Quantcast
Channel: Maqolalar – O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati
Viewing all 153 articles
Browse latest View live

O’zbekistonda davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimi qanchalik modernizatsiya bo’ldi?!

$
0
0

Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonni prezident sifatida boshqarishga kirishishi bilan O’zbekistonni rivojlantirishning besh yo’nalishini ma’lum qildi:

1.Davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish;

2.Sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish;

3.Iqtisodiyotni liberallashtirish;

4.Ijtimoiy sohada islohotlar;

5.Tashqi siyosat tamoyillari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 14-dekabr kuni mamlakatni prezident sifatida boshqarayotganiga ikki yil to’ladi.   Shu davr mobaynida davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimida modernizatsiya qanchalik amalga oshganini quyidagi uch voqeadan yaqqol tasavvur qilsak bo’ladi.

1-voqea.  Fermerlardan musodara qilingan 100dan ortiq traktorni sotib yuborilishi.  [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Toshkent viloyat, Pskent tuman MIB ( Majburiy ijro byurosi) xodimlari fermer xo‘jaligi hisobida turmagan avtomobillar va uy jihozlarini ham musodara qilmoqda.

Bu haqda Ozodlikka shikoyat qilgan fermerlarning aytishlaricha, garchi ularda bankdan olgan kreditini yopish imkoni bo‘lsa ham, MIB xodimlari musodara jarayonini boshlab yuborgan”. Iqtibos tugadi.

Yana Ozodlikning shu maqolasidan iqtibos: “Bekzod Shiranov 51 gektar yerga bug‘doy va paxta ekkan. Bug‘doy rejasini ortig‘i bilan bajargan. Tuman hokimining iltimosi bilan rejadan ortiq yana 15 tonna bug‘doy topshirgan.

Bu yil paxta rejasini 88 foiz bajargan. Yog‘ingarchilik tufayli paxta 5-sortga olinayotgani, foydasidan zarari ko‘p bo‘lgani uchun terimni to‘xtatgan.

“Qonunlar teskari ishlayapti”

Fermerning aytishicha, u Agrobankning Pskent tuman filialidan 156 million so‘m kredit olgan. Lekin shu paytgacha, davrli kreditlarni muddatidan oldin yopib kelgan:

– Kreditni yopish uchun 18 million so‘m qolgan. Lekin, hali paxta zavodida pul bo‘lmagani uchun oxirgi topshirgan paxtam puli tushmagan. Bundan tashqari 40 million so‘m sug‘urtadan tushadi. Men o‘ynab-o‘ynab yopaman, o‘zimga ham qoladi. Ammo, bular hech narsani tushunishni istamaydi, yuqoridan aytilgan deb, ko‘ziga ko‘ringan narsaga yopishadi. Hamma joyda qonun buzilyapti, Birinchidan, kreditni yopish muddatiga hali olti oy bor, ikkinchidan, MIB xodimlari ijro varaqasi ham ko‘rsatmasdan fermerlarning hisobida turmagan mol-mulkni musodara qilyapti, uchinchidan, iqtisodiy sud MIBga noqonuniy jarima va qarorlar chiqarib beryapti. Sudyaga bu ishini aytsam, “yuqoridan shunaqa buyruq bo‘lgan”, deydi. Biz qanaqa davlatda yashayapmiz?- deydi fermer Bekzod Shiranov.

Fermerning aytishicha, u tenderdan yana 33 gektar yer yutib olgan, lekin tuman hokimi shu paytgacha qaror chiqarib bermayapti:

– 12 oktabrda yutib olganman. Qarorini uch kunda olishim kerak edi. Mana ikki oy o‘tyapti, qarshilik qilib, bermayapti. Men u yerga kuzgi bug‘doy ekishim kerak edi. Mana hali bir so‘tix ham ekolmadim, yerni haydata olganim yo‘q, -deydi Bekzod Shiranov.

Ozodlikka Pskent tumanidan yana boshqa fermerlar ham murojaat qilib, MIB xodimlari hali iqtisodiy sudning ajrimi ular qo‘liga yetib kelmasdan turib, MIB xodimlari ularning fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan-bo‘lmagan mol-mulkini musodara qilishga kirishganini aytdi”. Iqtibos tugadi.

Ozodlikning shu maqolasidan yana iqtibos: “MIB xodimining aytishicha, fermerlardan tortib olingan texnikalar klaster firmaga tendersiz, juda arzon narxda sotib yuborilyapti:

Tumanda 180 ortiq fermerning 30 milliard so‘m qarzi bor edi. Deyarli undirib bo‘ldik, hozir 80 million so‘m qolgan, xolos. Masalan, 150 million so‘m turadigan traktorni 40-50 million so‘mdan “To‘qimachi” degan klaster firma sotib olyapti. Keyin fermer nomiga bankdan plastik kartochka ochtirib, o‘shanga tashlab beryapti, fermerning bankdagi hisobiga tashlamayapti, chunki, fermerning soliqdan qarzi bor, soliq olib qo‘yadi. MIB xodimlari kartochkani fermerdan qo‘lini qayirib bo‘lsa ham olib qo‘yadida, plastigidan olib to‘lattirib yuboryapti. Hozir fermerlarning 100dan ortiq texnikasi ana shunday arzon-garovga auksionsiz sotilib ketdi. Qonun bo‘yicha bu texnikalar auktsionda sotilishi kerak, lekin bunday bo‘lmadi”, deydi MIB xodimi.” Iqtibos tugadi.

2-voqea.  YHX inspektorlarining xolis guvohlardan bo’sh qog’ozga qo’l qo’ydirib olishi.  [2].

Ozodlikdan iqtibos: “Andijon shahridan Ozodlikka yuborilgan videoda yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlarining mast holda avtomobil boshqarganlikda gumonlangan haydovchi bilan bo‘lgan holat qonunga zid ravishda hujjatlashtirilayotgani aks etgan.

Haydovchi inspektorlar uning ishtirokisiz mashinani tintuv qilgani va xolislarga bo‘m-bo‘sh qog‘ozga imzo qo‘ydirib olishganini aytadi va bu holat videoda aks etgan.

Voqea ishtirokchisi bo‘lgan haydovchining iddao qilishicha, inspektorlar uni harakatlanmayotgan avtomobilning yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan paytda noqonuniy tarzda javobgarlikka tortgan.

Voqea ishtirokchisining aytishicha, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi bu ishni sudga oshirgandan keyin, viloyatdagi oltita ma’muriy sud bu ishni ko‘rib chiqqan, lekin bittasi ham biror qarorga kelolmagan”. Iqtibos tugadi.

Yana Ozodlikning shu maqolasidan iqtibos: “Inspektorlar bilan tortishayotgan yigit Andijon shahrida yashovchi tadbirkor, 29 yashar Davronbek Shokirov ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shokirovning Ozodlikka aytishicha, videoda Andijon viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining 1-safarbarlik guruhi inspektorlari S.U., R. M., S.T., Sh.S. va U. Q. uni noqonuniy jazolagan holatlari aks etgan.

Tadbirkor so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 25 mart kuni u o‘z mashinasida, lekin yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan paytda, YHX inspektorlari uni mast holda mashina boshqarganlikda gumonlab, ushlashgan:

– Andijon shahrida bo‘ldi voqea. Mening mashinam to‘xtab turgan edi, men ozgina ichganim uchun avtomobilni boshqarishni o‘rtog‘imga bergan edim. U hojat chiqargani tushib ketgan edi. Men yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan edim. Shu payt inspektorlar kelib mendan hujjat so‘rab, “ichib oldingizmi”, dedi. Men ularga, “ichganmanmi-yo‘qmi, men rulda emasmanku, nima qilasiz mendan hujjat so‘rab”, dedim. Keyin bittasi mashinaga shart o‘tirdida, reyd qilayotgan joylariga haydab ketdi. U yerdan esa narkologiyaga olib borishdi, – dedi Davronbek Shokirov.

Tadbirkorning iddao qilishicha, narkologiya bo‘limida unga yuzaki tashxis qo‘yilgan:

– Do‘xtir yuz tuzilishimga qarab turib, ichgan deb yozib beryapti. Mening davleniyam oshgan, o‘lchamasdan har narsani yozib beraverasizmi, desam, “ha, yozib beraveramiz”, dedi, – deydi tadbirkor.

Davronbek Shokirovning aytishicha, inspektorlarning noqonuniy harakatlarini u tasvirga tushirishga muvaffaq bo‘lgan:

– Men ularga bir necha marta men haydovchi emas, yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lganimni aytdim, lekin quloq solishmadi. Ikkinchidan, ular mashinamni mening ishtirokimsiz, noqonuniy tintuv qilishdi. Uchinchidan, tintuv paytida go‘yoki xolis sifatida ishtirok etgan ikki guvohdan bo‘m-bo‘sh qog‘ozga imzo qo‘ydirib olishdi. Keyin nima xohlashsa shuni yozishgan. Bu hujjatni qalbakilashtirish emasmi? Bu holatlarning hammasi videoda bor”. Iqtibos tugadi.

3-voqea.  Umumjahon Inson Huquqlari deklaratsiyasining 70 yilligiga bag’ishlangan Samarqanddagi xalqaro forumga (Inson Huquqlari bo’yicha Osiyo Forumi, 22-23-noyabr, Samarqand shahri – Asian Human Rights Forum) huquqbonlarning borishi omadsiz bo’ldi.  [3].

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining veb-sayti xabar berishicha, “Sharqning ozod qilingan ayollari” ( Освобожденные Женщины Востока) guruhi a’zolari Tatyana Dovlatova, Gulbahor Karimbekova, Munisa Ochilova va Xolida Shirinova 21-noyabr kuni tunda avtoulovda Samarqandga jo’nashgan.

 Ular Samarqandga eson-omon yetib borishgan. Samarqandda ular yomg’ir bilan kutib olingan. Ertalab ular forum qatnashchilari joylashgan prezident saroyini izlashgan. Ularga yo’lda huquqbonlar Adeliya Xudoyberganova va Mahfuza Normurodova qo’shilishgan.

Saroyga 100 metrcha yetmasdan fuqaro kyimidiga bir guruh odamlar va militsionerlarga duch kelishgan.  Forum bo’ladigan bino o’rab olingan va binoga kirish uchun besh metrlik baland devor yonidagi archalarni aylanib o’tishga to’g’ri kelgan. Baland devorning tugash qismida huquqbonlarni qimmatbaho norkali shuba kiygan ayollar va fuqaro kiyimidagi erkaklar kutib turgan bo’lgan. Ularning hammasi peydjiksiz bo’lgan, birontasiyam guvohnomasini ko’rsatmagan.

 Qisqasi shuba kiygan ayollar va fuqaro kiyimidagi erkaklar huquqbonlarni forumga kiritishmagan va hattoki bannerlar yonida suratga tushishga ham ruxsat berishmagan.  Keyinchalik ularga Toshkentdan kelgan bir guruh ayollar Nigora Qodirova, Malika Hayitova, Sonya Osimova, Dilfuza Eshmurodova va yana to’rt ayollar kelib qo’shilgan.

Huquqbonlarni xalq qabulxonasiga olib borishgan, qabulxonadagi uchrashuvlar tugagandan keyin ularni mikroavtobuslarda Toshkentga olib borib qo’yishgan.  Toshkentda huquqbonlarni militsionerlar so’roqqa tutishgan. Forumga borishni kim tashkil qilgan? Kim moliyalashtirgan? Forumga borishni kim sizlarga maslahat bergan? Nima uchun sizlar Samarqandga bordilaring?

Yuqorida keltirilgan voqealardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston vatandoshlari prezident Shavkat Mirziyoyev davrida ham o’z huquq va erkinliklari buzilsa sud-huquq tizimlariga murojaat qilib adolat topish o’rniga, sud-huquq tizimlari tomonidan ularning huquq va erkinliklari oyoq osti qilinyapti.  O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 25, 26,27 va 33-moddalari ishlamaypti. [4].

25-modda.

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.

26-modda.

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.

27-modda.

Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.

Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.

33-modda

Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

O’zbekistonda hanuz siyosiy, iqtisodiy erkinliklar cheklangan.  Xalq qabulxonalariga, sud-huquq tizimlariga murojaat qilib O’zbekiston vatandoshlari adolat topishlari mushkul.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

30-noyabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Tuman MIBi fermerlardan musodara qilingan 100 dan ortiq traktorni sottirib yubordi. 29.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29626746.html ).

2. Andijonda YHX inspektorlari xolis guvohlardan bo‘sh qog‘ozga qo‘l qo‘ydirib oldi(VIDEO). 27.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29624224.html ).

3. ПОЕЗДКА В САМАРКАНД НА МЕЖДУНАРОДНЫЙ ФОРУМ В ЧЕСТЬ 70-ЛЕТИЯ ВСЕМИРНОЙ ДЕКЛАРАЦИИ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА НЕ УВЕНЧАЛАСЬ УСПЕХОМ. 25.11.2018. (http://ru.hrsu.org/archives/6106#more-6106 ).

4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

 


O’zbekistonda nimalar o’zgardiyu, nimalar o’zgarmadi? Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 yutuqlari va 5 o’ta abgor holatlar.

$
0
0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ikki yillik faoliyatiga baho berishda uning faoliyatini marhum diktator Islom Karimov davridagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy holat bilan taqqoslab baho berish mumkin, yoki O’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy ko’rsatkichlar bo’yicha dunyodagi o’rni qandayligi bilan taqqoslab baho bersa bo’ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatidagi 5 yutuqlar va 5 abgor holatlarga (o’zgarmagan holatlarga) baho berishdan oldin O’zbekistonning iqtisodiyoti men avvalgi maqolalarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 17,300 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 7000. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada. [1].

Dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda 1,504. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rtacha darajasidan 7 baravar orqada. [2].

Prezident Shavkat Mirziyoyevning  ikki yillik faoliyatidagi 5ta yutuqlar:

1.Erkin konvertatsiya.

O’zbekistonda 2017-yilning 5-sentyabrida AQSh dollarining qora bozordagi kursi bilan rasmiy kurs tenglashtirildi.  AQSh dollarining qora bozordagi kursi 8.000 so’mdan ko’proq edi, rasmiy kursi esa 4.000 so’mdan ko’proq edi. Marhum diktator Islom Karimov mustaqil O’zbekistonni 26 yil boshqargan davrida amalga oshira olmagan erkin konvertatsiyaga o’tish amalga oshirildi.  Faqat bitta katta kamchilik bilan, ya’ni banklar O’zbekiston vatandoshlaridan rasmiy kurs bo’yicha AQSh dollarini sotib oladi lekin, AQSh dollarini (har qanday valyutani) O’zbekiston vatandoshlariga sotmaydi.

2.O’zbekistonning tashqi dunyoga ochilishi.

Birinchi navbatda prezident Shavkat Mirziyoyev qo’shni mamlakatlar Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan bo’lgan avvalgi sovuq munosabatlarni keskin o’zgartirib bu mamlakatlar bilan do’stona yaxshi qo’shnichilik aloqalarini o’rnatdi.  Qozog’iston bilan munosabatlarni yanada yaxshiladi. Ya’ni boshqacha aytganda Markaziy Osiyo mamlakatlari Afg’oniston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston o’rtasida yaxshi qo’shnichilik, siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda yaxshi o’zaro hamkorlik yo’lga qo’yildi.

Dunyoning yetakchi mamlakatlari AQSh, Xitoy, Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlar bilan yaxshi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatildi.

O’zbekistonga turistlar kelishini osonlashtirish uchun ko’p mamlakatlar uchun vizalar bekor qilindi, elektron vizalar berish yo’lga qo’yildi va hokazo.

3.Majburiy mehnat.

O’zbekiston marhum diktator Islom Karimov davrida majburiy mehnatga 4 foizcha aholi jalb qilingan bo’lib, dunyoda Shimoliy Koreyadan keyin 2-o’rinni egallagan edi,

2018-yilda esa O’zbekiston dunyoda 69-o’rinni egalladi.  Bu ma’lumot 2018-yilning sentyabrigacha bo’lgan ma’lumot.  [3,4,5].

Bu yilgi (2018) paxta mavsumida talabalar, o’qituvchilar, shifokorlar majburiy mehnatga nihoyatda kam jalb qilindi.  Biroq, bu yil ham davlat muassasalarida ishlovchi xodimlar ko’plab majburiy mehnatga jalb qilindi. Paxta mavsumi hattoki 1-dekabrgacha davom etdi.  Marhum diktator Islom Karimov davrida bolalar mehnati keskin kamaytirilganini hisobga olsak, O’zbekistonda majburiy mehnat bo’yicha anchagina ijobiy siljish bor.  Lekin baribir ham O’zbekiston vatandoshlari majburiy mehnatdan qutildik deyishiga bir necha qovun pishig’i bor.

4.Internet tezligi.

O’zbekistonda 2018-yilning 1-dekabrigacha internet tezligi juda ayanchli ahvolda edi. Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli speedtest.net saytida dunyo mamlakatlari bo’yicha internet tezligi keltirilgan.  [6].

Speedtest Global Index. October 2018, ya’ni o’zbekchasiga 2018-yilning oktyabri uchun internet tezligining global ko’rsatkichi.

Men shuni eslatib o’tishni lozim topdimki, internet tezligi mobil telefonlar uchun alohida va sobit keng yo’lakli (fixed broadband) xizmati uchun -alohida.

O’zbekiston mobil telefonlar uchun yuklab olish (download) internet tezligi bo’yicha 9.73 Mbps bilan dunyoda 124 mamlakat ichida 110-o’rinda.

Norvegiya 67.7 Mbps bilan 1-o’rinda va dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich (global average) 50.88 Mbpsligini hisobga olsak, O’zbekistondagi tezlik dunyoning o’rtacha darajasidan 5 baravar orqada, bu juda ayanchli ahvol.

O’zbekiston sobit keng yo’lakli xizmati uchun yuklab olish uchun internet tezligi 9.28Mbps bilan dunyoda 130 mamlakat ichida 112-o’rinda.

Singapur 181.47 Mbps bilan dunyoda 1-o’rindaligi va dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich 23.80 Mbpsligini hisobga olsak, O’zbekistondagi tezlik dunyoning o’rtacha tezligidan 2 baravardan ko’proq pastdir.

2018-yilning 1-dekabridan boshlab internet tezligi 10 baravar oshishi oldindan ko’plab marta e’lon qilingan edi.  Lekin, centre1.com internet saytining yozishi bo’yicha [7] 1-dekabrdagi internet tezligining oshishi hammani ham xursand qilmagan. O’zbektelekom milliy operatori internet trafikning o’tkazish qobiliyatini 10 marta oshirgan.

Lekin, 1-dekabr kuni o’zbekistonlik 20 milliondan ko’proq  internet foydalanuvchilari hayratdan yoqalarini ushlashgan.  2 kun davomida internet ishlamagan. Biroq, 3-dekabr ya’ni dushanba kuni internet ishlashni boshlagan, ayrim internet foydalanuvchilari internet tezligi oshganligidan xursand bo’lishgan ayrimlari esa internet tezligining oshganini umuman sezishmagan.  Facebook va youtube avvalgidek butunlay ishlamagan.

O’zbektelekomning bir xodimining aytishi bo’yicha, (bu xodim o’z nomini aytishni xohlamagan) internet tezligini oshirish bo’yicha modernizatsiya muvaffaqiyatli bo’lgan va bu o’zgarishni faqatgina optik internetdan foydalanuvchilar sezishgan.  Eski optik bo’lmagan infrastrukturadan foydalanganlar esa internet tezligining oshganini umuman sezishmagan.

Qisqasi, O’zbekistonda internet tezligi oshgan, internet tezligini oshirish bo’yicha eski infratuzilmani (infrastruktura) modernizatsiya qilish davom ettiriladi.

5.Vijdon mahbuslarining ozod etilishi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida ko’plab vijdon mahbuslari-huquqbonlar, mustaqil jurnalistlar va siyosiy faollarning ko’plari (30dan ortiq) ozod etildi. Shu jumladan O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyatining 7 a’zosi ham ozodlikka chiqarildi. 16 ming diniy muxolifatga tegishli qora ro’yxat bekor qilindi.

Yuqorida keltirilgan 5ta yutuqdan tashqi dunyoga ochilish va vijdon tutqunlarining ozod qilinishi bo’yicha ko’zga ko’rinarli, sezilarli ijobiy natijaga erishilgan, lekin, erkin konvertatsiya, majburiy mehnat va internet tezligi bo’yicha to’la yutuqqa erishilgan deya olmayman.  Biroq, ijobiy o’zgarish -bu muammolarga barham berishga kuchli intilish borligini tan olishga majburman.

Endi ijobiy o’zgarishlar bo’lmagan 5 o’ta abgor holatlarga navbat.

1.Tengsizlik.  

 Tengsizlikni kamaytirish bo’yicha majburiyat (qat’iyat) ko’rsatkichi -2018, 3-jadval, 19-bet( Commitment to Reducing Inequality Index 2018,table 3, page 19).  [8].

Bu jadvalda mamlakatlarning tengsizlik bo’yicha joylashuvi ta’lim, tibbiy xizmat, soliq siyosati, mehnat huquqlari va maoshlarni hisobga olgan holda joylashtirilgan.

Jadvalning 1-o’rnida Daniya mamlakati joylashgan.

O’zbekiston(156) 157 mamlakat ichida oxiridan 2-o’rinda Nigeriyadan keyin(157).

Yana shu narsa ko’rinib turibdiki, O’zbekistondagi tengsizlik Afg’onistondan ham yomon ahvolda, dunyoda ham eng yomon ahvolda.

Jadvalga ko’ra, O’zbekiston ta’lim va tibbiy xizmat bo’yicha dunyoda 42-o’rinda, soliq siyosati bo’yicha 156-o’rinda, mehnat huquqlari va maoshlar bo’yicha 132-o’rinda.

Ta’lim va tibbiy xizmat bo’yicha dunyoda 42-o’rinni egallaganligini bu sohalarning sovet tuzumidan meros bo’lib qolganligi va hozirgi paytda millionlab mehnat muhojirlari O’zbekistonga jo’natayotgan bir necha milliardlab dollar pullarning bu sohalarga sarflanayotgani bilan asoslash mumkin.

Soliq siyosati bo’yicha 156-o’rinni egallaganligi esa, O’zbekistondagi korruptsiya darajasining yuqoriligi bilan belgilanadi.  Ya’ni O’zbekistondagi yuqori lavozimni egallagan amaldorlarga tegishli bo’lgan tadbirkorlarning (vazirlar, viloyat,tuman hokimlari bozorkomlar va hokazo amaldorlar) soliq to’lamasligi.

Mehnat huquqlari va maoshlar bo’yicha dunyoda 132-o’rinni egallaganini esa, O’zbekistondagi kasaba uyushmalarning ishchi, xodimlarning mehnat huquqlarini amalda himoya qilmasligi bilan izohlanadi.

2.Korruptsiya.

Marhum diktator Islom Karimov davrida O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyodagi o’ta korruptsiyalashgan eng 5, eng 10 mamlakatlar qatoriga kirar edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida esa O’zbekiston korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha (Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[9].

Ya’ni bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, O’zbekiston o’ta korruptsiyalshgan 5, 10 mamlakatlar qatorida bo’lganda iqtisodiy taraqqiyotga erisha olmagandi, endi eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlar qatorida bo’lib iqtisodiy taraqqiyotga erisha oladimi?!

3.Raqobatdoshlik.

Global raqobatdoshlik ko’rsatkichi 4.0 (Global Competitiveness 4.0). [10].

Global raqobatdoshlik ko’rsatkichi 4.0 bo’yicha AQSh 85.6 ball bilan 1-o’rinda joylshgan.

Global raqobatdoshlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston dunyodagi 140 mamlakat ichida yo’q.

 Bu nima degan gap? Dunyodagi iqtisodi eng qiyin holatda bo’lgan Venesuela, Zimbabve, Mozambik, Brundi va hattoki qo’shni mamlakatlar Qirg’iziston, Tojikiston bu ro’yxatda bo’lgani holda O’zbekiston yo’q, xuddi Shimoliy Koreya va Turkmaniston bu ro’yxatda yo’q bo’lgani kabi.

4.Dunyodagi 1000 eng ilg’or universitetlar.

 Dunyo Universitetlarining o’rni 2019 (World University Rankings 2019) [11] ro’yxatida dunyodagi 1000 universitetlar keltirilgan, lekin bu ro’yxatda O’zbekistondan birorta ham universitet yo’q.  Mintaqalar (regionlar) bo’yicha ham eng ilg’or universitetlarning ro’yxati tuzilgan. [12].

Shu jumladan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha (QS.EECA University Rankings 2019)[12] ro’yxatda 300 eng ilg’or universitetlar keltirilgan.

Ro’yxatda Turkiya, Rossiya, Chexiya, Bolgariya, Ukraina, Belorussiya, Qozog’iston va boshqa ko’plab mamlakatlarning ilg’or universitetlari keltirilgan.  Biroq, bu ro’yxatda O’zbekistondan bironta ham universitet yo’q.

5.Iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik.

O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kiradi.[13].

Chegara bilmas muxbirlar ( Reporters Without Borders) tashkilotining 2018-yilgi hisobotiga ko’ra, matbuot erkinligi bo’yicha O’zbekiston 180 mamlakat ichida 60,84 ball bilan 165-o’rinda. [14].

