Quantcast
Channel: Maqolalar – O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati
Viewing all 153 articles
Browse latest View live

Oltin va mehnat muhojirlaridan kelgan daromad qayerda qoldi?!

$
0
0

2018-yilning 16-iyul kuni fergana.ru internet-saytida “В Узбекистане на 70% вырос экспорт энергоносителей, нефтепродуктов и фруктов” nomli maqola chop etildi. [1]. Bu maqolada O’zbekistonning 1-yarim yilligida tashqi savdo aylanmasiga oid davlat statistika qo’mitasining hisoboti keltirilgan. [2].

Fergana.ru dagi maqola va O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasining hisoboti rus tilida bo’lganligi uchun men o’zbekchaga tarjima qilib ma’lumotlarni keltiraman.  Hisobotga ko’ra, O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2018-yilning yanvar-iyun oylarida 17,7 milliard AQSh dollarini, shu jumladan eksport -7,8 milliard AQSh dollarini, import esa 9,9 AQSH dollarini tashkil etgan.

Tashqi savdo saldosi esa -2,1 AQSh dollarini tashkil etgan. E’tibor bering, saldo minus.

Energiya tashuvchilari(energonositeli) va neft mahsulotlari eksporti o’tgan yilning shu davriga  nisbatan 78,5%ga o’sgan. Bu o’sish tabiiy gaz bo’yicha 1,9 marta, ximiya mahsulotlari va ulardan ishlangan mahsulotlar 5,3%ga, plastmassa mahsulotlari va undan qilingan mahsulotlar bo’yicha 18,7%ga o’sgan.

Meni bu yerda o’ta hayron qoldirgan narsa shu bo’ldiki, bu hayron bo’lgan narsani tushuntirishim uchun “O’zbekiston qachon tabiiy boyliklarni sotish hisobiga kun kechirishdan qutiladi?!” nomli maqolamdan iqtibos keltiraman.  [3], [4-video].

Maqoladan iqtibos: “Men “O’zbekiston respublikasi to’lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi” hisobotini o’rganib, men uchun kutilmagan uchta “ajoyib” faktlarni topdim. [2-Foydalanilgan adabiyotlarda 5.2].

Birinchi “ajoyib” fakt.  Hisobot bo’yicha 2018-yilning birinchi choragida O’zbekiston tovarlar eksportining summasi 2,9 milliard dollarni, tovarlar importi esa 3,6 milliard dollarni tashkil qilgan.  Tovarlar eksportining asosiy qismini oltin-1,3 mlrd.dollar va gaz-487,2 million dollarni tashkil qilib, ularning tovarlar eksportidagi jami ulushi 61 foizga tengdir”. Iqtibos tugadi.

Meni hayron qoldirgan narsa yarim yillik hisobotda oltindan kelgan daromad ko’rsatilmagan, 1-chorakda keltirilgan hisobotda oltinda kelgan daromad 1,3 milliard AQSh dollariga teng bo’lib, oltin va gazning tovarlar eksportidagi jami ulushi 61%ga tengligi keltirilgan edi. [5].

Meni 2-hayron qoldirgan narsa O’zbekiston tashqi savdo aylanmasida 2018-yilning yanvar-iyun oylarida eng ko’p vaznga, ahamiyatga ega mamlakatlar ro’yxati bo’ldi:

1.Rossiya-16%;

2.Xitoy-15,9%;

3.Qozog’iston-8,1;

4.Turkiya-5,3%;

5.Koreya respublikasi-4,3%;

6.Afg’oniston-1,9%;

7.Germaniya-1,9% va hokazo.

Maqoladan [3] iqtibos: “Ikkinchi “ajoyib” fakt.  

3-diagrammada tovarlar eksportida mamlakatlarning ulushi foizda keltirilgan:

1.Shvetsariya -49%;

2.Xitoy-15%;

3.Rossiya-13%;

4.Qozog’iston-7% va hokazo.

Men uchun kutilmagan narsa O’zbekiston eksportida Shvetsariyaning 1-o’ringa chiqib qolganidir”. Iqtibos tugadi.

Bu yerda meni 2-hayron qoldirgan narsa ochiq ko’rininb turibdi 1-chorakda O’zbekistonning Shvetsariyaga eksporti 49%ga teng, yarim yillik hisobotda esa Shvetsariyaning O’zbekiston eksportidagi ulushi umuman ko’rsatilmagan.

Meni 3-hayron qoldirgan narsa yarim yillik hisobotda o’zbekistonlik mehnat muhojirlarining mamlakatga transfer o’tkazmalari umuman keltirilmagan.

Maqoladan[3] iqtibos: “Uchinchi “ajoyib” fakt.

O’zbekistonlik mehnat muhojirlarining mamlakatga transfert o’tkazmalari 8-diagrammada keltirilgan.

Transchegaraviy pul o’tkazmalarining ulushi, foizda mamlakatlar bo’yicha:

1.Rossiya-77%;

2.Turkiya-5%;

3.Qozog’iston-4%;

4.AQSh-4%;

5.Janubiy Koreya-2% va hokazo”. Iqtibos tugadi.

Yana maqoladan iqtibos: “Mehnat muhojirlarining 2018-yilning I-choragida O’zbekistonga jo’natgan pul jo’natmalari miqdori 949,4 million AQSh dollariga teng”. Iqtibos tugadi.

Yarim yillik hisobotda O’zbekistonning oltin va mehnat muhojirlaridan kelgan daromadlari ataylab keltirilmagan.  Ataylab keltirilmaganini tushunish uchun yana maqoladan [3] iqtibos keltiraman:

Hisobotdagi “ajoyib” faktlardan xulosa shuki, O’zbekiston eksportining 70%dan ortig’ini tabiiy boyliklar- oltin, gaz va paxta xom ashyosi, paxtadan qilingan mahsulotlar tashkil etadi.  Bu degani O’zbekistonliklar tabiiy boyliklar hisobiga, mehnat muhojirlari jo’natgan pullar hisobiga va majburiy mehnat tufayli O’zbekistonning obro’sini tushirayotgan paxta hisobiga kun kechiryapti.

Kelajakda gaz, oltin tugashi mumkin, unda o’zbekistonliklarning ahvoli nima bo’ladi?  O’zbekiston hozirgi qiyin ahvoldan chiqib ketishi uchun nimalar qilish kerak?

Prezident Shavkat Mirziyoyevning amalga oshirayotgan yuzaki, kosmetik iqtisodiy va siyosiy islohotlari bilan O’zbekiston qiyin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan chiqib keta olmaydi.

O’zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirish uchun O’zbekistonda korruptsiya darajasini keskin kamaytirish kerak.  Zero, Transparency International tashkilotining 2017-yil korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perception Index 2017) bo’yicha dunyodagi 180 mamlakat ichida O’zbekiston 22 ball bilan 157-o’rinda.  O’zbekiston dunyoda eng korruptsiyalshgan 20 mamlakatlar qatorida.

Taqqoslash uchun Yangi Zelandiya 89 ball bilan 1-o’rinni egallagan, ya’ni Yangi Zelandiyada korruptsiya darajasi eng kam. [4, f.a. 6.4.].

O’zbekistonda korruptsiya darajasini keskin kamaytirish uchun kuchli fuqarolik jamiyati zarur.  Afsuski, prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyati O’zbekiston fuqarolarining siyosiy huquqlarini cheklab qo’ygan, ya’ni muxolif harakatlar, partiyalar va inson huquq tashkilotlari ro’yxatga olinmayapti.

Hanuz, O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda Shimoliy Koreyadan keyin 2-o’rinda.  [5,f.a.6.5].

Yana, afsus bilan shuni ta’kidlamoqchimanki, prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyati majburiy mehnatni keskin kamaytira olmayapti.

O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi uchun baquvvat o’rta sinfning shakllanishi O’zbekiston uchun o’ta zarur.

Biroq, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha 51,5 ball bilan dunyoda 180 mamlakat ichida 152-o’rinda.  O’zbekiston ko’proq erkin bo’lmagan(Mostly Unfree) mamlakatlar guruhiga kiradi. [6. f.a.7.6].

Yana, afsus bilan aytamanki, prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyati O’zbekiston vatandoshlarining iqtisodiy erkinligini ham cheklab qo’ygan.

 Bu degani, kelajakda O’zbekiston tabiiy boyliklardan, mehnat muhojirlaridan kelayotgan daromadga qaram bo’lib qolaveradi. Yana 30 yil o’tsa ham rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shila olmaydi”. Iqtibos tugadi.

Xulosa shuki, prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyati ham marhum diktator Islom Karimov rejimi davridagiday oltin va mehnat muhojirlaridan kelayotgan daromadlarni oshkor qilmaslik yo’liga o’tib olibdi.  Bu degani kelajakda prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvida O’zbekistonda faqatgina iqtisodiy o’sish kuzatiladi, statistik ma’lumotlar bilan jamoatchilik fikrini chalg’itishga (manipulyatsiyaga) keng yo’l ochiladi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

20-iyul, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. В Узбекистане на 70% вырос экспорт энергоносителей, нефтепродуктов и фруктов. 16.07.2018. (http://www.fergananews.com/news/31261 ).

2. Государственный комитет Республики Узбекистан по статистике.

Внешняя торговля. Январь-июнь. 2018 год.

( https://stat.uz/uploads/docs/tashqi-savdo-iyun-2018-ru.pdf ).

3. O’zbekiston qachon tabiiy boyliklarni sotish hisobiga kun kechirishdan qutiladi?! 06.07. 2018. ( http://uz.hrsu.org/archives/9074#more-9074 ).

4. O’zbekiston qachon tabiiy boyliklarni sotish hisobiga kun kechirishdan qutiladi?! Video. 07.07.2018. (http://oz.hrsu.org/archives/775 ).

5. 2. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТЎЛОВ БАЛАНСИ

ВА ХАЛҚАРО ИНВЕСТИЦИОН ПОЗИЦИЯСИ.Июнь. 2018.й.Тошкент.ш.

6. 4. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

7. 5. Slavery index by countries. 2016. ( https://www.globalslaveryindex.org/findings/ ).

8. 6. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).


O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda 69-o’rinda!? Shimoliy Koreyadan keyingi 2-o’rinda emas

$
0
0

Walk Free Foundation nodavlat fondi 2018-yilga tegishli dunyo bo’ylab zamonaviy qullik ko’rsatkichini(Global Slavery Index 2018) yoyinladi.  [1].

Hisobotga ko’ra, dunyoda 40,3 million zamonaviy qullar bor, ularning 71% ayollar.

O’zbekistonda zamonaviy qullar soni 160 mingga teng va har 1000 kishiga 5,2ta zamonaviy qul to’g’ri keladi.  O’zbekiston 167 mamlakat ichida 69-o’rinni egallagan.

Quyida Global Slavery Index 2018 jadval- 4 (table-4) ,178-bet, zamonaviy qullikning eng ko’p tarqalgan 10ta mamlakatlari va O’zbekiston keltirilgan:

1.Shimoliy Korea -104,6; Bu degani har 1000 kishiga 104,6 zamonaviy qul to’g’ri keladi.

2.Eritreya -93;

3. Burundi -40;

4.Markaziy Afrika respublikasi -22,3;

5.Afg’oniston -22,2;

6.Mavritaniya -21,6;

7.Janubiy Sudan -20,5;

8.Pokiston -16,8;

9.Kambodja -16,8;

10.Eron -16,2.

68. Armaniston-5,3;

69. O’zbekiston-5,2;

70. Sierra Liona-5,0.

Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda har 1000 kishiga 5,2 ta zamonaviy qul to’g’ri kelar ekan, Shimoliy Koreyada har 1000 kishiga 104.6 zamonaviy qul to’g’ri kelishini hisobga olsak, O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha katta ijobiy yutuqqa erishganini ko’ramiz.

Zero, O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha 2016-yilda Shimoliy Koreyadan keyin 2-o’rinda edi.

Global Slavery Index 2016 [2] hisobotining 26-betida jadval-1(table-1) zamonaviy qullikning mamlakatlar bo’yicha aholiga nisbatan hisoblangan foizi keltirilgan.

1.Shimoliy Koreyada zamonaviy qullikning aholiga nisbatan hisoblangan foizi -4,373%ga teng bo’lgan, zamonaviy qullarning hisoblangan soni 1.100,000; 2.O’zbekistonda esa ayni ko’rsatkichlar 3,973%ga, 1.236,600ga teng bo’lgan;

3.Kambodja;

4.Hindiston;

5.Qatar;

6.Pokiston;

7.Kongo demokratik respublikasi;

8.Sudan;

9.Iroq;

10.Afg’oniston.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha 2016-yilda dunyoda Shimoliy Koreyadan keyin sharmandali 2-o’rinni egallagan bo’lsa, 2018-yilga kelib dunyoda 69-o’rinni egalladi.

Bu ma’lumotlarning real hayotda qanday bo’lishini shu yilning kuzida paxta terimida talabalar, o’qituvchilar, shifokorlarning majburiy mehnatga jalb qilinishi yoki qilinmasligida ko’ramiz.

O’zbekistonning majburiy mehnat bo’yicha imidji yaxshilandi.  Lekin, O’zbekistonning korruptsiya, iqtisodiy erkinlik, fuqaroviy va siyosiy huquqlar, O’zbekistonga xalqaro kredit reyting agentliklari reyting bermaganligi, aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar sotib olish pariteti bo’yicha(PPP), aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar(GDP) bo’yicha o’ta abgor holatda.

Mening “Tashqi ishlar vazirligi O’zbekistonning imidjini yaxshilay oladimi?!” nomli maqolamdan[3] iqtibos:

2.Korruptsiya.  O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[5-Foydalanilgan adabiyotlarda,4.5].

3.Iqtisodiy erkinlik.  O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[6-Foydalanilgan adabiyotlarda-5.6].

4.Fuqaroviy va siyosiy huquqlar.  Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[7-Foydalanilgan adabiyotlarda-6.7].

Yana shu yerda qo’shimcha beshinchi misol sifatida Jahon Bankining tadbirkorlik muhiti (Doing Business) ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston dunyoda 74-o’rinni egallaydi.[8-Foydalanilgan adabiyotlarda-7.8].

Bu ko’rsatkich menimcha har holda unchalik yomon emas.

Lekin, yuqoridagi to’rtta misoldan ko’rinib turibdiki, xalqaro investor nuqtai-nazaridan olganda O’zbekistonning investitsiya jozibadorligi o’ta abgor holatda.  Shu sababli O’zbekistonga chet el investitsiyalarining kirib kelishiga va O’zbekiston iqtisodining gullab-yashnab ketishiga menda umid kam.  Iqtibos tugadi.[2,3].

Yana bu iqtibosga men qo’shimcha qilib, O’zbekistonga xalqaro kredit reyting agentliklari: Standard & Poor’s, Fitch, va Moody’s tomonidan reyting berilmaganidir. Bu reyting agentliklari qo’shni mamlakatlar Qozog’iston, Qrg’iziston va Tojikistonga reyting bergan, lekin O’zbekistonga emas. [9,10-Foydalanilgan adabiyotlarda-8.9, 9.10.].

O’zbekistonga kredit reyting berilmagani uning moliyaviy imkoniyatlarini cheklaydi,iqtisodiy rivojlanishini cheklaydi.

Men keltirgan misollar shuni ko’rsatadiki, dunyo jamoatchiligida O’zbekistonning imidji allaqachon shakllanib bo’lgan, bu imidj o’ta abgor holatda, bu imidj inson huquqlarini hurmat qilish, iqtisodiy erkinlik nuqtai nazaridan o’ta abgor holatda yoki obrazli qilib aytganda o’ta qora rangda.  O’ta qora rangni salgina oqartirish mumkin, lekin oq qilib bo’lmaydi.

O’zbekistonning imidjini yaxshilash uchun majburiy mehnatga barham berish kerak, korruptsiya darajasini keskin kamaytirish kerak, O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy erkinlik, fuqaroviy va siyosiy huquqlar berish kerak”.

Iqtibos tugadi.

Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 16ming AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada. [10,11].

Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 1,504. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 7 baravar orqada. [12].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

27-iyul, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. The Global Slavery Index 2018. ( https://cdn.globalslaveryindex.org/2018-content/uploads/2018/07/19074032/GSI-2018_FNL_180628_Digital-small_p.pdf ).

2. The Global Slavery Index 2016. ( http://un-act.org/publication/the-global-slavery-index-2016/ ).

3. Tashqi ishlar vazirligi O’zbekistonning imidjini yaxshilay oladimi? 13.04.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/677 ).

4.5. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

5.6. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

6.7. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

7.8. The World Bank. Doing Business. 2018.

( http://www.doingbusiness.org/rankings ).

8.9. Big Three (credit rating agencies) .

( https://en.wikipedia.org/wiki/Credit_rating_agency ).

9.10. List of countries by credit rating.

( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_credit_rating ).

10. GDP per capita, PPP – World Bank Open Data – World Bank Group.2016.( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.PP.CD ).

11. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. ( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

12. The World Bank. 2017. ( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

Internet tezligi past bo’lgan O’zbekistonda ta’lim sifati yuqori bo’lishi mumkinmi?!

$
0
0

2018-yil iyul oyining oxirgi o’n kunligida va avgust oyining boshlarida ommaviy-axborot vositalirida O’zbekistondagi ta’lim tizimi, ta’lim tizimidagi korruptsiya va o’qituvchilarning maoshlarini oshirish, ularning obro’sini oshirish to’g’risida O’zbekiston hokimiyatining ta’lim tizimiga aloqador yuqori lavozimdagi shaxslarning o’y-fikrlari, rejalari bo’yicha xabarlar, maqolalar yoyinlanyapti.

Ozodlikdan iqtibos: “O’qituvchilar oyligining ozligi maktablarda”mayda korruptsiya” rivojlanishiga sabab bo’ldi. Bu haqda “Yangi davr” axborot dasturiga intervyu bergan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Unga ko’ra, bugungi kunda o’qituvchining ish haqqi respublika miqyisidagi o’rtacha ish haqining 79 foiziga, eng ko’p ish haqqi miqdorining 50 foiziga arang yetmoqda.

Uzoq yil davomida tizimli ravishda oyliklarning pastligi, majburiy mehnat, turli yig’imlar hisobiga shunaqa yo’lga o’tib qolindi. Men ularni oqlash niyatim yo’q, mayda korruptsiya holatlari juda keng avj olib ketgan”,-dedi vazir.

Muxbirning:”Shu yildan boshlab remontga deb har oyda yig’iladigan pul, maktab direktori fondiga yig’iladigan pullar yig’ilmaydi, deb ayta olasizmi?” degan savoliga,vazir: ”Ayta olmayman, sababi, men 580 mingta odamning orqasidan 580 mingta nazoratchini qo’ya olmayman. Buning uchun yangicha tizim qilish kerak”, deb javob berdi.

Vazirga ko’ra, ayni paytda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda o’qituvchilarning oylik maoshlarini oshirish masalasi muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Davlat statistika qo’mitasi joriy yilning birinchi choragida o’rtacha oylik ish haqi 1 million 609 ming 100 so’mni tashkil qilgani to’g’risida xabar bergan edi.

Sohalar bo’yicha hisoblanganda, eng oz ish haqini sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ishlovchilar oladi. Statistika qo’mitasining hisobotida ta’kidlanishicha, bu soha vakillariga nominal hisoblangan ish haqi 1 million 58 ming 500 so’m. Bu oylik 2017 yilning mos davriga nisbatan 16,8 foizga ko’pdir, biroq Respublikadagi o’rtacha ish ko’rsatkichidan 34,2 foizga kamdir”. Iqtibos tugadi. [1].

Yana Ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekistonda o‘qituvchilarni himoya qilish bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi. [2]. Bu haqda 17 iyul kuni Shavkat Mirziyoev raisligida umumiy o‘rta ta’limni isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab Toshkentda o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlaridan ma’lum bo‘ldi.

“Yig‘ilishda turli nazorat organlari tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirishlarni cheklash, pedagoglarni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obuna va shu kabi kasb faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik kerakligi ta’kidlandi. O‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmat tashkil etish vazifasi qo‘yildi”, – deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda ushbu ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan xalq ta’limi tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti o‘tkazildi. Prezident pedagoglarning oylik maoshini, jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, maktablarning byudjetdan tashqari topayotgan daromadlarini ularning ixtiyorida qoldirish, maktablarda ichki jamoaviy nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish, namunaviy maktablarni ko‘paytirish maqsadida maktablar reytingini ishlab chiqish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident mamlakatda o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 7 foizi, o‘qituvchilar orasida esa 3 foizigina farzandi o‘qituvchi bo‘lishini xohlaganini keskin tanqid qildi.

Mirziyoevning aytishicha, Xitoyda o‘tkazilgan so‘rovda 55 foiz aholi farzandi o‘qituvchi bo‘lishini istaganini bildirgan”. Iqtibos tugadi. [2].

O’zbekiston ommaviy-axborot vositalarida O’zbekistonning ta’lim tizimi, oliy ta’lim tizimini dunyoning boshqa mamlakatlari bilan taqqoslanmaydi, O’zbekiston ta’lim tizimining dunyodagi o’rni to’g’risida lom-mim deyilmaydi.  Shu sababli men ta’lim tizimiga tegishli beshta ko’rsatkichni keltirishni lozim topdim:

1.Dunyo universitetlari.   Dunyodagi o’rni 2016-2017(World University Rankings 2016-2017)  [3].

Bu ko’rsatkich 2016-2017-yillar bo’yicha dunyodagi 980 ta eng ilg’or(top) universitetlarning ro’yxati keltirilgan.  Bu ko’rsatkichni aniqlashda universitetlarning o’qitish, tadqiqotlar o’tkazish, bilim berish va xalqaro mavqei hisobga olingan.

Masalan Ro’yxatda 1-o’rinda Birlashgan Qirollikning Oksford universiteti joylashgan. Bu universitetda 19,718 talaba o’qiydi, 1 ustozga 10,9 talaba to’g’ri keladi.  Universitetda 35% talabalar boshqa mamlakatlardan kelganlar. Universitetning 46% talabalari- qizlar, 54%- yigitlar. Ro’yxatning 10ta o’rnini Birlashgan Qirollik, AQSh, Shveytsariya universitetlari egallagan.

Ro’yxatdagi 980ta universitetlar ichida O’zbekistondan birorta universitet yo’q.

 Markaziy Osiyo mamlakatlari Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Turkmanistondan ham bironta universitet yo’q.

Postsovet respublikalaridan, Belorussiyadan 1 ta universitet, 800dan yuqori o’rinda, Ukrainadan 4ta universitet ,800-o’rindan yuqorida,

Rossiya Federatsiyasidan 18ta universitet. Eng yuqori 194-o’rinni Moskvadagi Lomonosov Davlat Universiteti egallagan.

2.Dunyodagi eng zo’r 40 ta’lim tizimi(Top 40 Education Systems in the World).  [4].

Bu ko’rsatkichni aniqlashda mamlakatning boshlang’ich, o’rta va oliy ta’limi, ya’niki oliy o’quv yurtlari va xalqaro maktablardagi ta’lim sifati e’tiborga olingan.   Bu ro’yxatdagi mamlakatlarning o’rni:

1.Janubiy Koreya;

2.Yaponiya;

3.Singapur;

4.Honkong;

5.Finlandiya;

13.Rossiya;

34.Turkiya;

40.Indoneziya.

Yuqoridagi ro’yxatdan ko’rininb turibdiki, dunyodagi ta’lim tizimi eng zo’r mamlakatlar qatorida O’zbekiston yo’q, postsovet mamlakatlaridan faqat Rossiya bor, musulmon mamlakatlaridan Turkiya va Indoneziya bor.

3.Ta’lim ko’rsatkichi 2015(2015 Education Index).  [5].

2015-yilga tegishli ta’lim ko’rsatkichi 2016-yilga tegishli inson rivojlanish hisoboti (the Human Development Report 2016) bo’yicha aniqlangan.  

Ro’yxat quyidagicha:

1.Avstraliya -0.939(ta’lim ko’rsatkichi);

2.Daniya-0.923;

3.Yangi Zelandiya-0.917;

4.Norvegiya-0.916;

5.Germaniya-0.914;

26.Belorussiya-0.834;

34.Rossiya Federatsiyasi-0.816;

39.Qozog’iston-0.805;

40.Ukraina-0.803;

..

58.O’zbekiston-0.740;

64.Ozarboyjon-0.723;

65.Qirg’iziston-0.721;

92.Turkiya-0.668;

95.Tojikiston-0.658;

111.Turkmaniston-0.629;

188.Niger-0.206.

Ro’yxatdan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston ta’lim ko’rsatkichi bo’yicha 180 mamlakat ichida 58-o’rinni egallagan.  Chunki, O’zbekiston SSSRdan dunyodagi eng yaxshi boshlang’ich, o’rta va oliy ta’lim tizimini meros qilib olgandi. Ta’lim tizimi sifati ancha pasaygan bo’lsada, umuman olganda yaxshigina ta’lim tizimini saqlab qola oldi.

4.Dunyo bo’ylab internet tezligi sinovi ko’rsatkichi, iyun ,2018(Speed Test Global Index June 2018).  [6].

Bu ko’rsatkich mobil va Sobit Keng Yo’lakli(Fixed Broad Band) uchun keltirilgan:

Mobil telefon uchun dunyo bo’ylab o’rtacha(Global Average) yuklab olish(download, Mbps) 23,54,

yuklab qo’yish(upload Mbps) 928.

1.Qatar-63.22 (yuklab olish, (download Mbps);

2.Norvegiya-62.4;

3.Birlashgan Arab Amirligi-54.67;

4.Singapur-53.53;

5.Islandiya-52.39;

42.Gruziya-28.69;

44.Moldaviya-28.55;

52.Ozarbayjon-25.11;

55.Armaniston-24.37;

64.Qozog’iston-21.41;

72.Rossiya-17.48;

94.Ukraina-14.31;

97.Qirg’iziston-13.82;

105.Belorussiya-11.68;

113.O’zbekiston-8.95;

..

122.Afg’oniston-6.14;

123.Tojikiston-5.13;

124.Liviya-4.62.

Yuqoridagi ro’yxatdan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston dunyodagi 124 mamlakat ichida 113-o’rinni, ya’ni ro’yxatning oxiridan 11-o’rinni egallagan.

Sobit Keng Yo’lakli(Fixed Broad Band) dunyo bo’ylab o’rtacha(Global Average) yuklab olish (Download Mbps) 46.25,

Yuklab qo’yish(Upload Mbps) 22.47.

1.Singapur-180.57 (yuklab olish, download Mbps);

2.Honkong-150.70;

3.Islandiya-148.95;

4.Janubiy Koreya-114.07;

5.Ruminiya-108.42;

38.Moldaviya-45.07;

46.Rossiya Federatsiyasi-38.42;

47.Ukraina-36.90;

53. Belorussiya-32.01;

56.Qozog’iston-27.82;

73.Armaniston-21.04;

81.Gruziya-18.32;

84.Qirg’iziston-17.28;

95.Ozarbayjon-14.37;

126.O’zbekiston-7.10;

133.Jazoir-3.86.

O’zbekiston Sobit Keng Yo’lakli yuklab olish ko’rsatkichi bo’yicha 133 mamlakat ichida 126-o’rinni egallagan.  Ya’ni, ro’yxatning oxiridan 7-o’rinni egallagan.

Yana shuni ta’kidlab o’tishni lozim topdimki, mamlakat iqtisodi qancha qoloq bo’lsa internet tezligi ham shuncha past bo’ladi.

5.O’qituvchilarning maoshi.  Mening “Prezident Shavkat Mirziyoyev majburiy mehnatga barham bera oladimi?  Diana Yenikeyeva o’limi” [7] nomli maqolam va shu nomdagi videoda [8] keltirib o’tilganidek:

Maqoladan iqtibos: “2.O’zbekistondagi yuqori sinf o’qituvchilarining maoshi bilan dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi o’qituvchilarning maoshlari bilan taqqoslasak:

O’zbekistonda yuqori sinf o’qituvchilari maoshi o’rtacha 125 AQSH dollariga teng, umuman olganda 100-200 AQSH dollari atrofida.[9,10].

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari;

1.Lyuksemburgda yangi ishni boshlagan o’qituvchi bir yilda 80.000 dollarga teng yillik maosh oladi. 15 yil ishlagandan keyin esa 140.000 AQSH dollaridan ham ko’proq yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni bir oylik maoshi 6.600 dollardan boshlanib 12.000 dollardan ham ko’proq bo’lishi mumkin [11].

