Quantcast
Channel: Maqolalar – O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati
Viewing all 153 articles
Browse latest View live

O’zbekiston. Norozilar ko’payib bormoqda?!( 2019).

$
0
0

O’zbekiston. G’ashlanganlar, g’azablanganlar va norozilik namoyishi qatnashchilari?! (2019).

O’zbekistonda 2018-yilning kuzidan 2019-yilning bugungi kunlarigacha norozilar soni keskin ko’payib bormoqda:

1.Obod qishloq, obod mahalla loyihasi bo’yicha qurib bitirilib, foydalanishga topshirilgan uylarning sifatidan, Toshkent shahrida esa ham sifatidan, ham topshirilgan uylarning to’lovlarini 40 foizgacha oshirib yuborilishidan norozi iste’molchilar;

2.Viloyat va tuman hokimlarining zo’ravonligi tufayli yerlaridan, biznesidan ayrilgan ko’plab fermerlarning noroziligi;

3.Toshkent City va shahar tumanlaridagi Citylar qurilishida uylari buzilayotgan vatandoshlarning va uy-joy qurilishi bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlarning (developerlarning) Bosh vazir va shahar hokimi zo’ravonligidan norozilar.

Bu norozilarni Qozog’istonlik taniqli publisist va muxolifatchi Sergey Duvanov 3 toifaga bo’ladi, yani g’ashlanganlar, jig’i chiqqanlar (недовольные), g’azablanganlar, jahli chiqqanlar ( возмущенные), norozilik namoyishi qatnashchilari (публично протестующие). [1].

Norozilarning bu 3 toifasini O’zbekistondagi bo’layotgan noroziliklar misolida ko’rib chiqamiz.

1. G’ashlanganlar.

Qashqardaryo viloyatining Chiroqchi va G’uzor tumanida namunali uylarga ko’chib kirgan vatandoshlar uylarning sifatsiz qurilganidan, gaz yo’qligidan uylariga pechka qurib olib,pechkada o’tin, yarmi tuproq ko’mir yoqayotganlarini, buning natijasida xonalarning devorlari qorayib ketganligidan, svetning tez-tez o’chib turishidan, uylarning oldidagi yo’laklarning,yo’llarning asfaltlanmaganligidan noliydilar. Ular bunday sharoitda yashayotganliklaridan norozilik aktsiyasi o’tkazishni hayollariga keltirmaydilar. [2].

Dang’aralik fermer Murodjon Mamadaliyev esa shu tuman hokimi Saidmurod Aminjonov tomonidan 37,5 gektar yeridan mahrum qilinganligi, buning oqibatida pishloq tsexida ishlaydigan 30 ishchi ishsish qolgani va Germaniyadan keltirilgan 12 zotli mollari bugungi kunda 160 taga yetgani va bu mollarga yem hashak yetishmayotganidan Ozodlikka dardini to’kib soladi. [3].

Pskentlik fermerlar esa hokimning buyrug’i bilan ularning yerlari va texnikalari sud ajrimi qo’llariga yetib kelmasdan auktsionda arzonga klasterlarga sotib yuborilganidan ular ham Ozodlikka murojaat qiladilar. Bu sotib yuborishlar ularning 14 oyga olgan kreditlarining 6 oy o’tmasdan amalga oshirilganini aytadilar. [4].

Dang’aralik fermer Murodjon Mamadaliyev ham Pskentlik fermerlar ham norozilik aktsiyasi o’tkazishni hayollariga ham keltirmaydilar.

2. G’azablanganlar.

Ozodlikdan iqtibos:”Sergelida norozilik aksiyalari 9 aprel kuni boshlandi. Shu kuni qariyb 60 kishi Prezident devoniga uylar qimmatlab ketganidan shikoyat qilib bordi. Norozilarning iddaosicha, rasmiylar ularni aldab, 3 ta avtobusga solib, Prezident devoni oldidan olib ketgan. [5].

10 aprel oqshomida esa, Sergelidagi Qurilish shtabi oldiga yana odamlar yig‘ildi. Aksiya ishtirokchilaridan birining Ozodlikka aytishicha:

150 dan ortiq kishi shtabning oldida kech soat 6 dan 8 gacha yig‘ilib turdi Hokimlikdan, qurilishinvestdan odamlar, Uy-joy bo‘limining boshlig‘i S. To‘laganov chiqdi oldimizga. Narxda o‘zgarish bo‘lmaydi, deyishdi”.

Sergelida norozilik nimadan chiqqanini Ozodlikning SizdanTelegram kanalida 20 martda e’lon qilingan mana bu qisqa xabardan tushunish mumkin:

Toshkent shahri, Sergeli tumani, 40-uy 63-xonadondan yozmoqdaman. Kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan ko‘p qavatli uylardan birini boshlang‘ich 10 foiz to‘lov bilan oldik. Ammo ko‘chib kelganimizga 3 oy bo‘lmasdan uy narxi 40,1 foizga oshdi. Murojaat qilmagan joyimiz qolmadi, lekin hech qanday o‘zgarish yo‘q. Ehtiyojmand oilalar uchun qurilgan uylar narxini qayta-qayta oshirish to‘g‘ri emas-ku!”

Narxlar nega oshib ketdi?

Sergelidan uy olganlar uchun o‘ta muhim bo‘lgan bu savolga Ozodlik Qurilish vazirligining ismini oshkor etmaslik sharti bilan gapirgan yetakchi mutaxasisidan javob oldi.

Uning aytishicha, narxlar oshishining uch omili mavjud:

birinchidan , 2017 yil 2 sentabrda Prezidentning “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi va natijada qurilish materiallari narxi keskin – 200-300 foizga ko‘tarilib ketdi;

ikkinchidan, 2018 yil 1 yanvaridan boshlab ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishi uchun imtiyozli narxlarda ajratilgan sement va metall mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish tartibi joriy etildi va natijada qurilish materiallari qimmatlab ketdi;

uchinchidan, 2017 yil 1 dekabrdan oylik ish haqi miqdorlari o‘rtacha 15% ga oshdi, shuningdek, 2018 yilda 2017 yilga nisbatan gaz, elektr energiyasi tariflari oshdi, natijada yana qurilish mollari narxlari oshdi. Iqtibos tugadi.

Yana Ozodlikdan iqtibos:”10 aprel oqshomidagi voqealar aks etgan videolarda aholi bilan hokimlik vakillari o‘rtasidagi bahs-munozaralar aks etgan.

Sergeli hokimligida 11 aprel kuni o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha vaziyatni o‘rganish uchun Hukumat komissiyasi tuzishga qaror qilindi.

Komissiyaga bir oy ichida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bank-kredit masalalarini o‘rganish; Qurilish vazirligi bilan esa, qurilgan uylar sifati darajasini o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilash vazifasi yuklatildi”. Iqtibos tugadi. [5,6,7].

Toshkentlik uy-joy qurilishi bilan shug’ullanayotgan tadbirkor (developer) Muhammadbobir Xo’jayevning Mirzo Ulug’bek tumanida qurdirgan uch qavatli uylardan biri 2018-yilning 4-noyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov va shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jayevning og’zaki buyrug’i bilan buzib tashlangan edi.

 Tadbirkor bilan Bosh vazir Abdulla Aripov va shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jayev o’rtasidagi kelishmovchilik juda kuchayib, alangalanib ketdi. Ular o’rtasidagi kelishmovchilik sudlashishgacha va tadbirkor Muhammadbobir Xo’jayevning hokimiyatga tegishli ommaviy axborot vositalarida obro’sizlantirish kampaniyasining boshlanishiga va ya’ni 7-aprel kuni tadbirkorning mashinasini poytaxtning Chilonzor tumanida ikki oynalari qoraytirilgan, nomersiz mashinalar qo’qqisdan to’sishiga , mashinadan besh erkak chiqib kelib, tadbirkorga o’z biznesi uchun kurashni to’xtatishni va ommaviy axborot vositalariga boshqa murojaat qilmaslikni do’q-po’pisa bilan talab qilishgacha borishgan.  Agar tadbirkor talabga bo’ysunmasa, uni jismoniy yo’q qilishlarini aytishgan. [8,9].

Ozodlikdan iqtibos:”15 aprel kuni G‘arb diplomatik vakolatxonalari¸ xalqaro va mahalliy fuqarolik jamiyati vakillari¸ tadbirkor va jurnalistlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda keyingi yillarda o‘zbekistonliklar orasida eng ko‘p e’tiroz va norozilikka sabab bo‘layotgan buzilish va qurilishlar jarayoni muhokama qilindi. [10].

Ishtirokchilarga ko‘ra¸ Mirziyoev davrida Qoraqalpog‘istondan to Andijonga qadar O‘zbekiston hududi ulkan qurilish maydoniga aylangan va bugungi O‘zbekistonda inson haqlari eng ko‘p shu maydonda toptalmoqda.

Oddiy mulkdor va tadbirkorlarning noqonuniy buzilishlar¸ kompensatsiyasiz uyidan haydalishlar haqidagi shikoyatlarini hokimiyat mas’ullari bilan muhokama qilish¸ xalq noroziligiga yechim topish mexanizmlarini birgalikda izlashni maqsad qilgan bu tadbirga birorta hokimiyat vakili kelmadi.

Tashabbuschilarning Ozodlikka aytishicha¸ 15 aprel kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev va Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoeva nomiga yozilgan taklifnoma rasmiy yo‘l bilan topshirilgan¸ ammo ulardan biror bir shaklda javob bo‘lmagan.

Ayni paytda¸ o‘zbek rasmiylari va aksar mahalliy nashrlar kelmagan bu tadbirda AQSh va Chet eI diplomatlari¸ BMTning Xalqaro mehnat tashkiloti namoyandasi¸ Human Rights Watch xalqaro inson haqlari tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili va ayrim xorij matbuoti vakillari ishtirok etdi.

15 aprel kuni Toshkentda o‘tkazilgan tadbir tashabbuschilaridan biri – Gumanitar huquq markazi rahbari Shuhrat G‘anievning aytishicha¸ o‘z tashkilotiga tadbirkor va oddiy o‘zbekistonliklardan tushayotgan shikoyatlarning qariyb 80 foizi¸ aynan buzilishlar bilan bog‘liq:

15 aprel kuni Toshkentda o‘tkazilgan tadbir tashabbuschilaridan biri – Gumanitar huquq markazi rahbari Shuhrat G‘anievning aytishicha¸ o‘z tashkilotiga tadbirkor va oddiy o‘zbekistonliklardan tushayotgan shikoyatlarning qariyb 80 foizi¸ aynan buzilishlar bilan bog‘liq:

– Keyingi uch yil davomida o‘tkazgan monitoring natijasida kelgan xulosamiz shuki¸ qonun buzilish holatlarining 78 foizi aynan buzilishlar bilan bog‘liq. ”Noqonuniy buzilishlar¸ buzilayotgan mulkka mutanosib kompensatsiya to‘lamay turib¸ odamlarni uyidan chiqarib yuborishlar xalq orasida norozilikka sabab bo‘lmoqda. Biz fuqarolik jamiyati shu muammolarni hal qilish uchun mexanizm yaratish maqsadida davlat hokimiyati vakillariga muloqot taklif qildik. Lekin ular bu taklifimizni inobatga ham olmadi.

Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi tadqiqotchisi Stiv Sverdlov¸ O‘zbekistonda so‘z erkinligi maydoni kengayib borayotgan bir paytda¸ oddiy aholi¸ mulkdor va tadbirkorlar haqlarining buzilishi masalasida jiddiy gaplashish vaqti kelganini aytadi:

– Bizga kelayotgan shikoyatlarning ham aksariyati odamlar yashab turgan uy-joylarning ogohlantirishsiz¸ tegishli kompensatsiyasiz buzib tashlanayotgani haqida. Biz gaplashayotgan o‘zbekistonliklar prezidentning gaplari¸ xususan¸ mamlakatni rivojlantirish uchun xorij investitsiyalarini jalb qilish haqidagi bayonotlarini diqqat bilan eshitayotganlarini aytmoqda. Ular davlat hokimiyatidan ana shu gaplariga mas’ul bo‘lish¸ berilayotgan va’dalarini amalga oshirish¸ o‘z haqlari himoyalanishini kutmoqda. Biz bugun davlat hokimiyati¸ fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining xalq talab va istagiga e’tibor qaratishiga umid qilayapmiz. Biz bu borada muammoga echim bo‘lishi mumkin xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz.

Huquq faollari buzilishlar oqibatida mol-mulkidan ajragan oddiy aholi va tadbirkorlar soniga oid aniq raqamlarni to‘plash bilan shug‘ullanayotganlari¸ o‘z surishtiruvlari davomida bu jarayonda odamlarning yurak xuruji va insultdan vafot etganiga oid faktlarni ham o‘rganayotganini bildirdi.

Ozodlikdan iqtibos: “15 aprel kuni Toshkentda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston bo‘ylab qizg‘in borayotgan buzish va qurish jarayonida hokimiyat nomidan yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishlariga yorqin misol tariqasida toshkentlik investor Muhammadbobur Xo‘jaevning Toshkent shahar¸ xususan¸ Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi bilan davom etayotgan kurashi tilga olindi.

O‘zining “hokimiyat tomonidan uyushtirilayotgan muttasil dezinformatsiya kampaniyasi qurboniga aylanganini” ta’kidlagan Xo‘jaev¸ o‘z muammolari haqida xorij axborot vositalari¸ xususan¸ Ozodlikka gapirganidan so‘ng tazyiq va tahdidlarning kuchayganini bildirdi:

– Toshkent shahar hokimi matbuot anjumani o‘tkazib¸ Xo‘jaevni tanimayman¸ lekin u bilan alohida uchrashib¸ gaplashishga tayyorman¸ deb bayonot qilayapti. Lekin meni hokimlik eshigidan ham kiritishmaydi. Men prezidentning chaqirig‘iga ishonib¸ qonun doirasida biznes qildim¸ qonun doirasida belgilandek uy qurdim. Ammo hozir bularning hammasini har xil yolg‘on va aldovlar bilan buzdirib¸ meni qurilish biznesidan chiqarishmoqchi. Janob Ortiqxo‘jaev gaplashishga tayyor bo‘lsa¸ bir tadbirkor va investorga yordam berish niyati bo‘lsa¸ marhamat¸ men saharda bo‘ladimi¸ yarim tundami¸ gaplashishga tayyorman. Lekin ko‘rib turganingizdek¸ shu niyatda uyushtirilgan tadbirga na Ortiqxo‘jaev va na uning vakili keldi.

Toshkent tadbiri ishtirokchilari¸ Muhammadbobur Xo‘jaev kabi mahalliy investorlar sarmoyasi havoga sovurilayotganini ko‘rib¸ qaysi xorij investori O‘zbekistonga pulini olib kiradi¸ degan savolni kun tartibiga qo‘ydi.

Ayni paytda¸ huquq faollari hokimiyat oldiga aholi noroziligini to‘xtatish uchun buzilish va qurilishlar loyihasini bunday hududda yashab-ishlab kelayotgan mulkdorlar bilan oldindan muhokama qilish¸ ular fikriga quloq solish kabi takliflarni qo‘ydi¸ ammo hozircha bu takliflarga ham biror shaklda munosabat bildirilmadi”.  Iqtibos tugadi. [10].

Sergeli tumanidagi norozilar va Muhammadbobir Xo’jayevning noroziligi viloyatlardagi iste’molchilar va fermerlarning noroziligidan keskin farq qiladi.  Iste’molchilar va fermerlarning noroziligini g’ashlanganlar, jig’iga tekkanlar toifasiga qo’shsak, Sergeli tumanidagi norozilar va Muhammadbobir Xo’jayevning noroziligini g’azablanganlar, jahli chiqqanlar toifasiga qo’shamiz.  G’ashlanganlar toifasi oyoq osti qilinayotgan o’z huquq va erkinliklari uchun kurashmaydilar, lekin noroziliklarini ochiq bildiradilar, g’azablanganlar esa oyoq isti qilingan o’z huquq va erkinliklari uchun jon-jahdi bilan kurashadilar.

3.Norozilik namoyishi qatnashchilari.

Uy sifatidan, narxining qimmatlashib ketishidan g’ashlangan, jig’i chiqqan is’temolchilar, Bosh vazir va viloyat, tuman hokimlarining zo’ravonligiga uchragan fermerlar va tadbirkorlar is’temolchilar huquqlarini, fermerlar huquqlarini, tadbirkorlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, sudga va xalq qabulxonalariga murojaat qilib o’z oyoq osti qilingan huquq va erkinliklarini tiklay olmasdan, huquq himoyachilariga, Ozodlikka, BBC, Amerika ovoziga murojaat qilmoqdalar.

O’zbekiston vatandoshlarining huquq va erkinliklari mamlakat konstitutsiyasining 33 va 34 moddalarida kafolatlangan : [11].

33-modda

Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

34-modda.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

O’zbekiston vatandoshlarining siyosiy ijtimoiy faolligi:

1. Kuchli mustaqil inson huquqi jamiyatilari yaratish;

2. Mustaqil kasaba uyushmalari tuzish;

3. Muxolifat partiyalar faoliyatida qizg’in, ommaviy ishtirok etish;

4. Yani vatandoshlar o’rtasida gorizontal aloqalarni mustahkamlovchi fuqaroviy jamiyat qurish uchun norozilik aktsiyalari uyushtirish, qatnashish darajasiga ko’tarishlari kerak.

Shundagina mamlakatda siyosiy,ijtimoiy va iqtisodiy jabhalarda raqobat paydo bo’ladi, rivojlanish bo’ladi.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

19-aprel, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Сергей Дуванов. Работа над ошибками казахстанской оппозиции.15.11.2018. ( https://centre1.com/kazakhstan/sergej-duvanov-rabota-nad-oshibkami-kazahstanskoj-oppozitsii/ ).

2. KunUZ.NAMUNALI UYLAR HAQIDA QASHQADARYOLIKLAR HIKOYASI – CHIROQCHI VA G‘UZOR TUMANLARI MISOLIDA. 29.01.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=iGjWc4jWvwg ).

3. Dang‘ara hokimligi Germaniyadan qoramol keltirgan ilg‘or chorvadorni sindirdi (VIDEO). 02.04.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29857302.html ).

4. Tuman MIBi fermerlardan musodara qilingan 100 dan ortiq traktorni sottirib yubordi. 29.11.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29626746.html ).

5. Бир гуруҳ тошкентлик уйлар нархи ошганига норозилик билдириб, президент девони олдида акция қилди.10.04.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29872873.html ).

6. Norozilar Sergeli hokimligidagi majlisda Bosh vazir bilan murosaga keldi (VIDEO). 11.04.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29875368.html ).

7. АРЗОН УЙ ҚОПҚОНДА: Сергели хақиқатлари! 11.04.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=bM2jR0v9Ark ).

8. Investor Toshkent hokimini o‘zini qurilish bozoridan siqib chiqarayotganlikda ayblamoqda. 28.03.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29848158.html ).

9. Правозащитники – за диалог между бизнесменом и властью в Ташкенте. 10.04.2019. ( https://centre1.com/uzbekistan/pravozashhitniki-za-dialog-mezhdu-biznesmenom-i-vlastyu-v-tashkente/ ).

10. Toshkent hokimi buzilishlar haqida xorij diplomatlari va huquq faollari o‘tkazgan tadbirga kelmadi. 16.04.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29884674.html ).

11. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

 


Vladimir ZelenskiyVladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti etib saylandi. Nasrullo Sayyid esa O’zbekistonga kiritilmadi.(2019).

$
0
0

Ukrainada 2019- yilning 21-aprelida bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida Vladimir Zelenskiy saylovchilarning qariyb 75 foiz ovozini olib joriy prezident Petr Poroshenkoni mag’lub etdi.Vladimir Zelenskiyning kasbi professional siyosatchi emas, aktyor, sstenariy yozuvchi,rejissyor, prodyuser ekanligini hisobga olsak bu voqeaning postsovet respublikalari uchun odatdan tashqari ekanligi yaqqol bilinadi. O’zingiz o’ylab ko’ring marhum diktator Islom Karimov O’zbekistonni 27 yil boshqargan edi.Nursulton Nazarboyev Qozog’istonni 30 yil boshqardi, Vladimir Putin Rossiyani 19 yildan beri boshqarib kelyabdi. Vladimir Zelenskiy esa Ukrainani faqat bir muddat 5 yil boshqarishini aytdi.

Yana Vladimir Zelenskiyning Ukrainaning yettinchi prezidentiligini hisobga olsak, bu prezidentlardan Leonid Kuchmagina (1994-1999, 1999-2005) ikki muddat ya’ni 10 yil Ukrainani boshqargan.   Aleksandr Turchinov esa (2014-yil 23- fevralidan 7-iyungacha) ya’ni to’rt oycha Ukrainani boshqargan. Leonid Kravchuk (1991-94), Viktor Yushenko (2005-2010), Viktor Yanukovich (2010-2014) va Pyotr Poroshenko (2014-2019) lar bir muddatgina Ukrainani boshqarganlar.  Vladimir Zelenskiy ham bir muddat , besh yil Ukrainani boshqarmoqchi. [1,2].

Vladimir Zelenskiy prezident etib saylanishigacha aktyor, stsenariy yozuvchi, prodyusser, KVN ishtirokchisi sifatida tanilib ulgurgan edi.  Ayniqsa “Sluga naroda” (“Xalq xizmatkori”) teleseriali uni butun dunyoga mashhur qildi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Men 51 seriyadan iborat “Sluga naroda” teleserialining 27 ta seriyasini tomosha qildim.  Teleserialda Vladimir Zelenskiy Vasiliy Petrovich Goloborodko ya’ni Ukrainaning prezidenti rolini ijro etgan. Teleserialda Vasiliy Petrovich Goloborodko tarix o’qituvchisidan Ukraina prezidenti darajasiga ko’tariladi.  U prezident sifatida nafaqat yuqori davlat organlaridagi korruptsionerlarga, hattoki, oila darajasida maishiy korruptsiayaga qarshi kurashishiga to’g’ri keladi. Filmning 27-seriyasida Premyer ministr (Bosh vazir) korruptsionerlarning yetakchisi sifatida hibsga olinadi.  Bu film Vladimir Zelenskiyni korruptsiyaga qarshi kurashuvchi sifatida Ukraina xalqi orasida juda mashhur qildi va uning Ukraina prezidenti etib saylanishiga olib keldi. [3].

Shunday film O’zbekistonliklar uchun ham judayam zarur, chunki, O’zbekistonda korruptsiya darajasi Ukrainaga nisbatan ancha yuqori.  Transparency International tashkilotining 2019-yilgi hisobotiga ko’ra, Ukraina 32 ball bilan 180 mamlakat ichida 120-o’rinni egallagan bo’lsa, O’zbekiston 23 ball bilan 158-o’rinni egallagan. [4]. Ukraina xalqi korruptsiyaning taraqqiyotga qanchalik to’sqinlik qilishini anglagan holda, korruptsionerlarga keskin kurashuvchi Vladimir Zelenskiyni prezident etib sayladi.

O’zbekiston xalqi esa korruptsiyaning taraqqiyotga to’siq ekanligini to’liq anglamaganligi uchun ham prezident Shavkat Mirziyoyevni olqishlashda davom etmoqda, korruptsionerlarga qulligidan ozod bo’lishga kurash olib bormayabdi.

O’z-o’zidan shunday savol tug’iladi, nega Ukraina xalqi korruptsionerlarga qarshi kurashuvchi Vladimir Zelenskiyni prezident etib saylashga erishdiyu, O’zbekiston xalqi esa korruptsionerlarga qarshi  kurashuvchi O’zbekiston vatandoshini prezident etib saylashni xayollariga ham keltirmaydi. Sababi, Ukrainada 120 ta siyosiy partiyalar [5], O’zbekistonda esa atigi 5 ta qo’g’irchoq partiya faoliyat ko’rsatadi.

Zero, Freedom House xalqaro tashkilotining Freedom in the World. 2019. hisobotiga ko’ra, Ukraina 60 ball bilan erkin mamlakatlar, O’zbekiston esa 9 ball bilan erkinmas [6], yomonlarning eng yomoniga kiruvchi 13 mamlakatlar qatorida.[7].

Biroq, Ukrainaning  siyosiy erkinlik ko’rsatkichi yuqori 60 ballga teng bo’lsada, uning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 52,3 ball bilan dunyoning 180 mamlakati cihida 147-o’rinni egallaydi.  O’zbekiston esa 53,3 ball bilan 140-o’rinni egallagan. Ya’ni Ukrainaning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichidan ham yomonroq. [8].

Yuqoridagi keltirilgan ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, Ukrainaning siyosiy erkinlik ko’rsatkichining O’zbekistonnikidan yuqoriligi Ukrainadagi korruptsiya ko’rsatkichining yuqoriligiga olib kelgan.

Ukrainaning siyosiy erkinligi ko’rsatkichining (60 ball) yuqoriligi Vladimir Zelenskiyni prezident etib saylanishiga olib kelgan bo’lsa, O’zbekistonning siyosiy erkinligining (9 ball) ko’rsatkichining pastligi muxolifatchi Nasrullo Sayyidning O’zbekistonga kiritilmasligiga sabab bo’ldi.

Muxolifatchi Nasrullo Sayyidning O’zbekistonga kiritilmagani [9,10].

Ozodlikdan iqtibos: ”20 aprel oqshomida Kanadaninng Edmonton shahridan Istanbul orqali Toshkentga uchib borgan O‘zbekiston parlamentining sobiq deputati, muxolifatdagi “Erk” partiyasining faoli Nasrullo Sayyid Islom Karimov xalqaro aeroportida to‘xtatilib, 21 aprel tongida O‘zbekistondan chiqarib yuborildi.

Nasrullo Sayyid Kanada fuqarosidir.

O‘zbekiston prezidenti farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 fevraldan 45 ta mamlakat, shu jumladan Kanada fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilangan.​

O‘zbekistonga kiritilmagani haqda Ozodlikka hozir Istanbulda bo‘lgan Nasrullo Sayyidning o‘zi ma’lum qildi.

Nasrullo Sayyid 13 yildan buyon Kanadada istiqomat qiladi.

12 soatga cho‘zilgan 15 daqiqa

61 yashar Nasrullo Sayyidning aytishicha, Istanbuldan parvoz qilgan samolyot Toshkentga qo‘ngach, uni Islom Karimov nomidagi aeroportning pasport nazoratidan ichkariga o‘tkazishmagan:

– O‘sha yerdagi ofitser pasportimni qo‘liga olganidan keyin, menga bir qaradida, stolidan bir narsalarni izlab, qandaydir ro‘yxatnimi, bilmadim, bir narsani ko‘rdi. Keyin menga qarab: “Chekkaga o‘tib turing”, dedi. Boshqalarni o‘tkazib yubordi. Chekkada turgandim ikki minut o‘tmasdan ikki kishi keldi-da qo‘limdan ushlab: “Aka bu yoqqa yuring, mana bu xonaga kiramiz, siz bilan 15 minutlik suhbat bor” dedi.

Nasrullo Sayyid va’da qilingan “15 daqiqalik suhbat” 12 soatga cho‘zilganini aytdi. Bir soatcha davom etgan dastlabki suhbatdan keyin chegara xodimlari uni aeroport yerto‘lasida joylashgan maxsus xonada tongga qadar ushlab turganlar:

– Bir sovuq xonaga olib kirdi. Xonada bir krovat qo‘yilgan. “Mana shu yerda o‘tirib turasiz, siz bilan suhbat bo‘ladi, dedi .

Nasrullo Sayyidga ko‘ra, xonada ekan, undan Kanadaga nima uchun borgani va nima uchun yana O‘zbekistonga qaytgani haqidagi “bachkana” savollar berilgan:

– Unisi kiradi shunaqa savollarni beradi, bunisi keladi, lekin kimligini ham aytmaydi. Qachon bu savollaringiz tugaydi desam, tepadan buyruq shunaqa, shu yerda o‘tirib turasiz, deydi, – dedi Nasrullo Sayyid.

“Tepadagilar biladi”

Nasrullo Sayyidga ko‘ra, xavfsizlik mulozimlari uni aeroport yerto‘lasida 12 soatdan ko‘proq vaqt davomida ushlab turganlar va so‘ngra yana Istanbulga parvoz qilayotgan samolyotga o‘tkazib, ortga qaytarib yuborganlar:

– Qaerdandir naryad olib kelgan. Milisalar qatooor turibdi. Qo‘llarida pistoletlari bor. Koridorni ichidan meni olib bordi-da meni samolyotga o‘tqazishdi.

Nasrullo Sayyidga ko‘ra, aeroport xodimlari uni O‘zbekistonga kiritmaslik to‘g‘risidagi qarorni “tepadagilar biladi” deya izohlaganlar va uning qo‘liga O‘zbekistonga kiritmaslik haqidagi aktni topshirganlar.

Rus tilida bitilgan aktda Nasrullo Sayyidni O‘zbekistonga kiritmaslik to‘g‘risidagi qaror “Xalqaro fuqaroviy aviatsiya haqidagi Konvensiya”ga 9-ilovaga asosan qabul qilingani aytilgan.

Ushbu ilovaga ko‘ra, bir shaxs o‘zi safar qilgan o‘lka xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lsa, bu o‘lka uni o‘z hududiga kiritmaslik huquqiga egadir.

Nasrullo Sayyid O‘zbekiston parlamentining sobiq xalq deputatidir.

U 1990 yillar boshida muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasining Buxoro viloyat bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

Nasrullo Sayyid 2017 yilda Prezident Mirziyoevdan O‘zbekistonga qaytishga izn berishni so‘ragandi.

O‘shanda Nasrullo Sayyid undan asossiz ravishda O‘zbekiston fuqaroligi olib qo‘yilganini aytgandi.

Uning Ozodlikka aytishicha, 2005 yilda O‘zbekistondan chiqib ketishiga hofiz Dadaxon Hasanning qo‘shiqlarini tarqatgani haqidagi ayblovlar sabab bo‘lgan.

U 2019 yil boshida Kanada fuqaroligini olganini aytadi.

Nasrullo Sayyid O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqani haqidagi maktub bilan Toshkentga safar qilganini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 fevraldan 45 ta mamlakat, shu jumladan Kanada fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilangan”.Iqtibos tugadi. [9,10].

Nasrullo sayyid O’zbekiston mustaqilligi uchun, O’zbekistonda erkin, demokratik, farovon jamiyat uchun kurashgan, o’zbek muxolifatining eng ko’zga ko’ringan vakillaridan biridir.  Shunday taniqli insonning O’zbekistonga kiritilmasligi O’zbekistonni prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi korruptsionerlar va maddohlar boshqarayotganini ko’rsatadi.

Zero, korruptsioner va maddohlarni vatan mustaqilligi, O’zbekiston xalqining erkin, demokratik va farovon jamiyatda yashashi mutlaqo qiziqtirmaydi.  Ular uchun korruptsiya yo’li bilan shaxsiy boylik orttirish, o’z boyliklarini chet ellarga olib chiqib ketish hamma narsadan ham ustundir.

Siyosatchi Nasrullo Sayyid,inson huquqi himoyachilari Mihiddin Qurbonov, Rafiq G’aniyev, jurnalist Galima Buxorboyeva, tadbirkor Bobir Hasanlarning O’zbekistonga kiritilmaganligi va adib,jurnalist,siyosatchi Jahongir Muhammadga O’zbekistonga borish uchun kirish vizasi berilmaganligi va boshqa men bilmagan ko’p viza bermasliklar, O’zbekistonga kiritmasliklar prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda fuqaroviy jamiyatning oyoqqa turishiga, siyosiy muxolifatga,siyosiy raqobatga yo’l berishni hoxlamayotganligini yaqqol, aniq tiniq ko’rsatadi.

Bularga Birdamlik xalq demokratik partiyasining qurultoyini 2018 yilning noyabr oyida Qozog’istonning Chimkent shahrida O’zbekiston va Qozog’iston havfsizlik idoralarining hamkorlikda o’tkazilishiga yo’l qo’ymaganligi va muxolifatchi Safar Bekjon Urganjiyning 2018 yilda O’zbekiston vatandoshligidan chiqarilishi prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy raqobatga,siyosiy muxolifatga toqati yo’qligini yanada ochiqroq,yanada tiniqroq ko’rsatadi.

Bu degani O’zbekistonda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jabhalarda raqobat bo’lmaydi, korruptsiya gullab yashnaydi, mamlakatning o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqib keta olishi katta savol ostida qoladi???

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

26-aprel, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Volodymyr Zelensky. (https://en.wikipedia.org/wiki/Volodymyr_Zelensky).

2. Зеленский, Владимир Александрович. ( https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B5%D0%BB%D0%B5%D0%BD%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B9,_%D0%92%D0%BB%D0%B0%D0%B4%D0%B8%D0%BC%D0%B8%D1%80_%D0%90%D0%BB%D0%B5%D0%BA%D1%81%D0%B0%D0%BD%D0%B4%D1%80%D0%BE%D0%B2%D0%B8%D1%87 ).

3. Слуга Народа – все серии подряд, 1-4 серии комедийного сериала. 02.06.2016. ( https://www.youtube.com/watch?v=_DXc_KyXdiU&fbclid=IwAR1Cw6rukXis7W1MkB5SnuNQlbtzjJJduoXVeZf1GMT9IAWoVaQWdwAjDOo ).

4. Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

5. Ukraine – Political parties. (https://www.nationsencyclopedia.com/Europe/Ukraine-POLITICAL-PARTIES.html).

6. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

7. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

8. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

9. Muxolifat faoli Nasrullo Sayyid O‘zbekistonga kiritilmadi. 23.04.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29897335.html ).

10. BBC Uzbek. Ўзбекистон: Собиқ парламент депутатига нега ватанига киритилмагани сабаби айтилмади. 22.04.2019. ( https://www.youtube.com/watch?v=hy0tbSpbHyA ).

 

O’zbekiston. O’ta korruptsilashgan mamlakatda ta’lim sifatini yaxshilab bo’ladimi?! (2019).

$
0
0

2019-yilning 30-aprel kuni O’zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” farmoni chop etildi.  [1,2].

Ozodlikdan iqtibos: “Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqladi.  “O’zbekiston respublikasining 2030-yilga kelib, PISA (The Programme for Internataional Student Assessment) o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo’yicha xalqaro dastur reytingi bo’yicha jahonning birinchi 30ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishga erishilsin”, deyiladi konseptsiyani tasdiqlash to’g’risidagi farmonda”. Iqtibos tugadi. [1]

Farmondan iqtibos: “30 – aprel 2019

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5538-son Farmoniga muvofiq:

1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:

Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Oʻquvchilarning taʼlim sohasidagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

oʻqitish metodikasini takomillashtirish, taʼlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablagʻ bilan taʼminlashning samaradorligini oshirish;

yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini taʼminlashda maktabdan tashqari taʼlimning zamonaviy usullari va yoʻnalishlarini joriy etish;

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat taʼlim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;

yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

xalq taʼlimi tizimida faoliyat koʻrsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish”. Iqtibos tugadi. [2].

Men Ozodlikda prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim to’g’risidagi farmoni va farmonning o’zi bilan tanishganimdan keyin, hayron bo’ldim, ajablandim va keyin ensam qotdi.  Chunki, men shu paytgacha prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekistonni o’ta iqtisodiy qoloqlikdan olib chiqib ketish uchun, mamlakatda korruptsiya darajasini kamaytirish uchun iqtisodiy va siyosiy islohotlar o’tkazmayotganligini tanqid qilib kelayotgan edim.  Birdaniga kelajakda “kommunizm quramiz”, “O’zbekiston- kelajagi buyuk davlat” kabi shiorlarni eslatuvchi yangi shior paydo bo’libdi deb ensam qotdi.

Bir tomondan ta’lim ko’rsatkichi (Education Index 2015) bo’yicha O’zbekiston dunyoda 58- o’rinni egallagan.  [3]. Dunyoning 30 ta ilg’or mamlakatlari qatoriga qo’shilishga erishsa bo’ladi deb o’yladim.

Lekin, ikkinchi tomondan O’zbekiston 30 yillar davomida o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqib keta olmadi.  Mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilinishiga va korruptsiya darajasini kamaytirishga erisha olmadi. Fikrimning isboti uchun 5 ta dalil (fakt) keltiraman.

1-dalil.  Saida Mirziyoyeva Bo’kaga borishi ortidan o’qituvchilar uyma-uy yurishga majburlanmoqda.  [4].

Ozodlikdan iqtibos: “Prezident Mirziyoev 19 mart kuni o‘tkazgan videoselektorda yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish va ularni kitob o‘qishga qiziqtirishni topshirishi ortidan butun mamlakat bo‘ylab yangi kampaniyaga start berildi.

Turli davlat idoralari va hokimlik mutasaddilari maktablarga borib¸ kitob sovg‘a qilish¸ har xil sport musobaqalariyu kitobxonlar uchrashuvi tashkillashtirishga kirishib ketdi.

Ozodlikka kelgan xabarga ko‘ra¸ Toshkent viloyatida o‘qituvchilar prezident tashabbus ijrosi uchun “tajriba quyonchasi”ga aylangan Bo‘ka tumaniga yuborilib¸ bu yerda uyma-uy yurib ota-onalarni bolasini “o‘zi yo‘q” to‘garaklarga yozdirishga targ‘ib qilmoqda.

Ozodlik bog‘langan Xalq ta’limi vazirligi vakili hozircha bunday jarayondan bexabarligi¸ agar shunday holat bo‘lgan bo‘lsa¸ uning “noto‘g‘ri” ekanini bildirdi.