Freedom House tashkilotining Internetda erkinlik 2018 (Freedom House. FREEDOM ON THE NET 2018 ) hisobotiga ko’ra O’zbekiston 65 mamlakat ichida internet erkin bo’lmagan mamlakat bo’lib, ro’yhatning oxiridan 7-o’rinda joylashgan. Internet erkinligi O’zbekistondan yomon bo’lgan mamlakatlar V’etnam, Kuba, Efiopiya, Suriya, Eron va Xitoydir. Internet erkinligi Xitoyda eng yomon. [15, page 24].

Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib dunyoning eng 10 ta yomonlari qatorida.  [16].

Yuqorida keltirilgan 5ta o’ta abgor holat bo’yicha ijobiy natijaga erishish prezident Shavkat Mirziyoyev uchun O’zbekiston vatandoshlariga iqtisodiy, siyosiy erkinliklar bermasdan, ya’ni baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqarolik jamiyati yaratmasdan ijobiy natijaga erisha olmaydi.

Yuqorida keltirilgan o’ta abgor holatlarga quyidagi abgor holatlarni sanab o’tishni lozim topdim.

1.O’zbekistonning global innovatsion reytingda ko’rsatilmaganligi, yo’qligi. [17].

O’zbekistonning global innovatsion reytingda ko’rsatilmagani, yo’qligi.  

Global innovatsion joylashuvlar 2018(Global Innovation Rankings 2018) [18].

430 betlik hisobotning 22-beti (page 22).

Shvetsariya mamlakati 68,40 ball bilan 1-o’rinni egallagan.

Yuqoridagi mamlakatlarning dunyodagi innovatsion ko’rsatkich bo’yicha joylashuvidan ko’rininb turibdiki, dunyodagi 126 mamlakat ichida O’zbekiston yo’q, Turkmaniston va Shimoliy Koreya yo’q kabi.

Global innovatsion ko’rsatkichning mamlakatlarning joylashuvida Turkiya 37,42 ball bilan 50-o’rinni egallagan.

1-o’rinni egallagan Shvetsariyada 68,40 ball,

Tojikiston 26,51 ball bilan 101-o’rinni egallagan.

O’zbekistonning global innovatsiya ko’rsatkichi Tojikistonga yaqin deb olsak, Turkiya darajasiga(37,42) yetish uchun 10 ball, Shvetsariya darajasiga(68,40) yetish uchun 40 ball kerak bo’ladi.

Demak, birinchidan O’zbekiston global innovatsion ko’rsatkich bo’yicha 126 mamlakatdan iborat ro’yxatga kirishga erishishi kerak.

Ikkinchidan O’zbekistonning darajasi Tojikiston darajasiday deb olganimizda, 10 balldan ko’proq ball to’plab Turkiyani quvib o’tishi kerak, lekin, Turkiya 2030-yilgacha innovatsion ko’rsatkich bo’yicha tinmay rivojlanadi.

2.O’zbekistonda davlat mulkchiligining hukmronligi.

O’zbekistonga sobiq SSSRdan davlat mulkchiligi meros bo’lib qolgan. (yer,bozorlar,sanoat korxonalari va hokazo).

Hozirgacha O’zbekistonda mulkchilikning necha foizi davlat mulkchiligi, necha foizi xususiy mulkchilikka tegishliligi ochiqlanmagan.

Jahon tajribasidan ma’lumki, xususiy sektorning iqtisodiy samaradorligi doimo davlat mulkchiligining iqtisodiy samaradorligidan ancha yuqori.

3.Xalqaro reytinglar berilmagani.

O’zbekistonga xalqaro kredit reyting agentliklari: Standard & Poor’s, Fitch, va Moody’s tomonidan reyting berilmagan.  Bu reyting agentliklari Turkiyaga reyting bergan, shu jumladan Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga reyting bergan, lekin O’zbekistonga emas.[19,20].

4. O’zbekiston Jahon Savdo tashkilotiga a’zo bo’lmagan.

5. O’zbekistonda oltin bo’yicha ma’lumotlarning oshkor emasligi.

6. Gaz, svet, suv muammolari.

7. Orol fojeasi, chinorlar qirg’ini, daraxtlar qirg’ining boshlanishi, qurilayotgan AESning xavfliligi.

8. Narxlarning maoshlarga nisbatan tez o’sishi.  Inflyatsiya.

9. Sud-huquq tizimining adolatsizligi.

10.Norozilik bildirish, erkin, demokratik saylovlarning yo’qligi.

Yuqorida keltirib o’tilgan yutuqlar, o’ta abgor va abgor holatlarni sanab o’tish meni ham juda qiynab yubordi, maqolani o’quvchilar ham keltirilgan yutuq va muammolarni o’qishdan juda charchagan bo’lsalar kerak.

Biroq, O’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qoloqligi dunyoda qanday darajaligini ko’rsatish uchun yuqoridagi ma’lumotlarni keltirishga majbur bo’ldim.

Bu siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qoloqlikdan chiqish uchun naqadar ko’p ishlar qilinishi kerak.  Albatta, bu qoloqliklardan chiqsa bo’ladi. Chunki, 5ta yutuqqa erishildiku.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

7-dekabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. (https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

2. The World Bank. 2017. GDP per capita (current US$) .(https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

3. Abdujalil Boymatov. O’zbekiston zamonaviy qullik ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda 69-o’rinda!? Shimoliy Koreyadan keyingi 2-o’rinda emas. 27.07.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/793 ).

4. The Global Slavery Index 2018. ( https://cdn.globalslaveryindex.org/2018-content/uploads/2018/07/19074032/GSI-2018_FNL_180628_Digital-small_p.pdf ).

5. The Global Slavery Index 2016. ( http://un-act.org/publication/the-global-slavery-index-2016/ ).

6. Speedtest Global Index .October 2018

( http://www.speedtest.net/global-index ).

7. Насколько улучшился доступ в Интернет в Узбекистане? И улучшился ли? 04.12.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/naskolko-uluchshilsya-dostup-v-internet-v-uzbekistane-i-uluchshilsya-li/ ).

8. Commitment to Reducing Inequality Index 2018.Table.3: CRI Index 2018 country rankings, page. 19 (https://oxfamilibrary.openrepository.com/bitstream/handle/10546/620553/rr-commitment-reducing-inequality-index-2018-091018-summ-en.pdf ).

9. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

10. World Economic Forum, Global Competitiveness Report 2018. Global Competitiveness Index 4.0 ( http://reports.weforum.org/global-competitiveness-report-2018/competitiveness-rankings/ ).

11. QS World University Rankings® 2019. (https://www.topuniversities.com/university-rankings/world-university-rankings/2019 ).

12. QS EECA University Rankings 2019.

( https://www.topuniversities.com/university-rankings/eeca-rankings/2019 ).

13. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

14. Reports without borders. 2018 World Press Freedom Index.(https://rsf.org/en/ranking_table ).

15. Freedom House. FREEDOM ON THE NET 2018

( https://freedomhouse.org/sites/default/files/FOTN_2018_Final%20Booklet_11_1_2018.pdf ).

16. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

17.Abdujalil Boymatov. O’zbekiston innovatsiya ko’rsatkichi bo’yicha 50ta eng ilg’or mamlakatlarga qo’shila oladimi!? 28.09.2018.(http://oz.hrsu.org/archives/864 ).

18. WIPO. Global Innovation Rankings 2018. ( http://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo_pub_gii_2018-intro5.pdf ).

19. Big Three (credit rating agencies) .

( https://en.wikipedia.org/wiki/Credit_rating_agency ).

20. List of countries by credit rating.

( https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_credit_rating ).

 

Armanistonda erkin, demokratik parlament saylovlari, O’zbekistondachi?!

$
0
0

2018-yilning 9-dekabr, yakshanba kuni Armanistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo’lib o’tdi.  [1]. Saylovlarda Nikol Pashinyanning “Mening qadamim” alyansi 70.4% ovoz olganini Markaziy Saylov Komissiyasi e’lon qildi.  

Nikol Pashinyanning alyansi parlamentda ko’pchilik o’rinni egalladi va korruptsiyani jilovlash, iqtisodni isloh qilish programmasini amalga tadbiq qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.  Navbatdan tashqari parlament saylovlari Armanistonda 100 minglab namoyishchilarning 9 oy oldingi ommaviy namoyishlaridan keyin bo’lib o’tdi. Saylovlarda sobiq hokimiyatdagi Respublikachilar partiyasi 4.7% ovoz olib 101 o’rinlik Milliy assambleyaning (parlamentning) 5% lik to’sig’idan o’ta olmadi.

Mening qadamim” alyansining raqibi boy tadbirkor Gagik Sarukyanning “Farovon Armaniston” partiyasi 8.3% ovoz oldi.

Liberal, g’arbparast Edmon Marukyanning (Pashinyanning sobiq hamkori) “Kelajagi porloq Armaniston” partiyasi 6.4% ovoz olib 3-o’rinni egalladi.

Dashnaqtsutyun partiyasi 3.9%ovoz oldi.  Saylov komissiyasiga ko’ra saylovda umumiy saylovchilarning 48.6% qatnashgan, bu 2017-yilning aprelida bo’lib o’tgan parlament saylovlaridan 12% kam.

Nikol Pashinyanning iddaosi bo’yicha, Armanistonda birinchi marta erkin, demokratik saylovlar bo’lib o’tgan.  Uning aytishi bo’yicha “Mening qadamim” alyansining maqsadi kelajakda Armanistonda demokratik yutuqlarni mustahkamlash va iqtisodiy revolyutsion o’zgarishlarni amalga oshirish.  [1,2].

Men yana qo’shimcha qilib aytamanki, Armanistonda nafaqat birinchi marta erkin, demokratik saylovlar bo’lib o’tdi, yana buning ustiga Armaniston vatandoshlariga tinch norozilik bildirish erkinligi huquqi berildi.

 SSSR parchalangandan 27 yil o’tib Armaniston erkin, demokratik mamlakatga aylandi.  Undan oldin Latviya, Litva, Estoniya, Moldaviya, Gruziya, Ukraina va Qirg’iziston erkin, demokratik mamlakatlar qatoriga qo’shilgan edi.

Afsuski, O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston, Belorussiya, Ozarbayjon,Tojikiston, Turkmaniston kabi erkin, demokratik bo’lmagan mamlakatlar qatorida.

Zero, xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra Armaniston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 44 ballga ega,

O’zbekiston esa 7 ballga ega bo’lib, dunyoning 10 ta eng yomonlari qatorida.  [3].

Armaniston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 68.7 bal bilan 44-o’rinni egallaydi va iqtisodi mo’tadil erkin (Moderately Free) mamlakatlar qatorida, O’zbekiston esa 51.5 bal bilan 152-o’rinda va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.  [4].

Yuqoridagi ikki ko’rsatkichdan ko’rinib turibdiki, Armaniston O’zbekistonga qaraganda siyosiy va iqtisodiy ancha erkinroq.

Armanistonda aholi jon boshiga sotib olish pariteti (PPP-Purchasing Power Parity) 9,908, O’zbekistonda esa 6,990 AQSh dollari. [5].

O’zbekistonda gaz, oltin, uran kabi boyliklar bisyor, lekin iqtisodiy, siyosiy erkinliklar yo’q, Armanistonda esa gaz, oltin, uran kabi boyliklar yo’q, biroq iqtisodiy, siyosiy erkinliklar O’zbekistonga nisbatan ko’proq.

Armaniston Nikol Pashinyanning bosh vazirligi davrida yanada siyosiy, iqtisodiy erkinroq bo’ladi.  O’zbekiston esa prezident Shavkat Mirziyoyev davrida siyosiy, iqtisodiy erkinroq mamlakatga aylanishi dargumon.

O’zbek muxolifati esa siyosiy kuchga ega emas.  Dastlab Birlik Xalq harakati nomidagi harakatni va keyinroq shu nomdagi partiyani 29 yildan beri boshqarib kelayotgan Abdurahim Po’latov, Erk demokratik partiyasini 28 yildan beri , O’zbekiston Xalq harakatini 7 yildan beri boshqarib kelayotgan Muhammad Solih va Birdamlik Xalq demokratik harakatini va keyinroq shu nomdagi partiyani 14 yildan beri boshqarib kelayotgan Bahodirxon Turkiston (Bahodir Choriyev) kabi dohiylar koalitsiyaga uyushib siyosiy kuchga aylanishni umuman xohlashmaydi.  [6,7].

Afsuski, O’zbekiston vatandoshlari o’zlarining siyosiy, iqtisodiy erkinliklari uchun ommaviy uyushib kurashmayaptilar.

Quyidagi ikki ma’lumot kelajakka umid uyg’otadi.

1-ma’lumot.  Frantsiyaning iqtisodni boshqarish dasturiga qarz berishi.  [8].

Ozodlikdan iqtibos: “Frantsiya Taraqqiyot agentligi O’zbekistonga iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturini amalga oshirish uchun 150 million yevro qarz beradigan bo’ldi. Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, bu boradagi shartnoma 12 dekabrda imzolandi.

Mazkur dastur Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Dasturning amalga oshirilishi O’zbekistonda qo’shimcha ish joylarini yaratilishiga va ijtimoiy infrastrukturani rivojlanishiga xizmat qiladi.

Frantsiya qarzni 20 yilga olti yillik imtiyoz bilan bermoqda.

Frantsiya Taraqqiyot agentligi Frantsiya hukumati tomonidan belgilab berilgan rivojlanish loyihalarini moliyalash maqsadida tashkil etilgan”. [8]. Iqtibos tugadi.

2-ma’lumot.  O’zbekiston jahon taraqqiyot uyushmasining eng yirik 10 qarzdor mamlakatlar qatorida.  [9].

Fergana.agency internet saytining xabar berishicha, O’zbekiston xalqaro taraqqiyot uyushmasining (Международная ассоциация развития) eng yirik 10 qarzdor mamlakatlari qatoriga kirdi.  Bu haqda Jahon bankining “Qashshoqlikka barham berish. investitsiyalar-imkoniyatlarni kengaytirish uchun” nomli hisoboti tashkilotning rasmiy saytida chop qilingan.

 Hozirgacha O’zbekiston uchun ajratilgan qarz 740 million AQSh dollari.

O’zbekiston qatorida bankdan eng ko’p qarz olgan mamlakatlar Efiopiya ($3,1mlrd), Bangladesh ($2.9mlrd), Nigeriya ($2,5mlrd), Pokiston ($1,9 mlrd), Keniya ($1,2 mlrd), Fil suyagi qirg’og’i ($987million), Tanzaniya ($955 million), Nepal ($706 mln) va Uganda ($640mln).

O’zbekiston iqtisodni o’zgartish bo’yicha islohotlarni o’tkazishda ikki yil davomida ijobiy natijalarga erishgan, shu sababli Jahon Banki O’zbekiston bilan bozor iqtisodiyotini qurishda, davlat institutlarini isloh qilishda, vatandoshlar bilan muloqotni kengaytirish va inson kapitalini rivojlantirish uchun investitsiyalar kiritish bo’yicha hamkorlik strategiyasini qayta ko’rib chiqqan.

 Bank 2018-yilda O’zbekistonda besh yangi loyihalarni amalga oshirish uchun – energiya samaradorligini oshirish, bog’dorchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish hamda tez tibbiy yordam xizmati sifatini yaxshilash uchun $1,4 mlrd pul ajratgan.

Bank O’zbekistondagi loyihalar uchun hammasi bo’lib $3,3 mlrd moliyaviy yordam ko’rsatmoqchi.

Bu yordam O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishida hamda transport, ta’lim, shaharni rivojlantirish, suv bilan ta’minlash va sanitariya bo’yicha islohotlariga ko’maklashish maqsadida ajratilganligi haqida hisobotda aytiladi.  

Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Jahon Banki O’zbekiston hukumati bilan qishloq xo’jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish bo’yicha va mamlakatda majburiy mehnatga barham berish amaliyotida yordam berish bo’yicha hamkorlik qilmoqchi.

Yuqorida keltirilgan ikki ma’lumotdan kelib chiqadiki, balkim kelajakda O’zbekiston siyosiy va iqtisodiy erkinroq mamlakatga aylanar.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

14-dekabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Pashinian Alliance Scores ‘Revolutionary Majority’ In Landslide Armenian Win. 10.12.2018. ( https://www.rferl.org/a/armenian-elections-pashinian-my-step-sarkisian-hhk/29645721.html ).

2. Алексей Романов. РЕВОЛЮЦИЯ ПРОДОЛЖАЕТСЯ? Как проходили выборы в Армении. 10.12.2018. ( https://www.youtube.com/watch?v=FvkV1hsAPw4 ).

3. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

4. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

5. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. (https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

6. Bahodirxon Turkiston-o’zbek muholifatining yosh dohiysi! O’zbekiston vatandoshlari dohiylarning orqasidan podadek ergashib yurishni bas qilishlari kerak. 16.11.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/918 ).

7. Bahodirxon Turkiston-o’zbek muholifatining yosh dohiysi! O’zbekiston vatandoshlari dohiylarning orqasidan podadek ergashib yurishni bas qilishlari kerak. Video. 17.11.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/921 ). (https://www.youtube.com/watch?time_continue=11&v=xbdlccMgHzY ).

8. Франция иқтисодни бошқариш дастурига 150 миллион евро қарз берди. 13.12.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29653412.html ).

9. Узбекистан вошел в десятку крупнейших заемщиков Международной ассоциации развития. 10.12.2018. ( https://fergana.agency/news/103419/ ).

 

Hanuzgacha O’zbekistonda internet erkin emas, tezligi past, so’z erkinligi yo’q.

$
0
0

O’zbekistonda hanuzgacha asosiy 5 siyosiy erkinliklar yo’q.  Shu sababli kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun hech qanday sharoit yo’q.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida O’zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari ta’minlanishi ta’kidlanadi.  [1].

43-modda.

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

Biroq, O’zbekistonda

1- Tinch norozilik namoyishi erkinligi huquqi;

2-Tashkilotlarga uyushish erkinligi huquqi;

3-So’z erkinligi huquqi;

4- Erkin kochish va istagan joyda yashash erkinligi huquqi;

5- E’tiqod erkinligi huquqlari yo’q, ta’minlanmagan, yumshoqroq qilib aytganda cheklangan.

 O’zbekistonda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlar vatandoshlar ishtirokida 2 holatda ro’y berishi mumkin:

1. O’zbekiston vatandoshlari o’z noroziliklarini tinch yo’l bilan norozilik namoyishi orqali ifodalay olsa;

2. Erkin, demokratik saylovlar bilan hokimiyat almashishi ro’y bersa.

Lekin, O’zbekistonda na tinch yo’l bilan norozilik bildirish erkinligi huquqi bor, na erkin, demokratik saylovlar bor.

Quyida men so’z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi, internet erkinligiga oid 3 ma’lumot keltiraman.

1-ma’lumot.  O’zbekistonda so’z erkinligi yo’qligi.

Centre1.com veb-saytining Bosh muharriri Galima Buxorboyevaning “Галима Бухарбаева / Ташкент провалил маленький тест с большими последствиями” [2] nomli maqolasida yozishicha prezident Shavkat Mirziyoyevning hokimiyatda 2 yil bo’lishiga qaramasdan O’zbekiston vatandoshlarining so’z va fikr erkinligi huquqini ta’minlay olmadi.

 U ham oldingi prezident Islom Karimovday hech qanday ahamiyatga ega bo’lmagan bo’m-bo’sh nutqlari va qarorlari bilan cheklandi.

Yana Galima Buxorboyeva aytadiki, 27 yil davom etgan Islom Karimov diktaturasidan keyin, ya’ni mamlakat xo’jaligining hamma sohalarida va barcha jabhalar faoliyatida turg’unlik va inqiroz ro’y bergandan so’ng O’zbekistonda o’zi haqida emas mamlakat haqida o’ylaydigan, fikrlashi va kelajak haqida o’z dunyoqarashiga ega bo’lgan haqiqiy davlat arboblari borligini izlash va aniqlashga to’g’ri keldi.  Ma’lum bo’ldiki, bunday davlat arboblari yo’q ekan.

Maqolada yana shu narsa ta’kidlanadiki, hokimiyat hattoki 2018-yil bo’lsa ham O’zbekistonni erkin matbuotsiz, so’z erkinligisiz hamda muxolifatsiz, erkin saylovlarsiz va mustaqil sud tizimisiz boshqarish mumkin deb hisoblaydi  [2].

2-ma’lumot.  Internet tezligining oshmaganligi.

2018-yilning boshlanishidan beri prezident Shavkat Mirziyoyev va O’zbekistondagi ommaviy axborot vositalari shu yilning 1-dekabridan internet tezligi 10 baravar oshishi to’g’risida gapirib, xabar berib kelayotgan edi.

 Lekin, 1-dekabrda internet tezligi sezilarli oshmadi.

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli speedtest.net saytida dunyo mamlakatlari bo’yicha internet tezligi keltirilgan.  [3].

Speedtest Global Index. November 2018, ya’ni o’zbekchasiga 2018-yilning noyabri uchun internet tezligining global ko’rsatkichi.

Men shuni eslatib o’tishni lozim topdimki, internet tezligi mobil telefonlar uchun alohida va sobit keng yo’lakli (fixed broadband) xizmati uchun -alohida.

O’zbekiston mobil telefonlar uchun yuklab olish (download) internet tezligi bo’yicha 10.44 Mbps bilan dunyoda 123 mamlakat ichida 108-o’rinda.

Islandiya 72.54 Mbps bilan 1-o’rinda va dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich (global average) 24.40 Mbpsligini hisobga olsak, O’zbekistondagi tezlik dunyoning o’rtacha darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada.

O’zbekiston sobit keng yo’lakli (fixed broadband) xizmati uchun yuklab olish uchun internet tezligi 9.98Mbps bilan dunyoda 126 mamlakat ichida 111-o’rinda.

Singapur 185.25 Mbps bilan dunyoda 1-o’rindaligi va dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich 52.16 Mbpsligini hisobga olsak, O’zbekistondagi tezlik dunyoning o’rtacha tezligidan 5 baravardan ko’proq pastdir. [3].

3-ma’lumot.  Toshkent shahrida Wi-Fi tarmog’ining ishga tushirilishi.  [4].

Ozodlikdan iqtibos: “Toshkentda 17 dekabr kuni shahar Wi-Fi tarmog’i ishga tushirildi. Bu haqda xabar bergan mahalliy nashrlarning yozishlaricha, loyihani Asia Wireless Group shirkati amalga oshirmoqda. Wi-Fi operatori SOLA brendi ostida ishlaydi.

Asia Wireless Group tarqatgan press-relisda “Toshkent internetga simsiz keng polosali kirish umumshahar tarmog’i mavjud Markaziy Osiyodagi birinchi shaharga aylandi”,-deb iddao qilindi.

Xabarlarda aytilishicha, hozir Toshkentda 1200 ta Wi-Fi nuqtasi ishlamoqda. Bahorgacha ularning sonini besh mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

SOLA tizimida internetga pulli va pulsiz asosda kirish mumkin. Bepul kirish uchun avval reklama roligini tomosha qilish lozim. Pulli tariflarda abonoment kunlik, haftalik yoki oylik obuna bilan tuganmas internetdan foydalana oladi”,deyiladi xabarda.

Yaqin kelajakda Jizzax, Samarqand, Farg’ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Navoiy, Urganch va Qarshi kabi shaharlarda 45 mingta Wi-Fi nuqtasi tashkil etish rejalashtirilayotgani ham bildirildi”.Iqtibos tugadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida O’zbekistonda ommaviy axborot vositalari erkinligi va senzuraga yo’l qo’yilmasligi ta’kidlanadi.

67-modda.

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yuqoridagi 1-ma’lumotda O’zbekistonda so’z erkinligi va ommaviy axborot vositalari erkin emasligi ta’kidlangan.  Bu degani O’zbekiston hokimiyati tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasi hanuzgacha oyoq osti qilinayotganligidir.

2-ma’lumotda esa O’zbekistonda internet tezligining pastligi keltirilgan.  O’zbekistonda Facebook va youtubega proksi serverlarsiz, VPNlarsiz kirishning ilojsizligini va internet erkinmasligini hisobga olsak, O’zbekiston vatandoshlarining axborot izlash, olish, tarqatish erkinligi huquqi oyoq osti qilinayotganligini ko’rsatadi. [1].

29-modda.

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.

Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.

Zero, Chegara bilmas muxbirlar ( Reporters Without Borders) tashkilotining 2018-yilgi hisobotiga ko’ra, matbuot erkinligi bo’yicha O’zbekiston 180 mamlakat ichida 60,84 ball bilan 165-o’rinda. [5].

Freedom House tashkilotining Internetda erkinlik 2018 (Freedom House. FREEDOM ON THE NET 2018 ) hisobotiga ko’ra O’zbekiston 65 mamlakat ichida internet erkin bo’lmagan mamlakat bo’lib, ro’yhatning oxiridan 7-o’rinda joylashgan. Internet erkinligi O’zbekistondan yomon bo’lgan mamlakatlar V’etnam, Kuba, Efiopiya, Suriya, Eron va Xitoydir. Internet erkinligi Xitoyda eng yomon. [6, page 24].

Xalqaro Freedom House tashkiloti hisobotiga ko’ra O’zbekiston fuqaroviy va siyosiy huquqlar ko’rsatkichi bo’yicha 7 balga ega bo’lib dunyoning eng 10 ta yomonlari qatorida.  [7].

3-ma’lumotdan shunday xulosa kelib chiqadiki, O’zbekiston hokimiyati o’zining vatandoshlarining so’z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi haqida emas, ko’proq chet el turistlari haqida g’amxo’rlik qilayotgandek.

