topshirish borasidagi kontraktatsiya shartnomasini bajargan bo‘lsa ham, rejadan ortgan bug‘doy zo‘rlik bilan o‘rib olinmoqda.

Hokimlik mulozimi ba’zi fermerlar bilan shunday holat bo‘lganini inkor qilmadi.

O‘zbekiston tumanining Qolgandaryo massivida bug‘doy yetishtirgan fermerlardan birining Ozodlikka aytishicha, so‘nggi o‘n besh yil ichida birinchi marta har gektar yerga belgilangan sentner asossiz ravishda oshirilgan:

Prezidentimiz bu yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlagan edi. Lekin bizda teskarisi bo‘lyapti. Mana men, 15 yildan buyon fermerlik qilayotgan bo‘lsam, shu paytgacha biror marta sentner ko‘tarilmagan-da. Masalan har yili men har gektar yerdan 26 sentner bug‘doy topshirardim. Bundan ortganini ishchilarimga bo‘lib berardim, o‘zimga qolardi. Bu yil esa hokimning buyrug‘i bilan har gektar yerdan 30 sentnerdan topshirasan, deb bor bug‘doyimni o‘rib ketishdi. O‘zimga bir kilo ham qolmadi, qariyb 20 nafar ishchimga nima beraman endi, boshimni changallab qolaverdim”, deydi fermer. Iqtibos tugadi. [8].

Oldingi maqolalarim va videolarimda ko’p marta ta’kidlanganidek, O’zbekiston konstitutsiyasida mulk daxlsizligi kafolatlangan: [9].

53-modda

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

54-modda

Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.

55-modda

Yer, er osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

O’zbekiston konstitutsiyasining 25-moddasida shaxs daxlsizligi kafolatlangan:  [9].

25-modda.

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.

Zokir Aliyev AQShda xususiy soliq kompaniyasining rahbari, Rustam Usmonov O’zbekistonda birinchi bo’lib xususiy bank ochgan, Shoira Hasanova sarmoyador(investor) va Farg’onalik fermerlar, bular hammasi tadbirkorlardir.  Yana boshqachasiga zamonaviy til bilan aytganda bular o’rta sinf vakillaridir. Dunyoda o’rta sinf vakillari har qanday mamlakatning iqtisodini rivojlantiruvchi asosiy kuchdir. O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lug’atida o’rta sinf iborasi bo’lmasada, bu iborani ishlatmasada, lekin tadbirkor so’zini ko’p ishlatadi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev “ikki ish joyi yaratgan tadbirkorni boshimda ko’tarib yuraman” degan gapini barcha O’zbekiston fuqarolari eshitgan.

O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning o’ta yomonligini hamma biladi, shu jumladan prezident ham. Lekin, O’zbekiston iqtisodini rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqchi bo’lgan tadbirkorlarning shaxsiy va mulkiy daxlsizligi qo’pol ravishda oyoq osti qilingan.

Albatta, tadbirkorlarning huquqlari oyoq osti qilinishiga O’zbekiston hokimiyati aybdor.  Biroq, men aybni faqatgina O’zbekiston hokimiyatiga ag’darish bilan chegaralanib qolmoqchi emasman. Rossiyada, Qozog’istonda millionlab mehnat muhojirlari og’ir sharoitlarda ishlab, O’zbekistonga pul jo’natmoqdalar. O’zbekiston iqtisodining rivojlanishiga katta hissa qo’shyaptilar.

Lekin, mehnat muhojirlarining huquqlari oyoq osti qilingan paytda ularga yordam beradigan inson huquqi tashkilotlari yaratilmagan. (Usmon Barotovning “Vatandosh” tashkiloti bor, lekin bu tashkilot millionlab mehnat muhojirlariga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega emas).

Ya’ni millionlab o’zbek muhojirlari inson huquqlari tashkilotlariga uyushishni, ularga a’zo bo’lishni, ularni moddiy qo’llab-quvvatlashni bilishmaydi, bilganlari ham amaliy harakat qilmaydi.  15-20 yillar davomida mehnat muhojirlari o’zlarining huquqlarini himoya qiladigan ko’plab inson huquqi tashkilotlari tuzishlari mumkin edi, lekin, bu ish qilinmadi, bu ishning amalga oshmaganiga faqat O’zbekiston, Rossiya, Qozog’iston rahbarlarini ayblash noinsoflik bo’lar edi.  Ya’ni O’zbekiston vatandoshlarida va shu jumladan mehnat muhojirlarida ham o’z huquqlari uchun kurashish, birdamlik tuyg’usi rivojlanmagan.

Shuningdek, ko’plab O’zbekiston vatandoshlari dunyoning rivojlangan erkin,demokratik mamlakatlarida (Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSh, Kanada va hokazo) yashamoqdalar.  Huquqbonlar Mo’tabar Tojiboyeva, Umida Niyozova, Ulug’bek Bakir, Nadejda Atayeva va kamina Abdujalil Boymatov Yevropa Ittifoqining Frantsiya, Germaniya, Norvegiya va Irlandiya mamlakatlarida faoliyat ko’rsatyaptilar. Lekin, afsuski, bu mamlakatlarda yashovchi O’zbekiston vatandoshlari bu huquqbonlar atrofiga uyushmadilar.