O‘qituvchilar yana uyma-uy yurishga haydaldi

Ozodlikka Yangiyo‘l shahridagi maktab o‘qituvchilari nomidan yuborilgan murojaatga ko‘ra¸ o‘tgan hafta yuzlab yangiyo‘llik o‘qituvchi asosiy ishi va dam olish kunini qo‘yib¸ 60 km masofadagi tumanga prezidentning yoshlar va xotin-qizlarga oid 5 tashabbusini tashviq qilishga yuborilgan.

Yangiyo‘l shahrida sektor rahbari hokim yana o‘qituvchilarni yakshanba kuni Bo‘ka tumaniga borib¸ uyma-uy yurib, aholini prezidentning 5ta tashabbusi bo‘yicha tashviqot qilishga majburlayapti. Mudir va direktorlar biz o‘qituvchilarni o‘z yonimizdan yo‘l kira qilib Yangiyuldan Bo‘kaga yubordi”¸ deyiladi 28 aprel kuni Ozodlikka yangiyo‘llik o‘qituvchilardan kelgan murojaatda.

Ozodlikka o‘zlari ishlaydigan maktab raqamlarini aytgan bu o‘qituvchilar¸ “hech qaerga chiqmasin¸ hech kimga aytilmasin” deb buyurilgan majburiy mehnat haqida matbuotga gapirgani bois rahbariyat tazyiqiga uchrashdan cho‘chib shaxslari sir qolishini so‘radi.

Ularga ko‘ra¸ 28 aprel – yakshanba kuni Yangiyo‘l shahridagi 11 ta maktabning har biridan kamida 7-8 nafar o‘qituvchi Bo‘kaga borishga majburlangan va bu voqea tepasida shaxsan shahar Xalq ta’limi bo‘limi rahbari Munisa Sultonova turgan”.  Iqtibos tugadi.

Yana Ozodlikdan iqtibos: “Mirziyoevning to‘ng‘ichi otasining 5 tashabbusi ijrosini Bo‘kada kuzatdi

Toshkent viloyati bo‘yicha prezident 5 tashabbusi ijrosi bo‘yicha asosiy e’tiborning shu kunlarda aynan Bo‘ka tumaniga qaratilganini Ozodlik suhbatdoshlari bu tumanga 20 aprel kuni prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoevaning borgani bilan izohladilar.

15 aprel kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarining 1-o‘rinbosari sifatida ish boshlagan Saida Mirziyoeva 20 aprel kuni Facebook sahifasida “prezident Sh.M.Mirziyoevning 5 ta tashabbusini Bo‘ka tumanida joriy qilish bo‘yicha respublika va tuman sektorlari ishchi guruhlari bilan birgalikda belgilangan ishlarni amalga oshirish jarayonida bevosita ishtirok etdim”¸ deb yozdi.

Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar ijrosining o‘zagi sifatida men maktablarni belgilagan bo‘lar edim. Fikrimcha aynan maktablarni 5 ta tashabbus zamirida madaniyat, ma’rifat, sport va kompyuter texnologiyalari o‘chog‘i sifatida belgilab olsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi”¸ deb yozdi o‘z postida prezidentning to‘ng‘ich qizi jumladan”.  Iqtibos tugadi.

2-dalil.  Farg’onalik o’qituvchilar majburiy mehnatdan shikoyat qildi.  [5].

Ozodlikdan iqtibos: “Farg‘ona viloyat ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatining bir guruh o‘qituvchilari internat direktorini 27 aprel kuni maktabda o‘tkazilgan hasharda ularni ishlashga majburlanganini iddao qildi.

O‘qituvchilar da’vosiga ko‘ra, hashar bois dars soatlari o‘tilmay qolgan.

O‘sha kuni dam olishda bo‘lgan o‘qituvchilar ham hasharga majburan chaqirtirilganidan nolishdi.

Maktab-internat direktori Faxriddin Abdukarimov Ozodlik savollariga javob berishni istamadi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mulozimi o‘qituvchilarni hasharda majburiy ishlatish qonunga xilofligini ta’kidladi.

Ozodlikka maktab-internatning bir guruh xodimlari tomonidan bo‘lgan murojaatda ta’kidlanishicha, 27 aprel kuni internat o‘qituvchilari hasharga chiqishga majburlangan:

​“Internatimizda bizni majburiy mehnatga majburlashmoqda. 27 aprel kuni dars vaqtida o‘qituvchi va tarbiyachilar o‘t o‘rish, tuproq tashish, hovli supirish ishlariga jalb qilindi. Direktor Faxriddin Abdukarimov pedagoglarni o‘z vazifasiga kirmagan ishlarni qilishga majbur qildi. Prezidentimiz o‘qituvchilar obro‘sini ko‘tarishga bor imkoniyatlarini ishga solayotgan bir paytda direktorning bu ishini qanday baholash mumkin?”, deyiladi Ozodlikka kelgan murojaatda”.  Iqtibos tugadi. [5].

O’z-o’zidan shunday savol tug’iladi, o’qituvchilarning huquqlarini himoya qilish uchun 2018-yilning iyulida tuzilgan maxsus komissiyaning faoliyati qayerda?  [6].

3-dalil.  3 oyda maktablarda deyarli 11,5 milliard so’m o’g’irlandi.  [7].

Ozodlikdan iqtibos: “Joriy yilning 1-choragida xalq ta’limi vazirligi 1444 ta maktabni tekshirdi va 11 milliard 400 million so’m pul noqonuniy ishlatilganini aniqladi.  Vazirlikning bildirishicha, bu pulning 2 milliard 71 million 700 ming so’mini maktabda ishlamaydigan odamlarga, ortiqcha saqlangan shtat birliklari hamda ishchi xodimlar tomonidan bajarilgan ish hajmlari uchun amalga oshirilgan to’lovlar tashkil qiladi.

4 milliard 276 million 900 ming so’m esa, ortiqcha va qo’shimcha rejalashtirish orqali noqonuniy o’zlashtirilgan.  2 milliarddan ortiq pul noqonuniy tarzda ustama va mukofot tariqasida berilgan.

Vazirlik mazkur holatlar bo’yicha jinoyat alomatlari bo’lgan 190 ta ish huquq-tartibot organlariga topshirilgani va 279 nafar mas’ul shaxsga nisbatan intizomiy chora ko’rilgani, 3 milliard 23 million 400 ming so’m pul davlat byudjetiga qaytarilganini ma’lum qildi.  

2018-yilda Xalq ta’limi vazirligi maktablarda 325 milliard so’m ya’ni 40 million dollardan ko’proq mablag’ noqonuniy o’zlashtirlganini bildirgan edi”.  Iqtibos tugadi. [7].

4-dalil.Kollejdagi korruptsiya.  [8].

Ozodlikdan iqtibos: “Farg’ona.”Biz Farg’ona neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida o’qiymiz. Qandaydir sport jamiyati uchun har bir o’quvchi 14 500 so’mdan pul berishga majburlanayapti. Jismoniy tarbiya o’qituvchisining aytishicha, pul bermasak kollej direktori o’qishdan haydarkan. O’zi yaqindagina majburiy obuna uchun 8 000 so’mdan yig’ib bergandik.

Tadbirga, ko’chatga, yana bir balolarga deb doim pul yig’ishadi. “Yig’di-yig’di” jonga tegdi!”.

( Bu xabar Ozodlikka 5 fevral kuni kelgan.)”. Iqtibos tugadi.  [8].

5-dalil.Surxondaryodagi ko’mir briketi tsexidagi korruptsiya.  [9].

Ozodlikdan iqtibos: “Surxondaryoda mavjud oltita ko‘mir briketi tsexi mahsulot ishlab chiqarmasdan, xomashyoni elab qoplarga joylab maktab¸ bog‘cha va kasalxonalarga briket narxida soxta faktura yozib tarqatgan.

Bu iddao “O‘zbekko‘mir” AJning Surxondaryo viloyatidagi olti omborida ishlagan 71 nafar sobiq ishchi nomidan 12 fevral kuni Ozodlik bilan gaplashgan vakillar murojaatida yangradi.

Bu iddaolarni quvvatlovchi dalil-hujjatlar bilan Surxondaryo viloyat prokuraturasi¸ respublika Transport prokuraturasi¸ prezident portaliga murojaat qilgan “Surxonko‘mir” sobiq ishchilarining o‘zi¸ ularning aytishicha¸ pirovardida jinoyatchiga chiqarilib¸ jazolangan.

Ozodlik gaplashgan ishchilar vakillari¸ “O‘zbekko‘mir”ning birgina viloyatda milliardlab so‘mni tashkil qiluvchi o‘g‘irlik sxemasi tepasida turganlarning jazolanishi¸ o‘zlariga uyushtirilgan tuhmat kampaniyasi to‘xtatilib¸ ishga qayta tiklanishini talab qilmoqda.

Ozodlik bu iddaolarga “O‘zbekko‘mir” rahbariyati va prokuraturadan hozircha rasmiy ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lmadi.

O‘zbekko‘mir”dagi kuldan pul qilish sxemasi

12 fevral kuni Ozodlik suhbatlashgan surxonlik sobiq ko‘mirchilar¸ o‘zlarini “O‘zbekko‘mir” ning yangi mahalliy rahbarlari tomonidan 2018 yil yanvarida birvarakayiga ishdan haydalgan 71 nafar ombor rahbari va xizmatchilari vakillari deb tanishtirdi.

Ozodlikka gapirganlardan biri Rayhon Rahmonova o‘zi va sobiq hamkasblarining ishga tiklanishini talab qilish jarayonida yangi rahbariyat jinoyatlarini ham fosh qilgani uchun jazolanganini aytadi.

Bu jinoyat mohiyati esa nihoyatda jiddiy.

Surxondaryodagi oltita ko‘mir ombori Qarshi birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligi tarkibiga qo‘shilgan. Bu olti omborda 2018 yil ijtimoiy soha ob’ektlari, maktab, bog‘cha, kasalxona, kollejlarning qish mavsumi uchun briket mahsulotlari ishlab chiqarilishi kerak edi. Ammo briket mahsulotlari ishlab chiqarish o‘rniga xom ashyoni elab qoplarga joylab maktab¸ bog‘cha va kasalxonalarga briket narxida soxta faktura yozib tarqatishgan.

1 kg xom ashyo 210 so‘m¸ tayyor mahsulot – briketning kilosi 375 so‘m. O‘rtadagi farq 165 so‘m. Buni bir vagon xomashyoga ko‘paytirsak¸ 165 × 69000 kg= 13 million 385 ming so‘m bo‘ladi. 2018 yili bu olti omborga Angrendan 335 ta vagon xom ashyo kelgan. Endi 13 385 000 ni 335 ko‘paytirsak¸ bitta viloyatda davlatning 4 milliard 483 million 975 ming so‘mi ko‘mir yetkazuvchi rahbarlarining cho‘ntagiga kirayapti. Buni butun O‘zbekiston miqyosiga ko‘chirsangiz¸ dahshatli o‘g‘irlik sxemasini ko‘rasiz”¸ deydi Ozodlik gaplashgan Termiz ko‘mir omborining sobiq mudirasi Rayhon Rahmonova.

Rahmonova va uning sobiq hamkasblari bu jinoyatni fosh etuvchi ma’lumot va dalillarni Surxondaryo viloyat prokurori va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti rahbariga taqdim qilgan.

Viloyat bo‘yicha hamma tuman ijtimoiy soha tashkilotlarining briket ta’minoti departament tezkor guruhi a’zolari bilan o‘rganildi va barcha vajlarimiz o‘z isbotini topdi. Ammo milliardlab byudjet pulini talon-taroj qilganlar ishi yana bosti-bosti bo‘ldi. Ular qolib¸ bizning o‘zimizni jinoyatchiga chiqarishdi»¸ deydi Rahmonova”. Iqtibos tugadi. [9].

Yuqoridagi 5 dalildan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston hokimiyati tomonidan o’qituvchilarning huquqlari hamon oyoq osti qilinmoqda, o’qituvchilar ham korruptsionerlarga qullikdan butun O’zbekiston fuqarolari kabi ozod bo’la olganlari yo’q.  Men shuni eslatib o’tishni lozim topdimki, O’zbekistonda bolalar mehnati, majburiy mehnat keskin kamaygan. Maktab o’quvchilari, oliy o’quv yurtlarining talabalari va tibbiyot xodimlarini paxta terimiga jalb qilish qariyb to’xtatildi.

O’zbekistonda ta’lim sifatini yaxshilash uchun eng katta to’siqlardan yana biri internetning erkin emasligi, tezligining pastligi va internet xizmatining qimmatligidir.  Yana yuqoridagilarga qo’shimcha sifatida, O’zbekistondagi maktabgacha tarbiya, boshlang’ich, o’rta maktab va oliy o’quv yurti o’qituvchilarining maoshlarining dunyoning 30 ta ta’lim tizimi eng ilg’or mamlakatlariga nisbatan juda ham kamligidir.

Xususan, O’zbekistondagi yuqori sinf o’qituvchilarining maoshi bilan dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi o’qituvchilarning maoshlari bilan taqqoslasak:

O’zbekistonda yuqori sinf o’qituvchilari maoshi o’rtacha 125 AQSH dollariga teng, umuman olganda 100-200 AQSH dollari atrofida.[10,11].

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari;

1.Lyuksemburgda yangi ishni boshlagan o’qituvchi bir yilda 80.000 dollarga teng yillik maosh oladi. 15 yil ishlagandan keyin esa 140.000 AQSH dollaridan ham ko’proq yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni bir oylik maoshi 6.600 dollardan boshlanib 12.000 dollardan ham ko’proq bo’lishi mumkin [12].

2.Frantsiyada yangi ish boshlagan o’qituvchi bir yilda 35.000 AQSH dollari, eng ko’pi bilan 60.000 AQSH dollarigacha yillik maosh olishi mumkin. Bir oylik maosh 3.000 AQSH dollaridan 5.000 gacha olishi mumkin.

3.Janubiy Koreyada 30.000 AQSH dollari, ular eng ko’pi bilan 80.000-85.000 yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni oylik maoshi 2.500 dan 7.000 AQSH dollarigacha bo’ladi.

4.Yaponiyada 20.000-23.000 AQSH dollaridan 60.000 AQSH dollari yillik maosh olishi mumkin. Ya’ni oylik maoshi 2.000 dan 5.000 AQSH dollarigacha.[12].

Bir yil davomida o’qituvchilarning maoshlari oshirildi. O’qituvchilarning maoshlarini 2 baravar oshirildi deb olsak ham ($200), O’zbekistonlik o’qituvchilarning rivojlangan mamlakatlardagidek, o’rta sinf (yillik daromadi $10,000-100,000) darajasiga yetish uchun ularning maoshlari yana 4 baravar oshirilishi kerak.

Biroq, O’zbekistonning iqtisodi qariyb 30 yil davomida o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqa olmadi. Darhaqiqat, O’zbekiston iqtisodining o’ta qoloqligi men avvalgi maqola va videolarimda ko’p marta ta’kidlab o’tganimdek mamlakatda korruptsiya ko’rsatkichiining o’ta past darajada ekanligidir.

Zero,O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [13].

Korruptsiya gullab yashnayotgan mamlakatga halol chet ellik tadbirkorlar investitsiya, sarmoya kiritmaydi. Mamlakat iqtisodi rivojlanmaydi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [14,15].

O’zbekistonda shu paytgacha korruptsiya gullab-yashnamoqda, o’rta sinf va fuqarolik jamiyatining shakllanishi uchun hech qanday sharoit yaratilmagan.  Mamlakat vatandoshlariga iqtisodiy, siyosiy erkinliklar berilmayapti. Shu sababli mening fikrimcha, O’zbekiston ta’lim tizimini dunyoning eng ilg’or 30 mamlakati darajasiga ko’tarish oddiygina shiordir.  Bu shiorning taqdiri ham, “kelajakda kommunizmda yashaymiz”, “O’zbekiston- kelajagi buyuk davlat” kabi shiorlarday yakun topadi deb o’ylayman.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

3-may, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Президент Ўзбекистонни таълим сифати бўйича жаҳоннинг илғор давлатига айлантиришга кўрсатма берди. 01.05.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29913773.html ).

2. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. 30.04.2019. ( https://mfa.uz/uz/press/library/2019/04/18800/ ).

3. 2015 Education Index. ( https://en.wikipedia.org/wiki/Education_Index ).

4. Saida Mirziyoeva Bo‘kaga borishi ortidan o‘qituvchilar uyma-uy yurishga majburlanmoqda. 29.04.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29910997.html ).

5. Farg‘onalik o‘qituvchilar majburiy mehnatdan shikoyat qildi. 29.04.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29911001.html ).

6. O‘qituvchilarning huquqlarini maxsus komissiya himoya qiladi. 18.07.2018.

( https://www.ozodlik.org/a/29374407.html ).

7. Уч ойда мактабларда деярли 11,5 миллиард сўм ўғирланди. 24.04.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29900017.html ).

8. ФАРҒОНА – “Коллеж ўқувчилари: “йиғди-йиғди” жонга тегди!” 11.02.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/sizdan-telegram-kollej/29763635.html ).

9. “O‘zbekko‘mir”dagi jinoiy sxemani fosh qilgan sobiq ishchilarning o‘zi jinoyatchiga chiqarildi. 12.02.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29766311.html ).

10. Педагогларнинг таътил пуллари қандай ҳисобланади? 13.05.2017. (http://idum.uz/archives/11394 ).

11. Average monthly salary in Uzbekistan is US$125- Statistics committee. 15.12.2017.

( http://tashkenttimes.uz/national/1814-average-monthly-salary-in-uzbekistan-is-us-125-statistics-committee ).

12. Different Teacher Salaries Around the World. 2017. (https://www.educationdegree.com/articles/teaching-salaries-around-the-world ).

13. Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

14. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

15. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

 

O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev. Siyosiy firibgarlik. (2019).

$
0
0

Oxirgi paytlarda O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida firibgarlik bo’yicha jinoiy ishlar ochmaslik, tergov ishlari olib bormaslik, ichki ishlar profilaktika inspektorlarining maoshlari miqdorining ular undirgan jarimalar miqdoriga bog’liq qilib qo’yilganligi , korruptsioner investorlarga mamlakatga investitsiyalar kiritishga keng yo’l ochilgani va soxta ish o’rinlari yaratishga olib keluvchi yuqoridan buyruqlar paydo bo’lgani haqida xabarlar tez tez yoritilyabdi.

1.Firibgarlik.  Jarimalar. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Ozodlikka murojaat qilgan Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlari¸ ayni paytda¸ oddiy o‘zbekistonliklar¸ ayni kunlarda Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik bo‘yicha tushgan arizalarni rasmiylashtirish to‘xtatilganini bildirdi.

Ular ta’kidicha¸ bu jarayon jinoyatchilik bo‘yicha statistikani kamaytirish maqsadida qilinmoqda.

Ayni paytda¸ profilaktika inspektorlari aholini ma’muriy qonunchilikni buzganlikda ayblab¸ ularni jarimaga tortish bo‘yicha maxsus plan berilgani va ularning oylik olish-olmasligi ana shu planning bajarilishiga qaram bo‘lib qolganini bildirdi.

Bu ma’lumot va shikoyatlar yuzasidan IIV Matbuot xizmatidan munosabat olishning imkoni bo‘lmadi – vazirlik rasmiy saytida mazkur xizmat uchun berilgan telefon raqamlariga 6 may kuni hech kim javob bermadi.

Firibgarlik O‘zbekistonda jinoyat bo‘lmay qoldi…mi?

Ozodlikka murojaat qilgan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlari o‘zlarining Toshkent shahar¸ qolaversa¸ ayrim viloyatlarda profilaktika inspektori bo‘lib ishlashlarini bildirdi.

Ishdan haydalish va rahbariyat qahriga uchrash tahdidi bois¸ ular shaxslari ochiqlanmasligini so‘radi.

Ozodlikka bir-biridan mustaqil ravishda gapirgan bu rasmiylarga ko‘ra¸ prezidentga jinoyatchilikni kamaytirdik¸ deb hisob berishni maqsad qilgan joriy kampaniya bois o‘z hududlarida Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik bo‘yicha tushayotgan arizalarni qabul qilish va ular asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atish deyarli to‘xtatilgan.

Hozirgi kunda qo‘limizda 100 million so‘mlik firibgarlik¸ yoki og‘ir turdagi tan jarohati bilan bog‘liq arizalar bor¸ lekin boshlig‘imiz qabul qildirmayapti. Mabodo tergovga o‘tkazaman¸ desangiz¸ darrov “tizimga dushmanmisan” deb boshlaydi. Tergovga material o‘tkazmasak¸ unda tergov xizmati nima kerak? Tergovchi xodimlar ham qo‘rqib yurishibdi¸ material berishmayapti¸ delo chiqarmayapmiz¸ oxiri nima bo‘larkan¸ deb. Jinoyatchilik falon foizga kamaydi¸ deb katta rahbarlarimiz aldashni bilishadi¸ aslida jinoyat ishi qo‘zg‘atmay¸ kelgan arizaning yechimini yechmay¸ soxtakorlik qilishayapti”¸ deydi Toshkent shahar tumanlaridan birida profilaktika inspektori bo‘lib ishlayotgan huquqshunos.

Amaldagi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasida “Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish” jinoyat deb belgilangan va bu jinoyatga “eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishdan to 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi”¸ deyiladi JKning 168-moddasida jumladan.

Firibgarlikni qaydga olmaslik og‘ir jinoyatlar ko‘payishiga sabab bo‘ladi”

O‘zbekiston IIV tizimi mulozimlaridan biri – oddiy profilaktika noziridan kelgan bu ma’lumotning haqiqat ekani va bu jaraën ildizi prezidentning “jinoyatchilikni kamaytirasan¸ yoki ishdan ketasan”¸ deb IIV va prokuratura rahbarlariga bergan buyrug‘iga borib taqalishini aytdi:

Firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochmaslik faqat Toshkent emas¸ hamma joyda bo‘laëtgan gap. Jinoyatchilik¸ uning qachon va qanday oshib-kamayishi haqida tushunchaga ega bo‘lmagan odamlardan chiqqan bu tashabbus va buyruq¸ nihoyatda xatarli. Uyi¸ mashinasi¸ katta pulini moshenniklar olib¸ jazosiz qolsa¸ odamlar adolat istab qaerga boradi. Samosud boshlanadi – ular firibgarlar bilan o‘z bilganicha razborka qilishga o‘tadi – borib pichoqlashadi¸ uyiga o‘t qo‘yadi¸ mashinasini yondiradi¸ hatto o‘ldirishgacha boradi. Ikkinchi yo‘l¸ ko‘cha – mafiyaga bosh urib boradi – aka falonchidan falon pulimni olib bering¸ falon foizi sizniki deb. Yaqin orada jinoyatchilikni kamaytirishning bunday noprofessional yondashuvining qanchalik xavfli ekanini yashirib bo‘lmay qoladi – og‘ir turdagi jinoyatlar ko‘payib ketadi”¸ deydi jinoyat qidiruv sohasi mutaxassisi.

Ozodlikka Toshkent va Namangan viloyatidan murojaat qilgan oddiy o‘zbekistonliklar¸ o‘zlarini chuv tushirgan firibgarlik ustidan bergan shikoyat arizasi ro‘yxatga olinmaganini bildirdilar.

Profilaktika inspektori mening arizam bo‘yicha jinoyat ishi ochishni so‘rab IIB boshlig‘i nomiga ariza yozdi. Ammo boshliq¸ mening murojaatim bo‘yicha surishtiruv natijasida unda “jinoyat alomatlari yo‘qligi va shu bois¸ jinoyat ishi ochmaslik haqida qaror qabul qilgan”ini bildirdi. IIB boshlig‘i xatining oxirida¸ norozi bo‘lsangiz¸ asoslantiruvchi dalillar bilan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishingiz mumkin¸ deb yozipti. Bu jinoyatchilikni xaspo‘shlash va arizachining ustidan kulishdan boshqa narsa emasku!”¸ deyiladi Namangandan Ozodlikka yuborilgan murojaatda.

(Bu murojaatga ariza¸ profilaktika inspektori bayonnomasi va IIB boshlig‘ining rasmiy javobi ilova qilingan – tahr.)

Katta jinoyatlarni xaspo‘shlab¸ ma’muriy protokol bo‘yicha plan qo‘yishdi”

Ozodlikka murojaat qilgan profilaktika inspektorlari¸ firibgarlik bo‘yicha murojaatlarni bosti-bosti qilish bilan ayni paytda¸ aholini ma’muriy qonunbuzarlik uchun jarimaga tortish bo‘yicha plan belgilanganini bildirdi.

Prezident 10 yanvar kungi selektorda¸ qaysi mahallada jinoyatchilik kamaysa¸ inspektoriga mukofot ber¸ dedi. Bular teskarisini qilayapti – qaerdan bo‘lsa ham bahona topib¸ ma’muriy protokol tuzasan¸ bo‘lmasa oylik yo‘q¸ deydi. Biz top desa¸ bahona topishimiz mumkin¸ lekin xalkniyam o‘ylash kerakku! Xalqni himoya qilish o‘rniga¸ ko‘chadagi bir bechorani protokol qilib¸ bola-chaqasini rizqini qiyish kerakmasku. Keyin xalq bizni yomon ko‘radida!”¸ deydi Ozodlikka bog‘langan inspektorlardan biri”. Iqtibos tugadi. [1].

2.Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi o’zbekistonlik oligarxga berildi.  [2].

Ozodlikdan iqtibos: “Prezidentning maxsus qarori bilan Farg’ona vodiysidagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodining 100 foizlik ulushiga egalik haqini olgan Indoneziyaning “PT Trans Asia Resources” shirkati egalari asli o’zbekistonlik Aslanovlardir.

Hozirga qadar rasmiy matbuotda “sohada katta tajribasi, jahon bozorida o’z o’rni bor” xorijiy investor deb taqdim etilgan “PT Trans Asia Resources” shirkati egasi A’zam Aslanov Mirziyoyevning Farg’ona neftni qayta ishlash zavodiga tashrifi chog’ida u bilan uchrashdi.

Prezident matbuot xizmati “investor” deb ismi-sharifini Aslanov shirkati va Toshkent hukumati bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq “zavodga joriy yilning o’zida kamida 300 million dollar to’g’ridan to’g’ri investitsiyalarni jalb etiladi. Bu mablag’ evaziga ikki oy davomida hozirda ishlamay turgan 11 qurilmaning 7 tasidan foydalanish tiklanadi. Buning natijasida 7 ming 100 ta ish joyi saqlab qolinadi”. Asli o’zbekistonlik deb aytiladigan Aslanovlar va ularning biznesiga oid ochiq manbalarda deyarli ma’lumot yo’q-Farg’ona zavodiga 875 million dollardan ko’proq investitsiya kiritilishi aytilayotgan “PT Trans Asia Resources” shirkatining rasmiy sayti ham mavjud emas”.  Iqtibos tugadi. [2].

3.Prezident farg’onaliklarni qalbaki ishlarga majburlab ketdi.  [3].

Ozodlikdan iqtibos: “Farg’ona. 7 may kuni Farg’ona viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev soat 9.30 da boshlangan yig’ilishini 13.30 da tugatdi.

Yig’ilish yakunida 3 ta narsa aniq bo’ldi:

1. Farg’ona viloyatida Favqulodda holat e’lon qilinadi. Bu bo’yicha Prezident devoni rahbari Nizomiddin Shaxobiddinovga qaror tayyorlash topshirildi. Bu qarorga binoan hamma viloyatda har qanday ish “favqulodda holat” holatida bajariladi. Rahbarlarning o’z ishiga bo’lgan mas’uliyati oshiriladi.

2. Rishton tumani bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori tayyorlanadi. Qarorni Bosh vazir o’rinbosari J.A. Qo’chqarovga topshirdi. Prezidentning o’z mablag’lari hisobidan sanoat va tuman infratuzilmasi o’zgarish bo’yicha. Bu qarorini Rishton tumani aholisi oldidagi qarzi sifatida topshirdi.

3. Viloyat hokimi SH. M. G’aniyev faqat investorlar va investitsiya bilan shug’ullanishi ta’kidlandi. Hamda viloyatda ipakchilikni rivojlantirish orqali 300 000 ta yangi ishchi o’rin yaratilishi lozim.

Eng qizig’i, I. Karimov vaqtida har yili m1 mln yangi ishchi o’rin yaratilardi. Respublika bo’yicha 50 foizi qo’shib yozish bo’lar edi.

Bugun viloyat, shahar va tuman hokimliklari shok holatda. Sababi 300 000 ta ishchi o’rnini yaratish uchun har bir hokimga 25 mingtadan yangi ishchi o’rin yaratish belgilangan.

Soliq inspektsiyasi tadbirkorlarni to’playapti. Har biriga 100 tagacha ishchi o’rin yaratasan deb reja qo’yilyapti.

Ayniqsa ayollar bandligiga e’tibor berishyapti.

Iqtisodiyot bo’limlari shok holatda kechadan beri 25 mingni tarmoqlarga bo’lib chiqishyapti.

Hech kim Prezidentning topshirig’ini tushunmayapti. O’zi eski tuzumni yaxshi bilar edi. O’zi qalbaki ishlarga majburlayapti”. Iqtibos tugadi. [3].

Siyosiy firibgarlik.  

Yuqorida keltirilgan firibgarlik bo’yicha jinoiy ishlarni ochmaslik, tergov olib bormaslik, profilaktika inspektorlarining maoshining miqdorini jarimalar miqdoriga bog’liq qilib qo’yilishi va korruptsioner investorlarning mamlakatga investitsiya qilishiga keng yo’l ochib berilganligi va soxta ish o’rinlarining yaratilishiga olib keluvchi buyruqlarning prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilishi O’zbekistonda iqtisodiy va siyosiy erkinlikka yo’l ochilmasligini bildiradi.  

O’zbekistonning investitsiya jozibadorligini oshirish uchun mamlakatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinishi kerak va mamlakatda korruptsiya darajasi keskin kamaytirilishi kerak.  Buning uchun mamlakatda o’rta sinf va fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratilishi kerak.

Afsuski, mamlakatda O’zbekiston konstitutsiyasining 53, 33 va 34-moddalari qo’pol ravishda oyoq osti qilinyapti.  [6].

53-modda.

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

33-modda

Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

34-modda.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

Mamlakatda fuqaroviy erkinliklar cheklangan.  Men shu o’rinda “Hanuzgacha O’zbekistonda internet erkin emas, tezligi past, so’z erkinligi yo’q” nomli maqolam va shu nomdagi videodan [4,5] iqtibos keltirishni o’rinli topdim:

O’zbekistonda hanuzgacha asosiy 5 siyosiy erkinliklar yo’q. Shu sababli kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun hech qanday sharoit yo’q.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida O’zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari ta’minlanishi ta’kidlanadi. [6].

43-modda.

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

Biroq, O’zbekistonda

1- Tinch norozilik namoyishi erkinligi huquqi;

2-Tashkilotlarga uyushish erkinligi huquqi;

3-So’z erkinligi huquqi;

4- Erkin kochish va istagan joyda yashash erkinligi huquqi;

5- E’tiqod erkinligi huquqlari yo’q, ta’minlanmagan, yumshoqroq qilib aytganda cheklangan.

O’zbekistonda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlar vatandoshlar ishtirokida 2 holatda ro’y berishi mumkin:

1. O’zbekiston vatandoshlari o’z noroziliklarini tinch yo’l bilan norozilik namoyishi orqali ifodalay olsa;

2. Erkin, demokratik saylovlar bilan hokimiyat almashishi ro’y bersa.

Lekin, O’zbekistonda na tinch yo’l bilan norozilik bildirish erkinligi huquqi bor, na erkin, demokratik saylovlar bor”. [4,5].Iqtibos tugadi.

O’zbekistondagi iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi va korruptsiya ko’rsatkichlarining abgorligi mamlakat investitsiya jozibadorligining ham abgorligini ko’rsatadi.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[7].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [8].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[9].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [10].

O’zbekistondagi iqtisodiy, siyosiy erkinliklarning yo’qligi, buning oqibatida mamlakatda korruptsiya darajasining o’ta yuqoriligi va mamlakat iqtisodiyotining o’ta qoloqligi O’zbekiston va Boltiqbo’yi respublikalarining SSSR parchalangandan keyingi qariyb 30 yillik taraqqiyotini taqqoslasak yaqqol ko’rinadi.

Siyosiy firibgarlikning oqibati.

Oxirgi paytlarda, ayniqsa 1-9 may kunlari, xususan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 2-mayda O’zbekistonga kelishi arafasida va rasmiy uchrashuvlarni yakunlab jo’nab ketganidan keyin ham rus tiliga davlat maqomi berish va o’zbek tilining davlat maqomi bo’yicha baxs munozaralar avj oldi. [11]. Men ham rus tiliga davlat tili maqomi berilishiga qarshiman.

SSSRda Mixail Gorbachev boshchiligida oshkoralik va qayta qurish siyosati avj olgan 1989 yillarda Boltiq bo’yi respublikalar Estoniya, Latviya va Litvada o’z tillariga davlat tili maqomi berish va iqtisodiy erkinlik uchun harakatlar juda jo’shqinlangan edi. Ularga SSSR hokimiyati tomonidan Boltiq bo’yi davlatlariga o’z tillariga davlat tili maqomi berishga, iqtisodiy erkinlik berishga to’sqinliklar kuchayib ketgandan keyin ular SSSR dan siyosiy mustaqilligini e’lon qildilar.

SSSR yo’q bo’lib ketganiga qariyib 30 yil o’tdi. Hozirgi kunda Estoniya, Latviya va Litvalar Yevropa Ittifoqi a’zosi. Ular siyosiy erkinliklarga, iqtisodiy erkinliklarga erishdilar. Eston, latish va litva tillari mustahkam, obro’li davlat maqomiga ega. O’zbekistonda esa na iqtisodiy erkinlik, na siyosiy erkinlik bor. Mamlakatda korruptsiya, zo’ravonlik gullab yashnayabdi. O’zbek tili to’la lotin yozuvida is’temol qilinmayabdi. Rus tiliga davlat tili maqomi berish haqida murojaatnomalar paydo bo’lmoqda. “O’lmas polk” kabi SSSR davrini qo’msovchi, boshqacha shaklda SSSR 2 ni tiklashga intiluvchi kuchlarning ruxsat berilmaganiga qaramay tadbirlari bo’lib o’tmoqda. [12].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

10-may, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. IIV xodimlari: Firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilmayapti. 06.05.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29924855.html ).

2. Фарғона нефтни қайта ишлаш заводи ўзбекистонлик олигархга берилди. 07.05.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29926047.html ).

3. ФАРҒОНА – “Президент фарғоналикларни қалбаки ишларга мажбурлаб кетди”.08.05.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/sizdan-telegram-mirziyoyev/29929038.html ).

4. Abdujalil Boymatov. Hanuzgacha O’zbekistonda internet erkin emas, tezligi past, so’z erkinligi yo’q. 21.12.2018. ( http://oz.hrsu.org/archives/955 ).

5. Abdujalil Boymatov. Hanuzgacha O’zbekistonda internet erkin emas, tezligi past, so’z erkinligi yo’q. Video.22.12.2018. (http://oz.hrsu.org/archives/957 ).

6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

7. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

8. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

9. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

10.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

11. OzodLive: Бош вазир Арипов рус тилига расмий мақом бериш таклифига охирги нуқтани қўйди. 09.05.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29931883.html ).

12. Ruxsat berilmaganiga qaramay, Toshkentda “O‘lmas polk” tadbiri o‘tkazildi (VIDEO). 09.05.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29931870.html ).

O’zbekiston. Vatandoshlar siyosiy firibgarlikka barham bera oladilarmi?! (2019).

$
0
0

O’zbekistondagi prezident Shavkat Mirziyoyevning avtoritarizmi har hil ko’rinishda namoyon bo’lmoqda. Siyosiy firibgarlik, davlat zo’ravonligi va hukumat zo’ravonligi ko’rinishida. Quyidagi 3 dalil (fakt) buning yaqqol namunasidir.

1-dalil. Adelya Xudoyberganova oilasining 9 yillik sarsongardonligi.[1].

Ozodlikdan iqtibos: “Xorazmlik Adelya Xudoyberganovaning OzodMikrofonga murojaat qilib, aytishicha, 9 yildan buyon buzilgan uyi evaziga haqqini talab qilib, kurashib kelmoqda.

O‘zbekistonning deyarli barcha huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganini aytgan Xudoyberganova muammosi yechim topmayotganidan shikoyat qildi.

Adelya Xudoyberganova iddaosiga ko‘ra, joriy yil boshida Xotin-qizlar qo‘mitasi uning muammosini yechishga va’da bergan, biroq va’da bajarilmagan.

Adelya Xudoyberganovaning 12 may kuni Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, 2011 yilning 3 iyun kuni Urganch shahri al-Xorazmiy ko‘chasidagi 2 xonali uyi joylashgan bino buzilishi natijasida u oilasi bilan ko‘chada qolgan:

– O‘zim, qizim va nevaram bitta oila, o‘g‘lim xotini, ikkita qizi bilan ikkinchi oila. Ikkita oilani sarson qilishdi. 9 yildan buyon propiskasiz yashab kelayapmiz. Qizim bilan o‘zim o‘sha buzilib, ketgan uyning manziliga propiska qilinganmiz. Hozir ham pasportimizda o‘sha adres yozilgan. Lekin u uy 9 yil avval buzib tashlandiku. Nevaram esa umuman propiskasiz. Pasport stoldan nevaramga yangi pasport berishdi. Ishonsangiz, pasportda propiska joyiga pechat bosishgan, lekin pechat bo‘sh blankaning ustiga qo‘yilgan.