Yuqoridagi ma’lumotlardan, fikrlardan menda o’z-o’zidan shunday savol tug’ildi. Biz 21-asrning 18-yilida yashayapmiz, qachon O’zbekiston vatandoshlari o’zlarining 5 asosiy erkinliklari uchun kurashni boshlaydilar?

Zero, siyosiy va iqtisodiy erkinliklarsiz, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga erishib bo’lmaydi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

21-dekabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

2. Галима Бухарбаева / Ташкент провалил маленький тест с большими последствиями. 10.12.2018. ( https://centre1.com/uzbekistan/galima-buharbaeva-tashkent-provalil-malenkij-test-s-bolshimi-posledstviyami/ ).

3. Speedtest Global Index November 2018. (http://www.speedtest.net/global-index ).

4. Тошкентда шаҳар Wi-Fi тармоғининг 1200та нуқтаси ишга туширилгани хабар қилинди.18.12.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29662077.html ).

5. Reports without borders. 2018 World Press Freedom Index.(https://rsf.org/en/ranking_table ).

6. Freedom House. FREEDOM ON THE NET 2018

( https://freedomhouse.org/sites/default/files/FOTN_2018_Final%20Booklet_11_1_2018.pdf ).

7 Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

 

O’zbekiston Fitch va Standard & Poor’slarning reytingini oldi. Soliq to’lash.

$
0
0

Men “O’zbekistonda nimalar o’zgardiyu, nimalar o’zgarmadi?  Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 yutuqlari va 5 o’ta abgor holatlar.” nomli maqolam [1] va videoda [2] prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 yutuqlari:

1.Erkin konvertatsiya;

2.O’zbekistonning tashqi dunyoga ochilishi;

3.Majburiy mehnat;

4.Internet tezligi;

5.Vijdon mahbuslarining ozod etilishini keltirgan edim.

Maqola va video chop qilinganiga qariyb 1 oy o’tdi, afsuski, internet tezligi 1 oy ichida 4 marta ham emas, 10 marta ham emas hattoki 2 marta ham oshmaganligi ma’lum bo’ldi.

4-yutuq sifatida internet tezligi emas, endi O’zbekistonga xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slarning reyting berganligini yutuq deb hisoblasak bo’ladi.  Yana yutuq sifatida O’zbekistonning soliq to’lash bo’yicha dunyo reytingida 189 mamlakat ichida 64-o’rinni egallagani.

1.Xalqaro reyting agentligi Fitchning O’zbekistonga reyting berishi.  [3].

Fergana.agency internet web saytining yozishi bo’yicha xalqaro kredit agentligi Fitch O’zbekistonga BB- reytingi, ya’ni emitentning uzoq muddatli defolt bo’yicha reytingini belgiladi.  Fergana.agencyning aytishi bo’yicha O’zbekistonning bunday reyting olishiga sabab, davlat qarzining kamligi, iqtisodiy o’sishning yuqoriligidir. Shu bilan birga reytingga salbiy faktorlar ham ta’sir ko’rsatgan: mamlakat iqtisodining xom-ashyoga bog’liqligi, yuqori inflyatsiya, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning pastligi, davlat boshqaruvi organlarining boshqa shu kabi reytingga o’xshagan mamlakatlarga nisbatan kuchsizligi.  [3].

Londondagi Sharq va Afrika mamlakatlari tadqiqot maktabining ilmiy xodimi Alisher Ilhomovning fikricha [4] O’zbekistonning Fitch Xalqaro kredit agentligi tomonidan reyting olishi umuman olganda ijobiy.  Biroq, BB- reytingi spekulyativ reyting hisoblansa ham (BB+ shu diapazonda eng yuqori yaxshi ko’rsatkichdir). Ya’ni, O’zbekistonga investitsiyalr kiritish mumkin lekin bu investitsiyalarning tavakkalchiligi (riski) ancha yuqoridir.  [4].

1a.Xalqaro reyting agentligi Standard & Poor’sning O’zbekistonga reyting berishi.  [5].

Fergana.agency xabar berishicha Xalqaro reyting agentligi Standard & Poor’s O’zbekistonga suveren reyting bergan.  Bu reytingning xalqaro va milliy valyutada uzoq muddatli ko’rsatkichi – darajasi BB-, qisqa muddat uchun – darajasi – B.  Prognoz – barqaror (stabilniy).

BB- ko’rsatkichi kredit agentligining aytishi bo’yicha qisqa muddatda tavakkalchilik nisbatan yuqori emasligini bildiradi, biroq tadbirkorlik,  moliyaviy va iqtisodiy jabhalardagi noqulay, salbiy o’zgarishlarga nisbatan yuqori sezgirligini bildiradi.

B reytingi tavakkalchilik o’sishini bildiradi, lekin hozirgi paytda moliyaviy majburiyatlarni bajarish imkoniyati borligini bildiradi.  S & P O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyevning hokimiyatga kelgandan keyin O’zbekistonda amalga oshirayotgan iqtisodiy va ma’muriy islohotlarni ijobiy baholaydi.  Yana O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan aloqalari yaxshilanganini ta’kidlaydi. Kredit agentligi yana valyuta bozorining liberallashishini hamda bank tizimining barqarorligini ta’kidlaydi.  

Kredit agentligining exspertlari mamlakatda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot $ 1,200 ekanligini ya’ni yuqori emasligini ta’kidlaydi.  Yana ular O’zbekistonda markazlashgan boshqaruv tizimi – kuchli prezident hokimiyati, mamlakatda jilovlash va muvozanatlash tizimi (sistema sderjok i protivovesov) kuchsizligini ta’kidlaydi.  [5].

2.O’zbekistonning soliq to’lash (nalogooblojeniye) bo’yicha reytingda dunyoda 64- o’rinni egallashi.  [6].

Fergana.agency websaytining xabar berishi bo’yicha O’zbekiston soliq to’lash bo’yicha reytingda dunyoda 64- o’rinni egallagan.  Soliq stavkasi 32.1%.

Venesuela 189- o’rin, soliq stavkasi 64.6%;

Chad 188,      63.5%;

Kongo respublikasi 185,      54.3%;

Afg’oniston 177,        71.4%;

Tojikiston 136,         67.3%;

Qozog’iston 56,        29.4% ligini hisobga olsak, O’zbekistondagi soliq stavkasi va uning dunyoda 64- o’rinni egallashi ijobiy holdir.  [7].

Fergana.agencyning ta’kidlashicha O’zbekiston 2014-yilda dunyodagi soliq stavkasi eng ko’p mamlakatlar qatorida bo’lgan.  O’sha paytda soliq stavkasi 99.3% bo’lgan. Demak, prezident Shavkat Mirziyoyev davrida marhum diktator Islom Karimov davridagiga nisbatan soliq stavkasi keskin kamaygan.  Bu ham katta yutuq.

Men “O’zbekistonda nimalar o’zgardiyu, nimalar o’zgarmadi?  Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 yutuqlari va 5 o’ta abgor holatlar.” nomli maqolam [1] va videoda [2] ijobiy o’zgarishlar bo’lmagan 5ta o’ta abgor holatlar, 1.Tengsizlik.da ta’kidlab o’tganimdek soliq siyosati bo’yicha dunyoda 157 mamlakat ichida Nigeriyadan (157-o’rin) oldin 156- o’rinni egallagandi.

 Demak, O’zbekistonning Tengsizlik (o’ta abgor holat) bo’yicha reytingi keskin yaxshilangan, chunki soliq stavkasi keskin kamayganligi uchun.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida 20ta o’ta abgor va abgor holatlar bo’yicha 6ta yutuqqa erishildi.  Bu ijobiy yutuqlar kelajakka katta umid bag’ishlaydi.

Lekin, marhum diktator Islom Karimov davrida O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha dunyodagi o’ta korruptsiyalashgan eng 5, eng 10 mamlakatlar qatoriga kirar edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida esa O’zbekiston:

1.Korruptsiya darajasi ko’rsatkichi bo’yicha (Corruption Perceptibility Index) dunyoda 180 mamlakat ichida 157-o’rinni egallaydi, ya’ni dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlari qatoriga kiradi.[8].

Ya’ni bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, O’zbekiston o’ta korruptsiyalshgan 5, 10 mamlakatlar qatorida bo’lganda iqtisodiy taraqqiyotga erisha olmagandi, endi eng korruptsiyalashgan 20 mamlakatlar qatorida bo’lib iqtisodiy taraqqiyotga erisha oladimi?!

2. O’zbekistonda davlat mulkchiligining hukmronligi.

O’zbekistonga sobiq SSSRdan davlat mulkchiligi meros bo’lib qolgan. (yer,bozorlar,sanoat korxonalari va hokazo).

Hozirgacha O’zbekistonda mulkchilikning necha foizi davlat mulkchiligi, necha foizi xususiy mulkchilikka tegishliligi ochiqlanmagan.

Jahon tajribasidan ma’lumki, xususiy sektorning iqtisodiy samaradorligi doimo davlat mulkchiligining iqtisodiy samaradorligidan ancha yuqori.

3. O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha (Economic Freedom Index) 51,5 bal bilan 152-o’rinni egallaydi va ko’proq iqtisodi erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatoriga kirishini [9] hisobga olsak, O’zbekistonning kelajagiga katta umid bog’lashga hali juda ertaligini anglaymiz.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

28-dekabr, 2018-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdujalil Boymatov. O’zbekistonda nimalar o’zgardiyu, nimalar o’zgarmadi? Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 yutuqlari va 5 o’ta abgor holatlar.07.12.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/940 ).

2. Abdujalil Boymatov. O’zbekistonda nimalar o’zgardiyu, nimalar o’zgarmadi? Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 yutuqlari va 5 o’ta abgor holatlar. Video. 08.12.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/942 ).

3. Первый суверенный кредитный рейтинг от Fitch оказался благосклонен к Узбекистану. 21.12.2018. (https://fergana.agency/news/103789/ ).

4. Узбекистану присвоен кредитный рейтинг ВВ-. Много это или мало? – эксперт. 24.12.2018. ( https://ca-news.org/news:1487606?fbclid=IwAR0eLvHPxdqI1eDVHReQJtCU7-W9_HuDJKXxo377H5ViTAq63mX_Uyhnbv4 ).

5. Узбекистан получил суверенный рейтинг S&P. 22.12.2018. (https://fergana.agency/news/103805/ ).

6. Таджикистан и Афганистан оказались в числе мировых лидеров по налогообложению. 24.12.2018. ( https://fergana.agency/news/103826/ ).

7.PWC. Overall ranking and data tables.(https://www.pwc.com/gx/en/services/tax/publications/paying-taxes-2019/overall-ranking-and-data-tables.html?WT.mc_id=CT13-PL1300-DM2-TR2-LS1-ND30-TTA4-CN_payingtaxes-2019-ranking-data-table-button ).

8. Corruption Perceptions Index 2017.(https://www.transparency.org/news/feature/corruption_perceptions_index_2017 ).

9. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevga muxolifat kerakmi?!

$
0
0

Ozbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi”da [1,2] Sud tizimining, Oliy Majlisning mustaqil bo’lishi to’g’risida, Bosh vazir va vazirlarning har chorakda Oliy Majlis deputatlariga hisobot berishi to’g’risida, viloyat va tuman hokimlarining viloyat va tuman kengashlariga hisobot berishi to’g’risida va mamlakatda 2019- yilda otkaziladigan saylovlar to’g’risida to’xtalib o’tildi.

Murojaatnoma gulduros qarsaklar bilan olqishlab turildi. Lekin, meni o’ta hayron qoldirgan narsa prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatga muxolifat kerakligi, zarurligi to’g’risida lom-mim demadi.  Zero, O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 34-moddasida muxolifat huquqlari kafolatlangan. [3].

34-modda.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

Yuqorida aytib o’tganimdek meni o’ta hayron qoldirgan narsa nahotki prezident Shavkat Mirziyoyev 21-asrning 19-yilida yashasakda mamlakat uchun muxolifat suvday, havoday zarurligini bilmasa?  Nahotki, deputatlar ham mamlakat uchun muxolifat zarurligini bilishmasa? O’zbekiston jamiyatichi?!

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilmasdan, siyosiy muxolifatsiz iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotga erishib bo’lmaydi.

Men “O’zbekiston Fitch va Standard & Poor’slarning reytingini oldi. Soliq to’lash” nomli maqolam va videoda [4,5] ta’kidlab o’tganimdek, Fitch va Standard &Poor’s xalqaro kredit agentliklari O’zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot $1,200 ekanligini aniqlashgan.

 Bu yerda bu ko’rsatkichning shunisi ajablanarliki, marhum diktator Islom Karimov davrida bu ko’rsatkich $2,200ga teng edi, prezident Shavkat Mirziyoyev davrida esa $1,504. [6]. Ya’ni bu ko’rsatkich marhum diktator Islom Karimov davrida ham Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida ham oshirib, ko’pirtirib keltirilgan.  Endi shu narsa ma’lum bo’lyaptiki, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda $1,504 emas [7] $1,200. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rta darajasidan 7 baravar orqada emas, 9 baravar orqada.

O’zbekiston iqtisodiyoti men avvalgi maqolalarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek, dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha sotib olish pariteti bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish ( PPP- Purchasing Power Parity per capita) 17,300 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda $7000 emas [7], $3,500.  Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rta darajasidan 2 baravardan ko’proq orqada emas, 5  baravar orqada.

Bu ko’rsatkichlar O’zbekistonning iqtisodiy jihatdan dunyodan juda orqada qolganligini, iqtisodiy qoloq mamlakat ekanligini ko’rsatadi.

 Iqtisodiy qoloqlik siyosiy tizimning qoloqligidan kelib chiqadi.  

O’zbekistonda xonliklar davrida maddohlar xonni duolar o’qib olqishlashgan, Sovet davrida, marhum diktator Islom Karimov davrida qarsaklar bilan olqishlashgan.  Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida ham prezidentning ma’ruzalari qarsaklar bilan olqishlanyapti.

Dunyoning rivojlangan, erkin, demokratik mamlakatlarida ham Prezident, Bosh vazir qarsaklar bilan olqishlanadi.  Lekin bu mamlakatlarda O’zbekistondan farqli ravishda siyosiy raqobat bor. Prezident, Bosh vazir va partiya yetakchilari erkin, demokratik saylovlarda g’olib chiqsalar qarsaklar bilan olqishlanadilar.

 Hanuz 2019-yil kelibdiki, O’zbekistonda erkinlik yo’q, erkin, demokratik saylovlar yo’q, siyosiy raqobat yo’q.  O’zbekiston siyosiy jihatdan, iqtisodiy jihatdan, ijtimoiy jihatdan hanuz qoloq.

Yana shu yerda o’zbek muxolifatiga to’xtalib o’tishimga to’g’ri keladi.  Dastlab Birlik Xalq harakati nomidagi harakatni va keyinroq shu nomdagi partiyani 29 yildan beri boshqarib kelayotgan Abdurahim Po’latov, Erk demokratik partiyasini 28 yildan beri , O’zbekiston Xalq harakatini 7 yildan beri boshqarib kelayotgan Muhammad Solih va Birdamlik Xalq demokratik harakatini va keyinroq shu nomdagi partiyani 14 yildan beri boshqarib kelayotgan Bahodirxon Turkiston (Bahodir Choriyev) kabi dohiylar koalitsiyaga uyushib siyosiy kuchga aylanishni umuman xohlashmaydi. [8,9].

O’zbek muxolifati qariyb 30 yil davomida siyosiy kuchga aylana olmadi.  O’zbek muxolifati yetakchilari yetakchilikdan dohiylarga aylanib qolishdi.

 O’zbekiston jamiyati 30 yil o’tdiki, iqtisodiy erkinlik uchun, siyosiy erkinlik uchun siyosiy kuchga aylanib kurasha olmayapti.

 Natijada O’zbekistonda hanuzgacha baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqaroviy jamiyat shakllana olmadi. O’zbekiston jamiyati maddohvozlikdan va dohiylarning orqasidan podadek ergashib yurishni bas qilishlari payti keldi deb o’ylayman.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

4-yanvar, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. UZBEK TV. 28.12.2018. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. Манба: Ўзбекистон Миллий Телерадио Компанияси.

( https://www.youtube.com/watch?v=cyw-fEU7zks ).

2. Президент Мурожаатномаси: тўлиқ матн. 29.12.2018. (https://kun.uz/news/2018/12/28/prezident-murojaatnomasi-toliq-matn ).

3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

4. O’zbekiston Fitch va Standard & Poor’slarning reytingini oldi. Soliq to’lash. 28.12.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/962 ).

5. O’zbekiston Fitch va Standard & Poor’slarning reytingini oldi. Soliq to’lash. Video. 29.12.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/965 ).

6. The World Bank. 2017. GDP per capita (current US$) .(https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD ).

7. List of countries by GDP (PPP) per capita. 2017. (https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_GDP_(PPP)_per_capita ).

8. Bahodirxon Turkiston-o’zbek muholifatining yosh dohiysi! O’zbekiston vatandoshlari dohiylarning orqasidan podadek ergashib yurishni bas qilishlari kerak. 16.11.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/918 ).

9. Bahodirxon Turkiston-o’zbek muholifatining yosh dohiysi! O’zbekiston vatandoshlari dohiylarning orqasidan podadek ergashib yurishni bas qilishlari kerak. Video. 17.11.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/921 ). (https://www.youtube.com/watch?time_continue=11&v=xbdlccMgHzY ).

 

O’zbekistonda erkinlik, demokratiya yo’q, nega?  (2019)

$
0
0

Men “Prezident Shavkat Mirziyoyevga muxolifat kerakmi?!” nomli maqolam va videoda post sovet mamlakatlarining 8 tasida erkin, demokratik jamiyat qurilgani, 7 tasida esa avtoritar, diktatura rejimlari o’rnatilgani haqida fikr yuritgan edim.  [1,2].

O’zbekiston esa iqtisodiy o’ta qoloq, ya’ni dunyoda aholi jon boshiga o’rtacha mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’rsatish bo’yicha 2017 yilda 10,714 AQSH dollari bo’lgani holda O’zbekistonda $1,200. Shu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning o’rta darajasidan 9 baravar orqada. [3,4]. Iqtisodiy o’ta qoloqlikning kelib chiqishiga sabab bo’lgan siyosiy tuzum, marhum diktator Islom Karimovning rejimi mustaqil O’zbekistonda 25 yil davomida o’rnatilganligi haqida to’xtalib o’tgan edim.

 Post sovet respublikalaridan Armaniston, Qirg’iziston va Estoniya erkin, demokratik jamiyat yaratishga erishishdi. Men quyida shu mamlakatlarning erkin, demokratik jamiyat qurishdagi tajribasini keltirmoqchiman.

1.Armanistonda yerlarning xususiylashtirilishi.

SSSR parchalanib ketgandan keyin Armanistonda yerlarni xususiylashtirishning o’ziga xos, ajoyib usuli qo’llanildi.  Tushuntirishga qulay bo’lishi uchun bir kolxozning a’zolari 100 kishidan iborat deb olaylik. Kolxoz a’zolari kolxozning mol-mulkini teng 100 qismga bo’lib, bu qismlarga 1dan 100gacha nomer berilgan.  Kolxoz a’zolari birin-ketin qora xaltadagi 1dan 100gacha yozilgan nomerlarni torib olishgan. Kimgadir bedazor, yana boshqasiga uzumzor, yana kimgadir traktor va hokazo chiqqan. Masalan kolxoz raisiga bedazor chiqqan, kolxoz raisining orzusi esa uzumzor bo’lgan.  Ya’ni butun Armanistonda yerlar shu usulda xususiylashtirilgan.

2.Qirg’izistonda 200 dan ortiq partiyalarning ro’yxatga olinishi.

Qirg’izistonda 2010-yilgi aprel inqilobidan keyin Qurmonbek Bakiyevning Qirg’izistonni tark etishi bilan Qirg’izistonning muvaqqat prezidenti Roza Otunboyeva mamlakatni prezident boshqaruvidan parlament boshqaruviga o’tkazishga muvaffaq bo’ldi.  Qirg’izistonda 200 tacha siyosiy partiyalar tuzilgan, ro’yxatga olingan. (Hozirgi kunda 223 siyosiy partiya faoliyat ko’rsatyapti. [5].).

Qirg’izistonda bo’lib o’tgan parlament saylovlarida 57 ta partiya ishtirok etgan.  Biroq, parlamentga 6 tagina partiya parlament to’sig’ini (baryerni) oshib o’tgan.  Qirg’izistonda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida Almazbek Atambayev yangi qabul qilingan Konstitutsiya asosida 6 yil muddatga prezident etib saylangan edi.

 Roza Otunboyeva 2 yil vaqtinchalik prezident missiyasini bajarib bo’lgandan keyin lavozimidan ketdi. Prezident Almazbek Atambayev ham Qirg’iziston konstitutsiyasini hurmat qilib 6 yildan keyin prezident lavozimini bo’shatdi.  Shunday qilib, Qirg’izistonda konstitutsiya bo’yicha, erkin, demokratik saylovlar orqali prezidentlar almashuvi joriy etildi.

3.Estoniyada elektron hokimiyatning yaratilishi.

France 24 English kanali “Welcome to e-Estoniya, the world’s first digital nation!”  [6] nomli videoda Estoniyada dunyoda 1-marta elektron xizmatlar davlati yaratilgani haqida xabar berdi.  Xabarda aytilishicha Estoniyada davlat xizmatlarining 90% onlayn orqali amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Estoniyada start up loyihalarini amalga oshirish uchun dunyoda eng yaxshi sharoit yaratilgan.  Dunyoning ko’zga ko’ringan tadbirkorlari Estoniyaga kelib start up kompaniyalari yaratishmoqda. Estoniyada tibbiy xizmatlar, ta’lim olish va hattoki nikohdan o’tish, ajralish kabi ishlar ham onlayn orqali amalga oshirilmoqda.

Estoniyada dunyoda 1- marta elektron hukumat yaratish g’oyasi 20 yil oldin paydo bo’lgan.  20 yil oldin Estoniya erkin, demokratik jamiyat bo’lgani uchun, jamoatchilik nazorati kuchli bo’lgani uchun Estoniya vatandoshlari va hukumat o’rtasida o’zaro ishonch nisbatan yengil vujudga kelgan.

Shunisi ajoyibki, bugungi kunda Estoniyada soliq to’lash va saylovlar ham onlayn orqali amalga oshirilmoqda.

Afsuski, O’zbekiston mustaqil bo’lganiga 28 yil bo’libdiki, mamlakatda yerlar xususiylashmagan, mamlakatda faqat 5 tagina qo’g’irchoq partiyalar faoliayt ko’rsatyapti.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmoqchi.  Biroq, O’zbekistonda facebook va youtubega VPN va proksi serverlar orqali kirish mumkin, internet erkin emas, tezligi past.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

11-yanvar, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdujalil Boymatov. Prezident Shavkat Mirziyoyevga muxolifat kerakmi?! 04.01.2019. ( http://oz.hrsu.org/archives/969 ).

2. Abdujalil Boymatov. Prezident Shavkat Mirziyoyevga muxolifat kerakmi?! Video. 05.01.2019. ( http://oz.hrsu.org/archives/971 ).

3. Abdujalil Boymatov. O’zbekiston Fitch va Standard & Poor’slarning reytingini oldi. Soliq to’lash. 28.12.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/962 ).

4. Abdujalil Boymatov. O’zbekiston Fitch va Standard & Poor’slarning reytingini oldi. Soliq to’lash. Video. 29.12.2018. (http://oz.hrsu.org/archives/965 ).

5. Политические партии Киргизии. ( https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D0%BE%D0%BB%D0%B8%D1%82%D0%B8%D1%87%D0%B5%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B5_%D0%BF%D0%B0%D1%80%D1%82%D0%B8%D0%B8_%D0%9A%D0%B8%D1%80%D0%B3%D0%B8%D0%B7%D0%B8%D0%B8 ).

6. France 24 English. Welcome to e-Estonia, the world’s first digital nation! 04. 01. 2019. ( https://www.youtube.com/watch?v=sh7W3kudseg ).

 

O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Siyosiy raqobat?

$
0
0

Erkin, demokratik mamlakatlarda hokimiyat almashishi erkin, demokratik saylovlar orqali amalga oshadi.  Saylovlarda hokimiyat uchun asosan siyosiy partiyalar o’rtasida kurash boradi, siyosiy raqobat bo’lganligi uchun.

 Tarixan olganda O’zbekistonda siyosiy raqobat, siyosiy kurash bo’lmagan.   Qo’qon xoni Xudoyorxon (1865-75) davrida ham siyosiy raqobat bo’lmagan.

Buxoro amiri  Amir Olimxon (1910-20) davrida ham siyosiy raqobat bo’lmagan.

 Xiva xonlari Asfandiyorxon (1910-18) davrida ham, Junaidxon davrida ham, Said Abdullaxon (1918-yil oktyabr-1920-yil 2-fevral) davrida ham siyosiy raqobat bo’lmagan.

 O’zbekiston Kommunistik partiyasining 1-kotibi Sharof Rashidov (1959-1983) rahbarligi davrida ham siyosiy raqobat, siyosiy kurash bo’lmagan.

O’zbekistonning 1-prezidenti marhum diktator Islom Karimov rahbarlik qilgan (1991-2016) mustaqil O’zbekistonda ham siyosiy raqobat bo’lmagan.

 O’zbekistonni 2016-yilning sentyabridan beri boshqarib kelayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi yillarida ham siyosiy raqobatga yo’l qo’yilmayapti.