 Qisqasi, O’zbekiston vatandoshlari marhum diktator Islom Karimov rejimining qo’li yetmaydigan xavfsiz mamlakatlarda yashab ham, mavjud inson huquqlari tashkilotlarini kuchli, baquvvat inson huquqlari tashkilotlariga aylantira olmadilar.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

22-iyun, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Nurali Aliyev: Ukamga tuhmat qilishyapti, u Afg’onistonda bo’lmagan. 18.06.2018. ( https://www.amerikaovozi.com/a/uzbekistan-arrest/4443622.html ).

2. DXX AQShdan qaytgan Zokir Alievning sobiq O‘IH a’zosi sifatida hibsga olinganini bildirdi. 18.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29301769.html ).

3. OzodNazar: Aliev ishi Mirziyoevni qo‘rqitish uchun qilingan. 19.06.2018.

( https://www.ozodlik.org/a/29304855.html ).

4. К Закиру Алиеву в изолятор СГБ в Карши не допустили адвоката. 21.06.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/k-zakiru-alievu-v-izolyator-sgb-v-karshi-ne-dopustili-advokata/ ).

5. Rustambank: Meni sud qilishlarini talab qilaman (VIDEO). 20.06.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29307056.html ).

6. Xorijlik sarmoyador Oʻzbekistonga moliya yotqizishdan ogohlantirmoqda. 19.01.2017. ( https://www.bbc.com/uzbek/lotin-38678480 ).

7. Millioner Hasanova: Sichqonning dumini kesmadim, boshqa hamma ishni qildim! 08.03.2017. ( https://www.ozodlik.org/a/28358110.html ).

8. Farg‘onalik fermerlarning rejadan orttirgan bug‘doyi tortib olinyapti. 20.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29307043.html ).

9. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

O’zbekistonliklar yana marhum diktator Islom Karimov davridagiday ahmoq bo’lyabdimi?!

$
0
0

Ozodlikda:- “Xalq ta’limi vazirligidagi barcha boshqarma va bo’lim boshliqlari ishdan olindi”.  Bu sarlavhani o’qiboq Xalq ta’limi vazirligida ulkan o’zgarishlar bo’layotgan bo’lsa kerak deb maqolani o’qiy boshladim.

Maqoladan iqtibos:”Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov vazirlik markaziy apparatidagi barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlarini 25 iyun kuni ishdan bo‘shatdi.

Mazkur qaror prezident Shavkat Mirziyoevning vazirlik kadrlari tarkibini yangilash ko‘rsatmasiga asosan qabul qilindi”, deyiladi “Gazeta uz” vazirlikka tayangan holda tarqatgan xabarda.

Sherzod Shermatov xodimlar bilan uchrashuvda vazirlikning faoliyati sifat, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida olib borilishini, asosiy maqsad esa har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash bo‘lishini ta’kidlagan.

Faqat mana shu maqsad va uch asosiy prinsipga amal qila olganlargina vazirlikda qoladi, bunga tayyor bo‘lmaganlar bilan esa xayrlashamiz”, degan vazir.

20 iyunda 2013 yildan buyon xalq ta’limi vaziri lavozimda ishlab kelgan Ulug‘bek Inoyatov ishdan olinib, uning o‘rniga innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Shermatov tayinlangan edi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari Qodirboy Bekturdiev, vazir o‘rinbosarlari Jahongir Sidiqov va Dilshod Kenjaev ham lavozimidan ozod qilingan.Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini faqatgina Alisher Sa’dullaev saqlab qolgandi

Ishdan olinganlar o‘rniga Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lib ishlagan Sarvar Boboxo‘jaev, innovatsion rivojlanish vazirining sobiq o‘rinbosarlari Otabek Nazirov va Alisher Umarovlar vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

21 iyunda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov viloyat, shahar, tuman hokimlariga maktab direktorlari va o‘qituvchilarini turli darajadagi yig‘ilishlarga chaqirishni taqiqlagan edi.

Bosh vazir maktablarni hokimlar nazoratidan chiqargan va endilikda o‘quv muassasalari faqat Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunishini aytgan.

Bosh vazir yangi rahbarlar oldiga o‘qituvchilar obro‘sini, malakasini va ish haqqini oshirish, o‘quv dasturlarini yaxshilash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozboo‘lik ishlaridan bo‘shatish kabi vazifalarni qo‘ygan.

Avvalroq Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida prezidentining “Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning ijtimoiy mavqeini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilingan.

Muhokamasi 28 iyunda yakunlanadigan va kuchga kiradigan mazkur qarorda 2018 yil 1 sentabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘qituvchilarining oylik ish haqlarini 24 foizga, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oylik ish haqlarini esa 10 foizga oshirish nazarda tutilgan”.  Iqtibos tugadi. [1].

Bu maqolani o’qish davomida mening ensam qotdi, chunki, yillar davomida men uchun xalq ta’limi majburiy mehnat, korruptsiya, zo’ravonlik, huquqsizlik o’chog’i sifatida o’qituvchilar esa hokimlarning salkam mardikori sifatida gavdalanardi.

Zero, O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda Shimoliy Koreyadan keyin 2-o’rinni egallaydi. [2].

Transparency International tashkilotining 2017-yil korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptions Index 2017)

O’zbekiston 22 ball bilan dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinda.