Adelya Xudoyberganovaga ko‘ra, 9 yil mobaynida O‘zbekistondagi deyarli barcha huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, ijobiy javob ololmagan:

– Bormagan joyimiz qolmadi. Urganch shahar prokuraturasi, Xorazm viloyat prokuraturasi, Bosh prokuratura, Vazirlar mahkamasi, Senat, Oliy majlis, prezident qabulxonasiga bordik. Hech kim hal qila olmadi. Shu yilning yanvar oyida Xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qildik. Norboeva “Siz Xorazmga boravering, muammongiz hal bo‘ldi” dedi. Men Xorazmga borib 42 kun kutdim. Natija bo‘lmagach, yana qaytib qo‘mitaga uchrashdim. Xotin-qizlar qo‘mitasining Ozoda ismli yuristi “Masalangiz yechildi, qo‘mita, Milliy bank va Xorazm viloyat hokimligi kvartirangiz pulini to‘laydi”, dedi. Ammo bugungacha hech narsa bo‘lmadi. Milliy bank va viloyat hokimi Xotin-qizlar qo‘mitasini aldadi. Xotin-qizlar qo‘mitasi bizni aldadi.

Adelya Xudoyberganovaga ko‘ra, u Xotin qizlar qo‘mitasi rasmiylarining og‘zaki va’dasiga ishongan. Bu borada uning qo‘lida birorta ham hujjat yo‘qligini bildirdi”. Iqtibos tugadi. [1].

2-dalil.Tadbirkor: Rossiyaga ketaymi, Qozog’istonga ketaymi yoki o’zimni osaymi? [2].

Ozodlikdan iqtibos: “Islomov Haydarali, tadbirkor: “Yoshim 60ga borib qoldi.Rossiyaga chiqaymi, Qozog’istonga borib ishlaymi? Nima qilishim kerak endi men? Yo o’zimni osishim kerakmi?”.

Tadbirkor yeriga ekkan ukrop klaster tomonidan haydalib tashlandi.

Islomov Haydarali, tadbirkor:”2019 yilda Turkiya davlati bilan shartnoma tuzgan edim 100 tonna ukrop va 60 tonna no’xatga. Mana shu joyda ukrop edi.

5 gektar yer ukrop edi. Klaster rahbarlari hokimiyat bilan birga kelib, shu yerlarni tekislab, sud davom etayotgan edi hali, 30 aprel kuni buzishdi, sud 2 may kuni bo’ldi. Yerga sarflash uchun olgan pullarimni endi qanday qaytaraman? 15-20 kunda ukrop tayyor bo’lardi. Har bir gektardan 8 tonnadan olganimda 5 gektardan 40 tonna olardim. Ukropning bugungi narxi 7-8 ming.15 kundan keyin 10 ming bo’ladimi, 15 ming bo’ladimi topadigan daromadim 300-350 ming bo’lardi. 67 millionlik sarf harajatlarim ketdi.

Bu harajatlarni men oshna-og’aynimdan, qo’ni-qo’shnimdan, qarindoshlarimdan qarz qilib yig’ganman. Ertaga shu pullarni ularga qayerdan olib beraman? 2-3 kundan keyin boshlaydi hammasi uyga kelib, darvozani taqillatib, pulimni ber deyishga. Talab qiladi hammasi. Qayerdan olib beraman bularning pullarini?”.

Tadbirkorning shartnomani qanday bajarishga boshi qotgan.

Islomov Haydarali, tadbirkor: ” Turkiya davlati bilan tuzib qo’ygan shartnomam. Ukropga 100 tonna. No’xotga 60 tonna. Mana shu qilgan shartnomam endi nima bo’ladi? Quruq yerdan nima olaman men? Haydab qo’yilgan yer. Ukropni buzib qo’yishdi bular. Shartnoma majburiyatini men qanday bajaraman endi?.

Klaster rahbarlari odamlarning bog’larini buzib tashlayabdi. Klaster rahbarlari mening yerlarim, undan tashqari qancha odamlarning bog’larini buzib tashlashyapti. Bir yillik,ikki- uch yillik bog’larni. O’zlarining yeri turibdi hali ekib bo’lmagan. Paxtasini eplolmasdan chopiqdan chiqargani yo’q. Tayyor bog’larni buzib, bilmadim qanday bo’lishi kerak inson tayyor bog’larni buzib tashlash uchun. Klaster tufayli ko’plab fermer va tadbirkorlar xonavayron bo’lmoqda.

350-400 million foydam bor edi. Endi buni menga kim qoplab beradi? Men endi nima qilishim kerak? Pul topaman deb,yoshim 60ga borib qoldi, ikkinchi guruh nogironiman. Rossiyaga chiqib ishlaymi, Qozog’istonga borib ishlab topaymi? Nima qilishim kerak endi men? Yo o’zimni osishim kerakmi? 2018 yilda hokimiyat menga majburiy qalampir ektirib 200 milliondan ortiq ziyonga tushiruvdi. Bu yil yana qattiq ziyonga tushdim. O’lganning ustiga tepgan bilan baravar bo’lyapmanda hozir men”. Iqtibos tugadi. [2].

3-dalil.Andijonda 2005 yilning 13 mayida nima bo‘lgan? [3].

Ozodlikdan iqtibos: “Andijon. 12 maydan 13 mayga o‘tar kechasi. Akramiylik guruhiga a’zolikda ayblanib, sudlanayotgan 23 kishining qirqtacha yaqini patrul-post batalyoniga hujum qilib, u yerdagi qurollarni qo‘lga kiritdi. So‘ngra ular shahardagi harbiy qismga hujum uyushtirdi. Keyin qamoqxonaga ham hujum qilinib, u yerdan sudlanayotgan 23 kishi va boshqa mahbuslar ozodlikka chiqarib yuborildi. O‘sha kuni yarim tunda viloyat hokimligi binosi egallanib, shahar prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i va bir qancha harbiylar isyonchilar tomonidan garovga olindi. Rasmiylar bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘sha tunda 9 harbiy halok bo‘ldi.

Andijon 13 may. Erta tongdan viloyat hokimligi binosi oldiga andijonliklar yig‘ila boshladi. Maydon esa hukumat qo‘shinlari tomonidan o‘rab olindi. Tushdan so‘ng maydonda, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10 mingga yaqin odam yig‘ildi. Odamlar hukumat va Prezident iste’fosini talab qila boshladi. Kechqurun soat 18 lar atrofida otishma boshlandi. Odamlar uch tomonga bo‘linib qochdi. Prezident Islom Karimov keyinchalik o‘tkazilgan matbuot anjumanida odamlarga qarata o‘t ochishga buyruq bermaganini aytdi. Isyonchilar esa harbiylar BTRlardan va avtomatlardan hammani bir chekkadan o‘qqa tutganini bildirdi.​

Andijon qirg‘inida necha odam o‘ldirildi?

2005 yil 13 may kuni Andijonning Bobur maydonida sodir bo‘lgan qonli voqealarda rasmiy Toshkent hisobicha 187 kishi, jumladan, ayollar va bolalar nobud bo‘lgan.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, Andijon xunrezliklari oqibatida 1000dan ziyod odam halok bo‘lgan.

Bobur maydonidagi qonli fojiadan keyin xalqaro jamoatchilik mustaqil tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan, biroq rasmiy Toshkent rad etgan. Shu taxlit, yuzlab odam qirg‘inbarot qilingan 13 may fojeasi yillar osha siru sinoatlarga ko‘milganicha qolmoqda”. Iqtibos tugadi. [3].

Yuqorida keltirilgan 3 dalildan shunday xulosa kelib chiqadi. O’zbekiston vatandoshlari 3 muhim qadamni qo’yishlari kerak:

1. BMTga shikoyat yozish.

O’z huquq va erkinliklari oyoq osti qilinganda vatandoshlar yuridik harakatlar (yuridicheskie deytviya), siyosiy harakatlar va ijtimoiy harakatlar qiladilar.

Yuridik harakatlar prokurorga yoki sudga ariza bilan o’z oyoq osti qilingan huquqini tiklashni so’rab murojaat qilinadi. Kimga murojaat qilishni advokat (oqlovchi) bilan maslahatlashib amalga oshirgan ma’qul.

Birinchi instantsiyada shikoyat qondirilmasa 2-instantsiya, ya’ni viloyat prokurori yoki sudiga murojaat qilinadi. Eng yuqori instantsiya Respublika oliy sudi hisoblanadi. Bu 3 instantsiyada huquq tiklanmasa, BMTga shikoyat yoziladi. [4,5]. Shikoyat ingliz tiliga tarjima qilib jo’natilsa tez ko’rib chiqiladi. Sababi o’zbek yoki rus tilida yozilgan shikoyatlar BMTda ingliz tiliga tarjima qilingandan keyin ko’rib chiqiladi. BMT shikoyatchining moddiy va ma’naviy zararini to’la qoplash bo’yicha ajrimdan tashqari O’zbekiston hokimiyatiga tavsiyalar beradi. Bu tavsiyalar mamlakatdagi inson huquqlari vaziyatining o’zgarishiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Adelya Xudoybergenova va Andijon fojeasi jabrdiydalari, ayniqsa qochqinlik maqomini olganlari BMTga shikoyat bilan murojaat qilganlarida o’zlari uchun moddiy va ma’naviy zararni o’ndirib olardilar va BMT ning O’zbekiston hokimiyatiga tavsiylari mamlakatdagi inson huquqlari vaziyatining yaxshilanishiga olib kelgan bo’lardi.

2. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) shikoyat qilish bilan O’zbekistondagi inson huquqlari vaziyati yaxshilanib qoladi va vatandoshlarning moddiy va ma’naviy zarari to’la qoplanadi, muammolar hal bo’ladi degani emas.  Sud orqali, BMT orqali muammo hal bo’lmasa siyosiy harakatlar (politicheskiy deystviya) qilinadi. Ya’ni, boshqacha aytganda siyosatchilarga murojaat qilinadi. Ya’ni, prezident Shavkat Mirziyoyev davrida xalq qabulxonalariga, prezident virtual qabulxonasiga, senatga, ombudsmenga, tuman va viloyat hokimlariga, vazirliklarga murojaat qilinadi.

 Yuridik harakatlar, siyosiy harakatlar ham ijobiy natija bermasa, ijtimoiy harakatlarga (obshestvennie deystvie) o’tiladi.  Ijtimoiy harakatlar mening “Ey O’zbekistonliklar, erkin, farovon yashashni hoxlaysizlarmi?” nomli maqolam va videomda [6,7] batafsilroq yoritilgan.  Ijtimoiy harakatlarning nazariy asosi amerikalik siyosatshunos, tadqiqotchi olim Jin Sharpning (Gene Sharp) 198 kurash usulidan iborat. [8,9].

Bu 198 usullar: intervyu berish, maqola yozish, piket o’tkazish, ochlik e’lon qilish, miting o’tkazish, ish tashlash, ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirish, ommaviy fuqaroviy bo’sunmaslik va hokazolardan iborat.

3. O’zbekistonda erkin, demokratik va farovon jamiyat yaratish uchun baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi kerak.  Baquvvat o’rta sinf shakllanishi uchun O’zbekiston vatandoshlari iqtisodiy erkinliklarga ega bo’lishlari kerak. Iqtisodiy erkinliklar 4 guruhga bo’linib, har bir guruhda 3 tadan erkinlik, hammasi bo’lib 12 ta iqtisodiy erkinlikdan iboratdir.  Bu erkinliklarrning ichida eng muhimi 1-guruh bo’lib, qonun ustuvorligi (rule of law) guruhidir. [10].

1- mol-mulk daxlsizligi;

2-hukumatning halolligi;

3-mustaqil sud tizimi.

Yana shuni ta’kidlab o’tishni lozim topdimki, o’rta sinfga yillik daromadi 10.000 dan 100.000 AQSh dollarigacha bo’lgan vatandoshlar kiradi.  Oilada ota-ona va ikki voyaga yetmagan farzand bo’lsa, oilaning yillik daromadi 40.000 AQSh dollaridan ko’p bo’lishi kerak. O’zbekistonda o’qituvchi, shifokorlarning o’rtacha oylik maoshi 200 AQSh dollari deb olsak, ularning yillik daromadi 2.400 AQSh dollari bo’ladi.  Yillik daromadi 10.000 AQSh dollaridan oshishi uchun o’zbekistonlik o’qituvchi yoki shifokorning o’rtacha oylik maoshi 900 AQSh dollari bo’lishi kerak. O’zbekistonlik oilada ota-onadan tashqari ikki farzandni hisobga olsak, o’qituvchi yoki shifokorning maoshi eng kamida 2.000 AQSh dollari bo’lishi kerak.  Xulosa shuki, o’zbekistonlik o’qituvchi va shifokorlarning o’rta sinf vakili hisoblanishi uchun ularning oylik maoshlari kamida 10 baravar oshishi kerak. Bu degani O’zbekistonning iqtisodiyoti nihoyatda o’ta qoloqligini ko’rsatadi.

Kuchli fuqaroviy jamiyat yaratish uchun O’zbekiston vatandoshlari siyosiy erkinliklarga ega bo’lishlari kerak.  Afsuski, O’zbekistonda vatandoshlar 5 asosiy erkinliklarga ega emaslar. [11,12].

Biroq, O’zbekistonda

1- Tinch norozilik namoyishi erkinligi huquqi;

2-Tashkilotlarga uyushish erkinligi huquqi;

3-So’z erkinligi huquqi;

4- Erkin kochish va istagan joyda yashash erkinligi huquqi;

5- E’tiqod erkinligi huquqlari yo’q, ta’minlanmagan, yumshoqroq qilib aytganda cheklangan.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[10].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [11].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[12].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [13].

Korruptsiya gullab yashnayotgan mamlakatga halol chet ellik tadbirkorlar investitsiya, sarmoya kiritmaydi. Mamlakat iqtisodi rivojlanmaydi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [14,15].

Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda erkin, demokratik va farovon jamiyat qurish uchun mamlakat vatandoshlari BMTga shikoyat yozish, 198 kurash usulini amalda qo’llash, iqtisodiy erkinliklar va siyosiy erkinliklar uchun kurashni o’rganishlari kerak.  Bulardan tashqari, o’rta sinf, iqtisodiy erkinlik, fuqaroviy jamiyat, siyosiy erkinliklar, korruptsiya, korruptsiya ko’rsatkichi, korruptsiya darajasi kabi terminlarning, so’zlarning ma’nosini aniq-tiniq anglab yetishlari zarur bo’ladi. Shundagina siyosiy firibgarlik, davlat zo’ravonligi, hokimiyat zo’ravonligi, hukumat zo’ravonligi, militsiya zo’ravonligi va hokimlarning zo’ravonligiga qarshi kurashish usullarini qo’llash darajasiga yetadilar.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

17-may, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. OzodMikrofon: “Xotin-qizlar qo‘mitasi bizni aldadi”. 12.05.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29936201.html ).

2. Тадбиркор: Россияга кетайми, Қозоғистонга кетайми ëки ўзимни осайми? 14.05.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29940428.html ).

3. Andijon voqealariga 14 yil to‘ldi: Kim, nima, qachon, qaerda? 13.05.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29938183.html ).

4. Договорные органы по правам человека – Индивидуальные сообщения. (https://www.ohchr.org/RU/HRBodies/TBPetitions/Pages/IndividualCommunications.aspx).

5. Направление жалоб в Комитет ООН по правам человека в Женеве.

(https://www.democracy.ru/library/publications/voter/sizo/voice_from_sizo/page4.html).

6. Ey O’zbekistonliklar, erkin, farovon yashashni xohlaysizlarmi? 08.03.2019. ( http://oz.hrsu.org/archives/1034 ).

7. Ey O’zbekistonliklar, erkin, farovon yashashni xohlaysizlarmi? Video. 09.03.2019. ( http://oz.hrsu.org/archives/1036 ).

8. Джин Шарп.ДИКТАТУРАДАН ДЕМОКРАТИЯГА. Озод қилишнинг концептуал асослари.( https://www.aeinstein.org/wp-content/uploads/2014/07/FDTD-Uzbek1.pdf ). 58-бет.

9. Жин Шарп. Диктатурадан демократияга.(http://muxlis.at.ua/kitoblar/Huquq/d.pdf).

10. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

11. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

12. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

13.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

14. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

15. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

 

O’zbekiston. Siyosiy firibgarlik jonga tegdi?!. (2019).

$
0
0

Mening oxirgi 2 maqolam va videolarim siyosiy firibgarlikka bag’ishlangan edi. Men yana 3-marta siyosiy firibgarlik haqida maqola yozishni lozim topdim. Chunki, O’zbekistonda bo’layotgan voqealar siyosiy firibgarlikning mohiyatini yaqqol ochib beradi. Quyidagi 4 dalil buning aniq tiniq isbotidir.

1-dalil. Farg’onalik “ekologlar” “ekologik partiya”ga a’zo bo’lishga majburlanmoqda. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ayrim xodimlari Ozodlikka “O‘zbekiston Ekologik partiyasi” ga a’zo bo‘lishga majburlanganliklarini xabar qildi.

Boshqarmaning ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan xodimi o‘zi va o‘nlab hamkasbi ishdan haydalish haqidagi po‘pisalar bilan “O‘zbekiston Ekologik partiyasi” a’zosiga aylantirilganini aytdi.

Ulardan partiyaga har oy 2200 so‘mlik a’zolik badalini to‘lashga roziligi haqida ham tilxat olingan.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi” Markaziy Kengashining Ozodlik gaplashgan mulozimi partiyaga a’zolarni jalb etish mutlaqo ixtiyoriy bo‘layotganini aytdi.

Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Ozodlik suhbatlashgan xodimi “O‘zbekiston Ekologik partiyasi” a’zolarni qabul qilish partiya ustavi va mamlakat konstitutsiyasiga zid tarzda amalga oshirilayotganini aytdi.

Ekologik harakat” negizida yaqinda “Ekologik partiya” tuzilgandi. 400 mingta a’zosi bo‘lmasa¸ partiya bo‘lmas ekan. Shunga bular boshlig‘imizni o‘rtaga qo‘yib bizni hammamizni, mutlaqo qonunchilikka zid tarzda a’zo qildirishayapti. A’zo bo‘lishdan bosh tortganlarni ro‘yxat qilib, rahbarning stoliga qo‘yishar ekan. Qo‘rqib hamma a’zo bo‘layapti”.

Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining yana bir xodimi ilgari boshqa partiyaga a’zo bo‘lib qo‘yganlar ham “O‘zbekiston Ekologik partiyasi”ga a’zo qildirilayotganini aytadi.

Bizga har oy vznos to‘lash yoqmayapti. Hozircha bir oyda 2200 so‘m bo‘lib, yil sayin ortib borar ekan bu. Shunaqa plan qo‘yishgan, 100 foiz hamma shu partiyaning a’zosi bo‘lishi kerak ekan. Ilgari boshqa partiyaga a’zo bo‘lib qo‘yganlarni ham majburlashyapti. Hujjatlarni to‘ldirishga ham odamlarni olib kelishgan, anketalarni o‘zlari to‘ldirib, partiyaga qo‘shib qo‘yishyapti”.

Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Ozodlik suhbatlashgan mulozimi idoraning aksar xodimi “O‘zbekiston Ekologik partiyasi” a’zoligiga qabul qilinganini tasdiqladi”. Iqtibos tugadi. [1].

2-dalil. Noqonuniy kesilgan 40 chinor. [2].

Ozodlikdan iqtibos: “Narpay. “Samarqand viloyati Narpay tumani Islom shoir dahasidan yozmoqdamiz. Dahamizda 40 tup chinor noqonuniy kesildi. Bilishimizcha, daraxtlarni noqoniniy kesganlarga jarima belgilangan. Ammo jarima undirilmadi. Xo’sh, zarar qachon qoplanadi? Pul-ku undiriladi, ammo kesilgan daraxtlarni o’rni nima bilan to’ldiriladi?.

( Bu xabar Ozodlikka 13 may kuni keldi)”. Iqtibos tugadi. [2].

3-dalil. Buxoro-”Bu yo’llarda mashina tugul piyodalar yurolmaydi”. [3].

Ozodlikdan iqtibos: “Qorako’l.”Buxoro viloyati Qorako’l tumani Qozon qishlog’ining asosiy avtomobil yo’li abgor ahvolda. Bu yo’llarda mashina tugul piyodalar ham yurolmaydi!”

( Bu xabar Ozodlikka 20 may kuni keldi)”. Iqtibos tugadi. [3].

4-dalil. Prezident kelishiga ekilgan gullarni sug‘orishga chiqarilgan uch hasharchi ayol, mashina urib, halok bo‘ldi. [4].

Ozodlikdan iqtibos: “Andijon viloyat, Asaka tumanining obodonlashtirish bo‘limiga yordam sifatida mahalladan yuborilgan, katta yo‘l chetidagi gullarni sug‘orayotgan uch nafar ayolni 16 may kuni ertalab Cobalt avtomobili bosib ketdi.

Ayollardan ikki nafari voqea joyida halok bo‘ldi, bir nafari esa kasalxonada vafot etdi.

Ayollar prezident o‘tishi ehtimoli bo‘lgan avtomobil yo‘li chetida ishlayotgan bo‘lgan. Shu kuni Andijon viloyatiga prezident Mirziyoev keldi.

Asaka tuman ichki ishlar bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, avtomobil haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan va qidiruv e’lon qilingan.

O‘zbekiston prezidenti 16 may kuni Andijon viloyatiga safar qildi.

Shu kuni erta tongdan Asaka tumanining obodonlashtirish bo‘limi ishchilari va mahalladan yuborilgan ayollar prezident o‘tish ehtimoli bo‘lgan yo‘llarni tozalashga, ekilgan gullarni sug‘orishga safarbar qilindi.

Asaka tumanining Dasturxonchi qishlog‘ida yashaydigan, ismi sir qolishini so‘ragan mahalla faollaridan birining aytishicha, ularning qishlog‘idan yuborilgan uch ayolni mashina bosib ketgan:

Bizning mahalladan ham ayollar obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan edi. Yo‘l chetidagi gullarga suv quyishga chiqarilgan. Bugun ertalab, Qadim qipchoq yo‘lida ayollarni mashina urib yuboribdi, degan xabarni eshitganimdan so‘ng voqea joyiga bordim. O‘sha yerdagi qizlardan biri bilan suhbatlashdim. Uning aytishicha, katta tezlikda kelgan Kobalt mashinasi Omadxon, Fazilatxon, Barchin opalarni urib yuboribdi. Omadxon bilan Fazilatxon o‘sha joyning o‘zida jon taslim qilibdi, Barchin opani esa yo‘lovchilardan biri mashinada kasalxonaga olib ketibdi. Hozirgina u opaning ham vafot etganini eshitdik. Kobalt haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan”.

Asaka tuman obodonlashtirish bo‘limida ishlaydigan, ismi sir qolishini so‘ragan ishchilardan birining aytishicha, bu ayollar doimiy ishchi bo‘lmagan:

Bu ayollar jamoatchilikdan kelgan ayollar, obodonlashtirish bo‘limining doimiy maosh olib ishlaydigan ishchilari emas. Ularni brigada qilib, sariq forma berib ishlatishadi”.

O‘zini Valijon deb tanishtirgan Asaka tuman obodonlashtirish bo‘limining boshlig‘i Ozodlik savollariga javob berishdan bosh tortib, aloqani uzib qo‘ydi”. Iqtibos tugadi”. [4].

Yuqorida keltirilgan 1-dalil, yani mamlakat vatandoshlarining O’zbekiston ekologik partiyasiga majburan a’zo qilinishi prezident Shavkat Mirziyoyev avtoritarizmining yana bir siyosiy firibgarligidir.

Soxta O’zbekiston ekologik partiyasi 2-dalilda keltirilganidek 40 chinorning noqonuniy kesilishini sezmaydi, bilmaydi. Bu partiya O’zbekiston ekologik harakati bo’lgan yillar ham ( 2008-2019 yil 8-yanvargacha) mamlakatda chinorlarga qiron keltirilganda ham, daraxtlarga qiron keltirish avjga chiqqan kunlarda ham, Orol ekologik fojeasi haqida ham hech narsani sezmagan, bilmagan, himoya qilmagan.

O’zbekistonda hamma narsa soxta, harakatlar ham, partiyalar ham, kasaba uyushmalari ham, fermerlar ham, xotin qizlar qo’mitasi ham, parlament ham, sud tizimi ham, fuqaroviy jamiyat ham.

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bo’yicha: [5].

13-modda.

O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.

Afsuski, real hayotda mamlakatda prezident Shavkat Mirziyoyevning avtoritar rejimi hukmron.

Fuqaroviy erkinliklar chegaralangan, erkin, demokratik saylovlar yo’q.

O’zbekistondagi soxta fuqaroviy jamiyat 40 ta chinorning noqonuniy kesilishini, yo’llarning abgorligini, 3 ayolning majburiy mehnatga jalb qilinganligini ko’rmaydi. Soxta fuqaroviy jamiyat ko’zbo’yamachilik bilan mashg’ul.

Oqibati, O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi. O’zbekistonda korruptsiya gullab yashnamoqda. Mamlakat iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [6].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[7].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [8].

Korruptsiya gullab yashnayotgan mamlakatga halol chet ellik tadbirkorlar investitsiya, sarmoya kiritmaydi. Mamlakat iqtisodi rivojlanmaydi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning AJB YIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YIMsi dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [9,10].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [11,12].

AJB YIM 1,460 AQSH dollari bo’lgan O’zbekiston 10-20 yillar oldin juda qoloq bo’lgan Hindiston (AJB YIM 2,188), Nigeriya (2,244) va hattoki Bangladeshdan (1,882) ham orqada qolib ketdi.


O’zbekiston faqat 40 yildan beri urush bo’layotgan Afg’oniston (AJB YIM 577) va 5 yil fuqarolar urushi bo’lgan Tojikistondan ( AJB YIM 815) oldindaligi bilan faxrlana oladi. [10].

O’zbekiston mustaqil bo’lganiga 28 yil, qariyb 30 yil bo’lyabdi.

Hanuz mamlakatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi, jamiyat korruptsiya botqog’iga botgan, o’ta iqtisodiy qoloq, siyosiy firibgarliklarga, soxtagarchiliklarga to’la. Nahotki bunday abgor holat, O’zbekiston vatandoshlarining joniga tegmagan?!

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

24-may, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Farg‘onalik ekologlar “Ekologik partiya”ga a’zo bo‘lishga majburlanmoqda. 21.05.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29954891.html ).

2. CАМАРҚАНД – “Ноқонуний кесилган 40 туп чинорнинг зарарини ким қоплайди?”. 21.05.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/sizdan-telegram-daraxt/29954179.html ).

3. БУХОРО – “Бу йўлларда машина тугул пиёдалар юролмайди!” . 20.05.2019.

( https://www.ozodlik.org/a/sizdan-telegram-yullar/29952160.html ).

4. Prezident kelishiga ekilgan gullarni sug‘orishga chiqarilgan uch hasharchi ayol, mashina urib, halok bo‘ldi. 16.05.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29945794.html ).

5. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

6. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

7. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

8.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

9. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

10. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

11. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

12. Первый суверенный кредитный рейтинг от Fitch оказался благосклонен к Узбекистану. 21.12.2018. (https://fergana.agency/news/103789/ ).

 

O’zbekiston. Siyosiy firibgarlik davom etyabdi. (2019).

$
0
0

O’zbekistondagi siyosiy firibgarlik haqida 3 maqola va 3video chop qilganimdan keyin mana yana 4-maqola va 4-videoni chop qilishni lozim topdim, chunki prezident Shavkat Mirziyoyev rejimining asl mohiyatini ochib beruvchi voqealar bo’lib o’tdi. Bunga quyidagi 5 dalil yaqqol misol bo’la oladi.

1-dalil. DXX chegaradan kiritmagan O’zbekiston parlamentining sobiq deputati Nasrullo Sayyidni IIV qidiruvga berdi. [1].

BBCdan iqtibos: “O’zbekiston parlamentining sobiq deputati, muxolif siyosatchi Nasrullo Sayyid Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berildi. Shu yilning 20 aprel kuni Istanbuldan Toshkentga uchib borgan sobiq deputat DXX tomonidan Turkiyaga qaytarib yuborilgandi.

Toshkentdagi xalqaro aeroport va boshqa joylarga osilgan “Diqqat qidiruv” e’lonlarida Nasrullo Sayyidning ro’yxatning boshida turganini ko’rish mumkin.

E’tiborli tomoni qidiruvdagi deputatning hozirgi manzili va telefon raqamlarigacha berilgan. Bundan tashqari deputat “meni ushlanglar”, deb o’z oyog’i bilan uchib borgan.

Bi-Bi-Ci O’zbekiston kuch idoralari tomonidan qidirilayotgan Nasrullo Sayyidga, qidiruv e’lonida ko’rsatilgan raqamlarga qo’ng’iroq qilib bog’landi.

Masxarabozlikni qarand. Qidirilayotgan, qayerda ekanligi no’malum bo’lgani uchun qidirilmaydimi? Ular mening manzilim va telefon nomerimgacha aniq yozib qo’yishibdi. Kelib olib ketishmaydimi”, deydi u.

Nasrullo Sayyid O’zbekiston huquq-tartibot organlaridan qochib yurmagani, aksincha ularning oldiga borishga DXX xizmati to’sqinlik qilganini aytadi.

U shu yilning 20 aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportiga kelgan vaqtida ham qidiruvda bo’lgan. Biroq DXX chegara xizmati uni O’zbekiston ichiga kiritmagan.

Toshkentga uchib borganimda DXX xizmatchisiga “meni Ichki ishlar va Bosh prokuratura qidiruvga bergan, ruxsat ber ularning oldiga o’tayin, meni ushlashsin”, dedim. Lekin gapimga quloq solmadi. Meni Istanbulga qaytarib yuborishdi”, deydi O’zbekiston parlamentining sobiq deputati.

Nasrullo Sayyid Jinoyat kodeksining 4 moddasi bo’yicha ayblanib qidiruvga berilgan:

O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, qonunga xilof ravishda jamoat birlashmalari tuzish, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish hamda diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish”. Iqtibos tugadi. [1].

2-dalil. O’zbekistonga boraolmayotgan muxolifat faoli Isoqjon Zokirov. [2].

Amerika ovozidan iqtibos: “O’zbekistonning Nyu-Yorkdagi konsulligi ma’lumotiga ko’ra,shu yilning yanvar-aprel oylarida 3,5 mingga yaqin amerikalik elektron viza olib, O’zbekistonga borgan. Bu o’tgan yilgiga nisbatan 145 foiz. Biroq viza ololmayotganlar ham yo’q emas. Ulardan biri asli o’zbekistonlik Isoqjon Zokirov”. Iqtibos tugadi.[2].

3-dalil. Faxriddin Tillayev: qamoqdagi yillarim uchun 25 mln so’m kommunal to’lovni to’la, deyishyapti. [3].

BBCdan iqtibos:”Muxolifat va inson haqlari faoli Faxriddin Tillayevga ko’ra, Majburiy Ijro byurosi o’zidan 32 milliondan ortiq so’mni noqonuniy undirishga harakat qilayapti, shundan 25 millioni qamoqdaligida to’planib qolgani aytilayotgan kommunal to’lovlar.

Men 2018 yil 12-may kuni ozodlikka chiqqanimdan keyin O’zbekiston Respublikasining Bosh Prokuraturasi qoshida tashkil etilgan “ Majburiy Ijro Bo’limi” bir guruh xodimlari tomonidan meni ta’qib va tazyiqqa olish boshlandi”, deyiladi Faxriddin Tillayev murojaatida.

Majburiy Ijro byurosi Faxriddin Tillayevdan 7 million 235 ming 500 so’mni undirishni xohlamoqda.

Bu Jinoyat ishlari bo’yicha Hamza tuman sudining 2012 yili inson huquqlari faoliga tayinlangan jarimasi bo’lgan.

2012 yil 22 sentyabrida Toshkent Shahridagi Qo’yliq bozorida “ Mustaqil mardikorlar kasaba uyushmasi” anketalarini yollanma ishchilar orasida tarqatayotgan Faxriddin Tillayev va Nuraddin Jumaniyoziv militsiya tomonidan hibsga olingan edilar.

Faollar mardikorlarni yig’ib ularning o’z huquqlari borasida tushuntirish ishlari olib borayotganlarini aytishgan.

23 sentyabr kuni Faxriddin Tillayev, Nuraddin Jumaniyozov va Abdulla Tojiboy o’g’lini O’zbekiston Ma’muriy Kodeksining 202-bandi-noqonuniy tashkilot, oqim yoki sektaga kirishga undashga aybdor deb topib, o’sha paytdagi eng kam ish haqining 100 baravariga jarima tortish haqida qaror chiqaradi.

O’sha paytdayoq faollar ushbu qarorning O’zbekiston Konstitutsiyasiga zid qarorligini ta’kidlagan edilar.

2014 yil yanvarida mahkama Faxriddin Tillayev va Nuraddin Jumaniyozovni “odam savdo”sida aybdor deb topib, uzoq yillik qamoq jazolariga hukm etdi.

Mustaqil “Mardikorlar kasaba uyushmasi” marhum prezident Islom Karimovning 2013 yilda mehnat muhojirlarini “dangasa” deb atashini qoralab chiqqandi”. Iqtibos tugadi.

Yana BBCdan iqtibos:” Faxriddin Tillayevning shafqatsiz qiynoqlarga solingani xabarlari tarqaldi.

U tutqunlikda salomatligi yomonlashganini aytadi.

Faxriddin Tillayev 2018 yil may oyida ozod etilganidan so’ng o’zi propiskada turadigan Toshkentning Chilonzor tumanidagi kvartira kommunal to’lovlari uchun 25 million so’m qarzdorligi haqidagi qog’ozlarni olgan.

Nega endi men qamoqda bo’lsam ham,”kommunal to’lov”larni to’lashim kerak ekan…?” Bu-mantiqqa to’g’ri kelmaydi-ku?”, deydi sobiq siyosiy tutqun”. Iqtibos tugadi. [3].

4-dalil. Xalqaro tashkilotlar o’zbek hukumatini huquq himoyachilarini ta’qib qilishni to’xtatishga chaqirdi. [4].

Ozodlikdan iqtibos: “Amnesty International, Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiasi, Fuqarolik huquqlari himoyachilari, Inson huquqlari bo’yicha xalqaro hamkorlik tashkiloti, Norvegiya va Polsha Xelsinki qo’mitasi O’zbekiston hukumatini huquq himoyachilari A’zam Turg’unov va Dilmurod Sayyidni ta’qib qilish va qo’rqitishni to’xtatishni chaqirdi.

Qo’shma bayonotda aytilishicha, bu ikki faol doimiy ravishda maxsus xizmatlarning kuzatuvi ostida yashamoqda, ular muntazam tarzda tahdidlarga uchramoqda.

Bayonotda Inson huquqlari bo’yicha xalqaro hamkorlik tashkiloti xodimlari O’zbekistonga 2018 yilning oktyabrida borganlarida fuqarolik kiyimidagi shaxslar Turg’unovning uyini kuzatayotganliklarini ko’rganlarini aytiladi.

“Joriy yilning mart oyida maxsus xizmat xodimi Turg’unovga avtomobil avariyasiga uchrashi mumkinligi bilan tahdid qiladi. Saidovni esa huquqbonlik faoliyatini to’xtatmasa ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizish bilan qo’rqitishdi” deyiladi bayonotda.

Bayonotda A’zam Turg’unov, Dilmurod Said va A’zam Farmonov ta’sis etgan “adolatni tiklash” huquq tashkilotini hukumat ro’yxatga olishdan bosh tortgani ham tanqid qilindi. Faollar mazkur tashkilotni ro’yxatdan o’tkazish uchun 28 fevral kuni ariza bergan, 29 mart kuni esa hukumat bu tashkilotni ro’yxatga olishni rad etgan”. Iqtibos tugadi. [4].

5-dalil. Jurnalist va inson huquqlari himoyachisi Malohat Eshonqulovaning prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaati. [5].

Murojaatdan iqtibos:

MALOHAT ESHONQULOVA: “MANZILGA YETIB KELDIKMI HURMATLI PREZIDENT?”

( Shavkat Mirziyoyevga Ochiq xat)

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Siz tayinlagan hokimlar orasida fuqaroning uyini, do’konini yoki korxonasini buzmagani, fermerning yerini tortib olmagani qoldimi? Qayerga qarama, hokim fuqaroning uyiga buldozer torttirgan, do’konini tekislagan yoki ekinini payxon qilgan. Siz tayinlagan hokimlar O’zbekiston tarixida “uybuzar”, “do’konbuzar” va “yerbuzar” nomini olib ulgurdi-ku!

Siz tayinlagan ayrim hokimlar makru hiyla ishlatmasdan, aldamasdan ishlay olmaydimi? Qay biriga qarama, oddiy odamlarni qaqshatgani qaqshatgan, ularning quloqlariga lag’mon ilgani ilgan!

Respublikadagi barcha hokimlarni shaxsan o’zingiz tayinlashingiz sir emas. Bu lavozimlarga ishonchingizga kirgan odamlarni qo’yishingizni ham bilamiz. Siz tug’ilib o’sgan Zomin tumaniga boshqalardan yaqinroq kishingizni hokim qilib qo’yganingizga ham shubham yo’q.