2.Frantsiyada yangi ish boshlagan o’qituvchi bir yilda 35.000 AQSH dollari, eng ko’pi bilan 60.000 AQSH dollarigacha yillik maosh olishi mumkin. Bir oylik maosh 3.000 AQSH dollaridan 5.000 gacha olishi mumkin.

3.Janubiy Koreyada 30.000 AQSH dollari, ular eng ko’pi bilan 80.000-85.000 yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni oylik maoshi 2.500 dan 7.000 AQSH dollarigacha bo’ladi.

4.Yaponiyada 20.000-23.000 AQSH dollaridan 60.000 AQSH dollari yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni oylik maoshi 2.000 dan 5.000 AQSH dollarigacha.[11]”. Iqtibos tugadi.

O’zbekiston rahbarlari o’qituvchilarning oylik maoshini oshirishni va ta’lim tizimida korruptsiyani kamaytirishni va’da qilishyapti.  O’qituvchilarning maoshini oshirish uchun O’zbekistob byudjetidan ta’lim tizimiga ko’proq pul ajratish kerak. O’zbekiston byudjetidan ko’proq pul ajratish uchun byudjetga ko’proq pul kelib tushishi kerak.

Lekin, O’zbekiston iqtisodiyoti men avvalgi maqolalarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 16ming AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada. [12,13].

Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 1,504. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 7 baravar orqada. [14].

O’zbekistonda korruptsiya darajasini kamaytirish uchun kuchli fuqarolik jamiyati zarur.  Zero, Mening “Tashqi ishlar vazirligi O’zbekistonning imidjini yaxshilay oladimi?!” nomli maqolamdan[15] iqtibos:

2.Korruptsiya. O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[16].

3.Iqtisodiy erkinlik. O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[17].

4.Fuqaroviy va siyosiy huquqlar. Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[18]”.

Iqtibos tugadi.

Ya’ni, O’zbekistonda oliy ta’lim tizimida zamonaviy oliy malakali mutaxassislar yetishtirib bera olmayotganligi uchun dunyoning yuqori reytingga ega bo’lgan universitetlarida  tahsil olgan yuqori malakali mutaxassislarni O’zbekiston ta’lim tizimiga, O’zbekiston boshqaruviga jalb qilishga majbur.

Yana O’zbekistonda internet tezligini kamida 10 baravar oshirish kerak.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

3-avgust, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Халқ таълими вазири мактабларда коррупция мавжудлигини тан олди. 30.07.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29397732.html ).

2. O‘qituvchilarning huquqlarini maxsus komissiya himoya qiladi. 18.07.2018.

( https://www.ozodlik.org/a/29374407.html ).

3. World University Rankings 2016-2017.(https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2017/world-ranking#!/page/0/length/100/locations/TR/sort_by/rank/sort_order/asc/cols/stats ).

4. Top 40 education systems in the world. ( https://www.master-and-more.eu/en/top-40-education-systems-in-the-world/ ).

5. 2015 Education Index. ( https://en.wikipedia.org/wiki/Education_Index ).

6. Speedtest Global Index June 2018. ( http://www.speedtest.net/global-index ).

7. Prezident Shavkat Mirziyoyev majburiy mehnatga barham bera oladimi? Diana Yenikeeva o’limi. 25.03.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/655 ).

8. Prezident Shavkat Mirziyoyev majburiy mehnatga barham bera oladimi? Diana Yenikeeva o’limi. Video. 26.03.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/657 ).

9. Педагогларнинг таътил пуллари қандай ҳисобланади? 13.05.2017. (http://idum.uz/archives/11394 ).

10. Average monthly salary in Uzbekistan is US$125- Statistics committee. 15.12.2017.

( http://tashkenttimes.uz/national/1814-average-monthly-salary-in-uzbekistan-is-us-125-statistics-committee ).

11. Different Teacher Salaries Around the World. 2017. (https://www.educationdegree.com/articles/teaching-salaries-around-the-world ).

12. GDP per capita, PPP – World Bank Open Data – World Bank Group.2016.( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.PP.CD ).

13. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. ( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

14. The World Bank. 2017. ( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

15. Tashqi ishlar vazirligi O’zbekistonning imidjini yaxshilay oladimi? 13.04.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/677 ).

16. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

17. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

18. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

Bobur Hasan, Muhiddin Qurbonov va Rafiq G’aniyev sarguzashtlari.  Isoqjon Zokirov va Ahmad Hoji Xorazmiy O’zbekistonga kirish vizasi ololmayapti.

$
0
0

2018-yilning avgust oyiga kelib O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o’zbek fuqarolik jamiyati faollariga nisbatan salbiy munosabati aniq-tiniq oydinlashdi.  Bu munosabat quyidagi fuqarolik jamiyati vakillarining sarguzashtlari misolida aniqlashtiriladi.

1.Bobur Hasan sarguzashtlari.

Amerika ovozidan iqtibos: “Rossiyadan O’zbekiston orqali Qozog’istonga uchishni rejalagan Bobur Hasan besh kun davomida O’zbekistonda bo’lish, ona yurtni ko’rish va biznes loyihasi yuzasidan muzokaralar yuritishni maqsad qildi.

Ammo Toshkent aeroportiga qo’nganidan keyin pasporti tekshirilib, uni ortga qaytarishdi – Rossiyaga deportatsiya qilishdi. Tadbirkorning o’ziga bu yuqoridan kelgan buyruq ekanligidan tashqari biror izoh berilmagan.

Chegarachilar pasportimni olib, kutib turing deyishdi. Bir soatdan keyin boshliq kelib, sizni O’zbekistonga kirishingiz mumkin emas, dedi. Men ularga O’zbekistondan 13 yil avval chiqib ketganman, meni kirishimga ruxsat yo’qligi yuzasidan biror hujjat taqdim eta olasizmi deb so’radim. Ular yo’q, bu – buyruq, deyishdi. Sizni Moskvaga qaytaramiz deyishdi. Men tranzit yo’nalishidagi fuqaro sifatida Qozog’istonga uchishga haqli ekanligimni aytdim, lekin ular bunga yo’q, sizni Moskvaga qaytaramiz deb Toshkent-Moskva reysini ikki soatgacha ushlab turishdi”, – deydi Bobur Hasan.

Bobur Hasan – bundan 13 yil muqaddam O’zbekistonni siyosiy ta’qiblar bois tark etgan muxolifatchi Bahodir Choriyevning ukasi. Uning AQShga borishi ham Karimov davridagi shu ta’qiblarga asoslanadi. Choriyev yetakchiligidagi “Birdamlik” harakati ayni paytda o’z faoliyatini to’xtatgan. Bundan tashqari Bobur Hasanning o’zi biror siyosiy faoliyatga aloqasi yo’qligini aytadi.

Men tadbirkorman, siyosatga aloqam yo’q. Bahodir Choriyev mening akam bo’lgani uchun O’zbekistonga kiritishmaganini faqat taxmin qilishim mumkin. Bu mening taxminim, lekin akam bilan mening hech qanday siyosiy, iqtisodiy aloqam yo’q. Men akam Bahodir Choriyevning harakati uchun javob bermayman, shuningdek, akam ham mening harakatim uchun javob bermaydi. Ularning men haqimda qanday fikrda ekanligi menga qorong’i, ammo niyatim ezgu edi.

Prezident Shavkat Miromonovich o’z nutqlarida bir necha marta vatandoshlarga murojaat qildi, vatanga qaytishga, sarmoyalar kiritishga chaqirdi. Men shu chaqiriqlardan ruhlanib borgan edim, niyatim iqtisodiyotdagi eng og’ir muammoli sohalarga sarmoya kiritish edi, davlatga, xalqqa foyda keltirish edi”, – deydi u.

Bobur Hasan O’zbekistondan Rossiyaga deportatsiya qilinishi ortidan Qozog’istonga borgan.

Ayni paytda u Ostonada o’z biznes loyihasi yuzasidan muzokaralar o’tkazmoqda. O’zbekiston hukumati 10 mingdan oshiq kishini ish bilan ta’minlashi mumkin bo’lgan biznes loyihaga eshikni yopdi, deydi Bobur Hasan.

Loyihaga ko’ra, O’zbekiston bo’ylab ikki mingdan oshiq zamonaviy hojatxonalar qurilishi kerak edi. Loyihaning ikkinchi qismi ko’p qavatli avtomobil turar joylarini qurish shu yilning oktyabridan ishga tushirilishi kerak edi. Bu haqdagi hujjatlar elchixonaga, tegishli idoralarga taqdim etilgan edi.

O’zbekiston turizm sohasini rivojlantirishga bel bog’lagan. Ularni qabul qiluvchi mehmonxonalar, restoranlar ko’p, ammo sayyohlarga xizmat ko’rsatuvchi zamonaviy hojatxonalar yo’qligi turizmdagi eng og’ir muammo. Mening loyiham shu muammoni hal etishga qaratilgan edi. Bundan avvalo davlat yutardi, soliqdan tashqari 12 mingga yaqin kishi ish bilan ta’minlanardi”, – deydi u”. Iqtibos tugadi. [1].

2.Muhiddin Qurbonov sarguzashtlari.

 Centre1.com internet veb-saytida Shvetsiyada muhojirotda yashayotgan jizzaxlik huquq himoyachisi Muhiddin Qurbonovning O’zbekistonga borib 2 soat davomida O’zbekistonda bo’lganligi to’g’risida hikoya qiladi.  Muhiddin Qurbonovning aytishi bo’yicha, u prezident Shavkat Mirziyoyevning “kimning qo’li qonga botmagan bo’lsa, marhamat O’zbekistonga kelinglar” degan so’zlariga ishonib O’zbekistonga qaytishga qaror qilgan.

– Men bu so’zlarga ishondim afsus: O’zbekiston korruptsiyaga botgan mamlakat edi, shundayligicha qolibdi deydi Muhiddin Qurbonov Shvetsiyadan Ц-1 muxbiriga.

Muhiddin Qurbonovning aytishi bo’yicha, uning O’zbekistonda yashaydigan keksa otasida rak kasalligi bo’yicha tashxis qo’yilgan.  Men otamni ko’rishni va yonida bo’lishni orzu qilardim deydi Qurbonov. 58 yoshli huquqbon, fermer va Birlik partiyasining faoli 2006-yildan beri Shvetsiyada quvg’inda yashaydi.

 U 23-may kuni O’zbekistonga kiritilmagan. Muhiddin Qurbonovni Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportida u uchib kelgan samolyotga o’tqazib O’zbekistondan chiqarib yuborishgan. Uning pasportiga O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning 2015-yildagi farmoniga binoan uni O’zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinganligi to’g’risida belgi qo’yilgan.  [2].

3.Rafiq G’aniyev sarguzashtlari.

BBCdan iqtibos: “Ezgulik jamiyatining Farg’ona viloyat bo’limi sobiq rahbari, Shvetsiyada istiqomat qilayotgan Rafiq G’aniyev O’zbekistonga kiritilmagan. G’aniyev 6 mart kuni Stokholmdan Toshkentga uchib kelgan. Biroq O’zbekiston fuqaroligidan chiqarilgan degan sabab bilan chegaradan o’tkazilmagan.

Ezgulik” jamiyati raisi Vasila Inoyatovaning BBCga aytishicha, hamkasbi uchib kelayotgani haqida unga xabar bergan.

Shifoxonada bo’lganligim sababli kutib olish uchun o’g’limni yubordim. O’g’lim Rafiq akani juda yaxshi taniydi. Ammo Rafiq aka aeroportdan chiqmagan. U kishi bilan birga uchib kelgan turmush o’rtog’ini O’zbekistonga kiritishgan”,-deydi Vasila Inoyatova.

Inson huquqlari faoli vaziyatni o’rganish uchun Toshkent xalqaro aeroporti pasport nazorati bo’limiga borgan. U yerdagi mas’ullar Rafiq G’aniyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2015 yili O’zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinganini va bu haqda inson huquqlari faolining xabari bo’lganligini aytishgan.

Pasport nazoratiga kirsam, ular bayonnoma tuzishgan ekan. Tanishib chiqdim. Unda, fuqaroligim yo’qligini bilardim. Balki o’tib ketarman, degan niyatda kelgandim, deb Rafiq akaning va yanganing gaplarini yozib qo’yishibdi”,-deydi Vasila Inoyatova.

Ezgulik” jamiyati faolining aytishicha, Rafiq G’aniyev O’zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev chetdagi fuqarolarni qaytarishimiz kerak, degan gapiga ishonib O’zbekistonga qaytgan”. Iqtibos tugadi. [3].

Bobur Hasan, Muhiddin Qurbonov va Rafiq G’aniyev sarguzashtlariga qo’shimcha muxolifat faoli Isoqjon Zokirov va xorazmlik olim Ahmad Hoji Xorazmiyning O’zbekistonga borish uchun viza ololmayotganliklari prezident Shavkat Mirziyoyevning o’zbek fuqarolik jamiyati faollariga munosabatini  yanada tiniqlashtiradi.

Ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekiston prezidentining 4 iyul kungi “Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartiblarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shu davlat fuqarolari O‘zbekistonga 20 dollarga uch kun ichida viza olib safar qilishlari mumkinligi aytildi.

Bundan tashqari prezidentning qarori tranzit yo‘lovchilarga O‘zbekistonda besh kungacha vizasiz qolish imtiyozini ham berishi bildirildi.

Bu to‘rt yil avval o‘zbekiston vatandoshligini yo‘qotgan 61 yoshli AQSh vatandoshi Isoqjon Zokirov uchun o‘n ikki yillik uzilishdan so‘ng vatanini ziyorat qilishga fursat edi.

Lekin, Zokirovga O‘zbekistonga sayyohlik vizasi berilmagan.

– Men muxolifat saflarida bo‘lganim uchun berishmayotgandir, lekin men AQSh vatandoshiman, O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarilganman. Bir sayyoh sifatida bir oyga O‘zbekistonga bormoqchiman xolos, u yerda uzoq qolish niyatim ham yo‘q, lekin menga viza berishmayapti, – deydi Isoqjon Zokirov”. Iqtibos tugadi. [4].

Yana ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekistonga sayyohlik vizasi ololmayotgan faqat Zokirov emas.

Britaniyada sal kam 15 yildan buyon yashayotgan 81 yoshli xorazmlik olim Ahmad Xoji Xorazmiyga ham sayyohlik vizasi rad etilgan.

Xorazmlik olim prezident Mirziyoyevning xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklarga qarata “qaytinglar” degan murojaatidan ilxomlanib, vatanini ziyorat qilish uchun Londondagi o‘zbek konsulligiga sayyohlik vizasi olish uchun ariza topshirgani, lekin rad javobini olganini aytadi.

– Topshirdim, o‘n kun bo‘ldi javob yo‘q. Keyin o‘zim konsullikka telefon qildim, Toshkent hal qiladi buni, biz bu yerda pochtalyonmiz xolos, deyishdi. Keyin pasportimni qaytarib berishdi, viza yo‘q, – deydi Ahmad Xoji Xorazmiy”. Iqtibos tugadi. [4].

O’zbekiston fuqarolik jamiyati faollari Muhiddin Qurbonov, Rafiq G’aniyev, Bobur Hasanning akasi Bahodir Choriyev, Isoqjon Zokirov va olim Ahmad Xoji Horazmiy O’zbekistonni marhum diktator Islom Karimovning ta’qib, tayziqlari tufayli tark etishga majbur bo’lishgandi.

O’z-o’zidan shunday savol tug’iladi, O’zbekiston hokimiyati o’zbek fuqarolik jamiyati faollariga O’zbekistonga qaytishga ruxsat berganida, ularga O’zbekistonga kirish vizasi berganda nima bo’lardi?

Albatta, fuqarolik jamiyati faollari Muhiddin Qurbonov, Rafiq G’aniyev va Isoqjon Zokirov O’zbekistonga qaytganida fuqarolik jamiyatining O’zbekistondagi faoliyati kuchayardi.  Bu kuchayish oqibatida O’zbekistonda qonun ustuvorligi kuchayardi, korruptsiya kamayardi.

Xorazmlik olim Ahmad Hoji Xorazmiyga O’zbekistonga borishga viza berilishi, uning O’zbekistonga borishi O’zbekistonlik olimlarni ilhomlantirgan bo’lardi.  Ahmad Hoji Xorazmiy o’zbekistonlik olimlar bilan o’zining chet ellarda orttirgan tajribalari bilan o’rtoqlashardi.

Tadbirkor Bobur Hasan O’zbekistonga 50 million investitsiya kiritganda, O’zbekistonda biznes faoliyatini boshlaganda, bu faoliyat O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishiga katta hissa qo’shgan bo’lardi.

Afsuski, O’zbekistonni bir hovuch korruptsionerlar boshqaryapti.  Bu korruptsionerlar O’zbekistonda qonun ustuvorligi hukmron bo’lishidan, korruptsiya kamayishidan manfaatdor emaslar.

Zero, mening “Internet tezligi past bo’lgan O’zbekistonda ta’lim sifati yuqori bo’lishi mumkinmi?!” nomli maqolam va shu nomdagi videoda keltirilganidek: [5,6]

Maqoladan iqtibos:

2.Korruptsiya. O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[7].

3.Iqtisodiy erkinlik. O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[8].

4.Fuqaroviy va siyosiy huquqlar. Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[9]”.

Lekin, O’zbekiston iqtisodiyoti men avvalgi maqolalarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 16ming AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada. [10,11].

Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 1,504. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 7 baravar orqada. [12]”. Iqtibos tugadi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

10-avgust, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Biznes g’oya bilan borgan tadbirkor O’zbekistonga qo’yilmadi. 06.08.2018.

( https://www.amerikaovozi.com/a/uzbekistan-deportation/4515585.html ).

2. Мухиддин Курбанов: «Я поверил словам президента Шавката Мирзиёева…». 25.05.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/muhiddin-kurbanov-ya-poveril-slovam-prezidenta-shavkata-mirziyoeva/ ).

3. Инсон ҳуқуқлари фаоли Ўзбекистонга киритилмади. 07.03.2017. (https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-39191249 ).

4. O‘zbeklar nega o‘z yurtiga viza ololmayapti? 09.08.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29422518.html ).

5. Internet tezligi past bo’lgan O’zbekistonda ta’lim sifati yuqori bo’lishi mumkinmi?! 03.08.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/801 ).

6. Internet tezligi past bo’lgan O’zbekistonda ta’lim sifati yuqori bo’lishi mumkinmi?! Video. 04.08.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/803 ).

7. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

8. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

9. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

10. GDP per capita, PPP – World Bank Open Data – World Bank Group.2016.( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.PP.CD ).

11. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. ( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

12. The World Bank. 2017. ( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

 

Hujra, VPN, qo’g’irchoq partiyalar va uzurpatsiya qilingan harakatlar

$
0
0

2018-yilning avgust oyida O’zbekistonda 30 yil davomida erkin, demokratik jamiyatga o’ta olmaganligining mohiyatini ochib beruvchi ikki voqea bo’lib o’tdi.

1.Hujra.  

Ozodlikdan iqtibos: “Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudi o‘tgan oyda noqonuniy hujra ochib olti yashar bolani “yaxshi o‘qimagani uchun savalab o‘ldirgan” Sherali Ibodovni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasida (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) aybli deb topib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Ozodlik suhbatlashgan ba’zi ota-onalar noqonuniy hujralarda bolasi kaltaklanayotganidan shikoyat qildi. Rasmiylar esa, noqonuniy ta’lim bilan shug‘ullanganlar jiddiy nazorat ostida ekanligini aytishdi.

Sirdaryo viloyat jinoyat ishlari sudi kotibining 13 avgust kuni Ozodlikka bildirishicha¸ hozirda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Sherali Ibodov Sirdaryo tumanida «Tariqat» oqimiga mansub hujra ochgan va o‘quvchi bolalarga nisbatan muntazam jismoniy jazo qo‘llab kelgan:

«Savalash oqibatida 6 yashar bola nobud bo‘lgani o‘tkan oy bo‘lib o‘tkan sudda tasdiqlandi va mahkum jazoni ijro etish maskaniga etap qilindi».”.  Iqtibos tugadi. [1].

Yana ozodlikdan iqtibos: “Ozodlik suhbatlashgan andijonlik ota ham o‘z o‘g‘lining hujrada gavron bilan kaltaklanganidan shikoyat qildi. O‘zini Olimjon Sobirov deya tanishtirgan andijonlik ota yetti yashar o‘g‘lini hujraga berganidan pushaymonligini Ozodlik muxbiriga aytdi:

– Kecha ko‘rgan bo‘lsalaring televizorda ko‘rsatdi. Nosirbek domlaning hujrasi edi bu . Qo‘shnilarga qo‘shilib mening yetti yashar o‘g‘lim ham iyul oyigacha o‘sha hujraga qatnab yuruvdi. Yaxshi o‘qimagani uchun domla gavron bilan uribdi¸ bo‘ynida shundoq izlari turibdi”. Iqtibos tugadi. [1].

Yana shuni ta’kidlab o’tishni lozim topdim, O’zbekistonda 2017-yil davomida noqonuniy diniy ta’lim beradigan 116ta xufyona hujra aniqlangan.

2.VPN. ( Virtual private network ).

Ozodlikdan iqtibos:”13 avgust kuni normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida telekommunikatsiya tarmoqlariga noqonuniy ulanganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni ko’zda tutuvchi hujjat loyihasi e’lon qilingan edi.

Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tayanib, gazeta.uz ga loyihaning ayrim me’yorlari OAVda noto’g’ri talqin qilingan.

Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan o’zgartish (EKIHning 100 barobaridan 300 barobarigacha miqdoridagi jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish)

tijoriy asosda xalqaro muzokaralarni tashkil etish bo’yicha noqonuniy faoliyatni amalga oshirgan shaxslarga qaratilgan. Gap xalqaro trafikni o’tkazish haqida ketmoqda”,-deyiladi xabarda.

Axborot yoki axborot resurslaridan foydalanishni, shuningdek, buning uchun VPN-tarmoqlar, VPN-kanallarni, proksi-serverlarni shaxsiy maqsadlarda yoki biznes uchun foydalanishni cheklash masalalari ko’zda tutilayotgani yo’q, deya qayd etildi vazirlikdan”.  Iqtibos tugadi. [2].

Hujra voqeasiga tegishli O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining quyidagi moddalarini keltirishni lozim topdim:

57-modda

Konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.

Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi.

61-modda.

Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.

31-modda.

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. [3].

Yuqorida keltirilgan O’zbekiston respublikasi konstitutsiyaning uch moddasi naqadar ahamiyatliligi quyidagi ikki misolda namoyon bo’ladi.

1.O’zbekiston islomiy harakati.  O’zbekiston mustaqil bo’lganidan keyin Juma Namangoniy va Tohir Yo’ldoshlar dastlab “Adolat” diniy tashkilotini va keyinchalik 1998-yili “O’zbekiston Islomiy Harakati”ni tuzishdi.  [4].

O’zbekiston islomiy harakatining maqsadi harbiy yo’l bilan, ya’ni zo’ravonlik yo’li bilan O’zbekistonda shariat asosida boshqariladigan islom davlati qurish edi.  O’zbekiston islomiy harakati o’zining faoliyatini dastlab O’zbekiston va Tojikistonda va 2000-yillardan boshlab Afg’oniston va Pokistonda davom ettirdi va hozirgi kunda ham davom ettirmoqda.

2.O’zbekiston Xalq Harakati.  [5].

Arab bahori”dan ilhomlanib O’zbekistondagi 8ta tashkilotlar o’zaro birlashib 2011-yilning may oyida O’zbekiston Xalq Harakatini tuzishdi.  Bu harakatning ko’zga ko’ringan yetakchilari Erk demokratik partiyasining raisi Muhammad Solih (Salay Madaminov), Namoz Normo’min, Muhammadsolih Abutov, Nurullo Maqsudovlar [6] edi.  O’zbekiston Xalq Harakati tuzilganda 1989-yilning 28-mayida tashkil topgan Birlik xalq harakati[5] va 2004-yilda tashkil topgan Birdamlik Xalq Harakati[7] faoliyat yuritayotgan edi.

2003-yili Birlik Xalq Harakati partiyaga aylantirilganligini hisobga olsak, O’zbekistonda bitta Birdamlik Xalq Harakati faoliyat ko’rsatayotganligi oydinlashadi. O’z-o’zidan shunday savol tug’iladi, O’zbekiston uchun Birdamlik Xalq Harakati faoliyat yuriyayotgan paytda nega endi yana ikkinchi xalq harakatini tuzish kerak bo’lib qoldi?

Chunki, O’zbekiston Xalq Harakatining yetakchilari islom dinini siyosiy maqsadlarda ya’ni hokimiyatga kelish uchun ishlatishni maqsad qilib qo’ygan edilar.  Bahodir Choriyev yetakchiligidagi Birdamlik Xalq Harakati esa O’zbekistonda dunyoviy, erkin va demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib qo’ygan edi.

VPN voqeasiga tegishli O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 29-moddasidir.

29-modda.

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.

Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.

O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 29-moddasi naqadar muhimligini  quyidagi besh misol oydinlashtiradi.

O’zbekistonning mustaqillik yillarida marhum diktator Islom Karimov davrida to’rtta qo’g’irchoq partiyalar va bitta qo’g’irchoq ekologik harakat tuzildi.

1.Ozbekiston Xalq Demokratik partiyasi.

Bu partiya 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyi qaroriga binoan tuzildi, uning Dasturi va nizomi qabul qilindi.  Partiya raisi etib Islom Karimov saylandi. Bu partiyaning a’zolari asosan sobiq kommunistlardan iborat edi. [8].

2.O’zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi(Milliy Tiklanish).

Bu partiya 1995-yil 3-iyunda ta’sis qurultoyida tashkil qilingan.  Bu partiya o’z faoliyatida ko’proq ziyolilarga suyanadi. [9].

3.O’zbekiston Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi(Fidokorlar).

Bu partiya 1999-yil 4-yanvarda tashkil etilgan.  Bu partiya o’z nomi bilan vatan fidokorlarini, vatan ravnaqi uchun kuyib, yonib yashaydigan O’zbekiston fuqarolarini birlashtirdi.  “Fidokorlar” Milliy Demokratik partiyasi o’z maqsad va niyatlari bir xil bo’lganligi uchun “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bilan birlashdi va hozirda “Fidokorlar” nomi ostida o’z faoliyatini davom ettirmoqda.  [10].

4.O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi.

Bu partiya 2003-yilning 15-noyabrida tashkil topgan.  Partiyaning a’zolari kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlaridan iborat.  Ya’ni partiya ishbilarmonlar manfaatini ifoda etadi. [11].

5.O’zbekiston ekologik harakati.

Bu harakat 2008-yilning 2-avgustida tashkil topgan.  Eko harakat-jamiyatning barcha kuchlari O’zbekistonning bugungi fuqarolari va kelajak avlodlari qulay tabiiy atrof-muhitda yashash huquqiga ega bo’lishlari, aholi salomatligini yaxshilashga, muhofaza qilishga, tabiiy resurslarning barcha manbalaridan samarali foydalanishga yo’naltirilgan say-harakatlarni safarbar qilishga intiladi.  “Sog’lom muhit-inson salomatligi” Ekoharakatning bosh shioridir.

Ekoharakat O’zbekison respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida kafolatlangan 15ta deputatlik o’rniga ega.  [12].

Yuqoridagi to’rtta qo’g’irchoq partiyalar va Ekoharakat marhum diktator Islom Karimovning O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasini oyoq osti qilganini ko’rmadi, konstitutsiya bo’yicha 10 yil emas mustaqil O’zbekistonni 25 yil (1991-2016) boshqarganini ko’rmadi, O’zbekistonni esa 27 yil (1989-2016) boshqarganini ko’rmadi.

Yana bu qo’g’irchoq partiyalar va Ekoharakat O’zbekistonda internet erkin emasligini ham ko’rmaydi, VPN haqidagi qonun O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga zidligini ham ko’rmaydi.

O’zbekistonda hozirgi kunda erkin, demokratik jamiyat uchun kurashayotgan bironta partiya va harakat yo’q.  Zero, Birlik Xalq harakatini va shu nomdagi partiyani Abdurahim Po’latov 1989-yildan beri, ya’ni 29 yildan beri, Muhammad Solih “Erk “demokratik partiyasini 1990-yildan beri, ya’ni 28 yildan beri, va yana Muhammad Solih O’zbekiston Xalq Harakatini 2011-yildan beri, ya’ni 7 yildan beri (Muhammad Solih O’zbekiston Xalq harakatining raisligiga bir yilga saylangan edi) va Bahodir Choriyev esa Birdamlik Xalq Harakatini 2004-yildan beri, ya’ni 14 yildan beri boshqarib kelyapti.