(Yangi Zelandiya 89 ball bilan 1-o’rinni egallagan, ya’ni Yangi Zelandiyada korruptsiya darajasi eng kam). [3].

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonning majburiy mehnat, korruptsiya bo’yicha dunyoda sharmandali o’rinni egallagani to’g’risida mutlaqo gapirmaydi.  O’zbekistondagi ommaviy-axborot vositalari ham bu to’g’rida lom-mim demaydi. Lekin, O’zbekistonning bu sharmandali holatidan dunyo xabardor. O’zbekistonda majburiy mehnatga barham berish uchun, korruptsiyaga qaqshatqich zarba berish uchun kuchli fuqarolik jamiyati zarur.

Ozodlikdan iqtibos:”Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyun- O’zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida jurnalistlarga yo’llagan tabrigida o’zbek matbuotida “oshkoralik” va “xolis tanqid” ruhi paydo bo’lganini olqishladi.

Gazetalarimiz, tele-radiokanallarimizda oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi kuchaygani, bevosita xorijiy mamlakatlardan tayyorlanayotgan materiallar soni ortib borayotganini biz har tomonlama qo’llab- quvvatlaymiz”, deyiladi prezidentning tabrigida.

Ayni paytda Mirziyoyev ommaviy axborot vositalarini chinakam to’rtinchi hokimiyatga aylanishi uchun ko’p ishlar qilinishi lozimligini urg’uladi.

Ommaviy axborot vositalari so’zda emas, amalda “to’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarilishi zarur. Bu -zamon talabi, islohotlar talabi”, deb ta’kidladi prezident”. Iqtibos tugadi. [4].

Amerika Ovozidan iqtibos:”Muammolarga uchray boshlagan o’zbek matbuoti tanqiddan xoli kelayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevdan najot kutmoqda. Bir haftadirki, mamlakatdagi ilg’or axborot agentliklarining internet sahifalariga kirish qiyinlashgan. Ulardan biri, tezkor chiqishlari bilan tanilgan Kun.uz sahifasiga kirish to’silgan.

Nashrlardan yana biri Sof.uz o’z bayonotida O’zbekistonda aynan tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan axborot vositalari “texnik” muammolarga uchrayotganiga diqqat qaratdi. So’nggi yilda ildamlashgan o’zbek matbuotining “texnik” bosimga uchray boshlashi ijtimoiy tarmoqlarda norozilik uyg’otgan, prezidentga murojaat qilinmoqda.

O’tgan haftadan boshlab ochilishi qiyinlashgan Kun.uz, Sof.uz. Azon.uz, Qalampir.uz, Xabar.uz kabi ilg’or nashrlar saytlari ayni paytda bir qadar muammodan xoli. Faqat Kun.uz butunlay to’silganicha qolmoqda”. Iqtibos tugadi. [5].

Centre1.com internet-saytining yozishi bo’yicha O’zbekiston inson huquqlari al’yansi yetakchisi Yelena Urlayeva 26-iyun kuni Toshkent shahar sudining Jinoiy ishlar bo’yicha raisi B. Islomovdan xat olgan. Yelena Urlayeva bu xatdan 11-iyun kuni Toshkentdagi Sergeli tuman sudi 2-ruhiy dispanser bosh vrachining Yelena Urlayevani majburiy davolash bo’yicha so’rovini rad qilganligini bildi.

Sudning qaroriga ko’ra, Yelena Urlayeva bu kasalxonada “majburiy uydan qatnab (ambulatoriya) davolanish”i zarurligi ta’kidlangan. Yelena Urlayeva marhum diktator Islom Karimov davrida 2002, 2005, 2012, 2015, 2016 va 2017-yillarda ruhiy kasalxonada majburiy davolantirilgan. [6].

Bu holat hozirgi prezident Shavkat Mirziyoyev davrida ham takrorlanyapti.

 Kun.uz va Yelena Urlayeva bilan bo’lgan vaziyat prezident Shavkat Mirziyoyevning og’izdagi “xalqparvarlik” siyosatining amaldagi haqiqiy ko’rinishidir.  Zero, kuchli fuqarolik jamiyatisiz majburiy mehnat va korruptsiyaga qarshi samarali kurashib bo’lmaydi.

O’qituvchilarning maoshiga kelsak, men “Prezident Shavkat Mirziyoyev majburiy mehnatga barham bera oladimi?  Diana Yenikeyeva o’limi” nomli maqolam va shu nomdagi videoda O’zbekistondagi yuqori sinf o’qituvchilarining maoshi bilan dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi o’qituvchilarning maoshlari taqqoslangan edi.

Maqoladan iqtibos: “O’zbekistonda yuqori sinf o’qituvchilari maoshi o’rtacha 125 AQSH dollariga teng, umuman olganda 100-200 AQSH dollari atrofida.[7,8].

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari;

1.Lyuksemburgda yangi ishni boshlagan o’qituvchi bir yilda 80.000 dollarga teng yillik maosh oladi.  15 yil ishlagandan keyin esa 140.000 AQSH dollaridan ham ko’proq yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni bir oylik maoshi 6.600 dollardan boshlanib 12.000 dollardan ham ko’proq bo’lishi mumkin [9].