Shu yilning 18 may kuni Zomin tumani hokimi Alisher Abdug’aniyevich hokimiyat yuristi Akbar O’rolov hamda Ichki ishlar bo’limi terrorizmga qarshi kurash bo’linmasi boshlig’i Nuriddin Haydarovlarni yonimga jo’natib, meni o’z huzuriga chaqirtirdi.

Abdug’aniyevning choparlari menga:”Zominlik Nishonboy Xudoyberdiyevning uyi buzilishi bilan bog’liq masala yuzasidan hokimiyatda kelishuv bo’ladi. Hokim buva sizni kuzatuvchi sifatida ishtirok etishingizni so’rayapti. Hokim Nishonboy Xudoyberdiyevga yetkazilgan zararni beradi. Sizda adolat tiklangani haqida yangi lavha qilish imkoniyati paydo bo’ladi”,-deyishdi.

25 may kuni Zomin tumani hokimiyatiga borganimda, Abdug’aniyev tomonidan aldanganimni angladim. Chunki hech qanday kelishuv ham, yig’ilish ham bo’lmadi. Hokim esa qorasini ham ko’rsatmadi.

Tuman hokimiyatining xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nodira Fayziyevaning xonasiniga kutayotganim hokimbuva o’rniga komuflyaj kiygan, yarmi fuqaro kiyimidagi, qolgan yarmi militsiya formasidagi 7-8 kishi qo’lida kishan va videokamera bilan bostirib kirdi. Vohid Eshbekov degan tergovchi hokimiyat binosida meni tergashni boshladi.

Qachondan beri tergovchilarning dastlabki surishtiruv ishlari tuman hokimiyatida olib boriladigan bo’ldi? Bu hol hokim Alisher Abdug’aniyevning innovatsion tashabbusimi? Dastlabki surishturuv ishlari voqea sodir bo’lgan joy, ya’ni Toshkentda o’tkazilishi kerakligi haqidagi qonun talabi qayerda qoladi unda? Yoki Zomin tumani hokimi, IIB va prokuratura rahbarlari qonunni sariq chaqaga ham olishmaydimi?

Emishki, men tumanda noqonuniy uy va do’konlar buzilishi haqida lavha tayyorlab, prezidentning ishonchli vakili bo’lmish Alisher Abdug’aniyevni el oldida obro’sizlantirgan emishman”. Iqtibos tugadi. [5].

Yuqoridagi keltirilgan dalillar shuni ko’rsatadiki, prezident Shavkat Mirziyoyev rejimi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini O’zbekiston Respublikasi konstituitsiyasi bo’yicha hurmat qilish o’rniga, aksincha ularning huquq va erkinliklarini oyoq osti qilayabdi, ta’qib qilayabdi, tayziq o’tkazyabdi. Nasrullo Sayyidni DXX mamlakatga kirgazmadi, IIV qidiruv e’lon qildi. Isoqjon Zokirovga esa Tashqi ishlar vazirligi va DXX kirish vizasi bermayabdi.

Faxriddin Tillayev esa Bosh prokuratura va MIB ( Majburiy ijro byurosi) tomonidan ta’qibga uchramoqda. Huquqbonlar Dilmurod Sayyid, A’zam Turg’unov va A’zam Farmonovlarning esa DXX va Adliya vazirligi tomonidan konstitutsion huquq va erkinliklari oyoq osti qilinmoqda.

Jurnalist va huquqbon Malohat Eshonqulovaning huquqlari tuman hokimi, tuman kuch ishlatar xodimlari va xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan oyoq osti qilinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bo’yicha: [6].

13-modda.

O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.

O’zbekistonda muxolifatchilar, huquqbonlar va mustaqil jurnalistlar ta’qib va tayziqlarga uchrar ekan, mamlakatda qonun ustivorligi haqida so’z yuritishning o’zi mantiqsiz.

Men avvalgi maqola va videolarimda ham muxolifatchilar, huquqbonlar va mustaqil jurnalistlarning prezident Shavkat Mirziyoyev rejimi tomonidan qanday ta’qib va tayziqlarga uchragani haqida misollarni keltirgan edim.

Xususan, siyosatchi Nasrullo Sayyid,inson huquqi himoyachilari Mihiddin Qurbonov, Rafiq G’aniyev, jurnalist Galima Buxorboyeva, tadbirkor Bobir Hasanlarning O’zbekistonga kiritilmaganligi va adib,jurnalist,siyosatchi Jahongir Muhammadga O’zbekistonga borish uchun kirish vizasi berilmaganligi va boshqa men bilmagan ko’p viza bermasliklar, O’zbekistonga kiritmasliklar prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda fuqaroviy jamiyatning oyoqqa turishiga, siyosiy muxolifatga,siyosiy raqobatga yo’l berishni hoxlamayotganligini yaqqol, aniq tiniq ko’rsatadi.

Bularga Birdamlik xalq demokratik partiyasining qurultoyini 2018 yilning noyabr oyida Qozog’istonning Chimkent shahrida O’zbekiston va Qozog’iston havfsizlik idoralarining hamkorlikda o’tkazilishiga yo’l qo’ymaganligi va muxolifatchi Safar Bekjon Urganjiyning 2018 yilda O’zbekiston vatandoshligidan chiqarilishi prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy raqobatga,siyosiy muxolifatga toqati yo’qligini yanada ochiqroq,yanada tiniqroq ko’rsatadi.

Bu degani O’zbekistonda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jabhalarda raqobat bo’lmaydi, korruptsiya gullab yashnaydi, mamlakatning o’ta iqtisodiy qoloqlikdan chiqib keta olishi katta savol ostida qoladi???

Zero, O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [7].

Korruptsiya gullab yashnayotgan mamlakatga halol chet ellik tadbirkorlar investitsiya, sarmoya kiritmaydi. Mamlakat iqtisodi rivojlanmaydi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning AJB YIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YIMsi dunyoning o’rtacha AJB YIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [8,9].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [10,11].

AJB YIM 1,460 AQSH dollari bo’lgan O’zbekiston 10-20 yillar oldin juda qoloq bo’lgan Hindiston (AJB YIM 2,188), Nigeriya (2,244) va hattoki Bangladeshdan (1,882) ham orqada qolib ketdi.

O’zbekiston faqat 40 yildan beri urush bo’layotgan Afg’oniston (AJB YIM 577) va 5 yil fuqarolar urushi bo’lgan Tojikistondan ( AJB YIM 815) oldindaligi bilan faxrlana oladi. [9].

O’zbekiston mustaqil bo’lganiga 28 yil, qariyb 30 yil bo’lyabdi.

Hanuz mamlakatda inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinmaydi, jamiyat korruptsiya botqog’iga botgan, o’ta iqtisodiy qoloq, siyosiy firibgarliklarga, soxtagarchiliklarga to’la.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

31-may, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ўзбекистон: ДХХ чегарадан киритмаган парламент собиқ депутатини ИИВ қидирувга берди. 26.05.2019. ( https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-48415030 ).

2. Amerika ovozi. O’zbekistonga bora olmayotgan o’zbekistonliklar. 27.05.2019.(https://www.youtube.com/watch?v=9_ObhPaNxDE ).

3. Ўзбекистон: қамоқдаги йилларим учун 25 млн сўм коммунал тўловни тўла, дейишаяпти. 27.05.2019.( https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-48422976 ).

4. Халқаро ташкилотлар ўзбек ҳукуматини ҳуқуқ ҳимоячиларини таъқиб қилишни тўхтатишга чақирди. 14.05.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29943587.html ).

5. Малоҳат Эшонқулова: “Манзилга етиб келдикми, ҳурматли президент?”. 26.05.2019.( http://uzxalqharakati.com/archives/62846 ).

6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (http://constitution.uz/oz/clause/index#section23 ).

7.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

8. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

9. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

10. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

11. Первый суверенный кредитный рейтинг от Fitch оказался благосклонен к Узбекистану. 21.12.2018. (https://fergana.agency/news/103789/ ).

O’zbekiston. Siyosiy firibgarlik davom etyabdi. (2019). Video.

$
0
0

Rukn: O’zbekistonda erkin, demokratik jamiyat qurish uchun nimalar qilish kerak???

Mavzu: O’zbekiston. Siyosiy firibgarlik davom etyabdi. (2019). Video.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari jamiyati vitse prezidenti

1-iyun, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.


Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonni korruptsiya botqog’idan olib chiqa oladimi?! (2019).

$
0
0

2019 yilning iyun oylarigacha menda prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda korruptsiya darajasini keskin kamaytirishga harakat qilsa kerak degan umid bor edi. Lekin bu umid juda kuchsiz edi. Chunki prezidentning siyosiy muxolifatga yo’l bermasligi aniqlashgan, ayon bo’lgan edi.

O’zbekistondagi korruptsiya bo’yicha Professor Kristian Lasslet tadqiqotlari va muxolifatchi Safar Bekjon Urganjiyning videosi bilan tanishganimdan keyin prezident Shavkat Mirziyoyevning katta korruptsioner ekanligi menga ma’lum bo’ldi.

1-ma’lumot. Kristian Lasslet tadqiqotlari. [1,2].

Ozodlikdan iqtibos:”Kristian Lasslet (Kristian Lasslett) Britaniyadagi Ulster universitetining kriminologiya bo‘yicha professori¸ Markaziy Osiyo va Yevropadagi korrupsiya va kleptokratiya (yunonchadan tarjimasi o‘g‘rilar hukmronligi -tahr.) bo‘yicha kitoblar muallifi.

Xalqaro maydondagi davlat va xususiy biznes manfaatlari to‘qnashuvini tadqiq qilib kelayotgan professor Lasslet Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan beri O‘zbekiston biznes iqlimidagi o‘zgarishlarni yaqindan kuzatib kelmoqda.

Joriy yili bu vaziyatga oid qator maqolalarini e’lon qilgan Lasslett 30 may kuni O‘zbekistondagi bugungi biznes amaliyotining Karimov davridan qanchalik uzoqlashgani mavzuiga bag‘ishlangan yangi tadqiqoti xulosasini e’lon qildi.

Ozodlik: O‘zbekistonda katta tadbirkorlar¸ qudratli hukumat arboblari ko‘p. Lekin siz surishtiruvingiz ob’ekti qilib Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevni tanladingiz? Nega?

Kristian Lasslet: Aslida¸ surishtiruv O‘zbekistonda borayotgan islohotlar jarayoni haqida. O‘zbekiston hukumati bu jarayonda o‘tmishdagi yomon amaliyotlardan qanchalik uzoqqa ketganini o‘rganish uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevni tadqiqot ob’ekti qilib tanladik. Nega aynan Ortiqxo‘jaev? Chunki qudratli siyosiy shaxs bo‘lgan Toshkent hokimi O‘zbekistondagi ulkan biznes imperiyasi egasi hamdir.

Ortiqxo‘jaev misolida biz joriy hukumatning siyosiy va biznes manfaatlari chatishib ketgan murakkab vaziyatda qanday yo‘l tutishini o‘rgandik. Hukumat davlat va shaxs manfaatlari to‘qnashuvi oldini olishga harakat qilayaptimi? Olinayotgan qarorlarning ochiq va shaffofligi ta’minlanayaptimi? Biznes gullab-yashnashini uning egalarining siyosiy aloqalari va siyosiy ta’siri belgilashi oldi olindimi? Bu surishtiruvda Ortiqxo‘jaev biznesi misolida shu savollarga javob topishga urindik.

Ozodlik: Maqolangizda Jahongir Ortiqxo‘jaevga aloqadorligi hujjatlar bilan dalillangan o‘nlab shirkat nomi keltirilgan. Bu shirkatlarning o‘rgimchak to‘ridek yoyilgan o‘zaro zanjiridian Ortiqxo‘jaev kirmagan serdaromad biznes qolmapti o‘zi¸ degan xulosa kelib chiqadi. Surishtiruv natijasida o‘zingiz ham shunday fikrga keldingizmi?

Kristian Lasslet: Bu savolga birgina Tashkent City misolida javob beray. Bu 1.3 milliard dollarlik loyiha va O‘zbekiston tarixida bunaqa qimmat qurilish bo‘lmagan. Bu megaloyiha boshlanganida¸ undagi Akfa Group ishtiroki deyarli ko‘zga tashlanmadi – Ortiqxo‘jaev shirkati sirtdan qaraganda loyihadagi 8 ta lotning faqat bittasining investori qilib ko‘rsatildi.

Qolgan lotlar¸ go‘yoki boshqa investor va boshqa shaxslarga tegishlidek ko‘rindi. Ammo Tashkent Cityning qolgan investorlariga oid korporativ ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganishni boshlaganimizdan keyin Akfa-Artel guruhining yana uchta lotning investori ekani¸ yana to‘rtta lotning bosh pudratchisi ekanini ko‘rdik. Shuningdek¸ Akfa-Artelning Tashkent City loyihasining barcha muhim jihatlarida muhim rol o‘ynayotganini aniqladik.

Bu esa¸ asosiy aksiyalari Toshkent shahar hokimiga qarashli shirkatlarning u davlat nomidan boshqarayotgan shahardagi eng yirik loyihada juda katta manfaatlari borligini anglatadi.

Ozodlik: Surishtiruvingizda Tashkent City qurilishi va Toshkentdagi boshqa yirik loyihalarni olgan Ortiqxo‘jaevga aloqador o‘nlab shirkat aksiyalarining egalari nomlarini keltirgansiz. Bu aksiyadorlar orasida Jahongir Ortiqxo‘jaevdan tashqari Abror G‘aniev va Ismoil Isroilov degan yana ikki shaxs nomi juda ko‘p uchraydi. Bu odamlar kim¸ ularning Ortiqxo‘jaevga qanday aloqasi bor?

Kristian Lasslet: Biz O‘zbekistonda tashkil etilgan 67 ta shirkat hujjatlarini o‘rganish asosida ularning Akfa-Artel guruhiga bog‘langanini aniqladik.

O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan bu shirkatlardan kamida 18 tasi aksiyalarining egasi qilib offshor kompaniyalar ko‘rsatilganini aniqladik. Bu offshor shirkatlar Britaniya va Singapurda ro‘yxatga olingan. Bu offshor kompaniyalarini birlashtiruvchi jihat¸ ularning haqiqiy egasi kimligini jamoatchilikdan bekitishga imkon beruvchi legal vositadan foydalanayotganidir. Ya’ni¸O‘zbekiston iqtisodidan katta ulush olgan bu shirkatlarning asl egasi kimligini topishning iloji yo‘q. Bu shirkatlar o‘z asl egasini nega yashiradi – yo ular egasi siyosiy hokimiyatdagi odam, yoki biznes o‘tmishi shubhali shaxslardir. Surishtiruv davomida Akfa-Artelga aloqador 67 shirkatdagi kattagina aksiyalarning siz tilga olgan Abror G‘aniev va Ismoil Isroilov nomida ekani ko‘rindi. Abror G‘aniev Akfa guruh raisi¸ Ismoil Isroilov esa¸ uning menejeri. Jahongir Ortiqxo‘jaev shirkatlari boshqaruvchilari bir paytning o‘zida hokimga aloqador o‘nlab shirkatlar aksiyalariga ham egalik qiladi. Biz G‘aniev va Isroilovga xat yozib¸ aksiyalarning haqiqiy egasi sizmi¸ yoki boshqa odamga qarashli aksiyalarga ishonch asosida egalik qilayapsizlarmi¸ deb so‘radik. Lekin hech qanday javob olmadik. Shu bois¸ bu savolga aniq javob topolmadik. Buning xavotirga sabab jihati shundaki¸ u yoki bu shirkat menejerining uning katta qism aksiyalariga egalik qilishi kam uchraydigan hodisa. Bu shirkatlar o‘z haqiqiy egasi kimligini yashirish uchun offshor sxemalaridan foydalanmoqda. Shu bois biz¸ Abror G‘aniev va Ismoil Isroilov kabi shaxslar¸ O‘zbekistondagi yirik shirkatlar aksiyalarining asl egalari emas¸ ular asl mulkdor shaxsini bekitish uchun tanlangan odamlar¸ degan xavotirdamiz. Akfa-Artel O‘zbekistondagi eng daromadli shirkatligidan kelib chiqsak¸ uning tarkibidagi shirkat asl egalari nega bekinmoqda¸ degan savol yana kun tartibiga tushadi.

Qo‘limizdagi hujjatlarga tayanib turib 100 foiz ishonch bilan aytishimiz mumkin bo‘lgan fakt¸ G‘aniev va Isroilov bir paytning o‘zida Jahongir Ortiqxo‘jaevning ishchilari¸ ayni paytda¸ unga aloqador shirkat aksiyadorlari va biznes sheriklaridir.

Ozodlik: Bu gapingiz butun O‘zbekiston Gulnora Karimovaniki ekanini ko‘rib¸ bilib turgan bir paytda¸ uning qog‘ozdagi egalari Gayana Avakyan¸ Nurmuhammad Sodiqov¸ Alisher Sobirov kabi uning qo‘l ostidagi odamlar bo‘lgan yaqin o‘tmishni eslatayapti.

Kristian Lasslet: To‘ppa-to‘g‘ri. Xuddi shuning uchun ham biz qizil bayroq ko‘tarib¸ har xil aylanma yo‘llar bilan O‘zbekistondagi katta biznes kompaniyalarining asl egalari bekitilganini yaqin o‘tmishda ko‘rdik. Ularning haqiqiy egalari siyosiy hokimiyatdagi o‘ta qudratli shaxslar ekani fosh bo‘lganini bugun bilamiz. Yana bilganimiz¸ ular o‘z vakolat va ta’siridan foydalanib¸ davlat va xalq boyligini o‘g‘irlaganini ham ko‘rdik. Shu bois biz Mirziyoev hukumati o‘tmishdagi bu amaliyotdan qanchalik uzoqlashgan-uzoqlashmaganini ko‘rmoqchimiz. Agar bugungi hokimiyat egalari Gulnora Karimova misolidagi kabi amaliyotni davom ettirayotgan bo‘lsa¸ bu narsa ertaga ular uchun ham¸ o‘zbek iqtisodi uchun ham xuddi shunday falokatli bo‘lishidan ogohlantirmoqchimiz.

Ozodlik: Surishtiruvingizda Jahongir Ortiqxo‘jaev oila a’zolari¸ xususan¸ xotini va aftidan o‘g‘lining nihoyatda katta imtiyozlar berilgan shirkatlar egasi ekanini aniqlabsiz. Hokim oilasining bu shirkatlar egasi ekanligida qanday muammo ko‘rasiz?

Kristian Lasslet: Hokimning xotini Nigora Ortiqxo‘jaeva O‘zbekistondagi eng yirik xususiy klinika – Akfa Medline shirkatining 61,64% aksiyasi egasidir. Bu shirkatga hukumat O‘zbekiston sog‘liq saqlash sektorida deyarli boshqa biror kompaniyaga berilmagan eksklyuziv imtiyozlar bergan. Joriy yil hukumat mamlakatdagi birinchi va hozircha yagona xususiy meditsina universiteti ochish huquqini ham aynan Akfa Medlinega berdi. O‘zbekistondagi boshqa biror shirkatga bu imkon hatto taklif ham etilmadi – ochiq tender o‘tkazilmay turib¸ xususiy universtitet haqqini Akfa Medline tarelkasiga solib berishdi. Bu universitetni tashkil etish jarayonining kattagina qismi Toshkent shahar hokimi vakolatidadir. Xotini ochayotgan universitet ish boshlashini hokim Ortiqxo‘jaev ta’minlab berishida ochiqdan-ochiq davlat va shaxsiy manfaatlar to‘qnashmayaptimi¸ degan savolni shahar hokimi ma’muriyatiga yubordik. Ular buni mutlaq inkor qildi va hech qanday manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligini iddao qildi. Bu javobdan esa¸ O‘zbekistondagi amaldorlarning manfaatlar to‘qnashuvi konsepsiyasini yo yaxshi tushunmayotgani¸ yoki uni bir pulga olmayotgani ko‘riladi.

Bundan kelib chiqib¸ O‘zbekistonda biznes qilish uchun halol va adolatli maydon yo‘q deya olamiz. Bugungi daromadli biznes egalari ham zo‘r tadbirkor bo‘lgani uchun emas¸ balki hukumat va hokimiyatdagi qudratli shaxslarga aloqadorligi uchun gullab-yashnamoqda. Ular asl egalari qo‘lidagi qudrat vositasida davlat mablag‘i¸ soliq va boj imtiyozlari berilgani uchun kengayib¸ kuchayib bormoqda.

Ozodlik: Surishtiruvingiz markazidagi Jahongir Ortiqxo‘jaevning kun sayin kengayib¸ tarmoqlanib borayotgan biznes imperiyasi ortida bugungi hokimiyatdagi qudratli shaxslar borligini taxmin qilishga asos bormi?

Kristian Lasslet: Bunday xavotirga tushishga jiddiy asoslar bor.

Sababi – bugungi o‘zbek iqtisodining eng daromadli loyihalarini qo‘lga kiritgan va kiritayotgan shirkatlarning asl egalari sir tutilmoqda¸ ular ham offshor kompaniyalari¸ qobiq strukturalar ichiga bekinib olgan. O‘zbekistonliklar bugun yana egasi kimligini birov bilmaydigan kompaniyalarga boshqalarning tushiga ham kirmaydigan imtiyozlar berilayotganini ko‘rib turipti. O‘zbekistonliklar bugun kecha tuzilgan o‘tmishi yo‘q offshor shirkatlariga davlat va xalq mulkining hech bir tendersiz tekinga berilayotganini ko‘rib turipti. Buni ko‘rib-bilib turgan xalq¸ mutlaq xavotirga tushishga haqli. Ammo korporativ ma’lumotlar bazasidan hozircha Ortiqxo‘jaev kabi shaxslar biznesiga imtiyoz berayotganlar kim va ularning bu biznes strukturalarida qanday va qancha ulushi borligini topishning imkoni yo‘q. Qo‘limidagi hujjatlarga tayanib turib:

Ha¸ Akfa-Artel guruhining biznes ko‘lami nihoyatda ulkan; ha bu biznes imperiyasi markazida Jahongir Ortiqxo‘jaev turipti; ha bu biznesda asl egalari bekitilgan offshor kompaniyalar bor; ha bu biznes davlatdan katta miqdorda yordam olayapti¸ deya mutlaq ishonch bilan ayta olamiz. Ammo bu biznesning bizga ko‘rinmayotgan tarafida kimlar borligini aniq ayta olmaymiz.

Ozodlik: Bugungi biznes imperiyalarining asl egalari kimligi yozilgan qog‘ozlar yetti qavat qulf ostida qaerlardadir bekitilganini aytayapsiz. Bu hujjatlar ochiqlanishi uchun yana o‘n yillab Shveysariya politsiyasining yangi reydlarini kutamizmi?

Kristian Lasslet: Yo‘q. Biz bu bank qutilarining ochilishini 10 yil kutib o‘tirishimiz shart emas. Qilishimiz mumkin ish – ma’lumotlar bazasi bilan ishlash ilmidan foydalanishdir. Bu bizga qaysi shirkatlar egalarining yashiringanini aniqlashga yordam beradi. Biz gaplashayotgan misolda¸ Ortiqxo‘jaev qo‘l ostida ishlayotganlar u majoritar aksiyador bo‘lgan shirkatning qolgan aksiyalari egasi ekanini aniqlay oldik. Bu ochiqlanishi ortidan Ortiqxo‘jaev aksiyalarini boshqa shaxslar – xotini va har xil menejerlari nomiga o‘tkazishni boshladi. Biz buni ham isbotlay olamiz. Endi jamoatchilik¸ birinchi galda¸ jurnalistlar hokim Ortiqxo‘jaevdan quyidagi savollarni so‘rashi kerak:

Aprel-may oylarida to‘satdan Akfa-Artel guruhidagi aksiyalaringizdan qutulishga kirishdingiz¸ nomingiz to‘satdan aksiya egalari ro‘yxatidan yo‘qola boshladi.

Siz o‘zingizni shaffof siyosatchiman¸ deyapmiz. Unda marhamat qilib¸ bu aksiyalarni qanchaga sotganingizni¸ bu oldi-sotdining qonuniy bo‘lganini ko‘rsatuvchi bank transaksiyalarni bizga ko‘rsating. Ko‘rsatingki¸ biz davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaringiz bilan qorishtirmayotganingizga ishonaylik”.

Qatma-qat offshor strukturalari qobig‘iga bekingan shirkat egalarining kimligini topish uchun jurnalistning bank qutisiga qo‘li yetmaydi. Ammo qo‘lidan keladigani¸ savol berish va shu ishni qilaverishimiz kerak.

Bu jarayonda eng muhim o‘yinchi O‘zbekiston hukumatidir. Bu shirkatlar asl egalarini ko‘rsatuvchi hujjatlar hukumatda bor. Gap o‘zini islohotchi qilib ko‘rsatishga harakat qilayotgan bu hukumatning mazkur hujjatlar saqlanadigan kompaniyalar reestrini jamoatchilikka ochiqlash-ochiqlamasligida qolgan”. Iqtibos tugadi. [2].

2-ma’lumot. Siyosatchi Safar Bekjon Urganjiyning “Islohot lag’moni” videosi.[3].

Kristian Lassletning “ Ammo bu biznesning bizga ko’rinmayotgan tarafida kimlar borligini aniq ayta olmaymiz” aytgan gapiga siyosatchi Safar Bekjon Urganjiy aniqlik kiritadi.

Siyosatchi Safar Bekjon Urganjiyning “Islohot lag’moni” videosini Kristian Lasslet Toshkent cityga kiritilayotgan investsiyalarning manbai qayerdan, kim kiritayotganligini aytmagan bo’lsa, men aytaman deb ularning nomlarini birma bir sanab o’tadi.

Bu “investorlar” Hayot va Javdat Sharifxo’jayevlar ( 1 milliard AQSH dollaricha), Gulnora Karimova (1 milliard AQSH dollaridan oshiq), Akbarali Abdullayev (1 milliard AQSH dollaricha), Rashidjon Qodirov (1 milliard AQSH dollaricha), Shuhrat G’ulomov (1 milliard AQSH dollaridan kamroq) va Jahongir Ortiqxo’jayevning bojasi general Tohir Mullajonovlardir.

Safar Bekjonning O’zbekistondan bu ma’lumotlarni yuborgan ishonchli manbalariga ko’ra “investor”larning o’margan molk mulk va pullari konfiskatsiya qilingan, lekin davlat hisobiga emas, balkim Toshkent cityga investsiya qilinyabdi. Bu investsiyalar kelajakda prezident Shavkat Mirziyoyev va uning qizlarining kuyovlariniki va Jahongir Ortiqxo’jayev va unga yaqinroq kishilarniki bo’lib chiqadi. [3].

3-ma’lumot. Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qiladi.[4].

Ozodlikdan iqtibos: “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida Prezident Farmoni qabul qilindi.

Bu haqda xabar qilgan Adliya vazirligiga ko’ra farmon bilan 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi;Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Prezident Farmoniga ko’ra, tegishli sohada korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo’qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi. Muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich jorish etiladi”. Iqtibos tugadi. [4].

Yuqoridagi 1-chi va 2-chi ma’lumotdan prezident Shavkat Mirziyoyevning o’ta korruptsioner rahbar ekan degan,3-chi ma’lumot bo’yicha esa korruptsiyaga qarshi keskin kurashmoqchi bo’lgan rahbar degan xulosaga kelasiz.

O’zbekiston uchun eng katta muammo kuchli fuqaro jamiyati va o’rta sinf shakllanmaganligidir. Vladimir Zelenskiyning Ukraina prezidenti etib saylanishida uning mamlakatdagi korruptsiyaga qarshi kurashuvchi prezident rolini “Sluga naroda” nomli filmda o’ynagani katta hissa qo’shgan. Rossiyada esa muxolifatchi Aleksey Navalniy “Korruptsiyaga qarshi kurash jamg’armasi” tuzib mamlakatdagi yirik korruptsionerlarni fosh qilyabdi. Ukrainada Vladimir Zelenskiy korruptsiyaga qarshi hech qanday ta’qib, tayziqlarsiz filmlar yaratgan bo’lsa, Rossiyada Aleksey Navalniy ta’qib, tayziqlar uchrab bo’lsada faoliyat olib boryabdi. Aleksey Navalniyning partiyasi hanuzgacha ro’yxatga olinmayabdi.

O’zbekistonda esa korruptsiyaga qarshi kurashuvchi nodavlat, notijorat tashkiloti yo’q, bo’lishini ham tasavvur qilib bo’lmaydi. Muxolifatchi Safar Bekjon Shveytsariyadan turib O’zbekistondagi yirik korruptsionerlarni fosh qilayabdi. U muxolifatchilik faoliyati uchun ta’qib,tayziqlar tufayli O’zbekistonni 1995 yillarda tark etgan. 2018 yilning bahorida esa O’zbekiston konstitutsiyasini oyoq osti qilingan holda O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan vatandoshlikdan mahrum etilgan.

Jahon tajribasiga ko’ra O’zbekiston dunyoning eng korruptsiyalashgan 20ta mamlakatlari qatoridan chiqib ketib, hech bo’lmaganda ikkinchi 50talik mamlakatlar qatoriga qo’shilishi uchun islohotlar amalga oshirilib, quyidagilar barataf qilinishi kerak:

1. O’rta sinf shakllanmagan;

2. Erkin, demokratik saylovlar orqali xokimiyat almashishi yo’q;

Nobel mukofoti laureati Barak Obama, Nelson Mandela, Roza Otunbayeva.

3. Erkin matbuot yo’q;

4. Siyosiy raqobat, kuchli demokratik muxolifat yo’q;

5. Mustaqil sud tizimi yo’q;

6. Davlat lavozimida ishlayotgan amaldorlar uchun daromad va mol mulk dekleratsiyasi yo’q va hokazo.

Hamma gap prezident Shavkat Mirziyoyev bu islohotlarni amalga oshiradimi?!.

Afsuski,yuqoridagi 6 yo’nalish bo’yicha hech qanday ijobiy siljish yo’q.  Bu degani O’zbekiston vatandoshlari iqtisodiy, siyosiy erkinliklarga ega bo’lmaydi, yumshoq qilib aytganda ularning erkinliklari cheklangan bo’ladi.

Bir hovuch yuqori lavozimli mansabdorlar korruptsiyadan katta foyda ko’radi. O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq mamlakatlar qatoridan chiqib ketishi dargumonligicha qolaveradi.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[5].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va Ukraina (60 ball) hattoki Afg’oniston (27 ball), Rossiya (20 ball),Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [6].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[7].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [8]. Rossiya korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha 28 ball bilan 138-o’rinni egallagan bo’lsa, Ukraina 32 ball bilan 120-o’rinni egallagan.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

7-iyun, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Aylanma eshiklar, ko‘rinmas qo‘llar: yangi O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor qanday birlashmoqda? 31.05.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29974973.html ).

2. Kristian Lasslet: Toshkent hokimi O‘zbekistonda eksklyuziv imtiyoz bilan ishlayotgan 67 ta shirkatga aloqador!(VIDEO). 01.06.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29974983.html ).

3. Safar Bekjon Urganjiy. “Ислоҳат” лағмони. 01.06.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=Cx2TGEiaR9A ).

4. Коррупцияга қарши фармон имзоланди. Энди давлат хизматчилари даромадларини декларация қилади. 29.05.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29969811.html ).

5. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

6. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

7. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

8.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

 

O’zbekiston. “Tillarda doston” Jahongir Ortiqxo’jayev. (2019).

$
0
0

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jayev yirik korruptsiner sifatida keng jamoatchilikka, hattoki dunyo jamoatchiligiga ham tanilib bo’ldi. Men maqolada hokimning boshqa qilmishlari, “qahramonliklari” haqida to’xtalib o’tishni lozim topdim.

1. Chorsu mojarosi: Tadbirkorlar Ortiqxo‘jaev 8 mlrd so‘m tovon pulini bermayotganini aytdi. [1].

Ozodlikdan iqtibos:”Toshkentning mashhur Chorsu bozoridagi tilla buyumlari do‘konlari va ularga tutash kafe-restoranlar buzilganiga qariyb uch yil bo‘ladi.

Poytaxtning oldingi hokimi Rahmonberdi Usmonov 2016 yil yozida bozor hududidagi 35 do‘kon va kafe egasiga ko‘chmas mulkini o‘zi buzib¸ o‘rnida yana o‘zi yangi kompleks qurishni buyurgan edi.

Tadbirkorlar buzishni tugatib¸ qurilishning asosiy qismini qilib bo‘lgan mahal shahar hokimi o‘zgarib¸ uning o‘rniga “Akfa-Artel” holdingi egasi Jahongir Ortiqxo‘jaev tayinlandi.

Tadbirkorlarning Ozodlikka aytishicha, 2018 yil 21 dekabr – Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlangan kuniyoq Ortiqxo‘jaev ilk qaror bilan nafaqat Chorsudagi bu qurilishni to‘xtatgan¸ balki 35 tadbirkorga tegishli yerni ham tortib olgan.

Lirik chekinish: “Ortiqxo’jayev joriy yil (2018) 23 aprel kuni Toshkentda Ashxobod bog’ining ochilishi payti Mirziyoyevning nazariga tushgani aytiladi. Bog’ qurilishiga bosh-qosh bo’lgan Ortiqxo’jayev o’sha kuni Mirziyoyev bilan Berdimuhammedovga hamrohlik qilgandi. Oradan 3 kun o’tib, Ortiqxo’jayev poytaxtga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan”. Lirik chekinish tugadi.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkorlarning Toshkent ramzlaridan biriga aylangan Chorsu bozoridagi ko‘chmas mulkini shahar hokimligi balansiga o‘tkazgan Ortiqxo‘jaev bu yer o‘rniga tadbirkorlarga Olmazor tumanidagi avtostoyanka hududini bergan.

Ammo tadbirkorlarning Ozodlikka aytishicha, ularning Chorsudagi qurilishga sarflagan qariyb 8 milliard so‘mlik xarajatini¸ Ortiqxo‘jaev o‘z va’dasiga qaramay¸ qariyb bir yildan beri qaytarmayotir.

Ozodlikka murojaat qilgan “Chorsu”dan haydalgan tadbirkorlar¸ yangi hokim eskisi qarorini hech bir izoh va ogohlantirishsiz bekor qiladigan O‘zbekistonda davlatga nisbatan ishonch qolmaganini bildirdi.

Bir hokim qarorini ikkinchisi bekor qilishi – dunyoning normal davlatida bo‘lmaydigan ish!”

10 iyun kuni Ozodlik gaplashgan tadbirkorlardan biri turkiyalik investor Yurdakul Qahramon Sezgindir.

Sezgin¸ 90-yillarda Toshkentda “Elita pardalari” tikib¸ sotishni yo‘lga qo‘ygan ilk turk tadbirkorlaridan biri.

U 2002 yili “Chorsu” bozori hududidagi tilla buyumlari rastasidan 1000 kvadrat metrga yaqin joyni sotib olib¸ u yerda parda tikish sexi ochgan.

2016 yili tilla buyumlari sotiladigan do‘konlar qatori uning sexi ham buzilgan.

Ozodlik bilan suhbatda Sezgin¸ uch yildan beri ko‘rgan-kechirganlarini¸ dunyoning boshqa davlatida uchramaydigan hodisa deb ta’rifladi.

Davlat kadastr hujjati bilan “Chorsu”da 950 kvadrat metrlik yerim bor edi. Davlatga ishonib¸ seximni o‘z qo‘lim bilan buzdim – birinchi hokim qurdirgan joyni ikkinchisi kelib yana buzdirayapti. Dunyoning boshqa yerida bunday voqea bo‘lishini tasavvur ham qilolmayman”¸ deydi turkiyalik tadbirkor Yurdakul Qahramon Sezgin.

Eng og‘ir ishlarni qilib bo‘lishimiz bilan¸ yerimiz tortib olindi”

Rahmonbek Usmonov qarori bilan 2016 yili “Chorsu”dagi o‘z do‘konini o‘zi buzganlardan yana biri toshkentlik 58 yashar Abdurasul Po‘latovdir.

Po‘latov¸ 90-yillarda davlat kadastr hujjatlari bilan olingan 138 kvadrat metrlik do‘kon o‘zi va oilasini boqib kelgan asosiy daromad manbai bo‘lganini aytadi.

O‘z do‘konini o‘zi buzib¸ uning o‘rnida yangisini qurishga bor pulini bergan Po‘latov¸ Jahongir Ortiqxo‘jaev tadbirkorlar qurilishning eng og‘ir va qimmat qismini bajarib bo‘lganidan so‘ng¸ bu yerni tortib olganini aytadi.

35 ta tadbirkor yeridan ajragan bo‘lsa¸ ularning ba’zilari boshqa joydan yer oldi¸ ba’zilari¸ O‘zbekistondan butunlay chiqib ketdi. Qolgan 25 tamiz do‘konimiz kvadraturasiga qarab pul chiqarib¸ 70 sotix joyga fundament qildik. Chorsu – to‘rt tomoni suv¸ degan ma’noni bildiradi. 4 metrlik kotlovan qaziganimizdan keyin¸ balchiq suv chiqib ketdi. Uni quritish uchun¸ proektniy institutlar ruxsati bilan¸ drenaj sistemasi qildik. Bu joydan Toshkentning uchta tumanini suv bilan ta’minlaydigan katta suv quvuri ham o‘tarkan¸ bu trubalar yangilandi. Bu ishda oldingi hokim Usmonov yordam berdi. Proekt¸ kotlovan¸ drenaj qimmat ish¸ shularni qilib¸ balchiqni quritib¸ endi temir stoykalarni qo‘ygan joyimizda¸ bu joy kimgadir kerak bo‘ldi shekilli¸ Ortiqxo‘jaev yerimizni olib qo‘ydi¸ fundamentimizni bir kechada ko‘mdirib tashladi. Hozir shuncha qilingan ish ustiga tuproq tortib¸ atrofini o‘rab qo‘yishgan”¸ deydi Abdurasul Po‘latov”. Iqtibos tugadi. [1].