Ya’ni bu harakatlar xalq harakati maqomini yo’qotib Abdurahim Po’latov, Muhammad Solih va Bahodir Choriyevlarning harakatlariga aylangan, bu harakatlar ular tomonidan uzurpatsiya qilingan.

O’zbekiston jamiyatida 20-asrda shakllangan kommunistik boshqaruv usuli va 7,8 asrlarda shakllangan Islom dini g’oyalari ustunlik qilmoqda, aslo erkin,demokratik g’oyalar emas.

Demak, O’zbekiston mustaqil bo’lganidan qariyb 30 yil o’tib yana demokratik harakat yoki partiya tuzishga katta ehtiyoj bor.  Bu tuzilgan demokratik harakat yoki partiyaning raisi faqat bir marta 5 yilga saylanishi kerak va bu demokratik harakat yoki partiya hech kim tomonidan uzurpatsiya qilib olinmasligi kerak.

O’zbekiston uchun to’rtta xalq harakati kerak emas, bitta xalq harakati zarur.  Bu bitta xalq harakati demokratik bo’lishi kerak, Litvada 1988 yilda tuzilgan Sayudis, Estoniyada 1988 yilda tuzilgan Xalq fronti, Polshada 1980 yilda tuzilgan Solidarnost kasaba uyushmasi kabi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

17-avgust, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xufyona hujrada 6 yashar bolani “savalab o‘ldirgan domla” yetti yilga qamaldi. 13.08.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29430746.html ).

2. VPNдан фойдаланганлар жаримага тортилмаслиги айтилди. 15.08.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29435025.html ).

3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

4.Islamic Movement of Uzbekistan.

( https://en.wikipedia.org/wiki/Islamic_Movement_of_Uzbekistan ).

5. Ўзбек мухолифати етакчилари Абдужалил Бойматовнинг танқидига қандай жавоб беришди!? 21.08.2018. ( http://uz.hrsu.org/archives/2403 ).

6. Би-би-си меҳмони – Нурулло Мақсудов. 26.03.2010.

( https://www.bbc.com/uzbek/interactivity/2010/03/100322_talkingpoint_nurullo_maqsudov ).

7. Баҳодир Чориев демократми?! 04.05.2014. (http://uz.hrsu.org/archives/6770).

8. Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi.

( https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Xalq_Demokratik_Partiyasi ).

9. Oʻzbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi

( https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Milliy_Tiklanish_Demokratik_Partiyasi ).

10. Oʻzbekiston Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi.

( https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Fidokorlar_Milliy_Demokratik_Partiyasi ).

11.Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi.

( https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_liberal_demokratik_partiyasi ).

12.Oʻzbekiston ekologik harakati.

( https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_ekologik_harakati ).

Ahtam Shaimardonov: Nima uchun O’zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati yo’q?

$
0
0

Kuchli fuqarolik jamiyati faqat aholi katta qismini erkin, mustaqil va turli xil kichik biznesda ishlaydigan davlatda mumkin. Mamlakatda mustaqil fuqarolik jamiyati va erkin ommaviy axborot vositalari bilan kuchli fuqarolik jamiyatiga ega bo’lgan juda ko’plab kichik tadbirkorlar manfaatdor.

O’zbekistonda hokimiyat tuzilmalari butun mamlakatning tabiiy va inson resurslarini egallab olgan.

Aholisi Rossiya va Qozog’istonda chet elliklarning xizmatkori bo’ldi.

O’zbekistonda mahalliy aholi noqonuniy musofirlar holatida – ular qishloq xo’jaligida foydalanish uchun yerga egalik qilish taqiqlanadi.

Endi esa yanada bezovta qiluvchi tendentsiya mavjud. O’zbekiston hukumati qishloq xo’jaligi yerlarini xorijiy kompaniyalarga berishni qaror qildi. Misol uchun, Malayziya kompaniyalari 40 ming gektar yerni ijaraga berishni taklif qilmoqdalar. Mamlakatning mahalliy aholisi ularning tarixiy joylaridan ko’chirilishi mumkin.

Ahtam Shaimardonov

Islom Karimov jinoyatlari qachon fosh qilinadi?!  Nahotki, prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi diktator bo’ladi?

$
0
0

O’zbekiston mustaqilligining 27 yilligi nishonlanishiga o’n kunlar qolganda O’zbekiston ommaviy-axborot vositalarida marhum diktator Islom Karimovning nomini aytishga, chop qilishga ta’qiq qo’yilganligi ma’lum bo’ldi.

 Ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekiston MTRK tarkibidagi barcha kanallar muharrirlari joriy hafta boshida mamlakatni 1989 yildan 2016 yilgacha boshqargan marhum Islom Karimovning ismi efirda umuman aytilmasligi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Bu haqda Ozodlikka O‘zMTRK ning uch xodimi – teleboshlovchi, telekanallardan biri Bosh muharriri va “Yoshlar” telekanali bo‘limlaridan biri boshlig‘i​ bir-biridan mustaqil ravishda xabar qildi. MTRKning uch xodimidan olingan bu ma’lumotlar yuzasidan Teleradiokompaniya rahbariyatidan hech bir shaklda izoh olishning, hozircha, imkoni bo‘lmadi.

O‘zMTRK tarkibidagi kanallaridan biridagi jonli efir boshlovchisining Ozodlikka aytishicha¸ u va hamkasblariga «Islom Karimovning nomi efir setkasiga kirgan barcha dasturlarda aytilmasligi borasida Prezident Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonovdan «pryamoy zapret» kelgani to‘g‘risida bevosita rahbari aytgan:

– Agar Karimovning ismi efirda ketsa kallangdan ajraysan deyishdi. Bu gossovetnik Sultonovning buyrug‘i deb qo‘rqitishdi.

O‘zbekiston telekanallaridan birining Bosh muharririning aytishicha, MTRK rahbariyat tarkibiga kiruvchi barchadan «Islom Karimov ismini umuman tilga olmaslik» talab qilingan:

«Tavsiya emas talab qilindi. Ayniqsa, keksa avlodga mansub ziyolilarning Karimovni eslab gapirib qolish extimoli borligi uchun¸ bunday risk kategoriyasiga kiruvchilarni jonli efirga yaqinlashtirmaslik choralari ko‘rildi».

Ismi aytilmasligi sharti bilan gapirgan Bosh muharrirning aytishicha¸ Islom Karimov ismiga taqiq boshlanganiga bir oy bo‘lgan:

– Dushanba kungi majlisda yana eslatildi “Karimov nomi tilga olinmasin”, deb. O‘zi yil boshidan beri Karimovning nomini kamroq aytinglar¸ Shavkat Miromonovich nomiga “yurtboshi” kalimasini qo‘shib aytib ulug‘langlar, degan tavsiya bor edi. Ammo mana bir oydirki, muharrirlar qo‘lida lupa bilan matnlardan Islom Karimov ismini qidirib topib, o‘chirib tashlab o‘tiribdi. Hozirgi kunda Karimovning nomini efirda berish diniy ekstremistlar yetakchisi Tohir Yo‘ldoshni ismini efirga berishdan ham xavfli bo‘lib qoldi.

O‘zMTRK tarkibiga kiruvchi “Yoshlar” telekanalida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlaydigan jurnalistga ko‘ra¸ «Kadrda Islom Karimov rasmi¸ haykali yoki ismi yozilgan lavhalar ko‘rinib qolishiga nisbatan ham taqiq joriy qilingan».

O‘zMTRK boshlovchisi, telekanallardan biri Bosh muharriri va “Yoshlar” telekanalida bo‘lim boshlig‘idan olingan bu bir xil mazmundagi ma’lumotlar yuzasidan Teleradiokompaniya rahbariyatidan hech bir shaklda izoh olishning imkoni bo‘lmadi”. Iqtibos tugadi. [1].

Yana Ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qo‘lyozmalar instituti majlislar zalida Islom Karimov portreti osilib turgani bois institut rahbariga dakki berilgan. Ayni institutda tadqiqot olib borayotgan olimning aytishicha¸ o‘tgan hafta bu borada Fanlar akademiyasida o‘tkazilgan majlisda «Islom Karimov portretlari va u kishidan olingan iqtiboslar yozilgan lavhalar olib tashlanib yo‘q qilinishi buyurilgan».

Suhbatdoshga ko‘ra¸ «devoriy pannolardagi Islom Karimov ismi yozilgan matnlar o‘chirilgan¸ qo‘lyozmalar institutida mavjud bo‘lgan o‘nga yaqin Karimov portretlari institut xovlisiga olib chiqib yoqib yuborilgan».

Joriy yilning 17 iyun kuni Buxoro Davlat universitetida Islom Karimov kitoblari yuk mashinasiga solinib makulatura sifatida olib ketilgani haqida mazkur oliygoh talabasi Ozodlikka ma’lum qilgan edi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ 20 avgust kuni Qashqadaryo va Samarqandda o‘rnatilgan Karimov haykali tagida va Samarqanddagi Al-Buxoriy majmuida mayda suvenirlar bilan savdo qilayotganlar reyd qilingan. Karimov aksi tushirilgan magnitka va taqvimlar sotayotgan savdogarlar jarimaga tortilgan¸mollari musodara qilingan”.  Ozodlikdan iqtibos tugadi. [1].

Dunyoqarashi o’rtacha bo’lgan(obyvatel) inson nuqtai-nazaridan qaraganda Islom Karimov nomining telekanallarda, radiolarda aytmaslik va gazeta-jurnallarda chop etishga ta’qiq qo’yilishi go’yoki to’g’ridek.  Diktator Islom Karimov rejimidan jabrlanganlar xursand bo’lishlari ham mumkin.

Lekin, O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 67-moddasida tsenzura ta’qiqlangan.

67-modda.

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.

Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonovning ogohlantirishi nimaga asoslangan?  Sud hukmigami, parlament qonunigami yoki prezident farmonigami?

Zero, O’zbekiston konstitutsiyasining 11, 7 va 15-moddalarida ta’kidlanganidek:  [2].

11-modda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

7-modda.

Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir.

O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.

Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

15-modda.

O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar.

O’zbekiston konstitutsiyasining yuqorida keltirilgan moddalaridan ko’rinib turibdiki, davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonovning ogohlantirishi O’zbekiston konstitutsiyasining 67, 11, 7 va 15-moddalariga mutlaqo ziddir.

Hamma fojea shundaki, marhum diktator Islom Karimovning O’zbekistonni 27 yil boshqarishi davomida O’zbekistonda shafqatsiz diktatura o’rnatildi.

 O’zbekistonda sud va parlament hokimiyati mustaqilligini butunlay yo’qotdi.

O’zbekistondagi muxolif partiyalar, harakatlar, inson huquqlari tashkilotlari, mustaqil jurnalistlar doimiy tayziq-ta’qiblarda bo’lishdi.  Fuqarolik jamiyati yakson qilindi.

2005-yilning 13-mayida bo’lib o’tgan Andijon qirg’ini va Qoraqalpog’iston respublikasida joylashgan Jalsiq qamoqxonasi(konslager) marhum diktator Islom karimovning nomini o’zbek xalqining xotirasida abadiy “muhrlab” qoldirdi.

O’zbekiston marhum diktator Islom Karimov davrida matbuot erkinligi bo’yicha erkinmas eng, o’ta 5 va 10(top) mamlakatlar qatorida bo’ldi.

Prezident Shavkat Mriziyoyev davrida esa 180 mamlakat ichida 60,84 ball bilan 165-o’rinda.

 Dunyoning eng matbuoti erkin bo’lgan

Norvegiyada 7,63 ball,

2-o’rinda bolgan Shvetsiyada 8,31 ball,

3-o’rindagi Gollandiyada esa 10,01 ball.

Eng oxirgi 180-o’rindagi Shimoliy Koreyada 88,87 ball,  

179-o’rindagi Eritreyda 84,24 ball,

178-o’rindagi Turkmanistonda 84,20 ball. [3].

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, prezident Shavkat Mirziyoyev davrida O’zbekistonda matbuot erkinligi erkinmas mamlakatlar qatorida, oxiridan 15-o’rinda, sharmandali holatda.

Shu yerda 1968-yilda ro’y bergan Chexoslavakiya voqealari esimga tushdi.  O’sha yili Chexoslavakiya hokimiyatiga kelgan Aleksandr Dubchik mamlakatda tsenzurani bekor qilgan edi va ko’p partiyalikka yo’l berishini aytgan edi.[4].

 Aleksandr Dubchikning tsenzurani bekor qilishi va ko’p partiyalikka yo’l ochishi 300 ming sovet askarlarining va Bolgariya, Vengriya, GDR harbiy qismlarining Chexoslavakiyaga bostirib kirishiga sabab bo’lgan edi.

 Oradan 50 yil o’tdi. Chexoslavakiyaning bo’linishidan tashkil topgan Chexiya va Slovakiyada erkin, demokratik jamiyat qurildi. Matbuot erkin, tsenzura yo’q. Chexoslavakiyaga bostirib kirgan SSSR allaqachon yo’q bo’lib ketdi.

O’zbekiston mustaqil bo’lganiga bu yil 27 yil bo’ladi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev tsenzurani bekor qilmayapti?!  Matboutga erkinlik bermayapti?!


Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

24-avgust, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston telekanallarida Islom Karimov ismini aytmaslik talab qilingani iddao qilinmoqda. 22.08.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29447757.html ).

2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

3. Reporters without borders. 2018 World Press Freedom Index

( https://rsf.org/en/ranking ).

4. Alexander Dubček. 1968.( https://en.wikipedia.org/wiki/Alexander_Dub%C4%8Dek ).

Prezident Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari vaziyatini yaxshilamasdan O’zbekistonni qoloqlikdan chiqara oladimi?

$
0
0

1-sentyabr kuni O’zbekiston mustaqilligining 27 yilligi nishonlanadi.  O’zbekiston 27 yil davomida iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda nimalarga erishdi?  

O’zbekistonning dunyo mamlakatlaridagi o’rni qayerda? degan savollar paydo bo’ladi.

Afsuski, O’zbekiston ommaviy-axborot vositalarida bu savollarga javob topa olmaysiz.  Prezident Shavkat Mirziyoyevning kelajakda O’zbekistonda hammasi yaxshi bo’ladi, iqtisodiy rivojlanamiz, ijtimoiy taraqqiyotga erishamiz, farovon yashaymiz, adolatli jamiyat quramiz kabi shiorlarga mos ruhda uning chiqishlari, uchrashuvlari keng yoritilyapti.

O’zAdan iqtibos: “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 29 avgust kuni Toshkent viloyatida boʻldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Bekobod shahrida joylashgan mamlakatimizdagi yirik ishlab chiqarish obyektlaridan biri boʻlgan “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Prezidentimizning 2018 yil 9 yanvardagi “2018-2020 yillarda ”Oʻzmetkombinat“ AJni rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida kombinatda katta hajmdagi iqtisodiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexi shulardan biridir. Davlatimiz rahbarining tashrifi chogʻida 60 million dollarlik loyiha asosida zamonaviy, energiya tejovchi va ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu sex ishga tushirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda korxona ishchi-xodimlari, soha mutasaddilari, xorijlik investorlar ishtirok etdi.

Kombinat imkoniyatlaridan unumli foydalanish, qoʻshimcha ishlab chiqarish obyektlari barpo etish, 2-3 yil ichida kamida 15-20 ming ish oʻrni yaratish kerak. Buning zamirida odamlarni rozi qilishdek ezgu maqsad mujassam, dedi Prezidentimiz.

Janubiy Koreyaning “Posco Daewoo” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan yangi sexda yiliga 25 ming tonna ferrosilitsiy va ferrosilikomarganes ishlab chiqariladi. Bu bilan metall mahsulotlar tayyorlaydigan tarmoqlar talabi toʻliq qondirilib, yiliga 8 ming tonna ferroqotishmani eksport qilish, shu tariqa importdan voz kechib, 35 million dollarni tejab qolish imkoniyati paydo boʻladi. 300 dan ziyod yigit-qiz ish bilan taʼminlanadi.

Prezidentimiz quyish-prokatlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qoʻydi.

Mazkur loyiha qiymati 452 million dollar boʻlib, uning amalga oshirilishi natijasida 400 dan ziyod yangi ish oʻrni tashkil etiladi. Loyiha 2020 yilda toʻliq yakuniga yetkazilib, yiliga 1 million tonna 2-12 millimetr qalinlikdagi poʻlat listlar ishlab chiqariladi. Bu poʻlat listlar importini kamaytirish imkonini beradi. Yiliga 350 million dollar tejaladi. Shuningdek, yangi qurilayotgan Toshkent metallurgiya zavodining asosiy xomashyosi boʻlgan issiq holatda prokatlangan listlarga 500 ming tonnalik yillik ehtiyoj toʻliq qoplanadi. Quyuv-prokat majmuasini Italiyaning “Daniyeli” kompaniyasi barpo etmoqda”.  Iqtibos tugadi. [1,2,3].

Yana O’zAdan iqtibos: “Prezidentimiz Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 2018-2019 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

Jumladan, Quyi Chirchiq tumanida velosiped ishlab chiqarish, Yuqori Chirchiq tumanida qishloq xoʻjaligi, Boʻka tumanida paxta-tekstil klasterlarini tashkil etish, Quyi Chirchiq tumanida kanopchilik sohasini qayta tiklash va rivojlantirish, Ohangaron tumanida zamonaviy gidroponik issiqxona ochish kabi qator loyihalar rejalashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish boʻyicha mutassaddilarga topshiriqlar berdi”.  Iqtibos tugadi.

Yana O’z Adan iqtibos: “Mamlakatimizda bunyod etilayotgan yirik sanoat korxonalari iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan Toshkent metallurgiya zavodi shulardan biridir.

Davlatimiz rahbari ushbu korxona qurilishi bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 286,7 million yevrolik mazkur korxonaga xorijda ishlab chiqarilgan ilgʻor va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Korxonada avtomobil kuzovlari va maishiy texnika uchun metall listlar, metall cherepitsalar, profnastil tayyorlanadi. Korxona toʻliq quvvatda ishga tushirilgach, yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi. 700 ga yaqin ish oʻrni yaratiladi”. Iqtibos tugadi.

Ozodlikdan iqtibos: “GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi qayta boshlangani va xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, kompaniya tomonidan O’zbekiston Respublikasi bozoridagi xaridorlar talablarini qondirish maqsadida, talab yuqori bo’lgan avtomobillar modellarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirishning tez moslashuvchan mexanizmini joriy qilish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu haqda GM Uzbekistanning rasmiy saytiga tayanib, kun.uz xabar qildi.

Xususan, “General Motors O’zbekiston” AJ tomonidan mexanik uzatmali “Nexia” avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlari avgust oyidan boshlab 3 501 donaga,sentyabr oyida esa 4 143 donagacha oshiriladi, yil oxirigacha esa ushbu modelning ishlab chiqarish hajmlari 34 804 donagacha yetkaziladi.

Shuningdek, “Malibu” avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlari oyiga 240 donadan 2 200 donaga oshirish rejalashtirilgan”.  Iqtibos tugadi. [4].

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar O’zbekiston vatandoshlarida kelajakka katta umidlar uyg’otadi.

Quyidagi ma’lumotlar esa dunyo jamoatchiligida O’zbekistonga nisbatan ijobiy umidlar uyg’otgandi, uyg’otyapti.

Marhum diktator Islom Karimov davrida o’lim jazosi bekor qilindi. Bolalar mehnati keskin kamaytirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida esa majburiy mehnat keskin kamaytirilib, O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda 2016-yilda Shimoliy Koreyadan keyin ikkinchi o’rinni egallagan bo’lsa, 2018-yilda esa dunyoda 69-o’rinni egalladi.  [5].

Keyingi yillar O’zbekiston 69-o’rinni egallaganligini dunyo jamoatchiligiga isbotlashi kerak.

Siyosiy mahbuslar – muxolifat faollari, inson huquq himoyachilari, mustaqil jurnalistlar va diniy mahbuslar ozod qilindi.

15ming diniy faollar qora ro’yxatdan chiqarildi.

Bulardan tashqari erkin konvertatsiyaga o’tilganligi va qo’shni mamlakatlar bilan munosabatlar iliqlashganini, chegaralar ochilganini hisobga olsak, prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston vatandoshlarining va dunyo jamoatchiligining olqishiga sazovor bo’lganini ko’ramiz.

Lekin, men O’zbekiston propagandasi ta’siridan butkul bo’lmasada ko’proq xalos bo’lgan holda shuni aytishim mumkinki, O’zbekistonning dunyodagi iqtisodiyot bo’yicha, inson huquqlari bo’yicha ko’rsatkichlari juda abgor holatda.

Mening “Internet tezligi past bo’lgan O’zbekistonda ta’lim sifati yuqori bo’lishi mumkinmi”?! nomli maqolam va shu nomdagi videodan iqtibos: [6,7].

Lekin, O’zbekiston iqtisodiyoti men avvalgi maqolalarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 16ming AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada. [8,9].

Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 1,504. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 7 baravar orqada. [10].

O’zbekistonda korruptsiya darajasini kamaytirish uchun kuchli fuqarolik jamiyati zarur.  Zero, Mening “Tashqi ishlar vazirligi O’zbekistonning imidjini yaxshilay oladimi?!” nomli maqolamdan[11] iqtibos:

2.Korruptsiya. O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha(Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[12].

3.Iqtisodiy erkinlik. O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[13].

4.Fuqaroviy va siyosiy huquqlar. Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[14]”. Iqtibos tugadi.

Yuqoridagi O’zbekistonning iqtisodiyot va inson huquqlari bo’yicha ko’rsatkichlariga qo’shimcha O’zbekistonning internet tezligi bo’yicha dunyoda eng oxirgi 10 mamlakatlar ichida ekanligini va O’zbekistonga xalqaro kredit reyting agentliklari: Standard & Poor’s, Fitch, va Moody’s tomonidan reyting bermaganligini hisobga olsak [15,16], O’zbekistonning abgor ahvolini yanada ayanchli ekanligini ko’ramiz.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

31-avgust, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Imkoniyatlardan toʻliq foydalanish, yangicha dunyoqarash bilan mehnat qilish – xalqimiz farovonligini yanada oshirishning muhim omilidir. 29.08.2018.

( http://uza.uz/uz/society/imkoniyatlardan-to-liq-foydalanish-yangichadunyoqarash-bilan-29-08-2018 ).

2. Ministry of Foreign Affairs, Uzbekistan. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 29-avgust kuni Toshkent viloyatida boʻldi. 30.08.2018. (https://www.youtube.com/watch?v=RpR9zKfc3qs ).

3. “O‘zbekiston24” milliarder Alisher Usmonov to‘g‘risida ko‘rsatuv namoyish qildi. 22.08.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29447746.html ).

4. GM Uzbekistan Nexia ва Malibu ишлаб чиқаришни қарийб 10 баробарга оширмоқчи. 29.08.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29459342.html ).

5. The Global Slavery Index 2018(https://cdn.globalslaveryindex.org/2018-content/uploads/2018/07/19074032/GSI-2018_FNL_180628_Digital-small_p.pdf ).

6. Internet tezligi past bo’lgan O’zbekistonda ta’lim sifati yuqori bo’lishi mumkinmi?! 03.08.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/801 ).

7. Internet tezligi past bo’lgan O’zbekistonda ta’lim sifati yuqori bo’lishi mumkinmi?! Video. 04.08.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/803 ).

8. GDP per capita, PPP – World Bank Open Data – World Bank Group.2016.( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.PP.CD ).

9. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. ( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

10. The World Bank. 2017. ( https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

11. Tashqi ishlar vazirligi O’zbekistonning imidjini yaxshilay oladimi? 13.04.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/677 ).

12. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

13. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

14. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

15. Big Three (credit rating agencies) .

( https://en.wikipedia.org/wiki/Credit_rating_agency ).

16. List of countries by credit rating.

( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_credit_rating ).

 


Turkiy tilli davlatlarda iqtisodiyot va inson huquqlarining ahvoli

$
0
0

2018-yilning 3-sentyabr kuni O’zbekiston birinchi marta Turkiy tilli davlatlar sammitida qatnashdi.

Ozodlikdan iqtibos:Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi Cho‘lponota shahrida o‘tayotgan Turkiy tilli davlatlar sammitida birinchi marta O‘zbekiston prezidenti ishtirok etmoqda.

Sammitida O‘zbekiston prezidentidan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjon prezidentlari ham ishtirok etayotir. Mazkur sammitda tashkilotga raislik vakolati Qozog‘istondan Qirg‘izistonga o‘tadi.

2018 yilning 30 aprel kuni Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘on bilan Toshkentda o‘tgan uchrashuvdan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashiga qo‘shilishini e’lon qilgan edi.

1992 yilda Turkiy tilli davlatlar sammiti o‘tkazila boshlangan edi. 2009 yilning 3 oktabrida Ozarbayjonning Naxichevan mintaqasida Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Dunyodagi turkiy tilli 6 davlatdan biri bo‘lgan O‘zbekiston rahbariyati Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi sammitlaridan birortasida ishtirok etgan emas.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Qirg‘izistondagi anjumanda faxriy mehmon sifatida qatnashdii”.  Iqtibos tugadi. [1].

Yana Ozodlikdan iqtibos: “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi a’zo-davlatlari rahbarlariga qadimiy Xiva shahrini tashkilot poytaxti etib tanlashni taklif qildi”.  Iqtibos tugadi. [2].

Turkiy tilli davlatlar anjumanida(sammitida) Ozarbayjon, Qirg’iziston, Qozog’iston va Turkiya to’laqonli a’zo sifatida, Vengriya, O’zbekiston va Turkmaniston mehmon sifatida qatnashib kelayotganini hisobga olgan holda bu mamlakatlardagi iqtisodiyot va inson huquqlari ahvolini ko’rib chiqamiz.

 Chunki, bu mamlakatlardagi iqtisod va inson huquqlarining bog’liqligi O’zbekistonning keljakdagi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.

1.Aholi jon boshiga sotib olish pariteti(PPP-Purchasing Power Parity per capita):[3]

Vengriya uchun PPP per capita 28,910 AQSh dollari bo’lib, dunyoda 45-o’rinda;

45, Vengriya 28,910;

53, Turkiya 26, 453;

54,Qozog’iston 26,071;

69,Turkmaniston 18,680;

75,Ozarbayjon 17,433;

123,O’zbekiston 6,990;

147, Qirg’iziston 3,652;

155, Tojikiston 3,131.

Bu ro’yxatning oxirida 187-o’rindagi Markaziy Afrika respublikasi joylahsgan.

Ro’yxatdan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonning iqtisodiyoti Vengriya, Turkiya va Qozog’istonga nisbatan nihoyatda orqada, ya’ni qoloq.

2.Korruptsiya.  [4].

Korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha Vengriya 45 ball bilan dunyoda 66-o’rinni egallagan.  Bu Turkiy tilli davlatlar ichida korruptsiyaning eng past darajasidir.

66, Vengriya, 45;

81, Turkiya, 40;

122, Ozarbayjon,31;

122, Qozog’iston,31;

135, Qirg’iziston, 29;

157, O’zbekiston, 22;

167, Turkmaniston,19.

Yuqoridagi ro’yxatdan ko’rinib turibdiki, korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha 180 mamlakat ichida Turkmaniston 167-o’rinni va O’zbekiston 157-o’rinni egallagan.

Ya’ni, Turkmaniston va O’zbekiston eng korruptsiyalashgan 20ta mamlakatlar qatorida.

3.Internet tezligi.  [5].

Mobil telefonlar uchun yuklab olish(download) Mbps.

Vengriya uchun 46,40 bo’lib, dunyoda 10-o’rinda.

10,Vengriya, 46,40;

27,Turkiya, 33,91;

57,Ozarbayjon,23,93;

62,Qozog’iston,21,56;

95,Qirg’iziston,14,37;

110,O’zbekiston,9,60.

Turkmaniston uchun ma’lumot yo’q.

Ro’yxatning eng pastki qismini Tojikiston egallagan bo’lib, 5,02 Mbps tezlik bilan 124-o’rinda.

Bu ro’yxatdan ham ko’rinib turibdiki, O’zbekistonning internet tezligi Vengriya va Turkiyaga nisbatan to’rt va uch baravar orqada.

Ma’lumotlar juda ko’payib ketmasligi uchun majburiy mehnat bo’yicha ko’rsatkichlarni keltirib o’tirmayman.  Chunki, O’zbekistonda majburiy mehnat bo’yicha ijobiy o’zgarishlar bor. Shu ijobiy o’zgarishlar borligi uchun ham Jahon banki, Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan O’zbekiston iqtisodiyoti moliyalashtirilyapti.

Lekin korruptsiya darajasi yuqori bo’lgan O’zbekistonga chet el investitsiyalari kirib kelmaydi.