2.Frantsiyada yangi ish boshlagan o’qituvchi bir yilda 35.000 AQSH dollari, eng ko’pi bilan 60.000 AQSH dollarigacha yillik maosh olishi mumkin.  Bir oylik maosh 3.000 AQSH dollaridan 5.000 gacha olishi mumkin.

3.Janubiy Koreyada 30.000 AQSH dollari, ular eng ko’pi bilan 80.000-85.000 yillik maosh olishi mumkin.  Ya’ni oylik maoshi 2.500 dan 7.000 AQSH dollarigacha bo’ladi.

4.Yaponiyada 20.000-23.000 AQSH dollaridan 60.000 AQSH dollari yillik maosh olishi mumkin.  Ya’ni oylik maoshi 2.000 dan 5.000 AQSH dollarigacha.[9].

O’zbekistonda o’qituvchilarning maoshini O’zbekiston iqtisodi rivojlana boshlasa oshirsa bo’ladi, O’zbekiston iqtisodi esa, qachonki, o’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilsa rivojlanadi.

Ozodlikdan iqtibos: ”Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida bug‘doy rejasini bajara olmagan fermerlar tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan muntazam kaltaklanmoqda.

27 iyun kuni shunday iddao bilan jabrlangan fermerlarning o‘zlari Ozodlikka murojaat qildi.

Ozodlik gaplashgan qarshilik fermerlar, militsiya boshlig‘i planni bajarmaganlarni bir safga terdirib, ikki marta kaltaklagani va qo‘shni fermerlardan bug‘doy sotib olib, rejani bajarishni talab qilganini hikoya qildi.

Qarshi tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Rajabov Ozodlik savollariga javob berishdan o‘zini olib qochdi”. Iqtibos tugadi. [10].

Yana ozodlikdan iqtibos: “Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida fermerlik qilgan 50 yashar fermer Sherali Davronov 18 iyun kechqurun o‘z joniga qasd qildi.

Ozodlikka kelgan bu xabarni tasdiqlagan ichki ishlar mulozimiga ko‘ra, Sherali Davronov uy ayvonining to‘siniga o‘zini osgan.

Fermerning yaqinlari o‘sha kuni tuman hokimi uni bug‘doy rejasini bajarmagani uchun majlisda urib haqorat qilganidan so‘ng uyga kelib o‘z joniga suiqasd qilganini iddao qilmoqda.

Tuman hokimi fermerni so‘kkani va urgani haqidagi iddaolarni inkor qildi”.  Iqtibos tugadi. [11].

Yuqorida keltirilgan O’zbekiston hokimiyati tomonidan fermerlarga bo’lgan zo’ravonlikning ikki ko’rinishi va mening “Zokir Aliyev, Rustam Usmonov, Shoira Hasanova va fermerlar ishi” nomli maqolam va shu nomdagi videoda O’zbekiston hokimiyati tomonidan o’rta sinf vakillarining huquqlari va erkinliklari oyoq osti qilinganligi, O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev davrida o’rta sinf vakillarining ayanchli ahvolini ko’rsatyapti. [12,13].

Mening fikrimcha, xalq ta’limidagi rahbarlarning ishdan bo’shatilib, ularning o’rniga yangi rahbarlarning keltirilishi faqatgina kichik kosmetik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Lekin kuchli fuqarolik jamiyatisiz korruptsiyaga qaqshatqich zarba berib bo’lmaydi.

O’zbekiston iqtisodiyoti korruptsiya darajasi yuqori bo’lgan O’zbekistonda o’rta sinf vakillarining huquq va erkinlari oyoq osti qilingan vaziyatlarda ham bir amallab, zo’riqib birmuncha rivojlanishi mumkin.  Bu zo’riqiqb birmuncha rivojlanishdan yuqori darajadagi bir hovuch korruptsionerlar foyda ko’radi.

Biroq, O’zbekiston vatandoshlari bu “iqtisodiy rivojlanishdan” foyda ko’rmaydilar. Ammo, O’zbekiston vatandoshlari “iqtisodiy rivojlanish” natijasida kelib chiqqan O’zbekiston qarzini kelajakda to’lashlariga to’g’ri keladi.

O’zbekiston vatandoshlari marhum diktator Islom Karimovning O’zbekistonni 27 yil boshqaruvi davrida ahmoq bo’lib qolgan edilar.

Nahotki, prezident Shavkat Mirziyoyevning boshqaruvi davrida ham yana ahmoq bo’lib qoladilar!?

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

29-iyun, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xalq ta’limi vazirligidagi barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan olindi. 27.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29322131.html ).

2. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

3. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

4. Мирзиёев ўзбек матбуотида “ошкоралик ва холис танқид руҳи” пайдо бўлганини олқишлади. 28.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29324763.html ).

5. “Texnik” muammoga uchragan saytlar prezidentdan najot kutmoqda. 25.06.2018. ( https://www.amerikaovozi.com/a/uzbekistan-blocked-websites/4453687.html ).

6. Суд – за очередное принудительное лечение Елены Урлаевой. 27.06.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/sud-za-ocherednoe-prinuditelnoe-lechenie-eleny-urlaevoj/ ).

7. Педагогларнинг таътил пуллари қандай ҳисобланади? 13.05.2017. (http://idum.uz/archives/11394 ).