Jahongir Ortiqxo’jayevning zo’ravonligi nafaqat Chorsu bozorida faoliyat ko’rsatgan 35 tadbirkorning mol mulkidan mahrum etishi, ularning 8 milliard so’mga teng tovon pulini hanuzgacha to’lamasligida, yana quyidagi foydalanilgan adabiyotlarda keltirilgan Ozodlik radiostantsiyasining maqolalaridan o’qib,o’rganib bilib olishingiz mumkin.

Toshkent timsoli bo‘lgan fontan Jahongir Ortiqxo‘jaev buyrug‘i bilan buzildi. Hokimlik buni “ta’mir” deb atadi. [2].

Investor Toshkent hokimini o‘zini qurilish bozoridan siqib chiqarayotganlikda ayblamoqda. [3].

Toshkentda yangi qurilgan turar-joy kompleksi Bosh vazirning og‘zaki buyrug‘i bilan buzib tashlangani aytilmoqda. [4].

Sebzorda uylar shoshilinch buzilmoqda,o’rnida Hindiston elchixonasi quriladi (Video). (Себзорда уйлар шошилинч бузилмоқда, ўрнида Ҳиндистон элчихонаси қурилади (ВИДЕО)). [5]

2. Jahongir Ortiqxo’jayev va prezident Shavkat Mirziyoyevning korruptsion ishlari Buyuk Britaniyalik tadqiqotchi Kristian Lasslettning

Aylanma eshiklar, ko‘rinmas qo‘llar: yangi O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor qanday birlashmoqda? [6].

Kristian Lasslet: Toshkent hokimi O‘zbekistonda eksklyuziv imtiyoz bilan ishlayotgan 67 ta shirkatga aloqador!(VIDEO) [7] maqolalarda va muxolifatchi Safar Bekjon Urganjiyning “Islohot lag’moni” ( “Ислоҳат” лағмони”) videosi [8] orqali tanishishlari mumkin.

3. Jahongir Ortiqxo’jayevning O’zbekiston vatandoshlarining mehnat huquqlarini qanchalik oyoq osti qilayotganini Ozodlikning “Toshkent hokimiga qarashli kompaniya ishchilari o‘zlarining quldek ishlatilayotganini aytmoqda” nomli maqolasi orqali tanishishlari mumkin. [9].

Shu maqoladan iqtibos: “O‘zbekistondagi eng yirik qurilish loyihasi – Tashkent Cityning bosh pudratchisi, mamlakatdagi yirik developerlik shirkatlaridan biri Discover Invest mingdan oshiq ishchini haftasiga 7 kun¸ 12 soatlab ishlatmoqda.

Discover Invest, Ozodlik gaplashgan kompaniya rasmiysining aytishicha¸ Akfa Group holdinggiga qarashli. Bu holding aktsiyalarining 70 foizi esa¸ Ozodlik ixtiyoridagi hujjatlarga ko‘ra¸ Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevga qarashlidir”. Iqtibos tugadi. [9].

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo’jayev o’zining zo’ravonlik,korruptsion va vatandoshlarning mehnat huquqlarini toptashni bemalol, qo’rqmasdan davom ettirayotganligi uning bu jinoyatlari prezident Shavkat Mirziyoyevning avtoritar rejimida jazolanmay qolishini juda yaxshi biladi.

1. Agar O’zbekistonda mustaqil sud tizimi bo’lganida edi, har qanday korruptsioner, zo’ravon, inson huquqlari va erkinliklarini oyoq osti qiluvchi hokimni sudga berib javobgarlikka tortib jazolash mumkin bo’lardi.

2.Agar O’zbekistonda erkin,demokratik saylovlar bo’lganida edi, korruptsioner, zo’ravon, inson huquqlari va erkinliklarini oyoq osti qiluvchi vatandoshlar hokimlikka saylanmagan bo’lardilar. Afsuski vatanda erkinlik yo’q, demokratiya yo’q, siyosiy raqobat yo’q, siyosiy muxolifat yo’q.

3. Agar O’zbekistonda gazetalar, radio, televideniye va internet nashrlar erkin bo’lganida edi vatandoshlar Ozodlik, BBC, Amerika ovozi va boshqa erkin radiostantsiyalarga murojaat qilmasdilar.

Yuqoridagi Agarlar ro’yobga chiqishi uchun O’zbekistonga iqtisodiy va siyosiy erkinliklar zarur, shunda mamlakatda o’rta sinf va fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun sharoit yaratiladi. Baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqaroviy jamiyat bo’lgan mamlakatda korruptsiya darajasi keskin kamayadi, iqtisod rivojlanadi, vatandoshlar erkin,farovon hayot kechiradilar.

Afsuski, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[10].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va Ukraina (60 ball) hattoki Afg’oniston (27 ball), Rossiya (20 ball),Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [11].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[12].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan. Rossiya korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha 28 ball bilan 138-o’rinni egallagan bo’lsa, Ukraina 32 ball bilan 120-o’rinni egallagan. [13].

O’zbekiston vatandoshlari o’zlarining mehnat huquqlarini himoya qila olmaydilar. Ularda na mustaqil kasaba uyushmalari tuzish zarurligini tushunish bor, na tuzishga intilish bor. Ular 21-asr inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinadigan asrda yashayotganlarini yetarlicha anglab yetganlari yo’q. Ular prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi korruptsionerlarning qullaridir. Hofiz, muxolifatchi Dadaxon Hasan qo’shig’ida aytilganidek ular O’zbekiston mardikor bozoridagi kattalarning mardikoridir. [14,15].

Mardikor bozoridir.

Kecha qon edi bu xalq bugun zorga aylandi,

avval qul bo’lsa endi mardikorga aylandi.

Yurt kimga mudom qishdir kimgadir mudom bahor,

qachongacha bu millat kattalarga mardikor.

Qarovsiz qolganidan hazon bo’ldi g’urur or,

hatto shoirlari xam podsholarga mardikor

yohud xofizlari ham podsholarga mardikor.

Davron dil ozoridir, davron erk mazoridir,

O’ZBEKISTON degan yurt, mardikor bozoridir.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

14-iyun, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Chorsu mojarosi: Tadbirkorlar Ortiqxo‘jaev 8 mlrd so‘m tovon pulini bermayotganini aytdi (VIDEO). 10.06.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29991880.html ).

2. Toshkent timsoli bo‘lgan fontan Jahongir Ortiqxo‘jaev buyrug‘i bilan buzildi. Hokimlik buni “ta’mir” deb atadi. 11.06.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29993840.html ).

3. Investor Toshkent hokimini o‘zini qurilish bozoridan siqib chiqarayotganlikda ayblamoqda. 28.03.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29848158.html ).

4. Toshkentda yangi qirilgan turar-joy kompleksi Bosh vazirning og‘zaki buyrug‘i bilan buzib tashlangani aytilmoqda. 06.11.2018. (https://www.ozodlik.org/a/29586157.html ).

5. Себзорда уйлар шошилинч бузилмоқда, ўрнида Ҳиндистон элчихонаси қурилади (ВИДЕО). 30.09.2018. ( https://www.ozodlik.org/a/29517356.html ).

6. Aylanma eshiklar, ko‘rinmas qo‘llar: yangi O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor qanday birlashmoqda? 31.05.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29974973.html ).

7. Kristian Lasslet: Toshkent hokimi O‘zbekistonda eksklyuziv imtiyoz bilan ishlayotgan 67 ta shirkatga aloqador!(VIDEO). 01.06.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/29974983.html ).

8. Safar Bekjon Urganjiy. “Ислоҳат” лағмони. 01.06.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=Cx2TGEiaR9A ).

9. Toshkent hokimiga qarashli kompaniya ishchilari o‘zlarining quldek ishlatilayotganini aytmoqda. 28.01.2019. (https://www.ozodlik.org/a/29736445.html ).

10. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

11. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

12. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

13.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

14. Mardikor bozoridir. (https://ok.ru/shoirvash/topic/64070253390623 ).

15. Dadaxon Hasan-Mardikor bozoridir. 11.07.2017.(https://www.youtube.com/watch?v=Jzna5-QD6gc ).

O’zbekiston. Nega mamlakat iqtisodi o’ta qoloq?! (2019).

$
0
0

O’zbekistonning iqtisodi o’ta qoloqligiga mamlakatda gullab yashnayotgan korruptsiya ekanligi hammaga ayon bo’lib qoldi. Men BBCda O’zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi va yirik davlat arbobi Rahim Rajabov bilan jurnalist Komiljon Shamshiddinovning suhbati bilan tanishib qoldim.[1].

O’zbekiston milliy axborot agentligi web saytida bu interv’yu bilan tanishishingiz mumkin. [2].Youtubeda Hurshid Davronning kanalida ham intervyu qo’yilgan [3]. Rahim Rajabov bilan intervyuda o’zbek oltini,mashinasozlik, og’ir sanoat,Aviatsiya zavodi, Algoritm zavodi, pritsep ishlab chiqaridigan korxona (zavod), avtomobil zavodi (Asakadagi avtomobil zavodi), chinni zavodi va Safar Bekjon Urganjiyning “Hokimiyatdagi 45 rahbar Shveytsariyada bloklandi” (“Ҳокимиятдаги 45 рахбар Швейцарияда блокланди” videosi bilan [4] tanishsangiz mamlakatdagi korruptsiyaga oid ko’p narsa sizga ayon bo’ladi.

1. Avval Rahim Rajabov bilan suhbatdan iqtibosni keltiraman. [2].

O’zAdan iqtibos:”– Mustaqil boʻlgach, Oʻzbekistonning yer osti boyliklari, yaʼni oltin, neft va gazning hisobi olingan edimi?

Bir voqeani aytay. Mustaqilikka endigina bir yarim-ikki yil chamasi boʻlgan edi. Men Zarafshonga bordim: 10 oyda 10-15 tonna oltin kam qazib olingan ekan. Ular (yaʼni kon rahbarlari) “otdan tushsayam, egardan tushmagan” vaqtlar. Bizga boʻysunmaslik holatlariyam bor edi, hammasi sabotaj qiluvchi, quloqlari ana u yoqqa (Moskva tomonga) qaragan edi. Shular bilan masalani qattiq muhokama qildik. Men “Oltin bizniki, u avval bizning xazinaga tushadi. Shundoq boʻlgach, uning hisob-kitobini ham toʻgʻrilab qoʻyinglar. Agar sizlar – biz ketib, oʻzbeklar oltinni qanday qilib qazib oladi, konlarni qandoq ishlatadi, desangiz, adashasiz. U chirimaydi. Qachon qazib olishga qurbimiz yetsa, oʻz kadrlarimiz yetishib chiqsa – qazib olamiz. Unga qadar yer ostida yotaveradi”, deya qatʼiy aytganman.

Qancha oltin qazib olinardi?

Boshlanish davrlarida yiliga 50-60 tonna olinardi. Hozir 2-3 marta koʻpayib ketgan. U paytda bittagina zavod, yaʼni “GMZ-1” bor edi, hozir shunaqa zavoddan uchtasi ishlaydi.

Oʻsha davrda Oʻzbekiston oltinlari kafolat sifatida, jahon banklariga qoʻyilgan, degan gap bor. Shu ishlarning boshida turgan odamlardan biri sifatida, qayerga va qancha oltin qoʻyilganini ayta olmaymizmi?

Bilasizmi, shunday sirlar borki, uni 20 yilda, baʼzilarini esa 25 yilda ochish mumkin. Ularni vaqtidan oldin gapirib qoʻyish – qonun oldida javobgarlik. Toʻgʻri, bilaman, lekin ularni oshkor etish vaqti kelgani yoʻq. Bir narsani ayta olamanki, Oʻzbekiston oltinlari – Angliyada ham, Shveysariyada ham, hatto Amerika banklarida ham bor…

Boya, oʻzaro gaplashib oʻtirganimizda, “Bizda aviatsiya sanoati taraqqiy qilgandi, afsuski, toʻxtab qoldi”, degandek gap qiluvdingiz. Soʻramoqchi boʻlganim – bugungi ogʻir sanoat ahvoli Sizni qoniqtiradimi?

Yoʻq. Bir vaqtlar bizning zavodlar SSSRning istalgan korxonasidan ham yaxshi edi. Keyinchalik, Islom Abdugʻaniyevich bitta menga achchiq qilib, ogʻir sanoatni ham, aviatsiya sanoatini ham yoʻqotib yuborgani yaxshi ish boʻlmadi. Ministrlar Sovetida mashinasozlik va ogʻir sanoat boʻlimi bor edi. Hatto shu boʻlimniyam yopib yubordi. Zavodlarni esa muttahamlarning qoʻliga berib, tugatdi. Hozir ham yaxshilab tekshirtirish mumkin: qani, ularni kim xususiylashtirib olgan ekan. Qonunda ham yozib qoʻyilgan – korxonar xususiylashgandan soʻng ham oʻz yoʻnalishida faoliyat yuritishi kerak edi. Masalan, “Algoritm” zavodi hozirgi valyutada 20-30 milliard dollarga baholanadi. U yerdagi murakkab texnika va texnologiyalar, binolar-u, oromgohlar – hammasini qoʻshsangiz, shunchaga borib qolardi. Uni kim, qaysi pulga sotib oldi, korxona ichidagi texnologiyalarni kim yoʻqotdi? Bu savollarga bugun javob yoʻq.

Bitta gap aytay, ogʻir sanoati yoʻq mamlakat – mamlakat emas. Nima, samolyotni faqat Amerikadan sotib olish kerakmi? Atrof mamlakatlarga, deylik, Xitoy, Hindiston, Pokistonga bizning samolyotimiz sotilsa, yomonmi? Biz boʻlsak, hammasini yopdik. Bugun bitta televizoringiz buzilsa, uni tuzatish uchun ketadigan uskunasi – oʻzidan ham qimmat…

Nega bunaqa boʻldi, sababi nimada, deb oʻylaysiz?

Rahmatli doʻstim bu korxonalarning hammasi kerakligini bilardi. Ammo… Anavi – dangʻillama uchastkalar, togʻdagi dam olish zonalari, milliard-milliard pullar qayerdan kelardi unda. Binolar-ku, koʻrinib turibdi, milliard dollarlarning ham bir qismini eshitayapmiz. Bu narsalarning hammasi – xalqni gadoy qilish evaziga keldi-ku. Shu ishlarni qilgan odamlar siyosatni olib bordi. Haliyam mamlakatimiz boy ekan, koʻp narsa bor ekan. Endi kelajakni, bolalarni oʻylashimiz kerak.

Siz mendan “Shuncha yil ishlab, biror korxonaning aksiyasini olganmisiz”, deb soʻrang. Yoʻq. Sotib olganlarning koʻpchiligi muttaham, oʻsha paytning oʻzida pulini chiqazib olishgan. Oʻsha zavodlardan keyinchalik birorta ogʻir mashina yoki traktor chiqibdimi? Hammasi oʻldi…

Siz hozir “Bizda mashinasozlik oʻldi” degan xulosa chiqarayapsiz. Lekin bizda avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi-ku…

Uka, siz hozir mashina ishlab chiqarilayapti, deyapsiz. Lekin uning deylik, bitta lampochkasi oʻchib qolsa, rasvo boʻladi. Chunki oʻzimizda ishlab chiqarilmaydi. Bunaqa “ishlab chiqarish” kimga kerak. Mayli, hamma narsani yuz foiz shu yerning oʻzida chiqarish qiyindir. Lekin hech boʻlmaganda, uning 60 foizini oʻzimizda ishlashimiz kerak…

Oʻshanda men hukumat raisi oʻrinbosari edim. Asakadagi hozirgi avtomobil zavodi oʻrnida traktorlarga pritsep ishlab chiqaradigan korxona boʻlardi. Ittifoqo Prezident Koreyaga bordi. U yerdan turib menga “Sening Asakadagi pritsep zavodingni koreyslarga sotdim”, deya telefon qildi. Vaholanki, zavodning oʻzi binoyidek ishlab turgan edi. Pritsep chiqarishning ham mashaqqatlari oz emas, chunki oddiy mashina toʻrtta odamni tashisa, u yuk tashiydi: tormozlari, gʻildiraklari, disklari mustahkam boʻlishi kerak. Men u kishiga, “Avtomobil zavodi kerak boʻlsa, ishlab turgan zavod orqasidan 45 gektar yer ajrataylik, yangidan qurishsin”, dedim. Lekin oʻzingiz bilasiz, davlat rahbari “Men vaʼda qildim” deb turgach, uning qaroriga qarshi chiqib boʻlmaydi.

Shundan keyin oʻzim delegatsiyaga rahbarlik qilib, Koreyaga bordik,bu yerda ham muhokama qildik. Men, ishlab chiqariladigan avtomobilning soni yiliga 80-100 mingta boʻlsin, narxi arzon, hamyonbop boʻlsin, degan taklifni bildirganman. Boshida 3-4 ming dollar, deb kelishdik. U paytlarda bu – uch-toʻrtta buqaning puliga teng edi…

Keyinchalik narxlar nimaning hisobiga oshib ketdi?

Chunki eng boshda imzo chekilgan hujjatlarni koʻtarib koʻradigan odam yoʻq, shekilli. Oʻsha yerda narx masalasi qatʼiy qilib yozib qoʻyilgan edi. Narx oshishidan – oʻzimizdagilarning ham manfaati boʻlsa kerakdir-da, unisini bilmayman. Koreya bilan boʻladimi, AQSH bilanmi, avvalo oʻz xalqimiz manfaatini koʻzlab, muzokara qilish mumkinmi? Yo faqat xalqdan shilib olib, byudjetni toʻlgʻazish kerakmi?.. E, oʻlsin unaqa byudjet, kimga kerak u…

Joyi jannatdan boʻlsin-u, lekin doʻstimdan xafaligim shundaki, u shu ishlarni nazorat qilmadi. Mamlakatga har tarafdan “och boʻrilar” yopishib, talab, bor narsaniyam yoʻq qildi. Esingizda boʻlsa, zoʻr chinni zavodimiz bor edi. U yerda ishlab chiqarilgan chinnilarni men G.Kissenjer (AQSHning sobiq davlat kotibi- tahr.)ga, Saddam Husaynga sovgʻa qilganman. Shu zavod ham sotilib ketdi. Sotib olgan odam bilan keyinchalik ogʻayni boʻlib qoldim. Oʻsha inson bir kuni, “Bilasizmi, Rahim aka, zavodni buzganimizda, undan chiqqan metall va gʻishtdan yana beshta zavod qursam boʻlarkan”, deb qoldi. Shunaqa gaplar. Endi yana qaytadan chinni zavod qurilayotgan emish…

Oddiy xalqni – bojxonachimiz talasa, transportchimiz talasa, boshqasi Xitoydan bir soʻmlik narsa olib kelib, oʻzimizda 5 soʻmga sotsa… Bu ishlar – maxsus qilingan edi. Lekin men unda ketib boʻlgandim…”. Iqtibos tugadi.

2. Safar Bekjon Urganjiyning “Hokimiyatdagi 45 rahbar Shveytsariyada bloklandi” (“Ҳокимиятдаги 45 рахбар Швейцарияда блокланди” videosi. [4].

Videoda muxolifatchi Safar Bekjon Urganjiy O’zbekistonning 45 rahbar, korruptsionerlariining Shveytsariyadagi bloklangan, muzlatilgan bank hisoblari, molk mulklari haqida hikoya qilinadi. 45 korruptsionerdan 5 tasining ismi familiyalari ham birma bir sanab o’tiladi.

Yuqorida keltirilgan O’zA muxbiri Komiljon Shamsiddinovninig Rahim Rajabov bilan suhbatidan diktator Islom Karimovning O’zbekistondagi mashinasozlik va og’ir sanoatga tegishli zavodlarni, jumladan Aviatsiya zavodi,Algoritm zavodi, pritseplar ishlab chiqariladigan zavod, chinni zavodi va boshqa korxonalarning korruptsiya yo’li bilan boyish uchun qanday xonavayron qilinishi ochib berilgan bo’lsa, Safar Bekjon Urganjiyning “Hokimiyatdagi 45 rahbar Shveytsariyada bloklandi” videosidan O’zbekistonning eng yirik 90 korruptsionerlaridan 45 tasining bank hisoblari va mol mulklari muzlatilgani ochiqlanadi.

Diktator Islom Karimovning mamlakatda 27 yil rahbarlik qilgan yillarda korruptsiya gullab yashnadi. Uning qizlari Gulnora Karimova (15 milliard AQSH dollari miqdorida) va Lola Karimova-Tillayevalar (bir necha milliard AQSH dollari) O’zbekiston xalqining boyligini o’marishdi. Buning oqibatida millionlab vatandoshlar mardikorlarga aylanishdi, 10 minglab ayollar fohishalik bilan shug’ullanishga majbur bo’lishdi.

Zero, O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan. Rossiya korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha 28 ball bilan 138-o’rinni egallagan bo’lsa, Ukraina 32 ball bilan 120-o’rinni egallagan. [5].

Korruptsiya gullab yashnayotgan mamlakatga halol chet ellik tadbirkorlar investitsiya, sarmoya kiritmaydi. Mamlakat iqtisodi rivojlanmaydi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48).

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43).

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8,9].

AJB YAIM 1,460 AQSH dollari bo’lgan O’zbekiston 10-20 yillar oldin juda qoloq bo’lgan Hindiston (AJB YAIM 2,188), Nigeriya (2,244) va hattoki Bangladeshdan (1,882) ham orqada qolib ketdi.

O’zbekiston faqat 40 yildan beri urush bo’layotgan Afg’oniston (AJB YAIM 577) va 5 yil fuqarolar urushi bo’lgan Tojikistondan ( AJB YAIM 815) oldindaligi bilan faxrlana oladi. [7].

Dunyoning erkin, demokratik va iqtisodi rivojlangan mamlakatlarida ta’lim tizimi rivojlangan bo’ladi. O’qituvchilar o’rta sinfga kiradi. Iqtisodi o’ta qoloq,korruptsiya botqog’iga botgan O’zbekistonda o’qituvchilarning diktator Islom Karimov rahbarligi davridagi ayanchli ahvolini ajoyib qiziqchimiz,marhum Hojiboy Tojiboyev o’zining “Traktorchilar : Rais buva sigaretdan oling endi” nomli nomerida juda qiziqarli,kulgili qilib tasvirlagan.[10]. Men yana shuni ta’kidlab o’tishni lozim topdimki, bugungi kunda dunyoning eng zo’r, top 1000 universitetlari ro’yxatida O’zbekistondan bitta ham oliy o’quv yurti yo’q.

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

21-iyun, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ўзбекистон: Каримов халқни гадой қилди – собиқ мулозим. 24.05.2019. (https://www.bbc.com/uzbek/world-48398686 ).

2. Rahim RAJABOV: “Xalqni gadoy qilish evaziga kelgan hashamat kimga kerak?!.” 13.05.2019. ( http://uza.uz/uz/society/rahim-rajabov-xalqni-gadoy-qilish-evaziga-kelgan-hashamat-ki-13-05-2019?sphrase_id=4325001 ).

3. Xurshid Davron Kutubxonasi.Sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov bilan suhbat – Xurshid Davron kutubxonasi. 13.05.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=q3OOYrfxiGs ).

4. Safar Bekjon Urganjiy.Ҳокимиятдаги 45 рахбар Швейцарияда блокланди. 17. 03.2019. ( https://www.youtube.com/watch?v=Tk6SgEeABFY ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

9. Первый суверенный кредитный рейтинг от Fitch оказался благосклонен к Узбекистану. 21.12.2018. (https://fergana.agency/news/103789/ ).

10. Hojiboy Tojiboyev – Traktorchilar : Rais buva sigaretdan oling endi.

( https://www.youtube.com/watch?v=lHHi9h6aFQQ ).

O’zbekiston. Nahotki, Gulnora Karimova korruptsioner emas?! (2019).

$
0
0

Quyidagi 2 voqea O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari qanchalik hurmat qilinmasligi, korruptsiyaning naqadar chuqur ildiz otganligi va korruptsiyaga qarshi kurashish naqadar og’irligini ko’rsatadi.

1-voqea. Miromon Mirziyoev nomli tibbiyot birlashmasining o‘ttiz xodimi ishdan bo‘shatilayotganiga norozilik bildirdi. [1,2].

Ozodlikdan iqtibos: “Jizzax viloyati Zomin tuman tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam shoxobchalarida ishlaydigan 30 nafardan ortiq hamshira, dori taxlovchi, sanitarka va dispetcher 18 iyun kuni tuman Xalq qabulxonasiga borib, ishdan noqonuniy bo‘shatilayotganiga qarshi norozilik bildirdi.

O‘tgan yilning noyabrida ish boshlagan bu tibbiyot xodimlari, birlashma rahbarlarini korrupsiyada ayblab, arizalarini xalq qabulxonasiga topshirgan.

Tibbiyot birlashmasi rahbari xodimlarning Xalq qabulxonasiga shikoyat qilib borganini tasdiqlar ekan, ularning yoppasiga qisqartirilayotganini inkor qildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning otasi Miromon Mirziyoev nomiga qo‘yilgan Zomin tibbiyot birlashmasining o‘ttizdan ortiq xodimi 18 iyun kuni tuman xalq qabulxonasiga arz qilib borgani haqida, ismi sir qolishini so‘ragan shikoyatchilardan biri Ozodlikka xabar qildi:

O‘tgan yilning noyabr – dekabr oyida Zomin tumani qishloqlarida tez yordam shoxobchalari tashkil etilib, hamshira, sanitarka, dispetcher, dori taxlovchi shtatlariga 103 nafar odam ishga olingan edi. Endi esa shtat qisqaryapti deb, bizni ishdan bo‘shatishmoqchi. Hammaga ogohlantirish maktublari berilgan. Bu xodimlarning aksariyati ishga kirish uchun bir million so‘mdan uch million so‘mgacha pora berishga majbur bo‘lganini Xalq qabulxonasidagi mulozimlarga aytishdi. Ular bu gaplarning hammasini videoga olib Toshkentga yuborishlarini va u yerdan bu muammoni o‘rgangani maxsus komissiya kelishini aytgandan so‘ng, ayollar tarqadi”.

Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotgani haqida ogohlantirish xati olgan hamshira Hilola Kubaevaning Ozodlikka aytishicha, xalq qabulxonasida barcha ayollar o‘z haq-huquqlarini talab qilgan:

Seshanba kuni men ishda edim. Ishdan bo‘shatilayotgan xodimlar Xalq qabulxonasiga borishganda meni ham chaqirishdi. Borsam ishchilarimiz ishga kirish uchun pora berishga majbur bo‘lishganini, lekin besh-olti oy ishlamay ishdan bo‘shatilayotgani haqida kuyib gapirayotgan ekan. Biz ham gapirdik”

Hilola Kubaevaning aytishicha, norozilik bildirgan ayollarga tibbiyot birlashmasi mulozimlari qattiq bosim o‘tkazgan:

Kecha Xalq qabulxonasiga borib, olingan videodan nusxa berishni talab qildim, Toshkentga yuborganmiz deb, berishmadi. Ikki xodimning arizasidan nusxa olib keldim. Bugun esa o‘sha norozilik bildirgan hamkasblarim telefon qilib, bizni boshqa bezovta qilmang, ishdan haydasa ham rozimiz, tinch qo‘yishsa bo‘ldi, deyishyapti. Men esa oxirigacha boraman. Menku pora bermay xalq qabulxonasi orqali ishga kirganman, lekin o‘sha kuni o‘nlab ayollar korruptsiya tibbiyot birlashmasida chuqur ildiz otib ketgani haqida mulozimlarga aytishdi. Toshkentdan maxsus komissiya kelsin, adolatli tekshirsin, bularning hamma nayranglari fosh bo‘ladi”.

Ozodlik olgan ma’lumotga ko‘ra, xodimlar noroziligidan so‘ng birlashma kadrlar bo‘limi boshlig‘i, katta hamshira va boshqa mulozimlar norozilikka chiqqan har bir xodimning uyiga borib, uni da’volaridan voz kechishini talab qilgan:

Agar pora berganman desalaring, o‘zlaring ham qamalasizlar, yaxshisi arizalaringni qaytarib olinglar, deb erlarimiz, otalarimiz orqali bosim o‘tkazyapti”, dedi ismi sir qolishini so‘ragan hamshiralardan biri.

Ishdan haydalishidan cho‘chib, ismi sir qolishini so‘ragan birlashma shifokorlaridan birining aytishicha, agar haqiqatan ham xolis komissiya prezident otasi nomidagi tibbiyot birlashmasini tekshirib chiqsa, ko‘p adolatsizliklar namoyon bo‘ladi:

Bu birlashmadagi adolatsizliklarni sanab adog‘iga etolmaysiz. Kasallarning oziq-ovqat ta’minotidagi o‘g‘irliklar, “o‘lik shtatlar”, moddiy yordamlarning asl egalariga yetib bormayotgani, mukofotlarning faqat rahbarlarning yaqin odamlariga berilayotgani, bularning hammasi xolis reviziya qilinsa, ko‘p narsa chiqib keladi”.

Zomin tumani tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Rustam Ibragimov Ozodlik bilan suhbatda xodimlarning Xalq qabulxonasiga arz qilib borganini tasdiqlar ekan, buni anglashilmovchilik deb atadi:

– Xodimlarning ishdan bo‘shatilishi degan gap yo‘q. Bularning qabulxonaga borgani, qandaydir noqonuniy agitatsiya bo‘lgan. Bir ayol agitatsiya qilgan. Bugun ham borib o‘sha ayollar bilan gaplashdik, ular o‘sha ayol aytgani uchun bordik, keyin videoga olib gapirtirmoqchi bo‘lganda biz ketdik, deyishdi. Hammasi oyligini olib, ishlab yuribdi. Tez tibbiy yordam shoxobchalarida faqat dori taxlovchi va dispetcher shtatlari masalasi bo‘lib turibdi. Masalan, dorini har kim ham taxlay oladiku. Biz tez tibbiy yordamni markazlashtirayotganimiz uchun dispetcher masalasi ham bor. Lekin bu xodimlarga boshqa joydan ish topib berishga harakat qilamiz.

Bosh vrach xodimlarning korrupsiya haqidagi iddaolariga mujmal javob berdi:

Har bir xodim mendan tashqari profsoyuz, tez yordam bo‘limi boshlig‘i, yurist, kadrlar bo‘limi boshlig‘i va o‘sha xodimning biror yaqini ishtirok etgan imtihonda tanlab olinadi. Masalan beshta da’vogar bo‘lsa, eng yaxshisi olinadi. Yana endi. Qanday o‘yinlar bo‘lgan, men bilmayman. Men o‘zimni oqlamoqchi emasman, lekin korrupsiya borligini kuzatmaganman”

Bosh vrach hech bir xodimga ogohlantirish maktubi yuborilmaganini aytdi”. Iqtibos tugadi. [1,2].

2-voqea. Uyushtirilgan kampaniya? Shou biznes vakillari Gulnoraga muhabbat izhor etishda yangi poyga boshladi. [3].

Ozodlikdan iqtibos: “24-25 iyun kunlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek shou biznesining ayrim taniqli namoyandalari marhum prezidentning qamoqdagi qizi Gulnora Karimovaning yaqin kunlarda ozodlikka chiqishini so‘rab duo qilish va madh etishga kirishdi.

Ozodlik gaplashgan Toshkentdagi blogerlardan biri¸ bloger va shou biznes vakillariga prezident administratsiyasining ayrim mutasaddilaridan maxsus buyruq bo‘lganini iddao qildi.

Shaxsi sir qolishini so‘ragan bloger mazkur kampaniya jamoatchilikni Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqishiga tayyorlash va bu ehtimolga ijobiy munosabatni shakllantirish uchun uyushtirilganini bildirdi.

Qo‘shiqchi Rayhon Gulnora Karimovaga – Xalq sizni kechiradi!

23 iyun kuni Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Instagram sahifasida o‘z onasining O‘zbekiston xalqi va prezidentiga murojaatini e’lon qildi.

2014 yili hibsga olinganidan beri birinchi marta qilingan bu murojaatida Karimova “xalqdan kechirim” so‘ragan.

24 iyun kuni o‘zbek estradasi yulduzlaridan biri Rayhon G‘anieva o‘z Instagram sahifasida Gulnora Karimovaning olmoslarga burkangan suratini qo‘yib:

– Xalq sizni kechiradi. Hammamiz hamisha xudodan bularning hammasi o‘tib ketishini so‘raymiz¸ degan yozuv qoldirdi.

Bu yozuv ortidan Rayhon muxlislari “hamma ham xato qiladi¸ beayb parvardigor”¸ “bizning sevimli opajonimiz¸ sizni juda sog‘indik” degan mazmunda duoi fotiha qilishga kirishgani kuzatildi.

Gulnora Karimovaning qizi Imon Rayhon va muxlislarining bu yozuvlariga like tugmachasini bosgan.

Karimov o‘lganda “doda tirik” deb chiqqan Jahongir Poziljonov Gulnorani sog‘inganini yozdi

Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov Rayhon postidan bir necha soat o‘tib o‘zi va oilasining Gulnora Karimova bilan birga tushgan suratini qo‘yib:

– Sizni sog‘indik. Tezroq eson-omon oilangiz bag‘riga qaytishingizni tilab qolamiz¸ sihat salomatlik tilaymiz¸ deb yozdi.

Bu yozuvi oxirida Poziljonov Imon Karimova va Gulnora Karimovaning Instagram akkauntini belgiladi (tag).

Halima qiziqchi Gulnora Karimovaga – “Vi moy kumir!”

Qiziqchi Halima Ibragimova ham 25 iyun kuni Instagramda Karimova haqqiga duo qilayotganlar safiga qo‘shildi.

Karimovaning shuhrat va qudrat shohsupasida bo‘lgan paytidagi suratini qo‘ygan Halima Ibragimova:

– Ollohim qo‘llasin. Farzandlaringizga bosh bo‘ling¸ tanu joniz sog‘ bo‘lsin. Sizi duogo‘ylaringiz ko‘p¸ Vi moy kumir¸ – deb yozdi va bu yozuvida u ham Imon Karimova va Gulnora Karimova akkauntlarini belgilab qo‘ydi.

Halimaning Instagramdagi 1¸6 million folloveridan 10 mingdan oshig‘i “yoqdi” deb yozgan bu post¸ bir necha soatdan so‘ng g‘oyib bo‘ldi.

25 iyun kuni ijtimoiy tarmoq¸ xususan¸ Instagramdagi o‘zbekistonlik foydalanuvchilarni “g‘uvillatgan” Gulnora Karimova haqidagi duogo‘ylikka shou biznesning Shahzoda Matchonova¸ Ziyoda¸ Daler Subhonov¸ Dilfuza Qodirova kabi qator boshqa vakillari¸ shuningdek¸ tanilmagan yuzerlar ham qo‘shildi.

Ulardan ayrimlari “Alhamdulillah, inshallah, Ollohim o‘zingga shukur duolar qabuli uchun Robbim”¸ deb yozgan bo‘lsa¸ boshqalari “U yaqinda qaytadi¸URA!” deb bayram boshladi.

Gulnoraga ozodlik!”

O‘zbekistonlik jurnalist va bloger Karimberdi To‘ramurodning Facebook sahifasida 24 iyun kuni paydo bo‘lgan murojaati shunday nomlandi.

Gulnoraning kuchi, bilimi, tashkilotchilik qobiliyati, qolaversa, pulidan O‘zbek xalqi manfaati yo‘lida foydalanish shart. Unga ozodlik berish, hech bo‘lmasa, Fond forum doirasida faoliyat yuritishiga imkon berish kerak.

Bir oygina oldin kechirilishi aqlimizga sig‘magan odamlar kechirilib, ularga uy-joy ham berilganda, nahotki, Gulnorani kechirmaslik kerak?

Gulnoraga shans berilsa, xalqimiz uchun har birimizdan ko‘p nafi tegishiga men ishonaman.

U ham Ayol! U ham Ona!

Kechagina Prezidentimiz aytgan so‘zlar Gulnora haqida hamdir, unutmang!

Gulnoraga ozodlik berib, o‘zini el manfaati yo‘lida xizmat qilishini isbotlashi uchun shans berish shart!

Gulnoradagi bilim, salohiyat, qobiliyat, shijoat juda ko‘p erkakda ham yo‘q.

Gulnoraga ozodlik berilsin!”¸ deb yozdi samarqandlik jurnalist-bloger.

Bloger: kampaniyaga “tepadan” start berildi!

25 iyun kuni Ozodlikka bog‘langan blogerlardan biri ijtimoiy tarmoqlarda foloverlari ko‘p bo‘lgan bloger va shou biznes namoyandalariga Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqishini so‘rab yozish haqida “tepadan” og‘zaki buyruq berilganini bildirdi.

Bu bloger “tepa” atamasiga aniqlik kiritib¸ prezident administratsiyasi tarkibidagi vakolatli idora va uning rahbari nomini tilga oldi.

(Bu iddaoni quvvatlovchi dalil ixtiyorida hozircha yo‘qligi bois¸ Ozodlik bu idora va uning rahbari nomini ochiqlamayotir.)

Blogerning aytishicha¸ topshiriq Gulnora Karimovaning yaqin orada ozodlikka chiqarilishiga ijtimoiy fikrni tayyorlash va uning xalqdan so‘ragan kechirimi ijobiy qabul qilingani “mujdasini yoyish” mazmunida bo‘lgan.