Internet tezligi past bo’lgan O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanmaydi.  O’zbekistonda internet erkin emas. Erkinlik yoq bo’lgan jamiyatda fuqarolik jamiyati bo’lmaydi, fuqarolik jamiyati kuchli bo’lmagan mamlakatda korruptsiyaga qarshi samarali kurashib bo’lmaydi.

Zero:

4.Iqtisodiy erkinlik.  [6].

Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha Qozog’iston 69,1 ball bilan dunyoda 41-o’rinni egallagan.

41, Qozog’iston,69,1;

55, Vengriya, 66,7;

58, Turkiya, 65,4;

67, Ozarbayjon,64,3;

78, Qirg’iziston,62,8;

152,O’zbekiston,51,5;

169, Turkmaniston,47,1.

Bu ro’yxatdan ham ko’rinib turibdiki, men avvalgi maqolalarimda ko’p marta takrorlaganimdek O’zbekiston 51,5 ball bilan dunyoda 180 mamlakat ichida 152-o’rinni egallagan.

Qozog’iston, Vengriya, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg’izistonning iqtisodiyoti mo’tadil erkin(Moderately Free) bo’lgani holda O’zbekistonning iqtisodiyoti ko’proq erkinmas(Mostly Unfree).

5.Siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar.  

Xalqaro Freedom House tashkilotining hisobotiga ko’ra [7], Vengriya 72 ball bilan erkin mamlakatlar qatorida.

72,Vengriya,erkin;

37,Qirg’iziston,qisman erkin;

32, Turkiya,erkinmas;

22,Qozog’iston,erkinmas;

12,Ozarbayjon,erkinmas;

7,O’zbekiston,erkinmas;

4,Turkmaniston,erkinmas.

Bu ro’yxatdan ham ko’rinib turibdiki, siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar bo’yicha O’zbekiston, Turkmanisiton, Ozarboyjon, Qozog’iston va Turkiyada ahvol ayanchli holatda.

 Lekin, shuni hisobga olish kerakki, Turkiyada 2016-yilgacha ya’ni muvaffaqiyatsiz tugagan davlat to’ntarishigacha Turkiya yarim erkin mamlakat edi. Turkiyaning iqtisodiyoti 2002-yildan 2015-yilgacha gurkirab rivojlandi.  Hozirgi paytda ham Turkiyada siyosiy huquqlar chegaralangan va fuqaroviy erkinliklar bo’g’ilgan bo’lsada, iqtisodiy erkinlik bo’g’ilmagan.

O’zbekistonda esa na iqtisodiy erkinlik bor, na siyosiy erkinlik bor.  

Korruptsiya darajasi juda yuqori, internet tezligi esa dunyodagi internet tezligi eng kam bo’lgan 10 davlatlar qatorida.  Bunday mamlakatda na iqtisodiy, na ijtimoiy rivojlanish bo’ladi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

7-sentyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Turkiy tilli davlat prezidenti Shavkat Mirziyoev turkiylar sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 03.09.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29468498.html ).

2. ОАВ: Президент Мирзиёев Хивани Туркий тилли давлатлар ҳамкорлиги ташкилоти пойтахти қилишни таклиф қилди. 03.09.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29467962.html ).

3. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. (https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

4. Corruption perceptions index 2017. (https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

5. Speedtest Global Index. July 2018. ( http://www.speedtest.net/global-index ).

6. Index of economic freedom 2018.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

7. Freedom in the World 2018. Table of Country Scores.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida O’zbekistonda so’z erkinligiga erishiladimi?

$
0
0

2018-yil sentyabr oyining birinchi o’n kunligida O’zbekiston jurnalistikasi va ommaviy-axborot vositalariga tegishli bo’lgan to’rt voqea, hodisa bo’lib o’tdi.

 Birinchi voqea.  Jurnalistika universitetining ochilishi marosimi.

O’zAdan iqtibos: “Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda soʻz olganlar Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tashkil etilgani kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlash borasidagi yana bir muhim qadam boʻlganini taʼkidladi.

Tadbirda universitet rektori Sh.Qudratxoʻjayev barchani samimiy qutlab, hamkor tashkilotlar vakillariga sertifikatlar topshirdi.

Marosimda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taqdimotiga bagʻishlangan film namoyish etildi.

…Hayajonli damlar. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tantanali ochilish marosimi lentalari kesildi.

2018/2019 yilgi oʻquv yili tantanali boshlandi, – deydi Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakulteti dekani Nozima Muratova. – Oʻquv auditoriyalarining har birida media mahsulotlarni uzatish, koʻrish imkoniyati yaratilgan, dars jadvallari ham elektron tarzda yoʻlga qoʻyilgan. Bakalavr bosqichida esa 8, magistratura bosqichida 9 yoʻnalishda talabalarimiz bilim oladi.

–Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur universitet talabasi boʻlish sharafiga muvaffaq boʻldim, – deydi Dilshoda Olimova. – Kelajakda oʻzbek jurnalistikasini jahonga tanitadigan salohiyatli kadr boʻlib yetishishga bor kuchimni sarflab, harakat qilaman”. Iqtibos tugadi. [1.2].

Ikkinchi voqea.  Turon24 agentligining ochilish marosimi.

Ozodlikdan iqtibos: “8 sentabr kuni Toshkentda mustaqil va nodavlat ommaviy axborot vositasi sifatida taqdim qilingan Turon24 axborot agentligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zekspomarkaz»da estrada yulduzlari va jurnalistlar ishtirokida ochilgan Turon24 vakillari “xalqqa tez va ishonchli xabarlar beradigan” agentlik bo‘lajagi haqida va’da berishdi.

Turon24 agentligi Siyosat bo‘limi mudiri Sardor Salim o‘zining facebokdagi sahifasida “Nashr millatning bir-biri bilan gaplashish imkonini yaratish uchun maydonga chiqdi”, deb yozdi:

“Biz O‘zbekistonda bir-birimiz bilan deyarli gaplashmaymiz. Muammomiz ham shundan. Bahs qilayotganlarning biri monolog aytadi¸ ikkinchisi qulog‘ini bekitib oladi. Lekin millat bugun matbuot sahifasi yoki parlament debatlarida o‘zaro bahslashmasa ertaga ko‘chada “bahslashadi”.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida OAV sifatida ro‘yxatga olingan¸ 200 dan ziyod jurnalistni birlashtirgan Turon 24 agentligi Bosh muharrir o‘rinbosari – Dilshod Saidjonov Ozodlik radiosiga bergan eksklyuziv suhbatida “Nashrimiz millatning barcha qatlamlariga shu jumladan muxolifatning konstruktiv takliflariga minbar” beradi dedi:

– Mamlakatdan chiqib ketgan siyosiy muxolifat vakillariga ham, hukumatga ham birdek minbar berishga tayyormiz. Hozirning o‘zida har ikki tomonga ham o‘z pozitsiyasini bildirish imkonini yaratish ustida ishlayapmiz. Agar chet eldagi muxolifat faolida umumiy emotsional gap yoki pafos emas¸ balki aniq¸ konkret¸ konstruktiv taklif bo‘lsa, ularga minbar berishga tayyormiz”.  Iqtibos tugadi. [3].

Uchinchi voqea.  Hibsdagi blogerlar.

Amerika Ovozidan iqtibos: “O’zbekistonda Ziyo.uz kutubxonasi asoschisi Davronbek Tojialiyev O’zbekistondagi ommaviy hibslar yangi hokimiyatga nisbatan umidlarni so’ndirayotgani haqida gapirmoqda. U ham hibsga olingan blogerlar qatorida ekani haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Hozirgacha olti nafar bloger hibsga olingani tasdiqlangan, huquq himoyachilari tarqatgan xabarda esa hibsdagilar soni 10 kishidan oshgani aytiladi.

So’roqqa tutilganlar ro’yxatida Davron Tojialiyevning ham ismi keltirilgan, uning o’zi “Amerika Ovozi” bilan suhbatda buni rad etadi, ammo blogerlarning ommaviy ushlanayotgani jamoatchilikni jiddiy xavotirga solganini ta’kidlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lgan blogerlarning hibs qilinishi ikki haftadan buyon davom etmoqda. Nafaqat Toshkent, balki viloyatlarni ham qamrab olgan bu hibslar huquq-tartibot organlari rejalangan amaliyot o’tkazishayotganidan darak beradi.

Olti kishi – Adham Olimov, Ziyovuddin Kabirov, Otabek Usmonov, Miraziz Ahmedov, Dilshodbek Xalilov, Xurshidbek Muhammadroziqovlar hibs qilingani, 15 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolangani tasdiqlangan”.  Iqtibos tugadi. [4].

Yana Amerika ovozining shu maqolasidan iqtibos: “Hibsga olingan blogerlarning hammasini bir mavzu – diniy vaziyatga doir chiqishlari birlashtirib turadi. Ijtimoiy tarmoqdagi munozaralar O’zbekistonda yagona maktab formasining tasdiqlanishi ortidan ayniqsa qizigan edi.

Tojialiyevga ko’ra, hammasi aslida avvalroq, Xalqaro press klubda diniy sohadagi islohotlarga doir o’tgan muloqot, bolalarga machitga borishiga ruxsat bermaslik yuzasidan bildirilgan mulohazalardan so’ng boshlangan.

Hukumat tomonidan yagona maktab formasi tasdiqlanishi, maktabda diniy mansublikka oid kiyimlar rasman taqiqlanishi esa formani tasdiqlash yuzasidan o’tkazilgan muhokamada qatnashganlarda keskin norozilik uyg’otgan.

Muloqotda yosh bolalarni machitga qo’yilmasin, maktabga qatnasin degan fikrlar aytildi. Undan keyin esa maktab formasi haqidagi muhokamalar yuzaga chiqdi. Unda maktabga bosh kiyim bilan kelishgataqiqni olib tashlash uchun juda ko’plab fikrlar bildirildi, lekin ular inobatga olinmadi. Buning ustiga Vazirlar Mahkamasi qarorida diniy mansublikni bildiruvchi har qanday kiyimlar (masalan hijob), belgilar, qoidalar taqiqlanishi aniq-tiniq qilib belgilab qo’yildi. Bu narsa juda ko’pchilikni hayron qoldirdi, ba’zilarni g’azabga ham keltirdi. Chunki shuncha odam davlat bizning fikrimizni eshitar ekan deb targ`iblar qildi, lekin xalq fikri inobatga olinmaganidan keyin ehtiroslar yanada jo’shib ketdi.Nazarimda, bu hibslar shu ehtiroslarni bosish uchun ham boshlandi”, – degan fikrda Tojialiyev”.  Iqtibos tugadi. [4].

To’rtinchi hodisa.  Facebookdagi uzilishlar.

Ozodlikdan iqtibos: “5 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida boshlangan jiddiy uzilishlarni Ozodlikka sharhlagan “O‘zbektelekom” rasmiysi¸ bu muammoning Facebookning o‘zi yoki global maydonda Internetga ulanishdagi uzilishlarga borib taqalishini iddao qildi.

32 milliondan ko‘proq aholisi bor O‘zbekistonni Internet bilan ta’minlovchi yagona manba bo‘lgan “O‘zbektelekom” rasmiysi¸ o‘zbekistonliklarning Facebook tarmog‘iga kirish¸ xususan¸ unga video yoki sharh yuklashda duch kelayotgan muammosida milliy operatorning “qo‘li yo‘qligi”ni iddao qildi.

Bu muammo bo‘yicha hozir Mininfokom bilan shug‘ullanayapmiz. Ammo hozircha aytishim mumkin bo‘lgani¸ biz tomondan hech qanday muammo yo‘q¸ hammasi shtatniy rejimda ishlayapti. Texnik bo‘limimiz masalaning tagiga yetishga urinayapti. Aniq xulosaga kelinsa¸ e’lon qilamiz”¸ dedi Ozodlik 10 sentabr kuni gaplashgan “O‘zbektelekom” rasmiysi.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchi o‘zbekistonliklar orasida eng keng tarqalgan Facebookda kuzatilayotgan muammo manbasi¸ mamlakatdagi Internet monopolisti sanalgan “O‘zbektelekom” rasmiysi iddaosicha¸ Facebookning o‘ziga borib taqaladi:

Kuzatayotgan bo‘lsangiz¸ Facebook butun dunyoda¸ masalan¸ Braziliya va Portugaliyada ham osilib qolayapti. Muammoning ildizi¸ aftidan Facebookning o‘zida. Balki internetga bog‘lanish bilan ham muammo bordir”.

10 sentabr kun davomida Ozodlik O‘zbekiston Aloqa¸ axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi rasmiylaridan izoh olishga urindi.

Qo‘mitaning Ozodlik gaplashgan axborot xavfsizligi bo‘yicha rasmiysi¸ bu masalada hech qanday izoh bera olmasligini bildirish bilan cheklandi.

Muammo Facebookda emas!”

Ozodlik bilan suhbatda Facebook faoliyatini yaqindan biladigan mutaxassis¸ “O‘zbektelekom” rasmiysi bayonotining asossizligini ta’kidladi.

Muammo Facebookning o‘zidan bo‘lganda edi¸ birinchidan shirkat bu haqda foydalanuvchilarni ogohlantirgan bo‘lardi. Ikkinchidan¸ bu muammo bir necha soat¸ aniqrog‘i bir soatga borib-bormay yechimini topgan bo‘lardi. Chunki bunday uzilish Facebook biznesi uchun qimmatga tushadi va foydalanuvchilar ishonchiga putur yetkazadi. Uchinchidan¸ agar muammo Facebookning o‘zidan bo‘lganida edi¸ u VPN bilan kirganda ham ishlamagan bo‘lardi. Va nihoyat Internetga ulanish bo‘yicha muammo bor¸ degan gap ham asossiz¸ chunki foydalanuvchilar umuman Internetga ulanishda emas¸ balki aynan Facebookka kirish¸ xususan¸ unga ma’lumot yuklashda uzilishga uchramoqda”. Iqtibos tugadi. [5].

O’zbekiston ommaviy-axborot vositalarida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti va Turon24 axborot agentligining faoliyat boshlaganligini O’zbekistonda zamonaviy jurnalist kadrlarni yetishtirib chiqarish va axborot maydonida raqobatning kuchayishi tezkor va sifatli axborotni yetkazib berish yaxshilanadi deyilyapti.

Men bu fikrga qo’shilmayman, chunki, O’zbekistonda mulkchilikning aksariyat qismi davlat mulkchiligidir. Bu degani O’zbekistondagi jurnalistika universiteti va Turon24 axborot agentligi davlatga qarashlidir. Bu tashkilotlar siyosiy tuzum avtoritar bo’lganligi uchun, moddiy tarafdan davlatga qaram bo’lganligi uchun O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 67-moddasi ishlamaydi.

67-modda.

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.

Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.

Diniy blogerlar masalasiga kelsak, diniy blogerlar tomonidan O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 41, 61,57-moddalarini bilmasligi katta kelishmovchiliklarni keltirib chiqaryapti.

41-modda.

Har kim bilim olish huquqiga ega.

Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.

Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

61-modda.

Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.

57-modda

Konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.

Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi.

Diniy blogerlar uchun-din davlatdan ajratilgan yoki din davlatdan ajratilmagan- degan tushunchalarning ular uchun farqi yo’q.  Mana shundan kelishmovchiliklar kelib chiqyapti.

O’zbekistonni boshqarayotgan sobiq sovet davri rahbarlari uchun, shu jumladan prezident Shavkat Mirziyoyev  uchun ham O’zbekiston vatandoshlarining huquq va erkinliklarini oyoq osti qilishlari ular uchun oddiy hol.

Faqat demokratik qarashdagi jahon jamoatchiligining, xalqaro inson huquqi tashkilotlarining,davlatlarning, BMTning tashqi bosimigina bu sobiq sovet rahbarlarining inson huquqlari va erkinliklarini oyoq osti qilishlarini jilovlab turadi.

Zero, O’zbekistonda internet erkin emas. [7,8].

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining 2018-yilgi hisobotiga ko’ra, O’zbekiston 180 mamlakat ichida 60,84 ball bilan 165-o’rinda. [9].

Shu jumladan:

1.Norvegiya,7,63;

2.Shvetsiya, 8,31;

3.Hollandiya,10,01;

164.Эрон,60,71;

165. Ўзбекистон,60,84;

166.Баҳрайн,60,85;

180.Shimoliy Koreya,88,87.

Yuqoridagi ro’yxatdan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston so’z erkinligi bo’yicha dunyodagi 15ta eng so’z erkinligi bo’g’ilgan mamlakatlar qatorida.

O’zbekistonda internet tezligi.  Mobil telefonlar uchun yuklab olish (download) Mbps.  O’zbekiston dunyodagi 124 mamlakat ichida bu ko’rsatkich bo’yicha 9,60 Mbps bilan 110-o’rinda. [10].

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda so’z erkinligi, internet erkinligi, internet tezligi juda ayanchli holatda.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

14-sentyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Yangi universitet jurnalistika rivojiga xizmat qiladi. 07.09.2018. ( http://uza.uz/uz/society/yangi-universitet-jurnalistika-rivojiga-xizmat-qiladi-07-09-2018 ).

2. Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti/Journalism & Mass Communications University. 09.09.2018.(https://www.youtube.com/watch?v=5YeMkQhekdA ).

3. Turon24: Xorijdagi muxolifat vakillariga ham, hukumatga ham birdek minbar berishga tayyormiz.10.09.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29482481.html ).

4. Hibsdagi blogerlar 10 nafardan oshdimi? 05.09.2018. (https://www.amerikaovozi.com/a/uzbekistan-bloggers-arrest/4559110.html ).

5. “O‘zbektelekom” Facebookdagi uzilishlar uchun Facebookning o‘zini aybladi. 10.09.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29482491.html ).

6.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

7. Freedom on the Net 2017. Uzbekistan Country Profile. (https://freedomhouse.org/report/freedom-net/2017/uzbekistan ).

8. Freedom House.FREEDOM ON THE NET 2017. (https://freedomhouse.org/sites/default/files/FOTN%202017_Uzbekistan.pdf ).

9. Reports without borders. 2018 World Press Freedom Index.(https://rsf.org/en/ranking_table ).

10. Speedtest Global Index. July 2018. (http://www.speedtest.net/global-index ).

 

O’zbekiston rivojlangan, o’rtacha rivojlangan yoki qoloq mamlakatmi?

$
0
0

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2018-yil uchun Inson Taraqqiyoti hisoboti e’lon qilindi.

Ozodlikdan iqtibos; “BMT O’zbekistonni Inson Taraqqiyoti bo’yicha rivojlanish yuqori bo’lgan davlatlar qatoriga kiritdi. BMT Taraqqiyot dasturining 2018 yil uchun e’lon qilingan yangi hisobotida O’zbekiston 189 davlat orasida 105-o’rinni egalladi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, O’zbekistonda umr ko’rishning o’rtacha yoshi 71 yil 4 oyni, ta’lim olish jarayoni o’rtacha 12 yilni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulot jon boshiga taqsimlanganida 6470 dollardan to’g’ri keladi.

Aholining 46,8 foizi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega”. Iqtibos tugadi. [1].

BMTning Inson Taraqqiyoti bo’yicha hisobotidan ba’zi mamlakatlarning ko’rsatkichlari: [2], 1-jadval 22-bet (table 1, page 22).

Eng Yuqori Inson Taraqqiyoti 2017 (Very High Human Development 2017).

Norvegiya mamlakati 2017-yilda 0,953 ball bilan dunyoda 1-o’rinni egallagan.

1.Norvegiya. 0,953;

2.Shveytsariya. 0,944;

3.Avstraliya. 0,939;

4.Irlandiya. 0,938;

30.Estoniya. 0,871;

41.Latviya. 0,847;

49.Rossiya Federatsiyasi. 0,816;

53.Belorussiya. 0,808;

58.Qozog’iston. 0,800;

Yuqori Inson Taraqqiyoti 2017(High Human Development 2017).

60.Eron. 0,798;

64.Turkiya. 0,791;

70.Gruziya. 0,780;

80.Ozarbayjon. 0,757;

83.Armaniston. 0,755;

88.Ukraina. 0,751;

105.O’zbekiston. 0,710;

108.Turkmaniston. 0,706;

112.Moldaviya. 0,700;

O’rtacha Inson Taraqqiyoti 2017 (Medium Human Development 2017).

113.Filippin. 0,699;

122.Qirg’iziston. 0,672;

127.Tojikiston. 0,650;

151.Kamerun. 0,556;

 

Past Inson Taraqqiyoti 2017 (Low Human Development 2017).

152. Solomon orollari. 0,546;

189.Niger. 0,354.

Yuqoridagi ro’yxatda keltirilgan mamlakatlar uchun ball ko’rsatkichi 3 tarkibdan(komponent) iborat.

1-O’rtacha umr ko’rish yoshi,

2-O’rtacha maktabga qatnash yillari,

3-Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot sotib olish pariteti bo’yicha(SOP jon boshiga), (PPP, per capita).

Shu 3 tarkib bo’yicha olganda O’zbekiston 0,710 ball bilan o’rtacha umr ko’rish yoshi 71,4 yil,

O’rtacha maktabga qatnash yillari 11,5 yil,

SOP, jon boshiga 6,470 AQSh dollari.

Eng Yuqori Inson Taraqqiyot ko’rsatkichga erishgan dunyoda 1-o’rinni egallagan Norvegiya 0,953 ball, o’rtacha umr ko’rish yoshi 82,3,

O’rtacha maktabga qatnash yillari 12,6,

SOP, aholi jon boshiga 68,012.

O’zbekistonning Inson Taraqqiyoti bo’yicha ko’rsatkichini ro’yxatning eng tubida joylashgan dunyoda 189-o’rinni egallagan Niger mamlakati 0,354 ball,

O’rtacha umr ko’rish yoshi 60,4;

O’rtacha maktabga qatnash yillari 2 yil;

SOP, aholi jon boshiga 906, taqqoslasak.

Yuqori Inson Taraqqiyotiga erishgan O’zbekistonni Eng Yuqori Inson Taraqqiyotiga erishgan Norvegiya bilan va Past Inson Taraqqiyotiga erishgan Niger bilan taqqoslaganimizda O’zbekistonliklarning o’rtacha umr ko’rish yoshi (71,4) Norvegiyadan (82,3) taxminan 10 yosh kam va taxminan Nigerdan (60,4) 10 yosh ko’p.

O’rtacha maktabga qatnash yillari O’zbekiston uchun 11,5 yil, Norvegiya uchun 12,6 yil va Niger uchun 2 yil.

Maktabga qatnash yillari bo’yicha O’zbekiston va Norvegiya o’rtasidagi farq atigi 1 yil, lekin Niger bilan farq 9,5 yil.  Bu katta farq.

Inson Taraqqiyoti bo’yicha O’zbekistonning ko’rsatkichidan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Yuqori Inson Taraqqiyotiga erishgan mamlakatlar qatorida.  Ya’ni, O’zbekiston Inson Taraqqiyoti bo’yicha Yuqori Taraqqiyotga erishgan.

Haqiqatan O’zbekiston yuqori taraqqiyotga erishganmi?!

Men bu savolga yarim yo’q deb javob beraman. Yarim yo’q deb javob berganimni batafsil tushuntirishga harakat qilaman.

O’zbekiston SSSR tarkibida bo’lgan paytda sovet tashviqotchilari (propagandistlari) O’zbekiston SSRda bepul ta’lim, bepul tibbiy xizmat, ishsizlik yo’q va O’zbekistonda samolyotlar, traktorlar, paxta terish mashinalari, ekskavatorlar ishlab chiqariladigan, qishloq xo’jaligi sanoatlashgan va metrosi bor, Yadro fizikasi ilmiy tadqiqot instituti, Kibernetika ilmiy tadqiqot instituti faoliyat ko’rsatayotgan ya’ni boshqacha aytganda fan-texnika, sanoat, qishloq xo’jaligi, madaniyat, san’at va sport rivojlangan mamlakat sifatida tashviqot qilinar edi.  

Marhum diktator Islom Karimov o’limiga qadar, 2016-yilgacha, O’zbekiston avtomobillar ishlab chiqaradigan, o’ta tez yurar poezdlar (Afrosiyob) qatnaydigan, metrosi bor mamlakat sifatida tashviqot qilinardi.

Lekin, O’zbekistonning aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (sotib olish pariteti, aholi jon boshiga), (PPP per capita) bo’yicha dunyo mamlakatlari qatoridagi o’rni va inson huquqlari ahvoli to’g’risida lom-mim deyilmasdi.

 Zero, O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha (Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[3].

O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[4].

Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[5].

O’zbekiston iqtisodiyoti men avvalgi maqolalarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 17,300 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada. [6].

Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 1,504. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 7 baravar orqada. [7].

Xulosa shuki, O’zbekiston o’rtacha umr ko’rish yoshi va o’rtacha maktabga qatnash yillari bo’yicha Yuqori Taraqqiyotga erishgan (Eng Yuqori emas).  Chunki, O’zbekiston SSSR davrida 100% savodxonlikka va zamonaviy tibbiy xizmatga erishgan edi.

O’zbekiston mustaqillik yillarida SSSR davrida erishgan zamonaviy ta’lim va zamonaviy tibbiy xizmatni saqlab qola oldi.

Lekin, O’zbekiston iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha, inson huquqlari ahvoli bo’yicha, korruptsiya bo’yicha, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar bo’yicha hanuz qoloq mamlakatlar qatorida.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

21-sentyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. БМТ Ўзбекистонни инсон тараққиёти юқори бўлган давлатлар қаторига киритди. 17.09.2018. ( https://www.ozodlik.mobi/a/29493602.html ).

2. UNDP. Human Development Indices and Indicators 2018 Statistical Update.(http://hdr.undp.org/sites/default/files/2018_human_development_statistical_update.pdf ).

3. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

4. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

5. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

6. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. (https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

7. The World Bank. 2017. GDP per capita (current US$) .(https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

 

O’zbekiston innovatsiya ko’rsatkichi bo’yicha 50ta eng ilg’or mamlakatlarga qo’shila oladimi!?

$
0
0

O’zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 21-sentyabr kuni “2019-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida” farmonni tasdiqladi.

O’zAda chop etilgan farmondan iqtibos: “Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qoʻllagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.

Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yoʻlida tez va sifatli ilgarilashini taʼminlaydigan zamonaviy innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.

Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini koʻrsatdi”.  Iqtibos tugadi. [1].

Yana shu farmondan iqtibos: “2. Belgilansinki:

a) mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish – Strategiyaning bosh maqsadidir;

b) bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

barcha darajada taʼlim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini taʼminlash;

ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun taʼlim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish;

innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablagʻlar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;

boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;

mulkchilik huquqlari himoyasini taʼminlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish”.  Iqtibos tugadi. [1].

Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonni 2030-yilga kelib innovatsiya koo’rsatkichi bo’yicha dunyoning eng ilg’or 50 ta mamlakatlariga qo’shmoqchi.  Bunga erishib bo’ladimi? Erishish uchun qanday to’siqlarni yengib o’tish kerak? Muammolarni hal qilish kerak?

Men innovatsion strategiya bo’yicha 2030-yilga kelib O’zbekiston eng ilg’or 50 mamlakatlarga qo’shila olishi o’ta murakkabligi to’g’risida o’z fikrlarimni bildirmoqchiman.  Bu murakkabliklar quyidagilardan iborat.

1. O’zbekistonning global innovatsion reytingda ko’rsatilmagani, yo’qligi.  

Global innovatsion joylashuvlar 2018(Global Innovation Rankings 2018) [2].

430 betlik hisobotning 22-beti (page 22).

Shvetsariya mamlakati 68,40 ball bilan 1-o’rinni egallagan.

1.Shvetsariya, 68,40;

2.Hollandiya, 63,32;

3.Shvetsiya, 63,08;

12.Janubiy Koreya, 56,63;

13.Yaponiya, 54,95;

17.Xitoy, 53,06;

24.Estoniya, 50,51;

43.Ukraina, 38,52;

46.Rossiya Federatsiyasi, 37,90;

..

48.Moldaviya, 37,63;

50.Turkiya, 37,42;

59.Gruziya, 35,05;

74.Qozog’iston, 31,42;

82.Ozarbayjon, 30,20;

86.Belorussiya, 29,35;

94.Qirg’iziston, 27,56;

101.Tojikiston, 26,51;

126.Yaman, 15,04.

Yuqoridagi mamlakatlarning dunyodagi innovatsion ko’rsatkich bo’yicha joylashuvidan ko’rininb turibdiki, dunyodagi 126 mamlakat ichida O’zbekiston yo’q, Turkmaniston va Shimoliy Koreya yo’q kabi.