 O’z-o’zidan tushunarliki, xonliklar davrida mamlakat shariat va xon farmonlari asosida boshqarilgan. U davrlarda konstitutsiya, qonunlar, siyosiy partiyalar, inson huquqlari va erkinliklari, erkin, demokratik saylovlar degan tushunchalarning o’zi ham bo’lmagan.

 SSSR davrida esa konstitutsiya, qonunlar bo’lgan. Biroq, SSSRda Kommunistik partiyaning yakka hokimligi hukmron edi. Inson huquqlari va erkinliklari oyoq osti qilinardi.

Marhum diktator Islom Karimov davrida esa Konstitutsiya kuni keng nishonlanardi, mamlakatni demokratlashtirish haqida balandparvoz gaplar gapirilardi, lekin real hayotda O’zbekiston vatandoshlarining huquq va erkinliklari chegaralangan edi.  To’rtta qo’g’irchoq partiyalar va O’zbekiston ekologiya harakati go’yoki siyosiy raqobatda hokimiyat uchun siyosiy kurash olib borardi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O’zbekistonda esa hanuzgacha siyosiy raqobat yo’q.  Siyosiy maydonda Shavkat Mirziyoyev bilan raqobatlashadigan siyosatchi paydo bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.  Shavkat Mirziyoyev ham marhum diktator Islom Karimov yo’lidan borib 2019-yil 8-yanvar kuni O’zbekiston ekologiya harakatini O’zbekiston ekologiya partiyasiga aylantirdi.  Go’yoki O’zbekistonda yangi bitta siyosiy partiya paydo bo’ldi.

Ozodlikning xabar berishi bo’yicha O’zbekistonda demokratiya yo’nalishida vaziyat biroz yaxshilangan.  [1,2].

Ozodlikdan iqtibos: “The Economist nashri e’lon qilgan Democracy Index 2018 reytingida O’zbekiston 165 mustaqil davlat va ikki hudud ichida 156-o’rinni egalladi. Hisobot mualliflariga ko’ra, O’zbekistonda mavjud demokratik vaziyat biroz yaxshilangan.

Hisobotda O’zbekiston Sharqiy Yevropa hududidagi yettita avtoritar tuzum ichida ijobiy demokratik o’zgarishlar kuzatilgan yagona mamlakat sifatida tilga olinadi.

Shunga qaramay, O’zbekiston xalqaro reytingda eng quyi o’rinlardan birini egallaganicha qolmoqda.

Hisobotda, demokratik ahvol keskin yomonligi bo’yicha, O’zbekistondan keyin Yaman (158-o’rin), Tojikiston (159-o’rin), Turkmaniston (162-o’rin), Suriya (166-o’rin) va Shimoliy Koreya (167-o’rin) keltirilgan.

O’zbekiston demokratik holat 10 ballik tizim bo’yicha 2.01 ballga baholangan [10-eng yaxshi; 0-eng yomon].

Bu O’zbekiston 2015-2017 yillar (1.95 ball)dan ko’ra 0.06 ballga demokratlashganini anglatadi”. Iqtibos tugadi.

Shavkat Mirziyoyev prezidentligining 3-yilligida ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda siyosiy raqobatga yo’l qo’yilmaydi.  O’zbekistonda davlat mulkchiligining hukmronligi davom etadi.

Yerlar xususiylashtirilmaydi.  Faqatgina uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yerlar va korxonalar qurilgan yerlar mahalliy hokimiyatning qarori bilan xususiylashtirilishi mumkin.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

18-yanvar, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Демократия Индекси-2018: Ўзбекистонда вазият бироз яхшиланган. 12.01.2019. ( https://www.ozodlik.mobi/a/29706051.html ).

2. Democracy Index by country (2018). ( https://en.wikipedia.org/wiki/Democracy_Index ).


O’zbekiston.  Shavkat Mirziyoyev.  Pinochet?! (2019)

$
0
0

Pinochet nomini eshitganimizda yoki tilga olganimizda davlat to’ntarishini amalga oshirib hokimiyatga kelgan qonxo’r diktator ko’z oldimizda namoyon bo’ladi.  

Biroq, Avgusto Pinochet qonxo’r diktator bo’lishidan tashqari uning iqtisodiy va siyosiy islohotlari Chilini erkin, demokratik va farovon mamlakat bo’lishiga olib keldi.  Shu sababli Pinochetning ijobiy va salbiy jihatlarini alohida-alohida e’tiborga olib, ijobiy tomonlarini, ya’ni iqtisodiy va siyosiy islohotlarini O’zbekistonga tadbiq qilsa bo’ladi.

 Zero, hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiy jihatdan o’ta qoloq, iqtisodiy erkinliklar, siyosiy erkinliklar o’ta chegaralangan mamlakat. O’zbekistonda baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanmagan.  Endi Pinochet faoliyatining salbiy va ijobiy jihatlarini alohida-alohida ko’rib chiqamiz.

Salbiy jihatlari. Jinoyatlari.

Avgusto Pinochet 1973-yilning 11-sentyabrida Chilida davlat to’ntarishini amalga oshirib hokimiyat tepasiga keladi.  [1].

O’sha paytda Chilini 1970-yildan beri boshqarib kelayotgan Salvador Allende prezident edi.  Harbiy xunta putchni amalga oshirgandan keyin Salvador Allende o’zini otib o’ldiradi.

Pinochet Chilining prezidenti sifatida muxolif partiyalarni taqiqlaydi, muxolifat faollarini ta’qib-tayziqlarga oladi, 1200-2300gacha so’lchilarni, sotsialistlarni va siyosiy tanqidchilarni qatl ettiradi.  80mingcha kishilarni qamaydi va ularning 10minglartachasi qiynoqlarga va noinsoniy munosabatlarga duchor qilinadi.

Pinochetning jinoyatlarini o’rgangan Chilining hukumatiga ko’ra qatl qilinganlar va Pinochet tufayli bedarak yo’qolganlar soni 3095 kishiligi aniqlangan.

Pinochet diktatorlik davrida u prezidentlikdan ketgandan keyin Chili armiyasining Bosh qo’mondoni va senator sifatida mamlakatni boshqarishda ishtirok etishini ta’minlovchi konstitutsiyani qabul qildirishga erishadi.

Ijobiy jihatlari. Iqtisodiy-siyosiy islohotlari.

Avgusto Pinochet 1974-1990-yillarda, ya’ni Chilini u prezident sifatida boshqargan yillari mamlakatda chuqur iqtisodiy va prezidentligining oxirgi yillarida chuqur siyosiy  islohotlarni amalga oshirgan.

Pinochet “Chikago O’g’lonlari” (Chicago Boys) erkin bozor iqtisodiyoti nazariyasiga havas qilib, Chilida keng ko’lamli xususiylashtirishni amalga oshirgan.  Salvador Allende davrida 600 tadbirkorlarning davlat tassarufiga o’tkazilgan mol-mulkini tadbirkorlarga qaytarib berdi. Xususiylashtirish ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarini ham keng qamrab olgan.  Pinochetning shiori “Chili proletariatlar mamlakati emas, xususiy mulkdorlar mamlakati” edi.

Pinochet hokimiyatga kelgan paytda mamlakatning oltin, valyuta zahiralari bo’m-bo’sh, inflyatsiya juda yuqori va mamlakat yalpi ichki mahsuloti keskin pasayib ketayotgan edi.  Pinochet hokimiyati hayotga tadbiq qilgan iqtisodiy modelning 3 asosiy xususiyati bor edi:

1.Iqtisodiy liberalizatsiya;

2.Davlat korxonalarini xususiylashtirish;

3.Inflyatsiyani jilovlash.

Pinochet iqtisodiy reformalari natijasida mamlakatda ijtimoiy tengsizlik kuchaydi, ishchilarning maoshlari, ularga berilgan imtiyozlar va ish sharoitlari keskin yomonlashgan.  Pinochet prezidentligining oxirgi yillarida Chilidagi oilalarning 44% qashshoqlikda yashagan. Lekin, 10% boylarning daromadlari 83%ga oshgan.

1988-yilning 5-oktyabrida Pinochet yana 8 yil mamlakat prezidenti sifatida mamlakatni boshqarish uchun referendum o’tkazadi.  Referendumdan oldin mamlakatdagi ichki noroziliklar kuchayganligi bois va xalqaro miqyosdagi bosim sababli Pinochet 1987-yilda siyosiy partiyalarning faoliyatiga yo’l ochadi.

 Referendumda uning 1997-yilgacha prezidentligi uchun “Ha” yoki “Yo’q” deb ovoz berishni taklif qiladi.  1988-yil 5-oktyabrdagi referendumda “Yo’q”chilar 55.99% bilan g’alaba qozonadi, “Ha”chilar 44.01% bilan mag’lubiyatga uchraydi.  Pinochet referendum natijalarini qabul qilishga majbur bo’ladi. Keyingi yili esa prezident va parlament saylovlari bo’lib o’tadi.

Avgusto Pinochet diktatorligi, prezidentligi davrida chuqur iqtisodiy islohotlar natijasida xususiy mulkdorlar sinfi shakllanadi, bugungi zamonaviy til bilan aytganda o’rta sinf shakllanadi.  Baquvvat o’rta sinfning shakllanishi esa kuchli fuqaroviy jamiyat yaratish uchun iqtisodiy zamin bo’lib xizmat qiladi.

Hozirgi kunda Chili erkin, demokratik va farovon mamlakat.

Chili va O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik va siyosiy erkinlik (siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar) ko’rsatkichlari bo’yicha taqqoslab ko’ramiz.

Chilining iqtisodiy erkinlik bo’yicha ko’rsatkichi 75 ball bilan ko’proq erkin (Mostly Free), O’zbekiston esa 51.5 bal bilan ko’proq erkinmas (Mostly Unfree).  [2].

Chili siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar ko’rsatkichi bo’yicha 94 ball bilan erkin mamlakatdir. O’zbekiston esa 7 bal bilan erkinmas mamlakatdir.  [3].

Chilining yalpi ichki mahsuloti 2019-yil uchun $267.162milliard,

O’zbekistonniki esa $68.475 milliard [4].  (O’zbekiston statistik ma’lumotlariga ko’ra $48,6 milliard [5]).

Chilining YIM (Yalpi Ichki Mahsulot)  AJB (Aholi Jon Boshiga) (SOP) sotib olish pariteti bo’yicha 2019-yil uchun $26,329.95, O’zbekistonniki esa $7,688.04.  [6].

Chilining aholisi 18 million, O’zbekistonniki esa 33 million.

Pinochet davlat to’ntarishi yo’li bilan hokimiyatga kelganda dunyoda SSSR va AQSh o’rtasida siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy jabhalarda keskin kurash ketayotgan edi. Dunyo ikki lagerga sotsialistik va kapitalistik lagerga bo’lingan edi.

Bugungi kunda SSSR yo’q. Shu sababli prezident Shavkat Mirziyoyev diktator Avgusto Pinochetning iqtisodiy va siyosiy islohotlarini tanqidiy o’rganib O’zbekistonga tadbiq qilsa bo’ladi. Pinochet tajribasi shunisi bilan muhimki, diktaturadan demokratiyaga tez va samarali o’tiladi.

21-asrda Pinochet amalga oshirgan iqtisodiy va siyosiy islohotlarni O’zbekiston sharoitida hayotga tadbiq qilish uchun 15 yil emas, 10 yil yetarli bo’lar, balkim yanada kamroq yillar ketar.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

25-yanvar, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Augusto Pinochet. ( https://en.wikipedia.org/wiki/Augusto_Pinochet ).

2. 2018 Index of Economic Freedom. Country Rankings. (https://www.heritage.org/index/ranking).

3. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

4. Country Listing in Year 2019. ( http://www.economywatch.com/economic-statistics/year/2019/ ).

5. Ички ялпи маҳсулот 2018 йилда 48,6 миллиард доллар даражасида бўлди.24.01.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29727970.html ).

6. Economic Indicators : GDP Per Capita (PPP), US Dollars 2019.

Economic Indicator Listing in Year 2019. (http://www.economywatch.com/economic-statistics/economic-indicators/GDP_Per_Capita_PPP_US_Dollars/2019/ ).

O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Iqtisodiy erkinlik?! (2019)

$
0
0

Heritage Foundation tashkiloti 2019-yil uchun iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichini ochiqladi.  [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Jahon davlatlaridagi iqtisodiy erkinlik reytingida O’zbekistonning pozitsiyasi o’tgan yildagiga nisbatan 12 pog’ona yuqoriladi.  Yil sayin iqtisodiy erkinlik reytingini ochiqlab boruvchi Heritage Foundation tashkilotining yangi hisobotida o’tgan yili 180 davlat orasida 152-o’rinda bo’lgan O’zbekiston joriy yilda 140-o’ringa qo’yildi”.  Iqtibos tugadi. [2].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3ga teng.[1].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

 Tojikistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 55.6 ball,

Belorussiyaniki 57.9 ball,

Xitoyniki 58.4 ball,

Rossiyaniki 58.9 ball,

Qirg’izistonniki 62.3 ball,

Turkiyaniki 64.6 ball,

Ozarbayjonniki 65.4 ball,

Qozog’istonniki 65.4 ball va

reytingda 3-o’rinni egallagan Yangi Zelandiyaniki 84.4 ball,

2-o’rinni egallagan Singapurniki 89.4 ball va

1-o’rinni egallagan Gong Kongniki 90.2 balligini hisobga olsak, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik bo’yicha ko’rsatkichi juda abgor bo’lmasada juda yomonligini ko’ramiz.  Ya’ni, 180 mamlakat qatorida 140-o’rinni egallashi juda yomon holat. Nega endi juda yomon holatligiga batafsilroq to’xtab o’tmoqchiman.

Birinchidan, O’zbekiston iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan mamlakatlarning tubida joylashgan.  

Ikkinchidan, iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 12 ta erkinliklardan iborat bo’lib, 4 guruhga bo’lingan.

1.Qonun ustuvorligi (Rule of Law)

2.O’yin qoidalarining samaradorligi (Regulatory Efficiency)

3.Hukumatning ulushi (Government Size)

4.Bozorlarning ochiqligi (Open Markets).

Qonun ustuvorligi guruhiga tegishli  3 erkinligi va bozorlar ochiqligining 2 erkinligi O’zbekistonda o’ta abgor holatda.  Ya’ni 50 balldan past.

Qonun ustuvorligi guruhiga tegishli Mulk Daxlsizligi (Property Rights) 49.8 ball, Hukumatning Halolligi (Government Integrity) 25.2 ball, Sud Tizimining Samaradorligi (Judicial Effectiveness) 34.3 ball va Bozorlar Ochiqligi guruhiga tegishli Investitsiya Erkinligi (Investment Freedom) 10 ball, Moliyaviy Erkinlik (Financial Freedom) 10 ball.

O’zbekiston vatandoshlari uchun mulk daxlsizligi erkinligi juda tanish, juda tushunarlidir.  O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi bo’yicha yer davlat mulkidir. Shu sababli hokimlar fermerdan hoxlagan paytda yerni tortib olib boshqa fermerga berib yuboradi.  Savdogarlarning do’konlarini istagan paytda buzib tashlanib, do’konning bozor bahosidagi narxi qisman to’lanadi yoki to’lanmaydi. [3,4,5].

Hukumatning halolligiga kelsak, prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazirlikka tavsiya qilgan Abdulla Aripov, senator, prezident maslahatchisi Rustam Inoyatov (sobiq MXX raisi) lar dunyo jamoatchiligi nazariga tushgan, ko’zga ko’ringan korruptsionerlardir.[6,7]. Oxirgi paytlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jayev ham dunyo jamoatchiligi nazariga hokimlik mavqeidan foydalanib O’zbekiston vatandoshlarining uy joy mulklarini zo’ravonlarcha buzib tashlash, mehnat huquqlarini oyoq osti qilishlari va korruptsiya ishlari bilan tushib qoldi. [8,9].

Sud tizimining samaradorligiga kelsak, Surxondaryo viloyati, Jarqo’rg’on tumanida va Toshkent viloyatining Pskent tumanida  fermerlarning yerlari, texnikalarining hokimlarning buyrug’i asosida sud qarori bilan musodara qilinishidir.  Fermerlar 14 oyga kredit olgan bo’lsada kreditning 6 oyini to’lab bo’lgandan keyin yana 8 oy kredit to’lash uchun muddat bo’lishiga qaramasdan ularning yerlari va texnikalari noqonuniy musodara qilingan.  [3,4,10].

Investitisiya erkinligi va moliyaviy erkinliklar to’g’risida iqtisodchilar o’z fikrlarini aytsa o’rinli bo’lardi.  Lekin iqtisodchi bo’lmagan har bir o’zbekistonlik bu erkinliklar ko’rsatkichining 10 ball ko’rsatkichning o’ta abgorligini osongina tushunadi.

Xulosa shuki, O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik yo’q hisobi.  Iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha ko’proq erkinmas (Mostly Unfree) O’zbekistonda o’rta sinf shakllana olmaydi.  O’zbekiston erkin, ravon rivojlana olmaydi. O’zbekistonning o’ta qoloq mamlakatlar qatoridan chiqib ketishi dargumon.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

1-fevral, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

2. Иқтисодий эркинлик рейтингида Ўзбекистон 12 поғона юқорига кўтарилди. 28.01.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29734969.html ).

3. Fermerlar “Agrobank”ni kredit shartini buzganlikda aybladi. MIB fermer mulkini musodara qilmoqda. 06.11.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29586153.html ).

4. Tuman MIBi fermerlardan musodara qilingan 100 dan ortiq traktorni sottirib yubordi. 29.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29626746.html ).

5. KunUZ. 6,5 MILLIARD SO’M KREDIT OLINIB QURILGAN MEHMONXONANI HOKIM BUZDIRIB TASHLADI. 31.01.2019.

( https://www.youtube.com/watch?v=xfByUYtBx9c ).

6. KunUz.NAMUNALI UYLAR HAQIDA QASHQADARYOLIKLAR HIKOYASI – CHIROQCHI VA G‘UZOR TUMANLARI MISOLIDA. 29.01.2019.

( https://www.youtube.com/watch?v=iGjWc4jWvwg ).

7. KunUZ.MUROJAATCHI: “ARZON UY-JOY DEGANI SHUNDAY BO’LADIMI?”. 30.01.2019. ( https://www.youtube.com/watch?v=5av6a9OH3TQ ).

8. Toshkent hokimiga qarashli kompaniya ishchilari o‘zlarining quldek ishlatilayotganini aytmoqda. 28.01.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29736445.html ).

9. Тошкент ҳокими Akfaнинг эгаси эканлигини, лекин компания бошқарувни бошқаларга топширганини айтди. 31.01.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29743975.html ).

10. O’zbekistonda davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimi qanchalik modernizatsiya bo’ldi?! 30.11.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/932 ).

O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Siyosiy erkinlik?! (2019)

$
0
0

Xalqaro Freedom House tashkiloti 2019 yilning 5 fevral kuni har yili ochiqlaydigan yillik hisobotini (report) jamoatchilikka ochiqladi. [1].

Hisobotga binoan O’zbekiston siyosiy huquqlar va fuqaroviy erkinliklar (siyosiy erkinliklar) bo’yicha 9 ball bilan o’tgan yilga nisbatan 2 ball ko’proq ball olib ijobiy o’zgarishga erishgan. [2].

O’zbekistonning 9 ball bilan dunyo mamlakatlari qatorida qanday o’rinni egallaganini ko’rib chiqamiz. [1].

Finlyandiya, 100 ball;

Norvegiya, 100 ball;

Shvetsiya, 100 ball;

Estoniya, 94 ball;

Latviya, 87 ball;

Mongoliya, 85 ball;

Gruziya, 63 ball;

Ukraina, 60 ball;

Moldaviya, 58 ball;

Malayziya, 52 ball;

Armaniston, 51 ball;

Qirg’iziston, 37 ball;

Afg’oniston, 27 ball;

Qozog’iston, 22 ball;

Rossiya Federatsiyasi, 20 ball;

Belorussiya, 19 ball;

Eron, 18 ball;

Xitoy, 11 ball;

Ozarbayjon, 11 ball;

Tojikiston, 9 ball;

O’zbekiston, 9 ball;

Shimoliy Korea, 3 ball;

Turkmaniston, 2 ball.

Yuqoridagi siyosiy erkinlik ko’rsatkichlaridan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball )darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashishga erishgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqadamiz.

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida:

1. Suriya, 0 ball;

2. Eritriya, 2 ball;

3. Janubiy Sudan, 2 ball;

4. Turkmaniston, 2 ball;

5. Shimoliy Korea, 3 ball;

6. Ekvatorial Gvineya, 6 ball;

7. Saudiya Arabistoni, 7 ball;

8. Sudan, 7 ball;

9. Somali, 7 ball;

10. O’zbekiston, 9 ball;

11. Liviya, 9 ball;

12. Tojikiston, 9 ball;

13. Markaziy Afrika Respublikasi, 9 ball. [3].

O’zbekistonning dunyoning 13 eng yomonlarning yomoni mamlakatlari qatorida bo’lishi tabiiydir. Chunki marhum diktator Islom Karimov davrida ham hozirgi prezident Shavkat Mirziyoyevning 3-yil boshqaruv davrida ham siyosiy maydonda muxolifatga legal faoliyat ko’rsatishga yo’l berilmagan. Umuman O’zbekiston tarixida muxolifatga yo’l berilmagan, erkin, demokratik saylovlar orqali hokimiyat almashishi ro’y bermagan.

Faqatgina 1991, 1992 yillardagina Erk demokratik partiyasi va Birlik Xalq Harakati ro’yhatga olinib, legal faoliyat olib borishga imkoniyat berilgan edi.

O’zbekistonda fuqaroviy erkinliklar vaziyatiga kelsak,men “Hanuzgacha O’zbekistonda internet erkin emas, tezligi past, so’z erkinligi yo’q” nomli maqolam va shu nomdagi videodan [4,5]iqtibos keltirishni o’rinli topdim:

O’zbekistonda hanuzgacha asosiy 5 siyosiy erkinliklar yo’q. Shu sababli kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun hech qanday sharoit yo’q.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida O’zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari ta’minlanishi ta’kidlanadi. [6].

43-modda.

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

Biroq, O’zbekistonda

1- Tinch norozilik namoyishi erkinligi huquqi;

2-Tashkilotlarga uyushish erkinligi huquqi;

3-So’z erkinligi huquqi;

4- Erkin kochish va istagan joyda yashash erkinligi huquqi;

5- E’tiqod erkinligi huquqlari yo’q, ta’minlanmagan, yumshoqroq qilib aytganda cheklangan.

O’zbekistonda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlar vatandoshlar ishtirokida 2 holatda ro’y berishi mumkin:

1. O’zbekiston vatandoshlari o’z noroziliklarini tinch yo’l bilan norozilik namoyishi orqali ifodalay olsa;

2. Erkin, demokratik saylovlar bilan hokimiyat almashishi ro’y bersa.

Lekin, O’zbekistonda na tinch yo’l bilan norozilik bildirish erkinligi huquqi bor, na erkin, demokratik saylovlar bor”. [4,5].Iqtibos tugadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston vatandoshlariga fuqaroviy erkinliklardan to’la foydalanish imkoniyatini berish o’rniga, siyosiy raqobatga yo’l ochmasdan soxta “O’zbekiston ekologiya partiyasi” va “ Yuksalish umummilliy harakati” yaratish bilan band. [7,8].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

8-fevral, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

2. Freedom in the World 2018 by Aggregate Score.

( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2018 ).

3. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

4. Abdujalil Boymatov. Hanuzgacha O’zbekistonda internet erkin emas, tezligi past, so’z erkinligi yo’q. 21.12.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/955 ).

5. Abdujalil Boymatov. Hanuzgacha O’zbekistonda internet erkin emas, tezligi past, so’z erkinligi yo’q. Video.22.12.2018. (http://oz.hrsu.org/archives/957 ).

6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

7. Мирзиёев танқидидан бир йил ўтиб Экологик ҳаракат партияга айланди.08.01.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29697381.html ).

8. KunUz. 07.02.2019. YUKSALISH UMUMMILLIY HARAKATI RAISI BILAN EKSKLYUZIV INTERVYU. ( https://www.youtube.com/watch?v=o7kO2edfQ00 ).

O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Korruptsiya?! (2019)

$
0
0

Men oldingi maqola va videolarimda O’zbekistonda 2019 yilda iqtisodiy va siyosiy erkinlik ko’rsatkichlari 2018 yilga nisbatan ozgina yaxshilangan bo’lsada, iqtisodiy va siyosiy erkinliklar o’ta abgor holatdan juda yomon holatga o’tganligi haqida batafsil to’htalib o’tgan edim.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[1,2,3].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada.

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4,5,6,7].

Albatta, O’zbekistonda iqtisodiy va siyosiy erkinliklarning juda yomon holatdaligiga joriy prezident Shavkat Mirziyoyevning korruptsiya darajasini yuqori darajada ushlab turishdan manfaatdorligidir. Zero, avtoritar va diktator rejimlarning mavjudligi mohiyatan zo’ravonlik, yarim yolg’on propaganda va korruptsiyaga asoslangandir.

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [8].

O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichini dunyoning boshqa mamlakatlarining korruptsiya ko’rsatkichi bilan taqqoslab ko’ramiz.

Daniya 88 ball bilan 1- o’rinda, ya’ni korruptsiya darajasi eng kam mamlakat.