8. Average monthly salary in Uzbekistan is US$125- Statistics committee. 15.12.2017.

( http://tashkenttimes.uz/national/1814-average-monthly-salary-in-uzbekistan-is-us-125-statistics-committee ).

9. Different Teacher Salaries Around the World. 2017. (https://www.educationdegree.com/articles/teaching-salaries-around-the-world ).

10. Qarshi militsiyasi boshlig‘i bug‘doy rejasini bajara olmagan fermerlarni ayovsiz kaltaklamoqda. 28.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29325208.html ).

11. Hokim kaltagidan so‘ng qashqadaryolik fermerning o‘zini osgani iddao qilindi. 23.06.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29315542.html ).

12. Zokir Aliyev, Rustam Usmonov, Shoira Hasanova va fermerlar ishi. 22.06.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/759 ).

13. Zokir Aliyev, Rustam Usmonov, Shoira Hasanova va fermerlar ishi. Video. 23.06.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/761 ).

 

O’zbekiston qachon tabiiy boyliklarni sotish hisobiga kun kechirishdan qutiladi?!

$
0
0

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida birinchi marta O’zbekistonning eksport va importi tovarlar va xizmatlarning ulushi, miqdori AQSh dollarida, foizlarda keltirildi.  

Ozodlikdan iqtibos: “O’zbekiston fuqarolarining chet ellardagi birlamchi daromadlari summasi 2018 yilning 1-charagida 1,5 milliard dollarni tashkil qildi.

Bu haqda ma’lumot berilgan Markaziy bankning “O’zbekiston Respublikasi to’lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi” hisobotida aytilishicha, birlamchi daromadlar ishlab chiqarish jarayonidan ( masalan, ish haqi to’lovi ) olingan daromad va investitsion daromadni (malalan, dividendlarni ) o’z ichiga oladi”. Iqtibos tugadi. [1].

Men “O’zbekiston respublikasi to’lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi” hisobotini o’rganib, men uchun kutilmagan uchta “ajoyib” faktlarni topdim. [2].

Birinchi “ajoyib” fakt.  Hisobot bo’yicha 2018-yilning birinchi choragida O’zbekiston tovarlar eksportining summasi 2,9 milliard dollarni, tovarlar importi esa 3,6 milliard dollarni tashkil qilgan.  Tovarlar eksportining asosiy qismini oltin-1,3 mlrd.dollar va gaz-487,2 million dollarni tashkil qilib, ularning tovarlar eksportidagi jami ulushi 61 foizga tengdir.

Darhol menda O’zbekiston avtomobillarining ulushi necha foiz ekan degan qiziqish paydo bo’ldi.  Hisobotning 2-diagrammasida jami tovarlar eksporti hajmida salmoqli bo’lgan boshqa tovarlarning ulushi foizda keltirilgan. Yengil avtomobillar ulushi 2-diagramma bo’yicha 0,8 foizga teng. 0,8 foiz menga juda yomon ta’sir qildi.

Chunki, O’zbekiston 1996-yildan beri yengil avtomobil ishlab chiqaradi va bu yengil avtomobillarning 80-90 foizi Rossiya, Qozog’iston va boshqa mamlakatlarga eksport qilinar edi.  Marhum diktator Islom Karimov prezidentligi davrida O’zbekiston dunyodagi 28ta yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan mamlakatlardan biri deb, Islom Karimov hokimiyatining olamshumul yutug’i deb ko’rsatilardi. Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida birinchi marta yengil avtomobillarning eksportdagi ulushi 0,8 foizga teng ekanligi ma’lum bo’ldi.

2-diagrammada ba’zi tovarlarning eksportdagi ulushini keltirishni lozim deb topdim.

1.Paxta kalava ipi-6,4%;

2.Etilen polimerlari- 3,8%;

3.Paxta tolasi- 3,5%;

4.Mis- 2,1%;

5.Elektr energiyasi- 2,1% va hokazo.

Xulosa shuki, O’zbekiston eksportining eng ko’p ulushini oltin, gaz-61% va paxtaga tegishli mahsulotlar 11,8%ni tashkil etyapti.  

1.Paxta kalava ipi -6,4%;

2. Paxta tolasi -3,5%;

3.Trikotaj mahsulotlari- 1%;

4.Paxta tolasidan gazlamalar- 0,5%;

5.Trikotaj gazlamalar- 0,4%.

Ikkinchi “ajoyib” fakt.  

3-diagrammada tovarlar eksportida mamlakatlarning ulushi foizda keltirilgan:

1.Shvetsariya -49%;

2.Xitoy-15%;

3.Rossiya-13%;

4.Qozog’iston-7% va hokazo.

Men uchun kutilmagan narsa O’zbekiston eksportida Shvetsariyaning 1-o’ringa chiqib qolganidir.  Marhum diktator Islom Karimov davrida O’zbekiston eksportining asosiy ulushi Rossiya va Xitoyga to’g’ri kelardi.  Gaz va paxta mahsulotlarining jahondagi narxi tushib ketishi tufayli O’zbekiston eksportida oxirgi yillarda oltinning ulushi katta ro’l o’ynay boshlagan ko’rinadi.