Global innovatsion ko’rsatkichning mamlakatlarning joylashuvida Turkiya 37,42 ball bilan 50-o’rinni egallagan.

1-o’rinni egallagan Shvetsariyada 68,40 ball,

Tojikiston 26,51 ball bilan 101-o’rinni egallagan.

O’zbekistonning global innovatsiya ko’rsatkichi Tojikistonga yaqin deb olsak, Turkiya darajasiga(37,42) yetish uchun 10 ball, Shvetsariya darajasiga(68,40) yetish uchun 40 ball kerak bo’ladi.

Demak, birinchidan O’zbekiston global innovatsion ko’rsatkich bo’yicha 126 mamlakatdan iborat ro’yxatga kirishga erishishi kerak.

Ikkinchidan O’zbekistonning darajasi Tojikiston darajasiday deb olganimizda, 10 balldan ko’proq ball to’plab Turkiyani quvib o’tishi kerak, lekin, Turkiya 2030-yilgacha innovatsion ko’rsatkich bo’yicha tinmay rivojlanadi.

2.O’zbekistonda davlat mulkchiligining hukmronligi.

O’zbekistonga sobiq SSSRdan davlat mulkchligi meros bo’lib qolgan. (yer,bozorlar,sanoat korxonalari va hokazo).

Hozirgacha O’zbekistonda mulkchilikning necha foizi davlat mulkchiligi, necha foizi xususiy mulkchilikka tegishliligi ochiqlanmagan.

Jahon tajribasidan ma’lumki, xususiy sektorning iqtisodiy samaradorligi doimo davlat mulkchiligining iqtisodiy samaradorligidan ancha yuqori.

3.Oliy ta’limning sifatsizligi.

O’zbekiston dunyoning eng zo’r, ilg’or 980 ta universitetlari qatorida yo’q.[3].

4.Internet tezligi juda past. O’zbekiston Sobit Keng Yo’lakli yuklab olish (Fixed Broad Band, download) ko’rsatkichi bo’yicha 133 mamlakat ichida 126-o’rinni egallagan.  Ya’ni, ro’yxatning oxiridan 7-o’rinni egallagan.

Mobil telefon uchun dunyo bo’ylab o’rtacha(Global Average) yuklab olish(download, Mbps) 23,54,

yuklab qo’yish(upload Mbps) 928.

O’zbekiston ( 8.95 Mbps, download) dunyodagi 124 mamlakat ichida 113-o’rinni, ya’ni ro’yxatning oxiridan 11-o’rinni egallagan. [4].

5.Maktab, oliy o’quv yurti o’qituvchilarining oylik maoshlari juda kam.

O’zbekistondagi yuqori sinf o’qituvchilarining maoshi bilan dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi o’qituvchilarning maoshlari bilan taqqoslasak:

O’zbekistonda yuqori sinf o’qituvchilari maoshi o’rtacha 125 AQSH dollariga teng, umuman olganda 100-200 AQSH dollari atrofida.[5,6].

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari;

1.Lyuksemburgda yangi ishni boshlagan o’qituvchi bir yilda 80.000 dollarga teng yillik maosh oladi. 15 yil ishlagandan keyin esa 140.000 AQSH dollaridan ham ko’proq yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni bir oylik maoshi 6.600 dollardan boshlanib 12.000 dollardan ham ko’proq bo’lishi mumkin [7].

2.Frantsiyada yangi ish boshlagan o’qituvchi bir yilda 35.000 AQSH dollari, eng ko’pi bilan 60.000 AQSH dollarigacha yillik maosh olishi mumkin. Bir oylik maosh 3.000 AQSH dollaridan 5.000 gacha olishi mumkin.

3.Janubiy Koreyada 30.000 AQSH dollari, ular eng ko’pi bilan 80.000-85.000 yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni oylik maoshi 2.500 dan 7.000 AQSH dollarigacha bo’ladi.

4.Yaponiyada 20.000-23.000 AQSH dollaridan 60.000 AQSH dollari yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni oylik maoshi 2.000 dan 5.000 AQSH dollarigacha.[7]”.

6.Korruptsiya darajasi juda yuqori. O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha (Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[8].

7.Iqtisodiy va siyosiy erkinliklar yo’q.

O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[9].

Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[10].

8.Iqtisodiy qoloqlik.

O’zbekiston iqtisodiyoti men avvalgi maqolalarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 17,300 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada. [11].

Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 1,504. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 7 baravar orqada. [12].

Yuqorida keltirilgan 8 ta murakkabliklardan ko’rinib turibdiki, ya’ni bu to’siq va muammolarni hal qilish O’zbekiston sharoitida o’ta murakkab.  Ayniqsa, iqtisodiy qoloqlik, oliy ta’limning sifatini oshirish, yerni xususiylashtirish, O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy, siyosiy erkinliklar berish va internet tezligini 10 baravar oshirib internetni erkinlashtirish.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev bu muammolarni hal qila olarmikan!?  Balkim, O’zbekiston tarixida kommunizm, O’zbekistonning kelajagi buyuk kabi shiorlarday innovatsiya strategiyasi ham amalga oshmaydigan shiordir?

Zero, marhum diktator Islom Karimov davrida “O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat” degan shior O’zbekistonliklarga havola qilingan edi.  Natijasi marhum diktator Islom Karimovning qizlari Gulnora karimova va Lola Karimova-Tillayevalar milliarder bo’lishdi. Millionlab O’zbekiston vatandoshlari esa mehnat muhojirlari bo’lib Rossiyada, Qozog’istonda, Janubiy Koreyada, Turkiyada, AQShda va boshqa mamlakatlarda ishlab yurishibdi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

28-sentyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida. 21.09.2018. ( http://uza.uz/uz/documents/2019-2021-yillarda-o-zbekiston-respublikasini-innovatsion-ri-21-09-2018 ).

2. WIPO. Global Innovation Rankings 2018. ( http://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo_pub_gii_2018-intro5.pdf ).

3. World University Rankings 2016-2017.(https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2017/world-ranking#!/page/0/length/100/locations/TR/sort_by/rank/sort_order/asc/cols/stats ).

4. Speedtest Global Index June 2018. ( http://www.speedtest.net/global-index ).

5. Педагогларнинг таътил пуллари қандай ҳисобланади? 13.05.2017. (http://idum.uz/archives/11394 ).

6. Average monthly salary in Uzbekistan is US$125- Statistics committee. 15.12.2017.

( http://tashkenttimes.uz/national/1814-average-monthly-salary-in-uzbekistan-is-us-125-statistics-committee ).

7. Different Teacher Salaries Around the World. 2017. (https://www.educationdegree.com/articles/teaching-salaries-around-the-world ).

8. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

9. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

10. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

11. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. (https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

12. The World Bank. 2017. GDP per capita (current US$) .(https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

Sebzordagi uylarning buzilishi, tadbirkor ayol Fazilat Normurodova, deputat Olimjon To’xtanazarov va Baxtiyor Ibrohimovning BMTdagi nutqi.

$
0
0

2018-yilning 1-oktyabr kuni O’zbekistonning BMTdagi elchisi Baxtiyor Ibroximov Bosh Assambleyaning 73-sessiyasida nutq so’zladi. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “O’zbekiston demokratik, huquqiy davlat qurishda davom etadi va inson huquqlarini kafolatlash masalasiga asosiy e’tiborni qaratadi.

Bu haqda O’zbekistonning BMTdagi elchisi Baxtiyor Ibroximov Bosh Assambleyaning 73-sessiyasining 1 oktyabrdagi yig’inida so’zlagan nutqida bildirdi.

-Bugun O’zbekiston Respublikasi radikal va dinamik o’zgarishlarning muhim bosqichida turibdi. Bu o’zgarishlarning mohiyati shaffof va ijtimoiy jihatdan himoyalangan bozor iqtisodi hamda faol fuqarolik jamiyati mavjud bo’lgan demokratik huquqiy davlatni rivojlantirishdir. Bu davlatning asosiy qadriyati odamlarning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlari bo’ladi, dedi Baxtiyor Ibrohimov”.Iqtibos tugadi. [2].

Men Baxtiyor Ibrohimovning ingliz tilida qilgan nutqini youtubeda ko’rdim. Baxtiyor Ibrohimov o’z nutqida O’zbekistonning bolalar mehnati, majburiy mehnat, erkin konvertatsiya, qo’shni Markaziy Osiyodagi mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning yaxshilanganligi, diniy erkinlik, Orol ekologik fojeasi, O’zbekistonning Afg’onistonda tinchlik o’rnatish uchun, bu mamlakat bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning yaxshilash yo’lida qilayotgan sa’y-harakatlari haqida to’xtalib o’tgan.

Nutqdan shunday taassurot tug’iladiki, prezident Shavkat Mirziyoyevning sa’yi-harakatlari natijasida yaqin 5-10 yilda O’zbekistonda erkin, demokratik va farovon jamiyat quriladi. O’zbekistonda hozirgi kundagi inson huquqlari bo’yicha haqiqiy real ahvol qandayligini tasavvur qilish uchun men uchta misol keltiraman.

1-misol. Sebzordagi buzilayotgan uylar.

Ozodlikdan iqtibos: “Toshkentning Sebzor dahasidagi eski mahallalarda 29-sentyabr oqshomida, kutilmaganda, aholi uylari buzila boshladi. Toshkent shahar hokimiyati xonadon egalari buzilishlaridan bir necha oy avval ogohlantirilgani, ularga Yunusobod tumanidagi ikkita yangi ko’p-qavatli uydan kvartira berilishini aytmoqda.

29 sentyabr kuni oqshom 22 lar atrofida Toshkent shahrining Sebzor dahasidagi “Janggoh” mahallasida aholi uylari buzila boshladi.

Voqea joyiga borgan Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo’jayev, mahalliy matbuotga, bu yerda 79 ta hovli buzilishi, ularning o’rnida Hindiston, Xitoy va Tojikiston elchixonalari qurilishini bildirdi.

30 sentyabr kuni voqea joyiga borgan Ozodlik mobil muxbirining xabar qilishicha, buzilishi kerak bo’lgan 80ga yaqin uyning qariyb hammasi bir kechada buzib bo’lingan.

Buzilishi kerak bo’lgan 10 tacha uy qolgan. Oilalar yuklarini tashiyapti”, deb xabar qildi mobil muxbir”. Iqtibos tugadi. [3].

Shu narsaga e’tibor berishingizni istardimki, uylar kunduz kuni emas oqshomdan boshlanib ertalabgacha tunda buldozerlar bilan buzilgan. Uylarning buzilishi shaxsan shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jayevning ishtirokida bo’lib o’tgan. Uylar qo’qqisdan xuddi urush paytidagiday buzilgan.

2-misol. Kosonlik tadbirkor Fazilat Normurodovaning hokim tomonidan kaltaklanishi.

Ozodlikdan iqtibos: “Qashqadaryo viloyati Koson tuman hokimi Baxtiyor Rajabov 11 sentabr kuni prezident sayyor qabulxonasiga shikoyat qilish uchun borgan tadbirkor Fazilat Normurodovani ko‘pchilik oldida kaltaklagan.

Fazilat Normurodovaning Ozodlikka iddao qilishicha, hokim Baxtiyor Rajabov barchaning o‘ngida haqorat qilgan, so‘ngra bo‘g‘ib tepkilagan.

Hokimning tepkisidan boshi bilan beton yerga yiqilgan Fazilat Normurodova kasalxonada hushiga kelgani, shifokorlar esa unga ataylab boshqa tashxis qo‘yganini iddao qiladi.

Koson tumani hokimi Baxtiyor Rajabov Ozodlik muxbiriga tadbirkor ayolni urganini inkor qildi”. Iqtibos tugadi. [4].

Yana Ozodlikning shu maqolasidan iqtibos: “- Men Xalq qabulxonasiga borsam, hokim Baxtiyor Rajabov bir bobo bilan nimanidir tortishib o‘tirgan ekan. Eshikning qiyasidan ko‘rdim. Keyin ular tashqariga chiqdilarda, meni ko‘rdilar. Men hokimdan “endi meni ishim nima bo‘ladi, vakil keldilarmi”, deb so‘radim. Hokim esa, sen portalchisan, yozuvchisan dedi. Men portalni prezidentimiz chiqargan dedim-da, u yerdan chiqib ketdim, deydi Fazilat Normurodova”.

– Chiqib skameykaga borib o‘tirayotgandim, ortimdan hokim ham chiqib keldi. Men, “Baxtiyor aka, bir-birimizni yozuvchisan, portalchisan, demaylik. Ishimni hal qilib bersangiz ayting, bo‘lmasa qilmayman deng”, dedim. Keyin, hokim meni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, xohlagan joyingga bor, dedi. Shunaqa ham yomon so‘zlar bilan so‘kdiki, men ham unga og‘zaki javobini berdim. Shunda hokim, so‘kinib oldimga yugurib keldi-da, tomog‘imdan ushlab bo‘g‘a boshladi. Ham bo‘g‘ardi, ham bir qo‘lini ajratib urardi. Atrofdagi to‘rt-besh odam yugurib kelib, arang ajratib olishdi. Ajratishganidan keyin hokim qornimga qattiq tepdi va men orqam bilan beton yerga yiqildim, deydi Fazilat Normurodova”. Iqtibos tugadi. [4].

3-misol.  Deputat Olimjon To’xtanazarov ishi.

Ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organidan Ozodlikka yuborilgan rasmiy hujjatga ko‘ra¸ Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati Olimjon To‘xtanazarov 22 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15 lar atrofida Chust tumanida arizachi ayoldan 500 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Namangan viloyat prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi tergovchisi Oxunjonov voqea yuzasidan ochilgan 237-2-2018-200-sonli jinoyat ishi bo‘yicha To‘xtanazarovni ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilgan, u shu kunda hibsda qolmoqda.

Viloyat kengashi deputati O‘zbekiston Jinoyat Kodeksinig 168-moddasi 3 qismi «v» bandi (Xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik jinoyati sodir etish) va 28-, 211- moddasi, 1- qismida (Pora berishga suiqasd qilish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Voqeaga oid rasmiy tafsilotlar

Namangan viloyat prokuraturasi 23 sentabr kuni chiqargan qarorda yozilishicha¸ poplik sobiq maktab direktori M.I. (arizachining shaxsi Ozodlikka ma’lum¸ ammo tergov jarayoni davom etayotgani bois¸ e’lon qilinmayotir – tahr.) o‘z ustidan chiqarilgan sud hukmidan norozi bo‘lib deputat To‘xtanazarovga murojaat qilgan. Deputat sud hukmini bekor qilish va ayolni ishiga qayta tiklab berishni va’da qilgan va prokuratura hujjatida yozilishicha¸ evaziga 500 dollar pora so‘ragan. Ayol bu tamagirlik haqida 20 sentabr kuni DXXga xabar qilgan va 22 sentabr kuni To‘xtanazarov ayoldan pulni olayotgan paytda viloyat prokuraturasi va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

22 sentabr kuni ushlangan deputat Olimjon To‘xtanazarov ehtiot chorasi sifatida hibsga olingan.

Bu voqeadan o‘n kuncha vaqt o‘tganiga qaramay¸ To‘xtanazarov a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bu voqea haqida na xabar va na munosabat bildirdi.

Norasmiy versiya – “mahalliy rahbarlar o‘chi”

Namanganlik deputat bilan Facebookdagi munozaralar paytida tanishganini aytgan O‘tyuraklar klubi yetakchisi Mo’tabar Tojiboeva¸ To‘xtanazarovning qo‘lga olinishini mahalliy rahbarlarning faol deputatni “yo‘q qilish urinishi” sifatida talqin etadi.

– Bu yigit jinoiy kirdikorlari fosh qilinayotgan mahalliy rahbarlarning tinchini buzdi. Aynan shuning uchun ham uni yo‘q qilishga qaror qilishgan. U hukumatning emas¸ mahalliy rahbarlarning tazyiqiga uchradi. U o‘z sahifasida, masalan, Namangan viloyat moliya tizimidagi kirdikorlar haqida ham yozgan. Umuman¸ Namangan viloyatidagi korrupsion jinoyatlar haqida ko‘p narsa yozgan¸ deputat so‘rovlari kiritgan. Bu haqda o‘z sahifasida kimga¸ qaysi masala bo‘yicha so‘rov yuborganini yozib kelgan¸ deydi To‘xtanazarov faoliyatini Facebook orqali kuzatib kelgan huquq faoli”.  Iqtibos tugadi. [5,6].

Men bu ish bo’yicha yana qo’shimcha qilib ta’kidlamoqchimanki, deputat Olimjon To’xtanazarov O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zoligidan o’zi ishtirok etmagan viloyat partiya yig’ilishida a’zolikdan chiqarilgan.  Uning haqida O’zbekiston 24 telekanalida DXX tomonidan yaratilgan film namoyish etilgan.

Bu bo’lib o’tgan voqealar ketma-ketligi SSSR davridagi repressiyalarni eslatadi.

Yuqoridagi uch misoldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston vatandoshining shaxs daxlsizligi kafolatlanmagan.  

O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 19, 25-moddalari qo’pol ravishda oyoq osti qilinyapti.

19-modda

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o’zaro bog’liqdirlar.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas.

25-modda.

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.

Yuqoridagi misollardan yana shu narsa ochiq ko’rinib turibdiki, O’zbekiston vatandoshlarining mulk daxlsizligi kafolatlanmagan.  Ularning O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 53-moddasida ko’rsatilgan mulkiy daxlsizligi huquqi ochiqdan-ochiq oyoq osti qilinyapti.

53-modda

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

O’zbekiston vatandoshlarining shaxsiy, mulkiy daxlsizligi hokimiyat tomonidan oyoq osti qilishidan tashqari yana ularning o’z asosiy beshta erkinliklari ya’ni so’z erkinligi, harakatlanish erkinligi, e’tiqod erkinligi, yig’ilishlar o’tkazish va norozilik bildirish erkinligi huquqi  ham cheklangandir.

O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasida norozilik bildirish erkinligi huquqi 33-moddada, tashkilotlarga uyushish erkinligi huquqi 34-moddada kafolatlangan.

33-modda

Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

34-modda.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2 yillik faoliyati shuni ko’rsatmoqdaki, u O’zbekistonda vatandoshlarning shaxsiy, mulkiy daxlsizligi kafolatlanmagan, vatandoshlarning erkinliklari cheklangan, siyosiy muxolifatsiz “erkin, demokratik” jamiyat qurmoqchi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

5-oktyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Uzbekistan/UN: Ambassador Bakhtiyor Ibragimov, Oct 1, 2018(https://www.youtube.com/watch?v=1MkRSHfz014 ).

2. БМТ Бош Ассамблеясида Ўзбекистон фаол фуқаролик жамияти мавжуд бўлган давлатга айлантирилиши айтилди. 02.10.2018. (https://www.ozodlik.mobi/a/29520484.html ).

3. Себзорда уйлар шошилинч бузилмоқда, ўрнида Ҳиндистон элчихонаси қурилади (ВИДЕО). 30.09.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29517356.html ).

4. Koson hokimi prezidentga shikoyat qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor ayolni urdi. 02.10.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29521828.html ).

5. Mirziyoevni Nobel mukofotiga tavsiya qilgan deputat $500 pora bilan qo‘lga olindi. 01.10.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29519514.html ).

6. ДХХ наманганлик депутатни тузоққа туширдими? 02.10.2018. (https://www.youtube.com/watch?v=q-fEg1kNs18 ).

7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

O’zbekistondagi korruptsiya va prezident Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga rasmiy tashrifi

$
0
0

Men bu maqolada O’zbekistondagi gullab-yashnayotgan korruptsiya va O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilning 8-9-oktyabr kunlari rasmiy viziti to’g’risida o’z fikrlarimni aytmoqchiman.

Ozodlikdan iqtibos: “O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi doirasida avtomobil transportida tashish, turizm, harbiy texnikaviy hamkorlik, texnik ko’mak, kosmosni taqiq etish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, madaniyat va boshqa sohalarga oid hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.

Bu haqda O’zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

9 oktyabr kuni Yelisey saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Frantsiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi bo’lib o’tdi”.  Iqtibos tugadi. [1].

Fergana.ru internet saytining yozishicha Frantsiyaning Veolia kompaniyasi Toshkent shahrida suvni tozalab, aholiga toza suv yetkazib berish, axlatlarni tozalash, energiya bilan ta’minlash va transport xizmatlari ko’rsatish bo’yicha 25 yilga kelishuvga erishilgan.  Bu kelishuvga muvofiq Toshkent shahrida ichimlik suvi va foydalanib bo’lgan suvlarni tozalash bo’yicha kelajakdagi kontrakt uchun tayyorgarlik ishlarini olib boradi.

1,5 milliard turadigan 25 yillik shartnoma(kontrakt) 2019-yilning birinchi yarmida kuchga kiradi.

 Frantsiya Taraqqiyot agentligi bilan O’zbekistonda infrastruktura loyihalar uchun 600 million yevrolik hamkorlik dasturi imzolangan.

 Bulardan tashqari bir necha Frantsuz kompaniyalari bilan, shu jumladan Airbus Se, neft-gaz kompaniyasi Total, qurilish kompaniyasi Vinci, Frantsiyadagi eng katta sanoat kompaniyasi Orano (sobiq Areva), energiya kontserni Total Eren, texnologiya bo’yicha kompaniya Fives Stein, sanoat guruhi Biouygues, oziq-ovqat kompaniyasi Rungis va boshqalar bilan bir qancha loyihalarni amalga oshirishni belgilab olingan.

Bulardan tashqari Biouygues Batiment International kompaniyasi bilan Buxoro shahrining markazida 100 million yevrolik mehmonxona, restoran, magazin va ko’ngil ochish markazlari qurilishlarini moliyalashtirish bo’yicha shartnoma tuzilgan.  [2].

Prezident Shavkat Mirziyoyev Frantsiyaga rasmiy tashrif bilan kelishigacha AQSh, Janubiy Koreya va Hindiston kabi erkin, demokratik davlatlarda rasmiy tashrif bilan bo’lgan edi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha bu mamlakatlardan ko’p milliardlik shartnomalar bilan qaytgan edi. O’zbekiston vatandoshlarida bu ko’p milliardlik investitsiyalarning O’zbekistonga kirib kelishi mamlakatda iqtisodiy taraqqiyotga olib keladi degan taassurot paydo qiladi.

Quyida ikki faktni hisobga olsak:

1-fakt. O’zbekiston iqtisodiyoti men avvalgi maqolalarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 17,300 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada. [3].

2-fakt. Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 1,504. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 7 baravar orqada. [4].

Yuqorida keltirilgan ikki faktdan ko’rinib turibdiki, marhum diktator Islom Karimov davrida milliardlab investitsiyalar O’zbekistonga kiritilgan edi.  Lekin, O’zbekiston iqtisodiy taraqqiyotga erisha olmadi. Chunki, marhum diktator Islom Karimov davrida O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyodagi o’ta korruptsiyalashgan eng 5, eng 10 mamlakatlar qatoriga kirar edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida esa O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha (Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[5].

Ya’ni bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, O’zbekiston o’ta korruptsiyalshgan 5, 10 mamlakatlar qatorida bo’lganda iqtisodiy taraqqiyotga erisha olmagandi, endi eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlar qatorida bo’lib iqtisodiy taraqqiyotga erisha oladimi?!

O’zbekistonda korruptsiya darajasini pasaytirish uchun O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy, siyosiy erkinliklar berilishi kerak, ommaviy axborot vositalari erkin bo’lishi kerak, mustaqil sud sistemasi shakllanishi kerak.

 Afsuski, prezident Shavkat Mirziyoyevning bu islohotlarni amalga oshirishi hozircha noma’lum.

Korruptsiyaning iqtisodiy taraqqiyotga to’sqinlik qilishiga GM Uzbekistan qo’shma korxonasining faoliyati yaqqol misol bo’la oladi.

Ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mashinalar salonlarda turib qolayotgani bois¸ «O‘zavtosanoat» AJ ning Asakadagi GM Uzbekistan zavodi katta zarar ko‘rmoqda.

Bu ma’lumotni jamoatchilikka ochiqlash vakolatiga ega bo‘lmagan GM Uzbekistan boshqaruviga yaqin mulozim 9 oktabr kuni Ozodlikka shunday dedi.

Suhbatdosh ta’kidicha¸ bunday inqiroz GM Uzbekistan zavodi butun rahbariyatining yoppasiga ishdan bo‘shatilgani oqibatidir.

Xaridor ehtiyojidan ko‘ra ko‘proq avtomobil chiqargan no‘noq yangi rahbariyat shu paytgacha shakllangan¸ mamlakatdagi birlamchi va ikkilamchi mashina bozoridagi muvozanatni izdan chiqardi”¸ deb baho berdi joriy vaziyatga zavod boshqaruvidagi mulozim.

«O‘zavtosanoat» matbuot xizmatining 9 oktabr kuni Ozodlik suhbatlashgan mulozimi¸ vaziyat uchun “ishlab chiqarishda turg‘unlik va zararga sabab bo‘lgan eski rahbariyat”ni aybladi

O‘zini tanishtirmagan «O‘zavtosanoat» rasmiysi¸ “yaqin kunlarda mahalliy avtomobil sanoatini rivojlantirishning yangi kontsepsiyasi samarasidan xaridorlar bahramand bo‘lishini” va’da qildi.

Ayni paytda «O‘zavtosanoat» mulozimi bu yangi kontsepsiya aynan nimadan iborat ekanligini aniq tushuntirib bera olmadi.

Rossiya avtosanoati bo‘yicha kitoblar muallifi Sergey Seninskiyga ko‘ra¸ “Karimov davrining totalitar mahsuli bo‘lgan «O‘zavtosanoat» erkin bozor sharoitida o‘limga yuz tutgan”.

Mashina bozori nega falaj bo‘ldi?

GM Uzbekistan zavodi boshqaruviga yaqin mulozimning aytishicha¸ “avtomobilsozlik va mashina bozoridan bexabar” rahbariyatning uquvsizligi bois mamlakat milliy avtosanaoati boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

“GM Uzbekistan bosh direktoridan boshqa hamma rahbariyat va mutaxassislar sentabr oxirida ishdan bo‘shatildi. Buning oqibatida mashina savdosi falaj bo‘ldi. Tushum tushib ketdi. Savdo-sotiq yo‘q. Salonda turgan mashinani odamlar olmay qo‘ydi. Bozor to‘ydi¸ lekin zavod pulsizlikdan o‘layapti”¸ deydi suhbatdosh.

Monopolist mavqeidagi eskirgan rusumli avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod qanday qilib “bozordagi xaridorni to‘ydirganligini” tushuntirib bergan mulozim¸ “ehtiyojga ko‘ra taklif” degan iqtisodiy formula buzilganidan xavotir bildirdi.

“Yangi rahbariyat davlatdan pul olib Captiva¸ Malibu mashinalar ishlab chiqarish miqyosini ancha oshirdi. Endi davlatga pulni qaytarishi kerak¸ ammo pul yo‘q. Chunki mashina sotilmagan. Bundan tashqari¸ ikkilamchi bozorni ham sindirishdi. GM Uzbekistan o‘zining salonlarda sota olmagan mashinalarini Sergeli bozoriga olib chiqdi”¸ deydi mulozim.

Talabning tushib ketishi va eksport mutlaq to‘xtagani haqida gapirgan mulozim o‘z fikriga raqamlarni ilova qildi.

“Oshirilgan proizvodstvo bu falokat bo‘ldi. Ehtiyoj yiliga 200 ming edi. O‘shanda 180 ming mashina chiqarib¸ ehtiyojni ushlab turardik. Oldindan pulini to‘lab bir oy kutib mashina olishardi. Pul-mashina-pul tizimi ishlardi. Hozir taxminan aytsak¸ 200 ming ehtiyoj uchun 240 ming mashina chiqarildi. Bu xuddi 50 kishi ovqat yeydigan restoranda 100 kishiga ovqat pishirgandek gap. Qolgan ovqat to‘kib tashlanadi va restoran bankrot bo‘ladi. Shu bizning ahvolimiz”¸ deydi suhbatdosh”.  Iqtibos tugadi. [6].

Iqtibosga men shuni qo’shimcha qilib aytamanki, GM Uzbekistan qo’shma korxonasining avtomobillari O’zbekiston vatandoshlariga Rossiya va Qozog’istonda sotiladigan avtomobillarga nisbatan qariyb ikki baravar qimmat narxda sotilardi.  Yana bu avtomobillarni sotib olish uchun O’zbekiston vatandoshlari oldindan 85% avtomobil bahosi pulini to’lab qo’yib 6-8 oylab navbati kelishini kutardi.