1.Daniya, 88 ball;

2.Yangi Zelandiya, 87 ball;

3.Finlyandiya, 85 ball;

18.Estoniya, 73 ball;

38.Litva, 59 ball;

41.Gruziya, 58 ball;

41.Latviya, 58 ball;

70.Belorussiya, 44 ball;

78.Turkiya, 41 ball;

87.Xitoy, 39 ball;

93.Mo’g’uliston, 37 ball;

120.Ukraina, 32 ball;

124.Qozog’iston, 31 ball;

132.Qirg’iziston, 29 ball;

138.Rossiya Federatsiyasi, 28 ball;

152.Tojikiston, 25 ball;

152.Ozarbayjon, 25 ball;

158.O’zbekiston, 23 ball;

161.Turkmaniston, 20 ball;

172.Afg’oniston, 16 ball;

180.Somali, 10 ball.

Yuqoridagi korruptsiya ko’rsatkichlaridan ko’rinib turibdiki, 158- o’rinni egallagan O’zbekiston 23 ball bilan, 180-o’rinni egallagan Somali (10 ball), 172-o’rinni egallagan Afg’oniston (16 ball) va 161-o’rindagi Turkmanistondan (20 ball) ancha oldinda, biroq korruptsiya darajasi eng kam bo’lgan 3-o’rinni egallagan Finlyandiyadan (85 ball), 2-o’rinni egallagan Yangi Zelandiyadan (87 ball) va 1-o’rinni egallagan Daniyadan (88 ball) judayam orqada.  O’zbekiston 18-o’rinni egallagan Estoniyaga (73 ball) yeta olmasa ham, 70-o’rinni egallagan Belorussiyaga (44 ball) yetishga harakat qilsa bo’ladi.

Quyidagi 2 misol O’zbekistondagi korruptsiya darajasini yaqqol his qilishga namuna bo’la oladi.

1.Kollejdagi korruptsiya.  [9].

Ozodlikdan iqtibos: “Farg’ona.”Biz Farg’ona neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida o’qiymiz. Qandaydir sport jamiyati uchun har bir o’quvchi 14 500 so’mdan pul berishga majburlanayapti. Jismoniy tarbiya o’qituvchisining aytishicha, pul bermasak kollej direktori o’qishdan haydarkan. O’zi yaqindagina majburiy obuna uchun 8 000 so’mdan yig’ib bergandik.

Tadbirga, ko’chatga, yana bir balolarga deb doim pul yig’ishadi. “Yig’di-yig’di” jonga tegdi!”.

( Bu xabar Ozodlikka 5 fevral kuni kelgan.)”. Iqtibos tugadi.  [9].

2.Surxondaryodagi ko’mir briketi tsexidagi korruptsiya.  [10].

Ozodlikdan iqtibos: “Surxondaryoda mavjud oltita ko‘mir briketi tsexi mahsulot ishlab chiqarmasdan, xomashyoni elab qoplarga joylab maktab¸ bog‘cha va kasalxonalarga briket narxida soxta faktura yozib tarqatgan.

Bu iddao “O‘zbekko‘mir” AJning Surxondaryo viloyatidagi olti omborida ishlagan 71 nafar sobiq ishchi nomidan 12 fevral kuni Ozodlik bilan gaplashgan vakillar murojaatida yangradi.

Bu iddaolarni quvvatlovchi dalil-hujjatlar bilan Surxondaryo viloyat prokuraturasi¸ respublika Transport prokuraturasi¸ prezident portaliga murojaat qilgan “Surxonko‘mir” sobiq ishchilarining o‘zi¸ ularning aytishicha¸ pirovardida jinoyatchiga chiqarilib¸ jazolangan.

Ozodlik gaplashgan ishchilar vakillari¸ “O‘zbekko‘mir”ning birgina viloyatda milliardlab so‘mni tashkil qiluvchi o‘g‘irlik sxemasi tepasida turganlarning jazolanishi¸ o‘zlariga uyushtirilgan tuhmat kampaniyasi to‘xtatilib¸ ishga qayta tiklanishini talab qilmoqda.

Ozodlik bu iddaolarga “O‘zbekko‘mir” rahbariyati va prokuraturadan hozircha rasmiy ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lmadi.

O‘zbekko‘mir”dagi kuldan pul qilish sxemasi

12 fevral kuni Ozodlik suhbatlashgan surxonlik sobiq ko‘mirchilar¸ o‘zlarini “O‘zbekko‘mir” ning yangi mahalliy rahbarlari tomonidan 2018 yil yanvarida birvarakayiga ishdan haydalgan 71 nafar ombor rahbari va xizmatchilari vakillari deb tanishtirdi.

Ozodlikka gapirganlardan biri Rayhon Rahmonova o‘zi va sobiq hamkasblarining ishga tiklanishini talab qilish jarayonida yangi rahbariyat jinoyatlarini ham fosh qilgani uchun jazolanganini aytadi.

Bu jinoyat mohiyati esa nihoyatda jiddiy.

Surxondaryodagi oltita ko‘mir ombori Qarshi birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligi tarkibiga qo‘shilgan. Bu olti omborda 2018 yil ijtimoiy soha ob’ektlari, maktab, bog‘cha, kasalxona, kollejlarning qish mavsumi uchun briket mahsulotlari ishlab chiqarilishi kerak edi. Ammo briket mahsulotlari ishlab chiqarish o‘rniga xom ashyoni elab qoplarga joylab maktab¸ bog‘cha va kasalxonalarga briket narxida soxta faktura yozib tarqatishgan.

1 kg xom ashyo 210 so‘m¸ tayyor mahsulot – briketning kilosi 375 so‘m. O‘rtadagi farq 165 so‘m. Buni bir vagon xomashyoga ko‘paytirsak¸ 165 × 69000 kg= 13 million 385 ming so‘m bo‘ladi. 2018 yili bu olti omborga Angrendan 335 ta vagon xom ashyo kelgan. Endi 13 385 000 ni 335 ko‘paytirsak¸ bitta viloyatda davlatning 4 milliard 483 million 975 ming so‘mi ko‘mir yetkazuvchi rahbarlarining cho‘ntagiga kirayapti. Buni butun O‘zbekiston miqyosiga ko‘chirsangiz¸ dahshatli o‘g‘irlik sxemasini ko‘rasiz”¸ deydi Ozodlik gaplashgan Termiz ko‘mir omborining sobiq mudirasi Rayhon Rahmonova.

Rahmonova va uning sobiq hamkasblari bu jinoyatni fosh etuvchi ma’lumot va dalillarni Surxondaryo viloyat prokurori va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti rahbariga taqdim qilgan.

Viloyat bo‘yicha hamma tuman ijtimoiy soha tashkilotlarining briket ta’minoti departament tezkor guruhi a’zolari bilan o‘rganildi va barcha vajlarimiz o‘z isbotini topdi. Ammo milliardlab byudjet pulini talon-taroj qilganlar ishi yana bosti-bosti bo‘ldi. Ular qolib¸ bizning o‘zimizni jinoyatchiga chiqarishdi»¸ deydi Rahmonova”. Iqtibos tugadi. [10].

Men “Nega prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda korruptsiyani kamaytira olmayapti?!” nomli maqolam va videoda [11,12] korruptsiyani kamaytirish uchun nimalar qilish kerakligi haqida to’xtalib o’tgan edim.

Maqoladan iqtibos:”Korruptsiyaga qarshi kurash kampaniyasi marhum diktator Islom Karimov davrida ham olib borilgan edi.  Faqat farqi shundaki, Shavkat Mirziyoyev prezidentligida qama-qamalarning ko’lami keng va eng yuqori, oliy hokimiyatdagi amaldorlargacha yetib bordi.  To’ylarni ixchamlashtirish, amaldorlarning tug’ilgan kunlarini o’tkazishini ta’qiqlashi qat’iyroq va keskinroq amalga oshiriladiganga o’xshaydi.  Mustaqil O’zbekistonning 26 yil korruptsiyaga qarshi kurash natijasi o’laroq O’zbekiston hamon dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 davlatlari qatorida.  Shavkat Mirziyoyevning bir yarim yillik O’zbekistonni boshqarishi davomida O’zbekistonda korruptsiya darajasi atigi 1 ballga yaxshilandi.[8,9]

Jahon tajribasiga ko’ra O’zbekiston dunyoning eng korruptsiyalashgan 20ta mamlakatlari qatoridan chiqib ketib, hech bo’lmaganda ikkinchi 50talik mamlakatlar qatoriga qo’shilishi uchun islohotlar amalga oshirilib, quyidagilar barataf qilinishi kerak:

1. O’rta sinf shakllanmagan;

2. Erkin, demokratik saylovlar orqali xokimiyat almashishi yo’q;

Nobel mukofoti laureati Barak Obama, Nelson Mandela, Roza Otunbayeva.

3. Erkin matbuot yo’q;

4. Siyosiy raqobat, kuchli demokratik muxolifat yo’q;

5. Mustaqil sud tizimi yo’q;

6. Davlat lavozimida ishlayotgan amaldorlar uchun daromad va mol mulk dekleratsiyasi yo’q va hokazo.

Hamma gap prezident Shavkat Mirziyoyev bu islohotlarni amalga oshiradimi?!”. Iqtibos tugadi.

Afsuski, maqola yozilganidan beri qariyb 1 yil o’tgan bo’lsada, yuqoridagi 6 yo’nalish bo’yicha hech qanday ijobiy siljish yo’q.  Bu degani O’zbekiston vatandoshlari iqtisodiy, siyosiy erkinliklarga ega bo’lmaydi, yumshoq qilib aytganda ularning erkinliklari cheklangan bo’ladi.

Bir hovuch yuqori lavozimli mansabdorlar korruptsiyadan katta foyda ko’radi. O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq mamlakatlar qatoridan chiqib ketishi dargumonligicha qolaveradi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

15-fevral, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

2. O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Iqtisodiy erkinlik?! (2019). 01.02.2019.

( http://oz.hrsu.org/archives/998 ).

3. O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Iqtisodiy erkinlik?! (2019). Video. 02.02.2019. ( http://oz.hrsu.org/archives/1001 ).

4. O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Siyosiy erkinlik?! (2019). 08.02.2019.

( http://oz.hrsu.org/archives/1006 ).

5. O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Siyosiy erkinlik?! (2019). Video. 09.02.2019. ( http://oz.hrsu.org/archives/1008 ).

6. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

7. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

8. Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

9. ФАРҒОНА – “Коллеж ўқувчилари: “йиғди-йиғди” жонга тегди!” 11.02.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/sizdan-telegram-kollej/29763635.html ).

10. “O‘zbekko‘mir”dagi jinoiy sxemani fosh qilgan sobiq ishchilarning o‘zi jinoyatchiga chiqarildi. 12.02.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29766311.html ).

11. Nega prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda korruptsiyani kamaytira olmayabdi?! 04.03.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/632 ).

12. Nega prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda korruptsiyani kamaytira olmayabdi?! Video. 05.03.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/637 ).

 

O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. O’ta iqtisodiy qoloqlik?! (2019)

$
0
0

Men oldingi maqola va videolarimda O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev prezidentligining 3-yilida ham iqtisody erkinlik, ham siyosiy erkinlik biroz yaxshilangani va korruptsiya darajasida qariyb hech qanday o’zgarish bo’lmaganini ta’kidlab o’tgan edim.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[1].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [2].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[3].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [4].

O’z o’zidan iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan, siyosiy erkinmas, korruptsiya bo’yicha dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakati qatorida bo’ldan O’zbekistonda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar AJB YIM (GDP per capita) va AJB SOP (sotib olish pariteti) (PPP per capita) ham o’ta iqtisodi qoloq mamlakatlardek bo’ladi?!

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi (International Monetary Fund) 2019-yil uchun dunyo mamlakatlarining iqtisodiy ko’rsatkichlarini 2018-yilning noyabr oyida ochiqlagan edi. [5].

Statistics Times tashkiloti Xalqaro Valyuta Jamg’armasining iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’quvchiga tushunish uchun qulay shaklga keltirdi. [6].

Quyidagi ma’lumotlar Statistics Timesdan olindi.

Dunyoning o’rtacha AJB YIM (GDP, per capita) 11,673 AQSh dollari va AJB SOP (PPP, per capita) 18,961 AQSH dollari.

Dunyo mamlakatlari, O’zbekiston va dunyoning o’rtacha AJB YIM va AJB SOPni ko’rib chiqamiz.

 

Qatar, $72,677, $133,254;

AQSh, $65,062, $65,062;

Yaponiya, $41,418, $46,069;

Estoniya, $23,654, $35,346;

Litva, $19,881, $37,162;

Latviya, $18,458, $31,215;

Dunyoning o’rtacha AJB YIM (GDP, per capita) 11,673 AQSh dollari va AJB SOP (PPP, per capita) 18,961 AQSH dollari.

Rossiya Federatsiyasi, $11,461, $30,198;

Turkiya, $7,615, $28,625;

Qozog’iston, $10,447, $28,536;

Xitoy, $10,099, $19,559;

Belorussiya, $6,372, $21,348;

Turkmaniston, $8,073, $20,859;

Gruziya, $4,806, $12,409;

Ozarbayjon, $4,779, $18,777;

Dunyoning o’rtacha AJB YIM (GDP, per capita) 11,673 AQSh dollari va AJB SOP (PPP, per capita) 18,961 AQSH dollari.

Armaniston, $4,447, $10,996;

Mo’g’uliston, $4,470, $14,872;

Indoneziya, $3,971, $13,969;

Moldaviya, $3,598, $7,536;

Ukraina, $3,133, $9,683;

Hindiston, $2,188, $8,443;

Dunyoning o’rtacha AJB YIM (GDP, per capita) 11,673 AQSh dollari va AJB SOP (PPP, per capita) 18,961 AQSH dollari.

O’zbekiston, $1,560, $7,810;

Pokiston, $1,457, $5,958;

Qirg’iziston, $1,307, $3,990;

Tojikiston, $815, $3,525;

Afg’oniston, $577, $2,095.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonning AJB YIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YIMsi dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz.

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [7].

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligining 3 yilida O’zbekiston Frantsiyaning Taraqqiyot agentligidan 150 million, Jahon banki guruhiga tegishli moliyaviy institutlardan 3,3 milliard AQSH dollarida kredit olishga erishdi va 1 milliardlik AQSH dollaridagi yevrobondlarni (yevroobligatsiya) London birjasida realizatsiya qilishga erishdi.

Mening “Armanistonda erkin, demokratik parlament saylovlari, O’zbekistondachi?! “ nomli maqolam va videodan iqtibos: [8,9].

1-ma’lumot.  Frantsiyaning iqtisodni boshqarish dasturiga qarz berishi.  [10].

Ozodlikdan iqtibos: “Frantsiya Taraqqiyot agentligi O’zbekistonga iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturini amalga oshirish uchun 150 million yevro qarz beradigan bo’ldi. Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, bu boradagi shartnoma 12 dekabrda imzolandi.

Mazkur dastur Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Dasturning amalga oshirilishi O’zbekistonda qo’shimcha ish joylarini yaratilishiga va ijtimoiy infrastrukturani rivojlanishiga xizmat qiladi.

Frantsiya qarzni 20 yilga olti yillik imtiyoz bilan bermoqda.

Frantsiya Taraqqiyot agentligi Frantsiya hukumati tomonidan belgilab berilgan rivojlanish loyihalarini moliyalash maqsadida tashkil etilgan”. [10]. Iqtibos tugadi.

2-ma’lumot.  O’zbekiston jahon taraqqiyot uyushmasining eng yirik 10 qarzdor mamlakatlar qatorida.  [11].

Fergana.agency internet saytining xabar berishicha, O’zbekiston xalqaro taraqqiyot uyushmasining (Международная ассоциация развития) eng yirik 10 qarzdor mamlakatlari qatoriga kirdi.  Bu haqda Jahon bankining “Qashshoqlikka barham berish. investitsiyalar-imkoniyatlarni kengaytirish uchun” nomli hisoboti tashkilotning rasmiy saytida chop qilingan.

 Hozirgacha O’zbekiston uchun ajratilgan qarz 740 million AQSh dollari.

O’zbekiston qatorida bankdan eng ko’p qarz olgan mamlakatlar Efiopiya ($3,1mlrd), Bangladesh ($2.9mlrd), Nigeriya ($2,5mlrd), Pokiston ($1,9 mlrd), Keniya ($1,2 mlrd), Fil suyagi qirg’og’i ($987million), Tanzaniya ($955 million), Nepal ($706 mln) va Uganda ($640mln).

O’zbekiston iqtisodni o’zgartish bo’yicha islohotlarni o’tkazishda ikki yil davomida ijobiy natijalarga erishgan, shu sababli Jahon Banki O’zbekiston bilan bozor iqtisodiyotini qurishda, davlat institutlarini isloh qilishda, vatandoshlar bilan muloqotni kengaytirish va inson kapitalini rivojlantirish uchun investitsiyalar kiritish bo’yicha hamkorlik strategiyasini qayta ko’rib chiqqan.

 Bank 2018-yilda O’zbekistonda besh yangi loyihalarni amalga oshirish uchun – energiya samaradorligini oshirish, bog’dorchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish hamda tez tibbiy yordam xizmati sifatini yaxshilash uchun $1,4 mlrd pul ajratgan.

Bank O’zbekistondagi loyihalar uchun hammasi bo’lib $3,3 mlrd moliyaviy yordam ko’rsatmoqchi.

Bu yordam O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishida hamda transport, ta’lim, shaharni rivojlantirish, suv bilan ta’minlash va sanitariya bo’yicha islohotlariga ko’maklashish maqsadida ajratilganligi haqida hisobotda aytiladi.  

Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Jahon Banki O’zbekiston hukumati bilan qishloq xo’jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish bo’yicha va mamlakatda majburiy mehnatga barham berish amaliyotida yordam berish bo’yicha hamkorlik qilmoqchi.

Yuqorida keltirilgan ikki ma’lumotdan kelib chiqadiki, balkim kelajakda O’zbekiston siyosiy va iqtisodiy erkinroq mamlakatga aylanar”. Iqtibos tugadi.

3. O’zbekistonning London Birjasida 1 milliard AQSH dollarida yevrobondlarni( yevroobligatsiya) realizatsiya qilishi. BBC uzbekdan iqtibos: [12].

Dunyoning eng muhim va ko’hna birjalaridan hisoblangan London Birjasida O’zbekiston ilk marotoba yevrobondlar, ya’ni yevroobligatsiyalarni bozorga qo’ydi.

O’zbekiston 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylashtirdi.

London Birjasida soat ertalabki 8:00 da bozor ochilar ekan, tantanali start marosimida O’zbekiston Bosh vazirining o’rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo’chqarov va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Alan Dankan ishtirok etdilar. [12].

O’zbekiston yevrobondlarni bozorga qo’ygani nimani anglatadi? Yevrobond o’zi nima? Uning O’zbekistonga qanday foydasi bor? Ibrat Safo bu haqida Londondagi PIMCO investitsiyarni boshqarish kompaniyasi vitse-prezidenti Berdibek Ahmedov bilan suhbatlashdi”. [13]. Iqtibos tugadi.

Yuqoridagi keltirilgan 3 ma’lumotdan ayon bo’ldiki O’zbekistonga 4 milliarddan ko’proq AQSH dollarida pul,moliyaviy qarz kiritishga muvaffaq bo’lingan. Bu katta yutuq. Yana shuni ta’kidlab o’tishim kerakki, Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqora moliyaviy institutlardan ham moliyaviy qarz olishga erishilgan.

Biroq, iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan, siyosiy erkin emas, siyosiy erkinlik bo’yicha 13 eng yomonlarning yomoni mamlakatlari qatorida bo’lgan, dunyoning 20 eng korruptsiyalashgan mamlakatlari qatorida bo’lgan O’zbekiston bu moliyaviy qarzlardan unumli foydalanib o’ta iqtisodi qoloq mamlakatlar qatoridan chiqib keta oladimi?! Menimcha yo’q.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

22-fevral, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

2. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

3. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

4.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

5. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

6. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

8. Abdujalil Boymatov. Armanistonda erkin, demokratik parlament saylovlari, O’zbekistondachi?! 14.12.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/947 ).

9. Abdujalil Boymatov. Armanistonda erkin, demokratik parlament saylovlari, O’zbekistondachi?! Video. 15.12.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/950 ).

10. Франция иқтисодни бошқариш дастурига 150 миллион евро қарз берди. 13.12.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29653412.html ).

11. Узбекистан вошел в десятку крупнейших заемщиков Международной ассоциации развития. 10.12.2018. ( https://fergana.agency/news/103419/ ).

12. Ўзбекистон 1 миллиард долларлик евробонд чиқаргани нимани англатади? 14.02.2019. ( https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-47243197 ).

13. BBC Uzbek. 14.02.2019.Ўзбекистон Лондон биржасида илк 1 миллиард долларлик облигацияларни чиқарди.

( https://www.youtube.com/watch?time_continue=1&v=PxJqw0e5cCQ ).

 

O’zbekiston. O’ta siyosiy savodsizlik?! (2019)

$
0
0

Men oldingi “O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. O’ta iqtisodiy qoloqlik?! (2019)” nomli maqolam va videoda O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq holatida ekanligi haqida batafsil to’xtalib o’tgan edim.[1,2].

Maqola va videodan iqtibos:” O’zbekistonning AJB YIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YIMsi dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [3,4].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [5].” Iqtibos tugadi.

Men yana maqola va videoda marhum diktator Islom Karimov davridan meros bo’lib qolgan O’zbekiston iqtisodining ko’proq erkin emasligi, siyosiy erkinliklarning juda cheklanganligi va korruptsiya darajasining juda yuqoriligi asosiy sabablar ekanligi ta’kidlab o’tgandim.

Maqola va videodan yana iqtibos:”Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[6].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [7].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[8].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [9].

O’z o’zidan iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan, siyosiy erkinmas, korruptsiya bo’yicha dunyoning eng korruptsiyalashgan 20 mamlakati qatorida bo’ldan [9] O’zbekistonda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar AJB YIM (GDP per capita) va AJB SOP (sotib olish pariteti) (PPP per capita) ham o’ta iqtisodi qoloq mamlakatlardek bo’ladi?!”. Iqtibos tugadi.

O’zbekistonda ishbilarmonlar va tadbirkorlar partiyasi O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O’zLiDeP) 2003 yildan beri faoliyat olib boradi. Partiya yetakchisi: Maxamatjon Ahmedovich Ahmedjanov. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi.

Bu partiyaning qonunchilik palatasida 52 a’zosi deputat maqomida faoliyat ko’rsatadi. Eslatib o’tmoqchiman, Oliy Majlisda 250 deputat, Quyi palatada 150, senatda 100 deputat faoliyat olib boradi. [10].

Marhum diktator Islom Karimov 2007 va 2015 yillarda va joriy prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yilda O’zLiDeP tomonidan prezidentlikka nomzod etib ko’rsatilgan.[11,12].

Biroq, bu partiya 16 yillik faoliyati davomida biron marta O’zbekiston iqtisodi ko’proq erkin emasligi, siyosiy erkin emasligi, eng yomonlarning yomoni bo’lgan 13 mamlakat qatorida ekanligi va O’zbekiston korruptsiya botqog’iga botib qolganligi haqida lom mim demagan. O’zbekistonning iqtisodi o’ta qoloqligi haqida ham churq etmagan.

Partiya o’z nomi bilan liberal-demokratik partiyadir, ya’ni liberal va demokratik qadriyatlar uchun kurashishi kerak. Lekin, bu partiya liberal, demokratik qadriyatlar uchun kurashmaydi. Marhum diktator Islom Karimovni olqishlash bilan band bo’lgan. Hozirgi kunda prezident Shavkat Mirziyoyevni olqishlayabdi.

O’zbekistonda xususiy mulk emas, davlat mulki hukmron!

O’zbekistonda erkinlik, demokratiya yo’q!

Erkin, demokratik saylovlar yo’q!

Mustaqil sud tizimi yo’q!

Mustaqil parlament yo’q!

Siyosiy muxolifat yo’q!

Siyosiy raqobat yo’q!

Internet erkin emas, erkin matbuot yo’q!

O’zLiDeP bularni bilmaydimi?! Bilsayam,bilmasayam O’zLiDePning liberal,demokratik g’oyalar uchun kurashmasligi uning siyosiy savodsizligini ko’rsatadi.

Na iqtisodiyy,na siyosiy erkinlik bo’lmagan O’zbekistonda 28 yildan beri avval marhum diktator Islom Karimov, hozirda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan erkin,demokratik jamiyat quramiz deb safsata sotilganini,sotilayotganini O’zLiDeP bilmaydimi, O’zbekiston xalq demokratik partiyasi bilmaydimi, O’zbekiston adolat sotsial demokratik partiyasi bilmaydimi, O’zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi bilmaydimi, O’zbekiston ekologik partiyasi bilmaydimi?!

Qolaversa, O’zbekiston vatandoshlari, O’zbekiston jamiyati bilmaydimi?

Nahotki, O’zbekiston jamiyati shunchalik siyosiy savodsiz bo’lsa?!

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bo’yicha O’zbekiston erkin, demokratik mamlakat. [13].

2-modda.

Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.

13-modda.

O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.

Real hayotda esa marhum diktator Islom Karimov davrida shafqatsiz, zulmkor va mustabid diktatura o’rnatilgan edi, prezident Shavkat Mirziyoyev davrida esa iqtisodi ko’proq erkinmas, siyosiy erkinliklar cheklangan va korruptsiya botqog’iga botgan avtoritar rejim.

Nahotki, O’zbekiston jamiyati DXX,o’zbek militsiyasining va propogandaning iskanjasidan chiqib keta olmasa?!