Ozodlik Karimberdi To‘ramuroddan o‘ziga boshqa bloger aytgan kabi “tepadan” maxsus ko‘rsatma berilgan-berilmaganini so‘rab murojaat qildi.

“Buni bir sotsiologik tadqiqot, so‘rovnoma desangiz ham bo‘ladi,” deya javob qaytardi Karimberdi To‘ramurod”. Iqtibos tugadi. [3].

Jurnalist Komiljon Shamshiddinovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov bilan suhbatida [5] mamlakatda zavod va korxonalar korruptsiya yo’li bilan qanday qilib xonavayron qilingani bayon etilgan bo’lsa, muxolifatchi siyosatchi Safar Bekjon Urganjiyning “Hokimiyatdagi 45 rahbar Shveytsariyada bloklandi” (Ҳокимиятдаги 45 рахбар Швейцарияда блокланди) videosida O’zbekistonning 45 yuqori lavozimdagi rahbarlarining korruptsiya yo’li bilan orttirgan mablag’larining, pullarining Shveytsariya banklarida muzlatilganligi oshkora qilingandi. [6].

Marhum diktator Islom Karimovning to’ng’ich qizi Gulnora Karimovaning 1 milliard AQSH dollariga yaqin pul mablag’lari va mol mulklari ham Shveytsariyada muzlatilgan edi. Shu muzlatilgan pullardan 133 million AQSH dollari miqdoridagi pullari O’zbekistonga qaytariladigan bo’ldi. [4]. Gulnora Karimova hammasi bo’lib 15 milliard AQSH dollari o’margan.

O’z o’zidan shunday savol tug’iladi, O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi qanday kurashsa bo’ladi?

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li-erkin, demokratik saylovlardir. Erkin, demokratik saylovlar o’tkazish uchun baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi zarur.

Afsuski, O’zbekistonda baquvvat o’rta sinf va kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun iqtisodiy va siyosiy erkinliklar ta’minlangan bo’lishi kerak.

O’zbekistonda na muxolif siyosiy partiyalar ro’yxatga olingan, na erkin matbuot, na erkin internet, na mustaqil sud tizimi bor.

Mamlakatda mol mulk daxlsizligi ta’minlanmagan, hokimiyat zo’ravonligi va adolatsizlik gullab yashnamoqda.

Zero, O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [7].

O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[8].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [9].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[10].

Ajoyib shoirimiz, marhum Muhammad Yusufning qalblarni titratguvchi “Tavallo” [12] she’rini go’zal nom bilan “ Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston!” [13] deb mardonavor, qahromona ruhda kuylagan mashhur san’atkor Yulduz Usmonova qo’shig’ini jon qulog’imiz bilan tinglaymiz. Bu qo’shiq marhum diktator Islom Karimov davrida vatanni tashqi dushmanlar, ichki dushmanlar -terroristlardan himoya qilishga bag’ishlangan sifatida kuylangan,menimcha.

Lekin, real hayotda, bugunda O’zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilmaydigan, zo’ravonlar, korruptsionerlar tomonidan ishg’ol qilingan, boshqarilayabdi. Qisqasi, O’zbekiston vatandoshlari korrutsionerlarning, o’maruvchilarning qullari bo’lib qolishgan.

Ha, aytgancha Yulduz Usmonovaning Kun.uz kanali orqali “YULDUZ USMONOVA GULNORA KARIMOVANI «SOG‘INIB QOLGANLAR»DAN KO‘ZLARINI KATTA OCHISHNI SO‘RADI” san’atkorlarga murojaati, ularning xaddidan oshmasdan, Gulnora Karimovani “sog’inmasdan” o’z ijodlari bilan shug’ullanishlarini ta’lab qilgani, so’ragani men uchun juda kutilmagan voqea bo’ldi. [11].

Tavallo. [12].

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,

Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.

Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,

Kunimizga yaragansan o`zing bizni.

 

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,

Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.

 

Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,

Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

 

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,

Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.

Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar

Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi.

 

Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,

Soddadil-u ulug`vorlik senga xosdir.

 

Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat,

Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir.

Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!

 

Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston. [13].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

28-iyun, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Miromon Mirziyoev nomli tibbiyot birlashmasining o‘ttiz xodimi ishdan bo‘shatilayotganiga norozilik bildirdi. 20.06.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30010860.html ).

2. Миромон Мирзиёев номли тиббиёт бирлашмасининг ўттиз ходими ишдан бўшатилаётганига норозилик билдирди. 21.06.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30012666.html ).

3. Uyushtirilgan kampaniya? Shou biznes vakillari Gulnoraga muhabbat izhor etishda yangi poyga boshladi (VIDEO). 25.06.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30020161.html ).

4. Shveysariya prokuraturasi Karimova pullaridan $133 millionini O‘zbekistonga qaytarishga qaror qildi. 24.06.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30017678.html ).

5. Xurshid Davron Kutubxonasi.Sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov bilan suhbat – Xurshid Davron kutubxonasi. 13.05.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=q3OOYrfxiGs ).

6. Safar Bekjon Urganjiy.Ҳокимиятдаги 45 рахбар Швейцарияда блокланди. 17. 03.2019. ( https://www.youtube.com/watch?v=Tk6SgEeABFY ).

7.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

8. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

9. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

10. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

11. YULDUZ USMONOVA GULNORA KARIMOVANI «SOG‘INIB QOLGANLAR»DAN KO‘ZLARINI KATTA OCHISHNI SO‘RADI. 27.06.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=7xiOAjfN_nI ).

12. Muhammad Yusuf. Tavallo. ( Manba http://tafakkur.net/tavallo/muhammad-yusuf.uz ).

13. Yulduz Usmonova.Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston.(https://www.youtube.com/watch?v=hAS-TYZn95A ).

O’zbekiston. Korruptsionerlar uchun jannatmakon yurt. (2019).

$
0
0

O’zbekistonda korruptsiya, zo’ravonlik, inson huquq va erkinliklarini oyoq osti qilish mo’l ko’l. Yirik korruptsionerlar tuzoqqa tushishdi. Buyog’i nima bo’ladi?

Quyidagi 4-ma’lumot, dalil mamlakatdagi korruptsiyaning ko’lami, qama qamalar, ishdan bo’shatishlar, lavozimda pasayishlar, ko’tarilishlarga tuzoqqa tushgan korruptsiyanerlarning ta’siri haqida.

1-dalil. Andijon hokimi “o‘zi” uchun fermerlarga alohida bug‘doy solig‘i solgani iddao qilindi. [1].

Ozodlikdan iqtibos: “Andijon viloyati, Andijon tumanidan Ozodlikka murojaat qilgan fermerlarning iddao qilishicha, ular rejani bajargan bo‘lsa-da, tuman hokimi “uning o‘zi uchun 2-3 tonnadan” bug‘doy berishni talab qilmoqda.

Fermerlarning aytishicha, bu bug‘doy qabul punktiga topshirilmasdan, hokim aytgan joyga olib borib to‘kilyapti.

Bu bug‘doyni qabul qilib olingani haqida fermerlarga hech qanday hujjat berilmagan.

Tuman fermerlar kengashining raisi bundan xabari yo‘qligini aytdi.

Andijon tumanining “O‘zbekiston” massivida ishlaydigan, hokim tomonidan tazyiq bo‘lishi mumkinligidan cho‘chib, ismi sir qolishini so‘ragan fermerlardan birining Ozodlikka aytishicha, u bug‘doy rejasini ortig‘i bilan bajargan bo‘lsa ham, tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinov yana uning o‘ziga 3 tonna bug‘doy berishga majbur qilgan:

Tuman hokimi bug‘doy shtabida hamma fermerlarga nagliy, ochiq aytdi. Uch tonnadan yana berasan, dedi. Mana, “Haqiqat” ham olib borib to‘kyapti, “O‘zbekiston”, “Oydin buloq” massivlaridagi fermerlar ham olib boryapti. Majburiy. O‘zi har gektariga 37 sentnerdan majburiy shartnoma qildirgan edi. Keyin 45 sentnerdan topshirasan dedi. Buni ham topshirdik. Endi esa, “men uchun, tuman uchun 2-3 tonnadan berasan”, dedi. Fermerlarni qaqshatyapti, majbur olib borib to‘kyapmiz”. Iqtibos tugadi. [1].

2-dalil. Jahongir Ortiqxo‘jaev biznes imperiyasi xalqaro pul yuvishda ayblangan shaxslarga aloqador. [2,3].

Britaniyalik tadqiqotchi, kriminalog Kristian Lasslett bundan oldingi chop qilgan maqolalarida Toshkent Cityning chet ellik 3 “investori” ofshor zonalarga ro’yxatga olingan kompaniyalarning ta’sischilari ekanligini aytgandi, lekin ularning nomlarini oshkor qilmagandi. Kristian Lasslett bu nomlarni oshkor qildi.

O’zodlikdan iqtibos: “Ozodlik: Siz suhbatimiz boshida Jahongir Ortiqxo‘jaevning Akfa-Artel guruhi tarkibiga kirgan “shirkatlar boshqaruvida pul yuvish bilan bog‘liq janjalga aloqador shaxslar ham bor”¸ dedingiz. Bu shaxslar kimligini ochiqlay olasizmi?

Kristian Lasslet: Albatta. Buyuk Britaniyadagi kompaniyalar registratsiya qilinadigan Company House saytida Dartlex Impex LLP haqida berilgan ma’lumotda Yuriy Vitman va Stan Gorinning shirkat ma’muriyatiga bevosita aloqador ekanini ko‘rsatadi. Matbuot xabarlariga ko‘ra¸ Dartlex Impex LLP shirkati Jahongir Ortiqxo‘jaevga qarashli yirik holdinglardan biri – J-United Groupning britaniyalik partnyori. J-United Group Dartlex Impex LLP bilan Navoiy erkin iqtisodiy zonasida alyuminiy mahsulotlari ishlab chiqaradigan umumiy kapitali 35.2 million dollarlik qo‘shma korxona tuzgan. Navoiy zonasi investorlarga juda katta soliq va boj imtiyozlari beradi.

Dartlex Impex LLP shirkatining Jahongir Ortiqxo‘jaev ta’sis qilgan kompaniyalar guruhi bilan munosabatlari shunchaki xorijiy partnyordan ko‘ra murakkabroqdir. Masalan¸ Dartlex Impex LLP shirkati White Machine Technology shirkati aksiyalarining 95.7 foiziga egalik qilgan. White Machine Technology esa Artelning changyutgich va mikroto‘lqinli pechlar ishlab chiqaruvchi brendi. Bu esa¸ Dartlex Impex LLP ning Ortiqxo‘jaevning Akfa-Artel korporatsiyasi strukturasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilib ketganini ko‘rsatadi.

Jahongir Ortiqxo‘jaevning “britaniyalik partnyori” deb qayd etilgan Dartlex Impex LLP hisobotlariga qo‘l qo‘yib kelgan Yuriy Vitman va Stan Gorin nomini o‘zbekistonliklar bilmasligi mumkin. Ammo ular xalqaro surishtiruv jurnalistlariga ancha tanish nomlar.

Bu ikkala shaxs Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich davridagi korrupsiyalashgan shartnomalar¸ qurol-yarog‘ kontrabandasi va pul yuvish amaliyotlarida gumonlanayotgan “Latviya mafiyasi” deb atalgan guruhga aloqador deb ko‘riladi. Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani yoritish loyihasi va Ukraina surishtiruv jurnalistlari bu shaxslarni International Overseas Services (IOS) deb nomlangan offshor kompaniyalarining transmilliy tarmog‘ining yetakchi menejerlari deb e’lon qilgan.

Ortiqxo‘jaev biznes imperiyasi tarkibidagi yana bir shirkat aksiyalarining yana bir “tanilgan egasi” xalqaro maydonda pul yuvish amaliyotlariga gumonlanib¸ oldi-berdi qilish taqiqlangan shaxsdir.

Worldpoint Sales Limited shirkati yaqinlargacha Eko Elektron shirkati aksiyalarining 100 foiz egasi bo‘lgan. Ortiqxo‘jaev biznes imperiyasi xalqaro tadqiqot markaziga aylanganidan so‘ng bu aksiyalar Akfa-Artel menejerlaridan biri Ismoil Isroilov nomiga o‘tkazildi. Eko Elektron esa Ortiqxo‘jaevning Artel brendi tomonidan elektr texnika mahsulotlari uchun ishlatilayotgan mahalliy shirkatdir.

Worldpoint Sales Limited shirkatining direktori Danny Banger bo‘lgan. Bu odam kimligini bilasizmi? Danny Banger – BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekistonda o‘ta og‘ir holatlarda firibgarlik sodir etgan shaxs deb topilgan va 2023 yilga qadar BMT qora ro‘yxatiga kiritilgan. Korrupsiya va pul yuvish kabi amaliyotlarda gumonlangan bu odam Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev biznes imperiyasi tarkibiga kiruvchi shirkatga rahbarlik qilib kelgan”. Iqtibos tugadi. [2,3].

3-dalil. Imon Karimova Shveysariyadagi millionlarni qaytarish to‘xtatilganini bildirdi. [4].

Ozodlikdan iqtibos: “Bitta odam – Gulruh Rasulovna Karimovaning hatti-harakatlari bois¸ O‘zbekiston xalqi va’da qilingan pullarni ololmaydi. Bu esa birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Bundan bir oycha oldin onam bu pullarni qaytarish uchun mavjud to‘siqlarni aylanib o‘tish va olib tashlash jarayonini boshlagan edi”¸ deb boshlanadi Imon Karimovaning navbatdagi maktubi.

Xatda yozilishicha¸ onasi saqlanayotgan qamoqxona noziri Gulruh Karimova o‘z nazoratidagi koloniyadagi tuganmas janjallar¸ besh ayolning har xil sabab bilan o‘lgani ortidan o‘tgan yil ishdan chetlatilgan; besh ayol va 21-koloniya qoshidagi bolalar uyida saqlangan bir bola o’limi Gulnora Karimova 2018 yili jazoni o‘tash davrida ro‘y bergan.​

Imon Karimova¸ bunday iddaosiga biror-bir dalil keltirmagan.

Imon Karimova ta’kidicha¸ 2019 yilning mart oyida onasi “uydirma ayblar” bilan qayta 21-koloniyaga tashlanganidan so‘ng¸ prokuratura xodimlari¸ xususan Ilyos Muhammedov Gulruh Karimovani yana qamoqxona nozirligiga tayinlagan.

Ko‘p o‘tmay¸ Gulruh Rasulovnaning bu amalga maxsus vazifa bilan – onamga bosim o‘tkazish uchun qaytarilgani ayon bo‘ldi. Prokuratura xodimlari onam bilan muvaffaqiyatsiz tugagan kelishuvda o‘zlari qilgan qonun buzishlarini bekitish¸ onamni hamkorlik qilmagandek ko‘rsatish va shu orqali uning qamoqdan chiqish ehtimolini butunlay yo‘q qilishni istashdi”¸ deb yozadi Imon Karimova.

O‘zbekiston marhum prezidentining Londonda yashayotgan nevarasi¸ onasi joriy yilning mart oyida 21-koloniyaga qaytarilgandan beri yana ikki odamning o‘lganini aytadi. Ozodlik bu iddaoni hozircha mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlata olmadi.

O‘tgan oy Imon Karimova va Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi advokati Greguar Manja (Grégoire Mangeat) marhum prezident to‘ng‘ichining Zangiota qamoqxonasida o‘ta og‘ir ahvolda saqlanayotgani¸ salomatligi yomonlashib borayotgani¸ tez-tez hushdan ketishiga qaramay¸ unga tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani haqida yozgan edi”. Iqtibos tugadi. [5].

Bundan oldingi maqolam va videoda jurnalist Komiljon Shamshiddinovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov bilan suhbatida [6] mamlakatda zavod va korxonalar korruptsiya yo’li bilan qanday qilib xonavayron qilingani bayon etilgan bo’lsa, muxolifatchi siyosatchi Safar Bekjon Urganjiyning “Hokimiyatdagi 45 rahbar Shveytsariyada bloklandi” (Ҳокимиятдаги 45 рахбар Швейцарияда блокланди) videosida O’zbekistonning 45 yuqori lavozimdagi rahbarlarining korruptsiya yo’li bilan orttirgan mablag’larining, pullarining Shveytsariya banklarida muzlatilganligi oshkora qilingandi. [7].

Marhum diktator Islom Karimovning to’ng’ich qizi Gulnora Karimovaning 1 milliard AQSH dollariga yaqin pul mablag’lari va mol mulklari ham Shveytsariyada muzlatilgan edi. Shu muzlatilgan pullardan 133 million AQSH dollari miqdoridagi pullari O’zbekistonga qaytariladigan bo’ldi. [4]. Gulnora Karimova hammasi bo’lib 15 milliard AQSH dollari o’margan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarliginig dastlabki yillarida prokurorlarni “Hammang o’g’risan. Bularning go’dayganini ko’ring” kabi iboralar bilan siylagan edi. Bu gaplardan keyingi qama qamalar katta shov shuvlarga sabab bo’lgan edi. Lekin, bu qama qamalarning asl sababi mavhumligicha qolgan edi. Muxolifatchi Safar Bekjon Urganjiyning bir qator videolaridan ma’lum bo’ldiki O’zbekistonlik yuqori lavozimdagi 90 yirik amaldordan 45 tasining Shveytsariyadagi bank hisoblari, mol mulklari muzlatilgan. Qolgan 45 tasiniki ham muzlatilishi mumkin. 90 yirik korruptsionerlarning pullari, mol mulklari muzlatilsa, korruptsionerlar o’margan pullaridan mahrum bo’lib qolishlari mumkin. O’zbekistonda esa ijtimoiy iqtisodiy ahvol juda og’ir. O’zbekiston bu pullarga juda muhtoj.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bularning hammasidan oldindan xabardor bo’lgan. Balkim, uning o’zi ham 90 yirik korruptsioner qatoridadir. Nima bo’lgandayam, tuzoqqa tushgan 90 yirik korruptsionerlarning pullarini mamlakatga qaytarish kerak, shu jumladan balkim, o’zining pullarini, mol mulklarini ham.Obrazli qilib aytganda prezident Shavkat Mirziyoyevning bir oyog’i qopqonda, bir oyog’i erkin.

Menimcha, O’zbekistonlik yirik korruptsionerlarning Shveytsariyaga o’tkaziyotgan pullarinig iflosligi, kirligi Yevropaning, AQSHning rahbarlariga ma’lum bo’lgan. Lekin, Afg’oniston, Iroq va Suriyadagi terroristlarga qarshi urushda ular marhum diktator Islom Karimovning hamkorligiga,yordamiga muhtoj bo’lishgani uchun bu korruptsion ishlarga ko’z yumishgan. Terroristlar umuman olganda yanchildi. Endi O’zbekistondagi yirik korruptsionerlarni jazolasa bo’laveradi.

O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga ko’ra:

118-modda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.

Afsuski, O’zbekistonda vatandoshlarning huquq va erkinliklari har qadamda oyoq osti qilinadi, zo’ravonlik va korruptsiya gullab yashnayabdi. Bunda prokuraturaning hissasi ham ulkan.

4-dalil. Manbalar: Otabek Murodov hibsga olinishi ortidan Bosh prokuraturada yangi “tozalash” boshlandi. [8].

Ozodlikdan iqtibos:”Otabek Murodov 20 iyun kuni prezident farmoni bilan O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimidan olingani ortidan tizimdagi o‘nlab yuqori lavozimli mulozim ishdan olingan.

Bu mulozimlarning ko‘pchiligi¸ guvoh yoki jinoyat ishi figuranti sifatida so‘roq qilinmoqda. Hibsda qolayotgan Otabek Murodov esa¸ jarayonga yaqin rasmiyning aytishicha¸ advokat bilan uchrashtirilmayapti.

O‘zbekiston kuch ishlatar tizimlaridagi bir-biridan mustaqil ikkita mulozim iddaosiga ko‘ra¸ sobiq Bosh prokurorga yaqin bo‘lgan prokuratura xodimlaridan kattagina qismi ishdan olingan. Ulardan o‘nga yaqini jinoyat ishi figuranti sifatida tergovga tortilgan.

Borayotgan tergov¸ shuningdek kadrlar almashinuviga oid matbuotga ma’lumot berish vakolati yo‘qligi bois¸ bu mulozimlar shaxsi sir qolishini so‘radi.

Ozodlik gaplashgan huquq tizimi rasmiysiga ko‘ra¸ viloyat prokurorlarining 70 foizidan ishdan ketish haqida ariza olingan va bu arizalar qondirilgan. Hozircha bu ma’lumot Bosh prokuratura tomonidan rasman tasdiqlanmadi.

Ozodlik gaplashgan bu mulozimlar ishdan chetlashtirilgan prokuratura xodimlari o‘z sobiq rahbari Murodov ustidan ko‘rsatma yozib berishganini bildirdi. Suhbatdosh iddaosicha¸ bu xodimlar o‘z ko‘rsatmasida Bosh prokurorga katta summada pora berishga majburlanganini yozib bergan.

Prokuraturadagi kadr o‘zgarishlardan xabardor mulozim Ozodlikka Otabek Murodov qamalishi ortidan lavozimidan ajragan amaldorlar ro‘yxatini taqdim qildi.

Bu ro‘yxatda Bosh prokuraturaning Ichki ishlar vazirligi organlaridagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Toshtemirov¸ Qoraqalpog‘iston prokurori Xidir Karimov¸ Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Mirsafoev nomlari bor.

Ozodlikka taqdim etilgan ma’lumotlarda shuningdek¸ Ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi¸ Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi¸ Qishloq xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta’minlash va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlarini himoya qilish bo‘limi¸ Jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi rahbarlarining lavozimidan olingani aytiladi

Bosh prokuraturada boshlangan yangi tozalash to‘lqinidan xabardor ikkinchi Toshkent mulozimi¸ aksariyat boshqarma va bo‘lim rahbarlari¸ shuningdek viloyat prokurorlarining ishdan ketishini tasdiqladi.

Ozodlik hozircha bu ma’lumotlarni rasman tasdiqlatishga muvaffaq bo‘la olmadi.

Ikki sobiq Bosh prokuror – Rashitjon Qodirov va Ixtiër Abdullaevlar qamoqqa olinib¸ ular korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblangani ortidan¸ prokuratura tizimida tozalash jarayoni boshlangan edi.

Bosh prokuratura joriy yilning apreliga qadar¸ “so‘nggi bir yil ichida tizimdagi barcha rahbarlik lavozimlarining 66 foizga yangilangani¸ 2016-2019 yillar ichida esa rahbar kadrlarni yangilashning 97 foizni tashkil etgani”ni ma’lum qilgan edi”. Iqtibos tugadi. [8].

Yuqorida keltirilgan dalillar bo’yicha, O’zbekiston ommaviy axborot vositalarida Kristian Lasslettning Jahongir Ortiqxojayevga tegishli bo’lgan korruptsion sxemalarni fosh qiluvchi tadqiqotlari, 3 chet ellik investorning nomlari, Safar Bekjon Urganjiyning 90 yirik korruptsionerga oid videolari yoritilmadi.

Bu dalillar bo’yicha Bosh prokuratura jinoiy ish ochmadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hech qanday munosobat bildirmadi.

Qisqa xulosa shuki, mamlakatda korruptsiyaga qarshi kurash sistematik olib borilmayabdi, faqat nuqtaviy (tochechniy) olib borilyabdi. O’rta sinf va fuqaroviy jamiyat oyoqqa turib olishi uchun sharoit yaratilmayabdi.

Zero, O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [9].

O’zbekistondagi inson huquqlari va erkinliklarining oyoq osti qilinishi, iqtisodiy va siyosiy erkinliklarning cheklanganligi, zo’ravonlik va korruptsiyaning bisyorligi mamlakat vatandoshlarida albatta faxrlanish hissi uyg’otmaydi. Bular 21 asrga tegishli qadriyatlardir. Bu qadriyatlar bizga notanishroq, begonaroqdir. Biroq, xalq biron narsadan faxrlanishi kerak-ku?!

O’rta asrlar tarihi, mashhur olimlari shoirlar, sarkardalar bizga tanishroq, tushunarliroq.

Shunday faxrlanish hissini marhum, mashhur shoirimiz Erkin Vohidovning “O’zbegim” she’rini o’qiganimizda [10] va mashhur hofiz Sherali Jo’rayev ijrosida eshitganimizda tuyamiz. [11].

O’zbegim [10]

Qasida

Tarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon, o‘zbegim,

Senga tengdosh Pomiru

Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

 

So‘ylasin Afrosiyobu

So‘ylasin O’rxun xati,

Ko‘hna tarix shodasida

Bitta marjon, o‘zbegim.

 

Al Beruniy, Al Xorazmiy,

Al Forob avlodidan,

Asli nasli balki O’zluq,

Balki Tarxon, o‘zbegim.

 

O’tdilar sho‘rlik boshingdan

O’ynatib shamshirlarin

Necha qoon, necha sulton,

Necha ming xon, o‘zbegim.

 

Tog‘laring tegrangda go‘yo

Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,

Ikki daryo – ikki chashming,

Chashmi giryon, o‘zbegim.

 

Qaysari Rum nayzasidan

Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,

Chingizu Botu tig‘iga

Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

 

Yog‘di to‘rt yondin asrlar

Boshingta tiyri kamon,

Umri qurbon, mulki toroj,

Yurti vayron, o‘zbegim.

 

Davr zulmiga va lekin

Bir umr bosh egmading,

Sen – Muqanna, sarbador – sen,

Erksevar qon, o‘zbegim.

 

Sen na zardusht, sen na buddiy,

Senga na otash, sanam,

Odamiylik dini birla

Toza imon, o‘zbegim.

 

Ma’rifatning shu’lasiga

Talpinib zulmat aro,

Ko‘zlaringda okdi tunlar

Kavkabiston, o‘zbegim.

 

Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek

Ko‘ragoniy jadvalin,

Sirli osmon tokiga ilk –

Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.

 

Mir Alisher na’rasiga

Aks-sado berdi jahon,

She’riyat mulkida bo‘ldi

Shohu sulton, o‘zbegim.

 

Ilmu she’rda shohu sulton,

Lek taqdiriga qul,

O’z elida chekdi g‘urbat,

Zoru nolon, o‘zbegim.

 

Mirzo Bobur – sen, fig‘oning

Soldi olam uzra o‘t,

Shoh Mashrab qoni senda

Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

 

She’riyatning gulshanida

So‘ldi mahzun Nodira,

Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,

Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

 

Yig‘ladi furqatda Furqat

Ham muqimliqda Muqiym,

Nolishingdan Hindu

Afg‘on Qildi afg‘on, o‘zbegim.

 

Tarixing bitmakka, xalqim,

Mingta Firdavsiy kerak,

Chunki bir bor chekkan ohing

Mingta doston, o‘zbegim.

 

Ortda qoldi ko‘hna tarix,

Ortda qoldi dard, sitam,

Ketdi vahming, bitdi zahming,

Topdi darmon, o‘zbegim.

 

Bo‘ldi osmoning charog‘on

Tole xurshidi bilan,

Bo‘ldi asriy tiyra shoming

Shu’la afshon, o‘zbegim.

 

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,

Sensan unda bitta gul,

Men Vatanni ko‘z deb aytsam,

Bitta mujgon, o‘zbegim.

 

Faxr etarman, ona xalqim,

Ko‘kragimni tog‘ qilib,

Ko‘kragida tog‘ ko‘targan

Tanti dehqon, o‘zbegim.

 

O’zbegim deb keng jahonga

Ne uchun madh etmayin!

O’zligim bilmoqqa davrim

Berdi imkon, o‘zbegim.

 

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,

Men bashar farzandiman,

Lek avval senga bo‘lsam

Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

 

Menga Pushkin bir jahonu

Menga Bayron bir jahon,

Lek Navoiydek bobom bor,

Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

 

Qayga bormay boshda do‘ppim,

G’oz yurarman, gerdayib,

Olam uzra nomi ketgan

O’zbekiston, o‘zbegim.

 

Bu qasidam senga, xalqim,

Oq sutu tuz hurmati,

Erkin o‘g‘lingman, qabul et,

O’zbegim, jon o‘zbegim.

1968

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

5-iyul, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Andijon hokimi “o‘zi” uchun fermerlarga alohida bug‘doy solig‘i solgani iddao qilindi. 29.06.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30027652.html ).

2. Kristian Lasslett: Jahongir Ortiqxo‘jaev biznes imperiyasi xalqaro pul yuvishda ayblangan shaxslarga aloqador! 01.07.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30031679.html ).

3. “Markaziy Osiyodagi biznes imperiyasi Britaniyadagi maxfiylikdan qanday foydalanmoqda”. 01.07.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30031630.html ).

4. Shveysariya prokuraturasi Karimova pullaridan $133 millionini O‘zbekistonga qaytarishga qaror qildi. 24.06.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30017678.html ).

5. Imon Karimova Shveysariyadagi millionlarni qaytarish to‘xtatilganini bildirdi. 03.07.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30033768.html ).

6. Xurshid Davron Kutubxonasi.Sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov bilan suhbat – Xurshid Davron kutubxonasi. 13.05.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=q3OOYrfxiGs ).

7. Safar Bekjon Urganjiy.Ҳокимиятдаги 45 рахбар Швейцарияда блокланди. 17. 03.2019. ( https://www.youtube.com/watch?v=Tk6SgEeABFY ).

8. Manbalar: Otabek Murodov hibsga olinishi ortidan Bosh prokuraturada yangi “tozalash” boshlandi. 03.07.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30033785.html ).

9.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

10. O’zbegim. Qasida. ( Manba http://tafakkur.net/ozbegim/erkin-vohidov.uz ).

11. Sherali Jo’rayev – O’zbegim | Шерали Жўраев – Ўзбегим (concert version 2018). ( https://www.youtube.com/watch?v=6CaqJFkL9Pk ).

O’zbekiston. Muhammad Solihning davlat to’ntarishi rejasi haqida. (2019).

$
0
0

Xalqaro inson huquqlari tashkiloti “O’tyuraklar klubi”ning prezidenti Mo’tabar Tojiboyeva youtube kanalida muxolifatdagi Erk “demokratik” partiyasining “yetakchisi” Muhammad Solih (Salay Madaminov) tomonidan rejalashtirilgan davlat to’ntatishi haqidagi videoni ochiqladi. [1].

Video Mo’tabar Tojiboyevaning kirish so’zi bilan boshlanadi. Mo’tabar Tojiboyeva kirish so’zida Muhammad Solihning davlat to’ntarishini amalga oshirish rejasini bilan tanishib uning bu faoliyatiga baho berishni so’raydi.31:50 minutlik videoning qariyb 9 minuti davomida Muhammad Solih suhbatdoshi bilan marhum diktator Islom Karimovning o’limi, muxolifatning O’zbekistonga qaytishi haqida suhbatlashadi. Suhbatdoshi Qirg’iziston va Tojikiston orqali O’zbekistonga yo’l ochib berishini aytadi. Videodagi telefon so’zlashuvlari 8:30 minutgacha 2016 yilning sentyabr, oktyabr oylariga tegishli.

Videoning 8:30 minutidan oxirigacha (31:50 minutgacha) rejani moliyalashtirish, Erdo’g’on va Putinga murojaat qilib ularga Muhammad Solihning prezidentlikka munosib nomzod ekanligini yetkazish, diniy va dunyoviy muxolifatning vatanga qaytishi,muxolifatning qurultoyini o’tkazish, buning uchun 100 million AQSH dollari zarurligi, qurultoyga kimlarni taklif qilish, Ismat Xushevni ham taklif qilish kerakmi, yo’qmi va rus matbuoti uchun Shavkat Mirziyoyev va Rustam Azimov haqida material tayyorlab Marin Viktor Nikolayevichga qanday qilib yetkazishni muhokama qilinadi.

BBC tomonidan matn tarzida berilgan davlat to’ntarishi rejasi haqida savollarga Muhammad Solih batafsil javob beradi. [2,3]. 11:28 minut davom etgan videoda Muhammad Solih davlat to’ntarishi rejasini muhokama qilganini inkot etib, o’zini zo’ravonliksiz, tinch yo’l bilan hokimiyat uchun kurashuvchi yetakchi sifatida taqdim etadi.

Men Mo’tabar Tojiboyeva yoyinlagan video [1], BBC taqdim qilgan maqola [2] va videoni [3] bir necha marta ko’rib shunday xulosaga keldimki, Muhammad Solih suhbatdoshi ( Olim Mirzayev) bilan davlat to’ntarishi rejasini muhokama qilgan.To’g’ri bu rejani hayotga tatbiq qilish uchun keyinchalik amaliy tadbirlar o’tkazilmagan. Masalan qurultoy o’tkazilmagan. Balkim, 100 million AQSH dollari topilmagandir.

Meni hayron qoldirgan narsa, Erk partiyasi a’zolari o’z yetakchilarining davlat to’ntarishi rejasini muhokama qilganini tashkilot majlisida ko’rib chiqmasdan O’zbekiston Xalq Harakati web saytida MXX, DXXning “agenti” Mo’tabar Tojiboyeva haqida shaxshiyatga teguvchi, haqoratli maqolalar chop qilishgan.

Men ham 2009 yili O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining prezidenti etib saylanganimdan keyin Birlik va Erk yetakchilari Abdurahim Po’latov va Muhammad Solihlarni o’z tashkilotlarida yetakchilikni uzurpatsiya qilib olganliklarini tanqid qilishni boshlagan edim. O’shanda meni ham Erk demokratik partiyasining web saytida muxolifat ichiga kiritilgan MXXning agenti deb maqolalar chop qilingan edi.[4].

Erk demokratik partiyasini 29 yildan beri , O’zbekiston Xalq harakatini 8 yildan beri boshqarib kelayotgan Muhammad Solih bu partiya va harakat yetakchiligini uzurpatsiya qilib oldi. Ya’ni partiya va harakat yetakchiligidan to’daboshiga aylandi, partiya va harakat nizomi bo’yicha yetakchi partiya va harakat qurultoyida ma’lum muddatga bir yoki bir necha marta saylanishi mumkin,biroq umumiy muddat 8-10 yildan oshmasligi lozim. Erk demokratik partiyasi va O’zbekiston Xalq Harakati a’zolari ham partiya va harakatning to’daga aylanishiga yo’l qo’yib berishgan.

Umuman olganda O’zbekistonda erkinlik va demokratiya uchun kurashadigan harakat va partiyalar yo’q. Faqat, qo’g’irchoq 5 partiya va Abdurahim Po’latov tomonidan uzurpatsiya qilingan Birlik Xalq Harakati partiyasi, Muhammad Solih tomonidan uzurpatsiya qilingan Erk demokratik partiyasi, O’zbekiston Xalq Harakati va Bahodirxon Turkiston tomonidan uzurpatsiya qilingan Birdamlik Xalq Demokratik partiyasi bor.

O’zbekistonda esa vatandoshlarning huquq va erkinliklari joriy hokimiyat tomonidan oyoq osti qilinyabdi.

Xususan, Yangiyo‘l hokimligi rejani bajargan fermerlar g‘allasini ham tortib olmoqda.[5].

Ozodlikdan iqtibos:Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidan Ozodlikka murojaat qilgan fermerlar davlatga bug‘doy topshirish kontraktatsiya shartnomasini bajarganiga qaramay¸ hokimlik rejadan ortiq bug‘doyni ham o‘rib olib ketayotganini bildirdi.

Fermerlarga ko‘ra, militsiya xodimlari nazoratida o‘rimga tushirilgan kombaynlar, daladagi so‘nggi boshoqni o‘rib olmaguncha chiqarilmayapti.

Tuman hokimligining mulozimi shunday holat bo‘lganini tasdiqlar ekan, bu tadbir gektar hosildorligi past bo‘lgan fermerlarga nisbatan qo‘llanilayotganini aytdi.

Hokimlik tomonidan tazyiq bo‘lishidan cho‘chib, ismi sir qolishini so‘ragan fermer Ozodlikka davlatga bug‘doy topshirish kontraktatsiya shartnomasini qariyb 140 foiz qilib bajargan bo‘lsa-da, o‘ziga bir kilo ham bug‘doy qoldirilmaganini aytadi.

Bug‘doy o‘rimi boshlanishi bilan har bir kombaynga ikkitadan organ xodimi biriktirib qo‘yildi. Masalan, kombayn mening dalamga kirib kelganidan to chiqib ketguncha ana shu xodimlar nazorat qilib turdi. Kombayn to‘kkan bug‘doyni topshirib kelayapmiz, reja 130 foizdan ham oshdi, lekin o‘rim to‘xtatilmadi. Eng so‘nggi boshoqni ham o‘rib olib ketishdi. Menga bir kilo ham bug‘doy qoldirilmadi. Hokimlikdan mas’ul qilib qo‘yilgan odamga arz qilsak, hech gap emas, davlat plandan ortiq bug‘doyingga ortiqcha narx beradi, deb ruxsat bermadi”. Iqtibos tugadi. [5].

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyati vatandoshlarning huquq va erkinliklarini oyoq osti qilsa, Muhammad Solihlar esa o’z partiya va harakatlarini nizomiga tupurib qo’yib bu partiya va harakatning yetakchiligidan to’daboshiga aylanib olgan.

Shu sababli ham mamlakatda na iqtisodiy erkinlik bor, na siyosiy erkinlik bor. Mamlakat zo’ravonlik va korruptsiya botqog’ida.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[6].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va Ukraina (60 ball) hattoki Afg’oniston (27 ball), Rossiya (20 ball),Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [7].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[8].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [8]. Rossiya korruptsiya ko’rsatkichi bo’yicha 28 ball bilan 138-o’rinni egallagan bo’lsa, Ukraina 32 ball bilan 120-o’rinni egallagan.[9].