Yana shuni qo’shimcha qilishni lozim topdimki, joriy yilning I-choragida xizmatlar eksporti 1,1 milliard dollar, xizmatlar importi esa 1,2 milliard dollarga teng bo’lgan.  Xizmatlar eksporti va importining salbiy farqi 148,8 million dollarni tashkil qilgan.

Uchinchi “ajoyib” fakt.

O’zbekistonlik mehnat muhojirlarining mamlakatga transfert o’tkazmalari 8-diagrammada keltirilgan.

Transchegaraviy pul o’tkazmalarining ulushi, foizda mamlakatlar bo’yicha:

1.Rossiya-77%;

2.Turkiya-5%;

3.Qozog’iston-4%;

4.AQSh-4%;

5.Janubiy Koreya-2% va hokazo.

Mehnat muhojirlarining O’zbekistonga jo’natgan pul miqdori mamlakatlar bo’yicha aniq ko’rsatilmagan.  Biroq, Ozodlik va boshqa chet el ommaviy-axborot vositalarida Rossiyadagi mehnat muhojirlarining O’zbekistonga jo’natgan pullari miqdori oshkor etildi.

Ozodlikdan iqtibos:”Mehnat muhojirlarining Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2018 yilning birinchi choragida 726 million dollarni tashkil etdi.

Rossiya Federatsiyasi Markaziy Banki keltirayotgan statistika raqamlariga ko‘ra, bu miqdor o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda 17 foiz ko‘proqdir”. Iqtibos tugadi. [3].

Mehnat muhojirlarining 2018-yilning I-choragida O’zbekistonga jo’natgan pul jo’natmalari miqdori 949,4 million AQSh dollariga teng.

Hisobotdagi “ajoyib” faktlardan xulosa shuki, O’zbekiston eksportining 70%dan ortig’ini tabiiy boyliklar- oltin, gaz va paxta xom ashyosi, paxtadan qilingan mahsulotlar tashkil etadi.  Bu degani O’zbekistonliklar tabiiy boyliklar hisobiga, mehnat muhojirlari jo’natgan pullar hisobiga va majburiy mehnat tufayli O’zbekistonning obro’sini tushirayotgan paxta hisobiga kun kechiryapti.

Kelajakda gaz, oltin tugashi mumkin, unda o’zbekistonliklarning ahvoli nima bo’ladi?  O’zbekiston hozirgi qiyin ahvoldan chiqib ketishi uchun nimalar qilish kerak?

Prezident Shavkat Mirziyoyevning amalga oshirayotgan yuzaki, kosmetik iqtisodiy va siyosiy islohotlari bilan O’zbekiston qiyin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan chiqib keta olmaydi.

O’zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirish uchun O’zbekistonda korruptsiya darajasini keskin kamaytirish kerak.  Zero, Transparency International tashkilotining 2017-yil korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perception Index 2017) bo’yicha dunyodagi 180 mamlakat ichida O’zbekiston 22 ball bilan 157-o’rinda.  O’zbekiston dunyoda eng korruptsiyalshgan 20 mamlakatlar qatorida.

Taqqoslash uchun Yangi Zelandiya 89 ball bilan 1-o’rinni egallagan, ya’ni Yangi Zelandiyada korruptsiya darajasi eng kam. [4].

O’zbekistonda korruptsiya darajasini keskin kamaytirish uchun kuchli fuqarolik jamiyati zarur.  Afsuski, prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyati O’zbekiston fuqarolarining siyosiy huquqlarini cheklab qo’ygan, ya’ni muxolif harakatlar, partiyalar va inson huquq tashkilotlari ro’yxatga olinmayapti.

Hanuz, O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda Shimoliy Koreyadan keyin 2-o’rinda.  [5].

Yana, afsus bilan shuni ta’kidlamoqchimanki, prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyati majburiy mehnatni keskin kamaytira olmayapti.

O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi uchun baquvvat o’rta sinfning shakllanishi O’zbekiston uchun o’ta zarur.

Biroq, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 51,5 ball bilan dunyoda 180 mamlakat ichida 152-o’rinda.  O’zbekiston ko’proq erkin bo’lmagan(Mostly Unfree) mamlakatlar guruhiga kiradi. [6].

Yana, afsus bilan aytamanki, prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyati O’zbekiston vatandoshlarining iqtisodiy erkinligini ham cheklab qo’ygan.

 Bu degani, kelajakda O’zbekiston tabiiy boyliklardan, mehnat muhojirlaridan kelayotgan daromadga qaram bo’lib qolaveradi. Yana 30 yil o’tsa ham rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shila olmaydi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

6-iyul, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. МБ: Биринчи чоракда ўзбекистонликлар чет элларда 1,5 миллиард доллар даромад топди. 02.07.2018.https://www.ozodlik.org/a/29331368.html ).

2. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТЎЛОВ БАЛАНСИ

ВА ХАЛҚАРО ИНВЕСТИЦИОН ПОЗИЦИЯСИ.Июнь. 2018.й.Тошкент.ш.

( http://cbu.uz/upload/statistics/bop/BOP,%20IIP%201q2018%20(uzb).pdf ).

3. Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi oshmoqda. 19.06.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29304630.html ).

4. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

5. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

6. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

 

Quyosh, shamol energiyasi bu bizning kelajagimiz, atom energiyasi emas.