Nahotki, o’zbek muxolifati dohiylari Abdurahim Po’latov ( Birlik xalq harakati partiyasini va oldin shu nomdagi harakatni 30 yildan beri boshqarib kelyabdi), Muhammad Solih ( Erk demokratik partiyasini 29 yildan beri, O’zbekiston xalq harakatini 8 yildan beri boshqarib kelyabdi), Bahodir Choriyevlar ( Birdamlik xalq demokratik partiyasini va oldin shu nomdagi harakatni 15 yildan beri boshqarib kelyabdi) demokratik partiya va harakatlarda yetakchilar 5,10 yilda almashib turishlarini bilishmasa?!

Nahotki, o’zbek jamiyati o’ta siyosiy savodsizligicha qolaveradi?!

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

1-mart, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. O’ta iqtisodiy qoloqlik?! (2019). 22.02.2019. ( http://oz.hrsu.org/archives/1020 ).

2. O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. O’ta iqtisodiy qoloqlik?! (2019). Video. 23.02.2019. ( http://oz.hrsu.org/archives/1022 ).

3. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

4. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

5. 7. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

6. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

7. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

8. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

9.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

10. Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi.

( https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_liberal_demokratik_partiyasi ).

11.Shavkat Mirziyoyev. Wikipedia.

( https://en.wikipedia.org/wiki/Shavkat_Mirziyoyev ).

12. Islam Karimov. Wikipedia.

( https://en.wikipedia.org/wiki/Islam_Karimov ).

13. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

Ey O’zbekistonliklar, erkin, farovon yashashni xohlaysizlarmi?

$
0
0

O’zbekiston.Qanday qilib iqtisodiy, siyosiy erkinliklarga erishish kerak?! (2019).

Men oldingi maqolam va videolarimda O’zbekistonning iqtisodi o’ta qoloqligini va bu qoloqlikdan chiqib ketish uchun mamlakatda korruptsiya darajasini keskin kamaytirish zarurligiga to’xtalib o’tgan edim.

Korruptsiya darajasini keskin kamaytirish uchun iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichini va siyosiy erkinlik ko’rsatkichini keskin oshirish lozim.

Chilida Avgusto Pinochet (1974-1990), Qirg’izistonda Asqar Akayev (1990-2005), Gurjistonda Mixael Saakashvili (2004-2013) iqtisodiy va siyosiy erkinlik ko’rsatkichlarini keskin oshirishga erishgandilar. Qozog’istonda Nursulton Nazarboyev iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichini keskin yaxshilashga erishdi.

Ayniqsa Mixael Saakashvili va Singapurni 1959-1990 yillarda boshqargan Li Kuan Yu (Lee Kuan Yew) larning korruptsiyaga qarshi kurashib erishgan muvaffaqiyatlari tahsinga sazovordir.

Lekin, afsuski prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda iqtisodiy va siyosiy erkinlik ko’rsatkichlarini keskin oshirish va natijada korruptsiya darajasini keskin kamaytirishga erishish uchun aytarli tuzuk islohotlarni amalga oshirmayabdi.

O’zbekistondagi 5 ta qo’g’irchoq partiyalar o’z o’zidan bu yo’nalishdagi ishlarga noloyiq. Muxolifatdagi Birlik xalq harakati partiyasi, Erk demokratik partiyasi va Birdamlik xalq demokratik partiyasi esa siyosiy kuchga ega emas.

Unda nima qilish kerak?

Iqtisodiy va siyosiy erkinlik ko’rsatkichlarini oshirish yo’lida jahonda juda ulkan tajriba to’plangan. O’zbekistonliklar bu tajribani o’rganib mamlakatda qo’llashlari lozim bo’ladi.

Amerikalik siyosatshunoslik bo’yicha olim (political science), fuqaroviy qarshilik va zo’ravonliksiz kurash bo’yicha yirik mutaxassis Jin Sharp (Gene Sharp) insoniyatning erkinlik uchun kurash yo’lidagi tajribasini o’rganib o’zining mashhur “Diktaturadan- demokratiyaga” (From dictatiship to democracy) nomli ajoyib asarini yozgan. Bu asarda zo’ravonliksiz kurashning 198 usuli bayon qilingan. [1,2].

Birdamlik harakatining asoschisi va rahbari Bahodir Choriyev Jin Sharp bilan uchrashgan, uning roziligi bilan asarni o’zbekchaga o’girishni moliyalashtirgan. 2004-2014 yillarda Bahodir Choriyev Birdamlik halq harakatining yetakchisi edi, hozirgi kunda Bahodirxon Turkiston Birdamlik xalq demokratik harakati partiyasining dohiysi. [3,4].

Endi Jin Sharpning zo’ravonliksiz kurashning 198 usulini bayon qilishga o’taman.  198 usulning hammasiga to’xtab o’tishning imkoni ham yo’q, bunga zarurat ham yo’q.  To’la o’rganishni xohlaganlar Jin Sharpning “Diktaturadan demokratiyaga” nomli asarini google orqali topib o’rganishlari mumkin.  [1].

Zo’ravonliksiz norozilik va ishontirish usullari.

1.Ommaviy chiqishlar;

2.Norozilik yoki qo’llab-quvvatlash xatlari.

10.Gazeta va jurnallar;

11.Magnitofon yozuvlari, plastinkalar, radio, TV, internet (internetni men qo’shdim).

31.Ayrim shaxslarni “izma-iz ta’qib qilish”;

32.Rasmiy shaxslar ustidan kulish.

48.Norozilik mitinglari;

49.Maskirovkalangan norozilik mitinglari;

50.Seminarlar.

61.Ijtimoiy voqealar boykoti;

62.Talabalarning ish tashlashlari.

76.Umummilliy iste’molchilik boykoti;

77.Xalqaro iste’molchilik boykoti;

78.Ishchilar boykoti.

88.Qarz yoki foyizlarni to’lashni rad etish;

89.Jamg’armalar va kreditlarga nisbatan talabchanligini oshirish.

97.Norozilik yuzasidan ish tashlash;

98.Tez tarqash (“yashin tezligida ish tashlash”).

101.Majburiy mehnatdan bo’yin tovlash;

102.Mahbuslarning norozilik chiqishlari.

107.Birdamlik uchun ish tashlashlar.

122.Qarshilik ko’rsatishga chorlovchi adabiyot va ma’ruzalar.

128.Hukumat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan tashkilotlarning boykoti.

138.O’tirgan holda ish tashlash.

159.Ochlik e’lon qilish.

164.Transportdan tushmaslik.

176.Yo’llarni to’sib qo’yish.

194.Maxfiy agentlarni fosh qilish.

198.Ikki marta suverenitetga erishish va parallel hukumatni tashkil etish.

O’zbekistonda piketlar o’tkazish, mitinglar, ayrim tashkilotlarda, korxonalarda ish tashlash, ochlik e’lon qilish, shikoyatlar yozish, intervyular berish kabi norozilik bildirishning zo’ravonliksiz usullari keng tarqalgan, katta tajriba to’plangan. [5,6,7,8]. Lekin, O’zbekistondagi eng katta kamchilik mustaqil kasaba uyushmalarining, aholining ayrim guruhlarining huquqlarini himoya qiluvchi mustaqil tashkilotlarning yo’qligidir.

Masalan fermerlarning huquqlarini, xotin-qizlarning huquqini, yoshlarning huquqini, talabalarning huquqini, nogironlarning huquqini, hayvonlarning huquqini, ekologiyani himoya qilish va hokazo huquqlarni himoya qiluvchi mustaqil tashkilotlarning yo’qligidir.  Mustaqil tashkilotlar sifatida inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va Birlik Xalq Harakati partiyasi, Erk Demokratik partiyasi, O’zbekiston Xalq harakati, Birdamlik Xalq Demokratik partiyasi kabi tashkilotlar faoliyat yurityapti, lekin bu tashkilotlar ommaviy norozilik namoyishlarini, boykotlarni, ish tashlashlarni va ommaviy fuqaroviy bo’ysunmaslik kabi aksiyalarni o’tkazish salohiyatiga ega emas.

O’zbekiston vatandoshlarining eng katta kamchiligi davlatdan mustaqil inson huquqi tashkilotlari, kasaba uyushmalari, partiyalar, harakatlar tuzishga intilishning o’ta sustligi va mustaqil tashkilotlarga a’zo bo’lishga intilishning yo’qligidir.

Diktator va avtoritar rejimlar fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy huquqlari, erkinliklarini cheklab zo’ravonlik, propaganda bilan mamlakatni boshqarib korruptsiyon sxemalar orqali boylik orttiradilar.

Fuqarolar diktatorga qarshi ommaviy noroziliklar uyushtirishganda diktatorlar hokimiyatdan ayrilmaslik uchun o’zlarini turlicha tutadi.

Masalan, Nicolae Chaushesku ( Nicolae Ceaușescu ) Ruminiyada (1989)va Muammar Kaddafi Liviyada (2011) ommaviy noroziliklarni bostirish uchun namoyishchilarni o’qqa tutishga buyruq beradi. Ikkala diktator ham norozilar tomonidan o’ldiriladi.

Qirg’iziston prezidenti Qurmanbek Bakiyev (2010)va Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich(2014) namoyishchilarni o’qqa tutishga buyruq beradi. Yuzlab namoyishchilar o’ldiriladi.

Ikkisi ham mamlakatni tashlab qochishga majbur bo’ladi.

Qirg’iziston prezidenti Asqar Akayev (2005) esa namoyishchilarni o’qqa tutmaslikka buyruq beradi. U o’zining prezidentlik amalini bir namoyishchining hayotidan ustun qo’ymaydi. Qoyil, Asqar Akayev!

Biroq, 1989 yildagi ommaviy norozilik namoyishlarida Xitoy kommunistik partiyasi rahbarlari namoyishchilarni shafqatsiz tanklar va o’qqa tutishlar bilan bostiradilar.

Marhum diktator Islom Karimov ham 1992 yilda talabalarning ommaviy norozilik namoyishini shafqatsiz bostiradi. Ikki talaba o’ldiriladi.

2005-yilning 13-mayida diktator Andijon shahrida 10 minglab norozilik namoyishiga chiqqan namoyishchilarni ayovsiz o’qqa tutishga buyruq beradi. 1000 lab namoyishchilar o’ldiriladi.

Marhum diktator Islom Karimov davridagi, 1989-2016 yillardagi norozilik aktsiyalari bo’yicha men yozgan [5,6,7,8] maqolalardan ko’proq ma’lumotlar olishingiz mumkin.

Marhum diktator Islom Karimovning qizlari Gulnora Karimova va Lola Karimova-Tillayevalar korruptsiya yo’li bilan O’zbekistonning milliardlab AQSH dollarida pullarini o’marib chet ellarga olib chiqib ketishgan.

Tojikiston, Iroq va Suriya kabi mamlakatlarda esa ommaviy norozilik namoyishchilarini o’qqa tutish va buning oqibatida namoyishchilarning ham qo’llariga qurol olishi 10-100 minglab insonlarning o’limiga, mamlakatning honavayron bo’lishiga olib keldi.

Eng maqbul yo’l tinch, zo’ravonliksiz norozilik namoyishlariga yo’l berish, hokimiyat tomonidan kuch ishlatmaslik, o’q otmaslik.

O’z o’zidan shunday savol tug’iladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ommaviy norozilik namoyishlariga qanday munosobatda bo’ladi?

Maqolaning oxirida O’zbekistonning AJB YIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YIMsi dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [9,10].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolganligini eslatib qo’ymoqchiman.  [11].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

8-mart, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Джин Шарп.ДИКТАТУРАДАН ДЕМОКРАТИЯГА. Озод қилишнинг концептуал асослари.( https://www.aeinstein.org/wp-content/uploads/2014/07/FDTD-Uzbek1.pdf ). 58-бет.

2. Жин Шарп. Диктатурадан демократияга.(http://muxlis.at.ua/kitoblar/Huquq/d.pdf).

3. Bahodirxon Turkiston-o’zbek muholifatining yosh dohiysi! O’zbekiston vatandoshlari dohiylarning orqasidan podadek ergashib yurishni bas qilishlari kerak. 16.11.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/918 ).

4. Bahodirxon Turkiston-o’zbek muholifatining yosh dohiysi! O’zbekiston vatandoshlari dohiylarning orqasidan podadek ergashib yurishni bas qilishlari kerak. Video. 17.11.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/921 ).

5. Абдужалил Бойматов.10-ДОКЛАД О СВОБОДЕ СОБРАНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ.

( https://huquqbon3.wordpress.com/2010/11/11/10-%D0%B4%D0%BE%D0%BA%D0%BB%D0%B0%D0%B4-%D0%BE-%D1%81%D0%B2%D0%BE%D0%B1%D0%BE%D0%B4%D0%B5-%D1%81%D0%BE%D0%B1%D1%80%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D0%B9-%D0%B2-%D1%83%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA%D0%B8%D1%81%D1%82/ ).

6. А.Бойматов: Ненасильственное сопротивление репрессивной политике правительства Узбекистана.15.04.2014. (http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1082010240).

 7. А.Бойматов: Узбекистан: обзор ненасильственного сопротивления за 2004 год, 11.01.2005, (http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1105445400).

8. Abdujalil Boymatov: O’zbeklarning ommaviy norozilik chiqishlari nega ko’paymoqda?! 15.03.2016. ( http://oz.hrsu.org/archives/490 ).

9. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

10. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

11.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

 


O’zbekiston. Havoning ifloslanishi nega juda yuqori?! (2019).

$
0
0

AirVisual tashkiloti 2018 yil uchun dunyo mamlakatlarida havoning ifloslanishi bo’yicha hisobotni, ma’ruzani (report) ochiqladi. [1].

Bangladesh 97,10 ball bilan dunyoning havosi eng ifloslangan mamlakati.

1. Bangladesh, 97,10;

2. Pokiston, 74,27;

3. Hindiston, 72,54;

12. Xitoy, 41,17;

16. O’zbekiston, 34,30;

20. Qozog’iston, 29,80;

31. Turkiya, 21,90;

65. AQSH, 9,05;

71. Avstraliya, 6,82;

72. Finlyandiya, 6,57;

73. Islandiya, 5,05.

Dunyoda Jahon sog’liqni saqlash (WHO) tashkiloti havoning ifloslanish ko’rsatkichi 0 dan 10 ballgacha bo’lgan joyda yashashni tavsiya etadi.

Shu jihatdan olganda Islandiya, Finlyandiya, Avstraliya va AQSH mamlakatlari Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga javob beradi.

Bangladesh (97,10), Pokiston (74,27) va Hindiston (72,54) kabi mamlakatlarda yashash sog’liq uchun zararli (unhealthy).

O’zbekistonda yashash uchun sharoit esa mo’tadil (moderate).

Men O’zbekistonning 73 mamlakat qatorida sanab o’tilishi katta yutuq deb bilaman.

Toshkent shahri esa dunyodagi eng havosi ifloslangan shaharlar qatorida

34,3 ball bilan 311 o’rindan joy olgan. [2].

1. Gurugram, 135,8, Hindiston;

2.G’oziobod, 135,2, Hindiston;

3. Faisalobod, 130,4, Pokiston;

311. Toshkent, 34,3, O’zbekiston;

487. Qoramoy, 25,2, Xitoy;

546. Warshawa,24,2, Polsha;

611. Milan, 22,1, Italiya;

634. Istambul, 21,7, Turkiya;

712. Anqara, 19, Turkiya;

1993. Moskva,10,01, Rossiya;

2100. Saransk, 9,6, Rossiya;

2144. Chikago, 9,4, AQSH.

Yuqorida havosi eng ifloslangan shaharlar Gurugram (135,8), G’oziobod (135,2) kabi Hindiston shaharlarida va Pokistonning Faysalobod (130,4) shahrida yashash sog’liq uchun zararli (unhealthy).

Toshkent shahrida yashash uchun sharoit esa mo’tadil (moderate).

Rossiyaning Saransk (9,6) va AQSHning Chikago (9,4) shaharlarida yashash Jahon savdo tashkilotining tavsiyasiga mos keladi.

O’zbekistonda havoning juda yuqori ifloslanganligi juda tabiiy. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi, har qadamda oyoq osti qilinadi.

1. O’zbekiston vatandoshi huquqi oyoq osti qilinsa o’z huquqini sud tizimi orqali himoya qila olmaydi. Mustaqil sud tizimi yo’q;

2. Hokimiyatni erkin, demokratik saylovlarda almashtira olmaydi. Erkin, demokratik saylovlarning o’zi yo’q;

3. Siyosiy raqobat yo’q. Chunki siyosiy kuchga ega muxolifat yo’q.

4. Erkin ommaviy axborot vositalari yo’q. Erkin internet yo’q, internet tezligi past.

O’zbekistonda vatandoshlar siyosiy erkinliklardan mahrum qilingan bo’lsa, ular qanday qilib o’zlarining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik huquqlarini himoya qila olishsin?!

Bunga yaqqol misol Orol ekologik fojeasi.O’zbekistonda chinorlarga qiron keltirildi,daraxtlarga qiron keltirilyabdi. Yaylovlar ham keskin o’t o’lansiz yerlarga aylanish havfi ostida. O’zbekiston vatandoshlari jim.

O’zbekistonning ekologik holatini yaxshilash o’ta mushkul. Chunki, O’zbekistonda fuqarolik jamiyati juda kuchsiz,yo’q hisobi. Iqtisodiy erkinliklar, siyosiy erkinliklar cheklangan jamiyatda fuqarolik jamiyati oyoqqa tura olmaydi, rivojlana olmaydi.

Marhum diktator Islom Karimov tuzgan O’zbekiston ekologik harakati esa, 2019 yildan boshlab prezident Shavkat Mirziyoyev qayta o’zgartirgan O’zbekiston ekologik partiyasi shu paytgacha chinorlar qirg’in qilinganda lom mim demagan edi. Endi daraxtlar qirg’in qilinmoqda, churq etmayabdi.

O’zbekiston ekologik partiyasi asosan 2 maqsadda tuzilgan:

1. Chet eldan kelayotgan yordamlarni, grantlarni, hukumat grantlarini o’zlashtirish uchun tuzilgan, aslo havoning ifloslanishini kamaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilash uchun emas.

2. O’zbekistonda go’yoki demokratiya rivojlanayabdi, erkin,demokratik saylovlar o’tkaziladi degan soxta tasavvurni O’zbekiston va dunyo jamoatchiligida shakllantirish.

Biroq, dunyo jamoatchiligi O’zbekistonning qanday mamlakat ekanligini, O’zbekistonda siyosiy,iqtisodiy erkinliklar chegaralanganligini, jamiyat korruptsiya botqog’iga botganligini yaxshi biladi.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[3].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [4].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[5].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolganligini eslatib qo’ymoqchiman.  [6].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

15-mart, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. World most polluted countries 2018 (PM2.5). 14.03.2019. ( https://www.airvisual.com/world-most-polluted-countries ).

2. World most polluted cities 2018 (PM2.5). 14.03.2019. (https://www.airvisual.com/world-most-polluted-cities ).

3. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

4. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

5. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

6.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

 

O’zbekiston. Vatandoshlar xorlanish, xo’rlanish va zorlanishlardan xalos bo’la oladilarmi?! (2019).

$
0
0

O’zbekistonda 2019 yilning 12 martida badiiy bo’rttirib aytilganda shu paytgacha ko’z ko’rmagan, quloq eshitmagan voqea bo’lib o’tdi.

Men avvallari Ozodlikdan iqtiboslar keltirar edim, lekin bu safar to’la maqolani bayon qilaman. Mana bu maqola.

Andijonlik tadbirkor hokimga qip-yalang‘och yechinish bilan norozilik bildirdi.

12 mart kuni Andijon viloyat, Asaka tuman markazidagi Najmiddin Kubro ko‘chasida joylashgan Paynet budkasini buzish​ talabi bilan Asaka shahar hokimi ​kelgan paytda​ do‘koncha egasi biznesini saqlab qolish uchun norozilik tariqasida qip-yalang‘och bo‘lib yechinib¸ yo‘lga yotib oldi. [1].​

Voqea guvohlaridan biri bu haqda Ozodlikka xabar qilarkan, do‘konchining O‘zbekistonda hozircha ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan norozilik aksiyasi aks etgan suratni ham jo‘natdi.

Shunday voqea sodir bo‘lgani va suratning haqiqiyligini mahalliy hokimiyat va huquq tizimida ishlovchi bir-biridan mustaqil mulozimlar tasdiqladi.

Voqea guvohining Ozodlikka aytishicha¸ o‘z noroziligini "yechinib yotvolish" orqali ifoda qilgan tadbirkor yigit¸ bu ishni kiyimlarini shoshmasdan¸ bemalol yechish orqali amalga oshirgan.

Voqea guvohining Ozodlikka aytishicha¸ o‘z noroziligini “yechinib yotvolish” orqali ifoda qilgan tadbirkor yigit¸ bu ishni kiyimlarini shoshmasdan¸ bemalol yechish orqali amalga oshirgan.

Asaka shahar hokimi Xursandbek Yo‘ldoshev Ozodlik bilan suhbatda¸ shaharda noqonuniy qurilishlarni buzish jarayoni borayotganini e’tirof etgani holda¸ bunday voqea bo‘lganini inkor etishga urindi.

Mahalliy huquq tizimi mulozimi¸ Najmiddin Kubro ko‘chasidagi bu voqeaning ichki ishlarda ro‘yxatga olinmagani¸ budka egasining bu harakatidan dovdirab qolgan hokimiyat rasmiylari norozilikni bosdi-bosdi qilayotganini bildirdi.

Ozodlik hozircha budka egasining o‘zi bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lmadi.

Norozilik aksiyasi

12 mart kuni Asaka markazidagi Najmiddin Kubro ko‘chasida sodir bo‘lgan g‘ayrioddiy voqea haqida Ozodlikka xabar bergan mahalliy tadbirkor¸ uni oilasini boqish uchun ertayu kech ishlayotgan kichik tadbirkorning hokimiyat tazyiqiga noroziligi deb atadi:

O‘sha kuni Asaka shahar hokimi Xursand hoji, yerda yotkan akaning Paynet (Paynet) budkasini oldiraman¸ deb kelgan mahal shu holat bo‘lgan. Bu yigit ruhan sog‘lom¸ hokimga sen budkamni buzdirib meni “yechintirmoqchi” bo‘lsang¸ mana men o‘zim hammaning oldida yechinib qo‘yaqolaman”¸ demoqchi bo‘lganda!”

Ozodlikka bu suratni yuborgan asakalik tadbirkorga ko‘ra¸ oldirish talab qilingan budka oldida telefon ushlab turgan shaxs¸ hokimlik mulozimidir.

Ozodlikka bu suratni yuborgan asakalik tadbirkorga ko‘ra¸ oldirish talab qilingan budka oldida telefon ushlab turgan shaxs¸ hokimlik mulozimidir.

Ozodlik bilan ismini ochiqlamasdan gaplashgan Asaka hokimiyat tizimidagi mulozim¸ 12 mart kuni Asaka tuman hokimining 1-o‘rinbosari¸ Asaka shahar hokimi Xursandbek Yo‘ldoshevning boshqa bir tadbirkordan tushgan ariza bo‘yicha Najmiddin Kubro ko‘chasidagi Paynet budkasiga borganini bildirdi:

Bilishimcha¸ shu ko‘chadagi do‘kon egalaridan biri Paynet budkasi mening do‘konimni to‘sib qo‘ydi¸ deb rasman ariza topshirgan. Hokim shu shikoyat bo‘yicha bu budkani oldirish uchun borgan. Qandaydir janjal chiqipti¸ deb eshitdimku¸ lekin shaxsan men bu voqeani ko‘rganim yo‘q”.

Asakalik tadbirkor¸ Paynet budkasining shu ko‘chadagi 21-do‘kon oldida ekani va uni ko‘chirtirish talabi ham shu do‘kon egasidan chiqqanini bildirdi:

Bu odam mahalliy boylardan. Paynet budkachasi ostanovkaning shundoqqina yonida. Zo‘r joy – oldida Asaka bank¸ Milliy bank, roddom¸ DXX idorasi bor. Shuni oldirib tashlasam¸ boyvachcha do‘konchi dolya beradi¸ degan shekilli bular. Rasmga qarang¸ gavjum ko‘chaning chorrahasida¸ pul tushadigan joy. Bular juda yaxshi biladi kimning boshini og‘ritishni”.

Matbuotga ma’lumot berish vakolati yo‘qligi bois¸ shaxsini ochiqlamaslik sharti bilan voqeaning ayrim tafsilotlarini qo‘shimcha qilgan Asaka tuman huquq-tartibot tizimida ishlovchi mulozim¸ 12 mart kungi “g‘ayritabiiy norozilik aksiyasi”ning hech qaerda ro‘yxatga olinmaganini bildirdi:

Bu yigit bemalol yechinib¸ yerga yotib olgan. Shahar hokimi 200 foiz o‘sha joyda bo‘lgan. Bu hududga qaraydigan uchastkovoy kelib¸ tushuntirish ishlari o‘tkazgan. Yechingan yigitga yaxshi gapirgan. Hokim janjal kattalashishidan qo‘rqib¸ qochib ketgan. Lekin bu holat hokim aralashgani uchun hech qaerda registratsiya bo‘lmagan”.

Ozodlik manbalari¸ janjalni yopish urinishi sifatida hokim Paynet budkasini oldirish talabidan hozircha voz kechganini aytdi.

Bu suratni yuborgan asakalik tadbirkor¸ uning 15 mart kuni olingani va so‘z borayotgan Najmiddin Kubro ko‘chasidagi Paynet do‘koninining 15 mart kuni ishlayotganini bildirdi.