GM Uzbekistan qo’shma korxonasining faoliyati misolida korruptsiyaning iqtisodiy taraqqiyotga qanchalik zarar keltirishi yaqqol ko’rinib turibdi.  O’zbekiston oltin, gaz, uran kabi boyliklarga ega bo’lib ham, mehnat muhojirlari yuborgan 100 milliard dollarlar ham qariyb 30 yil davomida mamlakatni iqtisodiy qoloqlikdan chiqara olmadi.

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga rasmiy tashrifiga yana 2 ta ma’lumotni keltirib o’tishni lozim topdim.

1-ma’lumot.  Frantsiya vatandoshlariga O’zbekistonga 30 kun davomida vizasiz borib-kelishga ruxsat berildi.

2-ma’lumot.  O’tyuraklar klubining asoschisi, taniqli huquqbon Mo’tabar Tojiboyeva O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi munosabati bilan 8-oktyabr kuni norozilik piketi o’tkazishga ruxsat olgan edi va quyidagi talablarni norozilik piketida ko’tarmoqchi edi. [7,8].

1.Quvg’indagi siyosiy dissidentlar va jurnalistlarning O’zbekistonga qaytishiga ruxsat berish;

2. 2014-yilda ularning, siyosiy dissident va jurnalistlarning  fuqarolikdan mahrum qilish to’g’risidagi O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning farmonini bekor qilish;

3.1990 va 2000-yillarda hokimiyat tomonidan o’g’irlangan, yo’qolgan fuqarolarning ishlari bo’yicha tekshiruv, aniqlash, oqlash ishlarini olib borish;

4.O’lim jazosi bo’yicha qatl qilinganlarning nomlarini aniqlab, ularning xotirasini qayta tiklash;

5.Namanganlik deputat Olimjon To’xtanazarov va u kabi kishilarga  nisbatan soxta jinoiyatlar ochish va loy chaplashlarni bas qilish.

Mo’tabar Tojiboyeva bilan o’zbekistonlik huquqbon,faol Bashorat Eshova ham norozilik piketida qatnashmoqchi edi.  Bashorat Eshovaning o’g’li Ulug’bek Eshov o’lim jazosiga hukm qilingandi. Hukm ijro etilgan. Bashorat Eshova hukm qachon ijro etilgan, o’g’li qayerga ko’milgan kabi talablar bilan chiqmoqchi edi.

 Lekin, O’zbekiston hokimiyati Mo’tabar Tojiboyeva bilan muloqotga chiqib, uning talablari bo’yicha hamkorlik qilishni taklif qilgan.  Mo’tabar Tojiboyeva hokimiyat hamkorlikka borganligi sababli piketni bekor qilgan. [7,8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

12-oktyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ўзбекистон билан Франция ўртасида 10 та ҳужжат имзоланди. 10.10.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29535649.html ).

2. Узбекистан на 25 лет отдаст очистку воды в Ташкенте французской компании . 10.10.2018. ( http://www.fergananews.com/news/33221 ).

3. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. (https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

4. The World Bank. 2017. GDP per capita (current US$) .(https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

5. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

6. “Ehtiyojdan ko‘p mashina ishlab chiqargan GM Uzbekistan bankrotlik yoqasida”. 09.10.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29534360.html ).

7. Разрешение на пикет в Париже в день визита Шавката Мирзиёева получено. 08.10.2018. (https://centre1.com/world/razreshenie-na-piket-v-parizhe-v-den-vizita-shavkata-mirziyoeva-polucheno/ ).

8. Мутабар Таджибаева отменила пикет в Париже! 09.10.2018. (https://centre1.com/world/mutabar-tadzhibaeva-otmenila-piket-v-parizhe/ ).

 

O’zbekiston iqtisodiy qoloqlikdan chiqa oladimi?!

$
0
0

2018-yilning oktyabr oyida O’zbekistonning iqtisodiy qoloqlikdan chiqa olish yoki chiqa olmasligini belgilovchi ikki ma’lumot va bir fakt ma’lum bo’ldi.

1-ma’lumot.  Tengsizlikni kamaytirish bo’yicha majburiyat (qat’iyat) ko’rsatkichi -2018, 3-jadval, 19-bet( Commitment to Reducing Inequality Index 2018,table 3, page 19).  [1].

Bu jadvalda mamlakatlarning tengsizlik bo’yicha joylashuvi ta’lim, tibbiy xizmat, soliq siyosati, mehnat huquqlari va maoshlarni hisobga olgan holda joylashtirilgan.

Jadvalning 1-o’rnida Daniya mamlakati joylashgan.

1.Daniya;

2.Germaniya;

3.Finlyandiya;

11.Yaponiya;

26.Estoniya;

41.Belorussiya;

42.Litva;

48.Latviya;

49.Gruziya;

50.Rossiya Federatsiyasi;

53.Turkiya;

60.Moldaviya;

61.Armaniston;

62.Qirg’iziston;

71.Qozog’iston;

88.Tojikiston;

116.Ozarbayjon;

127.Afg’oniston;

156.O’zbekiston;

157.Nigeriya.

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston(156) 157 mamlakat ichida oxiridan 2-o’rinda Nigeriyadan keyin(157).

Yana shu narsa ko’rinib turibdiki, O’zbekistondagi tengsizlik Afg’onistondan ham yomon ahvolda, dunyoda ham eng yomon ahvolda.

Jadvalga ko’ra, O’zbekiston ta’lim va tibbiy xizmat bo’yicha dunyoda 42-o’rinda, soliq siyosati bo’yicha 156-o’rinda, mehnat huquqlari va maoshlar bo’yicha 132-o’rinda.

Ta’lim va tibbiy xizmat bo’yicha dunyoda 42-o’rinni egallaganligini bu sohalarning sovet tuzumidan meros bo’lib qolganligi va hozirgi paytda millionlab mehnat muhojirlari O’zbekistonga jo’natayotgan bir necha milliardlab dollar pullarning bu sohalarga sarflanayotgani bilan asoslash mumkin.

Soliq siyosati bo’yicha 156-o’rinni egallaganligi esa, O’zbekistondagi korruptsiya darajasining yuqoriligi bilan belgilanadi.  Ya’ni O’zbekistondagi yuqori lavozimni egallagan amaldorlarga tegishli bo’lgan tadbirkorlarning (vazirlar, viloyat,tuman hokimlari bozorkomlar va hokazo amaldorlar) soliq to’lamasligi.

Mehnat huquqlari va maoshlar bo’yicha dunyoda 132-o’rinni egallaganini esa, O’zbekistondagi kasaba uyushmalarning ishchi, xodimlarning mehnat huquqlarini amalda himoya qilmasligi bilan izohlanadi.

2-fakt.  Inflyatsiya.

Centre1.com internet saytining yozishi bo’yicha, o’tgan yoz oylarida O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlariga narxlar o’rtacha 50%ga oshgan.  Inson huquq himoyachilari ko’plab vatandoshlarning yarim och turmush kechirayotganlarini aytadilar. [2].

Yoz oyida 1 kilogram eng yaxshi go’sht 40 ming so’m turgan bo’lsa, hozir 65 ming so’m.  “Nestle”ning 1 litr suti 5000 so’m bo’lgan bo’lsa, hozir 8-9 ming so’m. Iyul oyida “Lazer” navli guruchni poytaxt aholisi 8 ming so’mdan sotib olgan bo’lsa, hozirda 13 ming so’mdan sotib olishyapti.  Yozda 1 kilogram unni 2300 so’mdan sotib olgan bo’lsa, hozirda 4000 so’mdan.

Yuqoridagilarga qo’shimcha qilib 2017-yillarning oxirida Shavkat Mirziyoyev prezident bo’lganiga 1 yil to’lgan paytda benzinning narxi 30%ga oshib ketganligi va sentyabr oyida esa bir buxanka nonning narxi 650 so’mdan 1200 so’mga ko’tarilganini hisobga olsak, O’zbekistonda aholining kam daromadli qatlamining kun kechirishi tobora qiyinlashib borayotganini ko’ramiz.

Centre1.com internet saytining “Kak tak? V Uzbekistane zarplati rastut a doxodov padayet.” nomli maqolasida (Как так? В Узбекистане зарплаты растут, а доходы падают. )[3] yozishi bo’yicha 1-noyabrdan boshlab O’zbekistonda maoshlar, pensiya, stipendiya va nafaqalarning 1,1 marta yoki boshqacha aytganda 10%ga oshiriladi.

Men maoshlar, pensiya, stipendiya va nafaqalarning oshirilishini qo’llab-quvvatlagan bo’lardim, agarda oziq-ovqatlar va boshqa iste’mol tovarlarining narxlari oshmasa.

Yoki boshqacha aytganda, inflyatsiya nolga teng bo’lsa.  Afsuski, O’zbekistonda vatandoshlarning iqtisodiy himoyasi uchun ajratilgan pullarning foydasini bozordagi narxlarning oshib ketishi chang ostida qoldirib ketyapti.

 Ya’ni, maosh, pensiya, stipendiya va nafaqalarning o’sishi, bozorlardagi narxlarning o’sishidan keskin orqada qolib ketyapti. Bu degani, O’zbekiston vatandoshlarining ko’p qismi qashshoqlashyapti.

 3-ma’lumot.  Global raqobatdoshlik ko’rsatkichi 4.0 (Global Competitiveness 4.0). [4].

Global raqobatdoshlik ko’rsatkichi 4.0 bo’yicha AQSh 85.6 ball bilan 1-o’rinda joylshgan.

1.AQSh-85.6;

2.Singapur-83.5;

3.Germaniya-82.8;

32.Estoniya-70.8;

..

40.Litva-67.1;

42.Latviya-66.2;

43. Rossiya Federatsiyasi-65.6;

59.Qozog’iston-61.8;

97.Qirg’iziston-53.0;

102.Tojikiston-52.2;

140.Chad-35.5.

Yuqoridagi ro’yxatning dahshatli joyi shundaki, Global raqobatdoshlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston dunyodagi 140 mamlakat ichida yo’q.

 Bu nima degan gap? Dunyodagi iqtisodi eng qiyin holatda bo’lgan Venesuela, Zimbabve, Mozambik, Brundi va hattoki qo’shni mamlakatlar Qirg’iziston, Tojikiston bu ro’yxatda bo’lgani holda O’zbekiston yo’q, xuddi Shimoliy Koreya va Turkmaniston bu ro’yxatda yo’q bo’lgani kabi.

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni boshqarayotganiga ikki yildan oshdi.

Tengsizlikni kamaytirish bo’yicha majburiyat (qat’iyat) ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda 157-mamlakat ichida 156-o’rinni egallagan, ya’ni ro’yxatning oxiridan ikkinchi.

Bozordagi narxlarning oshishi va buning natijasida o’zbek so’mining qadrsizlanishini barqaror ushlab tura olmaslik natijasida tengsizlikning keskin oshishi, ya’ni boy va kambag’allar o’rtasidagi jarlikning kengayishi va O’zbekistonning Global raqobatdoshlik ko’rsatkichi bo’yicha 140 mamlakat ichida yo’qligi O’zbekistonning yaqin kelajakda iqtisodiy qoloqlikdan chiqa olishiga menda juda katta shubha uyg’otadi.

Zero, O’zbekiston iqtisodiyoti men avvalgi maqolalarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 17,300 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada. [5].

Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 1,504. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 7 baravar orqada. [6].

Afsuski, prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda korruptsiyani kamaytira olmayapti, O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy va siyosiy erkinliklar berishni hoxlamayapti.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

19-oktyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Commitment to Reducing Inequality Index 2018.Table.3: CRI Index 2018 country rankings, page. 19 (https://oxfamilibrary.openrepository.com/bitstream/handle/10546/620553/rr-commitment-reducing-inequality-index-2018-091018-summ-en.pdf ).

2. Цены в Узбекистане растут с немыслимой скоростью. 12.10.2018. (https://centre1.com/uzbekistan/tseny-v-uzbekistane-rastut-s-nemyslimoj-skorostyu/ ).

3. Как так? В Узбекистане зарплаты растут, а доходы падают. 15.10.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/kak-tak-v-uzbekistane-zarplaty-rastut-a-dohody-padayut/ ).

4. World Economic Forum, Global Competitiveness Report 2018. Global Competitiveness Index 4.0 ( http://reports.weforum.org/global-competitiveness-report-2018/competitiveness-rankings/ ).

5. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. (https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

6. The World Bank. 2017. GDP per capita (current US$) .(https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

 


Nega inson huquqlari va erkinliklari Irlandiyada hurmat qilinadiyu, O’zbekistonda hurmat qilinmaydi?!

$
0
0

Nega Irlandiyada inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinadi degan savolga oddiygina, chunki Irlandiya erkin, demokratik mamlakat, O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari nega hurmat qilinmaydi degan savolga oddiygina qilib, chunki O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyevning boshqaruvi avtoritar, undan oldin marhum diktator Islom Karimov davrida 27 yil diktatorlik usuli bilan va undan oldinlari ham kommunistik totalitar usulda boshqarilgan edi deb javob berish mumkin.

Lekin, O’zbekistonda ham Irlandiyadagiday erkin, demokratik jamiyat qurish uchun nima qilish kerak? degan savolga yuqoridagiday oddiygina qilib javob berish yetarli emas.

Meni bu maqolani yozishga va videoni tayyorlashga quyidagi to’rt voqea sababchi bo’ldi.

1-voqea.  Rossiyaning Tula shahri ko’chalarida migrantlarning asirlardek olib o’tilishi.

Ozodlikdan iqtibos: “Rossiyaning Tula shahrida Rosgvardiya va politsiya olib borgan reydlar natijasida asosan o‘zbekistonlik va tojikistonlik bo‘lgan 300 ziyod muhojir ushlandi. Maxsus amaliyot davomida migrantlarni harbiy asirlar kabi “konvoy” qilinayotgani aks etgan fotosuratlar jamoatchilik g‘azabi va e’tirozlarini uyg‘atdi.

2018 yilning 20 oktabridan Tula shahrining Xlebniy maydonidagi bozor va uning atrofidagi ko‘chalarda ommaviy tekshiruvlar va oblavalar o‘tkazildi.

Soat ertalabki 10-larda boshlangan va “noqonuniy mehnat muhojirlarini aniqlashga” qaratilgani aytilgan amaliyotda mahalliy politsiya, Rosgvardiya, FSB, OMON va SOBR tezkor guruhlari ishtirok etdi.

Bozor hududi va yon atrofdagi Pirogova va Kaminskogo ko‘chalarida ushlangan 300 yaqin shaxs ko‘zdan kechirilib, avtobuslarda tuman politsiya bo‘limiga olib borildi.

Maxsus amaliyot o‘tkazilganini tasdiqlagan Tula viloyati Ichki ishlar boshqarmasida reyddan ko‘zlangan maqsad – “Rossiya hududida noqonuniy yashab kelayotgan yoki boshqa migratsiya qoidalarini buzayotgan xorijlik shaxslarni aniqlash” ekanini Ozodlikka bildirishdi.

Biroq, jamoatchilik e’tiborini “Tulskie novosti” axborot agentligi saytida chop etilgan fotosuratlar o‘ziga jalb qildi. Unda Tula bozori atrofida ushlangan 200 yaqin qo‘llari bir-birining yelkasiga qo‘yilgan mehnat migranti, jumladan ayollarning maskadagi politsiyachilar “konvoy” qilayotganini ko‘rish mumkin.

Orqama-ketin bir qatorga terilgan muhojirlar mahalliy grajdanlar ko‘z oldida jinoyatchilar kabi olib ketilayotgani ko‘pni ko‘rgan huquq himoyachilari va oddiy grajdanlarni hayratga soldi”.  Iqtibos tugadi. [1].

Yana shuni qo’shimcha qilib aytish kerakki,ijtimoiy tarmoqlarda tulalik huquq muhofazachilari reydlarni “fashistlar” va “nasistlar” hati-harakatlariga qiyoslashdi.

2-voqea.  Buxorolik mardikorning militsiya zobiti tomonidan do’pposlanishi.

Ozodlikdan iqtibos: “Buxoroda yashovchi 46 yoshli mardikor Rustam Mavlonov “militsiya zobiti uni do‘pposlaganidan so‘ng shifoxonaga tushib qolgani” haqida Ozodlikka shikoyat qildi.

Mavlonovning iddaosicha, kapitan unvonidagi Jamshid ismli militsiya zobiti uni 19 oktabr kuni sherigi bilan birga ushlab, Buxoro tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib borgan va maqsadsiz yurganini pesh qilib, kaltaklagan.

Mavlonov Buxoro shahar kasalxonasiga yotqizilgani va qovurg‘asi singani haqdagi hujjatlarni Ozodlikka taqdim etdi. Lekin u militsiya xodimi kaltaklagani yuzasidan huquq-tartibot idoralariga shikoyat qilmagan.

Buxoro tumani bozorida mardikorlik qiluvchi Rustam Mavlonovning Ozodlikka aytishicha, 19 oktabr kuni u sherigi bilan uyiga qaytayotganida kapitan unvonidagi militsiya zobiti ularni “maqsadsiz yurganlik”da ayblab, militsiya bo‘limiga olib borgan va do‘pposlagan.

– Sherigim Shavkat bilan ishdan qaytayotganimizda, militsiya xodimi bizni to‘xtatib hujjat so‘radi. “Nimaga maqsadsiz yuribsizlar”, deb militsiya bo‘limiga olib ketdi. “Nega maqsadsiz yurar ekanmiz, bozorda mardikorlik qilamiz, o‘g‘irlik qilganimiz yo‘q, jinoyat qilganimiz yo‘q, nega bu yerga asossiz olib keldingiz”, desak, “xohlasam qamab ham qo‘yishga haqqim bor”, deb qornimga tepdi. Yotib qoldim, yerga yiqildim. “Seni hozir kameraga qamayman”, deb yerda yotgan holimda yana tepdi. Sherigimni ham do‘pposladi, – deb iddao qildi Rustam Mavlonov.

Buxorolik yana bir mardikor, 38 yoshli Shavkat To‘raev sherigi Rustam Mavlonovning militsiya bo‘limida kaltaklanganiga shaxsan guvoh bo‘lgani, o‘zi ham militsiya zobitidan kaltak eganini Ozodlikka aytdi:

– Hammasi mening ko‘z o‘ngimda bo‘ldi. Bo‘limga olib borib do‘pposlashdi, sherigimni yomon qilishdi, qovurg‘asiniyam sindirishdi, men gap qaytarmaganim uchun uncha ko‘p urishmadi. Militsiyadan chiqqanimizdan so‘ng tez yordam chaqirtirib, Buxoro shahar kasalxonasi xirurgiya bo‘limiga olib bordik, u yerda qovurg‘asi singanini aytishdi”.  Iqtibos tugadi. [2].

Yana Ozodlikdan iqtibos: “Mavlonov ham To‘raev ham militsiya bo‘limida kaltaklangani yuzasidan huquq-tartibot idoralariga arz qilishmagan.

– Arz qilsalaring “qamattirvoraman”, deb qo‘rqitdi. Kasalxonadagilar ham “shikoyat qilishing kerak”, deyishdi, men “yo‘q” dedim. Shikoyat qilganning foydasi yo‘q, ular doim o‘zinikini himoya qilar ekan, aybli biz bo‘lib qolar ekanmiz, – deydi Mavlonov”.  Iqtibos tugadi.

3-voqea.  Fermerning qo’ylarini militsionerlar tomonidan so’yib tashlanishi.  [3,4].

Fergananews.com internet saytining yozishi bo’yicha O’zbekistonning Sirdaryo viloyati Sardoba tumani huquqni himoya qilish organlarining xodimlari Navoiy viloyatidagi “Zimboshi” fermer xo’jaligiga tegishli qo’y va echkilardan iborat podaning bir qismini yo’q qilishgan.  Kun.uz bu voqea 17-oktyabrda bo’lganini xabar qilgan.

Zimboshi” fermer xo’jaligining raisi Dilshod Uzoqovning aytishi bo’yicha, 800 boshdan iborat jonivorlar podasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining mahalliy fermerlari bilan kelishilgan holda o’tlatilgan. Xususan Sardoba tumanida “Abduaziz chorvasi” xo’jaligi chorvadorlarga o’zining o’tloqlarini o’tlatishga taqdim qilgan.

 Biroq, tuman ichki ishlar bo’limining xodimlari noma’lum sabablarga ko’ra, podaning bir qismini go’shtga so’yishga qaror qilishgan.  Ular umumiy hisobda 28 qo’y va echkini so’yishgan, yana 7 qo’yni o’zlari bilan olib ketishgan. Natijada fermer xo’jaligi 35 bosh jonivorini yo’qoqtgan.  Militsionerlar tomonidan so’yilgan jonivorlarning keraksiz qoldiqlari polda sochilib yotardi.

Abduaziz chorvasi” xo’jaligi raisi Akrom Xo’janovning aytishi bo’yicha, uning shartnoma bo’yicha o’tlog’ini taqdim qilgan hamkasbiga hech qanday da’vosi yo’q.  Uning aytishi bo’yicha jonivorlar uning ekinlariga hech qanday zarar yetkizmagan. Shu sababli fermer huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilmagan va mahalliy militsionerlar nega bunday qilganini u tushunmagan.

Dilshod Uzoqov bo’lgan hodisa to’g’risida O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasiga va Respublika Bosh prokuraturasiga shikoyat jo’natgan.  U uning jonivorlarining bir qismini so’yib va olib ketgan ichki ishlar xodimlarini jazolanishiga umid qiladi. [4].

4-voqea.  Forishda maktab direktorlariga yarim million so’mdan paxta solig’i solinishi.

Ozodlikdan iqtibos: “Forish. “Jizzax viloyati Forish tumanidan yozmoqdaman. 23 oktyabr kuni Forish tumani xalq ta’limi bo’limida 64 ta direktor ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Xalq ta’limi bo’limi mudiri Oybek Erxonov har bir maktab direktori paxta uchun 500 ming so’mdan berishi kerakligini aytdi. Bu tuman hokimining topshirig’i ekan. O’n besh kun oldin xalq ta’lim bo’limi mudiriga 100 mingdan yig’ib bergandik. Shunda ham, “Odam chiqar!” deb holi-jonimizga qo’ymagandi hokim, prokuror va xalq ta’limi bo’limi mudiri. Endi esa yarim milliondan talab qilishmoqda. Jonga tegdi-ku bu! Prezident o’qituvchiga tegma desa ham, tumanlardagi rahbarlar ta’lim xodimlarini kuppa-kunduzi to’nash bilan ovora…”. Iqtibos tugadi. [5].

Qisqa qilib aytganda, yuqoridagi ro’y bergan to’rt voqeada O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 22, 19, 53-moddalari oyoq osti qilingan.  [6].

22-modda.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi.

19-modda

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o’zaro bog’liqdirlar.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas.

53-modda

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

O’zbekiston va Rossiya davlatlari tomonidan BMTning ikki Pakti va ko’plab konventsiyalari ratifikatsiya qilinganini e’tiborga olsak, O’zbekiston vatandoshlarining huquq va erkinliklari O’zbekiston va Rossiya hududlarida hurmat qilinishi kerak, kafolatlanishi kerak.

Biroq, O’zbekiston va Rossiya hokimiyat organlari o’z vatandoshlarining huquq va erkinliklarini hurmat qilmasligi, kafolatlamaganligi dunyo jamoatchiligiga ma’lum.  Bu mamlakatlarda inson huquqlari va erkinliklarining hurmat qilinmasligiga asosiy sabab sifatida hokimiyat organlarida ishlovchi amaldorlar aybdor hisoblanadi.

Ikkinchi navbatda bu mamlakatlar vatandoshlarining o’z huquqlari va ekinliklari uchun kurashmasliklari yoki kurashishni bilmasliklari yanada kurashishni bilish uchun harakat qilmasliklari ham muhim sabablardan biridir.

Bunga yaqqol misol sifatida bosh qarorgohi Londonda joylashgan Amnesty International tashkilotidir.  Bu tashkilotning dunyo bo’ylab 7milliondan ko’proq a’zosi bor. [7].

Amnesty Internationalning Irlandiya bo’limida esa 20 mingdan ko’proq a’zosi bor. [8].

Bu a’zolar moliyaviy imkoniyatlariga qarab, uch xil shaklda faoliyat ko’rsatadilar.  

1-Xodim sifatida.

Tashkilotning xodimi sifatida va boshqaruv organlarida faoliyat ko’rsatish uchun inson huquqlari sohasida katta bilim va tajribaga ega bo’lish kerak.

2-Homiy.

O’ziga toq odamlar tashkilotga moddiy yordam beradilar, pul o’tkazadi yoki tashkilot tadbirlarini o’tkazishni yoki tashkilotga kerak bo’ladigan jihozlarni sotib olishni moliyalaydi.

3-Ko’ngillilar(Volontyorlar).

Tashkilotning tadbirlarida ko’ngilli bo’lib faoliyat ko’rsatuvchi a’zolar.  Ko’ngillilar asosan dam olish kunlari, ish ta’tilida yoki zarurat bo’lgan paytda ishdan bo’sh vaqtlarida tashkilotning tadbirlarida beg’araz ishtirok etadilar.

Erkin, demokratik mamlakatlarda tashkilotning xodimlari, homiylari, ko’ngillilari o’z mamlakatlarida va dunyoning boshqa mamlakatlarida inson huquqi va erkinliklarining kafolatlanishini o’ta muhim deb hisoblaydilar va shuning uchun vijdonan, mas’uliyatni bo’yniga olib kurashadilar.

Afsuski, O’zbekiston va Rossiya kabi mamlakatlarda ko’plab vatandoshlar o’z huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishiga faqat hokimiyat organlarini mas’ul deb biladilar.

Dunyoning erkin, demokratik mamlakatlarida vatandoshlarning konstitutsion huquq va erkinlari uchun kurashuvchi, qashshoqlikka qarshi, korruptsiyaga qarshi, qiynoqlarga qarshi, so’z erkinligi uchun, norozilik bildirish erkinligi uchun, tashkilotlarga uyushish erkinligi uchun, harakatlanish erkinligi huquqi uchun, ayollar, bolalar, nogironlar hamda ekologik va boshqa ko’plab huquqlar uchun kurashadigan tashkilotlar bisyor.

Erkin, demokratik mamlakatlarda vatandoshlarning har biri biron bir inson huquq tashkilotida xodim sifatida, homiy sifatida, ko’ngilli sifatida ishtirok etishni o’zining fuqaroviy burchi deb biladi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

26-oktyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Migrantlar Tula ko‘chalaridan asirlardek olib o‘tildi (VIDEO+FOTO). 23.10.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29559732.html ).

2. Buxorolik mardikor militsiya zobiti do‘pposlagani haqda arz qildi. 24.10.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29561784.html ).

3. FERMERNING MULKIGA CHANG SOLISHDI. KunUZ .Published on Oct 23, 2018. ( https://www.youtube.com/watch?v=c4BcGRb6dEc ).

4. Сырдарьинские милиционеры устроили налет на стадо баранов. 24.10.2018. ( http://www.fergananews.com/news/33575 ).

5. ЖИЗЗАХ – “Форишда мактаб директорларига ярим миллион сўмдан пахта солиғи солинди”. 24.10.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/paxtagram-maktab-forish/29561160.html ).

6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

7. Amnesty International is a global movement of more than 7 million people who take injustice personally. We are campaigning for a world where human rights are enjoyed by all.( https://www.amnesty.org/en/who-we-are/ ).

8. Amnesty International is a global movement of more than 7 million people who take injustice personally. We are campaigning for a world where human rights are enjoyed by all.

In Ireland, our 20,000 members and supporters campaign on issues like reproductive rights, ending torture and protecting migrant & refugee rights, among others. We are independent of any political ideology, economic interest or religion. We are funded by our members and supporters.

( https://www.amnesty.ie/who-we-are/ ).

O’zbekistonliklar qachongacha prezident Shavkat Mirziyoyevning maddoh gazetalariga obuna bo’lishadi?!

$
0
0

O’zbekiston mustaqillikka erishganiga qariyb 30(27) yil bo’ldi.  O’zbekiston SSSRdan inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydigan jamiyatni meros qilib olgan edi.  Ya’ni yig’ilishlar o’tkazish erkinligi shu jumladan norozilik bildirish erkinligi, so’z erkinligi, harakatlanish erkinligi huquqi va istagan joyida erkin yashash, tashkilotlarga uyushish erkinligi, e’tiqod erkinligi huquqlari cheklangan.  To’g’ri, post sovet respublikalarining ko’plari erkin jamiyat qurishga erishdi, lekin O’zbekiston emas.

Erkinlik cheklanganiga O’zbekistonda gazeta va jurnallarga majburiy obuna qilish yaqqol misol bo’la oladi.