$
0
0

O’zbekistondagi ommaviy-axborot vositalarida mamlakatimizda atom elektr stantsiyasi qurilishi to’g’risida ko’p xabarlar paydo bo’ldi.  

Ozodlikdan iqtibos: “O’zbekistonda quriladigan atom elektr stantsiyasi 2028-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu haqda 10 iyulda o’tgan atom elektr energetikasini barpo etish bo’yicha tashkiliy-texnik chra-tadbirlarni amalga oshirish masalariga bag’ishlangan yig’ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Prezidentning bildirishicha, Toshkent “Rosatom” korpotasiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stantsiyasini qurish bo’yicha kelishuvga erishdi. AES har birining quvvati 1 ming 200 megavattli 2ta energoblokdan iborat bo’ladi.

Iyul oyi boshida Ozodlik radiosi “Rosatom” O’zbekiston hududida atom elektr stantsiyasini qurish masalasidagi kelishuvni yakuniy bosqichda muhokama qilinayotganini bildirgani to’g’risida xabar bergandi.

Prezident rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, bugungi kunda O’zbekistonning elektr quvvatiga bo’lgan talabi 69 milliard kilovaat-soatni tashkil etadi.

Uning deyarli qariyb 85 foizi gaz va ko’mirni yoqish orqali, qolgan 15 foizi gidroelektr statsiyalarida ishlab chiqariladi. Buning uchun yiliga 16,5 milliard kub metr tabiiy gaz, 86 ming tonna mazut va 2,3 million tonna ko’mir sarflanadi.

Atom elektr stantsiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,5 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Buning natijasida atrof-muhitga tarqaladigan is gazi hajmi yiliga 3million tonnaga kamayadi. Iqtibos tugadi. [1].

Men youtubeda uzbek TV kanali orqali namoyish qilingan Shavkat Mirziyoyev: “Atom energiyasi bu bizning kelajagimiz!” nomli videoni diqqat bilan tomosha qildim.  Videoda prezident Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti Behzod Yo’ldoshev va boshqa hukumatdagi yuqori lavozimdagi amaldorlarning O’zbekistonda atom elektr stantsiyasi qurilib ishga tushirilishi nafaqat mamlakatimizda elektr energiyasi bilan ta’minlanishini yaxshilanishi, balkim O’zbekistonda ilmiy texnika salohiyatining oshihsiga, iqtisodiy rivojlanishga va ekologiyaning yaxshilanishiga olib kelinishiga sabab bo’lishini har tomonlama ilmiy faktlar bilan tushuntirib berishdi.

Men prezident Shavkat Mirziyoyevning “Atom energiyasi bu bizning kelajagimiz!” degan fikriga 100% emas, 5% qo’shilaman. [2].

Men 5% qo’shilish fikrimni to’rt nuqtadan iborat fikrim bilan asoslamoqchiman:

1.O’zbekistonda atom elektr stantsiyasining qurilishi juda ham xavfli chunki, 1986-yilning 25-26- aprelida Chernobilda bo’lib o’tgan va 2011-yilning 11-martida kuchli yer qimirlashidan keyin paydo bo’lgan tsunamining  Fukushima Daiichi atom elektr stantsiyasiga urilishi natijasida 12-15-mart kunlari ro’y bergan texnik halokatlar misol bo’la oladi. [3,4]. O’zbekiston hokimiyat vakillari bu halokatlar haqida lom-mim demadilar. Hammaga ma’lumki, AESlarning xavfsizligi 100% kafolatlanmagan.

AESda halokat, avariya ro’y bersa, radiatsiya havo va suv orqali atrof muhitga tarqaydi. Ayrim radiatsion elementlarning yarim parchalanish davri minglab yillarga teng. AES halokati ro’y bergan joyda aholi bir necha o’nlab yillar yashay olmaydi. O’zbekiston, Markaziy Osiyo uchun Orol fojeasining o’zi yetarli, AES halokati ortiqcha.

2.Fukushima Daiichi AES halokatidan keyin, ya’ni 2011-yildan boshlab butun dunyo bo’ylab ko’p mamlakatlar iloji boricha AES qurmaslikka harakat qilyapti. Avstraliya, Ozarbayjon, Gruziya, Gana, Irlandiya, Quvayt, Oman, Peru va Singapur kabi davlatlar ilk rejalashtirgan AESlarni qurishdan butunlay voz kechganlar.

Moliyaviy, siyosiy va texnik sabablarga ko’ra Kuba, Liviya, Shimoliy Koreya va Polsha qurilayotgan ilk reaktorlarini butunlay to’xtatib qo’yganlar.

AESlari faoliyat ko’rsatayotgan Belgiya, Germaniya, Ispaniya va Shveytsariya yangi AESlar qurishdan butunlay voz kechgan.

Boshqa mamlakatlar masalan, Gollandiya, Shvetsiya va Tayvan butunlay voz kechish ustida o’ylayapti, Avstriya esa ilk qurib bitirilgan AESidan foydalanishdan voz kechgan.

Ayrim mamlakatlar faoliyat ko’rsatayotgan AESlardan foydalanishdan voz kechgan. Masalan Italiya 1990-yilga kelib barcha faoliyat ko’rsatayotgan AESlardan foydalanishdan voz kechgan va referendum o’tkazib, AESlar qurilishini noqonuniy deb e’lon qilgan.