Bu suratni yuborgan asakalik tadbirkor¸ uning 15 mart kuni olingani va so‘z borayotgan Najmiddin Kubro ko‘chasidagi Paynet do‘koninining 15 mart kuni ishlayotganini bildirdi.

Shu ko‘chadagi chinorlar kesildi¸ lekin budka bugun (15 mart) ham joyida turipti¸ ishlayapti. Qo‘rqib ketgan bular. O‘zbekistonda norozilik sifatida yechinib yotvolishning birinchisi bo‘ldi bu. Bu sensatsiya prezidentga yetib borsa¸ anchasining kallasi ketishi mumkinda!” dedi Ozodlik gaplashgan mahalliy mulozim.

Hokim raddiyasi

Ozodlik 12 mart kungi voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida 15 mart kuni Asaka shahar hokimi Xursandbek Yo‘ldoshevning o‘zi bilan bog‘landi.

Asaka shahri bo‘ylab noqonuniy qurilgan ¸ kadastr hujjati bo‘lmagan ob’ektlarning buzilayotganini bildirgan hokim¸ Najmiddin Kubro ko‘chasidagi Paynet budkasini oldirish talabini ana shu jarayonning bir qismi sifatida tushuntirdi.

Ayni paytda¸ 12 mart kuni bu do‘kon egasi bo‘lgan tadbirkorning mazkur talabga norozilik tariqasida qip-yalang‘och bo‘lib yechinganini mutlaq inkor qildi.

Bunday voqea umuman bo‘lmagan”¸ degan gapni bir necha marta takrorlagan Yo‘ldoshev¸ Ozodlikning “Bo‘lmaganmi¸ yoki bundan sizning xabaringiz yo‘qmi?” degan savoliga:

– Men shahar hokimi sifatida bunaqa voqea bo‘lsa¸ undan xabar topgan bo‘lardim. Umuman bo‘lmagan¸ deb javob berdi.

Hozirgi texnologiya taraqqiy qilgan zamonda bunday voqeani bekitib bo‘lmasligini ta’kidlay boshlagan hokim¸ Ozodlikning qip-yalang‘och yerga yotib olgan yigit suratlarini qanday izohlash haqidagi savoliga javob bermasdan¸ telefonini o‘chirib qo‘ydi.

Raddiya mavsumi davom etadi…

Asakada ro‘y bergan voqea guvohi va uning tafsilotlaridan xabardor mulozimlar¸ Yo‘ldoshevning bunday raddiyasidan ajablanmasliklarini bildirdilar.

Bizdagi muhitni yaxshi bilasizlarku! Rahbarlar ketini yopishni o‘ylaydi videos’yomkasi bo‘lsa ham¸ urmadim¸ so‘kmadim¸ deb tonib turib olishayaptiku! Hokimlar prezidentning himoyasida¸ bularga prokuratura¸ DXX ham tegishga qo‘rqadi hozir”¸ dedi mahalliy huquq tizimida ishlovchi mulozim.

Asakalik tadbirkor esa¸ norozilik tariqasida yechinib yotib olgan do‘konchi ham bu voqea ovoza bo‘lishidan manfaatdor emas, degan fikrni aytarkan, dedi:

Bu bolaning ham ro‘zg‘ori bor. Bitta yechinish bilan o‘zining do‘konini himoya qildi. Paynet budkasi bugun ham ishlayapti¸ o‘zim oldidan o‘tdim. Rahbarlar lavozimini saqlashga harakat qiladi, tadbirkor ham o‘zini himoya qiladi – oila¸ bola-chaqasi bor! Paynet do‘koni kerakku! Shunga bu xabar chiqishi bilan¸ ikkala tomon ham¸ “bunaqasi bo‘lmadi”¸ deb dod-voy solsa keragov!”. Maqola tugadi.

Men uzundan-uzun maqolani boshidan oxirigacha iqtibossiz keltirdim.  Sababi, mening bilishimcha O’zbekiston tarixida norozilik bildirishning bu kabi zo’ravonliksiz usuli birinchi marta sodir bo’ldi.  Shu paytgacha yakka shaxslar ko’pincha o’z joniga qasd qilish (o’zini osib qo’yish) yoki o’ziga o’t qo’yish bilan noroziliklarini ifodalab kelar edilar.

Men Google orqali “фермер ўзини ўлдирди” (fermer o’zini o’ldirdi) degan iborani yozib juda ko’p ma’lumotlarni topdim.  Men shu ko’p topilgan ma’lumotlardan faqat 2 tasini foydalanilgan adabiyotlarda keltiraman [2,3] va faqat 1 ta ma’lumotga batafsilroq to’xtalib o’taman.  Shu ma’lumotdan iqtibos: [2] “Jizzax viloyati Do’stlik tumanidagi “S.B” fermer xo’jaligi rahbari “S.B” 6-noyabr kuni o’z joniga qasd qilgan.

O’tgan haftalarda ijtimoiy tarmoqlarda jizzaxlik 33 yoshli fermer bankdan katta miqdorda qarzdor bo’lib qolgani va belgilangan muddatda qarzni qaytara olmagach, o’z do’konida o’zini osib qo’ygani haqida xabarlar tarqalgandi.  Xabarlarda bunga MIB tomonidan fermerning mol-mulki musodara qilingani sabab qilib ko’rsatilgandi.

Jizzax viloyati Do’stlik tumani Navro’z shaharchasida yashagan fermer 33 yashar Sanjar Baratov 7-noyabr kuni o’z omborxonasida osilgan holda topilganidan so’ng, bu voqea yuzasidan tuman prokuraturasi surishtiruv olib bormoqda.  Ozodlik suhbatlashgan fermerning otasi, 58 yashar Rabim Baratovga ko’ra, o’g’li bank kreditini yopolmagani uchun MIB xodimlari mol-mulkni musodara qilish maqsadida uyiga bostirib kirgan va uy egalariga g’ayrinsoniy muomala qilgan.  Kechqurun ishdan kelgan Sanjar Baratov bu voqealarni eshitgandan so’ng o’z joniga qasd qilgan”. Iqtibos tugadi.


Men Google orqali “фермер ўзига ўт қўйди(fermer o’ziga o’t qo’ydi) degan iborani yozgan edim, juda ko’p fermerlarning o’ziga o’t qo’ygani to’g’risida ma’lumotlar kelib chiqdi. Bu ma’lumotlar 2017 yillargacha tegishli bo’lib,2018-2019 yillar uchun yo’q hisobi.Menimcha bunga sabab yangi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq qabulxonalarining, prezident virtual qabulxonasining ochilgani bilan bog’liqdir. Bu ma’lumotlardan 2 tasini foydalanilgan adabiyotlarda keltiraman [4,5] va 1 ta ma’lumotga batafsilroq to’xtalib o’taman.

Ozodlikdan iqtibos:”Xorazm viloyatining Xiva tumanida yashaydigan Xursand Bobojonov tuman ichki ishlar bo’limi binosi oldida o’ziga namoyishkorona o’t qo’ydi. [4].

Bu faktni Ozodlikka tasdiqlagan ichki ishlar mulozimiga ko’ra, haydovchi shu tariqa yo’l xavfsizligi xodimlari uning avtomobilini noqonuniy olib qo’yilishiga qarshi o’z noroziligini bildirgan. Xursand Bobojonov og’ir kuyish jarohati bilan kasakxonaga yotqizilgan. Xiva tumanida istiqomad qiladigan 38 yashar xunarmand Xursand Bobojonov 20 fevral kuni ertalab tuman ichki ishlar binosi oldida ustiga benzin sepib,o’ziga o’t qo’ygan”. Iqtibos tugadi.

Yuqoridagi keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, mamlakat vatandoshlari O’zbekiston hokimiyati tarafidan qattiq tayziqlarga, ta’qiblarga uchragan paytda, adolatsizlikka uchragan paytda sudga murojaat qilmasdan so’nggi chora sifatida o’z joniga qasd qilish yoki o’ziga o’t qo’yish kabi usullarni qo’llashardi va qo’llashyapti.

 Biroq, O’zbekiston vatandoshlari bunday adolatsizliklarga nafaqat O’zbekistonda balki, Rossiya va Qozog’istonda ham ro’baro keladilar. Hammaga ma’lumki, Rossiya va Qozog’istonda millionlab mehnat muhojirlari og’ir sharoitlarda, ya’ni ko’pincha 12-16 soatlab, dam olish kunlarisiz mehnat qiladilar. Lekin ular o’z noroziliklarini qanday ifoda etishni bilmaydilar.  O’z noroziligini ifoda etishning 198 usuli bor. Men Jin Sharpning (Diktaturadan demokratiyaga) nomli asari haqida “Ey o’zbekistonliklar, erkin, farovon yashashni hoxlaysizlarmi?” nomli maqola va videoda batafsil to’xtalib o’tganman. [6,7].

Andijonlik tadbirkor o’z do’konin himoya qilish uchun Jin Sharpning zo’ravonliksiz kurash usulidan 22- kiyimlarini yechish orqali  o’z noroziligini bildirish usulini qo’llagan.

Xulosa shuki, O’zbekiston vatandoshlari o’z shaxsiga, mol-mulki daxlsizligiga hokimiyat organlari tomonidan tajovuz qilinganida o’z huquqlarini zo’ravonliksiz kurashning 198 usulini qo’llab himoya qilishni o’rganishlari kerak.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

22-mart, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Andijonlik tadbirkor hokimga qip-yalang‘och yechinish bilan norozilik bildirdi. 15.03.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29823721.html ).

2. Фермер ўзини осди – МИБ мулкини мусодара қилган 33 яшар фермер ўзини осиб ўлдирди. 21.11.2018. ( https://www.youtube.com/watch?v=j0wWIP2YeV0 ).

3. Банкдан 280 миллион сўмга яқин қарз бўлиб қолган фермер ўзини ўлдирди. Прокуратура ишни текширмоқда. 23.11.2018. (https://kun.uz/news/2018/11/23/bankdan-280-million-sumga-akin-karz-bulib-kolgan-fermer-uzini-uldirdi-prokuratura-isni-teksirmokda ).

4. Хивалик ҳайдовчи ички ишлар биноси олдида ўзига ўт қўйди. 23.02.2017. ( https://www.youtube.com/watch?v=jYh5BmDRbGk&feature=youtu.be ).

5. Тўрткўллик йигит уйи бузилишига норозилик билдириб ўзига ўт қўйди (Видео). 26.09.2017. ( https://www.ozodlik.org/a/uzbek-uzbekistan-uy-joy-muammo-suitsid/28758293.html ).

6. Abdujalil Boymatov. Ey O’zbekistonliklar, erkin, farovon yashashni xohlaysizlarmi? 08.03.2019.

( http://oz.hrsu.org/archives/1034 ).

7. Abdujalil Boymatov. Ey O’zbekistonliklar, erkin, farovon yashashni xohlaysizlarmi? Video. 09.03.2019. ( http://oz.hrsu.org/archives/1036 ).

O’zbekiston. Erkinlik, demokratiyaga yo’l yo’q. (2019).

$
0
0

ЦЕНТР-1 ( Centre1.com ) veb-saytining yozishi bo’yicha 2019-yilning 1-aprelidan boshlab O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston vatandoshlarini shaxsan qabul qilishni boshlaydi. [1].

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulxonasi Toshkent shahrining Qoratosh va Furqat ko’chalarining kesishgan joyida joylashgan. Bu haqda prezident ma’muriyatining Xalq qabulxonasi mudiri Baxtiyor Jamolov xabar berdi. Bu amaldorning aytishi bo’yicha, prezident Shavkat Mirziyoyev navbatga yozilgan vatandoshlar bilan shaxsan uchrashadi va ularning istak va shikoyatlarini eshitadi.

Keyinchalik O’zbekistonlik vatandoshlar bilan uchrashuvlar va prezidentning shaxsan ular bilan suhbati jonli ko’rsatiladi. (onlayn translyatsiya). Baxtiyor Jamolovning aytishi bo’yicha, prezident qabulxonasi joylashgan bino to’la ta’mirlangan. Kerakli video jihozlar bilan ta’minlangan va binoda yana qabulxona va kutish zallari ham joylashgan, hamda teleko’priklar tashkil qilish va o’tkazish uchun hamma sharoitlar yaratilgan.

Binoning eshigida prezident tomonidan vatandoshlarning qabul qilish vaqti hamda respublika hukumatining boshqa rahbarlarining qabul vaqtlari to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan. Hozircha eshik oq mato bilan to’sib qo’yilgan. Baxtiyor Jamolovning aytishi bo’yicha, hozirgi vaqtda prezident qabuli uchun 20 ta vatandoshlarning murojaatlari tanlab olingan.  Prezident Shavkat Mirziyoyev ular bilan shaxsan uchrashadi. [1].

To’g’risini aytganda, bu xabar men uchun kutilmagan bo’ldi.  Men prezident Shavkat Mirziyoyevdan O’zbekiston iqtisodiy va siyosiy, ijtimoiy hayotini liberallashtirishni kutgan edim.  Uning o’rniga mamlakatda shu paytgacha Xalq qabulxonalari, prezident virtual qabulxonasi ishlayotgan edi, lekin bu qabulxonalar O’zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlashga sezilarli hissa qo’sha olmadi.  O’zbekiston vatandoshlari Xalq qabulxonalari va prezident virtual qabulxonasidan adolat izlab borib, lekin shu adolatni topa olmadilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev prezidentligining 3-yilida shu narsa ma’lum bo’ldiki:

1.O’zbekistonda siyosiy muxolifatga, siyosiy raqobatga yo’l yo’q;

2.Mamlakatda davlat mulki hukmron. Iqtisodiy erkinlikka yo’l yo’q;

3.Internet erkin emas. Tezligi past;

4.Erkin demokratik saylovlarga yo’l yo’q;

5.Korruptsiya gullab-yashnaydi;

6.O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloqlikdan chiqib ketishi dargumon.

Mantiqan olganda, prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy erkinlikka yo’l bersa, o’rta sinf shakllanadi, baquvvatlashadi, mamlakat iqtisodini olg’a tortadigan lokomotiv paydo bo’ladi. O’rta sinf fuqaroviy jamiyatning moliyaviy ko’makchisi, zamini bo’lib xizmat qiladi.

Bu yerda ochiqdan ochiq ko’rinib turibdi prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda korrupsiyani tubdan, astoydiy kamaytirmoqchi emas.

Zero,O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [2].

Korruptsiya gullab yashnayotgan mamlakatga halol chet ellik tadbirkorlar investitsiya, sarmoya kiritmaydi. Mamlakat iqtisodi rivojlanmaydi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning AJB YIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YIMsi dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [3,4].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [5,6].

AJB YIM 1,460 AQSH dollari bo’lgan O’zbekiston 10-20 yillar oldin juda qoloq bo’lgan Hindiston (AJB YIM 2,188), Nigeriya (2,244) va hattoki Bangladeshdan (1,882) ham orqada qolib ketdi.


O’zbekiston faqat 40 yildan beri urush bo’layotgan Afg’oniston (AJB YIM 577) va 5 yil fuqarolar urushi bo’lgan Tojikistondan ( AJB YIM 815) oldindaligi bilan faxrlana oladi. [4].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

29-mart, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Президент Узбекистана будет вести прием граждан. 26.03.2019. (https://centre1.com/uzbekistan/prezident-uzbekistana-budet-vesti-priem-grazhdan/ ).

2.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

3. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

4. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

5. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

6. Первый суверенный кредитный рейтинг от Fitch оказался благосклонен к Узбекистану. 21.12.2018. (https://fergana.agency/news/103789/ ).

 

O’zbekiston.  Qancha oltin? Tashqi qarz?  Mehnat muhojirlarining pullari? (2019).

$
0
0

O’zbekiston Markaziy Banki mamlakat tarixida 1-marta 2018-yilda qancha oltin qazib chiqarilgani, 2019-yilda qancha qazib chiqarilishi va necha tonna eksport qilinishi va oltin zahiralari (qazib olinmagan) to’g’risida ma’lumotlarni ochiqladi.  Bu haqda fergana.agency va Ozodlik radiolari Markaziy Bank ma’lumotlari asosida xabarlar berishdi. [1,2].

Ozodlikdan iqtibos: “Markaziy bank 2019 yilda xorijga 80 tonna oltin eksport qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Bu o’tgan yilga nisbatan 10 tonnaga ko’pdir.

Markaziy bank hisobotida aytilishicha, 2019 yilda oltin narxining ko’tarilishi kutilmoqda. 2018 yilda oltin untsiyasining o’rtacha narxi 1268 dollar bo’lgan, joriy yilda esa bu narx 1320 dollar bo’lishi kutilmoqda.

Markaziy bank, oltin bu narxda sotiladigan bo’lsa, davlat xazinasiga 80 tonna oltindan 3 milliard 400 million daromad tushishini bildirdi.

Markaziy bank hisobotida O’zbekiston 2016 yilda 70 tonna, 2017 yilda 80 tonna, 2018 yilda 70 tonna oltin eksport qilgani qayd etilgan. Hujjatda bildirilishicha, o’zbek oltinining asosiy xaridori Shveytsariyadir. O’tgan yili sotilgan oltin qiymati 2 milliard 900 million dollarni tashkil qilgan.

Geologiya va mineral zahiralar davlat agentligining ma’lum qilishicha, 2017 yilda O’zbekistonda 90 tonna oltin qazib olingan edi. Ayni paytda bu ko’rsatkichni yiliga 120 tonnaga yetkazish rejalashtirilayotgani to’g’risida xabarlar berilgan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekistonda oltin zahirasi 6 ming tonnani tashkil etadi.

Markaziy bank 2019 yilning 1 fevral holatiga ko’ra, mamlakat oltin-valyuta zahirasi 27,3 milliard dollar ekanini, uning 14,57 milliard dollarini monetar oltin tashkil qilishini bildirgan”. Iqtibos tugadi.

O’zbekiston hududida Buxoro amirligi davrlarida, SSSR davrida oltin qazib chiqarilgan, O’zbekiston mustaqil bo’lganidan beri ham oltin qazib chiqarilmoqda.  Menda O’zbekistonning oltin qazib chiqarish bo’yicha dunyodagi o’rni, oltin zahirasi bo’yicha (gold reserves) dunyodagi o’rnini bilishga qiziqish uyg’ondi.

Men Google orqali bu qiziqishimga javob topdim.

Wikipediyada “Gold reserve. 2019” [3] maqolasida dunyodagi oltin zahiralari (gold reserves), quyma oltin bo’yicha eng ko’p oltin zahirasiga ega bo’lgan 20 ta mamlakat keltirilgan.  Bu keltirilgan ma’lumotlar 2019-yilning martiga tegishli. Bu ma’lumotlarga ko’ra O’zbekiston 342,1 tonna oltin zahirasiga ega bo’lib dunyoda 14-o’rinni egallagan.

1.AQSh, 8,133.5 tonna;

2.Germaniya, 3,369.7 tonna;

3.Italiya, 2,451.8 tonna;

10.Hindiston, 607.0 tonna;

13.Qozog’iston, 353.3 tonna;

14.O’zbekiston, 342,1 tonna;

20.Belgiya, 227.4 tonna. [4].

LAWRIEONGOLD websaytining “World Top 20 Gold 2018-Countries, Companies and Mines” maqolasida (bu maqola 2019-yilning 1-aprelida chop etilgan) O’zbekiston 2018-yilda 92 tonna oltin qazib chiqarib, dunyoda 12-o’rinni egallagan.  [5].

1.Xitoy, 404 tonna;

2.Avstraliya, 315 tonna;

3.Rossiya, 297 tonna;

..

11.Braziliya, 97 tonna;

12.O’zbekiston, 92 tonna;

15.Qozog’iston, 68 tonna;

20.Kongo Demokratik respublikasi, 45 tonna.[5].

Qolgan mamlakatlar 728 tonna.

Dunyo bo’yicha 2018-yilda 3503 tonna oltin qazib chiqarilgan.  [5].

Shu maqolaning 2-jadvalida (table 2) Top 20 Mining Companies 2017/2018 (tonnes) jahonda eng ko’p oltin qazib chiqargan 20 ta kompaniyalarning ro’yxati keltirilgan.  Ro’yxatda Navoiy kon metallurgiya kombinati 2018-yilda 64,7 tonna oltin qazib olib dunyodagi 20 ta kompaniya orasida 9-o’rinni egallagan.

1.Newmont mining, 158,7 tonna;

2.Barrick Gold, 140,8 tonna;

3.AngloGold Ashanti, 105,8 tonna;

9.Navoi MMC, 64,7 tonna;

20.Glencore, 31,2 tonna.

3-jadvalda jahondagi 20 ta eng katta oltin konlari keltirilgan.  (Table 3 World’s 20 largest gold mines 2018 (Production in tonnes)).

Bu jadvalda O’zbekistondagi Muruntov (Muruntau) 2018-yilda 61,5 tonna oltin qazib chiqarib dunyoda 2-o’rinni, Zarafshon oltin koni esa 30 tonna oltin qazib chiqarib 7-o’rinni va Qirg’izistondagi Qumtor oltin koni 16,6 tonna oltin qazib chiqarib 18-o’rinni egallagan.

Fergana.agency vebsaytining yozishi bo’yicha O’zbekistonning tashqi qarzi 2018-yilda 9,5 foizga oshgan, ya’ni, 1,5 milliard AQSh dollariga.  2019-yilning 1-yanvariga ko’ra tashqi qarzning umumiy miqdori 17,3 milliard AQSh dollari [6]. Tashqi qarzning oshishi asosan davlat sektoriga to’g’ri kelgan, xususiy sektorda esa aksincha $ 977 millionga kamaygan.

Keyingi muhim ma’lumot esa Rossiyadagi mehnat muhojirlarining O’zbekistonga yuborgan pul o’tkazmalari haqida. [7].

Ozodlikdan iqtibos: “Rossiyadan O’zbekistonga jismoniy shaxslar yuborgan pul o’tkazmalari miqdori 2018 yili 3 milliard 963 million AQSH dollarini tashkil etgan va bu ko’rsatkich 2017 yilga nisbatan 1,4 foizga ko’pdir.

Bu haqda O’zbekiston Markaziy banki ma’lumot tarqatdi.

Rossiya O’zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan yuborilayotgan pul miqdori bo’yicha hamon birinchilikda qolmoqda.

33 millionlik O’zbekistondagi mehnatga layoqatli aholining qariyb 20 foizi xorijda ishlayotgani va mehnat muhojirratidagi O’zbekistonliklar 85 foizining esa aynan Rossiyada ishlayotgani aytiladi”.Iqtibos tugadi. [7].

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston oltin zahirasi bo’yicha 342,1 tonna bilan dunyoda 14- o’rinni egallagan.  O’zbekistonning oltin zahirasi bo’yicha dunyoda 14- o’rinni egallaganligi menda faxrlanish tuyg’usini uyg’otadi, lekin millionlab o’zbekistonlik mehnat muhojirlarining Rossiya, Qozog’iston, Janubiy Koreya, Turkiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida ish izlab, sutkasiga 12 soatlab, dam olish kunlarisiz, og’ir sharoitlarda  ishlab Rossiyadan $ 4 milliard va dunyoning boshqa mamlakatlaridan $ 1 milliardan ko’proq, jami 2018- yilda $ 5 milliarddan ko’p pul jo’natganligi bu faxrlanish hissini yumshoq qilib aytganda yo’qqa chiqaradi.

O’zbekiston tashqi qarzining $ 17,3 milliard ekanligi, ya’ni, bu tashqi qarzni 33 million kishiga bo’lganda taxminan har bir kishiga $ 500 ga teng ekanligi har bir o’zbekistonlik vatandoshning kayfiyatini tushirib yuboradi. Xususiy sektorga tegishli 7,2 milliard tashqi qarzni hisobga olsak O’zbekiston vatandoshlari davlat sektoridagi 10,1 milliard tashqi qarzni to’lashi lozimligi kelib chiqadi. Faqat davlat sektoriga tegishli tashqi qarz har bir vatandoshga tahminan 300 AQSH dollari to’g’ri keladi.

Bu ma’lumotlarga yana O’zbekistonning YAIM (Yalpi Ichki Mahsuloti) 2018- yilda $51,339 milliard [10] bo’lganini qo’shsak, pastga tushib ketgan kayfiyat g’azabga aylanadi.

Chunki, O’zbekiston 30 yil davomida minglab tonna oltin eksport qilib, 20 yil davomida mehnat muhojirlari $100 milliardlab pul jo’natganini, yana gaz va uran eksport qilib, paxta tolasi va tekstil mahsulotlari eksportidan tushgan foydalar hisobiga va hamda Orol dengizining qariyb qurib bitishi, chinorlar va daraxtlarga qiron keltirilib, natijada bor-yo’g’i Yalpi ichki mahsulotning $51,339 milliard ekanligi insoniyat oldidagi kechirib bo’lmaydigan jinoyatdir.

Zero, O’zbekistonning 2018 yilda YAIM bor yo’g’i 51,339 milliard AQSH dollari [10], birgina Toyota kompaniyasiniki $ 265,172 milliard( dunyoda 6-o’rinda), Volkswagenniki $ 260,028 milliard (dunyoda 7-o’rinda), Appleniki $ 229,234 milliard(dunyoda 11-o’rinda), Samsung Electronicsniki esa $ 211,940 milliard (dunyoda 12-o’rinda) daromad ko’rganini hisobga olsak,ahvolning nihoyatda ayanchli ekanligi ayon bo’ladi.[11].