1-misol. Samarqand viloyat hokimining obuna bo’lishni tashkillashtirish bo’yicha topshirig’i.

Ozodlikdan iqtibos: “Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov 27 oktyabr kuni korhona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla oqsoqollari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda hukumat va partiyalar gazetalariga obuna bo’lishni tashkillashtirish bo’yicha topshiriq berdi.

Majlisda qatnashgan tashkilot rahbarlaridan birining aytishicha, hokim obuna rejasini bajarmagan rahbarlarga qattiq chora ko’rishini ta’kidlagan.

Samarqand viloyati hokimligida 27 oktyabr kuni ertalab bo’lib o’tgan yig’ilishda viloyat hokimi korhona va tashkilotlar rahbarlariga soat 14gacha “obunani to’liq tashkil qilish” haqida topshiriq bergan.

Ma’lumot bergani uchun jazolanishidan cho’chib, ismi ochiqlanmasligini so’ragan tashkilot rahbarining aytishicha, bir hafta oldin ularga berilgan ro’yhat bo’yicha to’lovlarni shanba kuni amalga oshirish talab qilingan:

Bir hafta oldin, 20 oktyabrda viloyat hokimining ma’navij-ma’rifij ishlari bo’yicha o’rinbosari Rustam Qobilov, majlis o’tkazib, hamma tashkilotga hukumat va partiya gazetalari ro’yhatini berib chiqdi. Lekin, bu yil hokimiyat protokoli yo’q. Obunani boshlanglar, degan buyruq berildi. Oradan bir hafta o’tib, viloyat hokimining o’zi bu masalani muhokama qildi”, deydi tashkilot rahbari.

Samarqand shahridagi tashkilotlardan birida ishlaydigan, ismi sir qolishini so’ragan bosh hisobchining aytishicha, obuna to’lovlarini qabul qilish uchun banklar shanba kuni ham dam olmagan:

“Hokim bugun barcha banklar ishlashini, poruchenie va cheklarni qabul qilayotganini aytdi. Hokim qaysi tashkilotning qanday imkoniyati bor-yo’qligini hisobga olmay, hammang bugundan qolmay obunani pulini to’lab qo’y, dedi. Hozir hamma korhona va tashkilotlarda obuna uchun pul yig’ilyapti va matbuot tarqatuvchilarga pul o’tkazjapti. Bu shanba Samarqandda obuna kuni bo’ldi”, deydi bosh hisobchi.

Uning aytishicha, asosan hukumat va partiya gazetalariga obuna qilishga harakat qilinmoqda:

Necha yildan beri bu praktikani bilamiz. Aslida, hukumat va partiyalar hamda viloyat gazetalarini hech kim o’qimaydi, chunki bu nashrlar juda zerikarli. Maddohlikdan boshqa narsani bilmaydigan nashrlar. Biz “Halq so’zi”, “Ishonch”, “Jamijat”, “Zarafshon”, “Ovozi tojik”, “Qishloq hayoti” va partiyalarning bemaza gazetalariga majburan obuna bo’lyapmiz. Garchi ishhonamizda rus joki tojiklar bo’lmasa ham, “Narodnoe slovo”, “Samarkandskiy vestnik”, “Ovozi Samarqand” gazetalariga ham majburan obuna bo’lish ro’yhati kelgan”, deydi tashkilot bosh hisobchisi.

Jamoatchilikka gapirish vakolati yo’qligi uchun o’z shahsi sir qolishini so’ragan viloyat hokimligi mulozimiga ko’ra, hokim topshirig’ini bajarmagan rahbarlar 27 oktyabr kechqurun tushuntirish hati yozib beradi:

Obuna masalasi juda qattiq bo’lyapti. Hokim yakshanba kunini ham ish kuni deb e’lon qildi. Banklar va matbuot tarqatuvchi tashkilotlar yakshanba kuni ham ishlashi aytildi”, dedi mulozim”.  Iqtibos tugadi. [1].

Yana Ozodlikdan raddiya haqida iqtibos:”Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati bu iddaolarni rad etib, Erkinjon Turdimov tomonidan obuna masalasida biron marotaba yig‘ilish, majlis yoki selektor o‘tkazilmaganini bildirdi.

“27 oktabr sanasida viloyat hokimi v.b. soat 18-00 gacha kun davomida Pastdarg‘om tumanida xizmat safarida bo‘lgan. Viloyat hokimi v.b. tomonidan viloyat va tuman tashkilotlariga obuna masalasida hech qanday ko‘rsatma yoxud topshiriq xatlari chiqarilmagan va bu borada hattoki tavsiyaviy xarakterdagi yig‘ilish ham o‘tkazilmagan.​”, deyiladi viloyat hokimligi Axborot xizmati tomonidan Ozodlikka yuborilgan raddiyada”. Iqtibos tugadi. [2].

2-misol. Bekobodlik o’qituvchilarning obuna bo’lishga majburlanishi.

Ozodlikdan iqtibos:”Toshkent viloyatining Bekobod tumanida o’qituvchilar 2019 yil uchun o’ndan oshiq gazeta-jurnalga obuna bo’lishga majbur qilinajapti.

Turon24 ahborot agentligining o’z manbasi so’zlariga tayanib habar qilishicha, Bekobod tuman halq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablari uchun obuna bo’yicha taqsimot jadvali ishlab chiqilgan. Taqsimotda “Ma’rifat”, “Uchitel’ Uzbekistana”, “Halq so’zi”, “Toshkent haqiqati”, “Tashkentskaya pravda”, “Bekobod ovozi”, “Pedagog minbari” (“Tarih”, “Matematika”, “Fizika”, “Kimyo”, “Biologiya” nomli ilovalari bilan), “Til va adabijot ta’limi”, “Narodnoe slovo” singari nashrlarga qaysi maktab nechtadan obuna bo’lishi aniq belgilab qo’yilgan.

Obuna puli o’qituvchilarning oyligidan bosib qolinadi, buning uchun roziligimiz so’rab ham o’tirilmaydi, – deydi ismi oshkor etilishini istamagan bekobodlik o’qituvchilardan biri. – O’tgan yili har oyda oyligimizning 10-15 foizini obuna uchun olib qolishgan. Bu yil ham shunday bo’lsa kerak. Hozircha kimga necha so’mdan tushishi taqsimlanganicha yo’q”.

Taqsimotga 57 ta maktab kiritilgan bo’lib, ularda 2069 nafar hodim ishlashi ko’rsatib o’tilgan. Ushbu maktablarda ishlovchi hodimlar 2019 yil uchun jami 3417 nushadagi gazeta-jurnalga obuna bo’lishga majbur.

Taqsimot Bekobod tumani halq ta’limi bo’limining 2018 yil 30 oktyabrdagi 01-650/18-sonli xatiga ilova qilingan. Tuman halq ta’limi bo’limi mudiri Hasan Soibnazarov tomonidan imzolanib, umumta’lim maktablari direktorlari nomiga yuborilgan xatda obunani taqsimot jadvali asosida tashkil etish so’ralgan”. Iqtibos tugadi. [3].

Odatda vatandoshlar gazeta va jurnallarga o’z ixtiyorlari bilan tashqi bosimsiz, hech qanday majburlashsiz obuna bo’lishlari kerak. Bu oddiygina narsa,hech qanday bahs-munozaraga o’rin yo’q.  Lekin, O’zbekistonday inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydigan, cheklangan jamiyatda gazeta-jurnallarga obuna qilish bilan hokim ya’ni prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyat va tumanlardagi eng katta vakolatga, qudratga ega bo’lgan vakili shug’ullanyapti.  Gazeta, jurnallarga obuna bo’lish to’la majburiy tarzda amalga oshirilyapti.

O’zbekiston hokimiyati tomonidan O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 43 va 67-moddalari oyoq osti qilinyapti.  [4].

43-modda.

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

67-modda.

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.

O’zbekistonda ommaviy-axborot vositalari, so’z erkinligi  oxirgi 30 yilda nisbatan erkin va o’ta bo’g’ilgan holatlarni boshidan o’tkazdi.  1988-1992-yillarda Birlik Xalq Harakati va Erk Demokratik Partiyasi o’z gazetalarini chop etib, aholiga tarqatish imkoniyatiga ega bo’lgandi.

Marhum Islom Karimov diktaturasining eng jirkanchli davrlarida 1993-2016-yillarda ommaviy axborot vositalari va so’z erkinligi o’ta bo’g’ilgan holatda bo’ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ikki yillik faoliyati davomida ommaviy axborot vositalariga nisbatan erkinlik berildi.  O’zbekiston vatandoshlari tuman rahbarlari, viloyat rahbarlari, oliy hokimiyat vakillarini (prezidentdan tashqari) tanqid qilish va ularning ustidan shikoyat qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

 O’zbekiston vatandoshlari uchun tuman va viloyatlardagi xalq qabulxonalari, vazirliklarning qabulxonalari va prezident virtual qabulxonasi oyoq osti qilingan haq-huquqlarini tiklash imkoniyatini berdi.  O’zbekistonda blogerlar faoliyati avj oldi.

O’zbekistonda ommaviy axborot vositalri va so’z erkinligining holati va taqdiri ikki jabhadagi holat bilan belgilanyapti.

1.O’zbekistondagi gazetalar, jurnallar, radio, televidenie, kino va teatrlar to’la hokimiyat nazorati ostida.

2.Internet va ijtimoiy tarmoqlar: Facebook, Twitter, Youtube, Skype, IMO, Telegram, Whatsapp va boshqa kommunikatsiya vositalarini O’zbekiston hokimiyati jilovlashga harakat qilyapti, lekin uddasidan chiqa olmayapti.

O’zbekiston hokimiyati internetni va ijtimoiy tarmoqlarni to’la jilovlashga yoki bo’g’ishga erishishi mumkin,ammo bu holatda iqtisodiy taraqqiyot bo’lmaydi.

O’zbekistonda internet tezligi.

 Mobil telefonlar uchun yuklab olish (download) Mbps.  O’zbekiston dunyodagi 124 mamlakat ichida bu ko’rsatkich bo’yicha 8,95 Mbps bilan 110-o’rinda. [5].

Sobit Keng Yo’lakli(Fixed Broad Band) dunyo bo’ylab o’rtacha(Global Average) yuklab olish (Download Mbps) 46.25.

O’zbekiston Sobit Keng Yo’lakli yuklab olish ko’rsatkichi bo’yicha 7.10 Mbps bilan 133 mamlakat ichida 126-o’rinni egallagan.  Ya’ni, ro’yxatning oxiridan 7-o’rinni egallagan. [5].

Chegara bilmas muxbirlar ( Reporters Without Borders) tashkilotining 2018-yilgi hisobotiga ko’ra, matbuot erkinligi bo’yicha O’zbekiston 180 mamlakat ichida 60,84 ball bilan 165-o’rinda. [6].

Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib, dunyoning eng 10ta yomonlari qatorida.[7].

Freedom House tashkilotining Internetda erkinlik 2018 (Freedom House. FREEDOM ON THE NET 2018 ) hisobotiga ko’ra O’zbekiston 65 mamlakat ichida internet erkin bo’lmagan mamlakat bo’lib, ro’yhatning oxiridan 7-o’rinda joylashgan. Internet erkinligi O’zbekistondan yomon bo’lgan mamlakatlar V’etnam, Kuba, Efiopiya, Suriya, Eron va Xitoydir. Internet erkinligi Xitoyda eng yomon. [8, page 24].

Yuqoridagilarga qo’shimcha qilib yana ikki ma’lumotni keltirishni lozim topdim.

1-ma’lumot.  Dunyo Universitetlarining o’rni 2019 (World University Rankings 2019) [9] ro’yxatida dunyodagi 1000 universitetlar keltirilgan, lekin bu ro’yxatda O’zbekistondan birorta ham universitet yo’q.  Mintaqalar (regionlar) bo’yicha ham eng ilg’or universitetlarning ro’yxati tuzilgan. [10].

Shu jumladan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha (QS.EECA University Rankings 2019)[10] ro’yxatda 300 eng ilg’or universitetlar keltirilgan.

Ro’yxatda Turkiya, Rossiya, Chexiya, Bolgariya, Ukraina, Belorussiya, Qozog’iston va boshqa ko’plab mamlakatlarning ilg’or universitetlari keltirilgan.  Biroq, bu ro’yxatda O’zbekistondan bironta ham universitet yo’q.

2-ma’lumot.  Doing Business reytingida O’zbekiston ikki pog’ona pastladi.

Ozodlikdan iqtibos: “O’zbekiston Doing Business 2019 (biznes yuritish-2019) reytingida o’tgan yilgiga nisbatan ikki pog’ona pastga tushdi.  Yangi reytingda O’zbekiston 190 mamlakat ichida 76-o’rinni egallagan. Vaholanki, o’tgan yili mamlakat 74-o’rinni ishg’ol qilgan va hatto bir yil ichida iqtisod sohasida eng ko’p islohotlar o’tkazgan davlatlar o’nligidan joy olgandi”.  Iqtibos tugadi. [11].

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda siyosiy va iqtisodiy islohotlar sur’ati keskin kamayib ketgan, xuddi to’xtab qolganday.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

2-noyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Самарқанд ҳокими мажбурий обунага “старт” берди. 27.10.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29567273.html ).

2. Samarqand hokimligi majburiy obunaga aloqasi borligini inkor qildi. 28.10.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29567422.html ).

3. Бекободлик ўқитувчилар обунага мажбурланаяпти. 02.11.2018. (https://www.ozodlik.mobi/a/29578421.html ).

4.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

5. Speedtest Global Index. July 2018. (http://www.speedtest.net/global-index ).

6. Reports without borders. 2018 World Press Freedom Index.(https://rsf.org/en/ranking_table ).

7. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

8. Freedom House. FREEDOM ON THE NET 2018

( https://freedomhouse.org/sites/default/files/FOTN_2018_Final%20Booklet_11_1_2018.pdf ).

9. QS World University Rankings® 2019. (https://www.topuniversities.com/university-rankings/world-university-rankings/2019 ).

10. QS EECA University Rankings 2019.

( https://www.topuniversities.com/university-rankings/eeca-rankings/2019 ).

11. Doing Business рейтингида Ўзбекистон икки поғона пастлади. 01.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29576339.html ).

 

O’zbekistonda hokimiyat zo’ravonligi va afsuski nega kuchli fuqaroviy jamiyat yo’q?!

$
0
0

O’zbekistonning investitsion jozibadorligi uchun va iqtisodiy rivojlanishi uchun shaxs daxlsizligi va mol-mulk daxlsizligi muhim ahamiyatga egaligini tushuntirishning hojati yo’q.  Shaxs daxlsizligi O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 19, 25-moddalarida o’z ifodasini topgan. [1].

22-modda.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi.

19-modda

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o’zaro bog’liqdirlar.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas.

Mulk daxlsizligi O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 53 moddasida o’z ifodasini topgan.

53-modda

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

O’zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni boshqarishni boshlagan paytida ikki ish o’rnini yaratgan tadbirkorni boshida ko’tarib yurishini bir necha marta ta’kidlagan edi.  Oxirgi paytda negadir bu gapini mutlaqo aytmay qo’ydi.

Avtoritar jamiyatda shaxs va mulk daxlsizligini kafolatlash mantiqsizdir.  Shaxs va mulk daxlsizligini O’zbekistonda kafolatlash uchun nimalar qilish kerak degan savolga javob berishdan oldin O’zbekiston vatandoshlarining shaxs va mulkiy daxlsizligi oyoq osti qilingan uch hodisani ko’rib chiqamiz.

1-hodisa.  Toshkentda yangi qurilgan turar-joy kompleksining Bosh vazir Abdulla Aripovning og’zaki buyrug’i bilan buzib tashlangani.

Ozodlikdan iqtibos: “Toshkentlik 28 yashar tadbirkor puliga “Unique arh project” shirkati tarafidan joriy yili Ulug‘bek tumanida tiklangan 3 qavatli turar-joy binosi¸ barcha hujjatlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan¸ Bosh vazirning og‘zaki buyrug‘i bilan 4 noyabr kuni buzib tashlangani aytilmoqda. Uyni moliyalagan Muhammadbobur Xo‘jaevning 6 noyabr kuni Ozodlikka aytishicha¸ sud qarorisiz chiqarilgan bunday noqonuniy harakat oqibatida tadbirkor bir kunning o‘zida 620 ming AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan.

Toshkent shahar hokimligining Ozodlik gaplashgan mulozimi¸ Muhammadbobur Xo‘jaev tomonidan Chilonzor tumanining Dilxush ko‘chasida qurilgan 37-uyda yashayotgan Nigina Inog‘omovaning 3 qizi va 1 o‘g‘li 31 oktabr kuni is gazidan zaharlanib o‘lishidan darg‘azab bo‘lgan Bosh vazir shunday buyruq berganini bildirdi.

“Shu bois Abdulla Nig‘matovich (Bosh vazir) Jahongir Obidovichga (shahar hokimi) topshiriq berdi. Bu investor qurgan boshqa uylarni ham tekshiringlar¸ deb. Shu topshiriq asosida Ulug‘bek tumani Rishton tor ko‘chasidagi 106-uy shanba kechqurun buzildi. Bularning hammasi og‘zaki buyruq asosida bo‘ldi”¸ dedi ismi aytilmasligini istagan hokimlik mulozimi.

Bu mulozim¸ tadbirkor tomonidan qurilgan Ulug‘bek tumanidagi uyni buzish uchun sud qarori bo‘lmaganini e’tirof qildi.

Ozodlik Bosh vazir idorasidan bu voqea yuzasidan izoh olishga hozircha muvaffaq bo‘la olmadi.

Tadbirkor hasrati

Ozodlik suhbatlashgan Muhammadbobur Xo‘jaev bu “bedodlik”dan keyin bir kechada sochi oqarib ketganligini aytadi:

– Uy qurilishi uchun izn berilgan barcha o‘nlab hujjat bor. Ammo uyni hech bir hujjatsiz¸ sud qarorisiz¸ Bosh vazirning bir og‘iz emotsional gapi bilan buzishdi. Bundan tashqari¸ mening moliyam asosida uy qurgan pudratchililarga bir hafta ichida boshqa bir nechta uyni ham buzib¸ uy egalariga kompensatsiya to‘lashni buyurishdi¸ deydi suhbatdosh”.  Iqtibos tugadi. [2].

2-hodisa.  Fermerning hokim tomonidan kaltaklanishi va 30 fermerning 3 soatga qamalishi.

Ozodlikdan iqtibos: “Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hokimi Yo‘lchivoy Boyyigitov 6 noyabrdan 7 noyabrga o‘tar kechasi soat 12da boshlangan majlisda paxta topshirmagan fermer Qurbonali Jo‘raevni bo‘g‘ib urgan va uning ustidan jinoyat ishi ochish haqida tuman prokuroriga ko‘rsatma bergan.

Bunday iddao ayni majlisda qatnashgan ba’zi fermerlar tomonidan iddao qilindi.

Fermerlarning Ozodlikka aytishlaricha, bu voqeaga tuman prokurori va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari tomoshabin bo‘lib qarab turgan.

Ularga ko‘ra, 6 noyabr kuni paxta topshirolmagan o‘ttizdan ortiq fermer ichki ishlar bo‘limida soat 03.30gacha ushlab turilgan va so‘ngra qo‘yib yuborilgan.

Ammo, tuman hokimining yordamchisi Yo‘lchivoy Boyyigitovning fermerni urgani haqidagi iddaoni rad qildi.

Yozyovon tumani hokimi Yo‘lchivoy Boyyigitovning majlisda Qatortol hududida fermerlik qilayotgan 60 yashar Qurbonali Jo‘raevni urganini ayni majlisda tumanning turli hududlarida yashovchi uch nafar fermer Ozodlikka ma’lum qildi.

Ma’lumot bergani uchun jazolanishidan cho‘chib¸ ismi ochiqlanmasligini so‘ragan fermerlardan birining aytishicha, hokim va fermer o‘rtasida boshlangan janjalga fermerning o‘sha kuni paxta topshirmagani sabab bo‘lgan:

Fermer Qurbonali aka bilan hokim tortishib ketdi. Hokim arizangni yoz va yerni topshir, faqat ko‘p narsa yozma, faqat yerimni oling deb yoz, dedi. Fermer esa, paxta planini to‘ldiraman, to‘ldirmasam, yerimni olishlariga roziman, deb yozgan ekan, shuning orqasidan janjal chiqdi. Arizani o‘qigan hokim, nega sen paxta planini bu yerga qo‘shasan, deb asabiylashib, tepadan yugurib tushib keldida, fermerning bo‘yniga chang solib bo‘g‘a boshladi. Keyin yoqasidan ushlab, haqorat qilib siltab-siltab tashladi. Prokuror ham, militsiya boshlig‘i o‘rinbosari ham tomoshabin bo‘lib qarab turdi”, deydi voqeaga guvoh bo‘lgan fermerlardan biri”.  Iqtibos tugadi. [3].

Yana Ozodlikning shu maqolasidan iqtibos: “Ismi sir qolishini so‘ragan, tumanning Qatortol hududida ishlaydigan fermerning aytishicha, hokim 6 noyabr kuni paxta topshirolmagan 30dan ortiq fermerni ichki ishlar bo‘limiga olib borib qamab qo‘yishni shu majlisda ishtirok etgan ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosariga buyurgan:

Bularni hammasini olib borib qamang, tushuntirish xatlarini yozib oling, dedi. Keyin taxminan 200 metr nariroqdagi ichki ishlar bo‘limiga olib borishdi. U yerda soat 3 yarimgacha qolib ketdik. Hammamizning ism-sharifimizni ro‘yxat qilib yozib olishdi-da, boringlar endi paxtalaringni teringlar deb qo‘yib yubordi”, deydi fermer”. Iqtibos tugadi.

3-hodisa.  Fermerlarning mulkini MIB (Majburiy Ijro Byurosi) tomonidan musodara qilinishi.

Ozodlikdan iqtibos: “Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Majburiy ijro byurosi paxta terish kampaniyasi davom etayotgan bir paytda, bankdan kredit olgan fermerlarning mol-mulkini xatlash va musodara qilishga kirishdi.

Fermerlarning aytishlaricha, kreditni yopish muddatiga hali qariyb yarim yil bo‘lishiga qaramay, Agrobankning Jarqo‘rg‘on tumani filiali fermerlarni sudga bergan.

Sud esa fermerlarning qarzni vaqtida yopish-yopa olmasligini surishtirmay turib¸ ular mol-mulkini musodara qilish hisobiga kreditni qoplatish haqida ajrim chiqargan.

Fermerlarning Ozodlikka aytishicha¸ sud hukmi chiqar-chiqmas¸ MIB xodimlari ularning avtomobili, traktor, pritsep va chorvasini musodara qilishga kirishgan.

Agrobankning Jarqo‘rg‘on filiali raisi¸ kredit to‘lovi uchun berilgan muhlat tugamay¸ fermerlarning sudga berilishi noqonuniy bo‘lganini inkor qilmadi. Ayni paytda¸ bu ishning selektor yig‘ilishida berilgan og‘zaki buyruq asosida qilinayotganini bildirdi”. Iqtibos tugadi. [4].

Yuqorida keltirilgan uch hodisadan ko’rinib turibdiki, Bosh vazir Abdulla Aripov, Yozyovon tuman hokimi Yo’lchivoy Boyyigitov, sud, prokuroratura, militsiya, MIB xodimlari, bank xodimlari tomonidan tadbirkorlarning shaxsiy, mulkiy daxlsizligi ochiqdan-ochiq, namoyishkorona oyoq osti qilinyapti.

 O’zbekiston vatandoshlarining huquq va erkinliklarini ochiqdan-ochiq, namoyishkorona O’zbekiston hokimiyati tomonidan oyoq osti qilinishi O’zbekistonning investitsion jozibadorligini va iqtisodiy rivojlanishini keskin savol ostiga qo’yadi.

O’zbekistonning bunday ayanchli holatdan chiqib ketishi uchun O’zbekiston hokimiyati ham, tadbirkorlar ham, fuqarolik jamiyati ham jiddiy o’ylab ko’rishi kerak?!  O’zbekiston jamiyati jiddiy o’ylashga va jiddiy harakatlarga qodirmi?!

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

9-noyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

2. Toshkentda yangi qirilgan turar-joy kompleksi Bosh vazirning og‘zaki buyrug‘i bilan buzib tashlangani aytilmoqda. 06.11.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29586157.html ).

3. Hokim bir fermerni urib, o‘ttiz fermerni 3 soatga qamatgani iddao qilindi. 07.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29588096.html ).

4. Fermerlar “Agrobank”ni kredit shartini buzganlikda aybladi. MIB fermer mulkini musodara qilmoqda. 06.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29586153.html ).

Bahodirxon Turkiston-o’zbek muholifatining yosh dohiysi! O’zbekiston vatandoshlari dohiylarning orqasidan podadek ergashib yurishni bas qilishlari kerak

$
0
0

Men maqola va videoga bunday nom qo’yishni hoxlamasamda, shunday nom qo’yishga majbur bo’ldim.  Bunga sabab, Birdamlik Xalq Harakatining raisi Bahodirxon Turkiston (Bahodir Choriyev) harakatning navbatdagi qurultoyini o’tkazmoqchi bo’lganligi turtki bo’ldi. Centre1.com internet saytining 14-noyabrida yozishi bo’yicha 2018-yilning 15-16-noyabr kunlari Qozog’istonning Shimkent (Chimkent) shahrida Birdamlik Xalq Harakatining qurultoyi bo’lishi kerak edi.  [1].

Centre1.comning 15 noyabrida xabar berishi bo’yicha O’zbekistondan harakatning 60 a’zolari qatnashishi va yana Qirg’iziston, Qozog’istonlik faollar va jurnalistlar taklif qilingan edi.  Qurultoy Shimkentdagi Dostik mehmonxonasida bo’lib o’tishi kerak edi. Qurultoyda Bahodirxon Turkistonning aytishi bo’yicha, 15-noyabr kuni kun tartibi tasdiqlangandan keyin harakatning a’zolari Birdamlik Xalq Demokratik partiyasining programma va nizomi muhokama qilinadi, ya’ni boshqacha aytganda, Birdamlik Xalq Harakati partiyaga aylantiriladi.  Muhokamadan keyin partiya raisi saylanishi va raislikka to’rt kishi o’z nomzodini qo’ymoqchi edi.

1.Bahodirxon Turkiston, Birdamlikning asoschisi;

2.Solijon Abdurahmonov, jurnalist va huquq himoyachisi, sobiq siyosiy mahbus;

3.Dilorom Ishoqova, faol va o’zbek muxolifatining faxriysi (veteran);

4.Klara Jo’rayeva, faol, Samarqand viloyatidan.

Yana bu maqolada mening o’zbek muxolifati partiyasi va harakatlari  yetakchilarining almashishi yo’qligi to’g’risidagi fikrim ham aytib o’tilgan.

Bahodir Choriyev Abdujalil Boymatov haq, bizning tuzilayotgan partiyamizda rahbar saylov asosida tanlab olinadi va raqobat asosida tanlab olingan lider, yetakchi umrbod Birdamlikning raisi bo’lib qolmaydi deb o’z fikrini ifodalagan.  Qurultoyning birinchi kunida 5-7 kishidan iborat Partiya kengashi va 21 kishidan iborat Markaziy qo’mitaning saylanishi rejalashtirilgan.

Bahodirxon Turkistonning aytishi bo’yicha, Birdamlik qurultoyning 1-kuni O’zbekistondan taklif qilingan xonandalar va o’yinchilarning katta konserti bilan yakunlanadi.

Centre1.comning yana 15 noyabrda xabar berishicha, Shimkent mehmonxonasining majlislar zali bo’m-bo’sh, ya’ni Birdamlikning qurultoyiga bironta ham taklif qilingan a’zolar yetib kela olmagan.  [2].

Qurultoy boshlanishidan bir kun oldin oqshom payti Qozog’istonning Milliy Xavfsizlik Qo’mitasi Shimkentdagi mehmonxonaga O’zbekistondagi turli uyushtirilgan to’siqlarga qaramay yetib kelishga muvaffaq bo’lgan 4 qatnashchisini tutib, O’zbekistonga deportatsiya qilgan.  Shimkent shahriga harakat yetakchisi Bahodirxon Turkiston ham yetib kela olmagan. [2].

16 noyabr kuni Centre.com ning xabar berishi bo’yicha Birdamlikning qurultoyi 15 noyabr kuni online orqali bo’lib o’tgan.[3].

Centre1.com ning yozishi bo’yicha Birdamlik Xalq harakati partiyaga aylantirilgan, partiya raisi etib Bahodirxon Turkiston 4 yilga saylangan.  