Davlat to’ntarishi rejasi va hokimiyat zo’ravonligi mashmashalari joningizga tekkan bo’lsa yosh, taniqli, xushovoz xonanda Bunyodbek Saidov ijrosida “Ustozlar termasi” qo’shig’ini tinglab mashmashalarni biroz unuting. [10].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

12-iyul, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Салай Мадаминов давлат тўнтариши режалари ҳақида сўзлайди! 06.07.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=bEDMSXa088Y ).

2. Ўзбекистон: Аудио ёзувларни ДХХ сиздирган – Муҳаммад Солиҳ. 09.07.2019. ( https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-48929412 ).

3. Ўзбекистон: Аудио ёзувларни ДХХ сиздирган – Муҳаммад Солиҳ. 09.07.2019. ( https://www.youtube.com/watch?v=7kKF-UFUe2o ).

4. Ўзбек мухолифати етакчилари Абдужалил Бойматовнинг танқидига қандай жавоб беришди!?. 21.08.2011. ( http://uz.hrsu.org/archives/2403 ).

5. Yangiyo‘l hokimligi rejani bajargan fermerlar g‘allasini ham tortib olmoqda. 05.07.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30039045.html ).

6. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

7. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

8. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

9.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

10. Bunyodbek Saidov – Ustozlar 3 | Бунёдбек Саидов – Устозлар 3 (concert version). 11.05.2016.( https://www.youtube.com/watch?v=lla03Z4Iqiw ).

O’zbekiston. Shavkat Mirziyoyev ham, qarindoshlari ham korruptsiyani gullab yashnatishyabdi. (2019).

$
0
0

Muxolifatdagi siyosatchi Safar Bekjon Urganjiy va mustaqil jurnalist Ulug’bek Ashur ( Ulug’bek Haydarov) prezident Shavkat Mirziyoyev va uning qarindoshlari tegishli korruptsiya ishlari va nepotizm haqida yangi ma’lumotlarni ochiqlashdi.

Safar Bekjon Urganjiy fosh qiladi. [1].

Muxolifatdagi siyosatchi Safar Bekjon Urganjiy o’zining 39 minutlik videosining 11 minutigacha prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qurilishi bitmagan “Ko’ksaroy” uchun 0,8 milliard AQSH dollari, Oxongarondagi prezident rezidentsiyasi uchun 1 milliardcha AQSH dollari sarflab bo’lingani va bu sarf harajatlar uchun davlat byudjetining bir yillik harajatlari 3 oyda sarflab bo’lingani ochiqlanadi.

Byudjetga pul tushirish uchun, qurilishlarni davom ettirish uchun hokimiyat 2019 yilning qolgan oylarida dahshatli choralar ko’rishi mumkinligi haqida gapiriladi.Bu ma’lumotni eshitib men dahshatga tushdim! O’zbekistonda nimalar bo’lyabdi o’zi?!

Videoning qolgan 28 minutida Toshkent City, harbiy harajatlar,Buxoro city, Serbiyadan Rossiyalik quruvchilar, Gulnora Karimovaning Frantsiyadagi mulklari va hokazolar haqida so’zlanadi va bu ochiqlanmalardan yanada dahshatga tushasiz.

Bu dahshatlarga qo’shimcha mustaqil jurnalist Ulug’bek Ashurning prezident Shavkat Mirziyoyevning qarindoshlarining korruptsion jinoyatlaridan boxabar bo’lib, Ozodlikning maqolari sarlavhalari bilan tanishib hafsalangiz pir bo’ladi.

Ulug’bek Ashur ( Ulug’bek Haydarov) fosh qiladi. [2,3].

Maqolani to’lagicha e’tiboringizga havola qilaman.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzahdagi qarindoshlari haqida bir biridan xunuk xabarlar kelyabdi.

Ulardan biri, Shavkat Mirziyoyev opasining kuyovi Alisher Imomnazarovdir.

U, bosh vazir prezidentlik amaliga kelgach, respublika prokuraturasiga ishga o’tgan.

Zomindan olingan xabarga ko’ra, Alisher Imomnazarov, viloyat hokimiyatidagi amaldorlarga bosim o’tkazib, tug’ishgan ukasi Sherali Imomnazarovni Zomin tumani gazlashtirish idorasiga rahbar lavozimiga joylashtiradi.

Sherali o’zi o’rta ma’lumotli bo’lib, u shu Zomin tumanida oddiy taksistlik qilib kun kechirar edi. Shavkat Mirziyoyev oilasiga kuyov bo’lgan akasi yordamida u bugun Jizzax viloyat “O’zTransGaz” xissadorlik jamiyatining boshliq o’rinbosariga aylandi. Imomnazarovlarga bugun hech kim tega olmaydi. Ulardan butun Zomin hayiqadi” deydi ismini aytishdan qo’rqqan Zomin tuman gazlashtirish idorasi xodimi.

Yaqinda ham oddiy haydovchi bo’lgan 38 yoshli Sherali Imomnazarov bugun butun boshli viloyat gazlashtirish sohasini inqiroz yoqasiga keltirdi. U atrofiga o’ziga sodiq bo’lgan sheriklarini to’plab, viloyatga ajratilgan balonli gazlarni o’zi istagan tumanlarga sotishni yo’lga qo’ydi.

Tabiiy gaz esa zoriqqan aholi uchun emas, Jizzaxning turli tumanlarida noqonuniy ravishda ishlab yotgan ohak ishlab chiqarish tsexlariga yetkazib berila boshladi.

Sherali Imomnazarov bugun ochiqchasiga o’zining prezident Shavkat Mirziyoyevga qarindoshligini pisanda qilib, istagan no’maqulchiligini amalga oshiryabpti. Uning mushugini pisht deganlar esa, respublika prokuraturasidagi akasi Alisher Imomnazarov g’azabiga duch kelyapti” deydi Zomin tuman hokimiyati xodimlaridan biri.

Sherali Imomnazarovning buyrug’i bilan Jizzax viloyatidagi barcha gazlashtirish idoralari ishchilarining shu yilgi fevral oyini maoshlaridan kattagina qismi majburiy ravishda ushlab qolingan.

Sherali Imomnazarov korxonaga kelgan 20 tonna solyarka yoqilg’isini o’zlashtirib yuborgan va buning oqibatida kamomad kelib chiqqan. Shu sababli barchamizning maoshlarimizdan majburan ushlab qolib, kamomadni yopishdi” deydi Jizzax viloyat “O’zTransGaz” hissadorlik jamiyatining ishchilaridan biri.

Zomin tumanining tabiiy gaz yetib bormagan qishloqlariga bugun uzluksiz ravishda ballonli gaz yetkazib berishi kerak bo’lgan Zomin gazlashtirish idorasi mas’uli Ilhom Eshmatovni bugun Sherali Imomnazarovni o’ng qo’li deb atashadi.

Tuman aholisining yoqilmagan gaz uchun qarzdorlik girdobiga tushib qolayotgani aynan Ilhom Eshmatovning “fokus mokus”lari tufayli ekanini bugun Zominda hamma biladi. Lekin unga hech kim bas kela olmaydi. Chunki, Ilhom Eshmatov Sherali Imomnazarovning ishongan odamlaridan biri.

Viloyat prokuraturasi bir necha marotaba Sherali Imomnazarov ustidan ish qo’zg’agan, biroq uning prezident oilasi kuyovi bo’lgan akasi Alisher Imomnazarovning harakati tufayli har safar tergovchilarning harakati yo’qqa chiqavergan.

Imomnazarovlar bugun Jizzaxda katta odim otib, ko’ngillarining istagan ko’chalariga kirib yurishibdi. Bugun bu oila hech qanday to’siq yoki imkonsiz ishning o’zi yo’q” deydi bugun zominliklar.

Shavkat Mirziyoyev prezident bo’lgach, uning kattayu kichik qarindoshlari o’zlarini jamiyatning eng yuqori pog’onasida ko’rdilar. Ular bugun deyarli hammalari tadbirkor, yoki biron bir sohaning rahbari.

Masalan, prezidentning amakisining o’g’li, Irrigatsiya instituti diplomiga ega bo’lgan Ahror Mirziyoyev bugun dong’i ketgan Zomin sanatoriyasi boshlig’i.

Bundan atigi 3 yil avval Zomindagi AYOQSHlardan birida operator bo’lib ishlab yurgan Abbos Mirziyoyev esa bugun respublika Neft Ta’minot servis boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari.

Prezident opasining 10 sinf ma’lumotga ega bo’lgan o’gay o’g’li Alisher Ergashev bugun Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida paxta zavodlari hamda bug’doy elevatorlarining norasmiy “boshlig’i”…

Bu ro’yxatni davom ettirish mumkin.

O’zbekistonda bugun nepotizm avjida.

Ulug’bek Ashur.

Maqola tugadi. [2].

Yana Ulug’bek Ashurdan qisqa xabar: [3].

Maddoh” pochtasidan:

Prezidentning yana bir qarindoshi, ya’ni singlisining eri Murtoz degan odam, Guliston neft bazasi katta operatori va zav.skladchisi, har kuni kamida davlatning 3 000-5 000 dollarlik dizel yoqilg’isini sotib, pulini o’ziga oladi, kim Guliston neft bazasiga direktor bo’lishni istasa, Murtozning duo va roziligini olishi, hamda 100 000 dollar berishi kerak.

Murroz, Mirziyoyevning singlisining eri”.

Qisqa xabar tugadi. [3].

Darvoqe, O’zbekiston byudjetining abgor holatga kelib qolganligini Ozodlikning maqolalarining sarlavhalari ham tasdiqlagandek: Prezidentga ko‘z-ko‘z qilish uchun Bo‘kada salkam $100 000 ga stadion qurgan tadbirkorga bir tiyin ham berilmadi. 15.07.2019. [4], Rishtonliklarga 1000 ta g‘isht berib, 2000 taga qo‘l qo‘ydirildi. Hokimlik xatoni o‘nglay boshladi. 16.07.2019. [5],Surxondaryo-”Fermer: “Agrobank”dan ikki oydan buyon ish haqimizni ololmayapmiz”.16.07.2019. (СУРХОНДАРЁ – “Фермер: “Агробанк”дан икки ойдан буён иш ҳақимизни ололмаяпмиз”. 16.07.2019).[6], Maxsus PIAR? Shou biznes vakillari Majburiy ijro byurosini maqtash kampaniyasini boshladi. 16.07.2019. [7].

O’z o’zidan menda har qadamda inson huquqlari va erkinliklari oyoq osti qilinadigan, zo’ravonlik,korruptsiya, nepotizm gullab yashnayotgan mamlakatda bunday abgor holatlat tabiiydir degan xulosa paydo bo’ldi.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[8].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [9].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[10].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [11].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [12,13].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [12,13].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [12,13].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [14].

O’zbekistonni o’ta iqtisodiy qoloqlikdan olib chiqish uchun kuchli siyosiy muxolifat zarur. Kuchli siyosiy muxolifatni moliyalash uchun baquvvat o’rta sinf lozim. Baquvvat o’rta sinf, kuchli fuqaroviy jamiyat shakllanishi uchun siyosiy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi kerak.

Korruptsiyaga, nepotizmga, zo’ravonlikka mukkasidan ketgan prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarni amalga oshiradimi?!

O’zbekistondagi zo’ravonlik,nepotizm, korruptsiya va maddohlikni taniqli so’z ustasi, qiziqchi Abdurahmon Siddiqovning “bir chimdim kulgi”lari juda yaxshi tasvirlaydi.[15].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

19-iyul, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Safar Bekjon Urganjiy. Давлат бюжети хусусий сармоями? 09.07.2019. (https://www.youtube.com/watch?v=a7Re7JzmXzE ).

2. Ulugbek Ashur. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Жиззахдаги қариндошлари хақида бир биридан хунук хабарлар келаяпди. 13.07.2019. (https://www.facebook.com/ulugbek.haydarov/posts/10210975750269897 ).

3. Ulugbek Ashur. “Маддоҳ” почтасидан. 13.07.2019.( https://t.me/facebookdagi_maddoh/155 ).

4. Prezidentga ko‘z-ko‘z qilish uchun Bo‘kada salkam $100 000 ga stadion qurgan tadbirkorga bir tiyin ham berilmadi. 15.07.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30056914.html ).

5. Rishtonliklarga 1000 ta g‘isht berib, 2000 taga qo‘l qo‘ydirildi. Hokimlik xatoni o‘nglay boshladi. 16.07.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30058609.html ).

6. 5. СУРХОНДАРЁ – “Фермер: “Агробанк”дан икки ойдан буён иш ҳақимизни ололмаяпмиз”. 16.07.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/sizdan-telegram-fermer/30058500.html ).

7. Maxsus PIAR? Shou biznes vakillari Majburiy ijro byurosini maqtash kampaniyasini boshladi. 16.07.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30058449.html ).

8. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

9. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

10. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

11.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

12. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

13. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

14. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

15. UZBEK TV NEW YORK, INC. ABDURAHMON QIZIQCHI Sahnada. 14.09.2012. ( https://www.youtube.com/watch?v=DA8AhZGrLxY&t=4s ).


O’zbekiston. Buzishlar, korruptsiya, Mansur Tuymayev. (2019).

$
0
0

O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining abgor holatdaligini ko’rsatuvchi bir voqea va prezident Shavkat Mirziyoyev qariyb 3 yillik faoliyatini faqat ijobiy baholovchi uning TOP-10 tashabbuslari haqida tadqiqot e’lon qilindi.

1. Yakkabog‘lik tadbirkor do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosari ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. [1,2,3].

Ozodlikdan iqtibos: “Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanidagi tadbirkor kreditga qurilgan ikki qavatli yangi do‘koni va sexini buzishga kelgan tuman hokimi o‘rinbosarining ustiga benzin sepib¸ yoqib yubordi.

Voqea 20 iyul kuni mahalliy vaqt bilan kechki soat beshlarda yuzlab guvoh ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi.

Yakkabog‘ tuman hokimligi¸ ichki ishlar va prokuraturasi xodimlari 20 iyul kuni Yakkabog‘ posyolkasida shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi.

Ichki ishla​r tizimining yigirmaga yaqin xodimi hamrohligida kelgan Yakkabog‘ hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Mansur Tuymayev¸ buldozerchi buyrug‘ini bajarmaganidan so‘ng, o‘zi buldozerga chiqib, uni ishlab turgan do‘kon ustiga haydagan.

Do‘konini kompensatsiya bermasdan buzmaslikni so‘ragan tadbirkor¸ gapi inobatga olinmagach¸ Tuymayevning ustiga benzin sepib¸ yoqib yuborgan. Yona boshlagan hokim o‘rinbosarini atrofdagilar tepib-tepkilab o‘chirgan¸ u darrov kasalxonaga olib ketilgan.

Hokimiyat bedodligiga shu tarzda norozilik bildirgan tadbirkor¸ uning o‘g‘li va xotini esa¸ darhol IIBga olib ketilgan”. Iqtibos tugadi. [1].

Yana Ozodlikdan iqtibos: “Hokim muovini Mansur Tuymayev Yakkabog‘ posyolka qishlog‘ida ham o‘z hunarini ko‘rsatdi. Bir magazin egasi¸ bankdan katta krediti borligi uchun¸ do‘konimni pulini bermay buzmaysizlar¸ dedi. Bunga jahl qilgan Tuymaev o‘zi buldozerga o‘tirib olib¸ buzmoqchi bo‘ldi. Do‘kon egasi tush buldozerdan¸ hozir yoqib yuboraman¸ dedi. Ammo hokim muovini pisand qilmay buldozerni harakatga keltirdi. Bundan jahli chiqqan do‘kon egasi Tuymayevning ustiga benzin sepib¸ gugurtni yoqib otib yubordi. Va birdan kabina ichi olovga to‘lib¸ odamlar yonayotgan hokim muovinini o‘chirib qolishdi. Keyin shifoxonaga olib ketishdi”¸ deb yozdi Ozodlikka voqea guvohlaridan biri.

Ozodlik bilan 22 iyul kuni gaplashgan yakkabog‘liklar bir-biridan mustaqil holda¸ tumanda ichki ishlar xodimlari keskin ko‘payib ketganini aytdilar.

Ularning aytishicha¸ 20 iyul kungi voqeadan so‘ng¸ buzilishga tushgan uy va do‘konlarni hozirda militsiya xodimlarining o‘zlari buzmoqda.

Ayni paytda¸ voqeani taftish qilish uchun maxsus komissiya kelgan.

Tekshir-tekshir bo‘lib yotibdi. Bechora tadbirkor xam do‘konidan ayrildi, xam erkinligidan, ham bola-chaqasidan… Ammo tekshiruvga kelgan ichki ishlar yotib olib qo‘yni so‘ydirib ziyofat qilayapti. Ularga shunaqa jinoyat ishi bo‘lsa bo‘ldi. Jinoyat sodir bo‘lgan joy o‘ziyam dam oladigan maskan, Ichki ishlarning kelmaganiyam qiziqib keladi¸ boraylikchi bir dam olib kelamiz deb”¸ deydi 22 iyul kuni Ozodlik gaplashgan yakkabog‘liklardan biri.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ozodlikning 20 iyul kungi voqea¸ bu yuzadan borayotgan tergov jarayoniga oid savolini javobsiz qoldirdi.

“Mirziyoev davridagi buzilishlar – gumanitar bo‘hronga aylandi”

Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so‘ng butun O‘zbekistonning ulkan buzilish maydoniga aylangani ko‘riladi.”. Iqtibos tugadi.

Tadbirkor ustidan “qasddan odam o’ldirishga urinish” bo’yicha jinoyat ishi ochilgan. [2]. Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlarni tadbirkorning mulkini asossiz buzishga yo’l qo’ymaslik haqida ogohlantirgan. [3].

2.100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyotga ega 10 ta eng muhim tashabbuslari aniqlandi. [4].

O’zbekistonda so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda jamiyat hayotini ijobiy tomonga o’zgartira olgan tashabbuslar haqidagi fikrlarni o’rganish maqsadida “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan ekspertlik so’rovi o’tkazildi.

Buning uchun tajribali iqtisodchilar, siyosiy sharhlovchilar, yetuk olimlar, madaniyat arboblari, nufuzli jurnalistlar, huquq himoyachilari hamda mustaqil tadqiqotchilardan iborat 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar bazasi shakllantirildi. Turli soha mutaxassislariga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan muhim tashabbuslar ro’yxati taqdim etilib, ulardan fuqarolarning olqishiga sazovor bo’lgan va tarixiy ahamiyatga ega bo’lganlarini belgilash so’raldi.

So’rov natijasiga ko’ra, mustaqil ekspertlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan TOP-10ta eng muhim tashabbuslar ro’yxati tuzildi.

Unga ko’ra, eng muhim tashabbus deya, Yaxshi qo’shnichilik munosobatlari, chegaralarning ochilishi va nazorat-kiritish punktlarining tashkil etilishi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar bo’yicha konstruktiv muloqot o’rnatilgani e’tirof etildi-96 ta ovoz;

Ro’yxatning keyingi o’rinlaridan quyidagi tashabbuslar joy oldi;

2.Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog’liq muammolarning bartaraf etilishi-90 ta ovoz;

3. Majburiy mehnat, shu jumladan bolalar mehnatiga barham berilishi-73 ta ovoz;

4. Oliy ta’lim muassalariga qabul kvotalarining oshirilishi, milliy va xorijiy universitetlar filiallarining ochilishi-78ta ovoz;

5. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlari qabul qilinishidagi rolining oshirilishi-69 ta ovoz;

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarining joriy etilishi-63 ta ovoz;

7. Huquqni muhofaza qilish organlari va qurolli kuchlar tizimini isloh qilinishi-61 ta ovoz;

8. Soliq islohotlari, tadbirkorlik subektlari uchun soliq yukining kamaytirilishi, tadbirkorlar uchun soliq ta’tilining e’lon qilinishi-59 ta ovoz;

9. Davlat xizmatlari tizimini rivojlantirish, ularning sifati va samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish-58 ta ovoz;

10. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlanishi bo’yicha chora-tadbirlar, Afg’onistonda tinchlik o’rnatish bo’yicha xalqaro muloqotning kuchaytirishi-57 ta ovoz.

So’rov davomida, shuningdek ekspertlar O’zbekistondagi tub o’zgarishlarga munosobatlari va islohotlarni yanada jadallashtirish bo’yicha takliflarini ham yozib qoldirdilar.

Jumladan, ularning fikricha bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari va hamda O’zbekistondagi transformatsiya jarayonlari nafaqat o’zbek xalqi, balki Markaziy Osiyo davlatlariga ham ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.[4].

Albatta, hokimiyatga tegishli ommaviy axborot vositalaridan prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga faqat ijobiy baho beriladi.

Real hayotda esa, qog’ozdagidan, og’izdagidan mutlaqo farq qiladi.

O’zbekiston vatandoshlarining huquq va erkinliklari hokimiyat vakillari tomonidan oyoq osti qilinmoqda va ijtimoiy- iqtisodiy ahvol nochorligicha qolmoqda.

1. O’zbek so’mining qadrsizlanishi natijasida vatandoshlarning qashshoqlanishi davom etmoqda. Erkin konvertatsiyaga o’tilganda (2017 yil, sentyabr) 1 AQSH dollari 8 000 so’m atrofida edi. Bugungi kunda 8 600 so’mdan oshdi;

2. Molk mulk daxlsizligi kafolatlanmagan;

3. Prezident Shavkat Mirziyoyev oilasi va qarindoshlari korruptsiyaga mukkasidan ketishgan;

4. O’zbekistonning tashqi qarzi tinimsiz ko’payib bormoqda. Yaqinda tashqi qarz 15 milliard AQSH dollari atrofida edi. Bugungi kunda 20 milliard AQSH dollariga yetib qoldi.

5. O’zbekistonda tovarlar va xizmat ko’rsatish narxlari tinmay oshmoqda va hokazo.

Mamlakatda iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik, korruptsiya ko’rsatkichlari juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[5].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [6].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[7].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [8].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [9,10].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [9,10].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [9,10].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [11].

Yakkabog’ tuman hokimi o’rinbosari Mansur Tuymayev zo’ravonligi va prezident Shavkat Mirziyoyevning 10 TOP tashabbuslari va O’zbekistondagi o’ta nochor iqtisodiy ahvoldan charchagan bo’lsangiz taniqli, hushovoz, ajoyib xonanda Mahmud Nomozovning “Qishlog’im” va “Baxshiona qo’shiq” qo’shiqlarini tinglab dam oling. [12,13,14].

Mahmud Nomozov – Qishlog’im. [12].

 

Qishlog’im.

Ko‘nglima orzular solgan qishlog‘im,

Olis-olislarda qolgan qishlog‘im,

Kelib qolarmu deb, har sahar, har shom

Ko‘zlari yo‘limda tolgan qishlog‘im.

 

Mening maqsadimdan ko‘p ko‘nglim to‘qdir,

Armon – nishoniga tegmagan o‘qdir,

Orzuning izmidan hamon hayotim,

Lekin u yo‘llarning adog‘i yo‘qdir.

 

Aytgin, senmasmidi men tanlagan yo‘l,

Sayrga eltmasmidi men tanlagan yo‘l,

Olis olislarda ovoradurman,

Borsa kelmasmidi men tanlagan yo‘l?

 

Ko‘nglima orzular solgan qishlog‘im,

Olis olislarda qolgan qishlog‘im,

Kelib qolarmu deb, har sahar, har shom

Ko‘zlari yo‘limda tolgan qishlog‘im. [12].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

26-iyul, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Yakkabog‘lik tadbirkor do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosari ustiga benzin sepib, yoqib yubordi (VIDEO). 22.07.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30069422.html ).

2. Yakkabog‘ hokimi o‘rinbosariga o‘t qo‘ygan tadbirkor “qasddan odam o‘ldirishga urinish”da ayblanmoqda (VIDEO). 23.07.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30071349.html ).

3. Мирзиёев ҳокимларни тадбиркорнинг мулкини асоссиз бузишга йўл қўймаслик тўғрисида огоҳлантирди. 24.07.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30072290.html ).

4. 100 нафар маҳаллий ва хорижий экспертлар томонидан Президент Шавкат Мирзиёевнинг тарихий аҳамиятга эга 10 та энг муҳим ташаббуслари аниқланди. 24.07.2019. ( https://yumh.uz/uzc/news_detail/96 ).

5. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

6. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

7. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

8.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

9. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

10. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

11. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

12. Mahmud Nomozov – Qishlog’im. ( https://lyricstranslate.com/ru/mahmud-nomozov-qishlogim-lyrics.html ).

13. Mahmud Nomozov – Qishlog’im (jonli ijro) | Махмуд Номозов – Кишлогим (жонли ижро). 28.03.2019. ( https://www.youtube.com/watch?v=7J-VHrc3BfU ).

14. Mahmud Nomozov – Baхshiyona qo`shiq | Маҳмуд Номозов – Бахшиёна қўшиқ. 13.03.2017. ( https://www.youtube.com/watch?v=lnaYqP2Yb9E ).

 

O’zbekiston. Urganchdagi norozilar siyosiy talablar ham qo’ya oladilarmi?! (2019).

$
0
0

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilayotgan buzdi-buzdilar, buzilgan uylarga, do’konlarga, binolarga tovon puli to’lamaslik yoki qisman to’lashlik hokimiyatdan jabrlangan vatandoshlarning ommaviy noroziligiga olib keldi. [1,2].

Ozodlikdan iqtibos:”Xorazm viloyat, Urganch tuman, Ashxobod ko‘chasida istiqomat qilgan minglab odam 26 iyul kuni kechasi Urganch-Hazorasp avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani aytildi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, odamlar hokimlik uyi buzilganlarga tovon pulini bermayotganiga, qurilish materiallari narxi haddan ortiq oshib ketganiga norozilik bildirgan.

Ozodlik olgan ma’lumotga ko‘ra, 27 iyul tushdan keyin voqea sodir bo‘lgan joyga O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kelgan.

Bu haqda Ozodlikka 27 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan norozilik namoyishida qatnashganlar xabar qildi.

Suhbatdoshlar tazyiq bo‘lishidan cho‘chib, ismlari sir qolishini iltimos qildi.

Namoyish qatnashchilaridan birining aytishicha, Urganch tumanining Ashxobod ko‘chasidagi buzilgan 400 ta uydan Urganch-Hazorasp avtomobil yo‘lining yoqasidagi dalaga ko‘chirilgan aholi tovon puli to‘la berilmayotganidan va qurilish materiallari narxi oshib ketganidan arz qilib, 26 iyul kuni viloyat hokimi qabuliga borgan.

Viloyat hokimi ularni qabul qilmagan va yordamchisi orqali o‘zi kechqurun mahallaga borishini aytgan.

Nega odamlar hokim kirgan palatkani yiqitdi?

Urganchlikka ko‘ra, viloyat hokimi kechqurun odamlar palatkalarda yashab turgan joyga kelib, norozilik bildirayotganlar bilan gaplashmay, anchayin sharoit yaratilgan ko‘rgazmali palatkaga kirgan:

Mahallada odatda “shukronachilar” bo‘ladiku, hokim xalq bilan gaplashmay o‘shalarning palatkasiga kirdi. Buni ko‘rib xalqning jahli chiqdi. Nega biz bilan gaplashmay, u palatkaga kirib ketdi deb, odamlar palatkani ushlab turgan arqonlarni kesib tashladi. Palatka hokim va uning mulozimlari boshiga yiqildi. Bir amallab palatkadan chiqqan hokim mashinasiga o‘tirib qochib ketdi. Odamlar uning mashinasini quvib, katta magistral yo‘lgacha borishdi va yo‘lni yopib olishdi. Bu taxminan soat 11 larda bo‘ldi. Minglab yoshu-qari, erkagu ayol avtomobil yo‘liga o‘tirib oldi. Kelgan mashinalar to‘xtab qoldi. Bir-ikkitasi yo‘lni ochinglar deb janjal qilgan edi, odamlar ularga tosh otib derazalarini sindirib tashladi”

Milliy gvardiya va organ xodimlari xalqni zanjir qilib o‘rab oldi

Boshqa bir urganchlikning aytishicha, shundan so‘ng Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning yuzlab xodimlari, o‘t o‘chiruvchi mashinalar yetib kelgan:

Milliy gvardiya faol yigitlardan bir-ikkisini ushlab olib ketmoqchi edi. Xalq yopishib qo‘lidan ajratib oldi. Keyin ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hech kimga tegma deb buyruq berdi. 27 iyul soat 1 gacha odamlar yo‘lni to‘sib turdi. Keyin milliy gvardiya va militsiyaning bosimi bilan avvalgi joyi, qurilish bo‘ladigan joyga qaytishdi. Xalqning atrofini milliy gvardiya va militsiya qo‘lini qo‘lga berib o‘rab oldi. Hech kimni tashqariga chiqartirmadi, kirgizmadi ham”.

Xalqning sabri tugadi

Norozilik namoyishida qatnashgan boshqa bir urganchlikning aytishicha, kompensatsiya pullarining to‘xtatib qo‘yilgani, qurilish materiallarining narxi oshib ketgani, aholining xoru-zorlikda yashayotgani ularning sabr kosasini to‘ldirib yuborgan:

400dan ortiq oilaga qop-qop va’dalar berib, uylarini buzib, Chandirqiyot qishlog‘idagi dalaga ko‘chirib tashlashdi. Suv yo‘q, changu tuproqda aholi bir necha oydan buyon azob bilan yashayapti. Bir oy avval xom g‘isht 180 so‘m edi hozir 250 so‘mga chiqib ketdi, pishgan g‘isht 650 so‘m edi, endi 850-900 so‘mga chiqdi. Ustalarning ish haqi ikki baravarga oshdi. Uylarni buzishdan oldin 50 foiz pulini berib, chaylaga borsang qolgan 50 foizini beraman, dedi. Xalq bunga ham rozi bo‘ldi. Hammani chaylaga 100 foiz chiqarib olganidan so‘ng, pul berish to‘xtatildi”

Uning aytishicha, tovon pulini to‘lig‘icha, uyi buzilganlarning bor-yo‘g‘i 10 foizi olgan xolos:

O‘zi baholashda bular g‘irromlik qildi. Masalan shahardagi mening uyim narxi 500 million so‘mlik edi. Bular esa 200 million so‘mga baholadi. Baholovchiga nega haqiqiy qiymatini baholamayapsan desam, men agar seni uyingni shunday baholasam, qolganlar ham talab qiladi. Kam qilib baholash haqida yuqoridan topshiriq bo‘lgan, bo‘lmasa meni ishdan bo‘shatishadi, dedi. Xalq arosatda qoldi. Bu yoqdan kuz kelyapti, hademay yog‘ingarchilik boshlanadi. Ba’zi odamlar hali uylarining fundamentini quyib tugatgani yo‘q”.

Viloyat hokimi xalqni tinchlantirishga harakat qilib, va’da beryapti

Voqea guvohlaridan birining aytishicha, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining yuzlab xodimlari 27 iyul kuni ham norozilik namoyishida qatnashgan aholini hali ham o‘rab turibdi:

“Odamdan milisa ko‘p, mahbus tashiydigan mashinalarni, avtobuslarni, o‘t o‘chiruvchi mashinalarni olib kelib qo‘yishgan. Hozir ham qorovullik qilib turishibdi. Bugun ertalab viloyat hokimi bir necha muovinlari bilan birga keldi. Har bir palatkaga kirib, odamlar bilan gaplashdi. Milisalar bir joyga to‘planib gaplashishga qo‘ymadi. Hokim har bir oilaga bir moshinadan qum beradigan bo‘ldi tekinga, toshni arzonlatadigan bo‘ldi. Gaz yo‘qligi uchun xumdonlar ishlamay ohak qimmatlab ketgan edi, ohakni ham narxini tushiramiz dedi. G‘ishtni narxini 10 foiz arzonlab beramiz, dedi. Xullas, shunaqa va’dalar berdi, xalqni tinchlantirishga harakat qilyapti. Qani ko‘ramiz, bu ham va’dasiligicha qolib ketsa, yana yo‘lni to‘samiz”

Ozodlik Xorazm viloyati hokimligidan hozircha bu voqeaga munosabat ololmadi”. Iqtibos tugadi. [1].

Bosh vazir Urganchda yo‘l to‘sgan aholi bilan uchrashib, tovon puli ertalabgacha to‘lanishini va’da qildi.[3,4].

Yana Ozodlikdan iqtibos:[4].”O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 27 iyul kuni soat 17 da Urganch tumanida buzilgan uylari uchun tovon puli ololmaganidan norozilik bildirib, 27 iyulga o‘tar kechasi Urganch-Hazorasp avtomobil yo‘lini ikki soatga to‘sib qo‘ygan aholi bilan uchrashdi.

27 iyulga o‘tar tunda bo‘lgan voqea to‘g‘risida Ozodlik “Urganchda uyi buzilib, tovon puli ololmagan minglab odam norozilik bildirib avtomobil yo‘lini to‘sdi” maqolasida xabar bergan edi.

26 iyul kungi norozilik namoyishida ishtirok etgan urganchiliklardan birining aytishicha, Bosh vazir 27 iyul kuni bir qancha rahbarlar bilan kelgan:

“Abdulla Aripov boshchiligidagi rahbarlar bir necha mashinada kelishdi. Xalq bilan ochiq muloqot bo‘ldi. Odamlar tovon pulini to‘la ololmayotgani, yoz o‘tib ketayotgani, qurilishlari bitmay yomg‘irli kunlarga qolishini, eski uylarining qurilish materiallarini o‘zlari bilan olib ketishgani uchun tovon pulining 10 foizi ushlab qolinayotgani haqida shikoyat qilishdi. Bosh vazir hammani diqqat bilan tinglab, bugun ertalabgacha hammaning hisob raqamiga tovon puli 100 foiz tushishini, bir foiz ham ushlab qolinmasligi haqida va’da berdi. Uchrashuv yarim soatcha davom etdi. Keyin Bosh vazir ketdi”.

Urganchlikning aytishicha, Bosh vazirning atrofida qo‘riqchilari ko‘p bo‘lgani bois, uni videoga olish imkoni bo‘lmagan:

“Bosh vazir va’dasiga ishondik, shuncha katta odam Toshkentdan uchib kelib, bizdan hol so‘raganiga xursand bo‘ldik. Hokimlar xalqni so‘nggi sabri qolguncha qiynashni yaxshi ko‘radi, shekilli. Qop-qop va’dalarni berib, tinch yashayotgan uyimizdan ko‘chirdi. Keyin nima bo‘lsang bo‘l, deb o‘z holimizga tashlab qo‘ydi. Qani ko‘ramiz bu yog‘i nima bo‘ladi ekan?” Iqtibos tugadi. [4].

Urganchliklarning ommaviy noroziligiga korruptsiyaga mukkasidan ketgan amaldorlarning ularning mulk daxlsizliga tajovuz qilishlari, ularning huquq va erkinliklarini hurmat qilmasliklaridir. Norozilarning talablari faqat ijtimoiy iqtisodiy talablar bilan cheklanib qolmoqda.

Norozilar o’z huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun tashkilotlarga uyushib, masalan inson huquqi tashkilotlari, harakatlar, partiyalarga a’zo bo’lish darajasiga ko’tarila olmayabdilar.

Zero, O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining oyoq osti qilinishi, hokimiyatning zo’ravonligi va korruptsiyaning gullab yashnashi o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.

Korruptsiyaga qarshi kurashning eng samarali yo’li erkin, demokratik saylovlardir. Erkin, demokratik saylovlar o’tkazish esa hokimiyatdagi va muxolifatdagi partiyalar uchun bir hil, teng sharoit yaratilishini taqozo qilinadi. Biroq, O’zbekistonda hokimiyatda korruptsionerlar bo’lgani uchun, ular muxolifatni doim ta’qib va tayziqlarga duchor qilib uni siyosiy kuchga aylanishiga yo’l qo’ymaydi.

O’zbek jamiyati, o’zbek hokimiyati siyosiy raqobatsiz O’zbekistonni iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotga erishib bo’lmasligini qanchalik erta tushunib yetsa shunchalik yaxshi bo’lardi. Afsuski, mustaqillikning bu yilgi 28 yilligida ham O’zbekistonda ommaviy axborot vositalari va shu jumladan internet ham erkin emas. So’z erkinligi, tashkilotlarga uyushish erkinligi, yig’ilishlar erkinligi, harakatlanish erkinligi, e’tiqod erkinligi cheklangan. Iqtisodiy erkinlik yo’q. Mustaqil sud tizimi yo’q. Muxolifatga yo’l yo’q.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[5].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [6].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[7].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [8].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [9,10].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [9,10].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [9,10].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [11].

Norozilik namoyishlari, ijtimoiy iqtisodiy talablar, siyosiy talablar va iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik, korruptsiya hamda erkin, demokratik saylovlar bo’yicha mulohozalardan keyin mashhur, xushovoz hofiz Ortiq Otajonovning dunyoga tanilgan “Lazgi” sini tomosha qiling. [12].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

2-avgust, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Urganchda uyi buzilib, tovon puli ololmagan minglab odam norozilik bildirib avtomobil yo‘lini to‘sdi (VIDEO). 28.07.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30078868.html ).

2. Урганчда минглаб одам норозилик намойишига чиқди. Улар уйлари бузилишидан норози. 27.07.2019. видео. 1:27 минут. (https://www.ozodlik.org/a/30078466.html ).

3. Бош вазир Абдулла Арипов зудлик билан Урганчдаги намойишчилар билан учрашди. 27.07.2019. видео.1:42 минут. (https://www.ozodlik.org/a/30078735.html ).