O’zbekiston iqtisodining o’ta qoloqligi men avvalgi maqola va videolarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek mamlakatda korruptsiya ko’rsatkichiining o’ta past darajada ekanligidir.

Zero,O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [8].

Korruptsiya gullab yashnayotgan mamlakatga halol chet ellik tadbirkorlar investitsiya, sarmoya kiritmaydi. Mamlakat iqtisodi rivojlanmaydi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YIMsi dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [9,10].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [12,13].

AJB YIM 1,460 AQSH dollari bo’lgan O’zbekiston 10-20 yillar oldin juda qoloq bo’lgan Hindiston (AJB YIM 2,188), Nigeriya (2,244) va hattoki Bangladeshdan (1,882) ham orqada qolib ketdi.


O’zbekiston faqat 40 yildan beri urush bo’layotgan Afg’oniston (AJB YIM 577) va 5 yil fuqarolar urushi bo’lgan Tojikistondan ( AJB YIM 815) oldindaligi bilan faxrlana oladi. [10].

O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik ko’rsatkichlari ko’tarilmas ekan,korruptsiya ko’rsatkichi ko’tarilmaydi, mamlakat iqtisodiyoti o’ta qoloqlikdan chiqa olmaydi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

5-aprel, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Хорижга ўтган йилга қараганда ўн тонна кўпроқ олтин сотиш режалаштирилмоқда. 02.04.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29856008.html ).

2. Узбекистан увеличит объем экспорта золота. 01.04.2019. (https://fergana.agency/news/106270/ ).

3. Gold reserve. 2019 ( https://en.wikipedia.org/wiki/Gold_reserve ).

4. Dr.Top.10. Top 20 Economies by Gold Reserves 2019.

( https://www.youtube.com/watch?v=osPDlcJqXCs ).

5. World Top 20 Gold 2018 – Countries, Companies and Mines. (https://lawrieongold.com/2019/04/01/world-top-20-gold-2018-countries-companies-and-mines/ ).

6. ЦБ Узбекистана отчитался о росте внешнего долга на $1,5 млрд. 21.03.2019. ( https://fergana.agency/news/106253/ ).

7. Россиядаги ўзбек муҳожирлари 2018 йили ватанига қарийб $4 миллиард пул жўнатди. 02.04.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29856538.html ).

8.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

9. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

10. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

11. TOP 10 Most Profitable Companies in the World in 2019. (https://fxssi.com/top-10-profitable-companies-world ).

12. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

13. Первый суверенный кредитный рейтинг от Fitch оказался благосклонен к Узбекистану. 21.12.2018. (https://fergana.agency/news/103789/ ).

 

O’zbekiston. Mulk daxlsizligi?! Bosh vazir va tuman hokimining zo’ravonligi.(2019).

$
0
0

O’zbekistonda Bosh vazir va tuman hokimi zo’ravonligini ko’rsatuvchi 2 voqea bo’lib o’tmoqda. Bu voqealar prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy va siyosiy islohotlarining xo’jako’rsinga, yuzaki ekanligini ko’rsatadi.

1-voqea. Dang’ara tumani hokimi Saidmurod Aminov zo’ravonligi. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashtirilgan “To‘lqin Dang‘ara Ravnaqi” fermer xo‘jaligining 37,5 gektar yeri¸ “100 gektardan kam”¸ degan asosda boshqa fermerga qo‘shib berildi.

Fermer xo‘jaligi rahbari 69 yashar Murodjon Mamadalievning Ozodlikka aytishicha¸ buning ortidan dalasi va pishloq ishlab chiqarish sexidagi 30 nafar odam ishsiz qolgan¸ Germaniyadan keltirib, 160 boshga yetkazgan zotli mollari taqdiri xavf ostida qolgan.

Ozodlik bog‘langan Dang‘ara tuman hokimi Saidmurod Aminjonov bu muammo o‘rganilib, ijobiy hal qilinishini bildirdi.

Murodjon Mamadaliev 1994 yilda o‘zi boshqargan sovxoz fermasini auksionda yutib olib, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan “Zilola” xususiy fermer xo‘jaligi tashkil qilgan va unga chorva ozuqasi uchun 61 gektar yer berilgan.

2009 yilda fermer sutni qayta ishlab, pishloq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va o‘ndan ortiq odamni ish bilan ta’minlagan.

2016 yilda 150 bosh qoramoli borligiga qaramasdan o‘sha paytdagi Dang‘ara tumani hokimi Sh. Abdusalomov qarori bilan qisqarib-qisqarib 37,5 gektarga tushib qolgan yer paxta, g‘alla ekish uchun davlat zaxirasiga qaytarilgan.

Mamadaliev yana tenderda o‘z yerini yutib olib, “To‘lqin Dang‘ara ravnaqi” fermer xo‘jaligini tashkil qilgan va g‘alladan bo‘shagan yerga takroriy ekin ekib, chorvachiligini rivojlantirgan.

“Planlar doim 100 bo‘lgan!”

Ozodlik bilan suhbatda Murodjon Mamadaliev ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tashkil etib, g‘alla va paxta rejasini ham doim ortig‘i bilan bajarib kelganini aytadi.

Mamadaliev ta’kidicha¸ 2019 yil yanvar oyidagi maqbullashtirishga oid hukumat qarori chiqishi ortidan o‘z yeri biror rasmiy hujjat taqdim qilmasdan¸ ogohlantiruvsiz boshqa fermerga qo‘shib berilgan:

– G‘alladan chiqqan somoniyu makka ekib mollarni eplab turgan edik. Maqbullashtirishga kelganida, bilmay qoldik gunohimiz nima ekanligini? Eng ilg‘or fermer bo‘lsam, mablag‘im ham bor, texnikam ham bor, fermam ham bor, 160 bosh qoramolim bor, hech bir joyda oqsab qolgan joyimiz yo‘q. Paxta va g‘allani doim 130-140 qilib bajarib kelgan bo‘lsam. Hokim bir marta fermaga bosh suqib ko‘rmadiyam, o‘zlaricha qaror chiqarib, boshqa fermerga berib yuboribdi.

Fermerning aytishicha, uning viloyat hokimiga yozgan arizasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan vakil ham kelib ko‘rgan:

– Hozir boshqarmadan javob xati keldi, hammasi to‘g‘ri, e’tirozingiz bo‘lsa boshqa joyga arz qilavering, debdi. Bular menga mana bu yerda noto‘g‘ri ish qilibsan, bu planni bajarmabsan, deb dangal aytib qo‘ya qolsa ekan, men taqdirga tan bersam. Men nima gunoh ish qildim. Men obod qilgan yerlar butunlay sho‘r bosgan edi. Ilgari u joyga sovxoz paxta ekmas edi. Paxta bo‘lmasdi u yerda. Men go‘ng solaverib, u yerni odam qildim. Hozir 50 sentnerdan paxta beradi o‘sha yerlar. 25 yil davomida yetti hokimni ko‘rdim. Birortasiga pand berganim yo‘q. Mana bu hokim esa indamay yerni tortib olayapti.

Zotli mollarni Germaniyadan keltirgan edim

Murodjon Mamadaliev yeri tortib olinishi ortidan Germaniyadan keltirilgan zotli mollari taqdiri mavhum qolayotganini aytadi:

– Bundan o‘n yil oldin Germaniyadan 12ta bo‘g‘oz sigir olib kelgan edim. Hozir shular 160ta bo‘ldi. Hammasi bir zotdan, qora-ola. Ilgari bedapoyalarimiz bor edi, har bir sigir 15 litrgacha sut berardi. Hozir esa 7-8 litrga tushib qoldi. Chunki bedazorlar endi yo‘q, somonga kepak aralashtirib beryapmiz. Bu rahbarlar mollarning uvoliga qoladi.

Pishlog‘imiz “xodovoy” tovar

Fermer agar yeri qaytarib berilmasa, zotli mollarini sotishdan boshqa iloji qolmasligini aytadi:

– 2009 yilda pishloq ishlab chiqaradigan sex tashkil qildik. O‘zimizning va boshqa fermalardan sut keltirib qayta ishlaymiz. Butun viloyat bo‘yicha hamma do‘konlarda bizning pishloq bor. Eng xodovoy tovar. O‘ndan ortiq odam ham ishsiz qoladigan bo‘ldi. Boshim qotib qoldi, nima qilishga hayronman. Mollarni sotib yuborishdan boshqa choram qolmadi. Somon g‘aramimizning ham oxiri ko‘rinib qoldi. Eng ichim achigani, mollarga. Kimning qo‘liga tushadi, ahvoli nima bo‘ladi. Toza, bir xil zotli qilib, ko‘paytirayotgan edik. Ikki yilda 400 taga yetardi.

Hokimlardan ham, prokuraturadan ham najot yo‘q

Murodjon Mamadaliev hokimiyat va prokuraturaga qilgan murojaatlari hozirgacha natijasiz qolayotganini aytadi:

– Tumanda ham, viloyatda ham chorvachilik bo‘yicha nechta mutaxassislar o‘tiribdi. Maqbullashtirish komissiyasi a’zolari o‘shalar ham. Bittasi bir narsa demayapti. Tuman hokimi Saidmurod Aminjonovga o‘n martalab bordim. Yerlari olingan fermerlarning birortasini ham yaqinlashtirmaysan, deb aytib qo‘ygan ekan. Uchrashib bo‘lmaydi, u odam bilan. Tuman prokuraturasiga yozdim. Kelib ko‘rishdi, lekin hech narsa bo‘lmadi.

Orqasida tirgovichi bo‘lmaganlar yersiz qoldi”

Ismi sir qolishini so‘ragan dang‘aralik fermerlardan biri maqbullashtirish tadbiridan aksar fermer yersiz¸ ishsiz qolayotgani¸ jarayondan faqat hokim va uning o‘rinbosari manfaat ko‘rayotganini ta’kidladi.

Bizda maqbullashtirishni asosan tuman hokimining qishloq ho‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Mirsodiqov tuman hokimi bilan kelishib o‘tkazdi. Komissiya xo‘ja ko‘rsinga tuzilgandi, deputatlar ham shunaqa! Aziz Mirsodiqovning o‘zi va ko‘plab qarindoshlari, do‘stlari fermerlik qiladi. Maqbullashtirishda A.Mirsodiqovning bironta qarindoshi yerdan mahrum bo‘lmadi. Dang‘arada asosan orqasida tirgovichi yo‘qlarning yeri olindi. Kimniki ortida bironta rahbar, amaldor bo‘lsa, uning yeriga teginilmadi.

Dang‘aradagi maq’bullashtirish davlat foydasiga bo‘lmadi. Bu tadbirda hokimiyat rahbarlarining shaxsiy manfaati aralashgani bois davlat ham, yaxshi fermerlar ham zarar ko‘rdi! Eng qiziq joyi, maqbullashtirishda hokimiyatning o‘zi bir qator fermerlar nomidan yerni zaxiraga qaytarish haqida soxta ariza yozgani bo‘ldi. Bu fakt! Keyin, yana bir qiziq holat bo‘ldi. Avval yeri olib qo‘yilgan ayrim fermerlar, garchi yeri kam bo‘lsa ham, keyinroq yerlarini qaytarib olishdi. Fermerlarning aytishicha, ma’lum haq evaziga ularga yerlarini qaytarib berishgan!”

“Mening qabulimga kelmagan”

Dang‘ara tumani hokimi Saidmurod Aminjonov Ozodlik bilan suhbatda, “To‘lqin Dang‘ara ravnaqi” fermer xo‘jaligi rahbari o‘ziga biror marta murojaat qilmaganini iddao qildi:

– Fermerlar mening oldimga kelishsa, har bittasini qabul qilaman. Iltimos, men bir shug‘ullanay, agar hal qilmasam, keyin boshqa narsa deng. U fermer meni oldimga kelsin. Qabul qilaman. Hammasini gaplashib, aniqlashtirib olamiz, muammo bo‘lmaydi, dedi tuman hokimi Saidmurod Aminjonov.

Ozodlik bu va’da ijrosini kuzatishda davom etadi”. Iqtibos tugadi. [1].

2-voqea.  Bosh vazir Abdulla Aripov zo’ravonligi.  [2].

Ozodlikdan iqtibos:”28 mart kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida toshkentlik investor Muhammadbobur Xo‘jaev qurdirgan yana ikkita uy taqdiri ko‘rib chiqiladi – tuman hokimligi 600 odam yashayotgan ikkita uch qavatli uyni noqonuniy qurilgan degan iddao bilan buzishni so‘ramoqda.

Xo‘jaevning mazkur tumanda qurdirgan 3 qavatli uylaridan biri 2018 yilning 4 noyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov va shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning og‘zaki buyrug‘i bilan buzib tashlangan edi.

Xo‘jaevning Ozodlikka aytishicha¸ bu noqonuniy hatti-harakat haqida matbuotga gapirib¸ DXXga arz qilgani ortidan uning Toshkent shahrida qurdirgan yana besh ob’ekti shahar hokimining og‘zaki topshirig‘i bilan buzishga berilgan.

28 mart kungi sudgacha bo‘lgan jarayonning ma’muriy bosim ostida kechganini ta’kidlagan developer¸ Toshkentdagi qurilish bozorini monopoliyasiga aylantirgan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevni arzon uy qurayotgani uchun o‘zini bu bozordan siqib chiqarayotganlikda aybladi.

Ozodlik gaplashgan Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi bu iddaoni rad qilishga urindi¸ Ortiqxo‘jaev matbuot xizmati esa¸ ish sudda ko‘rilayotgani bois¸ bu haqda izoh berilmasligini bildirdi.

Sudsiz buzishdan sud qarori bilan buzishga o‘tildi.

28 mart kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi tuman hokimligi da’vo arizasini ko‘rib chiqadi.

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Rishton ko‘chasida qurilgan 76- va 97- uylarni “o‘zboshimchalik bilan qurilganlik”da ayblab¸ suddan ularni buzish haqida ajrim chiqarishni so‘ragan.

Bu uylarni qurdirgan xususiy investor Muhammadbobur Xo‘jaev esa¸ uylarning aynan Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi va poytaxtdagi qurilish uchun mas’ul davlat tizimlari ruxsati bilan qurilganini aytadi.

– Bu uylarga 600 odam ko‘chib kirgan¸ hozir ularni ko‘chaga haydab¸ uylarni buzishmoqchi. Bu uylar shaharsozlik qoidalariga mos ravishda qurilgan. Yer¸ loyihalashtirish va qurilish bilan bog‘liq hamma hujjatlarim bor¸ hammasi qonuniy¸hammasiga davlat idoralari qo‘l qo‘ygan¸ tasdiqlagan. Lekin hech kim bunga qaramayapti. Maqsad¸ bu uylarni buzish! Hokimiyat¸ prokuratura va sud ana shu maqsad uchun til biriktirib birga ishlayapti¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda Muhammadbobur Xo‘jaev.

Bu ishni ikki oydan beri o‘rganayotgan Gumanitar huquqiy markazi rahbari Shuhrat G‘aniev¸ Muhammadbobur Xo‘jaev qurdirgan 3 qavatli uyning o‘tgan yil noyabrida buzib tashlanishi bilan boshlangan qonunsizlikning to‘xtovsiz davom etayotganini aytadi.

– Shaxsan bosh vazir Aripov va Toshkent hokimi Ortiqxo‘jaevning mashina ichidan ko‘rsatib¸ mana shu uy yo‘qotilsin¸ degan og‘zaki farmonini bajarishda pulini berib¸ bu uyga kirib yashayotgan odamlarni sudsiz tashqariga chiqarayapti bular. Bu bir. Ikkinchisi¸ sud va ungacha bo‘lgan protsesslarda Muhammadbobur va uning quruvchilariga ham prokuratura¸ ham sud tizimi tomonidan bevosita tazyiq ko‘rsatilayapti va bu bizni xavotirga solayapti¸ deydi huquqshunos G‘aniev.

Xo‘jaev qurdirgan imoratlar nega buzdirilmoqda? Hokim javobi

Ozodlik bu savol bilan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashevga murojaat qildi.

– Bizga noqonuniy yoki o‘zini tartib-qoidasi bilan qurilmagan uylarni buzish haqida GlavAPU(Toshkent arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi nazarda tutilmoqda – tahr.) yoki qurilish bo‘limi tekshirib¸ xulosa beradi. Bizning tumanda faqat Xo‘jaev qurdirgan oltita uy emas¸ balki juda ko‘p boshqa uylar ham buzishga berilgan. Ular ichida xususiy xonadonlar ham¸ ko‘p qavatli uylar ham bor¸ dedi Irgashev.

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Xo‘jaevning¸ “hamma hujjatlarim hokimlik va boshqa davlat idoralari tomonidan qonuniy rasmiylashtirilgan¸ o‘zlari qurishga ruxsat berib¸ endi o‘zlari noqonuniy qurildi¸ deb iddao qilayapti”¸ degan e’tiroziga ham javob berdi:- Hozirgi tartib-qoidaga ko‘ra¸ qurilishlarni hokimiyat rasmiylashtirmaydi¸ bu Yagona darcha orqali o‘tiladi. Bu sporniy masala bo‘lgani uchun¸ faqat sud orqali hal qilinadigan bo‘layapti¸ dedi Ozodlik hokim Shavkatbek Irgashev.

Investor iddaosi

Muhammadbobur Xo‘jaev¸ uch qavatli yangi uyining 2018 yil noyabrida sud qarorisiz buzilishidan boshlanib¸ o‘zi qurdirgan barcha ob’ektlarning hokimiyat tomonidan buzishga berilganini maxsus kampaniyaning bir qismi deb bilishini aytadi.

– Toshkentda eng arzon va sifatli uy-joyni men qurdirayapman. Discover Invest, Murad Buildings uch xonali uyning faqat devorini 150 ming dollarga taklif qilayotgan bo‘lsa¸ men uch xonali uyni¸ remonti bilan¸ ko‘chib yashashga tappa-tayyor qilib¸ 30 ming dollarga sotayapman. Bu kvartiralarga xaridor juda ko‘p. Men nomlarini aytgan Toshkentdagi eng yirik developerlik shirkatlari¸ bilishimcha¸ shahar hokimi Jahongir Ortiqxjaevga qarashli¸ yoki u bilan sheriklikda ishlaydi. Bular uy-joy bozorini monopoliya qilib¸ menga o‘xshagan raqobatchilarni siqib chiqarishayapti. Bor gap shu¸ deydi Muhammadbobur Xo‘jaev. Iqtibos tugadi. [2].

Ц-1 websaytining [3], “Правозащитники – за диалог между бизнесменом и властью в Ташкенте.” nomli maqolada yozishi bo’yicha, Toshkentdagi xususiy quruvchi Muhammadbobir Xo’jayev va poytaxt amaldorlari o’rtasidagi o’zaro mojaroda o’zbekistonlik faollar muloqot o’rnatib yordam berishlari mumkin.

 Buxoro gumanitar huquqiy tashkiloti rahbari Shuhrat G’aniyevning ta’kidlashicha, mojaroda qatnashayotgan tomonlar bir-birlarini o’zaro ayblashdan to’xtab, dasturxon atrofida o’tirib muzokaralarni boshlashlari kerak. Huquqbon Shuhrat G’aniyev bir oydan ortiq vaqt davomida voqealarni rivojini kuzatib kelyapti. Mirzo Ulug’bek tuman hokimi Shavkat Ergashevning talabiga binoan tadbirkor Muhammadbobir Xo’jayev Toshkent shahrining Avayxon ko’chasida militsiya bo’limi uchun bino qurib beradi.  Bu binoning qurilishi uning kelajakda tinchgina ishlashi uchun edi.

Lekin bu bilan ta’magirlik tugamadi (vimogatelstva). Hokimning vositachilari militsiya binosi soxta kishilarning nomiga rasmiylashtirishni hoxlab qolishdi. Tadbirkor bunga rozi bo’lmadi va bino qurilishiga sarflangan 150 ming AQSh dollarini qaytarib berishni talab qildi, lekin pul qaytarib berilmadi.

Biroq 2018-yilning 4-noyabr kuni militsiya yangi qurilgan binosining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.  Tantanali marosimda tuman hokimi Shavkat Ergashev, shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jayev va O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovlar qatnashishdi.

Keyinchalik, tadbirkor Muhammadbobir Xo’jayev va amaldorlar o’rtasidagi mojaro yanada yuqori pog’onaga ko’tarildi. Toshkent shahri hokimyatidagilar tadbirkorning sifatsiz qurilgan binolari haqida film olishyapti.  Filmda bu binolarda yashovchi kishilar gulqog’ozlarning ko’chib tushayotgani, devorlardagi yoriqlar, xonalarning kichikligidan shikoyat qilishmoqda.

Navbatdagi tasvirga olish 9-aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug’bek tumani, Qorasuv massivi, Rishton ko’chasi 110-uyda bo’lib o’tgan.  Biroq, Xo’jayevning Ц-1ga aytishi bo’yicha, bu uyning unga hech qanday aloqasi yo’q. Tadbirkorning aytishi bo’yicha, bunday filmga olishlar 1-marta bo’layotgani yo’q.

Yana 7-aprel kuni tadbirkor Xo’jayevning mashinasini poytaxtning Chilonzor tumanida 2 oynalari qoraytirilgan nomersiz mashinalar qo’qqisdan to’sgan.  Mashinadan 5 erkak chiqib kelib, tadbirkorga o’z biznesi uchun kurashni to’xtatishni va ommaviy axborot vositalariga boshqa murojaat qilmaslikni do’q-po’pisa bilan talab qilishgan. Agar tadbirkor talabga bo’ysunmasa uni jismoniy yo’q qilishlarini aytgan.

Tadbirkor Muhammadbobir Xo’jayev bilan hokimiyat o’rtasidagi mojaroni faqat fuqaroviy jamiyat vakillarining aralashuvi bilan hal qilinishi mumkin.  Lekin, mojaroda qatnashuvchi tomonlar buni hoxlashadimi deydi Ц-1. [3].

Yuqoridagi 2 voqeadan, ya’ni Dang’ara tuman hokimi Saidmurod Aminjonov va O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning zo’ravonliklaridan menda 3 fikr tug’ildi.  

1-fikr.  Dang’ara tuman hokimi Saidmurod Aminjonov va O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining shaxs daxlsizligiga tegishli 19 va 25-moddalarini qo’pol ravishda oyoq osti qilishyapti.  [4].

19-modda

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o’zaro bog’liqdirlar.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas.

25-modda.

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.

Yuqoridagi 2 voqealardan yana shu narsa ko’rinib turibdiki, O’zbekiston vatandoshlarining mulk daxlsizligi kafolatlanmagan.  Ularning O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 53-moddasida ko’rsatilgan mulkiy daxlsizligi huquqi ochiqdan-ochiq oyoq osti qilinyapti.

53-modda.

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

2-fikr.  Dang’ara tuman hokimi Saidmurod Aminjonov va O’zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning zo’ravonligi,mamlakatda ijroiya hokimiyati, qonun chiqaruvchi hokimiyat, sud hokimiyatining mustaqil emasligini ko’rsatadi.  Shu jumladan mamlakatda ommaviy axborot vositalari erkin emasligini, kuchli fuqaroviy jamiyat va baquvvat o’rta sinf shakllanishi uchun sharoit yaratilmaganligini ko’rsatadi.

3-fikr.  Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy, siyosiy islohotlari xo’jako’rsinga, yuzakiligini ko’rsatadi.  Ya’ni, Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy, siyosiy islohotlari mamlakatda iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik va korruptsiya ko’rsatkichlarining sezilarli oshishiga olib kelmaydi.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[5].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [6].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[7].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [8].

Korruptsiya gullab yashnayotgan mamlakatga halol chet ellik tadbirkorlar investitsiya, sarmoya kiritmaydi. Mamlakat iqtisodi rivojlanmaydi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YIMsi dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [9,10].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [12,13].

AJB YIM 1,460 AQSH dollari bo’lgan O’zbekiston 10-20 yillar oldin juda qoloq bo’lgan Hindiston (AJB YIM 2,188), Nigeriya (2,244) va hattoki Bangladeshdan (1,882) ham orqada qolib ketdi.


O’zbekiston faqat 40 yildan beri urush bo’layotgan Afg’oniston (AJB YIM 577) va 5 yil fuqarolar urushi bo’lgan Tojikistondan ( AJB YIM 815) oldindaligi bilan faxrlana oladi. [10].

O’zbekistonda iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik ko’rsatkichlari ko’tarilmas ekan,korruptsiya ko’rsatkichi ko’tarilmaydi, mamlakat iqtisodiyoti o’ta qoloqlikdan chiqa olmaydi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

12-aprel, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Dang‘ara hokimligi Germaniyadan qoramol keltirgan ilg‘or chorvadorni sindirdi (VIDEO). 02.04.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29857302.html ).

2. Investor Toshkent hokimini o‘zini qurilish bozoridan siqib chiqarayotganlikda ayblamoqda. 28.03.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29848158.html ).

3. Правозащитники – за диалог между бизнесменом и властью в Ташкенте. 10.04.2019. ( https://centre1.com/uzbekistan/pravozashhitniki-za-dialog-mezhdu-biznesmenom-i-vlastyu-v-tashkente/ ).

4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

5. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

6. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

7. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

8.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

9. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

10. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

11. TOP 10 Most Profitable Companies in the World in 2019. (https://fxssi.com/top-10-profitable-companies-world ).

12. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

13. Первый суверенный кредитный рейтинг от Fitch оказался благосклонен к Узбекистану. 21.12.2018. (https://fergana.agency/news/103789/ ).

 

Viewing all 153 articles
Browse latest View live