2018-yilning 15-noyabr kuni Birdamlik Xalq Demokratik partiyasi turli messenjerlar va telefon orqali o’tkazilgan virtual qururltoyda tashkil topdi.

 Online qurultoyda Birdamlikning asoschisi Bahodirxon Turkiston (avvalgi ismi Bahodir Choriyev) Qirg’izistonning Bishkekidan uning safdoshlari esa O’zbekistonning turli shahar va qishloqlaridan qatnashishgan.  Bahodirxon Turkistonning Ц-1ga aytishi bo’yicha, virtual qurultoyda Birdamlikning 45tacha a’zosi qatnashgan. Boshqa a’zolar bilan sifatli barqaror aloqa o’rnatishning iloji bo’lmagan.

Birdamlik Xalq Demokratik partiyasi O’zbekistonning iqtisodiy gullab-yashnashini, kambag’allik va qashshoqlikka qarshi kurashni  asosiy maqsad qilib qo’ygan.

Partiya O’zbekiston vatandoshlariga siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar kafolatlangan dunyoviy jamiyat qurish uchun kurash olib boradi.  [3].

O’zbekiston jamiyatiga siyosiy kuchga ega bo’lgan muxolif harakat yoki partiya nihoyatda zarur.  Demokratik muxolif partiya yoki harakatning nihoyatda zarurligiga quyidagi uch voqea sabab bo’la oladi.

1-voqea.  G’allaorol hokimi tomonidan besh ming daraxtning yo’q qilinishi.  [4].

Ozodlikdan iqtibos: “Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan OzodMikrofon ga qo‘ng‘iroq qilgan pensioner Nabijon Jo‘raboevning iddao qilishicha, 18 oktabr kuni ishdan olingan G‘allaorol tumani hokimi Abdurashid Yo‘ldoshev ikki yil rahbarligi davrida 5000dan ortiq 30-40 yillik daraxtni kestirib, tabiatga jiddiy zarar yetkazgan.

Ikki yil orasida hokim daraxtlarga qiron keltirdi. Soppa-sog‘ bir necha o‘n yillik daraxtlarni qurt tushgan degan bahonada kestirib yubordi. Shuncha yil daraxtlarga qurt tushmaganu, bu hokim bo‘lib kelgandan keyin qurt tushib qolibdi. Bozorni buzib tashladi, chala yotibdi. Xullas, bu hokim xalqning boshiga kelgan bir balo edi. Xalqning dardi axiyri, prezidentga yetib bordi va uni ishdan oldi”, deydi Nabijon Jo‘raboev”. Iqtibos tugadi. [4].

2-voqea.  O’zbekistonning erkin iqtisodiy hududlariga investitsiya kiritgan chet ellik investorlarning pushaymonligi.  [5].

Spot.uz internet saytining yozishi bo’yicha, “Rivojlanish strategiyasi” markazi va Shveytsariyaning PeaceNeksus fondi O’zbekistondagi erkin iqtisodiy hudud(EIH)larning samaradorligi bo’yicha tadqiqot o’tkazgan.  Tadqiqot bo’yicha chet ellik investorlarning ko’pchiligi O’zbekistonning erkin iqtisodiy hududlariga investitsiya kiritganlaridan pushaymonligini aytishgan. Tadqiqot “Angren” va “Navoiy” erkin iqtisodiy hududlarida o’tkazilgan.  Tadqiqotchilarga ko’ra, erkin iqtisodiy hududlar O’zbekiston sanoatining rivojlanish lokomotivi bo’la olmagan. Ularning sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi nihoyatda kichik. Tadqiqotchilar erkin iqtisodiy hududlar o’rtasida hamkorlikning kuchsizligi, hududlar ishini muvofiqlashtirishga mas’ul yagona davlat tizimi yo’qligini ta’kidlashgan.

Oxirgi 2 yil davomida 18ta erkin iqtisodiy hududlar tuzilgan.  1- erkin iqtisodiy hududlar 2008-2013-yillarda yaratilgan. Bular “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”- EIHlari.  Mamlakatda hammasi bo’lib 21 ta erkin iqtisodiy hudud faoliyat ko’rsatyapti. Shulardan to’qqiztasi sanoat, yettitasi farmatsevtika, ikkitasi qishloq xo’jaligi va yana sayyohlik, transport-logistik va sport jihozlari ishlab chiqarishi. Mamlakatda 402 ta kompaniya ro’yxatga olingan, ulardan faqat 112 ta kompaniya faoliyat ko’rsatyapti.  [5].

3-voqea.  Siyosatchi Safar Bekjonning O’zbekiston vatandoshligidan chiqarilishi.  [6].

Ozodlikdan iqtibos: “Shveysariyaning Lozanna shahrida yashayotgan asli o‘zbekistonlik siyosiy faol Safar Bekjonning Ozodlikka aytishicha, uni bir yil avval O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarib yuborishgani haqida endi xabar topgan. O‘zbekistondan tashqari boshqa vatandoshligi yo‘qligini aytgan Safar Bekjon uni vatandoshlikdan mahrum qilishganini o‘zining siyosiy faoliyati bilan bog‘lamoqda.

57 yashar Safar Bekjon (Bekchanov Saparbay Jumabaev)ning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, unga O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarilgani sababini izohlashmagan:

– O‘zbekistonning Berlindagi konsulligidan xat oldim. Xatda prezident farmoniga ko‘ra, 2017 yil 17 mart kuni men vatandoshlikdan chiqarilganim aytilgan. Sababi ko‘rsatilmagan. Sabab ko‘rsatilishi kerak, mana shu sabablarga ko‘ra, vatandoshlikdan chiqarildi deb ya’ni ayb ko‘rsatilishi kerak. Ayb ko‘rsatilmagan. Mening agar ikkinchi vatandoshligim bo‘lganda, shuni sabab qilib ko‘rsatishlari mumkin edi. Lekin mening ikkinchi vatandoshligim yo‘q. Menda BMT bergan qochqinlik hujjati bor xolos”. Iqtibos tugadi.

Yana Ozodlikning shu maqolasidan iqtibos: “Safar Bekjon vatandoshlikdan chiqarilganini siyosiy faoliyati bilan bog‘laydi:

– Bu, albatta, diktaturaning davomi. Janob Mirziyoev islohotlariga ishonganida meni O‘zbekistonga kiritardi. Demak, janob Mirziyoev mening siyosatchi sifatida O‘zbekistonda bo‘lishimga qarshilik qilayapti. Uni tanqid qilib, unga zarba berishim mumkin bo‘lgan siyosatchi sifatida O‘zbekistonda bo‘lishimni istamayapti.

Safar Bekjonning aytishicha, u xorijlik tadbirkorlardan iborat 10 kishilik guruh tuzgan va shu guruh yordamida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiya kiritishni rejalashtirgan, biroq u endilikda bu loyihasi amalga oshmasligidan afsuslanadi”. Iqtibos tugadi. [6].

Yuqoridagi birinchi voqeada keltirilgan G’allaorol tuman hokimi Abdurashid Yoldoshev tomonidan besh ming daraxtga qiron keltirilishi O’zbekistonda Orol dengizining qariyb qurib bitishi va chinorlarning qirg’in qilib bo’linishidan keyin ro’y bermoqda.  Korinib turibdiki, kelajakda AES qurilishiga va daraxtlarning qiron keltirilishiga yol qo’ymaslik uchun kuchli fuqarolik jamiyati zarur.

Ikkinchi voqea ya’ni erkin iqtisodiy hududlarga chet el investorlarining investitsiya kiritganligidan pushaymonligi O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini va iqtisodiy qoloqlikdan chiqa olishini katta shubha ostiga qo’yadi.

Uchinchi voqeada keltirilgan muxolifatchi, siyosatchi Safar Bekjonning O’zbekiston vatandoshligidan mahrum qilinishi prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O’zbekiston hokimiyatining O’zbekiston jamiyatining eng ilg’or qismi bo’lgan o’zbek muxolifatining salohiyatidan voz kechayotganligini ko’rsatadi.

Bu O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 34-moddasini prezident Shavkat Mirziyoyev rejimi tomonidan oyoq osti qilinishidir. [7].

34-modda.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

O’zbekistonda kuchli, siyosiy kuchga ega bo’lgan muxolifat partiya va harakatlarining yo’qligiga faqatgina O’zbekiston hokimiyatining o’zini ayblash yetarli emas. Bunga muxolif partiya va harakatlarning yetakchilari va O’zbekiston vatandoshlarining ham ayblari bor.  Chunki, Bahodirxon Turkiston Birdamlik Xalq Harakatini 14 yildan beri boshqarib kelyapti, Birdamlik harakatini partiyaga aylandi, yana kamida 8yil boshqarishi mumkin. Bu degani Birdamlikda rahbarlar almashishi yo’q, Birdamlikda demokratiya yo’q. Ya’ni, Bahodirxon Turkiston o’zbek muxolifatining eng yosh dohiysi hisoblanadi.

 Abdurahim Po’latov Birlik Xalq Harakatini va shu nomdagi partiyani 29 yildan beri boshqarib kelmoqda, Muhammad Solih esa Erk Demokratik partiyasini 28 yildan beri boshqarib kelyapti. Bu yetakchilar o’zbek muxolifatining keksa dohiylaridir.

Marhum diktator Islom Karimov O’zbekistonni 27 yil boshqardi, prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonni necha yil boshqarar ekan?

Qisqasi, O’zbekiston – dohiylar mamlakati. O’zbekiston dohiylari erkin, demokratik jamiyat quramiz deb tinmay vaysaydilar, ular uchun O’zbekiston respublikasining konstitutsiyasi va harakat va partiyalarning nizomi bir parcha qog’oz.

Ularni tanqid qilsangiz O’zbekiston hokimiyati sizni vatan xoini, tovlamachi, ekstermist, terrorist deb soxta ayblar bilan ta’qib qiladi.

Muxolifat dohiylari esa sizni muxolifatni obro’sini to’kish uchun muxolifat saflariga yashirincha kiritilgan DXX(MXX)ning agenti deb tuhmat qilishadi. [8].

Afsuski, O’zbekiston vatandoshlari bu dohiylarning orqasidan hanuzgacha poda-poda bo’lib yurishibdi.  O’zbekiston Nelson Mandela, Lex Valensa, Roza Otunboyeva va Mixail Sakaashviliday yetakchilarga o’ta muhtoj. [9].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

16-noyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. В лидеры новой партии «Бирдамлик» будут баллотироваться четыре кандидата. 14.11.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/v-lidery-novoj-partii-birdamlik-budut-ballotirovatsya-chetyre-kandidata/ ).

2. Узбекистан и Казахстан сорвали курултай «Бирдамлика» в Шымкенте. 15.11.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/uzbekistan-i-kazahstan-sorvali-kurultaj-birdamlika-v-shymkente/ ).

3. Курултай «Бирдамлика» прошел онлайн… . 16.11.2018. (https://centre1.com/uzbekistan/kurultaj-birdamlika-proshel-onlajn/ ).

4. “G‘allaorol hokimi ikki yillik rahbarligida 5000 daraxtni yo‘q qildi”. 10.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29593330.html ).

5. Большинство иностранных инвесторов сожалеют, что инвестировали в СЭЗ Узбекистана. 12.11.2018. (https://www.spot.uz/ru/2018/11/12/research/?fbclid=IwAR31qiMOj2uFnQ19aIvcEIIJhrmSjLR3SysKpPBfLly9v19uOCDBJidf1TI ).

6. Safar Bekjon: O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarishgani sababini izohlashmadi. 13.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29596734.html ).

7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

8. Ўзбек мухолифати етакчилари Абдужалил Бойматовнинг танқидига қандай жавоб беришди!? 21.08.2018. ( http://uz.hrsu.org/archives/2403 ).

9. Баҳодир Чориев демократми?! 04.05.2014. (http://uz.hrsu.org/archives/6770).

 

Fermerlar, vrachlar qasamyodi, internet tezligi va XVJ tavsiyalari.  Afsuski, O’zbekistonda siyosiy, iqtisodiy erkinliklar uchun kurash yo’q?!

$
0
0

O’zbekiston mustaqil bo’lganiga 27 yil bo’ldi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatni boshqarayotganiga 2 yildan oshdi.

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 2, 13 va 15-moddalarida mamlakat vatandoshlarining huquq va erkinliklari hurmat qilinishi va kafolatlanishiga davlat organlari, mansabdor shaxslar mas’uldirlar.  [1].

2-modda.

Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.

13-modda.

O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.

15-modda.

O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar.

Lekin, hanuz O’zbekistonda iqtisodiy, siyosiy erkinliklar cheklangan.

Mamlakatda avtoritarizm, ma’muriy buyruqbozlik boshqaruv usuli hukmron.

Quyidagi ikki ma’lumot O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi va qonunlarining qanchalik qadrsizlangani va uchinchi ma’lumot Xalqaro Valyuta Jamg’armasi(XVJ)ning tavsiyalari xususida.

1-ma’lumot.  Fermerlar va vrachlarning qasamyodi.

Ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekiston Fermerlar kengashi tashabbusi bilan 16-22 noyabr kunlari mamlakat bo‘yicha fermerlarni ommaviy qasamyodga keltirish jarayoni bormoqda.

Ozodlik suhbatlashgan bir qator viloyat va tuman hokimliklari rasmiylari¸ fermerlar “shartnomada ko‘zda tutilgan rejadan ortiq g‘alla yetishtirib¸ uni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ichki bozorga sotaman”, degan mazmundagi qasamyodni o‘z “ixtiyorlari bilan” keltirayotganini iddao qildi.

Ayni paytda¸ Ozodlikka o‘z shaxsi ochiqlanmasligini so‘rab gapirgan Sirdaryo¸ Toshkent¸ Namangan va Farg‘ona viloyatidagi fermerlar¸ bunday qasamyod qilmagan fermerlarning yerlari tortib olinishi haqida hokim va sektor boshliqlaridan ochiq tahdid bo‘lganini bildirdi.

O‘zi ayni jarayon ishtirokchisi bo‘lgan tuman hokimlaridan biri mutasaddisi Ozodlikka¸ Bosh vazir Abdulla Aripov va Bosh prokuror o‘rinbosari o‘tgan hafta o‘tkazgan selektor yig‘inida berilgan topshiriq Fermerlar kengashi tashabbusi sifatida amalga oshirilayotganini bildirdi. Bu ma’lumotni matbuotga sizdirish oqibatidan cho‘chigan bu mulozim shaxsi ochiqlanmasligini so‘radi.

Sirdaryodagi namunaviy qasamyod marosimi…

16 noyabr kuni Sirdaryo viloyat markazi Guliston shahri hokimligi qarshisida “g‘alladan mo‘l hosil yetishtirishga azmu qaror qilgan fermerlarni “yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shish, nopok ishlarga qo‘l urmaslik” bo‘yicha qasam ichtirish jarayoniga oid xabar va suratlar mahalliy matbuotda keng tarqadi.

Bu tadbirda¸ Sirdaryo hokimligi rasmiy nashriga ko‘ra¸ viloyat hokimi¸ prokurori¸ IIB boshlig‘i va soliq inspeksiyasining viloyat rahbarlari shaxsan qasamyod qabul qilgan.

Sirdaryo viloyat hokimligining Ozodlik gaplashgan mas’ullaridan biri¸ bu tadbirning O‘zbekiston Fermerlar kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgani va qasamyod matnining ham kengashdan jo‘natilganini bildirdi.

Bu tadbir butun mamlakat bo‘yicha o‘tayapti. Sirdaryo birinchilardan bo‘lib bu tadbirni tantanali ravishda o‘tkazdi. Bu jarayonda fermerlarni majburlash bo‘lmadi¸ ular o‘z ixtiyorlari bilan kelib¸ og‘zaki qasamyod qilishdi”¸ dedi Sirdaryo viloyati bo‘yicha o‘tkazilgan tadbir mas’ullaridan biri 19 noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatda”. Iqtibos tugadi. [2].

Yana Ozodlikning shu maqolasidan iqtibos: “Bir sahifalik qasamyod matnining bo‘sh o‘rinlariga o‘z fermer xo‘jaligi nomi¸ shartnomada ko‘zda tutilgan g‘alla uchun yer maydoni sathini to‘ldirgan fermer¸ o‘ziga berilgan yerdan muayyan tonna g‘alla hosili olish yoki gektaridan 60-70 ts/t hosil olishga qasam ichadi.

Buning uchun qilinishi shart etib belgilangan uch turdagi ishlarni sanab o‘tgan fermer qasamyodning so‘nggi paragrafida «zimmamga olgan shartnomaviy majburiyatimni halol va vijdonan bajarmagan¸ qonun buzilishiga yo‘q qo‘yib¸ fuqaro¸ jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazgan taqdirimda, qonun oldida javob beraman” deya va’da beradi”. Iqtibos tugadi.

Maqolada hukumatga fermerni nega qasamyodga keltirish kerak bo’lib qolishi sababi keltirilgan.  ““Hukumat talabiga ko‘ra¸ g‘alla ekish 20 oktabrgacha tugashi kerak edi. Ertaga 20 noyabr – haliyam ekilmagan erlar ko‘p. Birinchi va asosiy sababi¸ bu yilgi paxta cho‘zilib ketdi. O‘quvchi-studentlar¸ o‘qituvchi-vrachlarni yoppasiga paxtaga olib chiqishmagani uchun bu yil terim kechikti.

Ikkinchisi¸ ko‘p joyda paxtadan keyin g‘alla sug‘orish muammo bo‘lib turipti. Fermer sug‘oraman¸ desa¸ tok yo‘q – nasos ishlamaydi. Keyin¸ mineral o‘g‘it¸ yonilg‘i bilan ham muammolar ko‘p. Tepadagilar bularning hammasi ertaga g‘alla hosilining kechikishi¸ yoki yomon bo‘lishiga olib kelishidan qo‘rqib¸ fermerni shunaqa ogohlantirayapti. Yuridik kuchga egami-yo‘qmi¸ bilmayman¸ lekin hokim¸ prokuror¸ melisa va soliq nachalniklari oldida qilingan qasamdan keyin fermerning qo‘rquvi yanayam kuchayishi aniq. Endi bor-budini sarflab bo‘lsayam¸ g‘allasini ekib¸ hosilini undirish hisobini qiladida fermer”¸ deydi farg‘onalik fermerlardan biri Ozodlik bilan suhbatda.

Fermerlarning qasamyodi bo’yicha BBC o’zbek xizmati Londonda istiqomat qilayotgan jamiyatshunos Alisher Ilhomovga murojaat qildi.  

Alisher Ilhomovning fikri: “So’zsiz, bu-ahmoqona tashabbus. Buni, ta’bir joiz, mehnat lageri yaratish yo’lida qo’yilgan bir qadamga ham qiyoslash mumkin. Bunda fermer go’yoki harbiy xizmatchiga tenglashtiriladi. Qasamyod ham xuddi shundan kelib chiqadi. Chunki, agar, siz fermerni harbiy xizmatchiga aylantirmoqchi bo’lmasangiz, bu kabi qasamyod nega kerak? Ya’ni, fermer o’zining odatiy ish faoliyatini shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqib emas, qandaydir burchlar, oliy vatanparvarlik tuyg’ularidan kelib chiqib bajarishi kerak bo’lsa… Bu kabi voqe’lik, so’zsiz, O’zbekistonning hozirda marhum prezidenti Islom Karimov deyarli to’lig’icha saqlab qolgan Sovetlar davri merosi bilan bog’liq voqe’lik”. [3].

Yana shu maqoladan iqtibos: “Alisher Ilhomov: O’zbekistonda fermerlarning ommaviy qasamyodga keltirilish darajasiga borilgani-bu mamlakat qishloq xo’jaligi, ayniqsa, paxta yetishtirish sohasida ahvol bilan bog’liq. Bir tomondan, Shavkat Mirziyoyev bu sohada majburiy mehnat bilan bog’liq muammolar borligini tan oldi. Aholining muayyan toifasini qishloq xo’jalik ishlariga jalb etmaslikka farmoyish berdi. Ammo, boshqa tarafdan, paxta sanoatida ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan eski boshqaruv modeli saqlanib qoldi. Ya’ni, boshqaruvning haddan ziyod markazlashgani, barcha richaglarning davlat qo’lida ekani, paxta ishlab chiqarish va uning eksportidan tushayotgan mablag’larga ham davlatning egalik qilishi… Boshqaruvning shu kabi vertikal modeli shu turishicha saqlab qolingan. Bu ikki tententsiya, ya’ni bir tomondan, majburiy mehnat hollariga chek qo’yish mas’uliyati, ikkinchi tarafdan, kvotalar ko’rinishidagi mintaqalar, tumanlar, fermerlar uchun davlat rejasining bajarilishini shart qilib qo’yuvchi haddan ziyod markazlashgan boshqaruv modeli bir-biriga muvofiq emas,zid. Agar, paxta sanoatining normal faoliyat yuritishi, yuqoridan berilgan buyruqqa emas, manfaatlarga asoslangan holda qurilgan bo’lishini istasangiz, siz bu sohaning o’zini isloh qilishingiz kerak. Ammo bunday bo’lmadi”.

O’zbekistonda nafaqat fermerlar vrachlar ham qasamyod qildirilmoqda.

Ozodlikdan iqtibos: “20 noyabr kuni Samarqand viloyat, Kattaqo’rg’on tuman tibbiyot birlashmasining 150 nafar shifokori va 150 nafar hamshiralari tuman mutasaddilari, keng jamoatchilik oldida qasamyod qabul qildi, deb xabar qildi zarnews.uz sayti.

-Tumanimizdagi shifokor va hamshiralar inson salomatligini asrashga, bu yo’lda bor bilimlarini ayamaslikka qasamyod qilishdi,-degan tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Olim Xo’jambardiyev. – Bu ularning mas’uliyatini, fidoiyligini oshirishga xizmat qiladi. O’ylaymanki, har bir tibbiyot xodimi ushbu qasamyodiga sodiq qoladi”. Iqtibos tugadi. [4].

Fergananews.com internet saytining xabar berishicha, Sirdaryo viloyatining vrachlari mamlakat prezidentiga ommaviy qasamyod qilishgan.  Vrachlar o’z kasblariga sadoqatli bo’lishga, nopok ishlar bilan shug’ullanmaslikka qasamyod qilishgan. [5].

2-ma’lumot.  O’zbekistonda internet tezligining ayanchli ahvolda ekanligi.

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli speedtest.net saytida dunyo mamlakatlari bo’yicha internet tezligi keltirilgan.  [6].

Speedtest Global Index. October 2018, ya’ni o’zbekchasiga 2018-yilning oktyabri uchun internet tezligining global ko’rsatkichi.

Men shuni eslatib o’tishni lozim topdimki, internet tezligi mobil telefonlar uchun alohida va sobit keng yo’lakli (fixed broadband) xizmati uchun -alohida.

O’zbekiston mobil telefonlar uchun yuklab olish (download) internet tezligi bo’yicha 9.73 Mbps bilan dunyoda 124 mamlakat ichida 110-o’rinda.

Norvegiya 67.7 Mbps bilan 1-o’rinda va dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich (global average) 50.88 Mbpsligini hisobga olsak, O’zbekistondagi tezlik dunyoning o’rtacha darajasidan 5 baravar orqada, bu juda ayanchli ahvol.

O’zbekiston sobit keng yo’lakli xizmati uchun yuklab olish uchun internet tezligi 9.28Mbps bilan dunyoda 130 mamlakat ichida 112-o’rinda.

Singapur 181.47 Mbps bilan dunyoda 1-o’rindaligi va dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich 23.80 Mbpsligini hisobga olsak, O’zbekistondagi tezlik dunyoning o’rtacha tezligidan 2 baravardan ko’proq pastdir.

3-ma’lumot.  Xalqaro Valyuta Jamg’armasi(XVJ)ning O’zbekiston iqtisodini kreditlash bo’yicha tavsiyalari.

Fergananews.com internet saytining yozishi bo’yicha [7] XVJ O’zbekiston hokimiyatiga inflyatsiyani 25 foizgacha ushab turish uchun mamlakat iqtisodini kreditlashi o’sishini chegaralash va jamoatchilikka narxlarni liberallashish zarurligini aniq-tiniq tushuntirishni tavsiya qilgan.  Bu tavsiyalar XVJning O’zbekistonga missiyasi bo’yicha yakuniy bayonotida keltirilgan.

Bayonot XVJning internet saytida 20-noyabrda e’lon qilingan. Bayonot jamg’arma xodimlarining joriy yilning 30-oktyabridan 8-noyabrgacha Toshkentda O’zbekiston hokimiyati vakillari bilan bu muammolarning muhokamasidan so’ng tayyorlangan.

XVJ narxlarning liberallashishni davlat korxonalarini islohot qilish bilan birgalikda olib borishni tavsiya qilgan. Yana XVJ soliq byudjet operatsiyalarini nazoratini yaxshilanganligi va iqtisodiy statistikani yaxshilanganligini alohida ta’kidlab o’tgan.  [7].

Fermerlar va vrachlarning qasamyodi bo’yicha mening fikrim shuki, bu qasamyod keltirishlar O’zbekiston vatandoshlarining fikrlarini chalg’itib ularning avtoritar tuzumga tobeligini, qaramligini (loyalnost) oshiradi.  

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi O’zbekiston vatandoshlari va O’zbekiston davlati o’rtasidagi shartnomadir.

O’zbekiston vatandoshlarining huquq va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 2,13 va 15 moddalarida kafolatlangan bo’lsada, ammo bugungi kunda cheklangan.

Qasamyodga keltirish O’zbekiston vatandoshlarini iqtisodiy va siyosiy erkinlikari uchun kurashishdan chalg’itib ularning amaldorlarga tobeligini, qaramligini kuchaytiradi.

Negadir prezident Shavkat Mirziyoyevning ommaviy axborot vositalarida marhum diktator Islom Karimovning prezidentlik qasamyodida O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga O’zbekiston vatandoshlarining huquq va erkinliklarini himoya qilishga Qur’on kitobiga qo’lini qo’yib qasamyod qilganligi mutlaqo eslanmayapti.

 Diktator Islom Karimov davrida O’zbekiston vatandoshlarining huquq va erkinliklari ommaviy tarzda, sistematik tarzda oyoq osti qilingan.

Bularga bolalar mehnati, majburiy mehnat, qiynoqlar, Andijon qirg’ini, huquqbonlar, mustaqil jurnalistlar, muxolifat faollarining tinmay tayziq va ta’qiblarga duchor qilinishi va diktatorning O’zbekiston konstitutsiyasiga zid ravishda 10 yil emas 27 yil mamlakatni zo’ravonlarcha boshqarishi va hokazolar misol bo’ladi.

 Diktator Islom Karimovning 27 yillik hukmronligi davomida uning qizlari Gulnora Karimova va Lola Karimova-Tillayevalar korruptsiya yo’li bilan milliarder bo’lishdi.

Nega endi marhum diktator Islom Karimov o’z qasamyodiga butunlay teskari jinoyatlar qilgan bo’lsada, bu jinoyatlar haqida lom-mim deyilmasdan uning nomi ulug’lanyapti, unga haykallar qo’yilyapti, muzeylar ochilyapti, aeroportlarga, ko’chalarga, oliy o’quv yurtlariga uning nomi berilyapti?  Bu tushunarsiz?!

Hanuzgacha O’zbekistonda internet erkin emas, internet tezligi judayam past.

 O’zbekistonda davlat mulkchiligi hukmron. Davlat mulkchiligi hukmron bo’lgan mamlakatda iqtisodiy samaradorlik xususiy mulkchilik hukmron bo’lgan mamlakatga nisbatan past bo’ladi.  Shu sababli prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro banklardan ko’p kreditlar olishi O’zbekistonni qarz botqog’iga botishiga olib kelishi mumkin.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

23-noyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

2. Mamlakat bo‘ylab fermerlar “davlatga mo‘l hosil yetkazib berishga” qasam ichtirilmoqda. 19.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29609331.html ).

3. Ўзбекистон, Тошкент ва Мирзиёев: Оммавий қасамёдлар нима дегани? 21.11.2018. ( https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-46279488 ).

4. Каттақўрғонда тиббиёт ходимлари қасам ичди. 21.11.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29612565.html ).

5. Сырдарьинские врачи вслед за фермерами поклялись в верности президенту. 20.11.2018. ( http://www.fergananews.com/news/34208 ).

6. Speedtest Global Index .October 2018

( http://www.speedtest.net/global-index ).

7. МВФ рекомендовал Узбекистану сдержать рост кредитования экономики. 21.11.2018. ( http://www.fergananews.com/news/34218 ).

Viewing all 153 articles
Browse latest View live