4. Bosh vazir Urganchda yo‘l to‘sgan aholi bilan uchrashib, tovon puli ertalabgacha to‘lanishini va’da qildi. 28.07.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30078861.html ).

5. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

6. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

7. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

8.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

9. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

10. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

11. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

12. Ortiq Otajonov – Lazgi. 30.09.2008. ( https://www.youtube.com/watch?v=WEIz6lE9k0o&list=RDY6fIC6BuXDY&index=25 ).

 

O’zbekiston. Hokimlar nega prezidentga “xizmat” qiladi, xalqqa emas?! (2019).

$
0
0

O’zbekistonda hokimlarning xalqdan, prezidentdan, xalqaro jamoatchilikdan, bloggerlardan, ijtimoiy tarmoq faollaridan kechirim so’rashi mamlakatda qonun ustivorligi, mamlakat prezidentidan tortib oddiy vatandoshgacha ( tuman,viloyat hokimlari ham) qonun oldida teng degan konstitutsiya moddalarining muntazam, sistematik ravishda oyoq osti qilinib kelayotganligini ko’rsatadi.

Ozodlikdan iqtibos: [1].“Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyati hokimlari prezident Mirziyoyev topshirig‘i bilan xalq, prezident, xalqaro jamoatchilik, blogerlardan uzr so‘radi. 2 avgust kungi videoselektorda prezident Mirziyoyev Bosh vazir va o‘z devoni rahbariga Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyati hokimlarini ishdan olish masalasini ko‘rib chiqish hamda ularning xalqdan kechirim so‘rashini tashkil qilishga topshiriq bergandi.

2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘inda prezident uch hokimdan Internet orqali chiqish qilib, ahmoqligini tan olish va xalqdan kechirim so‘rashi haqida topshiriq berdi.

Ana shu yig‘indan ikki kun o‘tib, 3 hokim oddiy aholi, hokimlik rasmiylari va mahalliy blogerlar qarshisida noqonuniy buzilishlar hamda to‘lanmagan tovon pullari uchun, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, uzr so‘radi.

Farg‘ona viloyat hokimidan kechirim

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev 4 avgust kuni Rishton tumanidagi uchrashuvda tumandagi buzilishlarni “xato”, deb tan oldi va uzr so‘radi.

“Men ochiq aytaman, albatta bu – xato bo‘ldi. Rishton tumanida kim xato qilgan bo‘lsa aytib o‘taman, ularga nima bo‘lganini ham aytib o‘taman. Albatta, birinchi navbatda, o‘zim viloyat hokimi lavozimida ishlayotgan odam sifatida bu xatoda mening ham aybim bor. Mening juda katta aybim bor. Bizning qilgan xatoimiz jonajon, aziz davlatimiz obro‘siga, ayniqsa O‘zbekiston prezidentining bugungi kunda olib borayotgan mana shunday islohotlari – qanday qilib bo‘lsa ham, odamlarni rozi qilish, xalq davlatimiz idoralariga emas, davlatimiz idoralari xalqqa xizmat qilsin, degan ezgu g‘oyaga hech qanday obro‘ylariga putur yetkazmasligi kerak. Mana hozir bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘rishayapti. Hammadan uzr so‘rab, kechirim so‘rayman, shaxsan viloyat hokimi sifatida”, dedi viloyat hokimi.

G‘aniyev uzr so‘rarkan, bu jarayonni kuzatib borayotgan “ijtimoiy tarmoqlar”, degan jumlani qayta-qayta tilga oldi va “Hamma-hammaning oldida bo‘yin egib, ta’zim qilib, uzr so‘rayman”, dedi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyat hokimi viloyat Qurilish boshqarmasi rahbari, Rishton tumani hokimi va uning o‘rinbosaridan iborat jami 14 rahbar ishdan olinganini ma’lum qildi.

G‘aniyev Rishtonda avvalgi 25 sotixlik bozor o‘rniga 2 gektarga yaqin bozor qurilishi hamda 200 atrofida savdo shohobchasi ochib berilishini va’da qildi.

Qashqadaryo viloyat hokimidan kechirim

4 avgust kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ham Yakkabog‘ tumaniga borib, aholi va jamoatchilik faollari davrasida prezident va xalqdan kechirim so‘radi.

“Yakkabog‘da ro‘y bergan voqealar 100 foiz viloyat va tuman hokimliklarining xatosi. Buning uchun yuz bora, ming bora, hukumatimizdan, xalqimizdan, aziyat chekkan tadbirkorlarimizdan, hurmatli jurnalist va blogerlarimizdan, ta’zim qilib, yana bir marta iltifot qilib, kechirim so‘ramoqchimanki, mana shu masalada bizlar juda katta xatolikka yo‘l qo‘ydik. Agar bizga yana imkon bo‘lsa, agar shunga shart-sharoit yaratib berilsa, oldingiga o‘xshab, “Buzilsin, olib tashlansin, qo‘porilsin”, degan siyosatdan mutlaqo voz kechib, har bir kishi bilan, kerak bo‘lsa, individual ishlab, yordam berib, ishlaymiz”, dedi viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev.

Xorazm viloyat hokimidan kechirim

Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov esa Urganchning Ashxobod mahallasidagi buzilishlar va to‘lanmagan tovon pullari uchun kechirim so‘radi.

“Biz sizlarning juda ko‘p aziyat chekishingizga va qiynalishingizga sababchi bo‘ldik. Albatta men bunda o‘zimni aybdor, deb bilaman. Sababi oldindan rejalashtirib, hamma hisob-kitoblarini qilib, sizlar bilan hisoblashim, so‘zlashib qilganimizda, bu voqealar kelmas edi. Sizlarning oldingizda turib, sizlardan kechirim so‘ramoqchiman”, dedi viloyat hokimi.

Hokim Urganch markazidan Chondirqiyot mahallasidagi bo‘sh yer maydonlariga ko‘chirib yuborilgan 400ga yaqin oilaning uy-joyini tezda bitirib berishni va’da qildi”. Iqtibos tugadi. [1].​

Yana Ozodlikning shu maqolasidan iqtibos: “Do‘stlikka xiyonat va siyosatga dushmanlik qilayotgan hokimlar

2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida prezident Mirziyoyev 3 viloyat hokimini “do‘stlikka xiyonat va siyosatga dushmanlik qilgan” deb tanqid qildi.

Mirziyoyev internet nashrlarida bu viloyatlardagi buzilishlarga fikr bildirgan o‘zbekistonliklarning yozganlarini dastak qilib keltirib, o‘zi ishongan hokimlar unga “katta dushmanlik” qilganini aytdi.

– Aripov bilan Nizomiddinovga topshiriq, qaysi viloyat hokimini ishdan olishni taklif bering. Menga kerak emas! Yana bir marta aytyapman, bu siyosat bilan biz uzoqqa bora olmaymiz — zo‘ravonlik siyosati bilan! Agar zo‘ravonlik siyosati zo‘r bo‘lganda, 30 yilda zo‘r bo‘lib ketardik”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident uylari buzilib ko‘chada qolgan, oylab tovon pulini ololmagan minglab odamlarning ko‘chaga chiqib avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani uchun, Xorazm viloyati hokimi Ermanovni ham qattiq tanqid qildi:

– Mening siyosatimga eng katta dushmanlik qilganlardan biri – Xorazm viloyati hokimi janob Ermanov. Ermanovga internetdagi izohlardan senga va senga o‘xshagan noinsoflaringga «tabrik» jo‘nataman. Urganch shahar hokimi [Shuhrat Abdullayev – tahr.]ni jinoiy javobgarlikka tortamiz, desam, advokat bo‘lib, bosh vazirimizga iltimos qilding. Mana, sening menga qilgan “do‘stliging”. Sen va mening siyosatim to‘g‘risidagi bugun chiqqan izohlarni o‘qi”, dedi Xorazm viloyat hokimni nazarda tutgan prezident.

Ozodlik Xorazm viloyat, Urganch tuman, Ashxobod ko‘chasida uyi buzilgan minglab odam 26 iyul kuni kechasi Urganch-Honqa avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani, shu tariqa ular hokimlik tovon pulini bermayotgani, qurilish materiallari narxi haddan ortiq oshib ketganiga norozilik bildirgani haqida birinchi bo‘lib xabar bergan edi.

Bu voqeani eshitgan prezident Bosh vazirni shoshilinch tarzda Urganchga yuborgan, Abdulla Aripov norozi aholi bilan uchrashib, o‘sha kunning o‘zida tovon pulini to‘lattirgan edi”. Iqtibos tugadi.

O’zbekistonda tuman, viloyat hokimlari va oliy hokimiyatdagilar korruptsiya yo’li bilan boyishga mukkasidan ketganliklari vatandoshlarga sir emas. Hokimlar buzdi buzdiga berilib ketib xalqning ommaviy noroziligini keltirib chiqarishdi. Menimcha, hokimlar jabrlanganlardan ommaviy norozilikni kutmagan bo’lsalar kerak. Ularning zehniyatida inson huquqlari va erkinliklarini oyoq osti qilish odatiy holga aylanib qolgan.

Biroq, biz 21-asrda yashayabmiz. Hokimlarning zehniyati esa oldingi asrlarda, ko’proq o’rta asrlarda qolib ketgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa 21-asrda inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilmasdan mamlakatni iqtisodiy,ijtimoiy qoloqlikdan olib chiqa olmasligini tushunib yetgan ko’rinadi.

O’zbekiston marhum diktator Islom Karimov boshqaruvida, 27 yil davomida faqat Xitoy va Rossiya investitsiyalariga asoslanibgina dunyoning rivojlangan, erkin, demokratik mamlakatlari investitsiyalarisiz iqtisodiy, ijtimoiy rivojlana olmadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari va erkinliklarini yaxshilash yo’lida birmuncha ishlar qilgani uchun ham Jahon bankidan 3,3 milliard AQSH dollari qarz olishga va 1 milliard AQSH dollari miqdorida Londonda obligatsilar chiqarishga erishdi.

Lekin, afsuski O’zbekistonda o’rta sinfning va fuqaroviy jamiyatning shakllanishi uchun sharoit yaratilmagan. Hanuzgacha, siyosiy muxolifatga, siyosiy raqobatga yo’l yo’q. Mustaqil sud tizimi yo’q.

O’zbekistonning tashqi qarzi o’sib bormoqda. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish esa sust. O’zbek so’mi AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanib bormoqda. 2017 yilning sentyabrida 1 AQSH dollari 8 000 so’m atrofida edi. Bugungi kunda esa 8 700 so’m.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlarning xalqdan, jabrlanganlardan, bloggerlardan, ijtimoiy tarmoq faollaridan kechirim so’rashi bilan, Jasliq kontslagerini yopish bilan vaqtinchalik vatandoshlarning va jahon jamoatchiligining noroziligini bartaraf qilishga muvaffaq bo’ldi.

Biroq, mamlakatda iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik, korruptsiya ko’rsatkichlari juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[2].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [3].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[4].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [5].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

O’zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev va korruptsiyaga mukkasidan ketgan hokimlarning boshqarish uslubi o’rta asrlarni, Bobur davrlarini eslatadi.

Zahiriddin Muhammad Bobirning “Yaxshilig’” radifli g’azali asosida Ma’murjon To’xtasinov ijrosidagi qo’shiqni tinglang.[9,10].

Ma’murjon To’xtasinov. Bobur. Yaxshilig’.

Yaxshilig‘” radifli g’azal

 

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul,

ahli jahondin yaxshilig‘,

 

Kimki, ondin yaxshi yo‘q,

ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.

 

Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,

Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!

 

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,

Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

 

Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,

Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig’?

 

Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo‘q

Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!

 

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig’? [9].

 

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

9-avgust, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev topshirig‘i bilan 3 hokim xalq va prezidentdan uzr so‘radi (VIDEO). 04.08.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30091797.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

9. “Yaxshilig‘” radifli g’azal. ( Manba http://tafakkur.net/yaxshilig-radifli-gazal/zahiriddin-muhammad-bobur.uz ).

10. Ma’murjon To’xtasinov – Yaxshilig’ (Bobur g’azali). 28.10.2012. (https://www.youtube.com/watch?v=zJBuX6Rn2Wg ).

O’zbekiston.Shavkat Mirziyoyevning liberallashtirish siyosati tugadimi?! (2019).

$
0
0

O’zbekistonda 2 ta dahshatli hodisa bo’lib o’tdi. Hokimiyatdagilar iloji boricha bu hodisalar haqida jamoatchilik bilmasligi va muhokama qilmasligini istaydilar. Bu dahshatli hodisalarning jamoatchilikka ta’sirchanligi shunchalik kuchliki, hattoki prezident Shavkat Mirziyoyev o’zining ozgina iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy liberallashtirish siyosatini to’xtatib qo’yishi mumkin.

1-dahshatli hodisa. Prezident oilasi tushgan suratdagiday mashinaning halokati jiddiy iddaolarni urchitdi.[1].

Ozodlikdan iqtibos: “O‘zbekiston prezidenti oilasi tushgan suratda aks etgan avtomobil bilan bir xil markadagi sportkarning avariyasi bilan bog‘liq jiddiy iddaolar urchimoqda

Xalq orasida “Prezident trassasi” nomini olgan Toshkentning Pushkin metro stansiyasi yaqinidagi Mustaqillik ko‘chasida 6 avgust, kech soat 21:15 da yuz bergan avtoavariya rasman qurbonlarsiz yakun topdi.

Uchta avtomobil to‘qnashgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalar ekan, Internet foydalanuvchilarining e’tiborini bir mashina – Nissan GT-R R35 rusumli oq rangli sportkar o‘ziga tortdi.

Ko‘plab guvohlarning aytishicha, avtohalokat yuz bergan joy zudlik bilan o‘rab olingan va tezda tozalangan.

Avtohalokat yuz bergan joyda qora rangli Mercedes SUV avtomobili ham ko‘ringan.

Avtomobil narxlari arzon bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarda narxi 115 ming dollardan boshlanuvchi Nissan GT-R R35 sportkari Toshkent ko‘chalarida kamdan kam uchraydi.

Fotoda oq rangli Nissan GT-R R35 yonida Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, prezidentning kuyovi Otabek Umarov, yosh bolalar orasida Otabek Umarovning o‘g‘li va prezident Mirziyoyevning o‘g‘lini ko‘rish mumkin.

Otabekning o‘ng tomonida turgan shaxs esa uning do‘sti, Londonda istiqomat qiluvchi asli buxorolik tadbirkor, 36 yashar Umid Mavlonovdir.

Fotodagi avtomobil avtohalokatga uchragan avtomobilmi-yo‘qligini mustaqil ravishda tasdiqlatishning imkoni yo‘q.

Avtohalokatning rasmiy izohi

Toshkent shahar IIBB o‘xshash avtohalokatlar haqida kamdan-kam holatlarda izoh beradi.

Ammo bu gal aksi bo‘lganday. Ba’zi mahalliy nashrlarning xabar qilishicha, IIBB matbuot xizmati avtoavariyadan bir soat o‘tiboq haydovchi Sh. J. boshqaruvni yo‘qotib, ikkita yengil avtomobil bilan to‘qnashgani to‘g‘risida bayonot bergan.

Xabarga ko‘ra, jiddiy yo‘l-transport hodisasida “inomarkada” ketayotgan Sh. J. boshqaruvni yo‘qotib, ikkita yengil avtomobil – Spark va Matiz bilan to‘qnashgan.

Mahalliy matbuot uch kishi, jumladan huquqni muhofaza qilish organlarining ikki xodimi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgani haqida xabar berdi.

Xabarlarda avtohalokat tafsilotiga to‘xtalmaganlar, faqat Matiz haydovchisining ahvoli og‘ir ekani va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganini aytish bilan cheklangan.

Ozodlik Nissan sport avtomobilini boshqargan sirli haydovchi haqida keng tarqalgan da’volarni o‘rganishga harakat qildi.

O‘zbekistonda bloklangan, xorijdan turib faoliyat yurituvchi mustaqil El-Tuz.com nashri avtomobil egasi prezident Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarov ekanini iddao qilib chiqdi”. Iqtibos tugadi.

Yana shu Ozodlikning maqolasidan iqtibos: “Ozodlik suhbatlashgan ikki nafar xavfsizlik xodimiga ko‘ra, avtohalokat boshqa bir “nufuzli xavfsizlik xodimi” tufayli yuz bergan.

Ularning avtohalokat qurbonlari haqidagi iddaolari ham rasmiy xabarlardan tubdan farq qiladi.

Hamma narsa zudlik bilan tozalab tashlandi va bu odamlarga eltuvchi izlar yo‘qoldi” dedi Ozodlik manbalardan biri.

Biroq uning bu iddaolarini mustaqil ravishda tasdiqlatish imkonsiz”. Iqtibos tugadi.

Londonda yashovchi, vatandoshimiz tadqiqotchi, olim Alisher Ilhomov facebookdagi sahifasida xabar berishicha:” 6 avgust kuni Nissan avtomobilining bosib ketishi natijasida 3 kishi o’lgan. Bir erkak kishi va uning 2 farzandi. Nissanning rulida prezident oilasining a’zolaridan biri bo’lgan. Oldin 3 kishi jarohat olgani va bittasining axvoli o’ta og’irligi xabar qilingandi. Axvolning yanada dahshatligi ayon bo’lib qoldi.

Shu sababli, barcha izlar yo’q qilinmoqda.Bu haqda xabar bergan yagona sayt “Aziya Terra” xakerlar hujumiga uchragan va to’la uzilgan. Boshqa mahalliy ommaviy axborot vositalariga bu haqda churq etmaslik to’g’risida jiddiy yo’riqnoma berilgan.

Biroq, haqiqatni yashirib bo’lmaydi. Baribir, bundan ertami kechmi hamma xabar topadi. Shu sababli janob prezident haqiqatni hammaga oshkor qilish kerak. Shunda o’zingizning obro’yingizni saqlab qolasiz.

To’g’ri, qarindoshingizning qilmishi hammaga ayon bo’ladi. Bu ishni qilmasangiz bu voqea sizni butun prezidentligingiz davomida ta’qib etadi. Siz tushunishingiz kerak, bu voqeani yashirish bilan Siz ham jinoyatga sherik bo’lib qolasiz. Bunday xatarli yo’ldan yurishdan o’zingizni tiying”. [2].

2-dahshatli hodisa. O’zbekiston: Dollar ko’tarilmoqda, nima bo’ladi? ( Ўзбекистон: Доллар кўтарилмоқда, нима бўлади?). [3].To’g’rirog’i buni dahshatli ma’lumot desak aniqroq bo’lar.

BBCdan iqtibos: “13 avgust kuni O’zbekistonning qator banklari 1 AQSH dollarini 8 940 so’mdan olib, 9 000 so’mdan sotmoqda.

Oxirgi bir haftada ichki valyuta bozorida so’mning keskin qadrsizlanishi kuzatilgan”. Iqtibos tugadi.

TransferWise xalqaro pul almashtirish bo’yicha tashkilot ma’lumotiga ko’ra: 1 USD → 8704.16 UZS . 14.08. 2019. [4].

O’zbekiston Markaziy banki kursi bo’yicha 1 AQSH dollari 8 882 so’m. Bu 15 avgustdagi ma’lumot.

O’zbekistondagi rasmiy axborot vositalari yuqorida keltirilgan dahshatli 2 hodisa haqida lom mim demayabdi. Ularni tushunsa bo’ladi. Yaqinda 2 haftadan keyin 1 sentyabr-mustaqillik kuni. O’zbekiston mustaqilligining 28 yilligi nishonlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining qariyb 3 yilligida uning ozgina liberallashtirish, erkinlashtirish siyosatining natijalari aniqroq, tiniqroq ko’rina boshladi.

Prezident oilasi va qarindoshlari korruptsiyaga mukkasidan ketgan. Prezident oilasiga tegishli kishilar qonundan yuqorida. Ular jinoyat qilsalar jinoiy ish ochilmaydi. Ular jazolanmaydi. Hokimiyatdagilar korruptsiyani gullab yashnatishyabdi. Oqibatda, vatandoshlarning noroziligi kuchayib bormoqda.

Bunga yaqqol misol 26 iyul kuni kechqurun Urganchlik minglab norozilar tomonidan Urganch- Xonqa-Xazorasp yo’lining to’sib qo’yilishidir. Bundan oldinroq aprel oyida Toshkent shahrida Sergeli tumanidan yuzlab norozilar uylarning narxi qimmatlashib ketganidan qattiq norozi bo’lib prezident devoni va Sergelidagi qurilish shtabi oldida o’z noroziliklarini bildirgan edilar.

O’zbekiston ommaviy axborot vositalarida marhum diktator Islom Karimov davridagiday mamlakatda iqtisod tinmay o’sayotgani, ayniqsa sanoatda 6,9 foizga o’sganligi va mamlakatga chet el investitsiyalarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38 foizga yetganligi ( o’tgan, 2018 yilda 25 foiz bo’lgan)

kabi yutuqlar bilan to’la.

Afsuski, o’zbek so’mining AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanib borayotganligi bu yutuqlarning asossizligini ko’rsatadi. Mamlakatda narxlar maoshlarga nisbatan tez o’sib bormoqda, qashshoqlashish davom etmoqda. O’zbekistonning tashqi qarzi o’sib bormoqda, 20 milliard AQSH dollariga yetib qoldi.

Bunday ijtimoiy, iqtisodiy axvolning yomonlashib borishi prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy va iqtisodiy erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirishni taqozo qiladi. Biroq, korruptsiyaga botqog’iga botgan prezident oilasi va qarindoshlarining hamda amaldorlarning manfaatiga bu erkinlashtirish siyosati ziddir, ayniqsa siyosiy liberallashtirish.

Mamlakatda iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik, korruptsiya ko’rsatkichlari juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Zero, O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 152-o’rinda bo’lgan paytda 51.5 ballga teng edi, 2019-yilda esa 140-o’rindalagida 53.3 ballga teng.[5].

Dunyo mamlakatlari orasida 12 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsada iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi atigi 1.8 ballga yaxshilangan bo’lib hamon iqtisodi ko’proq erkin bo’lmagan (Mostly Unfree) mamlakatlar qatorida.

Siyosiy erkinlik ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston 9 ball bilan Tojikiston ( 9 ball ) darajasiga erishgan va albatta Shimoliy Koreadan ( 3 ball ), Turkmanistondan ( 2 ball ) ancha uzoqlashgan. Biroq, dunyoning eng erkin mamlakatlari Finlandiya ( 100 ball ), Norvegiya ( 100 ball ), Shvetsiyalardan ( 100 ball ) juda keyinda va hattoki Afg’oniston (27 ball), Erondan (18 ball) ham siyosiy erkinliklar bo’yicha orqada. [6].

Umuman olganda O’zbekiston yomonlarning eng yomonlari bo’lgan 13 mamlakat qatorida.[7].

O’zbekistonda korruptsiya ko’rsatkichi (Corruption Perceptibility Index) 2018-yilda 22 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 157-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 – yilda 23 ball bilan 158 – o’rinni egalladi.  O’zbekistonning korruptsiya ko’rsatkichi 1 ballga yaxshilangani bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida korruptsiya ko’rsatkichi O’zbekistonga nisbatan ko’proq yaxshilangani uchun O’zbekiston 157 – o’rindan 158 – o’ringa tushib qolgan.  [8].

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [9,10].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [9,10].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [9,10].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [11].

O’zbekiston mustaqilligiga 28 yil bo’libdiki na iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichida, na siyosiy erkinlik ko’rsatkichida, na korruptsiya ko’rsatkichida sezilarli, salmoqli o’sish bor, progress bor. Mamlakatda korruptsiya gullab yashnayabdi. O’zbekiston vatandoshlari hanuzgacha korruptsionerlarning quli bo’lib qolmoqdalar. Mashhur dramaturg Sharof Boshbekovning asari va stsenariysi asosida suratga olingan “Temir xotin” filmidan progressga oid parchani ko’ring. [12].

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

16-avgust, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Prezident oilasi tushgan suratdagiday mashinaning halokati jiddiy iddaolarni urchitdi (VIDEO). 08.08.2019. (https://www.ozodlik.org/a/30098339.html ).

2. Alisher Ilkhamov. ВСЕ ГОРАЗДО СЕРЬЕЗНЕЕ. ПРЕЗИДЕНТСКИЕ ШУМАХЕРЫ СЕЮТ СМЕРТЬ.11.08.2019. (https://www.facebook.com/alisher.ilkhamov?fref=gs&__tn__=%2CdC-R-R&eid=ARB6cMtIpMoaEU1m69KNgAQQYFJB2icpyz4JN1YVQ6bkxWPxS3gikUhEjeZIgWlIscuuZGmN2ZxG5DBu&hc_ref=ARQrrj5Dfc48UzMFNNx43ze35gwiiDdGUAEVHmi0gDbX9PjARhONim6gvX2o20N03DY&dti=1702403539857772&hc_location=group_dialog ).

3. Ўзбекистон: Доллар кўтарилмоқда, нима бўлади? 13.08.2019.

( https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-49333842 ).

4. 1 USD → 8704.16 UZS . 14.08. 2019.

( https://transferwise.com/gb/currency-converter/usd-to-uzs-rate ).

5. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

6. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

7. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

8.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

9. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

10. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

11. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

12. O‘zbek film – (Talablarga binoan) – Temir Xotin. 28.12.2017. (https://www.youtube.com/watch?v=2N5XxKmqbJs ).

O’zbekiston iqtisodiy, siyosiy erkinliklar va korruptsiya ko’rsatkichlari bo’yicha Xitoydan ham orqada. (2019).

$
0
0

Quyidagi voqea O’zbekistonning Xitoydan qanchalik iqtisodiy orqada qolganini yaqqol ko’rsatadi.

Ozodlikdan iqtibos: [1] “Navoiyazot” shirkatining Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikdagi yangi loyihasi qurilishida qatnashayotgan bir guruh ishchilar oylik oshirilishi talabi bilan 15 avgust kuni ish tashladi.

Aksiyada qatnashgan ishchilar vakillarining Ozodlikka xabar qilishicha, ular xorijliklarga nisbatan kam oylik olayotganiga norozilik bildirgan.

Shirkat mulozimlariga ko‘ra, ishchilar talabi inobatga olinib, ularning oyligi oshirilgan va ishchilar ishga qaytgan.

Xitoy kompaniyasiga yollanib ishlayotgan mahalliy ishchilarga kuniga 50 ming so‘mdan haq to‘langan, norozilikdan so‘ng ular maoshiga 10 ming so‘mdan qo‘shilgan.

Mahalliy ishchilarning aytishicha, ularning xitoylik hamkasblariga kuniga 80 dollardan haq to‘lanadi. Lekin Ozodlikda bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q.

Ishchilar noroziligi haqida Ozodlikka xabar yo‘llagan navoiylik ishchiga ko‘ra, voqea 15-16 avgust kunlari bo‘lgan.

15 avgust kuni obeddan keyin ishchilar ish tashlashdi. Kechqurun uyiga ketib, ertasiga kelib, obedgacha yana ishlamasdan o‘tirishdi. 60 tacha odam bor edi” deydi ismini ochiqlasa ishdan haydalish xavfi borligini aytgan“Navoiyazot” shirkati ishchisi.

U voqea joyida olingan suratlarni ham Ozodlikka yo‘lladi.

Ozodlik bilan anonim qolish istagida suhbatlashgan ishchilar so‘zlaridan ma’lum bo‘lishicha, ular xitoylik ishchilarga nisbatan juda kam oylik olayotganliklaridan norozi bo‘lgan.

​“Bizga kunlik 50 ming so‘m pul berishadi. Ba’zilar 55 ming so‘mdan oladi. Xitoyliklar kuniga kamida 80 dollar oylik olishadi. Hatto ular “Nimaga buncha kam oylik olasizlar?”, deb bizning ustimizdan kulishadi.

Hamma og‘ir ishni o‘zbek ishchilari qilayapti. Qog‘ozda 7-8 soat deb belgilashadi. Aslida kuniga 10 soatlab ishlayapmiz. Xitoyliklar uchun hamma sharoitni qilib bergan. Obedi, transporti hamma narsani taxt qilishgan. Biz esa ovqatimizni o‘zimiz bilan olib kelamiz. Ba’zida obedgacha ovqatlarimiz issiqda achib ham qoladi. Juda alam qiladi, oyligimizni dollarda hisoblasangiz 5,5 dollar bo‘ladi. Xitoyliklar esa 80 dollar oladi”, deya nolidi ishchilardan biri.

Ozodlik bog‘langan “Navoiyazot” shirkati mulozimiga ko‘ra, norozilik bildirgan ishchilar shirkatning Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyihasi qurilishida ishtirok etayotgan yollanma ishchilardir.

Bular Xitoyning «China CAMC Engineering CO. Ltd» kompaniyasiga yollanib ishlayotgan ishchilar. Ular kunlik mehnatiga haq olishadi. Xitoy kompaniyasi qurayotgan loyihamizni Mustaqillik bayramiga topshirishni rejalashtirganmiz. Ish to‘xtab qolmasligi uchun ishchilar bilan kelishildi. Ular oyligiga qo‘shib beradigan bo‘lishdi. Hozir ish to‘xtasa, sentabrga ulgurmasligimiz mumkin. Bilasiz, prezident ikki marta kelib, loyiha bilan tanishib ketdi. Loyiha vaqtida topshirilmasa, katta to‘polon bo‘ladi”, dedi matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi bois ismini ochiqlamaslikni so‘ragan “Navoiyazot” mulozimi.

Mulozim xitoylik ishchilar oyligiga oid savollarimizni javobsiz qoldirdi.

Norozilik bildirgan ishchilardan olingan ma’lumotga ko‘ra, 16 avgust kuni ular bilan rahbariyat uchrashib, oylikni oshirishga va’da bergach, ishga chiqishgan.

Oyligimizga 10 ming so‘mdan qo‘shib beradigan bo‘lishdi. Bu hech qancha pul emas. Lekin bunga rozi bo‘lmasak, umuman ishsiz qolish xavfi bois ishga qaytdik. O‘tgan yili shunaqa norozilik bildirganlardan 10 kishini ishdan haydashgan edi. Shunga qo‘rqqanimizdan ishga chiqishga majbur bo‘ldik”, dedi navoiylik ishchi”. Iqtibos tugadi. [1].

Men bu voqeadan xabardor bo’lganimdan keyin, SSSRning parchalanmasdan oldingi 1988-1989 yillardagi O’zbekistonni esladim.

O’sha yillari men O’zbekiston SSR fanlar akademiyasining Yadro fizikasi ilmiy tadqiqot institutida ishlar edim. Bir kuni bizga Xitoydan keltirilgan tushenka (konservalangan mol go’shti) berishdi, menimcha tekinga. Aniq esimda yo’q. Biz tushenkani xursand bo’lib olib, Xitoy ham rivojlana boshlabdi deb o’zaro kulishgan edik.

SSSR tarqalib ketib, O’zbekiston mustaqil bo’lganiga qariyb 30 yil bo’ldi. Yuqoridagi voqea shuni ko’rsatadiki biz Xitoydan iqtisodiy, ayniqsa texnologiya sohasida juda orqada qolib ketibmiz.

Nega shunday bo’ldi?-degan savol o’z o’zidan paydo bo’ladi.

Albatta, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan javob, Xitoyning 1,4 milliard aholisi, arzon ishchi kuchi, bozorning nihoyatda ulkanligi va chet el investsiyasi uchun jozibadorligi uchun AQSH va Yevropaning, Yaponiyaning yirik firmalari ulkan investsiyalar kiritib Xitoyning bugungi qadar rivojlanishida katta ro’l o’ynagan.

Lekin, shuni e’tiborga olish kerakki Xitoy inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishda O’zbekistonga o’rnak bo’la olmaydi. O’zbekistonda o’lim jazosi bekor qilingan, Xitoyda esa minglab fuqaro yiliga qatl etiladi, asosan odam o’ldirish va narkotik moddalar bilan savdo qilgani uchun.

O’zbekistonda kontslager “Jasliq” 2019 yilda yopilyabdi, Xitoyda esa millionlab Sharqiy Turkistonliklar “qayta tarbiyalash” kontslagerlarida hamon saqlanmoqdalar.

Biroq, shularni e’tiborga olgan holda O’zbekistonning iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik va korruptsiya ko’rsatkichlarini taqqoslash menimcha o’rinli bo’ladi.

O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 53,3 ball bilan dunyoning 180 mamlakati ichida 140-o’rinni egallagan bo’lsa, Xitoy esa 58,4 ball bilan 100-o’rinda. [2].

O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 9 ball bilan dunyoning eng yomonlarning yomoni 13 mamlakati qatorida bo’lsa, Xitoy 11 ballga ega. [3,4].

O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan dunyoning 180 mamlakati qatorida 158-o’rinni egallagan bo’lsa, Xitoy esa 39 ball bilan 87-o’rinda. [5].

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki O’zbekiston siyosiy erkinlik ko’rsatkichi 9 ball bilan Xitoyning 11 ballidan ozgina farq bilan orqada. Biroq, O’zbekiston iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichi 53,3 ball bilan Xitoyning 58,4 ballidan ancha orqada va O’zbekiston korruptsiya ko’rsatkichi 23 ball bilan Xitoyning 39 ballidan ancha ko’p orqada.

Endi yuqorida 3 ko’rsatkichning O’zbekiston va Xitoyning axoli jon boshiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar ko’rsatkichi (GDP per capita), aniqrog’i indikatorida qanday aks etganini ko’rib chiqamiz.

O’zbekiston uchun bu ko’rsatkich 1 560 AQSH dollariga teng bo’lib, dunyoda 154-o’rinda, Xitoyda esa 10 099 teng bo’lib dunyoda 72-o’rinda. [6,7].

Bu yerda ochiq ko’rinib turibdiki, Xitoy iqtisodiy rivojlanishda dunyoning 2-elliktalik mamlakatlari qatorida bo’lsa, O’zbekiston esa dunyoning 4-elliktalik mamlakatlari qatorida.

O’zbekistonning AJB YAIMsi ($1,560) dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan ($11,673) qariyb 7 baravardan ko’proq kam (7,48). [6,7].

O’zbekistonning AJB SOPsi ($7,810) dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan ($18,961) 2 baravardan ko’proq kam (2,43). [6,7].

O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari dunyoning o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlaridan 2 baravar kam bo’lsa, O’zbekistonning iqtisodini qoloq deyishimiz mumkin. Biroq, O’zbekistonning AJB YAIMsi dunyoning o’rtacha AJB YAIMsidan 7 baravardan ko’proq, O’zbekistonning AJB SOPsi dunyoning o’rtacha AJB SOPsidan 2 baravardan ko’proq orqadaligini baralla o’ta iqtisodiy qoloq deyishga majbur bo’lamiz. [6,7].

2018-yilning dekabrida Xalqaro reyting agentliklari Fitch va Standard & Poor’slar O’zbekistonning AJB YAIMsi $1,200ga tengligini aniqlashgan edi. Bu ko’rsatkich bo’yicha olganda O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli yanada ayanchliligi ayonlashadi. [8].

Mamlakatda iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik, korruptsiya ko’rsatkichlari juda past va buning oqibatida O’zbekiston iqtisodi o’ta qoloq.

Dunyo tashvishlaridan ozgina uzilingda, o’zbek klassik adabiyotining asoschisi,ulug’ mutafakkir, shoir Alisher Navoiyning “Kecha kelgumdir debon…” g’azalini betakror ovoz sohibasi, xushovoz xonanda Munojot Yo’lchiyeva ijrosida tomosha qiling. [9,10].

Kecha kelgumdur debon…

 

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,

Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

 

Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,

Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

 

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,

Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.

 

Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,

Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

 

Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni

Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.

 

Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,

Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.

 

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,

Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi. [9].

 

Manba http://tafakkur.net/kecha-kelgumdur-debon/alisher-navoiy.uz

 

Abdujalil Boymatov

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati vitse prezidenti

23-avgust, 2019-yil

Dublin, Irlandiya.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “Navoiyazot”ning ikki kun ish tashlagan ishchilari oyligi ko‘tarilgach ishga chiqdi. 19.08.2019. ( https://www.ozodlik.org/a/30117670.html ).

2. 2019. Index of Economic Freedom.

( https://www.heritage.org/index/ranking ).

3. Freedom in the World 2019.

( https://freedomhouse.org/report/countries-world-freedom-2019).

4. Worst of the worst. 2019. ( https://freedomhouse.org/report/freedom-world/freedom-world-2019/democracy-in-retreat ).

5.Transparency International. Corruption Perceptions Index 2018

( https://www.transparency.org/cpi2018 ).

6. International Monetary Fund. 2019.GDP per capita, current prices. U.S. dollars per capita(https://www.imf.org/external/datamapper/NGDPDPC@WEO/OEMDC/ADVEC/WEOWORLD ).

7. Statistics Times.GDP Indicators 2019

( http://statisticstimes.com/economy/gdp-indicators-2019.php ).

8. Fitch Assigns Uzbekistan ‘BB-‘ IDRs; Outlook Stable

20 Dec 2018. ( https://www.fitchratings.com/site/pr/10057197 ).

9. Alisher Navoiy. Kecha kelgumdur debon… ( Manba http://tafakkur.net/kecha-kelgumdur-debon/alisher-navoiy.uz ).

10. Munojot Yulchieva ”Munojot” gazal by Navoiy national music. Tashkent, concert hall Istiqlol. 11.09.2011. ( https://www.youtube.com/watch?v=glaLRQkS0zQ ).

 

Viewing all 153 articles
Browse latest View live