Lekin, kam sonli ayrim mamlakatlar AESlar qurishni rejalashtirmoqda.  Litva, Qozog’iston va Armaniston kelajakda AESlar qurmoqchi.

Xitoy esa 28ta AES qurmoqchi, Hindiston, Rossiya va Janubiy Koreya ham kelajakda yangi AESlar qurishni rejalashtirmoqda.  [5].

3.Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida 2010-yilgacha qayta tiklanadigan energiya manbalari bo’yicha iqtisodiy samarali texnologiyalar yaratib bo’lingan edi.  2011-yildagi ro’y bergan Fukushima Daiichi halokatidan keyin butun dunyo bo’ylab AESlar qurishdan voz kechib, quyosh, shamol, bioyonilg’i, termal va boshqa elektr stantsiyalar qurilishi avj oldi.

2017-yilning oxiriga kelib dunyo bo’yicha 2,179 GW salohiyatga (capacity) ega qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan elektr stantsiyalar faoliyat ko’rsatyapti. Bu elektr stantsiyalarning 53% gidroelektr stantsiyalar, 23% shamol, 18% quyosh va qolgan 6% boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida faoliyat ko’rsatadigan elektr stantsiyalardir.

Dunyo bo’ylab salohiyatning 16%(348 GW) Shimoliy Amerika mamlakatlariga to’g’ri keladi, 24%(512 GW) Yevropaga, 42% (919 GW) Osiyoga, atigi 4% ( 96 GW) esa Yevroosiyoga to’g’ri keladi.

Shu keltirilgan faktlardan ko’rinib turibdiki, Yevroosiyo mamlakatlari, shu jumladan O’zbekiston ham qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan ishlaydigan elektr stantsiyalar qurishda Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridan juda orqada qolgan. [6].

Quyida dunyoda eng ko’p quyosh elektr stantsiyalri bo’yicha salohiyatga ega bo’lgan mamlakatlar keltiriladi.

1.Xitoy-130,4 GW;

2.AQSh-85,3 GW;

3.Yaponiya-60,3 GW;

4.Hindiston-57,4 GW;

5.Germaniya-48,4 GW;

6,Italiya-22,6 GW;

7.Birlashgan Qirollik-14,2 GW;

8.Fransiya-12,8 GW;

9.Avstraliya-12,2 GW;

10.Pokiston-10 GW.

Ko’rinib turibdiki, quyosh elektr stantsiyalri bo’yicha 10 ta eng salohiyatli mamlakatlar ichida Yevroosiyo mamlakatlari Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, O’zbekiston va boshqalar yo’q. [7].

4.O’zbekistonda inson erkinliklari, huquqlari va biznes yuritish muhiti abgor bo’lganligi uchun qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan elektrostantsiyalar bo’yicha investitsiyalar kirib kelishi uchun jozibali emas.

Zero, O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda Shimoliy Koreyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi.[8], korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi [9], iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi [10], xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[11].

Qayta tiklanadigan energiya manbalari bo’yicha texnologiyalar Yevropa ittifoqi mamlakatlari, AQSh, Yaponiya, Xitoy kabi mamlakatlarda bor, biroq Yevroosiyo mamlakatlarida yo’q.

Shu sababli O’zbekiston hokimiyati AESlar qurishga qaror qilgan. Chunki, AESlar bo’yicha Rossiya SSSRdan meros qolgan texnologiya va qurish, ekspluatatsiya qilish tajribasiga ega.

Yana shuni hisobga olish kerakki, Rossiya iqtisodiy sanktsiyalar ostida. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev SSSR davrida tarbiya topgan rahbarlardir, sobiq kommunistlardir.

 Rossiyada ham O’zbekistondagiday korruptsiya darajasi juda yuqori. Majburiy mehnat gullab yashnagan, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar O’zbekistondagiday cheklangan.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

13-iyul, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Президент: Атом электр станциясини 2028 йилгача ишга тушириш режалаштирилмоқда. 11.06.2018. (https://www.ozodlik.mobi/a/29356349.html ).

2. ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ: “АТОМ ЭНЕРГИЯСИ БУ БИЗНИНГ КЕЛАЖАГИМИЗ!” uzbek tv. 10.07.2018. ( https://www.youtube.com/watch?v=BZMa5S8xHjE ).

3. Chernobyl disaster. ( https://en.wikipedia.org/wiki/Chernobyl_disaster ).

4. Fukushima Daiichi nuclear disaster. ( https://en.wikipedia.org/wiki/Fukushima_Daiichi_nuclear_disaster ).

5. Nuclear power by country. (https://en.wikipedia.org/wiki/Nuclear_power_by_country ).

6. Renewable capacity highlights. 31 March 2018

(http://www.irena.org/-/media/Files/IRENA/Agency/Publication/2018/Mar/RE_capacity_highlights_2018.pdf?la=en&hash=21795787DA9BB41A32D2FF3A9C0702C43857B39C ).

7. Top 10 solar-producing countries. 12.05.2017. ( https://www.energydigital.com/renewable-energy/top-10-solar-producing-countries ).

8. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

9. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

10. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

11. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

Viewing all 153 articles
Browse latest View live